Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
62.5K subscribers
1.15K photos
397 videos
507 files
4.26K links
Ambassador of @profiuniversity

www.xalqtaliminfo.uz sayti rasmiy kanali.

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: http://myurls.co/xalqtaliminfo

Savol yuborish vaqtincha cheklangan.

Reklama: @XalqinfoREK

Guvohnoma: №146004
Download Telegram
#Bilasizmi

Germaniya PISA tadqiqotida past natija qayd etgach "PISA-shok" dasturini qabul qilgan


Germaniya 2000-yilda PISA tadqiqotlarida ilk marta ishtirok etganida xuddi O'zbekiston kabi past natijalarni qayd etgan. O'shanda PISA tadqiqotida 32 ta mamlakat ishtirok etgan bo'lsa, Germaniya 25-o'rinni egallagan.

Bu esa Germaniya uchun juda ham yomon natija edi. Shu sababli, ular "PISA-shok" dasturini ishlab chiqib amaliyotga joriy qilishgan.

Germaniya "PISA-shok" dasturi orqali nimalarni amalga oshirdi?

Ta'limni moliyalashtirish ikki barobar ortdi;

Darsliklarni tanlash imkoniyati yanada ortdi (har bir federal hudud, maktab, o'qituvchi istalgan nashriyot darsligini tanlashi mumkin bo'ldi);

Ota-onalarning matematik savodxonligini tadqiq qiluvchi "PISA ota-onalar" tadqiqoti o'tkazildi;

Kunlik maktablar qamrovi kengaytirildi (maktablar 08:00-16:00 ga qadar ishlash rejimiga o'tkazildi);

Maktablar 13 yildan 12 yilga o'tkazildi (qisman amalga oshmadi);

Markaziy bitiruv imtihonlari tashkil qilindi;

PISA-E milliy tadqiqoti o'tkazildi.

Ushbu islohotlardan so'ng Germaniyaning PISA tadqiqotlardagi natijalari 2012-yilga qadar yaxshilanib borgan. Ammo vaqt o'tib natijalar yana ortga qaytishi kuzatilgan.

Bunga esa ota-onalarning farzandlari bilan uy vazifalarini qilishi kamayib ketganligi, pedagoglar tomonidan ko'p dars qoldirilishi, ayrim o'qituvchilar kasalligi tufayli masofadan ishlashga o'tganligini sabab qilib ko'rsatishgan.

P.S: Ushbu ma'lumotlar Grone ta'lim akademiyasi, ta'lim va mehnat bozori loyihalari koordinatori Akramjon Matkarimov tayyorlagan taqdimot asosida tayyorlandi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Direktorlar_kengashi

Kengashinga bitta qo'ng'iroq, qarabsanki ular qo'g'irchoq...


Xabaringiz bor, yangi tartibga ko‘ra maktab direktorlarini lavozimiga tayinlash endilikda “Direktorlar kengashi” tavsiyasiga asosan amalga oshiriladigan bo'ldi.

Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tomonidan tayyorlangan ushbu videorolikda juda ko'p savollarga qiziqarli tarzda javob berilibdi. Videorolikni albatta ko'ring.

👉@xalqtaliminfo
Inklyuziv ta’lim sinflari ochilgan umumta'lim maktablarida alohida maxsus pedagog shtat birligi joriy qilinadi

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi “Aholining ijtimoiy himoya olish huquqlarini ta’minlash hamda davlat ijtimoiy yordami va xizmatlarini ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Endilikda har bir inklyuziv ta’lim sinflari yoki boshlang‘ich tayanch korreksion sinflar ochilgan umumta'lim maktablariga alohida "Maxsus pedagog" shtat birligi ajratiladi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2023-yil 8-yanvardagi 03-06/2-83- sonli ko'rsatma xatiga asosan maxsus pedagog shtat birligini ajratilishi munosabati bilan 2024-yil uchun tasdiqlangan shtatlar jadvaliga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.

Ushbu maktablarga ishga qabul qilingan maxsus pedagoglarga esa qonunchilik hujjatlariga muvofiq oylik ish haqlarini o‘z vaqtida to‘lab borilishi ta'minlanadi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i ko'krak nishoni bilan taqdirlandi

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Bektemirov Xamro Solayevich O'zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirining 2024-yil 12-yanvardagi 11-sonli buyrug‘iga asosan "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar a'lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ma'lumot uchun: Bektemirov Xamro Solayevich dastlabki faoliyatini o‘qituvchilikdan boshlagan. Shuningdek, ish faoliyati davomida ta'lim muassasalarida direktor o'rinbosari, direktor lavozimlarida ishlab, keyinchalik viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi boshlig'i lavozimiga tayinlangan.

👉@xalqtaliminfo
#Sõragan_edingiz

Psixologlar ham attestatsiyadan o'tib toifa olishlari mumkinmi?


Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 577-son qarori bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus davlat ta’lim muassasasidagi psixologik xizmatning psixolog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida"gi nizomda psixologlarni attestatsiyadan o'tkazish tartibi belgilangan.

Ammo hozirga qadar ta'lim muassasalarida faoliyat yurituvchi psixologlarning kasb standarti mavjud bo'lmaganligi sababli ular attestatsiyaga jalb qilinmagan.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirovaning xabar berishicha, ayni damda psixologlarning kasb standarti ishlab chiqildi.

"Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus davlat ta’lim muassasasidagi psixologik xizmatning psixolog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida"gi nizom qayta ishlab chiqilib, tasdiqlangandan so'ng esa psixologlar ham attestatsiyadan o'tib toifa olishlari mumkin bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, hozirgi kunda psixologlarning oylik maoshi ham malaka toifasiga ko'ra farqlanib, quyidagicha belgilangan:

Oliy ma’lumotli psixolog – 2 mln 653 ming 689 so‘m

Ikkinchi toifali psixolog – 2 mln 841 ming 780 so‘m

Birinchi toifali psixolog – 3 mln 034 ming 666 so‘m

Oliy toifali psixolog – 3 mln 219 ming 374 so‘m

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O’quvchilar matematikadan Kenguru xalqaro tanlovida qatnashish orqali 10 ta smartfon aksiyasi ishtirokchisiga aylanishi mumkin

Shuningdek:

💡Bilim darajangizni mustaqil tekshirish
💡Matematik va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish.
💡Tanlovda qatnashganiz uchun sertifikat va esdalik sovg'alarga ega bo’lasiz

Tanlovda qanday ishtirok etish mumkin?

Olympia.uz saytida roʻyxatdan oʻting va qatnashish uchun toʻlovni amalga oshiring.
26-mart kuni biz koʻrsatgan maktablarda boʻlib oʻtadigan tanlovga keling.

👩‍💻 Savollaringiz bo’lsa - @olympia_uz

⚡️ Kenguru kanaliga obuna bo'ling @contest_kenguru_uz
#Bilasizmi

Attestatsiyaga jalb qilingan pedagog kadrlar necha ball yiqqan taqdirda attestatsiyadan o'tgan hisoblanadi?


Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish ikki bosqichda amalga oshiriladi hamda ikkita bosqich bo‘yicha umumiy 100 ballik tizimda baholanadi.

❗️Ikkita bosqich natijalariga ko‘ra:

Oliy malaka toifali yoki bosh o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

80 ball va undan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tgan, oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi) saqlangan;

80 balldan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tmagan, birinchi malaka toifasiga tushirilgan (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno);

Birinchi malaka toifali yoki yetakchi o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

80 ball va undan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tgan, oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi) berilgan;

70 balldan 79 ballgacha ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tgan, birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi) saqlangan;

70 balldan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tmagan, ikkinchi malaka toifasiga tushirilgan (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno);

Ikkinchi malaka toifali yoki katta o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

70 ball va undan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tgan, birinchi malaka toifasi berilgan;

60 balldan 69 ballgacha ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tgan, ikkinchi malaka toifasi saqlangan;

60 balldan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tmagan, mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimiga tushirilgan (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno);

Mutaxassis yoki oliy ma’lumotli o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

60 ball va undan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tgan, ikkinchi malaka toifasi berilgan;

55 balldan 59 ballgacha ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tgan, mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimi saqlangan;

55 balldan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tmagan, mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimiga muvofiq emas deb (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno) hisoblanadi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan oliy malaka toifali o‘qituvchilarni attestatsiyaga jalb qilish masalasida

15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan oliy malaka toifali ayrim o‘qituvchilarning attestatsiyaga jalb qilinishi bo‘yicha yozilgan postga qo‘shimcha sifatida quyidagilarni ma’lum qilmoqchiman.

Post ostidagi suratda pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomning eski va yangi tahriri o‘rtasidagi farqlarni ko‘rsatib berishga harakat qildim.

E’tibor bering, eski tahrirdagi nizom 2022-yil 2-avgustgacha amalda bo‘lgan. Shu sababli 2021-yil 17-sentyabrdan 2022-yil 2-avgustgacha bo‘lgan davrda 15 yil uzluksiz ish stajiga hamda oliy toifaga ega bo‘lgan barcha o‘qituvchilar umrbod attestatsiyaga jalb qilinmasligi lozim edi.

Chunki, “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunning 41-moddasiga asosan, normativ-huquqiy hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qo‘llaniladi.

Shuning uchun ham o'sha vaqtda Xalq ta’limi vazirligi alohida xat chiqarib, 2022-yilning 2-avgustiga qadar 15 yil uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan hamda oliy toifaga ega bo‘lgan pedagoglarni attestatsiyaga jalb etilmasligini bildirgan.

Sodda tilda aytadigan bo'lsak, 2022-yilning 2-avgustiga qadar 15 yil uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan oliy toifali o'qituvchilarning omadi kelib qolgan. O'sha vaqtdayoq ularni umrbod attestatsiyaga jalb qilmaslik bo'yicha bir qarorga kelib bo'lishgan.

Buni o'sha vaqtdagi Xalq ta'limi vazirligi ham, sobiq vazir Baxtiyor Saidov ham o'zining rasmiy sahifalarida ma'lum qilgan. (1, 2) Rasmiy bayonotlarda bu kabi o'qituvchilarning toifalari umrbod saqlanib qolinishi alohida ta'kidlangan.

Endi kimdir o'sha vaqtdagi atigi bir yilgina amalda bo'lgan qoida bo'yicha attestatsiyaga jalb qilinmagan o'qituvchilarni bu yilgi attestatsiyaga jalb qilamiz, chunki hozir 2021-yildagi qoidalar normativ hujjatlarda yo'q deb aytayotgan bo'lsa, bu noto'g'ri ish bo'ladi.

Menga qolsa hech qanday imtiyozsiz barcha toifadagi o'qituvchilar attestatsiyadan o'tib, bilimlarini mustahkamlab olgani yaxshiroq.

Ammo o'zimiz yaratgan normani bir yilga bormay o'zgartirganimiz, yana qanaqadir imtiyozlarni yo'lga qo'yib, o'qituvchilarni bekordan-bekorga umidvor qilib, endi yana boshqa qoidalarni o'ylab topishimiz ham to'g'ri emas.

Muhim eslatma: Yuqoridagilar o'ta shaxsiy, subyektiv fikrimdir. Uning to'g'ri ekanligiga ham da'vo qilmayman. Bu masalada eng oxirgi gapni Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi aytadi. Og'zaki aytilgan gaplar, topshiriqlar, yozilgan postlar normativ hujjatlardan ustun bo'lolmaydi. Demak, yana vazirlikning rasmiy xati chiqishini kutishimiz kerak.

© Ulug'bek Po'latov

👉@xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Profi University
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu taklif faqat o'z ustida ishlaydigan, mehnat qilishdan qochmaydiganlar uchun!

⭕️ Bu reklamani aynan siz ko'rishingizni xohladik. Sababi siz universitetda o'qishdan asl maqsad nima ekanligini, atrof-muhit va do'stlar davrasi muvaffaqiyatingizga qanday ta'sir qilishini bilasiz. Shu sababli biz ana shunday insonlarni bir joyga to'plashga qaror qildik.

Profi Universiteti haqida to'liq ma'lumot olishni xohlasangiz quyidagi tugma ustiga bosing!

📞 +998787771111

Profi University – Think outside the box!

🕊Telegram |📱Instagram
📺YouTube | 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma

Mart-may oylarida attestatsiya (test) sinovlari o‘tkaziladi


Ma'lumki, yanvar-iyun oylari attestatsiyasida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish joriy yilning 15-yanvaridan boshlangandi.

