Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
65.5K subscribers
901 photos
347 videos
506 files
3.94K links
Ambassador of @profiuniversity

www.xalqtaliminfo.uz sayti rasmiy kanali.

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: http://myurls.co/xalqtaliminfo

Murojaat uchun: @savollar_murojaat_bot

Reklama: @XalqinfoREK
Download Telegram
O‘qituvchini aldash osonmi?

So‘ngi paytlarda firibgarlik yo‘li bilan ko‘pchilikni aldab pul ishlaydigan shaxslar soni tobora ortib bormoqda. Afsuski, ularning tuzog‘iga tushayotganlarning ko‘pchiligi o‘qituvchilardir.

Pedagoglarimizda media savodxonlik bilimlar yetishmaganidan yoki boshqa sabablar tufayli internet orqali yutuqli o‘yinlar yoki "menga ovoz bering" kabi yolg'on takliflar tuzog‘iga tushib qolyapti.

Achinarli tomoni shundaki, mana shunaqa yutuqli o‘yinlar borligiga ishonib, ijtimoiy tarmoqlar orqali yolg'on xabarlarni yuborayotgan shaxslarning ko‘pchiligi o‘qituvchilar bo‘lib chiqyapti. Bizga ham shunday virusli xabarlarni juda ko'p yuborishmoqda.

Shuning uchun tanish yoki notanish shaxslardan sizga qandaydir noodatiy xabar kelsa uni ochishga aslo shoshilmang, chunki bu tuzoq bo‘lishi mumkin.

Xabarni ochib ko‘rganingizda esa kech bo‘lgan bo‘ladi. Shundan so‘ng bu virusli xabar sizning nomingizdan tanishlaringiz yoki guruhlarga tarqatib yuboriladi. Shu sababli pedagog xodimlardan bunday narsalarga ishonmaslik va targ‘ib qilmaslikni so‘rab qolamiz.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Eslatma

O'quvchilar uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi

Maktab o‘quvchilari uchun II chorakning so‘nggi kuni 27-dekabrga to‘g‘ri kelib, 28-dekabr qishki ta’tilning ilk kuni sanaladi. Ta’til 14 kalendar kun, ya’ni 10 yanvargacha davom etadi. III chorak esa 11 yanvardan boshlanadi.

1-sinf o‘quvchilari uchun esa fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi.

Ma’lumot uchun: Ta’tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to‘g‘ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg‘ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.

Bayram (ishlanmaydigan) kunlariga to‘g‘ri kelib qolgan dars mashg‘ulotlarining mavzulari o‘quv dasturlarini ixchamlashtirgan holda keyingi dars mashg‘ulotlarida o‘tkaziladi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Endi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish va boshqa bir qancha imtihonlar Internet tarmog‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatiladi

Prezidentning tegishli farmoniga asosan, quyidagi imtihonlar Internet tarmog‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatiladi:

falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy kengash tomonidan o‘tkaziladigan dissertatsiya himoyasi (yopiq ilmiy ishlar bundan mustasno);

o‘rta-maxsus va professional ta’lim muassasalarining, (shu jumladan, “Temurbeklar maktablari” harbiy-akademik litseylarining) test sinovlari hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari;

oliy ta’lim muassasalari bazasidagi harbiy ta’lim fakultetlariga (harbiy kafedra) qabul qilishdagi saralash tanlovlarining quyidagi bosqichlari:

umumjismoniy tayyorgarlikni baholash;

chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik dasturi bo‘yicha bilim darajasini baholash.

© O‘zA

👉https://t.me/xalqtaliminfo
❗️Malaka toifa berishning yangi tartibi tajriba-sinovdan o‘tkaziladi

Tajriba-sinov jarayonlari 2022-yilgi attestatsiyada nisbatan past ko‘rsatkichlarni qayd etgan tuman va shaharlarda o‘tkazilishi belgilagan.

