Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
63K subscribers
1.13K photos
391 videos
507 files
4.23K links
Ambassador of @profiuniversity

www.xalqtaliminfo.uz sayti rasmiy kanali.

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: http://myurls.co/xalqtaliminfo

Savol yuborish vaqtincha cheklangan.

Reklama: @XalqinfoREK

Guvohnoma: №146004
Download Telegram
Bugun yana bir guruh boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun diagnostika test jarayonlari bo'lib o'tadi (o‘zbek sinflarda)

Namangan viloyati boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun soat 9:00-11:00 ga qadar;

Samarqand viloyati boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun soat 11:00-14:00 ga qadar;

Surxondaryo viloyati boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun soat 14:00-15:00 ga qadar;

Toshkent viloyati boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun soat 15:00-18:00 ga qadar.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Maktab "Zavxozi" qamoqqa olindi — bunga o‘quvchining tok urib vafot etishi sabab bo'lgan

Joriy yilning noyabr oyida Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 99-sonli umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi tok urib vafot etgandi.

Holat yuzasidan maktabning xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari qamoqqa olingan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Qalampir.uz'ga ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi umumta’lim maktabida sodir bo‘lgan hodisa bo‘yicha Jinoyat kodeksining 186-(Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) va 207- (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilgan.

“Maktabning xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariga Jinoyat kodeksining 207-moddasi 3-qismi “a” bandi va boshqa moddalari bilan ayblov e’lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan”, deydi Hayot Shamsutdinov.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Sõragan_edingiz

O‘quvchilar maktabga "krossovka" kiyib kelgani uchun darsga kiritmaslik to‘g‘rimi?

O‘quvchilarning formasiga bo‘lgan talablar Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 666-son qarori bilan tasdiqlangan nizom hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgust kungi 282-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari" bilan tartibga solinadi.

Vazirlar Mahkamasining 666-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda belgilangan majburiy maktab formasi 2025-yilga qadar bosqichma-bosqich joriy etiladi.

"Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari"da ta’lim muassasasi ustavida man etilgan libos va qiyofada, jumladan o‘g‘il bolalar kalta shim, futbolka, shippakda va qiz bolalar kalta, tor va tanani ochiq ko‘rsatuvchi yupqa (harir) kiyimda kelishi hamda bo‘yni va barmoqlariga turli xil taqinchoqlar taqishi taqiqlanganligi aytilgan.

Albatta, o‘quvchilar odob-axloq qoidalarida nazarda tutilgan talablarni bajarishi shart. O‘quvchilarning ta’lim muassasasiga maktab formasida kelishlarini ta’minlash uchun esa ota-onalar mas’ul hisoblanadi.

Ammo ko‘rib turganingizdek, normativ hujjatlarda o‘quvchilarning "krossovka" kiyishlariga taqiq qo‘yilmagan. Shu sababli, o‘quvchilar maktabga "krassovka" kiyib kelgani uchun ularni dars jarayonidan chetlatish mumkin emas.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Eng ahil pedagogik jamoamiz "Ishonch" gazetasida

“1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan o‘tkazgan "Eng ahil pedagogik jamoa" tanlovimizni juda ko‘p joylarda e’tirof etishdi. Bunda hamkorimiz O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining mehnati katta albatta.

Avvalroq tanlovida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan Angren shahridagi 13-umumiy o‘rta ta’lim maktab jamoasi "Assalom O‘zbekiston" ko‘rsatuviga taklif qilingandi.

Endi esa tanlovda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan Samarqand shahar 80-umumiy o‘rta ta’lim maktab jamoasi haqida "Ishonch" hamda "Ishonch-Доверие" gazetalarida bir qancha maqolalar chop etilibdi.

📰 "Ishonch" va "Доверие" gazetalarida chop etilgan maqolalar

Nasib qilsa, pedagog xodimlarni xursand qiladigan yana bir qancha loyihani boshlashni reja qilganmiz. Keyinroq navbatdagi loyihalarimiz haqida ham xabar berib boramiz.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Mulohaza

Maktab formasi o‘quvchilarga erkin harakatlanishi uchun imkon berishi kerak

Maktab formasi deganda juda ko‘pchilik oq ko‘ylak, qora kostyum-shim, galstuk va tuflini tushunadi. To‘g‘ri, bular namunaviy maktab formasi bo‘lishi mumkindir lekin bu ko‘pchilikka noqulaylik tug‘diradi.

O‘quvchidan aynan an’anaviy ko‘rinishdagi oq ko‘ylak, qora kostyum-shim va tufli talab qilish, ularga hozirdan galstuk taqtirish menimcha shart emas.

Masalan, o‘quvchilar biz o‘rganib qolgan an’anaviy ko‘rinishdagi oq ko‘ylak, qora kostyum-shim emas balki, oq futbolka (polo) yoki oq qishki kiyim kiyishlari ham mumkin. Oyoqlariga esa aynan tufli emas o‘zlariga qulay bo‘lgan boshqa poyabzal kiysa ham bo‘ladi.

Oq futbolka (polo) va "krossovka" maktab formasi emas deyish ham biroz noto‘g‘ri bo‘lsa kerak. Chunki majburiy forma joriy qilingan vaqtlarda ham oq ko‘ylak hamda poyabzal maktab formasi to‘plamiga kiritilmagandi.

Demak, oq futbolka (polo) va "krossovka" kiyish maktab formasiga qo‘yilgan talablarni ham buzmaydi. Shuning uchun maktab ma’muriyati mana shu narsalarni hisobga olib qo‘ysa zarar qilmasa kerak.

O‘quvchilar ta’lim muassasasiga odob-axloq qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan kiyimda kelmasalar bo‘lgani. Nima bo‘lgan taqdirda ham maktab formasi o‘quvchilarga erkin harakatlanishi uchun imkon berishi kerak deb hisoblayman.

Yuqoridagi fikrlarga qo‘shilmaydiganlar bo‘lsa, unda o‘zingiz bir kun oq ko‘ylak, kostyum-shim, galstuk va tuflida ishlang boshqa kuni esa oq futbolka (polo) va yengil "krossovka"da ishlab ko‘ring. Shunda ular o‘rtasidagi farq yaqqol seziladi.

Ta’limning maqsadi barcha o‘quvchilarni bir xil "ramkaga" solish emas, balki sifatli ta’lim berish bo‘lishi kerak. O'quvchilar qora kostyum-shim va tufli kiyib olsa PISA tadqiqotlaridagi natijalarimiz yuqorilab qolmaydi.

© Ulug'bek Po'latov

Telegram | Instagram | YouTube |
Bugun oxirgi diagnostika test jarayonlari bo'lib o'tadi

Bugun boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining navbatdagi, eng oxirgi guruhi uchun diagnostika test jarayonlari o'tkaziladi. Bunda:

Farg'ona viloyati boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari (o‘zbek sinflarda) uchun soat 9:00-12:00 ga qadar;

Xorazm viloyati boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari (o‘zbek sinflarda) uchun soat 12:00-13:00 ga qadar.

Qoraqalpog'iston Respublikasi boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari (qoraqalpoq sinflarda) uchun soat 13:00-14:00 ga qadar;

Respublika bo'yicha rus sinflardagi barcha boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun soat 14:00-15:00 ga qadar.

Telegram | Instagram | YouTube |
Maktab direktorlarini lavozimiga tayinlashni qay tartibda amalga oshirish reja qilinyapti?

Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Direktorlar kengashi” a’zolari uchun seminar-trening tadbiridamiz.

Xabaringiz bor, yangi tartibga ko‘ra umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlarini lavozimiga tayinlash endilikda “Direktorlar kengashi” tavsiyasiga asosan amalga oshiriladi.

Ushbu seminar-treninglar davomida mana shu jarayonlarga “Direktorlar kengashlari” a’zolarini tayyorlash, ularning kasbiy mahoratini oshirish rejalashtirilgan.

Tadbirda respublikamizning turli hududlarida tashkil etilgan 134 nafar “Direktorlar kengashi” a’zolari ishtirok etishyapti.

Telegram | Instagram | YouTube
⚡️Yangi yil bayrami munosabati bilan maktablardagi archalarni bezash bo'yicha ko'rsatma berildi

Maktabgacha maktab ta'limi vazirligining 2023-yil 14-dekabrdagi 06-06/3-3389-sonli ko'rsatma xati bilan ta'lim muassasalarida Yangi yil bayrami tadbirlarini o'tkazish bo'yicha tavsiyalar berildi.

Unga ko'ra:

ta’lim tashkilotlari hududi, binosi hamda sinf xonalarini tartibga keltirish, maktab hovlisidagi tabiiy archani (agar bo‘lsa) o‘quvchi va tarbiyalanuvchilar tomonidan yasalgan turli bezaklar bilan bezatish;

maktab foyesi, faollar yoki sport zallarini o‘quvchi va tarbiyalanuvchilar tomonidan yasalgan turli bezaklar bilan bezatish;

bayram tadbirlarini ta’lim tashkilotlari hududida, qiziqarli holda tashkil etish va muassasa hududini bayramona bezatish;

bayram tadbirlarini ta’lim tashkilotlarining guruhlarida va boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun sinf xonalarida, dars mashg‘ulotlariga xalaqit bermagan holda o‘tkazish;

ta’lim tashkilotlarining yuqori sinflari o‘rtasida o‘quvchilar tomonidan tayyorlanadigan bezaklar (qog‘ozdan yasalgan qor parchalari va boshqa Yangi yil bayramiga xos bo‘lgan bezaklar) tanlovi, “Eng chiroyli bezatilgan sinf” va “Eng yaxshi Yangi yil tabriknomasi” (sinf nomidan maktabga, o‘qituvchilarga, ota-onalarga) kabi ko‘rik-tanlovlar tashkil etish tavsiya etiladi.

❗️Quyidagilar taqiqlanadi:

bayram bahonasida tabiiy archa daraxtlarining shoxlarini sindirish yoki ularni boshqa joyga ko‘chirish;

maktabni turli xil elektr yoritgichlar bilan yasatish;

o‘quvchilar tomonidan turli xil pirotexnik vositalarni olib kelish hamda ulardan foydalanish;

bayramini nishonlash bahonasida o‘quvchilar va pedagog xodimlar tomonidan noqonuniy pul yig‘imlarini tashkil etish;

bayramini restoran, kafe va boshqa umumiy ovqatlanish shoxobchalarida o‘tkazish;

o‘quvchilar va ularning ota-onalari tomonidan bayram munosabati bilan ta’lim tashkiloti rahbariyati va pedagog xodimlariga turli xil sovg‘alar taqdim etish.

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Direktorlar kengashi” to'g'ridan-to'g'ri vazirlikka hisobdor bo'ladi

Xabar berganimizdek, yangi tartibga ko‘ra maktab direktorlarini lavozimiga tayinlash endilikda “Direktorlar kengashi” tavsiyasiga asosan amalga oshiriladi.

Bu Kengash umumta’lim muassasalari direktorlarini lavozimiga tayinlash bo‘yicha tavsiya beruvchi maslahat organi hisoblanib, Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisobdor bo'ladi.

Ya'ni ular hokimga ham hududiy maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshliqlariga ham bo'ysinmaydi. “Direktorlar kengashi” tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar hatto vazirlikning hududiy bo‘linmalari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.

Xullas, bu mustaqil tuzilma hisoblanib, Kengash tarkibi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sõragan_edingiz

O'qituvchi sababsiz 3 kun ish joyiga kelmasa unga qanday jazo chorasini qo'llash mumkin?

#Savol
O'qituvchi hech kimni ogohlantirmay ish joyiga sababsiz kelmayapti. 3 kundan buyon ish joyida yo'q. Bu holat birinchisi ham emas. Bu xodimga qanday jazo qo'llasak bo'ladi?

#Javob
Bu kabi qilmishlar uchun belgilanadigan qoidalar ko'proq ta'lim muassasasi ichki mehnat tartibi qoidalari bialn belgilanadi.

Agar maktabning ichki mehnat tartib qoidalarida xodimning ish joyiga kechikib kelishi, ish joyiga sababsiz ravishda kelmasligi yoki lavozim vazifalarini muntazam bajarmasligi bo'yicha qo'llaniladigan choralar belgilanmagan bo'lsa, xodimga nisbatan Mehnat kodeksining 312-moddasida nazarda tutilgan jazo choralaridan birini qo'llash mumkin.

Mehnat kodeksining 312-moddasiga ko‘ra xodimga quyidagi intizomiy jazo choralarini qo‘llash mumkin:

1) hayfsan;

2) o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima;

3) mehnat shartnomasini bekor qilish (MK 161-moddasi ikkinchi qismining 4 va 5-bandlari).

Eslatib o'tamiz, Mehnat kodeksida ayrim toifadagi xodimlarga intizomiy jazo qo'llashda alohida holatlar mavjud. Masalan, homilador ayollar va boshqa toifadagi xodimlar uchun alohida kafolatlar belgilangan.

Telegram | Instagram | YouTube
O‘zbekiston bolalar tashkiloti tuziladi

O‘zbekiston bolalar tashkiloti bolalarning ko‘nikmalari, qiziqishlari va iste’dodini rivojlantirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi.

Ushbu tashkilotni tuzish taklifi Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 15-dekabr kuni yoshlar siyosatida amalga oshirilgan ishlar va kelgusi yildagi ustuvor vazifalar bo‘yicha hisobot bilan tanishuvda bildirilgan.

Manba

Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda "Kamalak" bolalar tashkiloti mavjud bo'lib, u bolalarning iqtidori va isteʼdodini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

Telegram | Instagram | YouTube
#Diqqat

Diagnostika testida texnik sabablarga ko'ra ishtirok etamagan pedagoglar qayta test topshirishi mumkin


Diagnostika jarayonlaridagi ishtirokchilar qamrovini oshirish hamda barcha o‘qituvchilarning ishtirok etish huquqini ta’minlash maqsadida, diagnostika testlarida ishtirok etmagan hamda texnik holatlar kuzatilgan oʻqituvchilar uchun joriy yilning 18-19 dekabr kunlari diagnostika testlarida ishtirok etish imkoniyati beriladi.

Diagnostika testida ishtirok etamagan pedagoglar quyidagi sanalarda test topshirishi mumkin:

18-dekabr kuni

Fizika
Matematika
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik
Informatika va axborot texnologiyalari
Tarix
Davlat va huquq asoslari
Musiqa madaniyati
Tasviriy san’at va chizmachilik
Texnologiya
Iqtisodiy bilim asoslari
Tarbiya
Maxsus maktab internatlari tarbiyachilari
Boshlang‘ich ta’lim

19-dekabr kuni

O‘zbek tili va adabiyoti (Ona tili va adabiyoti)
Qoraqalpoq tili va adabiyoti
Rus tili (o‘zbek va qardosh tillardagi sinflarda)
Ingliz tili
Nemis tili
Fransuz tili
Davlat (o‘zbek) tili
Davlat (qoraqalpoq) tili
Kimyo
Rus tili va adabiyoti (rus sinflarda)
Umumta’lim maktablari amaliyotchi psixologlari
Biologiya
Geografiya

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro toifadagi ingliz tili o’qituvchisi bo’lishni istaysizmi?

Unda qulay lokatsiya va shinam o’quv maskaniga ega bo'lgan "Trinity Center" o'quv markazida tahsil olishni tavsiya qilamiz.

Hozirgi kunda "Trinity Center" o'quv markazimizda:

📚General English
📚CEFR
📚IELTS
📚TESOL
📚TEFL
📚TKT
📚Duolingo o’quv kurslariga qabul ochildi.

Xalqaro toifadagi ingliz tili o’qituvchisi bo’lishni istaysizmi?
Ishxonangizda til sertifikati so’rab qiynab yuborishdimi?
Yuqori maosh olishni va professional ustoz bo’lishni xohlaysizmi? 50% ustama;
Attestatsiya va toifadan o’tish hamda C1 daraja;

Unday bo’lsa "Trinity" o’quv kurslariga ro’yhatdan o’tishga shoshiling. Diplom va sertifikatlar xalqaro akkreditatsiyadan o’tgan.

PS: Kurslarimiz nafaqat til o’qituvchilari, talabalar va ingliz tilida bilimini oshirmoqchi bo’lgan barcha uchundir.

Manzil: Toshkent shahar Labzak 64a, Buxoro va Navoiy shaharlarida ham filiallarimiz mavjud.

☎️Murojaat uchun: +998990049528

🗓Ro’yhatdan o’tish uchun: @musaeva_8

🕊Telegram I📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sõragan_edingiz

O'quvchilarga berilgan darsliklarni kim nazorat qilib borishi kerak?

#Savol
O'quvchilarga foydalanish uchun berilgan darsliklarni nazorati kimga yuklatilgan? Ya'ni, darsliklarga jild qilinmasligi, yaxshi tutmaganligi uchun o'quvchilarni kim nazorat qiladi demoqchiman. Sinf rahbarmi? Kutubxonachimi? Fan o'qituvchisimi?

#Javob
2014-yil 28-aprelda "Umumta’lim maktablarini darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risida"gi nizom Adliya vazirligidan 2577-son bilan ro'yxatdan o'tkazilgan.

Ushbu nizomning 9-bob, 95-bandiga ko'ra darsliklar hisobining yuritilishi, ulardan foydalanilishi, ularning saqlanishi, shuningdek o‘quvchilar orasida darsliklarni avaylab-asrash tuyg‘usini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tarbiyaviy ishlar umumta’lim maktablarining kutubxonachilari tomonidan olib boriladi.

Telegram | Instagram | YouTube
O‘zbekistonda tegishli ma’lumoti va kasb tayyorgarligi bo‘lmaganlarga pedagog sifatida ishlashi taqiqlanmoqda

“Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Qaror loyihasida pedagog xodimlar toifasi, lavozimlari tanlov bo‘yicha egallanadigan pedagog xodimlar va tanlov qatnashchilariga qo‘yiladigan malaka talablari, tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi, shartlari va muddati, mehnat shartnomasi (kontrakt)ni tuzish, o‘zgartirish va to‘xtatish tartibi hamda “vacancy.edu.uz” platformasi orqali arizalar topshirish sxemalari tasdiqlanmoqda.

Nizomga ko‘ra, quyidagi shaxslarga pedagog sifatida faoliyat olib borish taqiqlanadi:

tegishli ma’lumoti va kasb tayyorgarligi bo‘lmagan;

sudning qaroriga asosan muayyan huquqdan mahrum qilingan;

sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb e’tirof etilgan;

psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan;

pedagoglik faoliyatini amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasallikka chalingan.

Manba

Eslatib o'tamiz, ushbu tartib oliy ta’lim muassasalaridagi pedagog xodimlarga tegishli bo'lib, umumiy o'rta ta'lim muassasalari uchun boshqachroq tartib joriy qilingan. Ushbu tartibga ko'ra 2023-2024 o'quv yilidan boshlab ilk bor maktabga ishga qabul qilingan nomzodlar 1 yil o‘qituvchi-stajyor bo‘lib ishlaydi va yil yakuni bilan kasbiy sertifikat olishi lozim.

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xalq ta’limi vazirligi nomini saqlab qolish kerak edi

O‘tgan yilgi ma’muriy islohotlardan so‘ng Xalq ta’limi vazirligi tizimida bir qancha o‘zgarishlar bo‘ldi. Shu jumladan, Xalq ta’limi vazirligi nomi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi sifatida qayta nomlandi.

Ammo shu birgina nom ko‘p narsani hal qiladi. Misol uchun, 10 mingdan ortiq maktablardagi ko‘rgazmali materiallar muhr va boshqalarni yangilashga ham to‘g‘ri keldi.

Kuni-kecha, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasini ham qayta tashkil etishga majbur bo‘ldi. Eski sahifada 86 mingdan ortiq foydalanuvchilar bor edi. (facebook vazirlik nomini qayta yangilashiga ruxsat bermadi menimcha)

Afsuski, birgina o‘zgargan nom sababli shuncha yo‘qotish qilindi. O‘ylaymizki, vazirliklar nomiga o‘zgartirish kiritish taklifini berayotgan yuqoridagi vakillarimiz masalaning shu tarafini ham endi e’tiborga olishadi.

Ha aytgancha, endi vazirlik faoliyatini ushbu yangi sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin:👉 https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU

Telegram | Instagram | YouTube
Bugun diagnostika testida ishtirok etamagan quyidagi fan o'qituvchilari uchun test jarayonlari bo'lib o'tadi

Fizika
Matematika
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik
Informatika va axborot texnologiyalari
Tarix
Davlat va huquq asoslari
Musiqa madaniyati
Tasviriy san’at va chizmachilik
Texnologiya
Iqtisodiy bilim asoslari
Tarbiya
Maxsus maktab internatlari tarbiyachilari
Boshlang‘ich ta’lim

Telegram | Instagram | YouTube
#Rasman

Maktablarda qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi


Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tizimidagi umumta’lim, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlari o‘quvchilari uchun joriy o‘quv yilining II chorak so‘nggi kuni 2023-yil 27-dekabr, qishki ta’tilning ilk kuni 28-dekabr sanaladi.

Ta’til 2024-yil 10-yanvargacha (14 kalendar kun) davom etadi. III chorak darslari 2024-yil 11-yanvardan boshlanadi.

© MMTV

Telegram | Instagram | YouTube
#Sõragan_edingiz

Yangi yil bayrami munosabati bilan xodimlar necha kun dam oladi?


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF-270-son Farmoniga ko’ra, 30-dekabr — shanba 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan.

Demak, bunda Yangi yilda ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar ketma-ket 3 kun dam olishlari aniq:

30-dekabr — shanba;

31-dekabr — yakshanba;

1-yanvar — dushanba (Yangi yil).

❗️Diqqat: “2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni chiqsa, unda yana qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar yoki dam olish kunlarini ko‘chirish belgilanishi mumkin.

Manba

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM