Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
65K subscribers
978 photos
363 videos
507 files
4.05K links
Ambassador of @profiuniversity

www.xalqtaliminfo.uz sayti rasmiy kanali.

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: http://myurls.co/xalqtaliminfo

Murojaat uchun: @savollar_murojaat_bot

Reklama: @XalqinfoREK

Guvohnoma: №146004
Download Telegram
#Sõragan_edingiz

O‘qituvchiga vaqtincha ishda bo‘lmagan pedagogning sinf rahbarligi yuklatilsa, unga qancha miqdorda qo‘shimcha haq to‘lanishi kerak?

#Savol
Menga otpuskadagi o‘qituvchining sinfini yuklab berishdi. Biroq sinf rahbarligi uchun 20 nafar o‘quvchiga sinf rahbarlikning 50% pulini to‘lashmoqda bu to‘g‘rimi?

#Javob
O‘qituvchiga biriktirilgan sinf va sinf rahbarligi qo‘shimcha haq to‘lanadigan to‘lovlar tarkibiga kiradi. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarorining 4-bandiga ko‘ra sinf rahbarligi uchun qo‘shimcha haq sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra belgilangan miqdorlar bo‘yicha hisoblanadi.

Shuningdek, "Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida"gi nizomning 23-band, 12-xatboshiga ko‘ra vakant sinf rahbarligi bo‘yicha qo‘shimcha haq to‘lovlari sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra belgilangan miqdorlarda hisoblanishi nazarda tutilgan.

Demak, ta’lim muassasasidagi vakant yoki vaqtincha ishda bo‘lmagan xodimning sinf rahbarligi boshqa bir o‘qituvchiga yuklatilgan taqdirda sinf rahbarligi to‘lovining 50 foizi emas, aksincha sinfdagi o‘quvchilar sonidan kelib chiqadigan summaning 100 foizi to‘lab berilishi lozim.

Bunda sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra sinf rahbarligi uchun quyidagi miqdorda qo‘shimcha haq to‘lab berilishi lozim:

15 nafar o‘quvchigacha — 258 ming 720 so‘m;

16 nafardan 20 nafar o‘quvchigacha — 309 ming 680 so‘m;

21 nafardan 25 nafar o‘quvchigacha — 361 ming 620 so‘m;

26 nafardan 30 nafar o‘quvchigacha — 412 ming 580 so‘m;

31 nafar va undan ko‘p o‘quvchi bo‘lganda — 517 ming 440 so‘m.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Sõragan_edingiz

Inspektor-psixolog o‘qituvchining ish faoliyatiga aralashishga haqlimi?

#Savol
Inspektor-psixolog pedagoglar darsiga aloqador maʼlumotlar bo‘yicha ularni so‘roq qilyapti. Ularni bunday qilishga vakolati bormi? Inspektor-psixolog davomat bilan shug‘ullanadimi yoki pedagog xodimlar faoliyatini o‘rganadimi?

#Javob
Birinchi navbatda shuni alohida taʼkidlab o‘tish lozimki, pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga noqonuniy tarzda aralashishga hech kimning haqqi yo‘q. Bu bo‘yicha alohida javobgarlik belgilangan.

Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 197-5-moddasiga ko'ra ta’lim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish:

fuqarolarga 2 mln 310 ming so'mdan — 3 mln 300 ming so'mgacha, mansabdor shaxslarga esa 3 mln 300 ming so'mdan — 4 mln 950 ming so'mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi;

xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, fuqarolarga 3 mln 300 ming so'mdan — 4 mln 950 ming so'mgacha, mansabdor shaxslarga esa — 4 mln 950 ming so'mdan — 6 mln 600 ming so'mgacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Shu sababli, inspektor-psixologlar ham o‘qituvchining ish faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ularga o‘qituvchilar faoliyatini tekshirish vakolati berilmagan.

Ichki ishlar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan inspektor-psixologlar zimmasiga har bir o‘quvchi kesimida umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida psixologik muhitni yaxshilash, muammoli o‘quvchilar bilan ularning yashash joylarida ota-onalari ishtirokida manzilli ishlash bo'yicha vazifalar yuklatilgan.

Yaʼni, ular darslarga muntazam ravishda qatnashmayotgan voyaga yetmaganlarni aniqlaydi, darslarga qatnashmaslik sabablarini o‘rganadi hamda o‘quvchilarning mikromuhitini o‘rganish borasida oilalarga tashrif buyurib, o‘smir va ota-onalar bilan individual suhbatlar uyushtiradi.

Ko‘rib turganingizdek, inspektor-psixologlarning vazifasi umuman boshqa. Ular faqat muammoli o‘quvchilar bilangina ishlashi lozim. Bu borada huquqlari buzilgan pedagog xodimlar tegishli organlarga shikoyat qilishi mumkin.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Sõragan_edingiz

Maktablarga biriktirilgan inspektor-psixolog umuman maktabga kelmayapti, uning maktabdagi vazifasi nimalardan iborat?

#Savol
Maktablarda psixolog shtat birliklari qisqartirilib inspektor-psixolog lavozimi joriy etilgandi. Ular asosan maktabga kelmaydigan o‘quvchilar bilan shug‘ullanishi kerak edi. Ammo bizni maktabga biriktirilgan inspektor-psixolog umuman maktabga kelmaydi, o‘quvchilarimiz davomati bilan ham shug‘illanmaydi.

Yaqinda inspektor-psixolog ustidan tuman IIB boshlig‘iga shikoyat qilgandik,shunga u o‘qituvchilarga jaxl qilib, ayrim o‘quvchilarimiz maktabga kelmaganligi uchun o‘zimizga chora ko‘rishini aytmoqda. Bu qonunan to‘g‘rimi? Aslida inspektor-psixologning asosiy lavozim vazifasi qanday?

#Javob
2021-yil 1-iyulidan boshlab umumiy o'rta taʼlim muassasalarining psixolog shtat birligini qisqartirish evaziga voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixolog shtat birligi joriy qilingan. Ichki ishlar vazirining 2021-yil 31-avgustdagi 318-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan nizomda ularning lavozim vazifalari belgilab berilgan.

Nizomga ko‘ra quyidagilar inspektor-psixologning asosiy vazifalari hisoblanadi:

👉darslarga sababsiz muntazam ravishda qatnashmayotgan voyaga yetmaganlarni aniqlaydi, darslarga qatnashmaslik sabablarini o‘rganadi;

👉umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida jamoat tartibi va xavfsizligini taʼminlash borasida tadbirlarni tashkil etadi;

👉muammoli o‘quvchilar bilan ularning yashash joylarida ota-onalari ishtirokida manzilli ishlaydi;

👉o‘quvchilardagi barcha salbiy holatlar va moyilliklarning oldini olish bo‘yicha taʼlim muassasalari psixologlari bilan hamkorlikda pedagog xodimlar va ota-onalar uchun tavsiyalar ishlab chiqadi;

👉o‘quvchilarning mikromuhitini o‘rganish borasida oilalarga tashrif buyurib, o‘smir va ota-onalar bilan individual suhbatlar uyushtiradi;

👉umumiy o‘rta taʼlim maktabining ichki nazoratidagi o‘quvchilar bilan tizimli ishlab, ushbu o‘quvchilarni ichki nazoratdan chiqarish choralarini ko‘radi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Sõragan_edingiz

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi ikkita fandan milliy sertifikatga ega bo‘lsa qay biriga ustama to‘lanadi?

#Savol
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi ona tilidan ham, matematikadan ham milliy sertifikatga ega bo‘lsa, ustama qanday tartibda to‘lanadi? Har ikki fan uchun 20% dan to‘lanadimi yoki faqat bitta sertifikatga ustama to‘lanadimi?

#Javob
Prezidentning 2022-yil 11-maydagi "2022-2026 yillarda xalq taʼlimini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida"gi PF–134-sonli farmoni 9-bandiga ko‘ra Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida ustamalar to‘lab berish nazarda tutilgan.

Shuningdek, joriy yilning 28-iyul kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-2024-o‘quv yilida ustama to‘lanadigan sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori imzolangan.

Mazkur qaror izohining 7-bandida "Matematika va ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) fanlaridan olingan sertifikatlar boshlang‘ich sinflardagi mutaxassislarning aynan shu fandagi dars soatlari uchun amal qilishi belgilangan.

Yuqoridagi qoidalardan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, agar boshlang‘ich taʼlim o‘qituvchisi ona tili va adabiyot fanidan ham, matematika fanidan ham milliy sertifikatni qo‘lga kiritsa, ushbu ikki sertifikat uchun ham 20 foizlik ustama to‘lab berilishi lozim.

Yaʼni, bu vaziyatda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga ona tili va adabiyot hamda matematika fani dars soatlari uchun 20 foizlik qo'shimcha ustamalar to‘lab beriladi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Sõragan_edingiz

CHQBT fani o‘g‘il va qiz bolalarga alohida o‘tilishi kerakmi?

#Savol
CHQBT darslari maktabda o‘g‘il va qizlar bolalarga alohida o‘tilishi kerakmi? Qizlarga bu fandan biologiya o‘qituvchisi dars bersa bo‘ladimi?

#Javob
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-noyabrdagi 591-son qarori bilan tasdiqlangan “Taʼlim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi to‘g‘risida"gi nizomda taʼlim muassasalarida CHQBTni tashkil etish va amalga oshirish tartibi belgilangan.

Nizomning 17-bandiga ko‘ra taʼlim muassasalarida CHQBT fani o‘quv dasturi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘g‘il va qiz bolalar bilan birgalikda o‘tkaziladi.

Bitiruvchi sinflardagi o‘g‘il bolalar bilan harbiy poligonlarda bir kunlik amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan kunlarda qiz bolalar taʼlim muassasasidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarga jalb etiladi.

Taʼlim muassasalarida CHQBT rejasi butun o‘quv yili uchun haftalarga taqsimlangan holda ishlab chiqiladi hamda mashg‘ulotlar umumiy dars jadvaliga kiritilgan holda o‘tkaziladi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2023-yil 16-avgustdagi 247-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta taʼlim maktabi (maktab-internat) xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarida CHQBT fani o'qituvchisining malaka talablari belgilab berilgan.

Unga ko‘ra CHQBT o‘qituvchisi lavozimida ishlovchi shaxs oliygohning "Chaqiriqqacha harbiy taʼlim" yo‘nalishini tamomlagan yoki Qurolli Kuchlar rezervidagi ofitser bo‘lishi lozim. Boshqa fan o‘qituvchisining bu fandan dars berishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo