XIVALIKLAR
2.49K subscribers
11.1K photos
2.07K videos
40 files
3.37K links
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, XIVA shahar bo'linmasi kanali. XIVA shahrida bo`layotgan madaniy, ma'naviy va ma'rifiy faoliyatlar yoritb boriladi.

https://www.facebook.com/profile.php?id=100091454397699
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangiruhiyat #inson

Bilim — qaytarish va takrorlash mevasidir

Abu Rayhon Beruniy
#Diqqat

⚡️Endi O‘zbekistonda ish vaqtida tashqari ishlaganlarni oyligiga 50% qo‘shib beriladi

Ish vaqtidan tashqari ishlaganlik uchun 1,5 barobar miqdorda haq to‘lash taklif qilinmoqda

Bugungi kunda ish vaqtidan tashqari ishning davomiyligini yiliga 120 soatdan oshirish mumkin emasligi hamda ish vaqtidan tashqari ish uchun xodimga kamida 2 hissa miqdorida haq to‘lash belgilanganligi ushbu mexanizmning ish beruvchilar o‘rtasida keng ommalashmaganiga sabab bo‘lmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida mazkur masalar ko‘rilgan. Ya’ni "Ish vaqtidan tashqari ish uchun haq to‘lash va uning davomiyligini soddalashtirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida"gi Qonun loyihasi bilan mavjud 120 soatlik cheklovni olib tashlash va qo‘shimcha ish uchun 1,5 barobar miqdorda haq to‘lash taklif qilinmoqda.
⚡️ 28-may-2 iyun kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi ortidan tog‘li hududlarda sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Qashqadaryo viloyati, Surxondaryo viloyati, Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot tumanlarida;

Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;

Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;

Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;

Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlari va Shohimardon hududida;

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida.
Yakka tartibdagi tadbirkorlarga 5 nafargacha ishchi olib, mebel ishlab chiqarishga ruxsat beriladi

Ushbu faoliyatni boshlash, kengayish istagida yurgan yosh tadbirkorlarga 7 yilga 5 milliard so‘mgacha 18 foizli kredit ajratiladi.
#Diqqat

❗️Endilikda ota-onalar farzandlari uchun (Lager) yozgi oromgohlarga yo‘llanmani onlayn olishi mumkin

Buning uchun my.gov.uz orqali ariza yo‘llab, to‘lovni amalga oshirishlari talab etiladi.

Bu ma’lumotni yaqinlarga yuborib qo‘ying.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yangiruhiyat

O‘ylaring so‘zlaringga, so‘zlaring fe’lingga, fe’ling taqdiringga nuqs etadi. Go‘zal o‘yla, go‘zal yasha

deydi Mavlono Jaloliddin Rumiy.

Bu nafaqat o'zimizga, balki, farzandlarimizga ham taalluqli.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
#diqqat

⚡️⚡️O‘zbekistonda ham Qurbon hayiti 6 iyun – juma kuni etib belgilandi

Bugun – 28 may Zulhijja oyining birinchi kuni boshlandi. Bu xaqida O‘zbekiston Musulmonlar idorasi ma’lum qildi.

Har doim Zulhijja oyining 10-kuni Qurbon hayiti kuni hisoblanadi. Demak 2025 yil ushbu ulug‘ ayyom 6 iyun ya’ni juma kuniga to‘g‘ri kelmoqda. Musulmonlarning asosiy bayrami oldidan arafa kuni esa 5 iyun etib belgilandi.

Demak, Qurbon hayiti 6 iyun – juma kuniga to‘g‘ri keladi.

Yaqinlarga yuborib qo‘yamiz!
Doimo harakatda bo‘lish kerak. Chunki to‘xtaganni o‘tirgisi keladi. O‘tirganni yotgisi keladi. Yotganni uxlagisi keladi.

Al-Xorazmiy
Maktab darsligi yo‘qolsa kim toʻlaydi va uning jarimasi qancha bo‘ladi?

Batafsıl: https://oyina.uz/uz/posts/28014
Iskandar Zulqarnayn

O‘tgan zamonda Iskandar degan ulug‘ bir podshoh bor edi. Bir kun bir devonaga yo‘liqdi. Devonaning ba’zi harakatlari podshohga xush kelub, aytdiki: «Ey devona, mandan bir narsa so‘ragil». Devona aytdiki: «Ey podshohi olam, pashshalar manga har vaqt tashvish beradurlar. Yuz va qo‘llarimni choqub, xafa qiladurlar. Buyursangizki, pashshalar manga bunday ozor bermasalar».

