1️⃣ DXX “Call-markazi”ga kelib tushgan murojaat asosida Xizmatning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Kadastr agentligining Yashnobod tuman bo‘limi bosh inspektori uchinchi shaxs orqali 2 ming AQSH dollari olgan vaqtida uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.
Bosh inspektor o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda, mahalliy fuqaro tomonidan noqonuniy o‘rnatilgan yengil konstruksiyali qurilmalarni buzib tashlamaslik va unga nisbatan jarima qo‘llamaslik evaziga ushbu pul mablag‘ini talab qilgan.
2️⃣ Andijon shahrida yashovchi, 1984 y.t. fuqaro xaridorga Andijon tumani Xakan sanoat hududida joylashgan va davlat zaxirasida bo‘lgan 40 sotix yer maydonini go‘yoki "E-auksion" orqali yutib olganligini aytib, kelgusida kadastr tizimidagi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 160 ming AQSH dollari talab qilgan.
DXX, IIB va IJQKD xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u oldindan 80 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥445👍43👏15👌4🤔2
🛑 Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda Farg‘ona shahrida qalbaki xorijiy davlat fuqaroligi pasportlarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.
Xususan, tezkor tadbir davomida Marg‘ilon shahrida yashovchi 1995 y.t. shaxs Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi 1990, 1997, 1999 va 2003 yillarda tug‘ilgan 4 nafar tanishi bilan til biriktirib, qalbaki Turkiya Respublikasi fuqaroligi pasporti va haydovchilik guvohnomasini mijozga 4 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlandi.
Ulardan jami 11 dona mobil telefonlar va 2 dona noutbuk ashyoviy dalil sifatida olindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥434👍40👏18🤔6👎4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥 Giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Ichki ishlar va Bojxona organlarini jalb qilgan holda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Davlatobod tumanida istiqomat qiluvchi, 1982 y.t., muqaddam sudlangan shaxsning yashash xonadonida tashkil qilingan narkolaboratoriya fosh etildi.🔥 Tezkor tadbir davomida ushbu manzildan 1 kg 119 gr “gashish”, 111 gr “marixuana”, 493 gr kukunsimon moddalar, sintetik narkotiklar tayyorlashda foydalaniladigan formulalar ro‘yxati yozilgan varaqlar, turli xildagi kimyoviy suyuqliklar, giyohvandlik vositalarini qadoqlashda ishlatiladigan zip paketlar, respiratorlar, elektron tarozilar, quritish moslamalari va boshqa asbob-uskunalar hamda texnik vositalar ashyoviy dalil sifatida olindi.🔹 Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,273-moddasi 6-qismi “a” bandi hamda 276 prim 1-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍267🔥181💯142👏11👌6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥 Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona organlari xodimlari hamkorligida poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi pochta bo‘limida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent viloyatining Toshkent tumanida yashovchi, 1994 y.t. shaxs Hindistondan yuborilgan jo‘natmani qabul qilib olib, ketayotgan vaqtida to‘xtatilib, tegishli tartibda tekshirildi.💊 Natijada ushbu jo‘natma ichida tarkibida jami 1,8 kg “Pregabalin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi bo‘lgan 6000 dona kapsula borligi aniqlandi.🔹 Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥247👍206💯137👏14👎2
1️⃣ Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari hamda Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “o‘zbek-afg‘on” davlat chegarasining Termiz tumani hududidan o‘tuvchi qismida noma’lum shaxslar tomonidan qoldirib ketilgan umumiy og‘irligi 2 kg 562 gr bo‘lgan “opiy” giyohvandlik vositasi olindi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, uning egalarini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
2️⃣ “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlarining ikkinchi bosqichi doirasida DXXning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda poytaxt IIBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Chilonzor tumanida istiqomat qiluvchi 1974 y.t shaxsning yashash xonadonida 2 kg 930 gr ko‘knori boshoqlari borligi aniqlanib, protsessual tartibda olib qo‘yildi.
Xozirda holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥872👍444💯402👏13👎2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥874👍432💯382👏26👌3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida DXX, IIV va Bojxona organlari xodimlari hamkorligida Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda sintetik giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.
Xususan, Yaqin Sharq davlatlaridan birining 1994 y.t. fuqarosi dala maydonidagi xufiya joydan 970 gr “Mefedron” narkotik moddasini qazib olib, ketayotgan vaqtida ushlandi.
So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, xorijlikning Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi vaqtincha yashash xonadonidan 2 dona elektron tarozi, termoizolentalar va boshqa buyumlar ashyoviy dalil sifatida olindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍862🔥820💯791👌9👏7
🛡 Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Chegara qo‘shinlari hamda Ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda narkotik moddalar kontrabandasiga chek qo‘yildi. Aniqlanishicha, afg‘onistonlik noma’lum shaxslar Amudaryo orqali giyohvandlik vositalarini dron qurilmasi yordamida O‘zbekiston hududiga o‘tkazishga urinishgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥888👍478💯418👏19🤔3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro jinoiy guruhlar afg‘on narkotiklarini tashishda O‘zbekiston hududidan tranzit yo‘lagi sifatida foydalanishadi
▶️ Videoni to‘liq ko‘rish uchun quyidagi havolaga o‘ting
https://www.youtube.com/watch?v=TYj7RMxO0ac&t=1299s
🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 👇
✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube
https://www.youtube.com/watch?v=TYj7RMxO0ac&t=1299s
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯895🔥869👍790🤔4👌2
savdosiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi
1️⃣ Namangan viloyati Norin tumanida istiqomat qiluvchi 1961 y.t. fuqaroning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, u 1 kg 595 gr “marixuana” giyohvandlik vositasini kelgusida sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
2️⃣ Chortoq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa 1973 y.t. shaxs kelgusida sotish maqsadida o‘ziga tegishli qo‘shimcha tomorqada 839 tup kannabis o‘simligini ekib, parvarishlab kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.
3️⃣ Samarqand viloyatining Urgut tumanida istiqomat qiluvchi 1995 y.t. shaxs Toyloq tumani hududida avtomashinada harakatlanayotgan vaqtida to‘xtatilib tekshirilganda, undan 20 gr “geroin” moddasi ashyoviy dalil sifatida olindi.
4️⃣ Xorazm viloyatida qayd etilgan holatda, Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi 1962 y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs ham 36 tup kannabis o‘simligini yetishtirayotganligi aniqlandi.
5️⃣ Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida istiqomat qiluvchi 1973 y.t. muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan fuqaro o‘z hovlisida issiqxona tashkil etib, unda 22 tup kannabis o‘simligini parvarishlayotganligi ma’lum bo‘ldi.
6️⃣ Bu kabi holat Andijon viloyatida ham kuzatilib, xususan, Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi 1965 y.t. shaxs o‘z tomorqasida 10 tup kannabis o‘simligini parvarishlab kelgan.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍453💯436🔥399👏5🤬1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥831👍466💯409👏11
1️⃣ Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida yashovchi 1981 y.t. fuqaro marhum otasi alohida istiqomat qilgan xonadonda aniqlangan 1 dona vintovka, 19 dona o‘qotar ov qurollari, 13 dona stvol va kolodkalar, 117 dona o‘q-dorilar hamda boshqa ikkilamchi ehtiyot qismlarni o‘z ixtiyori bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirdi.
2️⃣ DXX va IIVning poytaxt boshqarmalari hamkorligida tashkil etilgan boshqa tadbirda esa Mirobod tumanida yashovchi 1960 y.t. ayol ham marhum turmush o‘rtog‘iga tegishli bo‘lgan 2 dona o‘qotar ov quroli va 181 dona o‘q-dorilarni ixtiyoriy ravishda topshirdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍260🔥209👏18🤔5💯2