Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
63K subscribers
1.13K photos
391 videos
507 files
4.23K links
Ambassador of @profiuniversity

www.xalqtaliminfo.uz sayti rasmiy kanali.

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: http://myurls.co/xalqtaliminfo

Savol yuborish vaqtincha cheklangan.

Reklama: @XalqinfoREK

Guvohnoma: №146004
Download Telegram
Bugundan boshlab maktab va bog‘chalarga xizmat ko‘rsatuvchi buxgalterlarning oylik maoshlari oshiriladi

2024-yil 1-yanvardan boshlab ta’lim muassasalariga xizmat ko‘rsatuvchi markazlashtirilgan moliya-buxgalteiya xodimlarining bazaviy tarif stavka miqdorlari 1.5 baravarga oshirilishi belgilangan.

Bu haqda “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmonida (PF–79-son, 26.05.2023 y.) nazarda tutilgan.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Vazir Xilola Umarova faoliyatiga bir yil to'ldi

O'tgan yili 30-dekabrda Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori Umarova Xilola Uktamovna Xalq ta’limi vaziri lavozimiga tayinlangandi. Ya'ni, 2023-yilni yangi vazir bilan boshlagan edik.

Xo'sh, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Xilola Umarovaning bir yillik faoliyati davomida ta'limda qanday o'zgarishlar bo'ldi?

Xilola Umarova vazir lavozimiga tayinlanganidan so'ng 5 oy vaqt o'tgach, ta’limni isloh qilish bo‘yicha Prezidentga taqdimot qildi;

2022-2023-o‘quv yilidan boshlab maktab bitiruvchilarining shahodatnomalari elektron shaklda beriladigan bo'ldi;

2023-yil fevral oyidan boshlab o'qituvchilar murojaatlari bilan to'g'ridan-to'g'ri ishlaydigan (vazir.uzedu.uz) vazir platformasi ishga tushdi;

1-sinf o‘quvchilari uchun “Informatika va axborot texnologiyalari” fani joriy etildi;

Maktab direktorlarini lavozimiga tayinlash vazirlikka to'g'ridan-to'g'ri hisobdor bo'lgan “Direktorlar kengashi" tavsiyasiga asosan ochiq tanlov asosida amalga oshirilishi belgilandi;

Maktab direktoriga o‘z o‘rinbosarlarini ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish huquqi berildi;

Maktab direktori lavozimida ishlamoqchi bo'lgan talabgorlarga menejerlik o‘quv kurslarida o‘qish hamda menejerlik sertifikatini olish talabi qo'yildi;

Menejerlik sertifikatini olgan rahbar xodimlarga qo'shimcha ustama to'lab beriladigan bo'ldi;

Maktablarning ma’naviyat va ma’rifat markaziga hisobot topshirish tartibi bekor qilindi;

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlashda tuman (shahar) ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tavsiya berish amaliyoti bekor qilindi;

Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini ishga qabul qilishda sport sohasidagi vakolatli davlat organining hududiy bo‘limlari hamda sport maktablari metodistlari tomonidan yo‘llanma berish tartibi ham bekor bo'ldi;

Hududiy maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining maktablar faoliyatini tekshirish va ta’lim sifatini baholash vakolatlari tugatildi;

Pedagogik kasblarga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma’lumotli talabgorlar stajor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritishi belgilandi;

Maktabga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan o‘qituvchilarni kasbiy sertifikatlash joriy etildi;

Xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini olgan pedagog kadrlarga tarif stavkasining amaldagi miqdorlariga nisbatan 70 foiz miqdorda qo‘shimcha haq to‘lanishi belgilandi;

Summativ baholash tizimi bosqichma-bosqich barcha maktablarda amalga oshirilishi belgilandi;

O‘quvchilarni 2 ta xorijiy til va bitta kasb-hunarga o‘rgatish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi;

Xorijiy tillarni o'qitishni yanada takomillashtirish maqsadida maktablarga chet eldan "Til egalari" bo‘lgan mutaxassislar jalb qilindi;

Pedagoglarga malaka toifa berishning yangi tartibi joriy qilindi;

O‘qituvchilar malakasini tabaqalashtirilgan holda oshirish tizimini joriy etildi;

PISA 2022 natijalari asosida "Yo‘l xaritalari" tayyorlanishi belgilandi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
"Eng yaxshi bezatilgan ta'lim muassasasi" tanlovida faol ishtirok etgan yana bir ta'lim muassasasi

Kecha, soat 23:59 da Yangi yil bayrami munosabati bilan o'tkazilgan "Eng yaxshi bezatilgan ta'lim muassasasi" tanlovi g'olibini aniqlagandik.