Umumtaʼlim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglar uchun toifa berishning yangi tartibi asosida o‘tkaziladigan tajriba-sinov jarayonlari 5-7-dekabr kunlari quyidagi tuman va shaharlarda o‘tkaziladi:

1. Xorazm viloyati - Hazorasp tumani;
2. Buxoro viloyati - Olot tumani;
3. Navoiy viloyati - Konimex tumani;
4. Farg‘ona viloyati - Oltiariq tumani;
5. Namangan viloyati - Yangi Namangan tumani;
6. Toshkent shahri - Yangihayot tumani;
7. Samarqand viloyati - Urgut tumani;
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi -Qorauzak tumani;
9. Andijon viloyati - Andijon shahri va Paxtaobod tumani;
10. Surxondaryo viloyati - Boysun va Sherobod tumanlari;
11. Sirdaryo viloyati - Sayxunobod va Sirdaryo tumanlari;
12. Jizzax viloyati - Baxmal va G‘allaorol tumanlari;
13. Toshkent viloyati - Bo‘ka va Ohangaron tumanlari;
14. Qashqadaryo viloyati - Qamashi va Chiroqchi tumanlari.

Qayd etish joizki, malaka, sinov aprobatsiyasi natijalaridan test topshiriqlari va tajriba jarayonlari tahlili uchun foydalaniladi.

Pedagoglarni tajriba-sinovda qatnashganlik natijalari ularga malaka toifalarini belgilashda yoki lavozimiga loyiqlik masalalarini ko‘rib chiqishga taʼsir qilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni pedagog kadrlarga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinishi 2024-yildan boshlab o‘tkazilishi belgilangan.

Malaka toifasi berishning yangi tartibi joriy qilinguniga qadar malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlarni o‘tkazishga moratoriy joriy etilgan bo‘lib, moratoriy davomida pedagog kadrlar navbatdagi malaka toifasini olish sinovlariga jalb etilmasligi hamda ularning malaka toifasini tasdiqlovchi sertifikatning amal qilish muddati navbatdagi sinovlarga jalb qilinguniga qadar avtomatik ravishda uzaytirilishi belgilab qo‘yilgan.

© MMTV

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Oldin imtihon keyin oliygoh tizmi joriy qilinadi

2024-2025 o‘quv yilidan boshlab abituriyentlar oldin imtihon topshirishadi va undan keyin oliygoh tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Bu jarayon qanday bo‘ladi?

Rivojlangan davlatlarda oldin imtihon keyin oliygoh tizimi ancha yillardan beri ishlaydi, ya’ni har bir universitet o‘zi uchun minimum o‘tish balini yoki ko‘rsatkichlarni belgilaydi, barcha abituriyentlar oldin imtihon topshiradi, keyin universitet tanlaydi.

Bu juda ham zo‘r usul, abituriyent o‘z bilimiga yarasha oliygohda o‘qiydi. Endi shunday tartib 2024-2025 oʻquv yilidan boshlab O‘zbekiston oliygohlarida ham joriy qilinishi rejalashtirilmoqda.

© Bektosh Xatamov

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Bilasizmi

Asosiy fan olimpiadasining III bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar qanday taqdirlanadi?


Bugundan asosiy fan olimpiadasining III (viloyat) bosqichiga start berildi. 29-30-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan olimpiadada 10-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etadi. Mazkur bosqichda 1-2-3-o‘rinni qo‘lga kiritgan 11-sinf o‘quvchilari olimpiadaning Respublika bosqichida ishtirok etish imkonini qo‘lga kiritadi.

Amaldagi tartib bo‘yicha asosiy olimpiadaning III bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar quyidagi miqdordagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi:

🥇1-o‘rin uchun — 1 980 000 so‘m;

🥈2-o‘rin uchun — 1 320 000 so‘m;

🥉3-o‘rin uchun — 990 000 so‘m.

Joriy yilda asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichi g‘oliblarini rag‘batlantirish uchun Respublika byudjetidan qariyb 5,12 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Maktab o‘quvchisi tok urishi oqibatida vafot etdi

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 99-maktabning 8-sinf o‘quvchisi sport maydonchasidagi ochiq turgan elektr toki simiga tegib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Qalampir.uz nashri xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, o'quvchi maktabni yorituvchi chiroq ustunidagi ochiq bo‘lgan elektr simiga tegib ketgan va tok urishi oqibatida voqea joyida vafot etgan. Ma'lum bo'lishicha, tok urish holati birinchi marotaba sodir bo‘lmagan. Bundan avval ham huddi shu maktabda tok urishidan zarar ko‘rgan o‘quvchilar bo‘lgan.

Ayni vaqtda mazkur ta'lim muassasasida Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi tomonidan tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

***
Shu o'rinda ta'lim muassasasi direktorlarini ogohlikka chaqirgan holda, o'zi rahbarlik qilayotgan maktabda texkina xavfsizlik qoidalariga amal qilishlarini, ta'lim muassasasida ochiq turgan elektr toki simlari yo'qligini yana bir bor ko'zdan kechirib qo'yishlarini so'rab qolamiz.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Sõragan_edingiz

O‘qituvchilar diagnostika testidan o'tkaziladimi? Ular testdan yaxshi o'tolmasa nima bo'ladi?


Xabaringiz bo'lsa, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi joriy yilning 4 – 15-dekabr kunlari maktablarda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalari diagnostika testidan o‘tkazilishini ma'lum qildi.

Ayni vaqtda o‘qituvchi va rahbar xodimlar bu qanday test ekanligi, diagnostika testi natijalari ularning ish faoliyatiga foyda va zarari bor yoki yo'qligi haqida o'ylamoqda. Shu sababli ularni o'ylantirayotgan ayrim savollarga javob berib o'tmoqchimiz.

Bu diagnostika testini o'tkazishdan maqsad nima?

Bundan eng asosiy maqsad o‘qituvchilar malakasini tabaqalashtirilgan holda oshirish tizimini joriy etishdir. Bu jarayonlar 2024-yil yanvar oyidan boshlab to'liq joriy etilishi munosabati bilan diagnostika natijalariga ko‘ra o‘qituvchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash maqsad qilingan.

O'qituvchi diagnostika testidan yaxshi o'tolmasa nima bo'ladi?

Diagnostika test jarayonlari kasbiy ehtiyojlarni aniqlashga qaratilgan bo'lib, uning natijalari o'qituvchilarning mehnat faoliyatiga hech qanday huquqiy va moliyaviy ta'sir ko'rsatmaydi.

Shuningdek diagnostika natijalari hech qayerda e’lon qilinmaydi. Ya'ni, undan faqat ehtiyojlarga asoslangan holda malaka oshirishni tashkil etish maqsadida foydalaniladi. Shunday ekan, ayrim pedagoglarimiz vahimaga tushmasa ham bo'laveradi.

Diagnostika natijalari bo'yicha qanday ishlarni amalga oshirish reja qilingan?

Diagnostika natijalariga ko‘ra, o‘qituvchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarga bo‘lgan ehtiyojlari aniqlanadi. Mazkur ehtiyojlar guruhlarga ajratiladi va har bir guruhga mos tarzda pedagoglar malakasini oshirish kurslarining tabaqashtirilgan o‘quv reja va dasturlari ishlab chiqiladi.

Shundan so'ng A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti 2024-yilda maktab o‘qituvchilari va rahbarlarining malakasini oshirish rejasini tasdiqlash uchun vazirlikka taqdim etadi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Forwarded from Bektosh Khatamov
Жуда кўп иш бор.

Талабалигимдан бери ишлайман, бирор марта ҳам иш топишда қийналмаганман, аксинча иш ўзи мени топиб келган, ҳозир ҳам жуда кўп одамлар ўзлари бизнес ҳамкорликни таклиф қилиб чиқишади, бунга сабаблар кўп, лекин асосийси оддий илм деб ўйлайман.

@profiuniversity хусусий олийгоҳ очилишида биринчи навбатда мана шу илмларни талабаларга улашишни мақсад қилганмиз, мен “иш йўқ, иш топа олмаяпмиз” деган гапларга ишонмайман. Яқинда шу илмларни ўрганиш орқали 120 нафар талаба бир кунда иш топишди, улар топган ишларнинг ўртача ойлик маоши тўрт миллион сўм атрофида чиқди.

Бу қандай бўлди? Қисқача тушунтириб бераман.

Дастлаб талабаларга резюме тўлдириш ўргатилди, жуда кўпчилик талабалар оддий резюме тўлдиришни ҳам билишмайди, жуда кўпчилик бунга эътибор қаратмайди. Сўрасангиз, “нима у?” деб ҳайрон бўлишади. Резюме бу сизнинг юзингиз, агар у санъат даражасида тузилмаган бўлса, сиз ўзингизнинг ва иш берувчининг вақтини олган бўласиз.

Кейин резюмени жойлаштириш, қайси сайтлар орқали жойлаштириш ва қандай жойлаштириш мумкинлигини ўргатилди.

Ана ундан кейин резюмени қабул қилган иш берувчининг телефон қўнғироқларига жавоб бериш тартиби санъат даражасида машқ қилинди.

Ва энг охирида суҳбатга тайёргарлик, суҳбатни олиб бориш тартиби ўргатилди. Кўпчилик иш қидириб юрган одамлар суҳбатга тайёрланмасдан боришади, бу эса ўз навбатида иш топиш эҳтимолини каррасига камайтириб юборади. Тайёргарлик деганда нималар тушунилади?

Сиз иш берувчи корхона ҳақида тўлиқ маълумотларга эга бўласиз, унинг раҳбари, асосчилари, бозордаги фаолиятлари ва умуман компаниянинг шиоридан тортиб қадриятларигача бўлган маълумотлар билан суҳбат давомида ҳужумга ўтасиз.

Мана шу олинган илмларни талабамиз саккизта корхона билан амалга оширган, улардан тўрттаси суҳбат тугаши билан уни ишга таклиф қилишган, яна тўрттаси бир-икки кун оралиғида қайта алоқага чиқиб ишга таклиф қилишни бошлашган, энди талабамиз қайси бирида ишлашни ўзи танлаб ўтирибди. Унга ярим кун учун энг юқори маош 8 миллион сўм таклиф қилинган.

Мана шунақа, ўртоқлар! Иш жуда ҳам кўп, сизда илм борми? @profiuniversity ҳаётингизни осонлаштирадиган даргоҳ.

@bektoshkhatamov
O‘qituvchilarga berilgan imtiyozlar haqida bilib oldingiz, endi navbat talabalarga

Yaqinda Profi Universityʼda pedagoglar uchun qanday imtiyozlar yo‘lga qo‘yilganligi haqida quyidagi videoda batafsil gapirib bergandim.

Bugun universitet jamoasi talabalar uchun ham yana bir imkoniyat eshigini ochganligini maʼlum qildi. Yaʼni, universitetning Navoiy filialida tahsil oladigan talabalarining farzandlari, ularning yaqin qarindoshlarining farzandlari Navoiydagi @newerakids xususiy bolalar bog‘chasida 50 foizlik chegirma bilan tahsil olishlari mumkin bo‘ldi. (Navoiy filialidagi talabalarga tushlik ham bepul)

Ilgari xuddi shunday imtiyoz universitet pedagog xodimlari uchun edi. Endi talabalarga ham bu imtiyozdan foydalanish imkoniyati berilyapti.

Bu imtiyoz barcha talabalar uchun tegishli yaʼni sirtqi, kechki yoki kunduzgi taʼlim yo‘nalishida o‘qishining farqi yo‘q, eng muhimi u talabamiz bo‘lsa yetarli.

Bu reklama emas o‘rtoqlar! Shunchaki kuzatuvchilarimiz yaxshi imkoniyatlardan xabarsiz qolmasliklari uchun bu maʼlumotni ham ulashib qo‘yishni lozim deb topdim. Profi Universityʼning sirtqi, kechki yoki kunduzgi taʼlim yo‘nalishida o‘qish istagida bo‘lgan talabgorlardan hozirdanoq o‘z tanlovini belgilab olishini so‘rayman.

Ha aytgancha, universitetning Toshkent shahridagi filialida tahsil olish istagida bo‘lgan talabalarga ham turli xil imtiyozlar berilgan, undan tashqari shaxsan o‘zim talabalarga turli xil mavzularda master-klasslar ham o‘tib beraman. Barchangizni imkoniyatlar oliygohida kutib qolaman!

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Sõragan_edingiz

O‘qituvchilar diagnostika testi qay tartibda o'tkaziladi?


Joriy yilning 4 15-dekabr kunlari maktablarda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalarini diagnostika testidan o‘tkazish rejalashtirilgan.

Xo'sh, test jarayonlari qay tartibda o'tkaziladi?

Diagnostika jarayoni test sinovi shaklida onlayn ravishda “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasi imkoniyatlaridan foydalangan holda tashkil etilib, unda o‘qituvchilar o‘zlari dars beradigan asosiy fan bo‘yicha test topshiradilar.

Diagnostika jarayonida har bir o‘qituvchiga har biri bitta savol va 4 ta muqobil javobdan iborat 50 ta test taqdim etiladi hamda ularga javob berish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.

Har bir test savoli uchun belgilangan birinchi javob hisobga olinadi va qayta o‘zgartirishga imkoniyat berilmaydi. Test sinovi yakunlangach o‘qituvchi kompyuter ekranida yoki telefonida natijalarini ko‘rishi mumkin bo‘ladi.

O'qituvchilar test topshirish uchun qayerga borishlari kerak bo'ladi?

Test topshirish uchun o'qituvchilar qayergadir borishlari shart emas. Ya'ni, oʻqituvchilarning diagnostika jarayonlarida oʻz ish joyidan onlayn ishtirok etishlari ta'minlanadi. Tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimlari diagnostika (test sinovi) jarayonlarini shaffof va xolis oʻtkazilishini ta’minlaydi va zoom platformasi orqali nazorat qiladi.

Test sinovida ma'lum bir sabablarga ko'ra qatnasholmay qolgan o'qituvchilar nima qiladi?

Test sinovi jarayonida uzrli sabablarga ko‘ra ishtirok etmagan maktab o‘qituvchilari vazirlik ruxsati bilan alohida grafik asosida diagnostikadan o‘tkaziladi. Test sinovida uzrli sabablarsiz ishtirok etmaganlar diagnostikada nol ball olgan deb hisoblanadi.

O‘qituvchilar diagnostika testi bo'yicha qo'shimcha savollarga mana bu postda ham batafsil tushuntirish berilgan.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Diqqat

Maktab o‘qituvchilarini diagnostika testidan o‘tkazish muddatlari bilan tanishing

Demak, 4–15-dekabr kunlari respublika bo'yicha barcha o‘qituvchilar o‘zlari dars beradigan asosiy fan bo‘yicha test topshiradilar. Fan o'qituvchilarini diagnostika testidan o‘tkazish muddatlari quyidagicha:

4-dekabr kuni

O‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari (ona tili va adabiyoti);
Qoraqalpoq tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari.

4–5-dekabr kunlari

Rus tili fani (o‘zbek va qardosh tillardagi sinflarda) o‘qituvchilari.

5–6-dekabr kunlari

Ingliz tili fani o‘qituvchilari;
Nemis tili fani o‘qituvchilari.

6-dekabr kuni

Fransuz tili fani o‘qituvchilari;
Davlat (o‘zbek) tili fani o‘qituvchilari;
Davlat (qoraqalpoq) tili fani o‘qituvchilari;
Kimyo fani o‘qituvchilari;
Rus tili va adabiyoti fani (rus sinflarda) o‘qituvchilari;
Umumta’lim maktablari amaliyotchi psixologlari.

7-dekabr kuni

Biologiya fani o‘qituvchilari;
Geografiya fani o‘qituvchilari;
Fizika fani o‘qituvchilari.

7–9-dekabr kunlari

Matematika fani o‘qituvchilari.

9-dekabr kuni

Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari.

9–11-dekabr kunlari

Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari.

11-dekabr kuni

Tarix fani o‘qituvchilari;
Davlat va huquq asoslari fani o‘qituvchilari;
Musiqa madaniyati fani o‘qituvchilari.

11–12-dekabr kunlari

Tasviriy san’at va chizmachilik fani o‘qituvchilari.

12-dekabr kuni

Texnologiya fani o‘qituvchilari;
Iqtisodiy bilim asoslari fani o‘qituvchilari;
Tarbiya fani o‘qituvchilari;
Maxsus maktab internatlari tarbiyachilari.

13–15-dekabr kunlari

Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari (o‘zbek sinflarda).

15-dekabr kuni

Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari (qoraqalpoq sinflarda);
Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari (rus sinflarda).

Maktab o‘qituvchilarini diagnostika testidan o‘tkazishning Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar kesimidagi reja-jadvali va o'tkazilish kun, soati haqidagi qo'shimcha ma'lumotlarni quyidagi reja-garfik bilan tanishib, bilib olishingiz mumkin.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Afsuslanishga hojat yo'q!

👨‍💻 DTM balingiz bilan Qarshi shahrida joylashgan Xalqaro innovatsion tibbiyot texnikumi talabasi bo'ling.

⚠️ Ayni damda qabul jarayonlari davom etmoqda, vaqtdan unumli foydalaning!

📍Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri , Paxtazor MFY, Paxtazor mavzesi, 1/82 uy

Murojaat uchun ✍️

📞 +998(95)-650-00-20

📞 +998(95)-651-00-20

Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma

Joriy yilning 5-7-dekabr kunlari o'qituvchilarga malaka toifa berishning yangi tartibi ham tajriba-sinovdan o'tkaziladi


Umumtaʼlim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglar uchun toifa berishning yangi tartibi asosida o‘tkaziladigan tajriba-sinov jarayonlari 5-7-dekabr kunlari quyidagi tuman va shaharlarda o‘tkaziladi:

1. Xorazm viloyati - Hazorasp tumani;
2. Buxoro viloyati - Olot tumani;
3. Navoiy viloyati - Konimex tumani;
4. Farg‘ona viloyati - Oltiariq tumani;
5. Namangan viloyati - Yangi Namangan tumani;
6. Toshkent shahri - Yangihayot tumani;
7. Samarqand viloyati - Urgut tumani;
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi -Qorauzak tumani;
9. Andijon viloyati - Andijon shahri va Paxtaobod tumani;
10. Surxondaryo viloyati - Boysun va Sherobod tumanlari;
11. Sirdaryo viloyati - Sayxunobod va Sirdaryo tumanlari;
12. Jizzax viloyati - Baxmal va G‘allaorol tumanlari;
13. Toshkent viloyati - Bo‘ka va Ohangaron tumanlari;
14. Qashqadaryo viloyati - Qamashi va Chiroqchi tumanlari.

Pedagoglarni tajriba-sinovda qatnashganlik natijalari ularga malaka toifalarini belgilashda yoki lavozimiga loyiqlik masalalarini ko‘rib chiqishga taʼsir qilmaydi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
"Yilning eng yaxshi Hududiy Adliya boshqarmasi boshlig‘i"ga ovoz bering

Yurist xizmati kanali Jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida "Yilning eng yaxshi Hududiy Adliya boshqarmasi boshlig‘i — 2023" tanloviga start berdi.

Marhamat hududingizda faoliyat olib borayotgan hududiy adliya boshqarmasi boshliqlari faoliyatiga ovoz berish orqali o‘zingiz baho bering.

1️⃣ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vaziri — Elmurod Ergashovich Tursunov
👉 OVOZ BERISH

2️⃣ Andijon viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i — Bozarov Otabek Shavkatjonovich
👉 OVOZ BERISH

3️⃣ Buxoro viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i — Anvar Islomovich Raxmatov
👉 OVOZ BERISH

4️⃣ Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i — Ergashev Akmal Mamarasulovich
👉 OVOZ BERISH

5️⃣ Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i — Ostanov Ural Suyunovich
👉 OVOZ BERISH

6️⃣ Navoiy viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i — Gʻaybullo Sadulloyevich Primov
👉 OVOZ BERISH

7️⃣ Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i — Sabirov Xayrullo Ismoilovich
👉 OVOZ BERISH

8️⃣ Samarqand viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i — Nuriyev Salohiddin Samadovich
👉 OVOZ BERISH

9️⃣ Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i — Abdurasulov Sunatillo Tojimurodovich
👉 OVOZ BERISH

🔟 Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i — Sattarov Saloxiddin Ulug‘bekovich
👉 OVOZ BERISH

1️⃣1️⃣ Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i — Buriyev Abdumannop Abduraxmatovich
👉 OVOZ BERISH

1️⃣2️⃣ Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i — Nodir Xudayberdiyevich Jumanyozov
👉 OVOZ BERISH

1️⃣3️⃣ Toshkent viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i — Dadajonov Abdumutalib Karimovich
👉 OVOZ BERISH

1️⃣4️⃣ Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i — Muxammadiyev No‘mon Usmonovich
👉 OVOZ BERISH

Tanlov 15-dekabrga qadar davom etadi va eng ko‘p ovoz to‘plagan boshqarma boshlig‘i g‘olib deb tan olinadi. Gʻolibga esa maxsus sertifikat va pul mukofoti topshiriladi.

@Yurist_Xizmati
Fan o'qituvchilarini diagnostika testidan o'tkazish yuzasidan kelib tushayotgan savollarga navbati bilan javob berib boramiz

Ko'plab peadoglarni 4–15-dekabr kunlari o'tkaziladigan diagnostika test jarayoniga oid savollar hali ham qiynamoqda. Shu sababli biz maktab o‘qituvchilarining malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini diagnostikadan o‘tkazish jarayonlariga oid eng qaynoq yangiliklarni kanalda yoritib boramiz.

Bizni kuzatishda davom eting. Shu mavzuga oid savollaringiz bo'lsa izohlarda yozib qoldiring.

👉@xalqtaliminfo
⚡️Bugundan boshlab oylik maoshlarni oshirilgan miqdorda hisoblash boshlanadi

Ma'lumki, Prezidentning 17-noyabrdagi 196-sonli farmoni bilan 1-dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7 foizga oshirilishi belgilangan.

Oshirilgan maoshlar bo‘yicha hisoblanganda bugundan boshlab pedagog xodimlar quyidagicha oylik oladilar:

Maktab direktori:
4 mln 084 ming 179 so‘m (400 o‘quvchigacha)
4 mln 360 ming 917 so‘m (401-880 o‘quvchigacha)
4 mln 624 ming 262 so‘m (881-1600 o‘quvchigacha)
4 mln 891 ming 647 so‘m (1600dan ortiq)

Direktor o‘rinbosarlari: (MMIBDO‘, O‘TIBDO‘)
3 mln 814 ming 502 so‘m (400 o‘quvchigacha)
4 mln 084 ming 179 so‘m (401-880 o‘quvchigacha)
4 mln 360 ming 917 so‘m (881-1600 o‘quvchigacha)
4 mln 624 ming 262 so‘m (1600dan ortiq)

Direktorning ho‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari:
1 mln 618 ming 065 so‘m (400 o‘quvchigacha)
1 mln 765 ming 457 so‘m (401-880 o‘quvchigacha)
1 mln 919 ming 114 so‘m (881-1600 o‘quvchigacha)
2 mln 078 ming 589 so‘m (1600dan ortiq)

*CHQBT rahbari:
2 mln 948 ming 543 so‘m

2024-yil 15-yanvardan boshlab CHQBT rahbari:

Mutaxassis – 2 mln 948 ming 543 so‘m;

Ikkinchi toifali – 3 mln 301 ming 055 so‘m;

Birinchi toifali – 3 mln 678 ming 381 so‘m;

Oliy toifali – 4 mln 064 ming 865 so‘m

**Psixologlar
Oliy ma’lumotli psixolog – 2 mln 653 ming 689 so‘m

Ikkinchi toifali psixolog – 2 mln 841 ming 780 so‘m

Birinchi toifali psixolog – 3 mln 034 ming 666 so‘m

Oliy toifali psixolog – 3 mln 219 ming 374 so‘m

O‘qituvchilar
O‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchi – 2 mln 756 ming 194 so‘m

Oliy ma’lumotli o‘qituvchi – 2 mln 948 ming 543 so‘m

Ikkinchi toifali o‘qituvchi – 3 mln 301 ming 055 so‘m

Birinchi toifali o‘qituvchi – 3 mln 678 ming 381 so‘m

Oliy toifali o‘qituvchi – 4 mln 064 ming 865 so‘m

Maktab laboranti (1 st)– 1 mln 458 ming 770 so‘m

Kutubxona mudiri:

O‘rta maxsus ma’lumotli – 1 mln 941 ming 691 so‘m

Oliy ma’lumotli – 2 mln 118 ming 548 so‘m

Kutubxonachi:

O‘rta maxsus ma’lumotli – 1 mln 683 ming 734 so‘m

Oliy ma’lumotli – 1 mln 772 ming 354 so‘m

❗️Izoh: *2024-yil 15-yanvardan boshlab CHQBT rahbarlariga ham boshqa fan o‘qituvchilari singari malaka toifasi berish tartibi yo‘lga qo‘yiladi. Shundan so'ng ularning oylik maoshi ham malaka toifasiga ko'ra farqlanadi.

**Psixologlar oylik maoshi ham malaka toifasiga ko'ra farqlanadi. Ammo ularni attestatsiyadan o'tkazish masalasidagi muammolar haligacha bartaraf etilmagan.

Ta'lim muassasasining boshqa toifadagi xodimlarining oylik maoshlari haqida keyinroq qo'shimcha ma'lumot beramiz.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Fan o‘qituvchilarining malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini diagnostikadan o‘tkazish jarayonlari qanday o‘tadi?

Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan fan o'qituvchilarini diagnostika testidan o‘tkazish mavzusi yuzasida tashkil etilgan matbuot anjumanidamiz.

Matbuot anjumanida imkon qadar vazirlik mas'ul xodimlaridan pedagoglarni qiziqtirgan savollariga javob olishga harakat qilamiz.

Matbuot anjumani UzreportTV telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilyapti. Shuningdek, UzreportTV'ning Youtube sahifasida ham matbuot anjumanini kuzatishingiz mumkin.

👉https://www.youtube.com/live/QVCtQNLhLOM?si=jtwLqs2vmEs3L1M-

@xalqtaliminfo
#Sõragan_edingiz

O‘qituvchilar diagnostika testlarini qanday qurulmalar orqali yechishi mumkin?

O‘qituvchilar diagnostika testlarida nafaqat kompyuter balki, telefon, planshet va boshqa turli xil gadjetlar orqali ishtirok etishlariga sharoit yaratiladi.

Diagnostika jarayonida har bir o‘qituvchiga har biri bitta savol va 4 ta muqobil javobdan iborat 50 ta test taqdim etiladi hamda ularga javob berish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanidagi nutqdan

👉@xalqtaliminfo
#Sõragan_edingiz

Maktabda ishlayotgan talabalar ham diagnostika testida ishtirok etadimi?

#Savol
Diagnostika testida talaba bo'lib, asosiy o'qituvchi sifatida ishlayotganlar ham qatnashadimi? Misol uchun men 4-kurs talabasiman. Meni ham ism familyam ro'yxatda bor ekan. Qatnashishim shartmi?

#Javob
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2023-yil 14-noyabrdagi 540-sonli buyrug'i bilan 4–15-dekabr kunlari maktablarda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalari diagnostika testidan o‘tkazilishi belgilandi.

Bunda o‘qituvchilar o‘zlari dars beradigan asosiy fan bo‘yicha test topshiradilar. Hozirgi kunda ta'lim muassasalarida asosiy fan o'qituvchi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan talabalarni diagnostika test jarayonlariga jalb qilish rejalashtirilmagan.

Demak, 4–15-dekabr kunlari o‘tkaziladigan diagnostika testlariga maktablarda ishlayotgan talabalar jalb qilinmaydi.

Ushbu savolimizga A.Avloniy nomidagi milliy- tadqiqot instituti rektori Abduvali Ismailov javob berdi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fan o‘qituvchilarini diagnostika testidan o‘tkazish mavzusiga bag'ishlangan matbuot anjumanida pedagoglar uchun qiziq bo‘lgan ayrim savollarga javob oldik

Xabar berganimizdek, kecha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda A.Avloniy nomidagi milliy- tadqiqot instituti mas'ul xodimlari ishtirokida fan o'qituvchilarini diagnostika testidan o‘tkazish mavzusiga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Matbuot anjumanida quyidagi savollarga mas'ullardan javob oldik:

Prezident aytganidek, diagnostika testida past natija ko‘rsatgan o‘qituvchilar haqida o‘zi o‘qigan oliygohga e'tiroz yuboriladimi?

Test yechish uchun o‘qituvchilarga 1 soat vaqt berilyapti, bu vaqtda ular 50 ta testni yechishga ulguradimi?

Talabalar va o‘rindoshlik asosida ishlayotgan o‘qituvchilar diagnostika jarayoniga jalb qilinadimi?

Maktab rahbar xodimlari va ayrim fan o'qituvchilari diagnostika testida qatnashmaydimi?

Yuqoridagi savollarga ushbu lavhani ko‘rib javob topishingiz mumkin. Matbuot anjumanining to'liq shaklini UzreportTV'ning Youtube sahifasida ko'rishingiz mumkin.

👉@xalqtaliminfo