Podshoh aytdi. «Ey devona, mandan shunday narsa so‘ragilki, ul narsa manim hukmimda
bo‘lsun. Man pashshaga nechuk buyruq qilurman?»

Devona aytdi: «Ey podshoh, dunyodagi maxluqlarning eng kichkinasi va ojizrog‘i
pashshadir. Shul pashshagaki hukmingiz yurmasa, emdi sizdan nima so‘rarman?»

Hissa:
Dunyoda sening na hojating vor,
So‘ragil oni san Xudodan, ey yor.

Munavvar qori Abdurashidxonovning "Axloq darslari" to‘plamidan
BO‘RINING KALLASI

Masal

Sher, Bo‘ri va Tulki birga ovga chiqishibdi. Ular yovvoyi Eshak, Jayron va bir Quyonni tutishibdi. Sher Bo‘riga o‘ljani taqsimlashni buyuribdi. Bo‘ri ikkilanib o‘tirmay Sherga debdi: “Eshak – sizga, Jayron – menga, Quyon – do‘stimiz Tulkiga!”
Sher Bo‘rining boshiga bir urgan ekan, boshi tanasidan ajrab ketibdi. Keyin u Tulkiga murojaat qilibdi: «Qani, endi sen o‘ljani taqsimla-chi!» Tulki Sherga chuqur ta’zim qilib, muloyim ovozda shivirlabdi: «Hazrati oliylari, taqsimlash juda oson. Eshakni tushlikka, Jayronni kechki ovqatga yeysiz. Quyonni taomlar oralig‘ida tamaddi qilishingiz uchun qoldirsak...»
Sher mamnun bosh irg‘abdi: «Odobing va farosatingga tasanno! Ayt-chi, senga bu borada kim saboq bergan?»
Tulki ayyorona iljayibdi:
“Bo‘rining kallasi...”
Maktabdagi savol: Kamoliddin, uy vazifalaridan qutuldingmi?
❗️ Javob: O‘rtog‘imdan ko‘chirib oldim. Qutuldim.
Institutdagi savol: Abdumo‘min, imtihonni topshirib qutuldingmi?
❗️ Javob: Domlaning mashinasini yuvib "uch" qo‘ydirib oldim. Qutuldim.
Ishxonadagi savol: Mulla Mirfayoz, oylik oldingizmi?
❗️ Javob: Oldim. Bitta to‘rxaltani to‘ldirib bozor qildim. Qutuldim.
Ko‘chadagi savol: Xoliqboy ota, bola-chaqalardan qutulganmisiz?
❗️ Javob: Xudoga shukur, to‘rt o‘g‘ilni uylantirib, yetti qizni chiqardim. Qutuldim.
So‘nggi savol: Halim buva, qanisiz, qaerdasiz?
❗️ Qabrdan ovoz: Omonatimni topshirdim bolam, qutuldim.

Erkin VOHIDOV,
"Ulg‘ayish azobi"dan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mashinadan chiqindi tashlaganlik uchun jarima miqdori oshiriladi

Hozirda bunday huquqbuzarlik uchun jismoniy shaxslarga BHMning 1–3, yuridik shaxslarga esa 3–5 barobari miqdorida jarima qo‘llaniladi. Yangi taklifga ko‘ra, birinchi marta qoidalarni buzganlarga 3–5 barobar, takrorlangan holatda esa 10–15 barobar miqdorida jarima solinishi mumkin.

Tahlillarga ko‘ra, yo‘ldagi chiqindilarning 53% avtomobilistlar va yo‘lovchilar tomonidan tashlab ketiladi.
#yangiruhiyat

Har neki bo‘lsa shukr qil, buning ortida senga hidoyat bordir.

Jaloliddin Rumiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Vatan... Kindik qonim to'kilgan tuproq...Undagi har bir kichik zarra shu vatanning ajralmas bo'lagidir. Dengiz uchun har bir tomchining o'rni bo'lgani kabi har bir inson o'zi tug'ilib o'sgan Vataniga daxldordir. Ota-bobolarimiz bir qarich yer yoki bir xovuch tuproq uchun tinimsiz kurashganlar. Ajdodlarimiz meros qilib qoldirgan bu muqaddas Vatanni asrash barchamizning burchimizdir!
Muslim bo‘ldik arabdan ortiq,
O‘ris bo‘ldik rusdan ziyoda.
Birni topsa yorug‘ dunyoda,
O‘n karrani qilganmiz tortiq.
Ichdik, chekdik sho‘ro yurtida,
O‘zdik barcha og‘alardan ham.
Yuzsizlikdan oshmasak bo‘ldi,
Ovropalik tog‘alardan ham...

ERKIN VOHIDOV