Ushbu tanlovda Toshkent viloyati Angren shahar 41-umumiy o'rta taʼlim maktabi jamoasi ham faol ishtirok etdi. Maktab jamoa a'zolari @pedagog_jamoa_bot'dan ro'yxatdan o'tib, tanlovning barcha shartlariga javob bergan holda ta'lim muassasasi suratini yuborib, surat ostida bir-biridan ajoyib bayram tabrigini yozib qoldirishdi.

Ammo ushbu tanlovda faqat bitta 1-o'rin uchun joy ajratilgandi. Afsuski, va'da qilingan 1,000,000 so'mlik pul mukofoti ham faqat birgina maktab jamoasi uchun edi.

Aslida tanlovda ishtirok etgan juda ko'plab maktablar birinchi o'ringa loyiq deb o'ylaymiz. Lekin na iloj, random dasturi faqatgina bitta ta'lim muassasasini tasodifiy tanlab beradi.

G'olibni aniqlash jarayonida esa @pedagog_jamoa_bot'dan ro'yxatdan o'tgan ishtirokchilar telefon raqami ham tasodifiy aniqlandi. Muammolar yuzaga kelgan vaqtda esa yana qayta g'olibni aniqlashga harakat qilindi.

Biz bu kabi tanlovlarni umuman o'tkazmasligimiz ham mumkin edi. Lekin oz bo'lsada, ayrim maktablarni Yangi yil bayrami munosabati bilan rag'batlantirib qo'yishga qaror qildik. Hali bunday tanlovlarimiz davom etadi.

Nasib qilsa, navbatdagi loyihamiz doimiy tarzda o'tkazib boriladi. Kerak bo'lsa, har oyda pedagoglarimizni moddiy va ma'naviy rag'batlantirib boramiz. Bizni kuzatishda davom eting.

👉@xalqtaliminfo
O‘quvchilarning yaxshi ta’lim olishida ota-onalarning roli qanchalik muhim deb o‘ylaysiz?

Ko‘plab ota-onalar farzandining yaxshi ta’lim olmasligida o‘qituvchilarni ayblaydi. Lekin O‘zbekistonda atigi 5 % otalar farzandlarining ta’lim jarayonlarida ishtirok etishi haqida bilarmidingiz?

Doimgidek, ota-onalar farzandining qanday ta’lim olayotgani bilan qiziqishi yoki bolalarining ta'limi uchun qancha sarmoya kiritayotgani haqida deyarli gapirmaydi.

Tan olamizmi yoki yo‘qmi, yomon maktab, yomon o‘qituvchi, yomon sharoit ota-onalarning eng zo‘r bahonalaridan biri bo'lib qolgan.

Endi ota-onalarning bunday bahonalar topa olmasligi uchun yaxshi loyiha ham bor, bu — Oliy maktab akademiyasi.

Ya’ni bu shunday loyihaki, unda ota-onalar barcha farzandlarining (6 yoshdan boshlab) sifatli va ishonchli ta’lim olishi uchun imkoniyat yaratib bera olishlari mumkin.

Chunki, Oliy maktab akademiyasi takomillashgan videodarslar to‘plamini ishlab chiqqan bo‘lib, bu to‘plamni xarid qilgan ota-onalar undan butun umr foydalanishi mumkin.

Ya’ni bu uyingizda farzandingiz uchun xususiy maktab ochishdek gap.

Yaxshi maktab, eng salohiyatli o‘qituvchilar va eng asosiysi sifatli ta’limni o‘zida mujassam qilgan Oliy maktab akademiyasi imkoniyatlaridan barcha ota-onalar foydalanishlari kerak deb o‘ylaymiz.

