XIVALIKLAR
7.38K subscribers
10.9K photos
1.91K videos
39 files
3.34K links
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, XIVA shahar bo'linmasi kanali. XIVA shahrida bo`layotgan madaniy, ma'naviy va ma'rifiy faoliyatlar yoritb boriladi.

https://www.facebook.com/profile.php?id=100091454397699
Download Telegram
Ikkiga bo‘lib to‘laysizmi? Endi mumkin, agar...

Biznesingiz bormi? Agar 20 va undan ko‘proq ishchingiz bo‘lsa, siz uchun yaxshi xabar bor, 2025 yildan boshlab:

Mol-mulk solig‘i
Yer solig‘i
Ijara to‘lovlari — ikki qismda to‘lanishi mumkin.

Ya’ni:
📌 Birinchi yarmi — 15 iyulgacha,
📌 Ikkinchi yarmi — 1 dekabrgacha.

Tadbirkor jonglyordek muammolar bilan “o‘ynaydi” – har oy oylik berish, xomashyo olish, qarzlarni va soliqlarni tulash vahokazo. Bu qaror bilan, vaziyatni anglagan davlat, tadbirkorlarga yengillik yaratishga intilmoqda.

Ba’zan eng to‘g‘ri yo‘l - bu imtiyozlar emas, qo‘shimcha vaqt berish
💼Mehnat migratsiyasida bo‘lgan fuqarolarga 10 mln so‘mgacha mikrokredit ajratiladi

Hukumat qaroriga ko‘ra, “Xorijda ish” platformasida ro‘yxatdan o‘tgan va tashkillashtirilgan holda xorijda ishlashga ketayotgan fuqarolarga quyidagi subsidiya va kompensatsiyalar ajratiladi:

🔸chet tillari va kasb bo‘yicha malaka imtihonlarini topshirish xarajatlarini qoplash uchun – BHM ning 3 baravarigacha;

🔸ishchi viza rasmiylashtirish xarajatlarini qoplash uchun – BHMning 5 baravarigacha;

🔸chipta xarajatlarini qoplash uchun – BHMning 2 baravarigacha;

🔸nemis, ingliz, yapon va koreys tillari bo‘yicha kamida B1 yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikat olgan bitiruvchilari eng ko‘p bo‘lgan 50 nafar o‘qituvchiga – 50 mln. so‘m.

Shuningdek, migrantlar banklardan asosiy stavkadan 4% yuqori stavkada 10 mln. so‘mgacha kredit olishi mumkinligi ham belgilandi.
Davlatdan “shirin” yangilik: shakarga aksiz bekor bo‘ladi!

2025 yil 1 oktyabrdan boshlab, xushbo‘y yoki rang beruvchi qo‘shimchalarsiz, oddiy oq shakar O‘zbekistonga olib kirilsa — aksiz solig‘i to‘lanmaydi.
Bu nimaga xizmat qiladi?
Ichki bozorda shakar yetarli bo‘ladi.
Narxni sun’iy oshirishga bahona bo‘lmaydi. “Sezonda” shakarni narhi osmonlarga uchib ketmaydi.
Aholini ham, tadbirkorni ham karmoniga foyda.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bola tilidan...

Oyingizdan nimani xidi keladi?


yaqnlaringizgaham ulashing!
Kun fotosurati

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandda Motamsaro ona haykali poyiga gul qo‘yayotganida lavhga qarab turib, “Nega bu yerda o‘zbekcha va inglizcha yozuv boru, ruschasi yo‘q?!” – deb norozi bo‘libdi.

Bular shu darajada bizning shaxsiy ishimizga aralashishga o‘rganib qolishganki, hatto o‘z yurtimizda oshimizni yeb, kekirib, haykalimizning lavhiga qanday tilda yozishimizgacha o‘rgatishyapti.


Fikringizni izohlarda yozing...
O‘zbek tiliga e’tibor millatga e’tibordir
Mamalakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasi yurtimizni dunyo hamjamiyatidagi o‘rni va nufuzini yuqori ekanini ko‘rsatmoqda. Shu jihatdan, yangi O‘zbekistonni qurar ekanmiz, buning uchun barcha muammolarni bartaraf etmoqlik har bir soha vakillari va xalqimiz bajarishi kerak bo‘lgan muhim vazifalardan sanaladi.
BOR BO‘L, ELIM!
BUTUN BO‘L, ELIM!

Ushbu surat 1929 yil Toshkentning Ko‘kaldosh madrasasi yonida olingan ekan.
Surat olinganiga 96 yil, ya’ni sal kam bir asr bo‘libdi.
Hali-hanuz Ko‘kaldosh atrofida novvoylarimiz xushbo‘y taratadigan o‘zbek nonlarini sotishadi.
Ha, chindan ham duo ketgan, Toshkent – non shahri!
Ochni to‘ydiradi, to‘qni-da siylaydi.
Mehmonini boshiga ko‘taradi.
Minnatinida ko‘taradi.

Shu bag‘rikeng poytaxt, shu bag‘rikeng o‘lka, shu bag‘rikeng millat dunyo turgunicha tursin!
Yana yuzlab yillar o‘tsa ham Ko‘kaldosh madrasasi oldida to‘kinlik ramzi – o‘zbek nonlarining anvoyi isi yo‘lovchilarning dimoqlarini qitiqlasin!
Xiva shahari axborot-kutubxona markazida “O‘zbekiston-kitobxonlar yurti” shiori ostida V-respublika "Kitobxonlik haftaligi" doirasida “Kitobxon ona-jamiyat ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Ichayotgan suvingizni jonlantiring

Yaqinlarga ham yuboring!
Хоразмда ўғил болалар кўп туғилган.

Дастлабки маълумотларга кўра, 2025-йилнинг январ-март ойларида вилоятимизда 9,5 мингта туғилиш ҳолати қайд этилди. Шундан шаҳар жойларида 3,1 мингта (жамига нисбатан 32,6 %), қишлоқ жойларида 6,4 мингтани (67,4 %) ташкил этди.

Туғилишлар сонининг жинслар бўйича тақсимланиши:
▪️ўғил болалар – 4,9 минг нафар
▪️қиз болалар – 4,6 минг нафар.
Endi mashinani pul evaziga uyda rasmiylashtirish ham mumkin

Xizmat uning muddatiga qarab narxlanadi. Buyurtma bo‘yicha YHXB xodimi aytilgan manzilga borib avtomobilni rasmiylashtirib beradi.

1 kun ichida borish — 4 BHM (1 500 000 so‘m)
3 kun ichida borish — 3 BHM (1 125 000 so‘m)
5 kun ichida borish — 2 BHM (750 000 so‘m)

Bu narx YHXB idorasidan 10 km.gacha bo‘lgan uzoqlikka qadar amal qiladi. Har bir qo‘shimcha km uchun 18 750 so‘m (BHMning 5 foizi) to‘lov qilinadi.

Davlat ro‘yxatidan o‘tish, raqam olish (jami 4,2 mln so‘m) uchun to‘lovlar alohida olinadi.

Hozircha bu xizmat turi sinov tariqasida faqat Fayzobodda ishlamoqda.