Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida nutq so‘zladi.

🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 👇

✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍115🔥86👏12👌5
#Tezkor
🚨 Toshkent va Xorazmda narkosavdogarlar ushlandi

⚡️ Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida uy sharoitida gidroponika usulida giyohvandlik o‘simliklarini yetishtirib, internet orqali sotish bilan shug‘ullangan shaxs faoliyatiga chek qo‘yildi.

▶️ Videoni to‘liq ko‘rish uchun quyidagi havolaga o‘ting
https://youtu.be/owMf2ifyz2s
➡️ Xususan, 1996 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan fuqaroning M.Ulug‘bek tumanida joylashgan ko‘p qavatli uylardan biridagi vaqtinchalik yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, plastik idishda saqlanayotgan giyohvandlik vositasi, 300 dona zip-paket, izolentalar hamda elektron torozi borligi ma’lum bo‘ldi.

Dastlabki surishtiruv davomida u o‘zining onasiga tegishli Toshkent tumanidagi xonadonda giyohvandlik o‘simliklarini yetishtirayotganligi aniqlandi.

Ushbu manzil ko‘zdan kechirilganda 10 tup kannabis o‘simligi, 1 tup quritilgan
giyohvandlik vositasi, shuningdek, ularni parvarishlashda foydalanilgan kimyoviy vositalar va elektron torozi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Boshqa holatda esa “Samarqand-Xorazm” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Сobalt” rusumli avtomashina Tuproqqal’a tumani hududida DXX va IIB xodimlari tomonidan to‘xtatilib, tekshirildi.

Natijada unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, Urgut tumanida yashovchi 2003 y.t. shaxsga tegishli 810 gr “opiy” moddasi borligi ma’lum bo‘ldi.

Aniqlanishicha, u qo‘shni davlatdan kontrabanda qilingan ushbu giyohvandlik vositasini Xorazm viloyatiga sotish maqsadida olib ketayotgan bo‘lgan.

Hozirda uning jinoiy sheriklarini aniqlash bo‘yicha chora ko‘rilmoqda.
Har ikki holat bo‘yicha qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 👇

✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥492👍47👏11🤔1💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 DXX “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining navbatdagi bitiruvchilari mustaqil hayotga kuzatildi.

🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 👇

✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥532👍96👏19👌3👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor_tadbir
❗️Soliq inspektorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

☎️ Davlat xavfsizlik xizmati Call-markaziga kelib tushgan murojaat asosida Xizmatning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

▶️ Videoni ko‘rish uchun quyidagi havolaga o‘ting
https://youtu.be/rY7xugfD_rE

🔹 Xususan, Yunusobod tumani Soliq inspeksiyasining 2 nafar inspektori o‘zaro til biriktirgan holda, xizmat mavqeidan foydalanib, tadbirkorga “Chilonzor buyum bozori kompleksi” AJdan 3 ta savdo do‘konini ijaraga olishda yordam berishni va’da qilishgan.

Ular o‘zlarining tanishlari orqali tadbirkorga tegishli MCHJni ochiq savdo tenderida g‘olib bo‘lishini ta’minlash va do‘konlarni ijaraga olish bo‘yicha shartnomalarni rasmiylashtirib berish evaziga 5 ming AQSH dollari talab qilishgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida soliqchilar so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, kundalik hayotda shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz DXXning 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.


🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 👇

✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥476👍60👏13👌4🤔3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ogohlik
🔒 Jinoyatga jazo muqarrar

🚨 Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan Ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda terrorizmni moliyalashtirish jinoyatini sodir etgan bir guruh shaxslar faoliyatiga chek qo‘yildi.

🔥 Xususan, Toshkent shahri, Samarqand, Buxoro, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida yashovchi, 1987 va 1998 yillar oralig‘ida tug‘ilgan 8 nafar fuqaro Suriya davlatidagi “G‘uroba katibasi” terroristik tashkiloti media-blogeri, Qirg‘iz Respublikasi fuqarosi, 1996 y.t. Abdulmuhsin Usmonovning g‘oyaviy-psixologik ta’sirlari oqibatida unga tegishli hisob-raqamlarga pul o‘tkazib berishgan.

“Saad Muxtor” taxallusli mazkur shaxs “Telegram” messenjeri orqali Falastinda jabr ko‘rgan musulmonlarga ehson qilish niqobi ostida pul yig‘ish bilan shug‘ullangan. To‘plangan mablag‘lar esa Suriyadagi terrorchilar uchun sarflangan.

Sud hukmi bilan qonunbuzarlarning 7 nafariga 3 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, 1 nafariga 4 yil 4 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Jinoyat Kodeksining 155-3-moddasiga ko‘ra, terrorizmni moliyalashtirish – 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


📌Davlat xavfsizlik xizmati ogohlantiradi:
Ijtimoiy tarmoqlardagi shubhali xayriya chaqiriqlariga ishonib, aldanib qolmang. Unutmang, qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi. Aksincha, sudning qora kursisida o‘tirishingizga sababchi bo‘ladi.

🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 👇

✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥477👍43👏11🤬6💯6
🙅‍♂️💰10 kg kumushni noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

➡️ Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Bojxona organlari hamkorligida Toshkent viloyatining Zangiota tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qimmatbaho metallning noqonuniy muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi.

🔺 Xususan, Toshkent shahrida yashovchi 1992 y.t. shaxs 13 dona quyma bo‘laklarda bo‘lgan, jami 10 kg 35 gr kumushni maxsus xaridorga 20,8 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tegishli baholash xulosasiga ko‘ra, ushbu metallning umumiy qiymati 235 mln 229 ming so‘mni tashkil etadi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, mazkur shaxs zargarlik buyumlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi MCHJ xodimi ekanligi aniqlanib, ushbu MCHJda oltin va kumush mahsulotlariga qayta ishlov berilayotgani, biroq affinaj (qazib olingan ruda konsentrati yoki ikkilamchi xom ashyo tarkibidagi qimmatbaho metallarni turli kimyoviy aralashmalardan tozalab, yuqori darajadagi toza metallni ajratib olish jarayoni) faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsati yo‘qligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, ushbu manzilda umumiy qiymati 3 mlrd 483 mln so‘mlik 58 kg kumush va 2,2 kg oltin borligi aniqlandi.

Hozirda qonunbuzarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


🏪 Hurmatli fuqarolar, kundalik hayotda shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz DXXning 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.

🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 👇

✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥481👍87👏11👎10🤬6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor
👮‍♂️❗️ Korrupsion holatlarga chek qo‘yildi

1️⃣ Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand shahar IIO FMB profilaktika inspektorining noqonuniy harakati fosh etildi.

Inspektor mansabdor tanishlari orqali sobiq ichki ishlar xodimining tizimga qayta ishga tiklanishida yordam berish evaziga 7 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

2️⃣ Boshqa holatda esa Namangan viloyati Chust tumani IIB profilaktika inspektori 1994 y.t. fuqaroga nisbatan kelib tushgan arizani ko‘rmasdan qoldirganligini ro‘kach qilib, undan 2 ming AQSH dollari talab qilgan va joriy yilning fevral oyida 700 AQSH dollari olgan.

Inspektor o‘zining noqonuniy harakatini davom ettirib, fuqarodan qolgan 1300 dollarni hamda kelgusida unga “o‘zbek-qirg‘iz” davlat chegarasi orqali chorva mollarini noqonuniy olib o‘tishida rahnamolik qilish evaziga 2000 dollar, jami 3300 AQSH dollari so‘ragan.

Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura huzuridagi Departament va IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u mazkur pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda profilaktika inspektoriga nisbatan Jinoyat Kodeksining 165 va 168-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


☎️ Hurmatli fuqarolar, kundalik hayotda shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz DXXning 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.

🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 👇

✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥465👍75👏14👌3🤬1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#DXX #Tezkor_tadbir
❗️🚫 34 kg.dan ortiq narkotik moddalar kontrabandasiga chek qo‘yildi

🚨Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

⚡️ Tadbir davomida Toshkent shahridagi “Qo‘yliq” bozori yonida shubhali tarzda to‘xtab turgan “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida yashovchi, 1968 y.t., muqaddam sudlangan shaxs boshqaruvidagi avtomashinada 1984 yilda Denov shahrida tug‘ilgan, hozirda poytaxtda istiqomat qiluvchi fuqaro ham borligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, avtomashina salonida bo‘lgan yelim idish ichida 30 dona o‘ramda jami 34 kg 610 gr og‘ir turdagi giyohvandlik vositalari, jumladan, 12 kg 960 gr “opiy” va 21 kg 650 gr “gashish” moddalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Ta’kidlash lozim, bunday turdagi giyohvandlik vositalari mamlakatimizga xorijdan kontrabanda yo‘li bilan olib kelinadi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan DXX Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Tergov harakatlari doirasida ularning jinoiy sheriklarining shaxsini aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.


☎️ Hurmatli fuqarolar, kundalik hayotda shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz DXXning 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.

🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 👇

✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥509👍139👏13👌6💯4
#DXX #Tezkor_tadbir
❗️Hokimlikning mas’ul xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
 
🇺🇿 Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Sirdaryo viloyati prokuraturasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda korrupsion holatga chek qo‘yildi.

🔺 Jumladan, Guliston shahar hokimligining mas’ul xodimi xizmat mavqeidan foydalanib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroning ishonchiga kirgan.

U shaharning O‘zbekiston shoh ko‘chasida joylashgan va davlat zaxirasida bo‘lgan 2 sotix yer maydonini oziq-ovqat do‘koni tashkil etish uchun mansabdor tanishlari orqali olib berish evaziga 50 ming AQSH dollari talab qilgan.

Dastlab mas’ul xodim 50 ming dollar hisobidan fuqaroning “Lasetti” avtomashinasini 12 ming AQSH dollariga baholab, boshqarish huquqini beruvchi ishonchnoma rasmiylashtirgan holda olib qolgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda hokimiyat vakili talab qilingan pul mablag‘i hisobidan 8 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


☎️ Hurmatli fuqarolar, kundalik hayotda shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz DXXning 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.

🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 👇

✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥466👍93👏15👌7👎4
📣 ✍️ Zararni kamaytirish va kredit ajratish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

1️⃣ Andijon viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasining sho‘ba boshlig‘i xizmat mavqeini suiiste’mol qilgan holda o‘zganing pul mablag‘ini o‘zlashtirmoqchi bo‘ldi.

Xususan, Andijon shahrida joylashgan savdo do‘konida ichimlik suvidan noqonuniy foydalanilib, davlatga qariyb 680 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi yuzasidan “Andijon suv ta’minoti” AJ tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Sho‘ba boshlig‘i esa mansabdor tanishlari orqali zarar miqdorini qayta hisoblatib, kamaytirish va ma’muriy chora ko‘rilishida yordam berish evaziga 30 mln so‘m talab qilgan.

DXX, IJQKD va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mansabdor shaxs do‘kon egasidan so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

🔤 Boshqa holatda esa aksiyadorlik tijorat banklaridan birining Asaka tuman filiali Mahallabay ishlash bo‘limi bosh menejeri tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga 3 mlrd 650 mln so‘m miqdorida kredit olishida yordam berish evaziga 8 ming AQSH dollari talab qilgan. Shu tariqa u joriy yilning aprel-may oylarida fuqarodan jami 7800 AQSH dollari olgan.

Lekin, bosh menejer va’dasini bajara olmasdan, ushbu pul mablag‘i hisobidan 1000 AQSH dollarini qaytarib bergan vaqtida DXX va IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Hozirda har ikki holat bo‘yicha qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


☎️ Hurmatli fuqarolar, kundalik hayotda shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz DXXning 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.

🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 👇

✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥498👍49👏12🤬3💯2
🚨AQSH va Janubiy Koreyaga noqonuniy yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
 

📍Noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Ichki ishlar organlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida Toshkent viloyati Chinoz tumanida yashovchi 1969 y.t., muqaddam bir necha marotaba sudlangan shaxs poytaxtda istiqomat qiluvchi 2001 y.t. fuqaroning ishonchiga kirib, mansabdor tanishlari orqali uni Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishchi viza asosida yuborish va buning uchun zarur bo‘ladigan barcha hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 22 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 5 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

🗺Andijon viloyatida qayd etilgan holatda esa Izboskan tumanida yashovchi 1993 y.t. shaxs asakalik 26 yoshli fuqaroning ishonchiga kirib, o‘zining mansabdor tanishlari orqali unga ishchi viza tayyorlatish hamda Janubiy Koreyaga ishga yuborish evaziga 6 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 3 ming AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, u muqaddam 1999 y.t. boshqa bir fuqaroni ham Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, pul olganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda har ikki holat bo‘yicha qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


📞 Hurmatli fuqarolar, kundalik hayotda shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz DXXning 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.

🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 👇

✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥493👍45👏16💯7🤬1
💉🙅‍♂️ Jamiyat yana bir og‘ufurushdan tozalandi
 
❗️ Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Qo‘qon – Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan, Toshkent shahrida yashovchi 1995 y.t. shaxs boshqaruvidagi “Voyah” rusumli avtomashina Namangan viloyati Pop tumanidagi “Namangan” YPX maskanida to‘xtatilib, xolislar ishtirokida tekshirildi.

Natijada, avtomashina salonidagi o‘rindiq ostida qora rangli sellofan paket ichida sof og‘irligi 1 kg 178 gr “gashish” moddasi va 8 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirildi.

Ma’lum bo‘lishicha, u ajal og‘usini poytaxtdagi mijozlarga sotish maqsadida olib ketayotgan bo‘lgan.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


🔥 Hurmatli fuqarolar, kundalik hayotda giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq holatlarga duch kelsangiz DXXning 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering.
🛡 Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.

🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 👇

✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥679👍253💯197👏46👌2
📖⚠️ Namanganda ta’lim tizimidagi korrupsion holatlar fosh etildi

🔥Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida ta’lim tizimidagi noqonuniy holatlarga chek qo‘yildi.

🔹 Xususan, Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining sho‘ba boshlig‘i fuqaroni Namangan shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan biriga direktor lavozimiga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 10 ming AQSH dollari talab qilgan.

U so‘ralgan pul mablag‘i hisobidan 8,5 ming AQSH dollarini o‘z xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Aniqlanishicha, ushbu mansabdor shaxs 2011 yilda Jinoyat Kodeksining 168, 205, 209, 210 va 227-moddalari (“Firibgarlik”, “Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish, “Mansab soxtakorligi”, “Pora olish”, “Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni ... egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish”) bilan sudlangan bo‘lsada, o‘z xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.

Boshqa holatda esa Namangan shahridagi maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimi davlat xususiy sherikchiligida 2 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etmoqchi bo‘lgan tadbirkorga o‘zining mansabdor tanishlari orqali mazkur tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan tegishli shartnomalarni tasdiqlatib berish evaziga 2 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, undan ushbu pul mablag‘ini olganida Davlatobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bosh mutaxassisining noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.

Hozirda har ikki holat bo‘yicha mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


🔥 Hurmatli fuqarolar, kundalik hayotda giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq holatlarga duch kelsangiz DXXning 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering.
🛡 Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.

🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 👇

✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥682👍233💯177👏44🤬4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi murosasiz kurashish va jamiyatni ushbu tahdiddan himoya qilishga qaratilgan qonunni imzoladi.

Giyohvandlik moddalari inson hayoti, oilalar va bolalar salomatligini barbod qiladi. Bu — mamlakat genofondi hamda uning kelajagiga berilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba.

Yangi qonunda narkotiklarni tarqatishning zamonaviy usullarini jilovlash ko‘zda tutilgan, bunday jinoyatlar uchun jazo choralari kuchaytirilgan va voyaga yetmaganlarni himoya qilishga alohida e’tibor qaratilgan.

Ushbu masalani shaxsan o‘z nazoratimga oldim.

Bu kurashda chetda tomoshabin bo‘lib turishga hech kimning haqqi yo‘q. Zero, juda ko‘p narsa o‘zimizga — ota-onalarga, maktab va mahallaga hamda yon-atrofidagi hodisalarga befarq bo‘lmagan har bir insonga bog‘liq.


🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 👇

✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍97🔥62👏12💯7👌5