Attestatsiyada ishtirok etish uchun murojaatlar yuborish esa 1-martga qadar qadar davom etadi. Yanvar-fevral oylarida murojaatlar qabul qilinib, mart-may oylarida malaka (test) sinovlari o‘tkaziladi.

Attestatsiya (test) sinovi jarayonlari aniq sanalari va joylari haqida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining rasmiy veb sayti hamda ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali e’lon qilinadi.

Attestatsiya (test) sinovlari yakunlangach, iyun oyida testdan muvaffaqiyatli o'tgan pedagog kadrlarga sertifikatlar tarqatiladi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
❗️15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan o'qituvchilarni attestatsiyaga jalb qilish bo'yicha vazirlik bayonot berdi

2022-yilda ta’lim tashkilotlarida 15 yillik uzluksiz ish stajiga ega bo‘lganligi uchun navbatdagi-majburiy attestatsiyadan ozod qilingan oliy malaka toifali (bosh o‘qituvchi lavozimidagi) pedagog kadrlar joriy yilgi navbatdagi-majburiy attestatsiyalarga jalb qilinmaydi.

O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 41-bandiga asosan normativ-huquqiy hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qo‘llanilishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori bilan pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga kiritilgan o‘zgartirishlar 2022-yilning 2-avgustiga qadar 15 yil uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan hamda oliy toifaga ega (bunda oliy toifaga ega bo‘lganlik davri muhim emas) bo‘lgan pedagoglarga nisbatan tatbiq etilmasligini hamda mazkur masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 12-sentabrdagi 03-03/1-4619-son xati hozirgi kunda ham o‘z kuchida ekanligini ma’lum qilamiz.

❗️ Bu haqida vazirlikning ijtimoiy tarmoq sahifalarida ham o‘z vaqtida rasmiy munosabat berilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagoglar ro‘yxati keltirib o‘tilgan.

MMTV

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Ayrim oliy toifali o'qituvchilarning malaka toifasi umrbod saqlanib qoldi

Shunday qilib, 2022-yilning 2-avgustiga qadar 15 yil uzluksiz ish stajiga ega bo‘lib olgan oliy toifali o'qituvchilarning malaka toifasi umrbod saqlanib qoladigan bo'ldi.

Ya'ni, shu toifadagi o'qituvchilarning omadi keldi. Ularni tabriklaymiz. Bu yil vazirlik tomonidan mana shu toifaga kiruvchi pedagoglarga umrbod amal qiladigan sertifikat ham berilsa kerak. Buni endi aniqlashtirib ko'ramiz.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Bilasizmi

Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida 50 mingdan ortiq oliy toifali o'qituvchilar ishlaydi


Respublika bo'yicha umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida 53 ming 914 nafar oliy toifaga ega bo'lgan o'qituvchilar faoliyat yuritadi.

Ularning ma'lum bir qismi 2022-yilning 2-avgustiga qadar 15 yil uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan oliy toifali o'qituvchilar bo'lib, malaka toifasi umrbod saqlanib qoladi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Sõragan_edingiz

CHQBT fani o‘g‘il va qiz bolalarga alohida o‘tilishi kerakmi?

#Savol
CHQBT darslari maktabda o‘g‘il va qizlar bolalarga alohida o‘tilishi kerakmi? Qizlarga bu fandan biologiya o‘qituvchisi dars bersa bo‘ladimi?

#Javob
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-noyabrdagi 591-son qarori bilan tasdiqlangan “Taʼlim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi to‘g‘risida"gi nizomda taʼlim muassasalarida CHQBTni tashkil etish va amalga oshirish tartibi belgilangan.

Nizomning 17-bandiga ko‘ra taʼlim muassasalarida CHQBT fani o‘quv dasturi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘g‘il va qiz bolalar bilan birgalikda o‘tkaziladi.

Bitiruvchi sinflardagi o‘g‘il bolalar bilan harbiy poligonlarda bir kunlik amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan kunlarda qiz bolalar taʼlim muassasasidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarga jalb etiladi.

Taʼlim muassasalarida CHQBT rejasi butun o‘quv yili uchun haftalarga taqsimlangan holda ishlab chiqiladi hamda mashg‘ulotlar umumiy dars jadvaliga kiritilgan holda o‘tkaziladi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2023-yil 16-avgustdagi 247-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta taʼlim maktabi (maktab-internat) xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarida CHQBT fani o'qituvchisining malaka talablari belgilab berilgan.

Unga ko‘ra CHQBT o‘qituvchisi lavozimida ishlovchi shaxs oliygohning "Chaqiriqqacha harbiy taʼlim" yo‘nalishini tamomlagan yoki Qurolli Kuchlar rezervidagi ofitser bo‘lishi lozim. Boshqa fan o‘qituvchisining bu fandan dars berishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Ogohlantirish

O'qituvchilar ish tajribasini ommalashtirish jarayoni to'xtatilgan


Hozirgi kunda pedagog xodimlarning ilg'or ish tajribasini ommalashtirish jarayoni ma'lum bir sabablarga ko'ra to'xtatilgan.

O'qituvchilar ish tajribasini ommalashtirish faqatgina ommalashtirish.uz platformasi orqali amalga oshiriladi. Boshqa ko'rinishdagi usullar bilan ish tajribani ommalashtirib bo'lmaydi.

Agar sizga kimdir, ish tajribangizni ma'lum bir mablag' evaziga ommalashtirib beramiz deb taklif berayotgan bo'lsa, ular firibgarlardir.

Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan pedagog xodimlar ish tajribalarini ommalashtirishning tezkor va aniq yo'nalishlarini joriy qilish maqsadida ishlar olib borilmoqda.

Ushbu jarayonlar yakuniga yetgandan so'ng ommalashtirish.uz platformasi yana qayta ishga tushiriladi. Hozir esa ommalashtirish jarayoni to'xtatilgan.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryoda bedarak yo‘qolgan o‘quvchi qiz topildi

Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida bedarak yo‘qolgan qiz topildi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, “Nurli diyor” mahallasida yashovchi voyaga yetmagan 9-sinf o‘quvchisi T.O 2024-yilning 5-yanvar kuni taxminan soat 16:00 larda yashash uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmasdan bedarak yo‘qolgan.

O‘tkazilayotgan tergovga qadar tekshirish davomida bedarak yo‘qolgan voyaga yetmagan o'quvchi qiz 28-yanvar kuni soat 22:00 larda Angor tumani, “Sharq Guli” mahallasi hududidan topilib, shu kunning o‘zida Surxondaryo viloyat IIB JXX HPB Voyaga yetmaganlarni ijtimoiy himoya qilish markaziga joylashtirilgan.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nima uchun hali ham va'da qilingan 1000 dollar oylikka yetib kelmadik?

Yuqoridagi savolga javob izlash maqsadida iqtisodchi Otabek Bakirov bilan juda qiziq suhbat o'tkazgandik. Hozirgi kunda ham ushbu mavzu o'z aktualligini yo'qotmagan deb o'ylaymiz.

Suhbatda ta'lim tizimi xodimlarining oylik maoshi nima uchun keskin ravishda oshirilmasligining sabab va oqibatlari hamda o‘qituvchi bo‘lish tanlovi haqida gaplashganmiz. Marhamat, to‘liq suhbatni «YouTube» sahifamizda tomosha qiling.

P.S: Ushbu suhbat 8 oy avval bo'lib o'tgan.

Videoni ko'rish:👉https://youtu.be/B0s41HzK9jk

👉@xalqtaliminfo
32 nafar o‘quvchi ovqatdan zaharlanishida aybdor bo'lgan shaxslar 7 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin

Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘quvchilarning ovqatdan zaharlanishi qayd etilib, jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.

Aniqlanishicha, maktab-internatga autsorsing xizmati ko‘rsatgan xususiy korxona tomonidan iste’molga yaroqsiz bo‘lgan mahsulotlardan sifatsiz oziq-ovqat tayyorlangan. Oqibatda 33 nafar o‘quvchi o‘tkir gastrit alomatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. (Avvalroq 32 nafar o'quvchi deyilgandi)

Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 186-moddasi (Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) 4-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Aybdorlar 7 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanidagi maktab o'quvchilariga berilgan shokoladli konfet tarkibida qum yoki tuproq borligi aniqlangan. Boshqa bir holatda esa yeguliklar ichidan to‘g‘nag‘ich chiqqani ma'lum bo'lgandi.

Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanidagi 5-maktabda esa o‘quvchilarga berilgan oziq ovqat mahsulotlari ichidan tabletka chiqqandi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo