Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
62.5K subscribers
1.15K photos
397 videos
507 files
4.26K links
Ambassador of @profiuniversity

www.xalqtaliminfo.uz sayti rasmiy kanali.

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: http://myurls.co/xalqtaliminfo

Savol yuborish vaqtincha cheklangan.

Reklama: @XalqinfoREK

Guvohnoma: №146004
Download Telegram
Xalq ta’limi vazirligi nomini saqlab qolish kerak edi

O‘tgan yilgi ma’muriy islohotlardan so‘ng Xalq ta’limi vazirligi tizimida bir qancha o‘zgarishlar bo‘ldi. Shu jumladan, Xalq ta’limi vazirligi nomi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi sifatida qayta nomlandi.

Ammo shu birgina nom ko‘p narsani hal qiladi. Misol uchun, 10 mingdan ortiq maktablardagi ko‘rgazmali materiallar muhr va boshqalarni yangilashga ham to‘g‘ri keldi.

Kuni-kecha, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasini ham qayta tashkil etishga majbur bo‘ldi. Eski sahifada 86 mingdan ortiq foydalanuvchilar bor edi. (facebook vazirlik nomini qayta yangilashiga ruxsat bermadi menimcha)

Afsuski, birgina o‘zgargan nom sababli shuncha yo‘qotish qilindi. O‘ylaymizki, vazirliklar nomiga o‘zgartirish kiritish taklifini berayotgan yuqoridagi vakillarimiz masalaning shu tarafini ham endi e’tiborga olishadi.

Ha aytgancha, endi vazirlik faoliyatini ushbu yangi sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin:👉 https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU

Telegram | Instagram | YouTube
Bugun diagnostika testida ishtirok etamagan quyidagi fan o'qituvchilari uchun test jarayonlari bo'lib o'tadi

Fizika
Matematika
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik
Informatika va axborot texnologiyalari
Tarix
Davlat va huquq asoslari
Musiqa madaniyati
Tasviriy san’at va chizmachilik
Texnologiya
Iqtisodiy bilim asoslari
Tarbiya
Maxsus maktab internatlari tarbiyachilari
Boshlang‘ich ta’lim

Telegram | Instagram | YouTube
#Rasman

Maktablarda qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi


Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tizimidagi umumta’lim, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlari o‘quvchilari uchun joriy o‘quv yilining II chorak so‘nggi kuni 2023-yil 27-dekabr, qishki ta’tilning ilk kuni 28-dekabr sanaladi.

Ta’til 2024-yil 10-yanvargacha (14 kalendar kun) davom etadi. III chorak darslari 2024-yil 11-yanvardan boshlanadi.

© MMTV

Telegram | Instagram | YouTube
#Sõragan_edingiz

Yangi yil bayrami munosabati bilan xodimlar necha kun dam oladi?


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF-270-son Farmoniga ko’ra, 30-dekabr — shanba 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan.

Demak, bunda Yangi yilda ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar ketma-ket 3 kun dam olishlari aniq:

30-dekabr — shanba;

31-dekabr — yakshanba;

1-yanvar — dushanba (Yangi yil).

❗️Diqqat: “2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni chiqsa, unda yana qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar yoki dam olish kunlarini ko‘chirish belgilanishi mumkin.

Manba

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xususiy maktablarning bir oylik toʻlovi davlat maktablari uchun bir yilga ajratilmoqda — vazir o‘rinbosari

“Toshkent shahrida xususiy maktabda bir oylik tahsil olish oʻrtacha 2-3 mln soʻmga aylanadi. Bu taxminan 200-300 dollar degani. Endi davlat tomonidan maktablarga ajratilayotgan byudjetni oling-da, uni oʻquvchilar soniga boʻling.

Oxirgi marta hisoblaganimizda yiliga oʻquvchi boshiga oʻrtacha 3-5 mln soʻmdan toʻgʻri kelayotgan edi. Yaʼni xususiy maktablarning bir oylik toʻlovi davlat maktablari uchun bir yilga ajratilmoqda”, dedi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o’rinbosari Usmon Sharifxoʻjayev.

Yuqoridagi maʼlumotning oʻzi ham davlat va xususiy maktablardagi taʼlim sifati haqida jiddiy savollarni tugʻdiradi.

Umid qilamizmi, deputatlarimiz, senatorlarimiz va byudjetga masʼul boshqa insonlar taʼlimga ko’proq pul ajratishda davom etishadi.

© Xushnudbek Xudoyberdiyev

Telegram | Instagram | YouTube
Bugun diagnostika testida ishtirok etamagan quyidagi fan o'qituvchilari uchun test jarayonlari bo'lib o'tadi

O‘zbek tili va adabiyoti (Ona tili va adabiyoti)
Qoraqalpoq tili va adabiyoti
Rus tili (o‘zbek va qardosh tillardagi sinflarda)
Ingliz tili
Nemis tili
Fransuz tili
Davlat (o‘zbek) tili
Davlat (qoraqalpoq) tili
Kimyo
Rus tili va adabiyoti (rus sinflarda)
Umumta’lim maktablari amaliyotchi psixologlari
Biologiya
Geografiya

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Taklif

Maktab darsliklari masalasida


So‘ngi vaqtlarda darsliklar masalasi kun tartibidagi asosiy mavzulardan biriga aylandi. Baʼzida ijtimoiy tarmoqlarda ota-onalar shuningdek, pedagoglarning o‘zi ham darsliklar borasida munosabat bildirmoqda.

Darsliklar bo‘yicha ko‘plab eʼtirozlar bildirib kelayotgan, ta'lim masalalari bo'yicha ekspert Komil Jalilov ham o‘ziga xos asoslarni keltirmoqda. Bu orada Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev ham Kun.uz nashriga intervyu berdi. (suhbatni ko'rish)

Endi esa vazirlik hamda Ta’limni rivojlantirish Respublika ilmiy-metodik markazi direktori o‘rinbosari Yuliya Risyukova Alter Ego kanaliga bergan intervyusida ham darsliklar masalasi alohida tilga oldi.

Bu masalada vazirlik yaxshi yurish qilyapti. Harqalay yopiq emas. Lekin bahsli mavzuga to‘liq nuqta qo‘yish uchun bu yetarli emas. Buning uchun soha mutaxassislari, ekspert, pedagog hamda jamoatchilik faollarini bir nuqtaga jamlab, eng kamida bir haftalik uchrashuv tashkil qilish kerak deb o‘ylayman.

Chunki darsliklar masalasi kichik mavzu emas. Bu butun bir jamiyatimiz taqdiri. O‘nlab suhbatlar ushushtirmaylik, maqolalar chiqarmaylik hamma bir joyda yig‘ilib masalaga oydinlik kiritib olmasak, kim haq, kim nohaq ekanligini bilmay yana vaqtdan yutqazishda davom etamiz.

Darsliklar yangiligi sababli uni ko‘pchilik jamoatchilik faollari (ota-ona, pedagoglar) noto‘g‘ri talqin qilayotgan yoki umuman tushunmayotgan bo‘lsa, unda darsliklar muhokamasi uchun alohida "Call-markaz" xizmatini yo‘lga qo‘yaylik. O‘qituvchi va ota-onalar darslikdagi tushunmovchiliklarni ijtimoiy tarmoqdan emas aynan mutaxassislarning o‘ziga bevosita qo‘ng‘iroq qilib bilib olsin.

O‘quv seminarlari tashkilladik, trenerlar tayyorladik, ular buni qolganlarga tushuntiradi degan o‘ylarimiz noto‘g‘ri. Har qanday maʼlumot quloqdan-quloqqa o‘tganda mazmuni o‘zgaradi. Shuning uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani yo‘lga qo‘yishni taklif qilgan bo‘lardim.

