Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
63K subscribers
1.13K photos
391 videos
507 files
4.23K links
Ambassador of @profiuniversity

www.xalqtaliminfo.uz sayti rasmiy kanali.

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: http://myurls.co/xalqtaliminfo

Savol yuborish vaqtincha cheklangan.

Reklama: @XalqinfoREK

Guvohnoma: №146004
Download Telegram
#Sõragan_edingiz

Vazir ustamasiga da'vogar bo'lgan pedagoglar ro'yxatini kim vazirlikka taqdim etadi?


Xalq ta’limi vaziri jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga ko'ra har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning respublika bo‘yicha cheklangan soni Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan belgilanadi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi va Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan taqdim etiladigan kirish imtihonlaridagi natijalardan kelib chiqib, kvota hududlar va tuman (shahar)lar bo‘yicha taqsimlab bo'lingach, xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga taqdim etiladi.

Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha hududiy kengash esa har bitta yo‘nalish bo‘yicha tegishli tuman (shahar) uchun belgilangan kvotaga nisbatan uch baravar ko‘p nomzodlarni saralash uchun vazirlik (Ishchi guruh)ga taqdim etadi.

Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha hududiy kengash vakillari kimlar?

Kengash raisi — hokimlar;

Kengash raisi o‘rinbosari — hududiy maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmalari boshliqlari.

Asosan shu ikki mas'ullar vazir ustamasiga da'vogar bo'lgan nomzodlar masalasini kengash yig'ilishida ko'rib chiqib hal qiladi. Kengash tarkibida yuqoridagi ikki mas'uldan tashqari yana 21 nafar mas'ul shaxslar mavjud.

Hududiy kengashlar nomzodlar ro'yxatini shakllantirib, vazirlikka taqdim qilgandan so'ng, ular orasidan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlar 2 bosqichda saralanadi.

Saralash bosqichlaridan muvoffaqiyatli o'tgan pedagog kadrlarga vazir jamg'armasi hisobidan ustama tayinlash bo'yicha vazirlik buyrug'i chiqariladi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Sõragan_edingiz

O'rta maxsus ma'lumotli boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi ish faoliyati mobaynida ma'lumotini oliy qilib olsa bo'ladimi?


O'qituvchi maktabda ham ishlab, ham oliygohning kunduzgi, kechki yoki sirtqi ta'lim shaklida tahsil olishi mumkin. Bunga cheklov yo'q.

Ma'lumotini oliy qilib olish maqsadida bo'lgan pedagog xodimlarga Profi Universityning Boshlang'ich ta'lim fakultetida tahsil olishlarini tavsiya qilamiz. Faqat buning uchun qabul jarayoni boshlanishini kutish lozim.

Universitet talabasi bo'lganlarga esa ko'plab qo'shimcha imkoniyatlar taqdim qilinadi. Shuningdek, universitetning Navoiy filialida tahsil oladigan talabalarining farzandlari, ularning yaqin qarindoshlarining farzandlariga Navoiydagi @newerakids xususiy bolalar bog‘chasida tahsil olishi uchun 50 foizlik chegirma ham taqdim qilinadi.

Ta’lim to‘g‘risidagi qonunning 31-moddasiga ko‘ra Profi University o‘z faoliyatini litsenziya asosida amalga oshiradi. Universitet bitiruvchilarga esa davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat taqdim etiladi.

Profi Universityda tahsil olish istagida bo'lgan talabgorlar qabul jarayonlari boshlangan vaqtda mana bu manzil orqali murojaat qilishlari mumkin.

Batafsil ma'lumotlar

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Sõragan_edingiz

“Kamalak” yulduzlari” Respublika bolalar ijodiyoti festivalini o'tkazish uchun mablag' yetishmayapti(mi?)


Ma'lumki, Prezident tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus ijrosini ta'minlash maqsadida har yili “Kamalak” yulduzlari” Respublika bolalar ijodiyoti festivali o'tkazib kelinadi.

Tanlov nizomiga ko'ra festival uch bosqichda — tuman (shahar), viloyat hamda respublika bosqichida o'tkazilishi belgilangan. Ammo so'ngi 2-3 yildan buyon tanlovning respublika bosqichi o'tkazilmayapti.

Biz buning sababini o'rganish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi mas'ul xodimlari bilan bilan bog'lanib, masalani o'rgnishga harakat qildik.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi mas'ul xodimining aytishicha, mazkur tanlovni o'tkazish asosan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Madaniyat vazirligi zimmasiga yuklatilgan.

Ayni vaqtda tanlovning hududiy bosqichlarni o'tkazish va uni moliyalashtirish ishlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan ta'minlab kelinmoqda. Tanlovning respublika bosqichini o'tkazish esa katta xarajat talab qiladi.

Buning uchun esa Madaniyat vazirligi ham tashabbus ko'rsatishi kerak bo'ladi. Hozirgi kunda “Kamalak” yulduzlari” Respublika bolalar ijodiyoti festivalining respublika bosqichini o'tkazish uchun tegishli vazirliklar tashabbus bildirmayotgani va buning uchun mablag' ajratilmayotganligi uchun festival viloyat bosqichiga yetganda yakunlanmoqda.

Demak bundan ko'rinib turibdiki, Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son, 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son qarorlari ijrosi yetarlicha ta'minlamayapti.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Sõragan_edingiz

O'qituvchilar ish tajribasini ommalashtirish jarayoni qachondan boshlanadi?

Avvalroq ommalashtirish.uz platformasi ancha vaqtdan buyon ishlamayotgani haqida xabar bergandik.

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi axborot xizmati ommalashtirish.uz platformasi nega ishlamayotgani va u qachondan boshlab ishga tushishi mumkinligi haqida ma'lumot berdi.

Unda aytilishicha, ayni vaqtda pedagog xodimlar ish tajribalarini ommalashtirishning tezkor va aniq yo'nalishlarini joriy qilish maqsadida ishlar olib borilmoqda.

Ya'ni, ommalashtirish tartibiga biroz o'zgartirishlar kiritilmoqda. Ushbu jarayonlar yakuniga yetgandan so'ng ommalashtirish.uz platformasi yana qayta ishga tushiriladi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Maktablarda nechta erkak o'qituvchi ishlaydi?

Maktablarda jami 600 minga yaqin o'qituvchilar faoliyat yuritib kelayotgan bo'lsa, shundan 160 minga yaqinini erkak o'qituvchilar tashkil qiladi. Balki bu son hozir yanayam ortgan yoki kamaygandir. Nima bo‘lgan taqdirda ham maktablarga erkak o‘qituvchilar juda zarur.

O'tgan 2023-yilgi ma'lumotlarga ko'ra maktablardagi erkak pedagoglar salmog'i 159,9 ming nafarni yoki jami o'qituvchilarga nisbatan 30,7 % ini tashkil etgan.

2022/2023-o‘quv yilida 2018/2019-o‘quv yiliga nisbatan erkak pedagoglar soni 27,8 ming nafarga yoki 21,0 % ga ko‘paygan.

Maktabda erkak o'qituvchilarning ko'payishi ta'lim sifatiga ham o'ziga xos ta'sir ko'rsatadi. Bu haqida navbatdagi postlarimizda ma'lumot berishga harakat qilamiz.

Bugun ta'lim muassasalarida faoliyat yuritib kelayotgan barcha erkak o'qituvchilarni 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tabriklaymiz.

Erkak muallimlarimizga Yaponiyadagidek yuqori ustamalar, Finlyadiyadek komfort sharoit hamda Lyuksemburg, Germaniya va Niderlandiyadek eng yuqori maosh berilishiga tilakdoshmiz.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Bizga erkak boshlang'ich sinf o'qituvchilari ham kerak

“Profi” xususiy ta’lim muassasalari tarmog‘i asoschisi Bektosh Xatamov bergan ma'lumotlarga ko'ra Turkiyada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga deyarli 100 foiz holatda erkaklar dars berar ekan. O‘zbekistonda esa erkak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini uchratish qiyin.

Boshlang‘ich sinfda tahsil olayotgan bolalar o‘z yoshlarida otaning mehriga unchalik ham to‘yimas ekan. Ya'ni, ularga ota mehri yetishmas ekan, chunki bu yoshdagi bolalarning otalari ko‘proq vaqtini ishda, oila boqishga, karyera qurishga sarflashar ekan. Erkak o‘qituvchi esa aynan shu mehrni to‘ldirib boradi va bu yaxshi natija berar ekan.

Shu sababli ham hozirgi kunda Profi University oliygohining “Boshlang‘ich ta’lim” yo'nalishiga o'qishga topshirgan o‘g‘il bolalarga kontrakt summasining 30 foizi chegirma qilib berilgan. (Qo'shimcha ma'lumotlar bu yerda)

Bundan asosiy ko'zlangan maqsad ham erkak boshlang'ich sinf o'qituvchilar safini kengaytirish. Ha, bizga erkak boshlang'ich sinf o'qituvchilari ham kerak.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Sõragan_edingiz

O‘qituvchidan qog‘oz ko‘rinishdagi yillik taqvim-mavzu reja talab qilinishi to‘g‘rimi?


#Savol
Direktorimiz taqvim-mavzu ish rejani qog‘oz variantini talab qilyapti. Vaholanki, taqvim-mavzu ish rejani eMaktab.uz platformasiga yuklab qo‘yganman. Shu holatda direktorning talabi o‘rinlimi? Javob uchun oldindan rahmat e’tiborsiz qoldirmang iltimos.

#Javob
"Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risida"gi yo‘riqnomaning 15-bandiga ko‘ra umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilarining dars va to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish hamda sinf jurnalini yuritishdan tashqari boshqa pedagogik yuklamalar bo‘yicha hisobotlar va qo‘shimcha ma’lumotlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.

15-bandning 2-xatboshiga ko‘ra umumiy o‘rta ta’lim muassasalari pedagog xodimlari tomonidan faqatgina sinf jurnali (bosma yoki elektron) yuritiladi.

O‘qituvchi tomonidan yillik taqvim-mavzu reja eMaktab.uz platformasiga yuklangan bo‘lsa, unda ushbu rejani qog‘oz ko‘rinishdagi shaklini yuritishga ehtiyoj yo‘q deb hisoblaymiz. Demak, o‘qituvchidan qog‘oz ko‘rinishdagi yillik taqvim-mavzu reja talab qilish noqonuniy xatti-harakat hisoblanadi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Bugundan attestatsiya uchun ro’yxatdan o’tish jarayonlari boshlandi

Bugundan maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining joriy yilgi attestatsiya uchun ro’yxatdan o’tish jarayonlari boshlandi.

Attestatsiyada ishtirok etuvchi pedagoglar bugundan boshlab pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari va murojaat yuborishlari mumkin.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Attestatsiyada ishtirok etuvchi pedagoglar uchun qulaylik!

Xabar berganimizdek, yanvar-iyun oylari attestatsiyasida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish bugun, 15-yanvardan boshlanadi .

❗️Bu muhim! pedkadr.uzedu.uz platformasidan foydalanish bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi videoyo‘riqnoma ko‘rsatmalari bilan tanishib chiqishingiz tavsiya etiladi.

Eslatma!
Murojaatlarni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 👉 https://pedkadr.uzedu.uz/ - platformasidan tashqari

📍Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali 👉 my.gov.uz/uz

📍Davlat xizmatlari markazlari orqali ham yuborish mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Bilasizmi

Pedagog kadrlar attestatsiyasida qanday o'zgarishlar bo'ldi?


Ma'lumki, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 692-son qarori bilan pedagoglarga malaka toifa berishning yangi tartibi joriy qilindi.

Yangi tartibga ko'ra pedagoglarga malaka toifa berish tartibi bo'yicha quyidagi o'zgarishlar amalga oshirildi:

Ta’lim inspeksiyasi tugatilganligi munosabati bilan maktab pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan bo'ldi;

Xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini berish hamda sertifikat olgan pedagog kadrlarga bazaviy tarif stavkasining 70 foizi miqdorida ustama haq to‘lash amaliyoti joriy etilishi belgilandi;

Pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan hamda yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan pedagog kadrlarga — ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi) to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladigan bo'ldi;

O‘qituvchilar attestatsiyadan o‘tayotganda maktabdan taqdim etiladigan 20 ballik ma'lumotnoma berish tartibi bekor qilindi (o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari bundan mustasno);

Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish ikki bosqichda amalga oshirilib, birinchi bosqichda — pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda — pedagogik mahorati baholanadigan bo'ldi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma

Qashqadaryoning olis hududiga borib ishlayotgan ayrim pedagoglarga bir martalik boshlang‘ich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik uchun har oylik kompensatsiya pullari to'lab berilmadi.

Ularga yordam qo’lini cho’zadiganlar hali ham topilmadi. O’qituvchilar u yerga borgani uchun afsusda va hali ham sarson.

Menimcha, olis hududga borib ishlaydigan o’qituvchilar 1000 dollar oylik olishi mumkinligi haqidagi tasavvurlarimiz shunchaki ertakka aylanmoqda. Chunki, bu kabi qo'shimcha pullarini to'lab bermaslikning yo'li allaqachon topilgan.

👉@xalqtaliminfo
⚡️O'quvchilar uchun "Kenguru" Xalqaro tanloviga start berildi

🎓 Har yili Kenguru tanlovi butun dunyoda o’quvchilarni birlashtirib, ularning matematik va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini baholaydi. Bu har bir o’quvchi uchun o'z salohiyatini kashf qilib, matematik masalalarni yechish zavqini his etish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Tanlovda nima uchun ishtirok etish kerak?

Matematik mahorat va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish uchun;
O'z bilimingizni mustaqil sinab ko'rish;
Kelajakdagi akademik va professional qiyinchiliklarga tayyor turish uchun.

Har bir ishtirokchi quyidagilarga ega bo’ladi:

Xalqaro tanlovda ishtirok etgani uchun sertifikat;
Faol ishtirokingiz uchun minnatdorchilik sifatida esdalik sovg'a.

Qanday ishtirok etish mumkin?

Kenguru tanloviga Olympia.uz saytida roʻyxatdan oʻting;

26 mart kuni biz tanlagan maktabda qiziqarli va hayajonli tanlovda ishtirok eting;

Sertifikat va esdalik sovg'angizga ega bo’ling!

🧑‍💻Roʻyxatdan oʻtish bo'yicha yo'riqnoma

👤 Murojaat uchun: @olympia_uz

Kenguru kanalimizga obuna bo'ling va biz bilan @contest_kenguru_uz tanlovga tayyorgarlik ko’ring.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat

Ertadan boshlab menejerlik o‘quv kurslarida o'qish istagida bo'lgan direktorlikka nomzodlar uchun ro'yxatdan o'tish boshlanadi


Xabaringiz bor endi maktab direktorligiga nomzodlar har 5 yilda Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutidagi menejerlik o‘quv kurslarida o'qib, sertifikat olishi belgilandi.

Menejerlik o‘quv kurslarida o'qish istagida bo'lgan nomzodlar uchun ro'yxatdan o'tish ertadan, 16-yanvardan boshlanadi.

Buning uchun nomzodlar manager.uzedu.uz platformasidan ro'yxatdan o'tishlari lozim. Ro'yxatga olish jarayoni yakunlangach, joriy yil 1-fevraldan boshlab o'quv kurslariga start beriladi.

Bu haqida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova ishtirokida bo'lib o'tgan brifingda ma'lum qilindi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'z bilimiga ishongan o'qituvchilar ko'p, afsuski ular maktabda ishlamasligi sabab attestatsiyada ishtirok etolmaydi

Biroz avval repetitorlik o'quv markaziga asos solgan, o'z sohasining haqiqiy mutaxassisi bo'lgan bir o'qituvchi aloqaga chiqib, malaka toifa olmoqchi ekanligi, toifa olgach esa maktabda dars berishni istayotgani haqida aytdi.

Men esa unga hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko’ra pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etishi uchun albatta, taʼlim tashkilotida asosiy yoki oʻrindoshlik (soatbay) asosida faoliyat olib borayotgan boʻlishi shart ekanligini aytdim.

Juda afsuslandi. Toifaga ega bo'lmay turib maktabda ishlash niyati yo'qligi, repetitorlik ish faoliyati mobaynida oliy toifani qo'lga kiritib, yaxshi oylik uchun sharoitni hozirlab qo'yib, keyin maktabga ishga kirmoqchiligini aytdi. Bunday talabgorlar juda ko'p aslida.

Haqiqatdan ham juda g'alati norma bu. Nima uchun malaka toifa olish erkin emas? Nima maqsad qilingan o'zi?

Xo'p, maktabda ishlamaydigan o'qituvchi toifa olsa nima qilibdi? Test sinovi harajatini to'lab qo'ysa, marhamat qilib ularga ham yo'l ochib bersak bo'lmaydimi?

Baribir hammasi doimgidek shunchaki test bo'lsa, na ijodiy, na nazariy, na amaliy malaka sinovlari hujjatda bo'lgani bilan amalda mavjud bo'lmasa nimani qizg'onyapmiz ulardan hayronman.

Juda g'alati norma rostdan ham. Bizga raqobatli mehnat bozori kerakmi, kerak, malakali kadrlar kerakmi kerak, toifaga ega bo'lgan o'qituvchilar sonini ko'paytirish kerakmi, kerak. Unda nimaga sun'iy to'siq kerak?

Hozir siz Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi faqat o'zining tizimidagi kadrlarga javob beradi, ular istalgan fuqaroni testdan o'tkazib beradigan tashkilot emas deyotgan bo'lishingiz mumkin.

Lekin maktabda ishlamaydigan pedagoglar attestatsiyada ishtirok etib, toifa olsa va maktabda ishlash istagini bildirsa yomonmi? Bu ta'lim sifatining ortishiga oz bo'lsa ham hissa qo'shadiku..

Shuning uchun ham bizga Ta'lim inspeksiyasi kabi mustaqil, alohida tashkilot kerak edi. Uni tugatib, vazifalari vazirlik bilan takrorlanadigan mutlaqo boshqa tashkilotga asos soldik. Aslida Ta'lim inspeksiyasini saqlab qolib, malaka toifa berishni biroz erkinroq qilganimiz to'g'riroq bo'lardi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Bilasizmi

Maktablarda ishlayotgan o'qituvchilarning necha nafari malaka toifasiga ega?


Hozirgi kunda respublika bo'yicha umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida 525 ming 737 nafar pedagoglar faoliyat yuritib kelmoqda. Ulardan 282 ming 424 nafari malaka toifasiga ega bo'lgan o'qituvchilarni tashkil qiladi.

Bunda:

🟢Oliy toifaga ega bo'lgan o'qituvchilar — 53 ming 914 nafarni;

🔵I toifaga ega bo'lgan o'qituvchilar — 101 ming 751 nafarni;

🔵II toifaga ega bo'lgan o'qituvchilar — 126 ming 759 nafarni;

⚪️Mutaxassis o'qituvchilar — 177 ming 122 nafarni;

🔴O‘rta maxsus ma’lumotli o'qituvchilar — 66 ming 191 nafarni tashkil etadi.

Shunda umumiy o'qituvchilar sonining 10,25 foizi oliy toifali, 19,35 foizi I toifali, 24,11 foizi II toifali, 33,69 foizi mutaxassis, 12,59 foizini esa o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar tashkil etmoqda.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Kimlar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi?


fan nomzodi, falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan pedagog kadrlar;

oliy malaka toifa (bosh o‘qituvchi lavozimi)ga ega bo‘lganidan so‘ng oliy malaka toifani 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan pedagog kadrlar;

pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan pedagog xodimlar;

yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan pedagog xodimlar;

pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan pensiya yoshiga to‘lgan pedagog kadrlar;

pedagogik faoliyat bo‘yicha uch yildan kam bo‘lgan ish stajiga ega pedagog kadrlar;

homilador ayollar, ular homilador bo‘lgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;

homiladorlik va tug‘ish hamda bolani parvarish qilish ta’tillarida bo‘lgan ayollar, ular ta’tilda bo‘lgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;

pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar;

uzoq (uch oydan ortiq vaqt mobaynida) davolanishni o‘tayotgan pedagog kadrlar, ular davolanayotgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin olti oy davomida;

malaka toifasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilgan yoki bir pog‘ona oshirilgan pedagog kadrlarga shu vaqtdan boshlab keyingi besh yil davomida;

respublika va chet el davlatlariga o‘qishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga yuborilgan pedagog kadrlar;

ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlar asosida raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun eng kam miqdordagi ish o‘rinlariga zaxiraga olib ishga joylashtirilgan pedagog kadrlar, bu ish joylariga qabul qilingan kundan boshlab uch yil davomida.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 6-bandi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O‘zbekistonda o‘quvchi va talabalarga o‘quv-uslubiy filmlar yordamida dars o‘tish tizimi joriy etiladi

Hukumat qarori bilan O‘zbekiston davlat ta’lim muassasalarida dars o‘tish uchun foydalaniladigan o‘quv-uslubiy filmlarni ishlab chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, ta’lim muassasalarida dars o‘tish uchun foydalaniladigan o‘quv-uslubiy filmlar mavzulari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Har yili 30-yanvargacha filmlarning tasdiqlangan mavzulari ro‘yxati Kinematografiya agentligiga taqdim etiladi. Shunga ko‘ra, agentlik tomonidan har yili 50 tagacha film ishlab chiqariladi.

Bunda filmlarning mavzulari o‘quvchi va talabalar o‘zlashtirishi murakkab bo‘lgan fanlar, ularning asoslari, mavzulari (formula, teorema, qonuniyatlari) asosida shakllantiriladi.

Filmlarni joylashtirish uchun 2024-yil 1-aprelgacha o‘quv-uslubiy filmlar portali va mobil ilovasi yaratiladi.

Manba

👉https://t.me/xalqtaliminfo
⚡️Vazir jamg‘armasi hisobidan joriy yilda ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning umumiy kvotasi 1250 ta etib belgilandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 8-yanvardagi tegishli buyrug‘i bilan Vazir jamg‘armasi hisobidan ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning respublika bo‘yicha cheklangan soni va 1-bosqich test sinovlari orqali saralash bo‘yicha reglament tasdiqlandi.

❗️Unga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan Respublika bo‘yicha 2024-yilda har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning cheklangan soni 1 250 nafar etib belgilandi. Bunda:

1 150 ta kvota yoki umumiy kvotaning 92 foizi — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan malakali pedagog kadrlarga;

100 ta kvota yoki umumiy kvotaning 8 foizi — Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar pedagog kadrlariga ajratildi.

👉@xalqtaliminfo
Afsuski vazir jamg'armasidan ustama to'lanadigan pedagoglar kvotasi o'tgan yilga nisbatan ikki barobar kam ajratilibdi

O'tgan o'quv yilida vazir jamg'armasi hisobidan ustama oladigan pedagoglar uchun yillik kvota 2000 nafar etib belgilangandi.

Bu yilgi kvota esa 1 250 nafarni tashkil qilyapti. Bu esa o'tgan yilgiga nisbatan deyarli ikki barobar kamroq pedagog vazir ustamasiga da'vogarlik qiladi degani.

Albatta, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ham 2024-yil uchun Davlat byudjetdan ajratilgan mablag'ga qarab kvotani belgilaydi. Ya'ni, kvotani ko'proq belgilab qo'yish birgina vazirlikning qo'lida emas.

Bu yil vazir jamg'armasi uchun Davlat byudjetdan 100 mlrd so'm ajratilgandi. Adashmayotgan bo'lsam, o'tgan yili bundan ko'proq summa ajratilgandi. Shu sababli bu kvotalarga ta'sir qilgan bo'lsa kerak.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Eslatma

1-sinf o‘quvchilari uchun qo‘shimcha bir haftalik ta’til beriladi


Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida"gi Nizomning 26-bandiga ko'ra 1-sinf o‘quvchilari uchun fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til berilishi belgilangan.

Ta'til fevral oyining aynan qaysi kunlariga to‘g‘ri kelishi hududiy maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi va hududiy bo'linmalari tomonidan yoki har bir maktab pedagogik kengashi tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.

Ma'lumot uchun: Ayni vaqtda ko'plab hududiy maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmalari tomonidan 1-sinflar uchun 5-10 fevral kunlari qo'shimcha ta'til kunlari etib belgilanmoqda.

👉https://t.me/xalqtaliminfo