Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
63.1K subscribers
1.13K photos
391 videos
507 files
4.23K links
Ambassador of @profiuniversity

www.xalqtaliminfo.uz sayti rasmiy kanali.

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: http://myurls.co/xalqtaliminfo

Savol yuborish vaqtincha cheklangan.

Reklama: @XalqinfoREK

Guvohnoma: №146004
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Konstitutsiya nima?

Profi University odamlar orasida Konstitutsiya nima ekanligi haqida ajoyib savol-javob o‘tkazibdi.

Videoni ko‘ring va odamlarning Konstitutsiya haqidagi tasavvurlari qanday ekanligini bilib oling.

👉@xalqtaliminfo
#Mulohaza

Maqsadi yo'q abituriyentlar tayyorlaydigan tizim yaratyapmizmi?

Maʼlumki, 2024-yildan boshlab abituriyentlar avval test ishlab ko'rib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydigan tizim joriy qilinyapti. Bu O‘zbekiston sharoitida, ayniqsa bizning hozirgi qarashlarimizni hisobga olsak, ko‘zlagan maqsadimizga olib boruvchi eng oson yo‘l hisoblanadi.

Lekin bu masalaga boshqa tomondan qaraydigan bo‘lsak, eng noto‘g‘ri yo‘l bo‘lishi ham mumkin. Yangi tizim bo‘yicha shifokor bo'lishni maqsad qilgan abituriyent oldin imtihon topshirib ko‘radi, agar past ball yig‘sa, bir yil yo‘qotmaslik uchun biologiya yo‘nalishini tanlashi mumkin bo‘lyapti.

Tasavvur qilyapsizmi, bu yerda bo‘lajak kadrning kim bo‘lishi umuman qiziq emas, maqsad yo‘q. Faqat oliygohga kirib, diplomli bo‘lsa bo‘lgani. Taʼlim tizimi uchun ham o‘quvchining kim bo‘lishidan ko‘ra, uning oliygohga kirib maktab reytingini ko‘tarishi muhimroq.

Biz raqamlar ketidan quvmasligimiz kerak. Hozir biz bolalarga maktabdanoq aniq maqsad qo‘yishni va bu maqsad qanaqadir ball yoki boshqa bir sabablar tufayli o‘zgartirmaslikni o‘rgatish o‘rniga ularga boshqa narsani targ'ib qilyapmiz.

Sizningcha, o‘zi umuman boshqa bir kasb egasi bo‘lishni istagan, lekin biroz ball yetmay qolgani uchun o‘qituvchilikni tanlagan kadrdan yaxshi pedagog chiqadimi? Shuning uchun hamma bilimi yetgan joyga emas, topshirayotgan yo‘nalishiga yarasha bilimga ega bo‘lishga harakat qilishi kerak deb o‘ylayman.

Eng muhimi yoshlarimizda aniq maqsad bo‘lishi kerak. Maqsadi yo‘q kadrlar tayyorlash uchun sharoit yaratib berib, ularni tizimga to‘playversak, yana 30 yildan keyin ham dunyo hamjamiyatining ta'lim yonalishida hech qanday o‘rnimiz bo‘lmaydi.

© Ulug'bek Po'latov

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Bir yil yoʻqotmaslik uchun oʻqituvchi boʻlgan "mutaxassis" bolalaringizni oʻqitadi — Komil Jalilov

Bilim va malakalarni baholash agentligi taklif etayotgan "avval test, keyin oliygoh" tizimi bo'yicha ta'lim masalalari bo'yicha ekspert Komil Jalilov ham o'z fikrlarini bayon qilgan ekan.

..."Bir yil yoʻqotmaslik uchun". Yaʼni oʻqishga kirishdan maqsad — oʻqishga kirib olish. Bir yil yoʻqotmaslik. Qaysidir sohaga qiziqish, shu sohada yaxshi mutaxassis boʻlish, nimagadir erishish istagi emas. "Bir yil yoʻqotmasdan" "oʻqishga kirib olish" — qadriyat.

Keling, oʻsha Bilim va malakalarni baholash agentligi vakili misol sifatida keltirgan vaziyatni koʻraylik. Kimyo va biologiyadan test topshirib kirish mumkin boʻlgan bir qancha yoʻnalishlar bor: tibbiyot, veterinariya, agronomiya, zooinjeneriya, ekologiya, pedagogika (shu fan oʻqituvchisi) va hokazo. Bularning hammasi — har xil kasblar, har xil sohalar. Har xil qiziqish va layoqatni talab qiladi.

Abituriyent kimyo va biologiyadan test topshira olishi uning bu yoʻnalishlardan istaganida oʻqib keta olishini (shunchaki diplom uchun OTMga kelib ketishi emas, aynan boʻlajak mutaxassis uchun kerakli bilim va koʻnikmalarni egallashini) anglatmaydi.

Endi tasavvur qiling, shifokorlikka (veterinariyaga, biotexnikaga ...) qiziqqan abituriyent kerakli ball toʻplay olmagani uchun "bir yoʻl yoʻqotmaslik" maqsadida oʻqituvchilikka (agronomlikka, ekologga ...) oʻqishga kirdi.

Bir doʻstim taʼbiri bilan aytganda, "umumiyat-la olganda ... instituti (shu yerda istalgan oliygoh nomi boʻlishi mumkin) hovlisiga bogʻlangan .... ham (shu yerda doʻstim bir jonzot nomini ishlatdi) toʻrt yildan keyin diplom oladi"gan, baholash tizimi oʻz funksiyalarini bajarmaydigan, sifat nazorati falajlangan tizimimiz uni toʻrt yildan keyin "mutaxassis" qilib chiqaradi.

"Bir yil yoʻqotmaslik" uchun oʻqituvchi boʻlgan (aniqrogʻi, oʻqituvchilik diplomini olgan) "mutaxassis" bolalaringizni oʻqitadi, "injener" siz oʻtadigan koʻpriklarni quradi, "farmatsevt" siz yoki bolalaringiz ichadigan dorilarni chiqaradi. Shunday jamiyatda yashashdan qoʻrqmaysizmi?

Oʻz-oʻzini anglash, oʻzining kuchli va zaif tomonlarini tahlil qilish, oʻz oldiga maqsadlar qoʻya olish ham muhim hayotiy koʻnikma. Maktabdan yosh avlodda bu koʻnikmalarni shakllantirish oʻrniga "bir yil yoʻqotmaslik" degan notoʻgʻri qadriyatni endi taʼlim siyosati darajasiga chiqaryapmiz" — deydi ta'lim bo'yicha ekspert Komil Jalilov

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Diqqat #Attestatsiya

ATTESTATSIYA IMTIHONI ga tayyorlanishda o'qituvchilar tomonidan ENG KO'P QILINADIGAN 3 XATO haqida bilarmidingiz?

Aynan shu xatolar sababli o'tgan imtihonda 82,6 FOIZ o'qituvchi yomon natija bilan imtihonni yakunladi!

Pastdagi BATAFSIL MA'LUMOT tugmasini bosib, bu xatolarni bilib olishingiz mumkin.

Reklama
#Sõragan_edingiz

Diagnostika test jarayonlariga oid eng ko'p berilgan savollarga javoblar


Diagnostika test sinovida ma'lum bir sabablarga ko'ra qatnasholmay qolgan o'qituvchilar nima qiladi?
👉JAVOB

Qaysi toifadagi pedagoglar diagnostika testida ishtirok etmaydi?
👉JAVOB

Maktabda dars berayotgan rahbar xodimlar ham diagnostika testida ishtirok etishi kerakmi?
👉JAVOB

Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari diagnostika testida qatnashmaydimi?
👉JAVOB

Maktabda ishlayotgan talabalar ham diagnostika testida ishtirok etadimi?
👉JAVOB

O‘qituvchilar diagnostika testlarini qanday qurulmalar orqali yechishi mumkin?
👉JAVOB

O‘qituvchilar diagnostika testi qay tartibda o'tkaziladi?
👉JAVOB

https://t.me/xalqtaliminfo
Bugun quyidagi fan o'qituvchilari uchun diagnostika test jarayonlari bo'lib o'tadi

Matematika fani o‘qituvchilari

Buxoro, Navoiy va Jizzax viloyati Matematika fani o‘qituvchilari uchun soat 9:00-10:00 ga qadar;

Toshkent shahar va Qashqadaryo viloyati Matematika fani o‘qituvchilari uchun soat 10:00-11:00 ga qadar;

Namangan va Surxondaryo viloyati Matematika fani o‘qituvchilari uchun soat 11:00-12:00 ga qadar;

Samarqand viloyati Matematika fani o‘qituvchilari uchun soat 12:00-13:00 ga qadar;

Toshkent va Xorazm viloyati Matematika fani o‘qituvchilari uchun soat 13:00-14:00 ga qadar;

Farg'ona viloyati Matematika fani o‘qituvchilari uchun soat 14:00-15:00 ga qadar.

Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari

Qoraqalpog'iston Respublikasi Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari uchun soat 12:00-13:00 ga qadar;

Andijon viloyati Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari uchun soat 13:00-14:00 ga qadar;

Buxoro, Navoiy va Jizzax viloyati Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari uchun soat 14:00-15:00 ga qadar;

Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyati Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari uchun soat 15:00-16:00 ga qadar;

Toshkent shahar va Xorazm viloyati Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari uchun soat 16:00-17:00 ga qadar.

Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Namangan, Buxoro va Jizzax viloyati Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari uchun soat 16:00-17:00 ga qadar;

Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Navoiy viloyati Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari uchun soat 17:00-18:00 ga qadar.

11-dekabr kungi diagnostika test jarayonlarida ishtirok etadigan o'qituvchilar haqida keyinroq ma'lumot beramiz.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Diagnostika testidan o'ta olmaslik degan tushuncha yo'q

Ko'pchilik ustozlarimiz ayni kunlarda fanlar kesimida topshirilayotgan diagnostika tetslaridan xavotir bilidirishmoqda. Ustozlar buning uchun hech qanday xavotir olishga hojat yo'q.

Bu yerda malaka toifa (attestatsiya) berishning yangi shakli sinov tariqasida o'tkazilayotgani va malaka oshirishning diagnostika testlari bir vaqtda bo'lib o'tayotganligi ayrim ustozlarimizda chalkashlikni paydo qilmoqda.

Ustozlar malaka toifa (attestatsiya) olish boshqa narsa, malaka oshirish boshqa narsa.

Agarda diagnostika testini kam yechsangiz, kelgusi yilda an'anaviy (oflayn) tarzda bir haftalik malaka oshirasiz. Ko'p yechsangiz kelasi yilda onlayn tarzda malaka oshirasiz. Diagnostika testi faqat shuni aniqlashtish va 2024-yildan tabaqalashtirilgan malaka oshirishni tashkil etish maqsadida o'tkazilyapti.

Diagnostika testi natijalari hech qayerda e'lon qilinmaydi hamda past natija qayd etgan xodimlarga nisbatan biror chora ko'rishni nazarda tutmaydi.

Diagnostika testlariga maktablarda ishlayotgan talabalar va rahbar xodimlar jalb etilmaydi. Shuningdek, ro'yxatdan o'tish uchun pedagog xodim ERP ma'lumotlar bazasiga kiritilgan bo'lishi lozim.

Manba

👉@xalqtaliminfo
#Direktorlar_diqqatiga

Maktab bitiruvchilarini barchasini oliy ta'lim muassasalariga yo'naltirishni istaysizmi?

Juda ko‘p maktab bitiruvchilari oliygoh tanlashda qiynaladi. Ular oliygohning aynan qaysi yo‘nalishiga o‘qishga topshirsa imkoniyati yanada ko‘proq bo‘lishi mumkinligini oldindan tahlil qila olmaydi. Ya'ni, aniq maqsadini o'zi ham bilolmaydi.

Shu sababli bitiruvchilar aniq maqsadsiz qaysidir oliygohga tavakkal hujjat topshiradi. Natijada esa ularning juda ko‘pchiligi muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Afsuski, maktab ma'muriyati ham bu borada ularga yo'l ko'rsatishga qiynaladi.

Endi buning yechimi bor

Ayni damda men va bir necha juda katta tajribaga ega bo'lgan psixologlar hamda o'z sohasining malakali mutaxassislari yordamida psixologik-diagnostik testlarni ishlab chiqdik.

Psixologik-diagnostik testining vazifasi nima?

Psixologik-diagnostik testlar mukammal tazrda ishlab chiqilgan bo‘lib, uning natijalari orqali o‘quvchining qaysi yo‘nalishda iqtidori mavjud ekanligini oldindan tahlil qilish mumkin. Ya'ni bu test o'quvchining aniq maqsadini yuzaga chiqarib beradi.

Bunda maktabdagi har bir 10–11-sinf o‘quvchisi haqidagi tahliliy ma’lumotlar jamlanib, ularning ota-onasi hamda maktab direktoriga taqdim etilishi ham ta'minlanadi.

Hozircha maktab o’quvchilari mustaqil ravishda ushbu testda ishtirok eta olmaydilar, psixologik test maktab direktorlarining tashabbusi bilan o’z maktablarida tashkil etiladi.

Psixologik-diagnostik testda ishtirok etish pullikmi?

O‘quvchilarni psixologik-diagnostik testdan o‘tkazib berish mutlaqo bepul. Ya'ni, test blankalarini chop etish, tahliliy natijalarni nashr qilish hamda boshqa shu kabi harajatlar uchun o'quvchilar, ota-onalar va maktab ma'muriyati bir tiyin ham pul sarf qilmasligiga kafolat beramiz.

Maktab ma'muriyatidan talab qilinadigan birgina narsa o‘quvchilarni ushbu testlarda ishtirok etishlarini ta'minlash bo'ladi xolos.

Buning uchun siz, shunchaki men bilan bog‘lanasiz va mutaxassislar maktabingizga tashrif buyurib o‘quvchilaringizni psixologik-diagnostik testdan o‘tkazib, tahliliy natijalarini maktab ma'muriyati va har bir ota-onaga taqdim etadi.

Ha aytgancha, maktabingiz O‘zbekistonning qaysi hududida joylashgan bo'lishidan qatiy nazar, mutaxassislarimiz u yerga yetib borishadi va mukammal tarzda test olishadi, bu test natijasiga ko’ra o’quvchilar yo’nalish tanlashda adashishmaydi.

Bizningcha, yanada ko'proq bitiruvchilarini oliy ta'lim muassasalariga yo'naltirish istagida bo'lgan maktab rahbarlari uchun bu juda qulay va eng muhimi tekin imkoniyat.

Agar bu loyiha sizga qiziq bo'lsa, unda tezroq ushbu anketa blankasini to'ldiring. Kvotalar soni cheklangan...

📄 Ariza qoldirish

👉@xalqtaliminfo
O'qituvchimisiz? Unda sizda noodatiy metodlarni o'rganish yoki ularni boshqalarga ulashish imkoniyati bor

"Media Maorif" loyihasini boshlaganimizdan buyon juda ko'p o'qituvchilardan noodatiy metodik materiallar yetib kela boshladi.

Marhamat, o'qituvchi bo'lsangiz "Media Maorif" kanalidagi metodlarni o'rganing yoki o'z metodik ishingizni boshqalarga ulashing.

Yil davomida eng ko'pchilikka yoqqan bir nafar metodik material muallifi @xalqtaliminfo tahririyati tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovg'a bilan taqdirlanadi.

👉@media_maorif
Bugun quyidagi fan o'qituvchilari uchun diagnostika test jarayonlari bo'lib o'tadi

Tasviriy san’at va chizmachilik fani o‘qituvchilari

Toshkent shahar, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyati Tasviriy san’at va chizmachilik fani o‘qituvchilari uchun soat 9:00-10:00 ga qadar.

Texnologiya fani o‘qituvchilari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro va Jizzax viloyati Texnologiya fani o‘qituvchilari uchun soat 10:00-11:00 ga qadar;

Qashqadaryo, Navoiy va Namangan viloyati Texnologiya fani o‘qituvchilari uchun soat 11:00-12:00 ga qadar;

Samarqand, Surxondaryo va Sirdaryo viloyati Texnologiya fani o‘qituvchilari uchun soat 12:00-13:00 ga qadar;

Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyati Texnologiya fani o‘qituvchilari uchun soat 13:00-14:00 ga qadar;

Toshkent shahar Texnologiya fani o‘qituvchilari uchun soat 14:00-15:00 ga qadar.

Iqtisodiy bilim asoslari fani o‘qituvchilari

Respublika bo'yicha barcha Iqtisodiy bilim asoslari fani o‘qituvchilari uchun soat 14:00-15:00 ga qadar.

Tarbiya fani o‘qituvchilari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Andijon viloyati Tarbiya fani o‘qituvchilari o‘qituvchilari uchun soat 14:00-15:00 ga qadar;

Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyati Tarbiya fani o‘qituvchilari o‘qituvchilari uchun soat 15:00-16:00 ga qadar;

Toshkent shahar, Farg‘ona va Xorazm viloyati Tarbiya fani o‘qituvchilari o‘qituvchilari uchun soat 16:00-17:00 ga qadar.

Maxsus maktab internatlari tarbiyachilari

Respublika bo'yicha barcha Maxsus maktab internatlari tarbiyachilari uchun soat 16:00-17:00 ga qadar.

12-dekabr kungi diagnostika test jarayonlarida ishtirok etadigan o'qituvchilar haqida keyinroq ma'lumot beramiz.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Sõragan_edingiz

Diagnostika testida necha foizdan kam natija ko'rsatgan o'qituvchilar offlayn malaka oshiradi?


Ma'lumki, joriy yilning 28-avgustida Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda kelgusida o‘qituvchilarning malakasi tabaqalashgan holda oshirilishi, bunda o‘qituvchining bilimi diagnostikadan o‘tkazilib, past natija ko‘rsatgan o‘qituvchilar an’anaviy usulda, yuqori natijaga erishganlari onlayn shaklda malaka oshirishi lozimligi aytilgan.

Ushbu videoselektor yig‘ilishida berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining tegishli buyrug'i bilan ayni damda o'qituvchilar diagnostikadan o'tkazilyapti.

Endi ko'pchilikda necha foizdan kam natija ko'rsatgan o'qituvchilar offlayn malaka oshiradi degan savol tug'ilmoqda.

Bu borada qanday ishlar ketayotganligini bilish uchun ayrim mas'ullar bilan bog'lanib ko'rdik. Shundan so'ng ma'lum bo'ldiki, hozircha diagnostika test natijalari foizlar misolida ko'rib chiqilmagan.

Ya'ni, kim offlayn, kim onlayn shaklda malaka oshiradi degan savolga hozircha aniq javob yo'q. Bu haqidagi batafsil bayonotlar diagnostika jarayonlari yakunlanib, uning natijalari to'liq tahlil qilingach, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan rasman ma'lum qilinadi.

Diagnostika jarayonlari yakunlanmay turib, natijalar bo'yicha amalga oshiriladigan ishlarni bayon qilish imkonsiz. Eslatib o'tamiz, maktab o‘qituvchilarini diagnostikadan o‘tkazish jarayonlari 15-dekabrda yakunlanadi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Bugun boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun diagnostika test jarayonlari bo'lib o'tadi (o‘zbek sinflarda)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahar boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun soat 9:00-10:00 ga qadar;

Andijon viloyati boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun soat 10:00-12:00 ga qadar;

Buxoro viloyati boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun soat 12:00-13:00 ga qadar;

Jizzax viloyati boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun soat 13:00-14:00 ga qadar;

Qashqadaryo viloyati boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun soat 14:00-17:00 ga qadar;

Navoiy va Sirdaryo viloyati boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun soat 17:00-18:00 ga qadar.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Sovuq tufayli maktab o‘quvchilari masofaviy ta’limga o‘tkazildi — Qozog‘iston

Qozog‘istonning Ostona, Olmaota, Chimkent, Qarag‘anda, Kokshetau, Pavlodar, Semey, Petropavlovsk, Taraz shaharlarida sovuq tufayli o‘quvchilar masofaviy ta’limga o‘tkazildi. Bu haqda Qalampir.uz nashri xabar berdi.

Ostonada birinchi smenada o‘qiydigan 0-11-sinf o‘quvchilari va kollejning 1-2-kurs talabalari, Qarag‘andada birinchi va ikkinchi smenada o‘qiydigan 0–11-sinf o‘quvchilari masofaviy ta’limga o‘tkazilgan.

Havo harorati -35 darajagacha sovigan Kokshetauda bugun 1–11-sinf o‘quvchilari birinchi smenada masofadan turib o‘qishadi.

Shuningdek, havo harorati -33 darajagacha sovigan Petropavlovskda maktab o‘quvchilariga onlayn darslar o‘tiladi. Chimkentda ham qattiq sovuq munosabati bilan 0–11-sinflar 15-dekabrga xuddi shu tarzda bilim oladi.

Bundan tashqari, 13–14-dekabr kunlari Olmaota va Tarazda ham o‘quvchilar uyidan turib o‘qishlari mumkin.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Endi siz ham oliy ma'lumotli bo'lasiz!

Yangi yilda talabalikni o'zingizga sovg'a qiling va bepul yotoqxonaga ega bo'ling!

🧐 Nima uchun 7000+ talabalar bizni tanlashadi?

-Davlat namunasidagi diplom;
-Bepul yotoqxona
-Bepul tushlik
-Xalqaro hamkorlik
-Talabalar almashinuvi

Bu siz uchun oxirgi imkoniyat bo'lishi mumkin.

Hoziroq biz bilan bog'laning👇
+99878777-11-11
O‘qituvchi o‘z hisobidan gazeta chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi 15-umumtaʼlim maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Yorqinjon Hayitboyev o‘zi faoliyat olib borayotgan maktabda “Bilimdon” gazetasini taʼsis etdi.

Joriy yilning 5-dekabr kuni gazetaning ilk soni nashrdan chiqdi. Quvonarlisi, u oddiy devoriy gazeta sifatida emas, haqiqiy gazeta ko‘rinishida tayyorlangan. Undan maktab hayotiga oid maʼlumotlar, o‘quvchilar ijodi va tafakkurini boyituvchi maqolalar, aqlni charxlovchi krossvord va sheʼrlar o‘rin olgan.

"Maktabda yosh pedagog sifatida ish boshlaganim uchun yangilik olib kirishga harakat qildim. Jadidlarimiz o‘z faoliyati davomida gazeta va jurnallarga alohida eʼtibor berishgan. Biz faqat jadidlarimizni ulug‘lash, ular bilan faxrlanish bilan chegaralanmay, ularga izdosh bo‘lishimiz kerak.

Buning uchun esa amaliy ishlar zarur. Gazetani qaysi pulga chiqartiryapsan, degan savol bo‘ladi, albatta. Biz gazetani bir oyda bir marta 30 nusxada chop etishni reja qildik. 30 nusxa chiqarish uchun 60 dona oq qog‘oz ketar ekan. Buni o‘z hisobimdan qilyapman va bundan xursandman.

Avvalo u qadar ko‘p pul ketmaydi. Quvonarlisi, o‘quvchilarimizning adabiyotga bo‘lgan muhabbati yana-da oshdi. Ota-onalar ham xursand. Eng asosiysi, maktabda maʼrifat, adabiyot, maʼnaviyat ko‘zgusi — yangi gazeta paydo bo‘ldi" — deydi Yorqinjon Hayitboyev.

👉@xalqtaliminfo
Bugun "Pedagogning maqomi to‘g‘risida"gi qonun loyihasi muhokamasiga 3 yil to‘ldi

2020-yilda "Pedagogning maqomi to‘g‘risida"gi qonun loyihasi muhokamalar portaliga joylanib, muhokama 2020-yilning 13-dekabr kuni yakunlangandi.

Oradan 3 yil o‘tganiga qaramay qonun hali ham kuchga kirmadi. Sentyabr oyida bu bo‘yicha ishlar salgina jonlanib, Oliy Majlis Senati tomonidan tasdiqlab yuborilgandi.

O‘shanda Senat raisi Tanzila Norboyeva qonun loyihasining tasdiqlanishi "1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni" bayrami arafasida pedagoglarga sovg‘a bo‘lishini aytgandi.

Ammo qonun hali ham rasman kuchga kirmadi. Bugun kuchga kirmagan qonunning 3 yillik yubileyini nishonlasak ham bo‘laveradi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
📸Endi bizni instagramda ham kuzatib boring

Ta'limga oid eng muhim va qiziqarli ma'lumotlarni qisqa videolar orqali yoritib borish maqsadida @xalqtaliminfo loyihasi instagramda ham o'z faoliyatini boshlamoqda.

Marhamat, instgram sahifamizga ham obuna bo'ling va eng tezkor yangilik va qiziqarli ma'lumotlardan xabardor bo'ling.

🌐 INSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun yana bir guruh boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun diagnostika test jarayonlari bo'lib o'tadi (o‘zbek sinflarda)

Namangan viloyati boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun soat 9:00-11:00 ga qadar;

Samarqand viloyati boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun soat 11:00-14:00 ga qadar;

Surxondaryo viloyati boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun soat 14:00-15:00 ga qadar;

Toshkent viloyati boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun soat 15:00-18:00 ga qadar.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Maktab "Zavxozi" qamoqqa olindi — bunga o‘quvchining tok urib vafot etishi sabab bo'lgan

Joriy yilning noyabr oyida Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 99-sonli umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi tok urib vafot etgandi.

Holat yuzasidan maktabning xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari qamoqqa olingan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Qalampir.uz'ga ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi umumta’lim maktabida sodir bo‘lgan hodisa bo‘yicha Jinoyat kodeksining 186-(Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) va 207- (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilgan.

“Maktabning xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariga Jinoyat kodeksining 207-moddasi 3-qismi “a” bandi va boshqa moddalari bilan ayblov e’lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan”, deydi Hayot Shamsutdinov.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Sõragan_edingiz

O‘quvchilar maktabga "krossovka" kiyib kelgani uchun darsga kiritmaslik to‘g‘rimi?

O‘quvchilarning formasiga bo‘lgan talablar Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 666-son qarori bilan tasdiqlangan nizom hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgust kungi 282-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari" bilan tartibga solinadi.

Vazirlar Mahkamasining 666-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda belgilangan majburiy maktab formasi 2025-yilga qadar bosqichma-bosqich joriy etiladi.

"Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari"da ta’lim muassasasi ustavida man etilgan libos va qiyofada, jumladan o‘g‘il bolalar kalta shim, futbolka, shippakda va qiz bolalar kalta, tor va tanani ochiq ko‘rsatuvchi yupqa (harir) kiyimda kelishi hamda bo‘yni va barmoqlariga turli xil taqinchoqlar taqishi taqiqlanganligi aytilgan.

Albatta, o‘quvchilar odob-axloq qoidalarida nazarda tutilgan talablarni bajarishi shart. O‘quvchilarning ta’lim muassasasiga maktab formasida kelishlarini ta’minlash uchun esa ota-onalar mas’ul hisoblanadi.

Ammo ko‘rib turganingizdek, normativ hujjatlarda o‘quvchilarning "krossovka" kiyishlariga taqiq qo‘yilmagan. Shu sababli, o‘quvchilar maktabga "krassovka" kiyib kelgani uchun ularni dars jarayonidan chetlatish mumkin emas.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Eng ahil pedagogik jamoamiz "Ishonch" gazetasida

“1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan o‘tkazgan "Eng ahil pedagogik jamoa" tanlovimizni juda ko‘p joylarda e’tirof etishdi. Bunda hamkorimiz O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining mehnati katta albatta.

Avvalroq tanlovida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan Angren shahridagi 13-umumiy o‘rta ta’lim maktab jamoasi "Assalom O‘zbekiston" ko‘rsatuviga taklif qilingandi.

Endi esa tanlovda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan Samarqand shahar 80-umumiy o‘rta ta’lim maktab jamoasi haqida "Ishonch" hamda "Ishonch-Доверие" gazetalarida bir qancha maqolalar chop etilibdi.

📰 "Ishonch" va "Доверие" gazetalarida chop etilgan maqolalar

Nasib qilsa, pedagog xodimlarni xursand qiladigan yana bir qancha loyihani boshlashni reja qilganmiz. Keyinroq navbatdagi loyihalarimiz haqida ham xabar berib boramiz.

👉https://t.me/xalqtaliminfo