Oliy maktab akademiyasi orqali o'quvchilar maktabdagi darslardan tashqari hech qanday repetitorga bormay turib ham fanlarni mukammal tarzda o'zlashtirishi mumkin.

Eng muhimi bu loyihadan butunlay internetsiz foydalanish mumkin.

Ota-onalar farzandining yaxshi ta’lim olmasligidan shikoyat qilyaptimi unda ularga Oliy maktab akademiyasini tavsiya qilib ko‘ring. Qani shunda ham ular nimadir bahona topa olarmikan?

Ha aytgancha, o'tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra bolalari bilan doimiy muloqotda bo‘ladigan ota-onalarning farzandlari hayotdan qoniqish hissini ko'proq tuyar ekan.

Unutmang, "Oila — birinchi va eng ishonchli maktab"

↪️ Batafsil ma'lumot

👤 Bog'lanish: @hozir_boglaningBot

👉@xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sõragan_edingiz

O'qituvchilar qishki ta'til vaqtida ishlamay to'liq oylik oladimi?


Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda pedagog xodimlar o'quvchilarga berilgan qishki ta'til vaqtida ishlamasligi, ularning ish haqi esa to'liq saqlanishi haqida xabarlar tarqatilmoqda.

Ushbu xabarlar asossiz bo'lib, Mehnat kodeksining 181-moddasiga ko‘ra xodim ichki mehnat tartib qoidalariga, smenalarga bo‘linib ishlash (ish) jadvallariga, boshqa ichki hujjatlarga yoki mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq mehnat majburiyatlarini qaysi vaqt mobaynida bajarishi kerak bo‘lsa, o‘sha vaqt ish vaqti hisoblanadi.

Mehnat kodeksining 200-moddasiga ko‘ra ish beruvchi xodimlarning ishga kelishi va ishdan ketishi hisobga olinishini tashkil etishi shart. Pedagog xodimlarning ish vaqti ular tomonidan bajarilgan pedagogik yuklamaga muvofiq hisoblab chiqariladi.

Amaldagi qonunchilikka ko'ra maktabda darslar bo‘lmagan vaqtlarda o'qituvchilar pedagogik yuklamasida belgilab berilgan ishlarni amalga oshiradi yoki maktab ma’muriyati tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, maktablarda dars bo‘lmagan payt, ya’ni ta’til vaqti o‘qituvchilar ish joyiga kelmaslikka haqli emas.

Eslatib o'tamiz, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan qishki ta'til mobaynida ta'lim muassasalarida qanday ishlar olib borilishi bo'yicha alohida ko'rsatma ham berilgan.

👉@xalqtaliminfo
2024-yil 1-yanvardan boshlab ta’lim muassasalari uchun “New Education” tarif rejasi joriy etilishi belgilangan

Prezidentning 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoni 6-ilovasining 26-bandiga ko'ra 2024-yil 1-yanvardan boshlab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim tashkilotlarida “New Education” tarif rejasi joriy etilishi belgilangan.

Unga ko'ra ta’lim muassasalaridagi bolalar sonidan kelib chiqib, “New Education” tarif rejasi internet tezligi hajmlari belgilanadi.

Shuningdek, ta’lim muassasalarida 400 nafargacha o‘quvchisi bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida Internet tezligi kamida 40 Mbit/s, o‘quvchilar soni 400 nafardan ko‘p bo‘lganlarda — kamida 100 Mbit/s bo‘lishi ta’minlanishi kerak.

“New Education” tarif rejasining har bir tezlikdagi paketi uchun har oylik abonent to‘lovi miqdorlarini belgilash va bunda ta’lim tashkilotlari tomonidan internet xizmatlaridan tungi vaqtda foydalanilmasligi inobatga olinadi.

Prezident Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi ham ishlab chiqilgandi.

Mazkur Farmon ijrosi 2024-yil yanvar oyi holatiga ko'ra qay darajada ta'minlanganligini pedagoglarimiz amaliyotda sinab ko'rib bilib olishlari mumkin bo'ladi.

Ha aytgancha, yuqorida sanab o'tilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash sobiq Xalq ta'limi vaziri (hozirda Raqamli texnologiyalar vaziri) Sherzod Shermatov zimmasiga yuklatilgan.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Eslatma

Ertadan, ya’ni 3-yanvardan boshlab barcha pedagog xodimlar uchun 2024-yilning birinchi ish kuni hisoblanadi


Yangi yil bayrami munosabati bilan barcha xodimlarga ketma-ket 4 kunlik dam olish kuni berildi. Ertadan, ya’ni 3-yanvardan boshlab barcha pedagog xodimlar uchun 2024-yilning birinchi ish kuni hisoblanadi.

Maktablarda dars bo‘lmagan vaqt ya’ni, o‘quvchilar uchun berilgan qishki ta’til payti barcha pedagog xodimlarga ish kuni sanaladi.

Bu paytda o'qituvchilar pedagogik yuklamasida belgilab berilgan ishlarni amalga oshiradi yoki maktab ma’muriyati tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.

O'quvchilar uchun ta’til 2024-yil 10-yanvargacha davom etadi. III chorak darslari 2024-yil 11-yanvardan boshlanadi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Bugundan matematika, fizika, kimyo, biologiya va ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalarga start berildi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Fan olimpiadalarini o'tkazish va iqtidorli o'quvchilarni saralash boshqarmasi 3–10-yanvar kunlari matematika, fizika, kimyo, biologiya va ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalar bo'lib o'tishini ma'lum qildi.

Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul bo'lib, o'quvchilar kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

↪️ olympiad.uzedu.uz

👉@xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sõragan_edingiz

Onlayn olimpiadalarda o'quvchilar aynan qaysi fandan va qaysi vaqtda ishtirok etishlari mumkin?


Xabaringiz bor 3–10-yanvar kunlari matematika, fizika, kimyo, biologiya va ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalar bo'lib o'tishi reja qilingan.

Demak, onlayn olimpiadalar taqvimi bilan tanishtiramiz:

4️⃣-sinf o'quvchilari uchun

Bugun, 3-yanvar kuni soat 10:00 dan 19:00 ga qadar matematika va ingliz tili fanidan.

5️⃣-sinf o'quvchilari uchun

4-yanvar kuni soat 10:00 dan 19:00 ga qadar matematika va ingliz tili fanidan.

6️⃣-sin o'quvchilari uchun

5-yanvar kuni soat 10:00 dan 19:00 ga qadar matematika va ingliz tili fanidan.

7️⃣-sinf o'quvchilari uchun

3-yanvar kuni soat 10:00 dan 19:00 ga qadar fizika va biologiya fanidan;

6-yanvar kuni soat 10:00 dan 19:00 ga qadar matematika va ingliz tili fanidan.

8️⃣-sinf o'quvchilari uchun

4-yanvar kuni soat 10:00 dan 19:00 ga qadar fizika va biologiya fanidan;

7-yanvar kuni soat 10:00 dan 19:00 ga qadar matematika, kimyo va ingliz tili fanidan.

9️⃣-sinf o'quvchilari uchun

5-yanvar kuni soat 10:00 dan 19:00 ga qadar fizika va biologiya fanidan;

8-yanvar kuni soat 10:00 dan 19:00 ga qadar matematika, kimyo va ingliz tili fanidan.

🔟-sinf o'quvchilari uchun

6-yanvar kuni soat 10:00 dan 19:00 ga qadar fizika va biologiya fanidan;

9-yanvar kuni soat 10:00 dan 19:00 ga qadar matematika, kimyo va ingliz tili fanidan.

1️⃣1️⃣-sinf o'quvchilari uchun

10-yanvar kuni soat 10:00 dan 19:00 ga qadar matematika, fizika, kimyo, biologiya va ingliz tili fanidan.

Onlayn olimpiadalar olympiad.uzedu.uz saytida o'tkazilib, unda ishtirok etish mutlaqo bepul. Yuqoridagi taqvim bo'yicha o'quvchilar kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishi mumkin.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sõragan_edingiz

O'qituvchilar uchun attestatsiya test sinovlari endi qay tartibda o'tkaziladi?

#Savol
Pedagog kadrlarga malaka toifalari berishning yangi tartibidagi birinchi va ikkinchi bosqichlar qanday o‘tkaziladi va qanday baholanadi?

#Javob
Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun attestatsiyaning birinchi bosqichida – pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasini aniqlash maqsadida 40 ta test topshirig‘i beriladi.

Har bir to‘g‘ri bajarilgan test topshirig‘i 2 ball bilan baholanib, test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi.

Ikkinchi bosqichda – pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda o‘qitish, “amaliy o‘yin”, interfaol ta’lim uslubi va boshqalar) qo‘llash bo‘yicha 10 ta topshiriq beriladi.

Bunda har bir to‘g‘ri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi. Har ikkala bosqich ham bir vaqtda kompyuter dasturlari orqali amalga oshiriladi.

Manba

Tajriba-sinov tarzida o'tkazilgan attestatsiya test sinovlarida o'qituvchilar qanday savollarga duch kelishgani sizga qiziq bo'lsa, unda quyidagi videolavhani tomosha qilib, bilib olishingiz mumkin.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat

O‘qituvchilar attestatsiyadan o‘tayotganda maktabdan taqdim etiladigan 20 ballik ma'lumotnoma berish tartibi bekor qilindi


Ma'lumki, ilgari attestatsiyaga jalb qilinadigan o‘qituvchilar faoliyati birinchi bosqichda ta'lim muassasasining pedagogik (kuzatuv) kengashlari tomonidan o‘rganilib, 20 ballik tizimda baholanib, ularga ma'lumotnoma berilardi.

Bu ma'lumotnoma esa o'qutuvchilarga attestatsiya test natijalaridan tashqari 20 ballgacha yig'ib olish imkonini berardi.

Ikkinchi bosqichda esa o‘qituvchining bilimlari test orqali 80 ballik tizimda baholanib, ikki bosqich yakunlariga ko‘ra to‘planishi mumkin bo‘lgan maksimal ko‘rsatkich 100 ballga teng bo'lardi.

Pedagoglarga malaka toifalari berishning yangi tartibiga ko'ra, endi maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarining pedagoglari uchun ta'lim tashkilotidan 20 ballik ma'lumotnoma berilmaydigan bo'ldi.

Endi pedagog kadrlar uchun attestatsiyaning birinchi bosqichida – pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasini aniqlash maqsadida 40 ta test topshirig‘i beriladi. Har bir to‘g‘ri bajarilgan test topshirig‘i 2 ball bilan baholanib, test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi.

Ikkinchi bosqichda – pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda o‘qitish, “amaliy o‘yin”, interfaol ta’lim uslubi va boshqalar) qo‘llash bo‘yicha 10 ta topshiriq beriladi. Bunda har bir to‘g‘ri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi.

Shunda ikki bosqich yakunlariga ko‘ra to‘planishi mumkin bo‘lgan maksimal ko‘rsatkich 100 ballga teng bo'ladi.

Ma'lumot uchun: Pedagoglar faoliyatini 20 ballik tizimda baholab, ularga ma'lumotnoma berish tartibi faqatgina o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkiloti pedagog kadrlari uchun saqlanib qoldi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yili o‘qituvchilar attestatsiyadan o‘tayotganda maktabdan beriladigan 20 ballik tizimga ishonchsizlik bo‘layotgani, shu sababli bu tartib tez orada bekor qilinishi mumkinligi haqida xabar bergandik.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 5-sinf o’quvchilari uchun soat 10:00 dan 19:00 ga qadar matematika va ingliz tili fanidan onlayn olimpiadalar bo'lib o'tadi.

Onlayn olimpiadalar olympiad.uzedu.uz saytida o'tkazilib, unda ishtirok etish mutlaqo bepul.

👉@xalqtaliminfo
#Sõragan_edingiz

O'quvchilar onlayn olimpiadada qatnashish uchun qanday qilib ro'yxatdan o'tishi kerak?

Xabaringiz bor 3–10-yanvar kunlari matematika, fizika, kimyo, biologiya va ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalar bo'lib o'tishi reja qilingan. Ayni vaqtda juda ko'pchilik onlayn olimpiadada ishtirok etish uchun qanday qilib ro'yxatdan o'tish kerakli haqida so'ramoqda.

Xo'sh, onlayn olimpiadada ishtirok etish uchun qanday qilib ro'yxatdan o'tish kerak?

Buning uchun o'quvchi oo.uzedu.uz saytiga kirishi lozim. Shundan so'ng, login va parol kiritish so'raladi. Agar o'quvchi avval ham olimpiadada qatnashgan bo'lsa, eski login va parolni terib bemalol ishtirok etishi mumkin.

O'quvchi login va parolni unutgan bo'lsachi?

Agar o'quvchi faqat parolni o'zini unutgan bo'lsa, unda "Parolni unutdingizmi?" tugmasi orqali parolni qayta tilkab olishlari mumkin.

Agar o'quvchi loginni ham parolni ham unutgan bo'lsa yoki avval olimpiadada ishtirok etmagan bo'lsa, "Ro'yxatdan o'tish" tugmasi orqali ro'yxatdan o'tishi kerak bo'ladi. Shundan so'ng "Ro'yxatdan o'tish" bo'limidagi barcha punktlar to'ldirilib, yangi login va parol kiritiladi.

Endi ro'yxatdan o'tish avvalgidek murakkab emas

Avvallari o'quvchi bitta guvohnoma orqali faqat bir marta ro'yxatdan o'tishi mumkin edi. Agar o'quvchi login va parolni unutib qo'ysa, yana qayta ro'yxatdan o'tishda muammolar yuzaga kelardi.

Endilikda o'quvchilar bitta guvohnoma orqali bir necha marta ro'yxatdan o'tishi mumkin. (Faqat bir necha marta mumkin ekan deb login va parolni unutib qo'yavermaslik ham kerak)

Ro'yxatdan o'tgan o'quvchilarni maktab tomonidan tasdiqlash amaliyoti ham bekor qilingan

Ma'lumki, ilgari o'quvchi ro'yxatdan o'tadigan bo'lsa, buni maktab ma'muriyati ham tasdiqlashi kerak bo'lardi. Endi esa ro'yxatdan o'tgan o'quvchilarni maktab tomonidan tasdiqlash amaliyoti bekor qilindi.

Ro'yxatdan o'tishda ko'pchilikni chalg'itayotgan eng muhim narsa

O'quvchilar ro'yxatdan o'tishda bir narsaga e'tibor qaratishlari zarur: Ya'ni, login yozayotganda imkon qadar avval takrorlanmagan login bo'lishi muhim.

Misol uchun, kimdir oldin "diyorbek002" deb ro'yxatdan o'tgan bo'lsa, boshqa bir o'quvchi yana xuddi shu login bilan ro'yxatdan o'tishining imkoni yo'q. Shu sababli, juda ko'pchilik mana shu narsada chalg'ib, men ro'yxatdan o'ta olmayapman deb shikoyat qiladi.

Ya'ni, mabodo qaysidir o'quvchida ham shunday holat kuzatilsa, yana qayta-qayta boshqa nom bilan login yozib ko'rish lozim.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from YURISTKADR
❗️Мактабгача ва мактаб таълими тизимидаги ходимлар учун яхши янгилик.

2030 йил 1 январга қадар мактабгача ва мактаб таълими тизимидаги муассаса ва ташкилотларнинг (вазирлик марказий аппарати ва унинг ҳудудий бўлинмаларидан ташқари) бюджетдан ташқари маблағлари ҳисобидан амалга ошириладиган иш ҳақи ва унга тенглаштирилган тўловларга ижтимоий солиқ ставкаси 1 фоиз миқдорида белгиланади.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2023 йил 29 декабрдаги ПФ-221-сонли фармонининг иловаси 6-банди.

Мазкур Фармон 2023 йил 29 декабрдан кучга кириб бўлган.

Демак, давлат мактаблари ва боғчаларига хизмат кўрсатувчи бухгалтерлар бу янгиликдан ҳозироқ хабардор бўлишлари керак. Уларга юбориб қўямиз.

👉@yuristkadr
Maktablarga 1 foizlik ijtimoiy soliq stavkasi belgilanganligining qanday foydasi bor?

Ko'pchilik maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi muassasalarning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga ijtimoiy soliq stavkasi 2030-yil 1-yanvarga qadar 1 foiz miqdorida belgilanishi haqidagi xabarga unchalik tushunmabdi. Hozir buni imkon boricha soddaroq qilib tushuntirib berishga harakat qilaman.

Ilgari maktabgacha va maktab ta'limi tizimidagi muassasa va tashkilotlarning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 25 foiz etib belgilangandi. Endi ana shu 25 foizlik ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorni tashkil etmoqda.

Yanada saddaroq qilib aytadigan bo'lsak, misol uchun, 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi tomonidan 2021-yil mobaynida byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan jami 1 mlrd so‘m xodimlariga qo‘shimcha ish haqi, ustama va mukofotlarga yo‘naltirgan deylik.

Shunda 250 mln so‘m ijtimoiy soliq to‘lovlarini tashkil etadi. Endilikda, 1 mlrd so‘m xodimlarni qo‘shimcha rag‘batlantirishga yo‘naltiradigan taqdirda maktab ixtiyorida 240 mln so‘m mablag‘ tejab qolinib, atigi 10 mln so‘m ijtimoiy soliq uchun to‘lanadi.

Tejab qolingan ushbu summalarga esa maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi xodimlarni yana qo'shimcha rag'batlantirsa bo'ladi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Bugun 6-sinf o’quvchilari uchun matematika va ingliz tili fanidan;

9-sinf o'quvchilari uchun
fizika va biologiya fanidan onlayn olimpiadalar bo'lib o'tadi.

Olimpiada jarayonlari soat 10:00 dan 19:00 ga qadar davom etadi. Unda ishtirok etmoqchi bo'lgan o'quvchilar oo.uzedu.uz saytiga kirishi mumkin.

Onlayn olimpiadada qatnashish uchun qanday qilib ro'yxatdan o'tish bo'yicha mana bu yerda to'liq tushuntirish berilgan.

👉@xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yo'riqnoma.pdf
1.3 MB
Onlayn olimpiadada ishtirok etish uchun maxsus qo'llanma

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Fan olimpiadalarini o'tkazish va iqtidorli o'quvchilarni saralash boshqarmasi tomonidan onlayn olimpiadalar tizimidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqildi.

O'quvchilar ushbu yo'riqnomadan foydalangan holda onlayn olimpiadalarda ishtirok etishlari mumkin.

👉@xalqtaliminfo
#Sõragan_edingiz

Qaysi toifadagi fan o'qituvchilariga 70 foizlik ustama beriladi va bu qachondan boshlab kuchga kiradi?


Pedagog xodimlarga malaka toifasi berishning yangi tartibiga ko'ra xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatiga ega bo'lgan pedagglarga 70 foizlik ustama berish yo'lga qo'yilmoqda.

Pedagoglarga 70 foizlik ustama berish qachondan boshlanadi?

Ushbu tartibni yo'lga qo'yish uchun birinchi navbatda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi 2025-yil 1-yanvarga qadar pedagoglarga malaka toifasi berish tizimini xalqaro e'tirof etilgan vakolatli xorijiy tashkilotlarning akkreditatsiyasidan o'tkazishi kerak.

Shundan keyingina xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini olgan pedagog kadrlarga 2025-yil yanvar oyidan boshlab bazaviy tarif stavkasining 70 foizi miqdorida ustama haq toʻlash boshlanadi.

70 foizlik ustama faqat chet tili fani o'qituvchilariga beriladimi

Yo'q, bunday emas. Katta ehtimol bilan ushbu 70 foizlik ustamalar xalqaro standartlar asosida malaka sertifikati qo'lga kiritgan barcha pedagog xodimlarga beriladi. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 692-son qarori tasdiqlangan ilovada alohida pedagoglar qatlami belgilanmagan. Demak bu barcha pedagoglar uchun tatbiq qilinadi.

Bizningcha, 2025-yil 1-yanvarga qadar xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatiga ega bo'lgan pedagglarga 70 foizlik ustama berish tartibi bo'yicha yana alohida qo'shimcha hujjat imzolanadi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM