Xidirov formati
302 subscribers
113 photos
120 videos
2 files
24 links
Download Telegram
Forwarded from Xojelirk.uz/Рәсмий каналы (Хурметуллаева Сарбиназ)
1991-yil 18-noyabr kuni "O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilindi. Sana munosabati bilan bugun 2025-yil 8-noyabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda keng jamoatchilik vakillari bilan birga yurtimiz bo‘ylab "Bayroq estafetasi" karvon tortmoqda. Mo‘ynoq tumanidan boshlangan estafeta Qo‘ng‘irot, Qonliko‘l, Shumanay tumanlari bo‘ylab Xo‘jaligimizga yetib keldi. "Bir Vatan, bir el, bir bayroq" shiori ostida o‘tkazilayotgan ushbu ommaviy tadbirda tuman aholisi, yoshlari, shuningdek Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lim boshlig‘i S.Xdirov, markazning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi boshlig‘i T.Atamuratov, Xo‘jayli tumani hokimi J.Ermashev, tegishli soha rahbarlari va faollari ishtirok etdi. Harbiy orkestrning tantanali kuylari yangrashi natijasida barcha ishtirokchilar tuman markazi bo‘ylab harakatlanib, hilpirab turgan davlatimiz bayrog‘i tinchlik va mustaqillik ramzi sifatida o‘z qadrini baland ko‘tarib, baxtiyor xalqimizning g‘ururiga aylandi. So‘zga chiqqanlar bayrog‘imizning bugungi jahon siyosiy sahnasidagi tutgan o‘rni, nufuzi va ahamiyati haqida so‘zlab, barchani bayram bilan tabrikladi.
Тадқиқотларга кўра:

"Baby Boomers" (1946–1964) Энг кўп алкогол истеъмол қилган авлод. Улар 1980–2000 й-да фаол истеъмолчи бўлган. Алкоголь ижтимоий меъёр саналган даврда ўсган, кино ва реклама таъсири катта бўлган.

"X" авлод (1965–1980) Истеъмол даражаси юқори, сал пасайган. Стресс ва иш босими билан боғлиқ ичиш ҳолатлари кўп учрайди.

"Millennials" (1981–1996) ва "Z" (1997–2012) Истеъмол даражаси кескин камайган.

Сабаби: соғлом турмуш тарзи, ижтимоий тармоқдаги имиж, онглиликнинг ошиши, альтернатив маҳсулотлар (энергетик ичимликлар, CBD ва б.).

Алкогол истеъмоли энг юқори. Франция, Германия, Чехия, Ирландия ва Россиядир. Baby Boomers ва "X" ҳануз энг фаол алкашлар ҳисобланади. Миллениаллар ва “Z” авлод орасида алкоголь истеъмоли 25–30% камайган.

Хуллас, ёшлар онгли равишда алкоголдан воз кечмоқда.

1-видеода ғарбдаги клубларда алкоголь ўрнига қаҳва ичиб, рақс тушиб, ҳордиқ чиқараётган “Z” авлод, 2 ва 3 видеоларда эса Baby Boomers.

Арақфурушлар тафаккур қилишсин!

Социолог Сухроб Хидиров.

@xidirovformat
1👍1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Bayroq estafetasi" bo'yicha G'arbiy yo'nalish bo'ylab harakatlanayotgan O'zbekiston Respublikasining ramziy bayrog'i Qoraqalpog'iston Respublikasidan Xorazim viloyatiga o'tdi.

Xorazimliklar bayram muborak!

@xidirovformat
👍1
Forwarded from XORAZMIYLAR
#meningbayrogʼim
#bayrogʼimfaxrim
#birdamjamiyat

XORAZM VILOYATIDA "BAYROQ ESTAFETASI" START OLDI

"Bir Vatan, bir el, bir bayroq" shiori ostida bayroq estafetachilari Gurlan tumaniga yetib keldilar. Tuman ziyolilari, nuroniylar, mahalla faollari, madaniyat va sanʼat xodimlari hamda faol yoshlar ishtirokida tadbir tashkil etildi. Estafeta bayrog‘ini velosportchi yoshlar qabul qilib oldilar.

Keyingi manzil Yangibozor tumani. Jarayonlarni kanalimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
| Telegram | Facebook | Youtube| Instagram|