Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
63K subscribers
1.13K photos
391 videos
507 files
4.23K links
Ambassador of @profiuniversity

www.xalqtaliminfo.uz sayti rasmiy kanali.

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: http://myurls.co/xalqtaliminfo

Savol yuborish vaqtincha cheklangan.

Reklama: @XalqinfoREK

Guvohnoma: №146004
Download Telegram
#Xushxabar

Yangi yil bayrami munosabati bilan "Eng yaxshi bezatilgan ta'lim muassasasi" onlayn tanlovi o'tkaziladi — YUTUQ 1,000,000 SO'M


Ayni damda respublikamizdagi barcha ta'lim muassasalari Yangi yil bayrami munosabati bilan bezatilgan bo'lsa kerak.

Xalq ta'limi Info tahririyati eng namunali bezatilgan ta'lim muassasasi jamoasini Yangi yil bayrami munosabati bilan rag'batlantirishga qaror qildi.

Ushbu tanlovda umumiy o'rta ta'lim maktablari va maktabgacha ta'lim muassasalari o'z jamoalari bilan birgalikda ishtirok etishi mumkin.

Tanlov shartlari juda ham oddiy. Buning uchun ta'lim muassasasining har bir xodimi @pedagog_jamoa_bot'dan ro'yxatdan o'tib, ta'lim muassasasi hovlisi, binosi, yo'laklar yoki sinf xonalari suratini yuborib, surat ostida bayram tabrigi yozib qoldirishi lozim.

Go'libni aniqlash uchun bizga yetib kelgan eng yaxshi surat va bayram tabriklari saralab chiqiladi. Shundan so'ng eng namunali surat va bayram tabriklari yuborgan ta'lim muassasasi ijodiy ishlari orasidan eng munosiblari ajratib olinadi. Shundan so'ng ular orasidan 1-o'rin uchun nomzod random dasturi orqali aniqlab olinadi.

Yangi yil bayrami munosabati bilan o‘tkazilayotgan "Eng yaxshi bezatilgan ta'lim muassasasi" tanlovida ikkita 1-o‘rin belgilanib, bitta umumtalim muassasasi, bitta maktabgacha ta'lim muassasasi mutlaq g'olib deb topiladi.

💰Tanlovda birinchi o'rinni qo'lga kiritgan ta'lim muassasalari 1,000,000 SO'M pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

❗️Unutmang, tanlovda ta'lim muassasasining barcha xodimlari ishtirok etishi g'olib bo'lish imkoniyatini yanada oshiradi.

Eslatib o‘tamiz: Tanlov 31-dekabr, soat 22:00 ga qadar davom etadi. Tanlov g'oliblari Yangi yil bayrami kuni soat 23:59 da e'lon qilinadi.

👉Tanlov haqida batafsil

👨🏻‍💻 Ro'yxatdan o'tish:
👉@pedagog_jamoa_bot
👉@pedagog_jamoa_bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sõragan_edingiz

Informatika fani o‘qituvchisi maktab o‘quvchilarga "Coursera" sertifikatini olib bermasa ishdan bo‘shatiladimi?

#Savol
Hududiy maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimi maktabdagi 7-11 sinf o‘quvchilarining barchasiga 100 foiz "Coursera" sertifikatini olib berishimizni talab qilyapti.

Agar maktabda sertifikat olib berilmagan birorta o‘quvchi qolib ketsa, oliygohlarda o‘qiyotgan talabalarni bizning o‘rnimizga ishga olish to‘g‘risida maktab direktoriga topshiriq berilar ekan. Ularning xatti-harakati qonuniymi?

#Javob
Hududiy maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan berilgan ushbu topshiriq mutlaqo asossiz. Chunki o‘qituvchining lavozim majburiyatlarida bunday qoidalar qayd etilmagan.

"Coursera" o‘quv kursi haqida o‘quvchilarga targ‘ibot ishlari olib borilishi mumkindir, ammo ularga informatika fani o‘qituvchisi tomonidan "Coursera" sertifikatini olib berish topshirig‘ining berilishi shaffoflik tamoyilini buzadi.

Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimining ushbu xatti-harakati pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilish deb baholanishi mumkin.

