Inson_qadri
Yaponiyada birgina maktab o‘quvchisi uchun temir yo‘l bekati uch yil ishladi
2013 yilda temir yo‘l boshqarmasi yo‘lovchi bo‘lmagani uchun bir bekatni yopishga qaror qiladi. Ammo bir qizaloq bu bekat orqali maktabga qatnayotgani ma’lum bo‘ldi. Mahalliy hokimiyat esa qizning ta’lim olish uchun bu kimsasiz bekat faoliyatini davom ettirishga qaror qildi.
Shu davr mobaynida poezd Xokkaydo orolining Kyu-Shirataki bekatiga kuniga ikki marta – birgina shu qizaloq uchun to‘xtab o‘tadigan bo‘ldi. Poezdning to‘xtash vaqti esa qizning maktabga borish va qaytish vaqtiga qarab belgilandi.
Birgina shu qizaloq uchun bekat har yili ta’mirlanar, qishda esa platforma qordan tozalanar edi. 2016 yilda qiz maktabni tugatdi va bekat ham yopildi.

Muhammad YUSUF
ULUG‘IMSAN VATANIM!
Men dunyoni nima qildim,
O‘zing yorug‘ jahonim,
O‘zim xoqon,
O‘zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg‘izim,
Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O‘zing mening ulug‘lardan
Ulug‘imsan, Vatanim…
Shodon kunim gul otgan sen,
Chechak otgan izimga,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi,
Onam deymi,
Hamdardu hamxonam deymi,
Oftobdan ham o‘zing mehri —
Ilig‘imsan, Vatanim.
Sen Mashrabsan,
Xalqda tumor,
Balxda dorga osilgan,
Navoiysan, shoh yonida
Faqirni duo qilgan.
Yassaviysan, meniki deb,
Ko‘ringan da’vo qilgan,
Ming bir yog‘i ochilmagan
Qo‘rig‘imsan, Vatanim.
Sen Xo‘jandsan,
Chingizlarga
Darbozasin ochmagan,
Temur Malik orqasidan
Sirdaryoga sakragan,
Muqannasan qorachig‘i
Olovlarga sachragan,
Shiroqlarni ko‘rgan cho‘pon
Cho‘lig‘imsan, Vatanim.
Kim Qashqarni qildi makon,
Kim Enasoy tomonda,
Jaloliddin — Kurdistonda,
Boburing — Hindistonda,
Bu qanday yuz qarolig‘ deb,
Yotarlar zimistonda,
Tarqab ketgan to‘qson olti
Urug‘imsan, Vatanim…
O‘g‘lim, desang osmonlarga
G‘irot bo‘lib uchgayman,
Chambil yurtda Alpomishga
Navkar bo‘lib tushgayman,
Padarkushdan pana qilib
Ulug‘beging quchgayman,
G‘ichir-g‘ichir tishimdagi
So‘lig‘imsan, Vatanim…
O‘tgan kuning — o‘tgan kundir,
O‘z boshingga yetgan kun,
Qodiriyni bergan zamin,
Qodiriyni sotgan kun.
Qo‘lin bog‘lab,
Dilin dog‘lab,
Yetaklashib ketgan kun,
"Voh bolam" deb aytolmagan
Dudug‘imsan, Vatanim.
Yoningda qon yig‘lagan bir
Shoiringga qarab qo‘y,
Gar Qo‘qonga yo‘ling tushsa,
Detdomlarni so‘rab qo‘y.
Hech bo‘lmasa Usmon xokin
Keltirmoqqa yarab qo‘y,
Olislarda qurib qolgan
Qudug‘imsan, Vatanim…
Sen — shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim,
Ota desam,
O‘g‘lim deb, bosh
Egib turgan chinorim,
Qo‘ynimdagi iftixorim,
Bo‘ynimdagi tumorim,
O‘zing mening ulug‘lardan
Ulug‘imsan, Vatanim.
ULUG‘IMSAN VATANIM!
Men dunyoni nima qildim,
O‘zing yorug‘ jahonim,
O‘zim xoqon,
O‘zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg‘izim,
Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O‘zing mening ulug‘lardan
Ulug‘imsan, Vatanim…
Shodon kunim gul otgan sen,
Chechak otgan izimga,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi,
Onam deymi,
Hamdardu hamxonam deymi,
Oftobdan ham o‘zing mehri —
Ilig‘imsan, Vatanim.
Sen Mashrabsan,
Xalqda tumor,
Balxda dorga osilgan,
Navoiysan, shoh yonida
Faqirni duo qilgan.
Yassaviysan, meniki deb,
Ko‘ringan da’vo qilgan,
Ming bir yog‘i ochilmagan
Qo‘rig‘imsan, Vatanim.
Sen Xo‘jandsan,
Chingizlarga
Darbozasin ochmagan,
Temur Malik orqasidan
Sirdaryoga sakragan,
Muqannasan qorachig‘i
Olovlarga sachragan,
Shiroqlarni ko‘rgan cho‘pon
Cho‘lig‘imsan, Vatanim.
Kim Qashqarni qildi makon,
Kim Enasoy tomonda,
Jaloliddin — Kurdistonda,
Boburing — Hindistonda,
Bu qanday yuz qarolig‘ deb,
Yotarlar zimistonda,
Tarqab ketgan to‘qson olti
Urug‘imsan, Vatanim…
O‘g‘lim, desang osmonlarga
G‘irot bo‘lib uchgayman,
Chambil yurtda Alpomishga
Navkar bo‘lib tushgayman,
Padarkushdan pana qilib
Ulug‘beging quchgayman,
G‘ichir-g‘ichir tishimdagi
So‘lig‘imsan, Vatanim…
O‘tgan kuning — o‘tgan kundir,
O‘z boshingga yetgan kun,
Qodiriyni bergan zamin,
Qodiriyni sotgan kun.
Qo‘lin bog‘lab,
Dilin dog‘lab,
Yetaklashib ketgan kun,
"Voh bolam" deb aytolmagan
Dudug‘imsan, Vatanim.
Yoningda qon yig‘lagan bir
Shoiringga qarab qo‘y,
Gar Qo‘qonga yo‘ling tushsa,
Detdomlarni so‘rab qo‘y.
Hech bo‘lmasa Usmon xokin
Keltirmoqqa yarab qo‘y,
Olislarda qurib qolgan
Qudug‘imsan, Vatanim…
Sen — shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim,
Ota desam,
O‘g‘lim deb, bosh
Egib turgan chinorim,
Qo‘ynimdagi iftixorim,
Bo‘ynimdagi tumorim,
O‘zing mening ulug‘lardan
Ulug‘imsan, Vatanim.
#Xiva_shahri
#Kitobxonlik_haftaligi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-kuvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 14-dekabrdagi 781-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiya xuzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2025-yil 7-apreldagi 3-son farmoyishi bilan 2025-yil 21-27-aprel kunlari “O‘zbekiston-kitobxonlar yurti” shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” ning to‘rtinchi kunida O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” kitobi yuzasidan, bilimdon o`quvchilari o`rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb
Yuragi boʻshlar ko’rmasin…
“Prava”ni “soqqa” berib olayotganlar,
“Soqqa” olib, kissasini qappaytirib “prava”ni tutqizayotganlar,
Yo‘l qoidasini buzganni quyuq “salomi”ni olib, kechirayotganlar,
Ona suti og‘zidan ketmagan bolasi rulga o‘tirsa, xursand bo‘layotganlar!
Manavi videoni diqqat bilan ko‘ring, xulosa chiqaring!
Hodisa shu yil 11 aprel kuni Samarqand shahar, Nurli yo‘l mahallasi hududidan o‘tuvchi Ro‘dakiy ko‘chasida bo‘lib o‘tgan.
Tan jarohati olgan piyodalar shifoxonaga yotqizilib, tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Haydovchiga Samarqand shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilibdi.
Fikringizni izohlarda ulashing…

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Milliy liboslar - millatimiz va ma’naviyatimiz ko‘zgusi”
Azizlar, milliy merosimiz, qadriyatlarimiz targ‘iboti yo‘lida tashabbus ko‘rsataylik!
Azizlar, milliy merosimiz, qadriyatlarimiz targ‘iboti yo‘lida tashabbus ko‘rsataylik!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#odamlar_nima_deydi
#2_qism
#birdamjamiyat
#maromiylik
Mehmondo‘stlilik reytingida dunyoda birinchi o‘rinda turishimizni aniqladik. Ilm-fan, taraqqiyot reytinglarida oqsayotganimizga aynan mehmondo‘stlik reytingida birinchi bo‘lganimiz sababchi emasmikan?
Oldingi qismlarimiz
1-qism
https://t.me/Xiva_MM

#Tafakkur
Bo‘ri qo‘ylar ichida bir fikrni yoydi: "Sizning ozodligingiz cho‘ponga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarishingizda yashirin".
Qo‘ylar cho‘ponni o‘ldirishdi va shu payt bo‘rilar yaylovga hujum qildi...

ANTIQA DUNYO, AJABTOVUR ODATLAR...
O‘rta asrlarda, Angliyada korrupsiyaga qarshi bir noodatiy uslub bilan kurashilgan ekan.
Unda, shahar markazida o‘rnatilgan tarozida, yangi saylangan hokimning vazni o‘lchangan va hokimlik davri tugab, vakolatini topshirayotgan paytida ham vazni qayta tarozida o‘lchangan. Agar hokimning vazni kam yoki o‘zgarmagan bo‘lsa, u aholi tomonidan olqish va maqtovlar eshitar, ammo vazni boshlang‘ich ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lganda esa, hokim achigan sabzovot va tuxumlar bilan toshbo‘ron qilingan va davlat boshqaruvi lavozimlaridan batamom chetlatilgan ekan.

Hamma zamonda ham shohga haqni aytadigan mana shunday noiblar kerak va ularni eshitadigan mana shunday shohlar kerak!
Suratdagi qiz Korean Airlines Cho Hyuna kompaniyasi rahbarining qizi
2014 yil 5 dekabrda samolyot parvozga tayyorlanayotganda, unga styuardessa yong‘oqchalarni likopchad emas, haltachada keltirgani uchungina reysni kechiktiradi. Janjal ko‘tarib, styuardessaning parvozdan chetlashtirilishiga erishadi. Shundan so‘ng, otasi qizini omma oldiga olib chiqib,
"Bolamga to‘g‘ri tarbiya bera olmaganim uchun meni kechiringlr...",
deya uzr so‘raydi.

#Halollik
#Adolat
18 asr oxirlarida Fransiyada adolatparvarligi bilan shuhrat qozongan Berriyer ismli sudya qashshoqlikda vafot etadi.
U jon taslim qilar vaqtda yonida bo‘lgan yosh huquqshunoslardan biri shunday yozib qoldirgan ekan:
...Uning ahvoli og‘ir edi. Holsizlikdan zo‘rg‘a nafas olardi. Chidolmadim. «Bu nima qilganingiz?! O‘zingizni xarob qildingiz-ku. Axir oyoqlaringiz ostiga oltin to‘kkan odamlar bor edi, siz bo‘lsa, nuqul adolat, adolat dedingiz... Mana oqibat! O‘sha oltinlarni nega olmadingiz?! - dedim. U esa arang kulimsiradi va:
— U oltinlarni olish uchun egilishim kerak edi, — dedi...
Agar oʻsha sudya oltinlarni olganida xozir biz u xaqida gapirmagan va adolatli deb eslamagan boʻlar edik.

‼️E’LON‼️
BUGUN SOAT 19.00 DA XIVA ShAHAR ALLEYa MAYDONIDA BAXShIChILIK SAN’ATI FESTIVALINING YoPILISh MAROSIMLARI VA KATTA KONSERT TADBIRLARI O‘TKAZILADI.
UShBU TADBIRGA ShAHRIMIZNING BARChA AHOLISINI, IDORA TAShKILOT VA O‘QUV MUASSASALARI XODIMLARINI TAKLIF ETAMIZ.
✅KIRISh OChIQ, BEPUL VA BILETSIZ.
✅Orientir: KARVON SAROY OLDIDAGI ESKI BOZOR O‘RNIDA

#donolardan
🎗Inson mehnatdan to‘xtasa, kamolotdan ham to‘xtaydi. Chunki kamolot saroyining poydevori ham, devori ham mehnatdir.
🎗Kimki intilmasa, u hech narsaga erishmaydi, kimki shijoat ko‘rsatmasa, u hech narsalik bo‘lmaydi, kimki o‘zining ma’naviy quvvatidan foydalanmasa, bu quvvat uni tark etadi.
🎗Sabrga odatlanmagan inson bu dunyoda qanchalik ko‘p ne’matlarga erishgan taqdirda ham, vaqti kelib sabrsizligi oqibatida uni bir onda qo‘ldan boy beradi.
🎗Baxtiyorlik osoyishta qalbga ega bo‘lish bilan vujudga keladi.
🎗Toqqa suyanma, o‘zing tog‘ bo‘l! Chunki suyanganing qulasa, sen ham qulaysan.
🎗Bizning farzandlarimiz — bizning qariligimizdir. To‘g‘ri tarbiya — xayrli oqibat, ya’ni saodatli qarilik. Yomon tarbiya — g‘am-alamga, xorlikka qorishgan qarilikdir.
✍️Tohir Malik

#tafakkur_qiling
📍Qismatida ne bitilgan bo‘lsa...
Yusufning akalari uni o‘ldirmoqchi bo‘lishdi. Lekin u o‘lmadi.
Bir yo‘la uning izini quritmoqchi bo‘lishdi. Ammo uning sha’nu obro‘si ko‘tarilib ketdi.
Uni qul qilib sotib yuborishdi. Lekin u podshoh bo‘ldi.
Otasining qalbidan uning muhabbatini butkul o‘chirib yubormoqchi bo‘lishdi. Biroq u yanada ziyoda bo‘ldi.
Bandalarning tadbiru hiylalaridan xavotirga tushma.
Allohning tadbiri barchasidan ustundir!

SIGARETA ISTAGINI TUZ BILAN BOSISh MUMKINMI?
🚬 Segareta tashlashga harakat qilganlar biladi: eng qiyini — istakni yengish. Qiziq fakt:
Til uchi bilan ozgina tuzni yalash, miyadagi “qoniqish markazi”ga ta’sir qilib, chekkish istagini shoshilinch tarzda bosishi mumkin!
Nega ishlaydi?
— Tuzli ta’m og‘izdagi retseptorlarni “chalg‘itadi”;
— Miyadagi nikotinga bog‘liq istak so‘nadi;
— Bu usul orqali ko‘pchilik 1 oy ichida odatdan xalos bo‘lgani qayd etilgan. 👍

QOTIL
Masal
Bir odam qotillik sodir etdi. U o‘ldirgan odamning qarindoshlari uni ta’qib qila boshladilar. Qotil qochib Nil daryosi bo‘yiga keldi, lekin bu yerda u bir bo‘rini uchratib, qo‘rqqanidan shoxlari daryo uzra egilgan kattakon daraxtga tirmashib chiqib oldi va uning qalin novdalari orasiga yashirindi. Qarasa… shundoqqina ko‘zi oldida kattakon bir ilon tebranib turganmish. U ilondan qochib o‘zini suvga otdi; lekin suvda timsoh poylab turgan edi — shu zahoti uni yutib yubordi.
Masal deydiki, jinoyat qilib gunohga botgan odam yerda ham, ko‘kda qam, suvda ham o‘ziga panoh topa olmaydi.