Bu juda katta mavzu, uni bir kun, bir soat yoki birgina maqola va intervyuning o‘zida muhokama qilib, yechim berish mushkul. Hamma bir-birini eshitishi kerak. Menimcha, barchamizning maqsadimiz bitta – u ham bo‘lsa sifatli taʼlim.

Telegram | Instagram | YouTube
Qashqadaryoda 7-sinf qiz unashtirilayotgani aytildi

Qashqadaryo viloyatida 2009-yilda tug‘ilgan, 7-sinf o‘quvchisi unashtirilayotgani haqida video tarqaldi. Shundan so‘ng Bolalar ombudsmani holat bo‘yicha o‘rganish olib bordi

Aniqlanishicha, holat Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanida bo‘lib, mas’ullar tomonidan joyiga borib o‘rganish o‘tkazilganda, qizchaning ota-onasi videodagi holat aslida farzandining tug‘ilgan kuni munosabati bilan o‘tkazilgan marosim ekani to‘g‘risida tushuntirish bergan.

Shu bilan birga, respublikamizning bu hududida qizlarni unashtiruv marosimini erta o‘tkazish urf-odatlari qisman bo‘lsada saqlanib kelayotganini inobatga olib, mazkur holat yuzasidan Bolalar ombudsmani o‘z nazoratini davom ettirishini ma'lum qildi.

Telegram | Instagram | YouTube
O‘qituvchilar attestatsiya test sinovi haqida

Attestatsiya test sinovlaridan o‘tolmaslikning eng birinchi sababi bu - fan yo‘nalishi bo‘yicha bilimlarning yetishmasligidir. Agar o‘zingizga ishonsangiz har qanday sinovlardan bemalol o‘ta olasiz.

O‘qituvchi attestatsiya test sinovidan o‘ta olmasa, demak ularni quyidagi 3 ta asosiy muammo kutib turadi:

Birinchi muammo, o‘qituvchi attestatsiyadan o‘ta olmagan taqdirda xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin.

Ikkinchi muammo, agar o‘qituvchi attestatsiyadan o‘tmasa, uning nafaqat jamiyatdagi balki, maktab jamoasi oldida ham obro‘si tushib boradi. Bu esa juda yomon.

Uchinchi muammo, attestatsiyadan o‘ta olmaslik pedagog xodimning oylik maoshiga ham juda katta ta’sir o‘tkazadi. Chunki o‘qituvchilarga dars taqsimot qilishda ham ularning malaka toifalari muhim rol o‘ynaydi.

O‘qituvchi yuqorida sanab o‘tilgan muammolarga duch kelmasligi uchun katta tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislarda tayyorgarlik ko‘rishi kerak bo‘ladi.

Bugun sizlarga 7,5 yillik tajribaga ega bo‘lgan, buxorolik mutaxassis tomonidan repetitorlar tajribasi asosida malaka test sinovidan o‘tib olish uchun tizimli tarzda ishlab chiqilgan kurslarni taklif etamiz.

E’tiborli jihati shundaki, ushbu kursda tayyorlangan 1181 nafar o‘qituvchidan 1142 nafari attestatsiya imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan. Bu degani o‘rta hisobda kursda tayyorlangan 96,7 foiz o‘qituvchi attestatsiya imtihonidan o‘tgan.

Darslar onlayn ravishda har bir kishi bilan alohida individual tartibda olib boriladi. Ushbu kurslarda:

📚Matematika

📚Kimyo

📚Geografiya

📚Tarix

📚Boshlang‘ich ta’lim

📚Biologiya

📚Ingliz tili

📚Rus tili

📚Ona tili fanlariga 100 % kafolat asosida tayyorlashadi.

Beriladigan kafolat shundan iboratki, agar siz ushbu kursda har kunlik darslarga qatnashib, imtihondan o‘tolmasangiz, hech qanday gap so‘zsiz 100% pulingiz qaytarib beriladi.

❗️Kursga yozilish uchun hozirda 128 ta joy bor xolos. Boshqa o‘qituvchi olishni imkoni yo‘q. Chunki nazorat qilish imkoniyati cheklangan.

📝RO‘YXATDAN O‘TING

@bukharaedu_reg_bot
@bukharaedu_reg_bot
@bukharaedu_reg_bot

Reklama
#Sõragan_edingiz

O‘quvchining onasi pedagog xodimni ishdan bo‘shatishni talab qilishi to‘g‘rimi?

#Savol
Men pedagog sifatida 7 yildan buyon o‘z faoliyatimni olib boraman. Hozirgi kunda bir o‘quvchining onasi Prezident portaliga meni ustimdan ariza yozgan. Arizada yozilishicha, men o‘quvchilarga ayricha munosabatda bo‘lar ekanman. Lekin buni isbotlab berolmadi. U ayol har kuni kelib meni 5 soatlab vaqtimni oladi. O‘quvchi esa maktabning ichki ro‘yxatida turadi. Hozirgi kunda ushbu ona meni ishdan bo‘shashimni talab qilyapti. Qachonki men ishdan bo‘shasamgina u portal bo‘yicha ishni yopar ekan. Bu vaziyatda nima qilsa bo‘ladi?

#Javob
Bu vaziyatda fuqaro daʼvo qilayotgan holat o‘z isbotini topmagan bo‘lsa va sizning bu borada hech qanday aybingiz bo‘lmasa unda bu fuqaroning o‘zi qonunni buzayotgan bo‘lishi mumkin.

Shuning uchun bunday vaziyatlarda o‘quvchining onasi sizning kasbiy faoliyatingizga va taʼlim oluvchilarning bilimini to‘g‘ri, xolis baholashingizga taʼsir ko‘rsatayotganligi uchun sudga murojaat qilishni maslahat beramiz.

Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 197-5-moddasiga ko‘ra taʼlim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga taʼlim oluvchilarning bilimini to‘g‘ri va xolis baholashiga taʼsir ko‘rsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki taʼlim tashkiloti pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Telegram | Instagram | YouTube
#Bilasizmi

Maktab hududi va binosida oʻquvchilarga aloqasi bo'lmagan bayram tadbirlarini o'tkazish mumkin emas


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgust kungi 282-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari"ga ko'ra quyidagilar taqiqlangan:

taʼlim muassasasining hududi va binosida spirtli ichimliklar hamda tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish;

muassasa hududi va binosida oʻquvchilarning taʼlim-tarbiyasiga aloqasi boʻlmagan turli xil tadbirlarni tashkil etish;

o'quvchilar uchun mo'ljallangan barcha tadbirlarni va ularga tayyorgarlik ishlarini dars mashgʻulotlari vaqtida oʻtkazish.

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024-yilda umumiy o‘rta maktablarni qurish va ta’mirlash uchun 4,1 trln so‘m ajratiladi. Buning hisobiga 170 mingga yaqin o‘quvchi o‘rni yaratiladi — Bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat yoki xususiy oliygoh?

O'quvchi va abituriyentlarning davlat yoki xususiy oliygoh tanlovi borasidagi qarshlarini yaxshi tushunolmayapman. Shu jumladan ota-onalarning ham.

Misol uchun davlat oliygohlari odatda talabaga mijoz sifatida emas, balki shunchaki oddiy talabadek munosabatda bo'ladi. Ularning xohish-istaklari bilan ham deyarli qiziqishmaydigandek tuyuladi. (albatta bu o'ta shaxsiy fikrim)

Davlat oliygohi marketing bilan shug'ullanmaydi. (chunki biror marta ham davlat OTM reklamasiga ko'zim tushmagan. Chorlovlar yo'q. Yanaym bu marketingni bir bo'lagi xolos) Shu sababli ham ularning talabalar oldidagi mas'uliyati kamroq deb o'ylayman.

Ammo xususiy oliygohlar tinmay o'z ustida ishlaydi. Qanday qilib bo'lsa ham talabalari uchun yangidan-yangi imkoniyatlar yaratishga harakat qiladi. Eng asosiysi, salohiyatli professor-o'qituvchilar ham hozir o'zini xususiy OTMga "urmoqda". Ya'ni, "ko'chish davri" boshlanganiga ancha bo'lgan.

Avvallari xususiy oliygoh haqida unchalik tasavvurga ega emasdim. Lekin Profi Universityda ish boshlaganimdan keyin, xususiy oliygoh talabalarga qo'shimcha imkoniyat yaratish uchun qancha harajat qilishini aniq bilib oldim.

Qilinayotgan harajatlar miqdori o'ta hayratlanarli darajada. Masalan, Profi University o'quv dasturidan tashqari o'z cho'ntagidan malakali mutaxassislarni chaqirib master-klasslar tashkillaydi. Hatto Turkiyadan mutaxassis jalb qilinyapti.

Undan tashqari yaqinda talabalarning shaxsiy brendini rivojlantirish uchun “Career Service” loyihasini ham boshladik. Nufuzli xorijiy mamlakat universitetlari bilan talabalar almashinuvi dasturlari ham imzolangan.

Qiziqarli tadbirlar va sovg'alar, talabalarga kayfiyat ulashuvchi Student's Party'lar haqida gapirmasa ham bo'ladi. Tekin yotoqxona, universitetning Navoiy filiali talabalari uchun hatto bepul tushlik va agar talabaning farzandi bo'lsa, buning uchun bog'chaga 50 foizlik chegirmalar ham shular jumlasidan.

Xullas, Profi Universityda ish boshlaganimdan so'ng, qo'shimcha imtiyozlarga sarflanayotgan harajatlarni talabalar to'laydigan kontrakt pullari qoplarmikan deb o'ylanib ham qoldim. Lekin bu hali hamma imtiyozlar ham emas.

Batafsil tushuncha hosil bo'lishu uchun @profiuniversity rasmiy telegram sahifasidagi ma'lumotlar bilan yaqindan tanishib chiqsangiz ham bo'ladi.

Xususiy oliygohda shuncha imtiyoz va imkoniyatlar bo'la turib, o'quvchi va abituriyentlar nima uchun universitet tanlashda hali ham ikkilanayotgani menga g'alati ko'rinishni boshladi.

Ha aytgancha, davlat oliygohi ham xususiy oliygoh ham o'z bitiruvchilariga bir xil kuchga ega bo'lgan davlat namunasidagi hujjat taqdim etadi. Ya'ni, ikkisi ham bir xil diplom beradi.

Telegram | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'quvchilar davomati: Ota-onaga qanday javobgarlik bor?

«Milliy» telekanalining "Millar" dasturi ijodkorlari maktablardagi davomat mavzusida yaxshi videolavha tayyorlashibdi. Bizningcha, bu videolavhadagi ma'lumotlarni barcha pedagog, o'quvchi va ota-onalar albatta ko'rib, bilib olishlari kerak.

Telegram | Instagram | YouTube
O‘qituvchilarga bepul ijtimoiy-psixologik xizmat ko‘rsatadigan klinikalar tashkil qilish vaqti kelgandir balki?

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov o'zining telegram sahifasiga o'quvchilar kaltaklanayotgani aks etgan videoni joylab, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi pedagogik qobiliyati yo'q, bilimsiz va betoqat xodimlaridan mutlaqo voz kechishi kerakligi haqida yozmoqda.

Shuningdek, u pedagogika oliygohlariga qabul qilishning avvalgi sharti psixologik suhbat va test bo'lishi, tarbiyachi va o'qituvchilar nafaqa yoshini pastroq, mehnat ta’tilini uzunroq qilish va mehnat sharoitlarini yaxshilash bo'yicha ishlarni davom ettirish kerakligini ham eslatib o'tgan.

Lekin shu yerda yana qo'shimcha savollar tug'iladi? Biz bu kabi holatlarning kelib chiqish sababini ham o'rganamizmi? O'zi bizda o‘qituvchilarga bepul ijtimoiy-psixologik xizmat ko‘rsatadigan klinikalar bormi? Bunday klinikalar ochishga kimdir harakat qilib ko'rganmi?

Xo'p, asabiy bo'lib qolgan, betoqat o'qituvchilarni ishdan bo'shatdik ham deylik, lekin vaziyat o'zgaradimi? Boshqa o'qituvchilar bunday holga tushmasligiga kimdir kafolat beradimi? Kuni stress bilan o'tadigan pedagoglarga qachon psixologik xizmat ko'rsatishni yo'lga qo'yamiz o'zi?

Menimcha hukumat ham, vazirlik ham, deputatlar ham, avval mana shu savollarga javob topishi kerak. Jazolash bilan vaziyatni o'nglay olmaymiz.

Ha aytgancha, rivojlangan mamlakatlarda xodim shunday holatga tushsa unga kasallik varaqasi ochilar ekan, bizda esa ishdan bo‘shatib qutilishadi. Chunki bizning mas'ullar sabablar bilan emas, oqibatlar bilan kurashishni afzal ko'radi.

P.S: Aynan shunday og'riqli mavzuda mutaxassis bilan bo'lib o'tgan suhbatimizni YouTube sahifamizda tomosha qiling.

📹Suhbatni ko‘rish:👉https://youtu.be/5ND5uoJUnBA

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqyiy_savodxonlik

Pedagogik yuklama nima?

Pedagogik yuklama umumiy o‘rta ta’lim muassasasi oldiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlash, ma’naviyatini yuksaltirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bilan bog‘liq dars mashg‘ulotlaridan tashqari tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

O‘qituvchilarning pedagogik yuklamasida uning lavozim majburiyatlari hamda u bilan tuzilgan mehnat shartnomasida belgilangan vazifalar bilan bir qatorda fanlarni o‘zlashtirishda qiynalayotgan va iqtidorli o‘quvchilar bilan alohida mashg‘ulotlar olib borish hamda pedagog xodimning o‘z ustida mustaqil ishlashi nazarda tutiladi.

O‘qituvchilarning ish yuklamalarini hisoblab chiqarish Xalq ta’limi vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018-yil 27-iyuldagi 9-mh va 19-q/q-son qarori bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risida"gi yo‘riqnoma bilan tartibga solinadi.

Pedagogik yuklamaga oid yillik ish rejada belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan pedagog xodimlardan hisobot talab qilinmaydi hamda tadbirlarni amalga oshirishning vaqt bo‘yicha hisobi yuritilmaydi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Milliy sertifikatga ega bo‘lgan “O‘zbek tili va adabiyoti” fani o‘qituvchilariga kelgusi o‘quv yilidan boshlab 50 foiz ustama to‘lanadi

Prezident “O‘zbek tili va adabiyoti” fani o‘qituvchilariga ham xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan boshqa fan o‘qituvchilaridan kam bo‘lmagan miqdorda qo‘shimcha haq to‘lanishi adolatdan bo‘lishini ta’kidladi.

Shu maqsadda milliy sertifikatga ega bo‘lgan “O‘zbek tili va adabiyoti” fani o‘qituvchilariga kelgusi o‘quv yilidan boshlab 50 foiz ustama to‘lanadi.

Shuningdek, O‘zbek tili bo‘yicha xalqaro fan olimpiadasi o‘tkazilishi, g‘olib va sovrindorlari pul mukofoti bilan taqdirlanishi hamda oliygohlarga o‘zbek tili filologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilandi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo