Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
63K subscribers
1.13K photos
391 videos
507 files
4.23K links
Ambassador of @profiuniversity

www.xalqtaliminfo.uz sayti rasmiy kanali.

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: http://myurls.co/xalqtaliminfo

Savol yuborish vaqtincha cheklangan.

Reklama: @XalqinfoREK

Guvohnoma: №146004
Download Telegram
Bugun 11-sinf o'quvchilari uchun soat 10:00 dan 19:00 ga qadar matematika, fizika, kimyo, biologiya va ingliz tili fanidan onlayn olimpiadalar bo'lib o'tadi.

Onlayn olimpiadada qatnashish uchun qanday qilib ro'yxatdan o'tish bo'yicha mana bu yerda to'liq tushuntirish berilgan.

Olimpiadalar tizimidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma esa bu yerda.

👉@xalqtaliminfo
O'qituvchilarning diagnostika test natijalarida yiqqan ballariga ko'ra qanday shaklda malaka oshirishi ma'lum bo'ldi

4–15-dekabr kunlari maktablarda faoliyat ko‘rsatayotgan fan o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalari diagnostika testidan o‘tkazilgandi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2023-yil 28-dekabrdagi 577-sonli buyrug'i bilan rahbar va pedagog xodimlarning 2024-yil uchun malaka oshirish kurslarida o'qitish rejasi tasdiqlandi.

Shuningdek, o'qituvchilarning diagnostika testida yiqqan ballariga ko'ra malaka oshirish shakli quyidagicha belgilandi:

76-100 ball natija ko'rsatgan pedagoglar birinchi tabaqaga mansub o'quv dasturi asosida 3 yil ishdan ajralmagan holda (onlayn);

56-75 ball natija ko'rsatgan pedagoglar ikkinchi tabaqaga mansub o'quv dastur asosida 1-yili ishdan ajralmagan holda (onlayn), 2-yili ishdan ajralgan holda (offlayn), 3-yili esa ishdan ajralmagan holda (onlayn);

31-55 ball natija ko'rsatgan pedagoglar uchinchi tabaqaga mansub o'quv dasturi asosida 1-yili ishdan ajralgan holda (offlayn), 2-yili ishdan ajralmagan holda (onlayn), 3-yili ishdan ajralgan holda (offlayn);

0-30 ball natija ko'rsatgan pedagoglar to'rtinchi tabaqaga mansub o'quv dasturi asosida 3 yil ishdan ajralgan holda (offlayn) malaka oshiradi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Direktor o'rinbosarlarining barchasi 100 foiz offlayn shaklda malaka oshiradi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2023-yil 28-dekabrdagi 577-sonli buyrug'i bilan rahbar va pedagog xodimlarning 2024-yil uchun malaka oshirish kurslarida o'qitish rejasi tasdiqlangan.

Unga ko'ra direktorning ma'naviy-ma'rifiy hamda o'quv ishlari bo'yicha o'rinbosarlarining barchasi hududiy malaka oshirish markazlarida, ishdan ajralgan holda (offlayn) malaka oshirishi belgilandi.

Malaka oshirish kurslariga jalb qilinadigan maktab direktorlarining 60 foizi offlayn shaklda, 40 foizi esa onlayn shaklda malaka oshirishi belgilandi.

Ma'lumot uchun:

Maktab amaliyotchi psixologlarining 51 foizi (offlayn) hududiy malaka oshirish markazlarida, 19 foizi "Uzluksiz kasbiy ta'lim platformasida" (onlayn), 30 foizi pedagogika yo'nalishidagi oliygohda yoki nodavlat ta'lim tashkilotida malaka oshiradi.

Kutubxona xodimlarining barchasi ishdan ajralgan holda (offlayn) malaka oshiradi.

CHQBT rahbarlarining malaka oshirish shakli haqida keyinroq batafsil ma'lumot beramiz. (o'zgarishlar bor)

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
CHQBT rahbarlari har uch yilda oliygohlarda malaka oshiradi

2024-yil 15-yanvardan boshlab Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari (CHQBT rahbari) Toshkent davlat pedagogika instituti, Farg'ona davlat universiteti hamda Buxoro davlat pedagogika institutida malaka oshirishadi.

Shu sababli, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2023-yil 28-dekabrdagi 577-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan rahbar va pedagog xodimlarning 2024-yil uchun malaka oshirish kursi o'qitish rejasida CHQBT rahbarlari kiritilmagan.

Belgilangan tartibga ko'ra ChQBT fani o‘qituvchilarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash oliy ta’lim muassasalarining “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” ta’lim yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlovchi harbiy ta’lim fakultetlarida tashkil etiladi.

ChQBT fani o‘qituvchilari har uch yilda kamida bir marta malaka oshirish kurslariga jalb etiladi. Ilgari malaka oshirishdan o‘tmagan va ishga yangi qabul qilingan ChQBT fani o‘qituvchilariga yoki birinchi bor ishga kirgan ChQBT fani o‘qituvchilari kasbiy faoliyatiga uch yil to‘lgandan so‘ng malaka oshirishga jalb etiladi.

Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-noyabrdagi 591-son qarorida qayd etilgan.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Sõragan_edingiz

15-yanvardan boshlab Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari (CHQBT rahbari) ham malaka toifasi olishi mumkinmi?


Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan CHQBT o‘qituvchilariga zaxiradagi harbiy unvon va malaka toifasi berish tizimi joriy etildi.

Bunda attestatsiya xulosasiga ko‘ra malaka toifasi berilgan CHQBT fani o‘qituvchisining lavozim maoshi umumta’lim muassasasida mos keluvchi malaka toifasiga ega bo‘lgan fan o‘qituvchilarining maoshiga tenglashtiriladi.

Ya'ni, CHQBT fani o‘qituvchilari ham yanvar-iyun oylarida o'tkaziladigan attestatsiya test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

❗️Faqat ular attestatsiyada ishtirok etishi uchun malaka oshirishdan o'tgan bo'lishi shart.

ChQBT fani o‘qituvchilari har uch yilda kamida bir marta malaka oshirish kurslariga jalb etiladi. Ilgari malaka oshirishdan o‘tmagan va ishga yangi qabul qilingan ChQBT fani o‘qituvchilariga yoki birinchi bor ishga kirgan ChQBT fani o‘qituvchilari kasbiy faoliyatiga uch yil to‘lgandan so‘ng malaka oshirishga jalb etiladi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Xalq ta'limi Info loyihasini qo'llab-quvvatlang

O'zbekiston Marketing Uyushmasi o'tgan 2023-yil bo'yicha eng sifatli kontent mualliflarini aniqlash uchun "Influencer Awards 2023" mukofotini e'lon qilgan.

Bizning loyihani ham qo'llab-quvvatlaydiganlar topilib qolar deya tavakkal ushbu tanlovga ariza topshirib qo'ygandik.

Agar sizga @xalqtaliminfo loyihasi ma'qul kelayotgan bo'lsa, unda bizni qo'llab-quvvatlab, ovoz berishingizni so'raymiz.

Buning uchun @makon_brand_bot'ga kirib "Mukofot nominatsiyalari"ni tanlab Nominatsiyalar orasidan (eng oxiridagi) "Ta'lim boshqa"ni tanlabUlug'bek Po'latov nomzodiga ovoz berishingiz mumkin.

Ovozingiz qabul qilinishi uchun 3 ta savolga javob berishingizni o'zi kifoya. Boshqa talablar mavjud emas.

👉 Ovoz berish bo'yicha yo'riqnoma

➡️ OVOZ BERISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘qituvchilar attestatsiya test sinovi haqida

Attestatsiya test sinovlaridan o‘tolmaslikning eng birinchi sababi bu - fan yo‘nalishi bo‘yicha bilimlarning yetishmasligidir. Agar o‘zingizga ishonsangiz har qanday sinovlardan bemalol o‘ta olasiz.

O‘qituvchi attestatsiya test sinovidan o‘ta olmasa, demak ularni quyidagi 3 ta asosiy muammo kutib turadi:

Birinchi muammo, o‘qituvchi attestatsiyadan o‘ta olmagan taqdirda xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin.

Ikkinchi muammo, agar o‘qituvchi attestatsiyadan o‘tmasa, uning nafaqat jamiyatdagi balki, maktab jamoasi oldida ham obro‘si tushib boradi. Bu esa juda yomon.

Uchinchi muammo, attestatsiyadan o‘ta olmaslik pedagog xodimning oylik maoshiga ham juda katta ta’sir o‘tkazadi. Chunki o‘qituvchilarga dars taqsimot qilishda ham ularning malaka toifalari muhim rol o‘ynaydi.

O‘qituvchi yuqorida sanab o‘tilgan muammolarga duch kelmasligi uchun katta tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislarda tayyorgarlik ko‘rishi kerak bo‘ladi.

Bugun sizlarga 7,5 yillik tajribaga ega bo‘lgan, buxorolik mutaxassis tomonidan repetitorlar tajribasi asosida malaka test sinovidan o‘tib olish uchun tizimli tarzda ishlab chiqilgan kurslarni taklif etamiz.

E’tiborli jihati shundaki, ushbu kursda tayyorlangan 1181 nafar o‘qituvchidan 1142 nafari attestatsiya imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan. Bu degani o‘rta hisobda kursda tayyorlangan 96,7 foiz o‘qituvchi attestatsiya imtihonidan o‘tgan.

Darslar onlayn ravishda har bir kishi bilan alohida individual tartibda olib boriladi. Ushbu kurslarda:

📚Matematika

📚Kimyo

📚Geografiya

📚Tarix

📚Boshlang‘ich ta’lim

📚Biologiya

📚Ingliz tili

📚Rus tili

📚Ona tili fanlariga 100 % kafolat asosida tayyorlashadi.

Beriladigan kafolat shundan iboratki, agar siz ushbu kursda har kunlik darslarga qatnashib, imtihondan o‘tolmasangiz, hech qanday gap so‘zsiz 100% pulingiz qaytarib beriladi.

❗️Kursga yozilish uchun hozirda 128 ta joy mavjud. Boshqa o‘qituvchi olishning imkoni yo‘q. Chunki nazorat qilish imkoniyati cheklangan.

📝RO‘YXATDAN O‘TING

@bukharaedu_reg_bot
@bukharaedu_reg_bot
@bukharaedu_reg_bot

Reklama
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ishsiz pedagoglarni attestatsiyada ishtirok etishini cheklash noto’g’ri

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko’ra pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etishi uchun albatta, taʼlim tashkilotida asosiy yoki oʻrindoshlik (soatbay) asosida faoliyat olib borayotgan boʻlishi shart ekan.

Menimcha bu noto'g’ri. Ishsiz pedagog xodim ham o’z imkoniyatini sinab ko'rish uchun attestatsiya testida ishtirok etishiga ruxsat berishimiz kerak.

Hozirda pedagoglarning malaka toifasi ularing asosiy ko'rsatgichlardan biri hisoblanadi. Qayerga borsangiz hamma malaka toifangizni so'raydi. Toifangiz bo'lmasa, eshikni ko'rsatib qo'yishadi ko'pincha.

Vazirlik raqobatli mehnat bozorini shakllantirib, kadrlar sifat darajasini oshirishni xohlayotgan bo'lsa, unda ishsiz yurgan pedagog kadrlarga ham imkoniyat yaratib berishi kerak deb hisoblayman.

Ishsiz yurgan pedagoglar o'z hisobidan attestatsiya testida ishtirok etsa, biz hech narsa yo'qotmasak kerak? Yoki nimadir yutqazamizmi bundan?

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Vazir ustamasi yillik kvotasining 92 foizi umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchilari uchun ajratiladigan bo'ldi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2023-yil 27-dekabr 576-sonli buyrug'i bilan vazir jamg'armasi hisobidan 2024-2025-o'quv yilida pedagoglarni qo'shimcha rag'batlantirish to'g'risida ko'rsatma berildi.

Buyruqqa ko'ra vazir jamg'armasi hisobidan har oylik ustama to'lanadigan malakali pedagog kadrlarning respublika boʻyicha cheklangan soni ya'ni — yillik kvota belgilanadi.

Bunda yillik kvotaning 92 foizi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan malakali pedagog kadrlarga va 8 foizi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablari pedagog kadrlariga ajratilishi belgilandi.

Masalan, bu yil ham vazir jamg'armasi hisobidan ustama oladigan pedagoglar uchun yillik kvota 2000 ta belgilansa, shuni 160 tasi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktab o'qituvchilariga, 1840 tasi esa vazirlik tizimidagi umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchilariga beriladi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yili kvotalar 2000 nafar etib belgilangan bo'lib, shundan 1697 nafar nomzod vazir ustamasiga tavsiya etilgan.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Sõragan_edingiz

Vazir ustamasiga da'vogar bo'lgan pedagoglar ro'yxatini kim vazirlikka taqdim etadi?


Xalq ta’limi vaziri jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga ko'ra har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning respublika bo‘yicha cheklangan soni Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan belgilanadi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi va Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan taqdim etiladigan kirish imtihonlaridagi natijalardan kelib chiqib, kvota hududlar va tuman (shahar)lar bo‘yicha taqsimlab bo'lingach, xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga taqdim etiladi.

Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha hududiy kengash esa har bitta yo‘nalish bo‘yicha tegishli tuman (shahar) uchun belgilangan kvotaga nisbatan uch baravar ko‘p nomzodlarni saralash uchun vazirlik (Ishchi guruh)ga taqdim etadi.

Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha hududiy kengash vakillari kimlar?

Kengash raisi — hokimlar;

Kengash raisi o‘rinbosari — hududiy maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmalari boshliqlari.

Asosan shu ikki mas'ullar vazir ustamasiga da'vogar bo'lgan nomzodlar masalasini kengash yig'ilishida ko'rib chiqib hal qiladi. Kengash tarkibida yuqoridagi ikki mas'uldan tashqari yana 21 nafar mas'ul shaxslar mavjud.

Hududiy kengashlar nomzodlar ro'yxatini shakllantirib, vazirlikka taqdim qilgandan so'ng, ular orasidan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlar 2 bosqichda saralanadi.

Saralash bosqichlaridan muvoffaqiyatli o'tgan pedagog kadrlarga vazir jamg'armasi hisobidan ustama tayinlash bo'yicha vazirlik buyrug'i chiqariladi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Sõragan_edingiz

O'rta maxsus ma'lumotli boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi ish faoliyati mobaynida ma'lumotini oliy qilib olsa bo'ladimi?


O'qituvchi maktabda ham ishlab, ham oliygohning kunduzgi, kechki yoki sirtqi ta'lim shaklida tahsil olishi mumkin. Bunga cheklov yo'q.

Ma'lumotini oliy qilib olish maqsadida bo'lgan pedagog xodimlarga Profi Universityning Boshlang'ich ta'lim fakultetida tahsil olishlarini tavsiya qilamiz. Faqat buning uchun qabul jarayoni boshlanishini kutish lozim.

Universitet talabasi bo'lganlarga esa ko'plab qo'shimcha imkoniyatlar taqdim qilinadi. Shuningdek, universitetning Navoiy filialida tahsil oladigan talabalarining farzandlari, ularning yaqin qarindoshlarining farzandlariga Navoiydagi @newerakids xususiy bolalar bog‘chasida tahsil olishi uchun 50 foizlik chegirma ham taqdim qilinadi.

Ta’lim to‘g‘risidagi qonunning 31-moddasiga ko‘ra Profi University o‘z faoliyatini litsenziya asosida amalga oshiradi. Universitet bitiruvchilarga esa davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat taqdim etiladi.

Profi Universityda tahsil olish istagida bo'lgan talabgorlar qabul jarayonlari boshlangan vaqtda mana bu manzil orqali murojaat qilishlari mumkin.

Batafsil ma'lumotlar

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Sõragan_edingiz

“Kamalak” yulduzlari” Respublika bolalar ijodiyoti festivalini o'tkazish uchun mablag' yetishmayapti(mi?)


Ma'lumki, Prezident tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus ijrosini ta'minlash maqsadida har yili “Kamalak” yulduzlari” Respublika bolalar ijodiyoti festivali o'tkazib kelinadi.

Tanlov nizomiga ko'ra festival uch bosqichda — tuman (shahar), viloyat hamda respublika bosqichida o'tkazilishi belgilangan. Ammo so'ngi 2-3 yildan buyon tanlovning respublika bosqichi o'tkazilmayapti.

Biz buning sababini o'rganish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi mas'ul xodimlari bilan bilan bog'lanib, masalani o'rgnishga harakat qildik.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi mas'ul xodimining aytishicha, mazkur tanlovni o'tkazish asosan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Madaniyat vazirligi zimmasiga yuklatilgan.

Ayni vaqtda tanlovning hududiy bosqichlarni o'tkazish va uni moliyalashtirish ishlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan ta'minlab kelinmoqda. Tanlovning respublika bosqichini o'tkazish esa katta xarajat talab qiladi.

Buning uchun esa Madaniyat vazirligi ham tashabbus ko'rsatishi kerak bo'ladi. Hozirgi kunda “Kamalak” yulduzlari” Respublika bolalar ijodiyoti festivalining respublika bosqichini o'tkazish uchun tegishli vazirliklar tashabbus bildirmayotgani va buning uchun mablag' ajratilmayotganligi uchun festival viloyat bosqichiga yetganda yakunlanmoqda.

Demak bundan ko'rinib turibdiki, Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son, 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son qarorlari ijrosi yetarlicha ta'minlamayapti.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Sõragan_edingiz

O'qituvchilar ish tajribasini ommalashtirish jarayoni qachondan boshlanadi?

Avvalroq ommalashtirish.uz platformasi ancha vaqtdan buyon ishlamayotgani haqida xabar bergandik.

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi axborot xizmati ommalashtirish.uz platformasi nega ishlamayotgani va u qachondan boshlab ishga tushishi mumkinligi haqida ma'lumot berdi.

Unda aytilishicha, ayni vaqtda pedagog xodimlar ish tajribalarini ommalashtirishning tezkor va aniq yo'nalishlarini joriy qilish maqsadida ishlar olib borilmoqda.

Ya'ni, ommalashtirish tartibiga biroz o'zgartirishlar kiritilmoqda. Ushbu jarayonlar yakuniga yetgandan so'ng ommalashtirish.uz platformasi yana qayta ishga tushiriladi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Maktablarda nechta erkak o'qituvchi ishlaydi?

Maktablarda jami 600 minga yaqin o'qituvchilar faoliyat yuritib kelayotgan bo'lsa, shundan 160 minga yaqinini erkak o'qituvchilar tashkil qiladi. Balki bu son hozir yanayam ortgan yoki kamaygandir. Nima bo‘lgan taqdirda ham maktablarga erkak o‘qituvchilar juda zarur.

O'tgan 2023-yilgi ma'lumotlarga ko'ra maktablardagi erkak pedagoglar salmog'i 159,9 ming nafarni yoki jami o'qituvchilarga nisbatan 30,7 % ini tashkil etgan.

2022/2023-o‘quv yilida 2018/2019-o‘quv yiliga nisbatan erkak pedagoglar soni 27,8 ming nafarga yoki 21,0 % ga ko‘paygan.

Maktabda erkak o'qituvchilarning ko'payishi ta'lim sifatiga ham o'ziga xos ta'sir ko'rsatadi. Bu haqida navbatdagi postlarimizda ma'lumot berishga harakat qilamiz.

Bugun ta'lim muassasalarida faoliyat yuritib kelayotgan barcha erkak o'qituvchilarni 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tabriklaymiz.

Erkak muallimlarimizga Yaponiyadagidek yuqori ustamalar, Finlyadiyadek komfort sharoit hamda Lyuksemburg, Germaniya va Niderlandiyadek eng yuqori maosh berilishiga tilakdoshmiz.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Bizga erkak boshlang'ich sinf o'qituvchilari ham kerak

“Profi” xususiy ta’lim muassasalari tarmog‘i asoschisi Bektosh Xatamov bergan ma'lumotlarga ko'ra Turkiyada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga deyarli 100 foiz holatda erkaklar dars berar ekan. O‘zbekistonda esa erkak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini uchratish qiyin.

Boshlang‘ich sinfda tahsil olayotgan bolalar o‘z yoshlarida otaning mehriga unchalik ham to‘yimas ekan. Ya'ni, ularga ota mehri yetishmas ekan, chunki bu yoshdagi bolalarning otalari ko‘proq vaqtini ishda, oila boqishga, karyera qurishga sarflashar ekan. Erkak o‘qituvchi esa aynan shu mehrni to‘ldirib boradi va bu yaxshi natija berar ekan.

Shu sababli ham hozirgi kunda Profi University oliygohining “Boshlang‘ich ta’lim” yo'nalishiga o'qishga topshirgan o‘g‘il bolalarga kontrakt summasining 30 foizi chegirma qilib berilgan. (Qo'shimcha ma'lumotlar bu yerda)

Bundan asosiy ko'zlangan maqsad ham erkak boshlang'ich sinf o'qituvchilar safini kengaytirish. Ha, bizga erkak boshlang'ich sinf o'qituvchilari ham kerak.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Sõragan_edingiz

O‘qituvchidan qog‘oz ko‘rinishdagi yillik taqvim-mavzu reja talab qilinishi to‘g‘rimi?


#Savol
Direktorimiz taqvim-mavzu ish rejani qog‘oz variantini talab qilyapti. Vaholanki, taqvim-mavzu ish rejani eMaktab.uz platformasiga yuklab qo‘yganman. Shu holatda direktorning talabi o‘rinlimi? Javob uchun oldindan rahmat e’tiborsiz qoldirmang iltimos.

#Javob
"Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risida"gi yo‘riqnomaning 15-bandiga ko‘ra umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilarining dars va to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish hamda sinf jurnalini yuritishdan tashqari boshqa pedagogik yuklamalar bo‘yicha hisobotlar va qo‘shimcha ma’lumotlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.

15-bandning 2-xatboshiga ko‘ra umumiy o‘rta ta’lim muassasalari pedagog xodimlari tomonidan faqatgina sinf jurnali (bosma yoki elektron) yuritiladi.

O‘qituvchi tomonidan yillik taqvim-mavzu reja eMaktab.uz platformasiga yuklangan bo‘lsa, unda ushbu rejani qog‘oz ko‘rinishdagi shaklini yuritishga ehtiyoj yo‘q deb hisoblaymiz. Demak, o‘qituvchidan qog‘oz ko‘rinishdagi yillik taqvim-mavzu reja talab qilish noqonuniy xatti-harakat hisoblanadi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Bugundan attestatsiya uchun ro’yxatdan o’tish jarayonlari boshlandi

Bugundan maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining joriy yilgi attestatsiya uchun ro’yxatdan o’tish jarayonlari boshlandi.

Attestatsiyada ishtirok etuvchi pedagoglar bugundan boshlab pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari va murojaat yuborishlari mumkin.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Attestatsiyada ishtirok etuvchi pedagoglar uchun qulaylik!

Xabar berganimizdek, yanvar-iyun oylari attestatsiyasida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish bugun, 15-yanvardan boshlanadi .

❗️Bu muhim! pedkadr.uzedu.uz platformasidan foydalanish bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi videoyo‘riqnoma ko‘rsatmalari bilan tanishib chiqishingiz tavsiya etiladi.

Eslatma!
Murojaatlarni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 👉 https://pedkadr.uzedu.uz/ - platformasidan tashqari

📍Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali 👉 my.gov.uz/uz

📍Davlat xizmatlari markazlari orqali ham yuborish mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Bilasizmi

Pedagog kadrlar attestatsiyasida qanday o'zgarishlar bo'ldi?


Ma'lumki, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 692-son qarori bilan pedagoglarga malaka toifa berishning yangi tartibi joriy qilindi.

Yangi tartibga ko'ra pedagoglarga malaka toifa berish tartibi bo'yicha quyidagi o'zgarishlar amalga oshirildi:

Ta’lim inspeksiyasi tugatilganligi munosabati bilan maktab pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan bo'ldi;

Xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini berish hamda sertifikat olgan pedagog kadrlarga bazaviy tarif stavkasining 70 foizi miqdorida ustama haq to‘lash amaliyoti joriy etilishi belgilandi;

Pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan hamda yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan pedagog kadrlarga — ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi) to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladigan bo'ldi;

O‘qituvchilar attestatsiyadan o‘tayotganda maktabdan taqdim etiladigan 20 ballik ma'lumotnoma berish tartibi bekor qilindi (o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari bundan mustasno);

Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish ikki bosqichda amalga oshirilib, birinchi bosqichda — pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda — pedagogik mahorati baholanadigan bo'ldi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM