Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
62.5K subscribers
1.15K photos
397 videos
507 files
4.26K links
Ambassador of @profiuniversity

www.xalqtaliminfo.uz sayti rasmiy kanali.

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: http://myurls.co/xalqtaliminfo

Savol yuborish vaqtincha cheklangan.

Reklama: @XalqinfoREK

Guvohnoma: №146004
Download Telegram
Forwarded from Bektosh Khatamov
Қайси йўналишга ўқиш керак?

Сунъий интеллект ривожланиб боргани сайин инсоннинг бўш вақти кўпаяди, бўш вақти бўлган инсон эса ўзи учун, оиласи учун вақт ажрата олади, дам олади, саёҳат қилади, демак келажакда туризмга бўлган талаб кучайиб боради деган таҳминлар тобора ортиб бормоқда.

Туризм йўналишида эса билимлар асосан назария эмас, тажриба ҳисобига эгалланади. Шуларни ҳисобга олиб биз ҳам жамоамиз билан туризм йўналишида талабалар учун ажойиб янгилик қилдик.

Туризм йўналиши талабалари тўрт йилни қандай ўтказишади?

1. Биринчи курсни Ўзбекистонда @profiuniversity олийгоҳида назария билан биргаликда япон тилини ўзлаштиришади.

2. Иккинчи курсда Японияда ҳам ўқиб, ҳам туризм соҳасида ишлашади. Еб-ичиш, яшаш харажатларининг барчаси иш берувчи компания томонидан қопланади. Бундан ташқари ойлик маош 1000 доллардан бошланади. Ўз-ўзидан Ўзбекистонда бошланган япон тили билимлари Японияда бир йил давомида мустаҳкамланади.

3. Учинчи курсни яна Ўзбекистонга қайтиб келади ва энди яна назарий билимлар билан бирга француз тилини ўрганишни бошлайди.

4. Тўртинчи курс эса Францияда “South Shampagne Business School”нинг Туризм факультетида малака оширишади ва ишлашади. Францияда университет иш билан таъминламайди, талаба ўзи хоҳласа, ишлаши мумкин бўлади.

Битирувчи талаба иккита дипломга Ўзбекистон томонидан “Profi University” дипломига ва Франциянинг “South Shampagne Business School” халқаро дипломига эга бўлади.

Туризм йўналишига меҳрим бошқача, чунки ўз фаолиятимни ҳам айнан шу йўналишда бошлаганман. Турли меҳмонхоналарда ишладим, бир пайтлар Ўзбекистон Мусулмонлар идорасининг туризм бўлимида ҳам фаолият юритганман, шунинг учун туризмга уникал таклиф тайёрлашда шахсан ўзим қатнашдим.

Тўлиқроқ мана бу 👉 видеода 👈 томоша қилишингиз мумкин.

@bektoshkhatamov
Aksariyat o‘quvchilar maktabni xabardor qilmay xorijga chiqib ketmoqdami?

Maktab o‘quvchilarining xorijga vaqtincha chiqish tartibi o‘zgarmoqda. Bu bo'yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi muhokamalar portaliga hujjat loyihasini joylagan.

Xo‘sh, ota-ona ariza bilan murojaat qilinganda, direktor uni rad etishi mumkinmi?

Maktab direktori o‘quvchining xorijga chiqib ketishiga to‘sqinlik qilishga vakolati bo‘lmasa, unda ariza yozishdan nima naf?

Xorijga maktabni xabardor qilmay chiqib ketadigan bolalarni o‘quvchilar safidan chiqarishdan qanday maqsad ko‘zlangan?

Ushbu savollarning barchasiga quyidagi maqola orqali batafsil javob topishingiz mumkin.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/609

Telegram I Facebook I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
545 ta maktabda ta’lim sifati pastligi ma’lum bo‘ldi

Ta’lim sifati past bo'gan maktablar ro'yxati tasdiqlandi. Mazkur maktabga borib ishlaydigan pedagoglarga esa qo‘shimcha ustamalar to‘lab beriladi. O‘tgan yili shunday maktablar ro‘yxati 642 ta edi. Bu yil ta’lim sifati past bo‘lgan maktablar soni 97 taga qisqargan.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/610

Telegram I Facebook I YouTube
Har bir maktabga mingta kitob berilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan har bir maktabga, 1000 donadan, jami 100 ming dona kitob jamlanmasi ajratildi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/611

Telegram I Facebook I YouTube
"O'zbekistonda pedagog kadrlar tayyorlashning muammo va yechimlari" mavzusida ilmiy konferensiya o'tkaziladi

"Profi University"da "O'zbekistonda pedagog kadrlar tayyorlashning muammo va yechimlari" mavzusida ilmiy konferensiya o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Unda umumiy o'rta ta'lim muassasalarida faoliyat yuritib kelayotgan pedagoglar ham o'z ilmiy maqolalari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Konferensiya O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 24-martdagi " 2024-yilda qo'shimcha o'tkaziladigan xalqaro va Respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar to'g'risida"gi 76-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida o'tkazilmoqda.

📍Konferensiya o'tkaziladigan manzil: Hotel Inspira - S Tashkent mehmonxonasi

📍Lokatsiya

Vaqti: 26-aprel soat 9:00da

Batafsil ma'lumot uchun: @profi_ilmiy_bulim

📄 Axborot xati

Telegram I Facebook I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Pedagog xodimlarga beriladigan qanday ustama turlari bor?

Ma’lumki, umumiy o‘rta ta’lim maktabi pedagog xodimlarining erishgan natijasiga qarab, ularga turli xil ustamalar belgilanadi.

Ustama turlari haqida batafsil ma'lumotlarni bilib olish esa foydadan holi bo'lmaydi. Biz ana shu ustamalarning ayrim turlari haqida ma’lumot berib o‘tmoqchimiz.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/510

Telegram I Facebook I YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nima uchun attestatsiyada bir testni ikki nafar o‘qituvchi ishlamoqda?

Ba'zi pedagoglarimiz ayrim hududlardagi attestatsiya jarayonlarida bir testni ikki nafar o‘qituvchi ishlashiga nega ruxsat berilganiga izoh so‘ramoqda.

Bu holat aks etgan rasmlar ijtimoiy tarmoqlarda ham tarqalgan. Lekin bu biz o‘ylayotgan narsa emas, albatta.

Ma’lumki, hozirgi kunda maktablarda ko‘zi ojiz o‘qituvchilar ham ham faoliyat yuritib kelmoqda. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan esa ko‘zi ojiz o‘qituvchilarga tarjimon-kotiba bilan birgalikda test ishlashiga ruxsat berilgan.

Tarjimon-kotibalar esa ko‘zi ojiz o‘qituvchilarga testlarni o‘qib berishga yordam berish uchun jalb qilingan. Bu haqda vazirlikning bugungi rasmiy bayonotida ham alohida eslatib o‘tilgan.

Telegram I Facebook I YouTube
#Eslatma

O'quvchilar uchun yakuniy nazorat imtihonlari oʻtkaziladigan fanlar roʻyxati va imtihon oʻtkazish shakllari bilan tanishing


9-sinflar uchun Jismoniy tarbiya fanidan 1-6-may, Ona tili va adabiyot fanidan – 27-may, Matematika fanidan – 30-may kunlari bitiruv imtihonlari o‘tkaziladi.

11-sinflar uchun Ona tili va adabiyot fanidan — 29-may, Matematika fanidan – 1-iyun kunlari bitiruv imtihonlari o‘tkaziladi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/578

Telegram I Facebook I YouTube
23-27-aprel kunlari vazir ustamasiga da’vogar pedagoglar uchun suhbat bo‘lib o‘tadi

Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan pedagoglarga 9 oy mobaynida 5 mln 775 ming so‘mlik qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi.

Suhbat jarayoni qanday o'tadi? Talabgorlarning kasbiy mahorati qanday mezonlar asosida baholanadi?

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/612

Telegram I Facebook I YouTube
Endilikda milliy sertifikatga ustama olish uchun pedagoglar necha ball yig‘ishi kerak?

Milliy sertifikat olgan pedagoglarga ustama to'lab berishda muammolar yuzaga kelmoqda. Chunki, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan milliy sertifikat berish tartibi o'zgargan.

Xo'sh bu muammoga qanday yechim bor? Qachondan pedagoglarga ustama to'lash boshlanadi?

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/613

Telegram I Facebook I YouTube
“Tarbiya”, “Science “ va “Informatika” fanini qaysi o‘qituvchilarga o‘qitishga ruxsat berildi?

Bosh vazir Abdulla Oripov imzolagan hujjat bilan umumtaʼlim muassasalarida “Tabiiy fan (science)“, “Tarbiya” va “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlarini ayrim toifadagi o‘qituvchilar o‘qitishiga ruxsat berildi. Aslida bu qoida avval ham mavjud edi.

Lekin pedagoglarni hali ham bir qancha muammoli savollar qiynab kelmoqda. Shu sababli biz bu mavzuni batafsil sharhlab berishga harakat qildik.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/614

Telegram I Facebook I YouTube
📌📌3 OYGA 50MING SO'M RUS TILI DARSLARI

🏃‍♂SHOSHILING

📚RUS TILI

📲Darslar har kuni yopiq guruhda bo'lib o'tadi.

💽Darslar yozib olinib guruhga tashlab beriladi. (Ma'lumot uchun darslar tayyor video dars shaklida guruhga yuboriladi)

📲Lug'at darslari esa quiz test ishlanadi.

💸Narxi 50.000 so'm 3oy uchun 1martta to'lov

Agar hohlasangiz probnik dars tashlab beriladi. To'lov oldindan 3oy uchun 50.000 so'm to'lanadi.

📆Dushanba chorshanba juma kunlari 21.00da dars dars

📆Seshanba payshanba shanba kunlari 21.00da lug'at


MUROJAAT UCHUN 👇
@Diamond_education_admin
Onlayn malaka oshirish kurslari qachondan boshlanadi?

O‘qituvchiman, onlinedu.uz platformasida onlayn shaklda malaka oshirishim belgilangan. Lekin onlayn malaka oshirish kurslari hali boshlanmabdi. Offlayn tarzda malaka oshirishga ruxsat yo‘q ekan.

O‘z vaqtida malaka oshirmasam, bu ustama balimga taʼsir qiladimi? Onlayn malaka oshirish kurslari qachondan boshlanadi?

Javobhttps://xalqtaliminfo.uz/post/566

Telegram I Facebook I YouTube
Endilikda 2-sinfda “Informatika”, 5-sinfda esa “Science” fani o‘qitiladi

2-sinflarda haftasiga 1 soatdan “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qitiladi. O‘tgan yili mazkur fan 1-sinf o‘quvchilari uchun joriy qilingandi.

1-2-sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari” fani oʻquvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirishga asoslanganligi sababli mazkur fan boshlangʻich sinf oʻqituvchilari tomonidan oʻqitiladi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq bosh vazir Abdulla Oripov imzolagan hujjat bilan umumtaʼlim muassasalarida “Tabiiy fan (science)“, “Tarbiya” va “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlarini qaysi toifadagi o‘qituvchilar o‘qitishi mumkinligi haqida ko‘rsatma berilgandi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/615

Telegram I Facebook I YouTube
O‘quvchilarga stul ko‘targizib qo‘ygan o‘qituvchi ishi bo'yicha tergovga qadar tekshiruv boshlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatidagi maktabda tahsil olayotgan 1-sinf o‘quvchilari stul ko‘tarib turganliklari aks etgan video tarqaldi. Shundan so‘ng Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘z kuzatuviga olganini ma’lum qildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangani aytildi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/616

Telegram I Facebook I YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Andijonlik o‘qituvchi attestatsiyada 100 balni qo‘lga kiritdi

Muhammad Yusuf ijod maktabida ona-tili va adabiyoti fanidan dars berayotgan oʻqituvchi, Dilfuzaxon Urmonova attestatsiya jarayonlarida 100 ballni qo'lga kiritdi.

Telegram I Facebook I YouTube
1-, 5- va 7-sinf o‘quvchilari avtohalokat tufayli halok bo'ldi

Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida sodir bo'lgan YTH oqibatida 3 nafar maktab o'quvchilari halok bo'lgan. Haydovchilarga esa jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/617

Telegram I Facebook I YouTube
Taʼlimni rivojlantirishga o'z hissangizni qo'shing

"O'zbekistonda o'qituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi" mavzusidagi so'rovnomada ishtirok eting hamda maktab taʼlimini rivojlantirishga o'z hissangizni qo'shing.

Biz taʼlim jarayonining yanada samarali bo'lishini maqsad qilgan holda tizimdagi muammolarni o'rganishga intilmoqdamiz.

Iltimos, bizning mazkur so'rovnomamizda ishtirok etib, savollarga faqat xolis javob bering. Javoblar anonim shaklda yig'iladi.

📄 So'rovnoma: https://forms.gle/Svpb5EuwUXhpRPac8

Telegram I Facebook I YouTube