Bu esa Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 51-moddasi 2-qismiga asosan ma’muriy jarima qo‘llanishiga sabab bo‘ladi. Ushbu jarima miqdori hozirgi kunda 34 million so‘mdan 51 million so‘mgacha etib belgilangan.

Shuni ham alohida qayd etib o‘tish joizki, uchinchi shaxslar aralashuvi orqali xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga urinish mehnat qonunchiligi normalariga ham zid hisoblanadi. Buning uchun ham qonunchilikda alohida javobgarlik belgilangan.

Agar informatika fani o‘qituvchilariga shu kabi topshiriqlar berilsa, asoslantiruvchi hujjatlarni taqdim etgan holda hududiy bandlik bo‘limlariga murojaat qilishlari so‘raladi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Bilasizmi

O‘qituvchi tomonidan olingan sertifikat soxta ekanligi aniqlansa, qonunchilikda qanday javobgarlik bor?


Ma’lumki, o‘qituvchilarni qo‘shimcha rag‘batlantirish maqsadida umumta’lim fanlari bo'yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga har oylik qo‘shimcha ustama to‘lash tizimi joriy qilingan.

Ayrim hollarda "uddaburon" shaxslar tomonidan mazkur sertifikatlarni soxtalashtirib, o‘qituvchilarga ma’lum bir mablag‘ evaziga pullash holatlari ham kuzatilishi mumkin. Ammo, bunday harakat uchun qonunchilikda javobgarlik belgilangan.

Shuni unutmaslik lozimki, o‘qituvchilar tomonidan taqdim etilgan sertifikatlarning haqqoniyligiga sertifikat egasi shaxsan mas’ul hisoblanadi.

Agar qalbaki sertifikatlar aniqlanadigan bo‘lsa, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasiga asosan sudga murojaat qilishi va aybi isbotlangan holatda eng kamida ushbu xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilishi mumkin.

❗️Muhim eslatma: Jinoyat kodeksining 228-moddasiga ko‘ra, hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish — 17 mln so'mdan 34 mln so‘mgacha jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Hujjatning qalbaki ekanligini bila turib, undan foydalanish — 8 mln 500 ming so‘mdan 17 mln so‘mgacha jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Profi University o'z talabalariga katta imkoniyatlar paketini tayyorlamoqda

Profi University talabasi bo'lganlarga juda ko'p imtiyozlar berib kelinadi. Bepul yotoqxona, bog‘cha uchun maxsus chegirmalar, xorijda o‘qish va amaliyot o’tash imkoniyati, davlat grantlari va stipendiyalar shular jumlasidan.

Ayni vaqtda Profi University talabalari Turkiyada malaka oshirishlari uchun Turkiyaning bir nechta oliygohlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatmoqda. (1, 2, 3)

Ha aytgancha, Profi University talaba va bitiruvchilarini nafaqat ish bilan ta'minlash balki, ularning shaxsiy rivojlanishi uchun ham qayg'uradi. Shu sabali, universitetda "Karyera xizmati" faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan.

Yuqorida sanab o‘tilgan imtiyozlar barcha talabalar uchun tegishli bo‘lib, sirtqi, kechki yoki kunduzgi taʼlim yo‘nalishida o‘qishining ahamiyati yo‘q, eng muhimi siz Profi University talabasi bo‘lsangiz yetarli.

↪️Batafsil ma'lumotlar

👉@xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'qituvchilar ish tajribasini ommalashtirish jarayoni to'xtatilganmi?

Ma’lumki, 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab o‘qituvchilarining ilg‘or tajribasi va faoliyati davomida qo‘llab kelayotgan zamonaviy metodikalarini ommalashtirish, uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatishning yangi tizimi joriy qilindi.

Ya’ni, o‘qituvchilar ommalashtirish.uz platformasi orqali Respublika miqyosida ishlarini ommalashtirishi va rasman tan olingan sertifikatni qo‘lga kiritishlari mumkin bo‘ldi.

Pedagog xodimlar esa ommalashtirish.uz platformasi ancha vaqtdan buyon ishlamayotgani haqida xabar bermoqda. Holatni bilish uchun platformadan ro‘yxatdan o‘tishga urinib ko'rdik, ammo platformada haqiqatdan ham muammolar bor.

Ommalashtirish tartibining amalda ishlamayotgani esa pedagog xodimlarning ustama olishiga bo‘lgan harakatlari uchun sun’iy to‘siqlar qo'ymoqda.

Chunki, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomiga ko'ra pedagog xodimlarga ustama belgilashda o‘qituvchi ish tajribasining ommalashtirilganligi uchun maksimal 15 ball berilishi nazarda tutilgan.

Tez orada yuqoridagi muammoli savollarga batafsil javob olish uchun Respublika ta’lim markazi bilan bog‘lanib vaziyatga oydinlik kiritishga harakat qilamiz.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Ayrim toifadagi o'quvchi va tarbiyalanuvchilarga smart soat, darts magnit taxtasi, planshet, 17 turdagi shirinliklar hamda 2 nomdagi kanselyariya mahsulotlari “Prezident sovg‘asi” sifatida yuborildi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining xabar berishicha, Yangi yil bayrami munosabati bilan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan bolalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun hududlarga “Prezident sovg‘asi” yuborildi.

Umumiy hisobda 11 000 dona tayyorlangan “Prezident sovg‘asi” tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bolalarga yo‘llangan Yangi yil bayrami tabrigi, 17 turdagi shirinliklar, 2 nomdagi kanselyariya mahsulotlari, smart soat, darts magnit taxtasi va boshqa sovg‘alar kiritilgan.

Shuningdek, 12 yoshdan katta 1600 nafar tarbiyalanuvchilar sovg‘alari tarkibiga planshetlar ham kiritilgan.

❗️“Prezident sovg‘asi” hududiy hokimliklar ishtirokida joriy yilning 29-30-dekabr kunlari tantanali tarzda topshiriladi.

👉@xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️2024-yil 1-sentabrdan boshlab menejerlik sertifikatini olgan rahbar xodimlarga qo'shimcha ustama to'lab beriladigan bo'ldi

2024-yil 1-sentabrdan boshlab — menejerlik sertifikatiga ega umumiy o‘rta ta’lim muassasalari rahbar xodimlariga 5 yil muddat davomida lavozim maoshiga har oylik qo‘shimcha ustamalar quyidagi miqdorlarda to‘lanadigan bo'ldi:

maktab direktorlariga – 50 foiz;

direktor o‘rinbosarlariga – 30 foiz.

Rahbar xodimlar mazkur ustamani olish uchun 2024-yil 1-yanvardan boshlab Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida joriy qilinayotgan menejerlik o‘quv kurslarida o‘qishi hamda menejerlik sertifikatini olishi kerak bo'ladi.

Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorida nazarda tutilgan.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Menejerlik sertifikatini olgan direktorlar 3 yil mobaynida malaka oshirishga jalb qilinmaydi

Bugun Vazirlar Mahkamasi tomonidan maktab direktorlariga menejerlik sertifikatini berish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi.

Mazkur nizom talabi bo'yicha endi maktab direktorlari har 5 yilda Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida joriy qilinayotgan menejerlik o‘quv kurslarida o'qib, sertifikat olishi kerak bo'ladi.

Ushbu sertifikatning amal qilish muddati 5 yil bo'lib, uni olgan maktab direktorlari 3 yil mobaynida malaka oshirishga jalb qilinmaydi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
❗️Menejerlik sertifikatini ololmagan maktab direktorlari lavozimidan ozod qilinadi

Menejerlik o‘quv kurslarida to‘liq ishtirok etgan hamda kursning o‘quv dasturini to‘la o‘zlashtirgan tinglovchilar o‘quv kursini muvaffaqiyatli tugatgan hisoblanadi va ular yakuniy attestatsiya sinovlariga qo‘yiladi.

Yakuniy sinov natijalari e'lon qilingan kundan boshlab bir hafta mobaynida Institut rektorining buyrug'i asosida nomzodlarga namunadagi menejerlik sertifikati beriladi.

Yakuniy attestatsiya sinovlaridan o‘ta olmagan nomzodlar bir yil ichida yana bir bor yakuniy sinovda ishtirok etishiga yo'l qo'yiladi. Agar shunda ham nomzod yetarli ball to'play olmasa, yana qayta menejerlik o'quv kursida o'qishi kerak bo'ladi.

❗️Yakuniy sinovda ishtirok etayotgan tinglovchi agar maktab direktori bo'lsa va yakuniy sinovda yetarli ball yig'a olmasa ular belgilangan tartibda lavozimidan ozod qilinadi.

👉@xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Menejerlik o‘quv kurslarida o‘qish pullik bo'ladi, lekin...

Maktab direktorligiga nomzodlar uchun Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida joriy qilinayotgan menejerlik o‘quv kurslari pullik bo'lib, o'quv kurslarida bir nafar nozod uchun belgilangan to'lov miqdori tegishli vazirliklar tomonidan har yili 1-dekabrgacha belgilanadi.

Tasdiqlangan o'qitish harajatlari uchun to'lov menejerlik o‘quv kurslarida o'qish istagida bo'lgan nomzodlardan undiriladi.

❗️O'quv kursi barchaga birdek pullik bo'ladimi?

Yo'q, aslo unday emas. Ya'ni, vazirlik tomonidan reja-taqsimotga kiritilgan maktab direktorlarini o'qitish Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan qoplab beriladi.

Direktorlar birinchi marotaba menejerlik sertifikatini olgandan keyin, navbatdagi menejerlik kurslarida o'qish va sertifikatni olishda nomzod sifatida ishtirok etadi.

Bunda 2024-yil 1-yanvarga qadar direktor lavozimida ishlab kelayotganlarni o'qitish Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladi.

❗️Ushbu holatni yanada soddaroq qilib tushuntiramiz

Masalan, 1-sonli maktabda faoliyat yuritib kelayotgan Sobir aka 2021-yildan buyon (bu yerda 2021-yil shartli ravishda qo'llanildi) shu maktabda direktor lavozimida ishlab kelmoqda. Endi yangi tartibga ko'ra Sobir aka ham boshqa direktorlar qatori menejerlik kurslariga jalb qilindi deylik.

Lekin xuddi shu 1-sonli maktabda faoliyat yuritib kelayotgan Jobir aka esa 5-6 yillik ish stajiga ega bo'lgan pedagog va u maktab direktorligiga nomzod bo'lish uchun menejerlik o'quv kurslarida o'qib, sertifikat olmoqchi.

Mana shu vaziyatda Sobir akadan menejerlik o'quv kursida o'qiganligi uchun to'lov undirilmaydi. Jobir aka esa menejerlik kursida o'qishi uchun to'lov qilishi kerak bo'ladi.

Xulosa shuki, 2024-yil 1-yanvarga qadar direktor lavozimida ishlab kelayotganlar uchun ushbu kurslar bepul bo'ladi. Ammo, yangi nomzodlar uchun menejerlik kurslarida o'qish pullik bo'ladi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryo viloyati hokimligi olis hududda ishlayotgan o'qituvchilarning bir martalik boshlang‘ich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik uchun har oylik kompensatsiya pullarini to'lab bermayapti

Joriy yilning 5-dekabr kuni Qashqadaryo viloyati hokimligi olis hududlardagi maktablarda ishlaydigan o'qituvchilarga bir martalik boshlang‘ich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik uchun har oylik kompensatsiyasi pullarini to'lab bermaslikning "yo'lini" topishgani haqida xabar bergandik.

Ammo holatni hech kim o'rganishga harakat ham qilib ko'rmadi. Biz faqat minbardan turib o'qituvchi obro'si, ularga to'lanayotgan ustamalar haqida gapirishni bilamiz.

Lekin ular qandaydir muammoga duch kelganda faqatgina chetdan kuzatib turamiz. Ma'lumki, Qashqadaryo viloyati olis hududlari ko'pligi bo'yicha respublikada birinchi o'rinda turadi. Ya'ni, viloyatning naqt 51 ta mahallasi olis hududlar tarkibiga kiradi.

Endi, o'sha olis hududlarga o'z uyini tashlab, ne-ne umidlar bilan borgan qanchada-qancha o'qituvchi necha oylardan buyon sarson bo'layotganini tasavvur qilyapsizmi?

O'qituvchilar bir necha bor aloqaga chiqishdi. Qayerga murojaat qilish kerakligini ham tushuntirdik. Ammo viloyat hokimligiga hech kimning "tishi" o'tmaganligi uchun ularning ovozini hech kim eshitmayapti.

Shu sababli, bu o'qituvchilarga endi faqatgina Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri nomiga yozma murojaat qilishlarini maslahat berolamiz xolos.

Bizningcha, faqat shundagina murojaatchilarning arizalari qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. Shundagina Qashqadaryo viloyati hokimligi bu bo'yicha kerakli chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Vazir nomiga yoziladigan ariza namunasini ilova qildik. (ariza mazmuni murojaatchi tomonidan o‘zgartirilishi mumkin)

👉https://t.me/xalqtaliminfo
⚡️Mukofot jamg‘armasi o’qituvchilar uchun 27 mln, o’quvchilar uchun 13,5 mln so'mni tashkil qilgan xalqaro olimpiada tashkil qilinmoqda

Bir qancha nufuzli xalqaro olimpiadalarda g'olib bo'lgan sobiq olimpiadachilar tomonidan Xalqaro matematika olimpiadasi tashkil qilinmoqda.

Olimpiada ikki bosqichda o'tkaziladi:

Olimpiadaning birinchi bosqichi joriy yilning 6-yanvar kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda tashkil qilinadi. Olimpiada o'tkaziladigan joylar manzili haqida ro'yxatdan o'tish jarayoni yakunlangach xabar beriladi.

Bunda, 25 ta mantiqiy va fikrlashga yo‘naltirilgan test topshiriqlari beriladi. Birinchi bosqich natijalariga ko'ra yuqori ballarni qo'lga kiritgan ishtirokchilarning 10 foizi ikkinchi bosqichda ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Yakuniy bosqich mart oyida Toshkent shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan. G'oliblar oltin, kumush, bronza medallari hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi!

O’tkazilish vaqti: 2024-yil 6-yanvar
Ishtirokchilar: 3-8-sinflar

☎️Murojaat uchun:
+99894-324-10-50

👤@Uzmathcommunity1

↪️Batafsil ma’lumot

👉@xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Pedagoglar ham buni bilishi kerak

"Yil bestsellerlari 2023" reytingini e’lon qilindi. Undan yil davomida Asaxiy orqali O‘zbekiston bo‘ylab eng ko‘p sotilgan kitoblar o‘rin olgan. Siz o'zingizga kitob tanlashda yoki o'quvchilaringizga tavsiya qilishda ikkilanayotgan bo'lsangiz, unda mana shu bestsellerlar to'plamiga qarab eng sara kitoblar haqida bilib olishingiz mumkin.

"Yil bestsellerlari 2023":

1.Jeyms Klir: Atom odatlar — 300 bet

2.Devid Bax, Jon Devid Mann: Latte omili. Moliyaviy mustaqillik va erkin hayot sari — 236 bet

3. Jorj Oruell: Molxona — 100 bet

4.Malkolm Gladuell: Zukkolar va landavurlar — 240 bet

5.Kel Nyuport: Diqqat: Chalg‘ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari — 230 bet

6.Piter Hopkirk: Katta o‘yin. Ikki imperiya to‘qnashuvi — 744 bet

7.Charlz Uilan: Yalang‘och iqtisodiyot. Murakkab sohaning sodda qiyofasi — 540 bet

8.Daron Ajemo‘g‘li, Jeyms A. Robinson: Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambag‘allik manbalari — 676 bet

9.Jorj Oruyell: 1984 — 338 bet

10.Jon G. Miller: SOS! Savol ortidagi savol — 104 bet

11.Uolter Ayzekson: Stiv Jobs — 624 bet

12.Mark Menson: Beparvolikning nozik san’ati — 192 bet

13.Devid Nikolls: Bir kun. Bir muhabbat tarixi — 496 bet

14.Javlon Jovliyev: Qo‘rqma — 368 bet

15.Barbara Oukli: Raqamlar uchun yaralgan idrok. Matematika va tabiiy fanlarni qanday qoyillatsa bo‘ladi — 352 bet

16.Hans Rosling: Factfulness- 344 bet

17.Klaus Shvab: To‘rtinchi sanoat inqilobi — 248 bet

18.Ato Hamdam, Leonid Chigrin: Yapon zobiti. Yutaro Todaning asirlikda boshdan kechirganlari — 432 bet

19.Teodor Drayzer: Sarmoyador — 700 bet

20.Rey Bredberi: Farengeyt bo‘yicha 451º — 224 bet

Ushbu bestsellerlarni faqat 31-dekabrgacha Asaxiy orqali yagona to‘plamda 1 059 000 so‘m o‘rniga chegirma narxda 699 000 so‘mdan xarid qilsa bo‘ladi. Asaxiy buyurtmani butun O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkazadi:

↪️Xarid qilish: asaxiy.uz/u/bestseller2023
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

O'qituvchilar direktorlik lavozimiga o‘z nomzodini qo'yishi mumkin


Avvallari maktab direktori lavozimida ishlash istagida bo'lgan o'qituvchilar pedagogik staj bilan birga rahbarlik lavozimida kamida 2 yillik ish stajiga ega bo'lishi shart edi.

Ya'ni, oddiy o'qituvchi to'g'ridan-to'g'ri maktab direktori bo'lishi uchun ma'lum bir muddat rahbarlik lavozimida ishlagan bo'lishi talab etilardi. Undan tashqari yana boshqa ayrim to'siqlar ham mavjud bo'lgan. Direktorlarni lavozimga tayinlashda mutlaqo korrupsiya yo'q deb ham aytolmasdik.

Endi amaldagi yangi tartibga ko'ra 5 yillik pedagogik staj bilan oddiy maktab o'qituvchisi ham direktorlikka nomzodini qo'yishi mumkin. Albatta, buning uchun ular bir oylik menejerlik o'quv kurslarida o'qib, sertifikat olishi kerak bo'ladi.

Endi direktorlikka nomzodlarni deputatlar ham, hokimlik ham, hududdiy boshqarma boshliqlari ham emas, balki Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisobdor bo'lgan “Direktorlar kengashi” suhbatdan o'tkazib direktorlikka tavsiya etadi.

Eng asosiysi, direktorlikka nomzodlarning suhbat jarayoni to‘liq video tasvirga olinadi va bir yil muddatda saqlanadi. Bu esa suhbat jarayonining yanada shaffof o'tishini ta'minlaydi.

“Direktorlar kengashi” hokimga ham hududiy maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshliqlariga ham bo'ysinmaydi. “Direktorlar kengashi” tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar hatto vazirlikning hududiy bo‘linmalari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.

Shunday ekan direktorlikka nomzodini qo'ymoqchi bo'lgan talabgorlar ularga qo'yiladigan sun'iy to'siqlardan endi qo'rqmasa ham bo'laveradi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Eslatma

Pedagog xodimlar yangi yil bayrami arafasida ketma-ket 4 kun, o‘quvchilar esa 14 kun dam oladi


Prezidentning tegishli farmoniga ko‘ra, 2023 va 2024 yillarda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangan. Unga ko‘ra:

30-dekabr — shanba;

31-dekabr — yakshanba;

1-yanvar — dushanba (Yangi yil);

2-yanvar — seshanba dam olish kunlaridir.

2024-yil 3-yanvardan boshlab barcha pedagog xodimlar uchun yangi yilning birinchi ish kuni hisoblanadi.

Maktab o‘quvchilari uchun esa qishki ta’til 28 dekabrdan boshlanadi

O‘quvchilar uchun joriy o‘quv yilining II chorak so‘nggi kuni 2023-yil 27-dekabr, qishki ta’tilning ilk kuni 28-dekabr sanaladi.

Ta’til 2024-yil 10-yanvargacha (14 kalendar kun) davom etadi. III chorak darslari 2024-yil 11-yanvardan boshlanadi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️"OpenBudget"da 1.5 mingdan ortiq ovoz to'plagan, lekin g'olib bo'lolmagan ta'lim muassasalariga qo‘shimcha mablag‘ ajratildi

"O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida"gi Qonuniga ko'ra "Tashabbusli byudjet"da 1.5 mingdan ortiq ovoz to'plagan, lekin g'olib deb topilmagan jihozlash bilan bog'liq loyihalarni moliyalashtirish uchun ta'lim muassasalariga qo'shimcha mablag' ajratildi.

Ya'ni, "OpenBudget"da ishtirok etgan ta'lim muassasalari 1.5 mingdan ortiq ovoz to'plab, lekin g'olib deb topilmagan bo'lsa, ushbu ta'lim muassasalari mazkur mablag'lar hisobidan moliyalashtirib beriladi.

E'tibor bering, Davlat byudjeti to‘g‘risidagi Qonunda faqatgina ta'lim muassasalarini jihozlash bilan bog'liq loyihalarni moliyalashtirish nazarda tutilgan.

Ya'ni, "OpenBudget"da ta'lim muassasasi qandaydir bino qurish yoki boshqa bir loyihalar bo'yicha ishtirok etgan bo'lsa, buning uchun mablag' berilmaydi. Takroran aytamiz, ushbu mablag'lar faqatgina jihozlash bilan bog'liq bo'lgan loyihalarni moliyalashtirish uchun yo'naltiriladi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sõragan_edingiz

Rostdan ham "OpenBudget"da 1.5 mingdan ortiq ovoz to'plagan maktablar g'olib deb topiladimi?


"OpenBudget"da 1.5 mingdan ortiq ovoz to'plagan, lekin g'olib bo'lolmagan ta'lim muassasalariga qo‘shimcha mablag‘ ajratilganligi to'g'risidagi xabardan so'ng ko'pchilik bu yolg'on xabar emasmi deb yozmoqda.

Birinchidan, @xalqtaliminfo kanalida yolg'on, asoslanmagan ma'lumotlar e'lon qilinmaydi. Ikkinchidan, bu ma'lumotlar aynan Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ikki kun avval imzolangan (O‘RQ–886, 25.12.2023 y.) "O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida"gi Qonundan olindi.

Shu sababli, "OpenBudget"da 1.5 mingdan ortiq ovoz to'plagan, lekin g'olib bo'lolmagan ta'lim muassasalariga qo‘shimcha mablag‘ ajratilganligi to'g'risidagi xabar asosli ekanligini ma'lum qilamiz.

❗️Yana bir bor eslatib o'tmoqchimiz: "OpenBudget"da ta'lim muassasasi qandaydir bino qurish yoki boshqa loyihalar bo'yicha ishtirok etgan bo'lsa, buning uchun mablag' berilmaydi. Ya'ni, ushbu mablag'lar faqatgina jihozlash bilan bog'liq bo'lgan loyihalarni moliyalashtirish uchun yo'naltiriladi.

Agar ushbu ma'lumotlar to'g'ri ekanligiga hali ham shubha qilayotgan bo'lsangiz, unda "O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida"gi Qonunning 24-25 sahifalari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. (Qonun matni ilova qilindi)

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Isroil Tillaboyev blogi
Yoshlar Ishlari agentligi oʻquvchilar uchun ajoyib sovgʻa tayyorladi!

Alisher Sa'dullayev tashabbusi bilan Nobel mukofoti laureati Karl Viyeman tomonidan yaratiligan dunyoga mashhur Kolorado Universiteting PhET platformasi agentligimiz orqali endi toʻliq oʻzbek tilida!

Endilikda uydan chiqmasdan, hech qanday zarur laboratoriya jihozlarisiz 100 dan ortiq interaktiv simulyatsiyalar orqali Matematika, Fizika, Biologiya, Kimyo hamda Tabiat haqidagi fanlarga oid mavzularni yanada mukammal oʻrgana olasiz! Eng muhimi platformaning oflayn nusxalari orqali undan internetsiz foydalanish imkoni ham mavjud.

Oʻqituvchilar esa oʻzlarining simulyatsiya mavzulariga oid boʻlgan topshiriq, test va dars ishlanmalarini platforma orqali hamkasblari hamda oʻquvchilar bilan ulasha oladilar. Bunday hamkorlikda oʻqish va oʻqitish orqali yoshlarimizga foydali.

Umid qilamizki, bu saytni tarqatishda yordam berasiz va u barcha qishloqlarga boradi.

Oʻylanib oʻtirmang, PhET orqali oʻrganing!

@domlajon
t.me/domlajon
#Bilasizmi

2024-yilda maktabgacha va maktab ta'limi uchun byudjetdan qancha mablag' ajratildi?


Xabaringiz bor joriy yil 25-dekabr kuni Prezident 2024-yil uchun "O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida"gi Qonunni imzoladi.

Qonunga ko'ra Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiga 47 trln so'mga yaqin pul ajratildi. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Davlat byudjetidan mablag' ajratilishi bo'yicha boshqa vazirlik va idoralar orasida ikkinchi o'rinda turibdi. (birinchi o'rinda Iqitisodiyot va moliya vazirligi — 92 trln)

Mablag'lar quyidagi yo'nalishlarga taqsimlangan:

Rivojlantirish dasturlari uchun — 5 trln 449 mlrd 152 mln;

Maktab darsliklarini yangilash uchun 1 trln 511 mlrd;

Ta'lim sohasidagi islohotlarga ko'maklashish jamg'armasiga — 250 mlrd;

Vazir jamg'armasiga — 100 mlrd;

Xorazm viloyati boshlang'ich sinf o'quvchilarini planshetlar bilan ta'minlash uchun — 63 mlrd 636 mln;

Vazirlik tizimidagi muassasalarni sport jihozlari bilan ta'minlash uchun — 62 mlrd 79 mln;

Maktablarni milliy cholg'u asboblari bilan ta'minlash uchun — 60 mlrd;

Maktablardagi ma'nan eskirgan kompyuter sinflarini yangilash uchun — 200 mlrd;

Davlat-xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan bog'chalar uchun subsidiyalarga — 3 trln 38 mlrd 200 mln;

"OpenBudget"da 1.5 mingdan ortiq ovoz to'plagan, lekin g'olib deb topilmagan jixozlash bilan bog'liq loyihalarni moliyalashtirish uchun — 164 mlrd 237 mln;

Obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo'yilmalarga — 754 mlrd 108 mln so'm.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangi yil bayramini ko'tarinki ruhda nishonlash uchun maktab jamoangiz bilan 1,000,000 so'mlik pul mukofotni qo'lga kiritishni istaysizmi?

Maktab va sinf xonangizni Yangi yil bayramiga bezatgan bo'lsangiz, unda bu suratlarni shunchaki @pedagog_jamoa_bot'ga yuboring va "Eng yaxshi bezatilgan ta'lim muassasasi" onlayn tanlovida qatnashib maktabingiz uchun 1,000,000 so'mlik pul mukofotini qo'lga kiriting.

Buning uchun sizdan hech narsa talab qilinmaydi. Ya'ni, maktabingiz har bir xodimi @pedagog_jamoa_bot'dan ro'yxatdan o'tib, ta'lim muassasasi hovlisi, binosi, yo'laklar yoki sinf xonalari suratini yuborib, surat ostida bayram tabrigi yozib qoldirishining o'zi kifoya.

Tavakkal qilib, tanlovda qatnashib ko'ring. Balki, sizning jamoangiz g'olib deb topilar. 1,000,000 so'mlik pul mukofotini jamoangiz bilan bayram dasturxoni uchun sarf qilsangiz ham bo'ladi :)

❗️Unutmang, tanlovda ta'lim muassasasining barcha xodimlari ishtirok etishi g'olib bo'lish imkoniyatini yanada oshiradi. Chunki 1-o'rin uchun nomzodlar random dasturi orqali tasodifiy tanlanadi.

Eslatib o‘tamiz: Tanlov 31-dekabr, soat 22:00 ga qadar davom etadi. Tanlov g'oliblari Yangi yil bayrami kuni soat 23:59 da e'lon qilinadi.

👉Tanlov haqida batafsil

👨🏻‍💻 Tanlovda qatnashish:
👉@pedagog_jamoa_bot
👉@pedagog_jamoa_bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM