Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
65.3K subscribers
1.06K photos
375 videos
507 files
4.14K links
Ambassador of @profiuniversity

www.xalqtaliminfo.uz sayti rasmiy kanali.

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: http://myurls.co/xalqtaliminfo

Savol yuborish vaqtincha cheklangan.

Reklama: @XalqinfoREK

Guvohnoma: №146004
Download Telegram
#Sõragan_edingiz

CHQBT fani o‘g‘il va qiz bolalarga alohida o‘tilishi kerakmi?

#Savol
CHQBT darslari maktabda o‘g‘il va qizlar bolalarga alohida o‘tilishi kerakmi? Qizlarga bu fandan biologiya o‘qituvchisi dars bersa bo‘ladimi?

#Javob
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-noyabrdagi 591-son qarori bilan tasdiqlangan “Taʼlim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi to‘g‘risida"gi nizomda taʼlim muassasalarida CHQBTni tashkil etish va amalga oshirish tartibi belgilangan.

Nizomning 17-bandiga ko‘ra taʼlim muassasalarida CHQBT fani o‘quv dasturi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘g‘il va qiz bolalar bilan birgalikda o‘tkaziladi.

Bitiruvchi sinflardagi o‘g‘il bolalar bilan harbiy poligonlarda bir kunlik amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan kunlarda qiz bolalar taʼlim muassasasidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarga jalb etiladi.

Taʼlim muassasalarida CHQBT rejasi butun o‘quv yili uchun haftalarga taqsimlangan holda ishlab chiqiladi hamda mashg‘ulotlar umumiy dars jadvaliga kiritilgan holda o‘tkaziladi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2023-yil 16-avgustdagi 247-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta taʼlim maktabi (maktab-internat) xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarida CHQBT fani o'qituvchisining malaka talablari belgilab berilgan.

Unga ko‘ra CHQBT o‘qituvchisi lavozimida ishlovchi shaxs oliygohning "Chaqiriqqacha harbiy taʼlim" yo‘nalishini tamomlagan yoki Qurolli Kuchlar rezervidagi ofitser bo‘lishi lozim. Boshqa fan o‘qituvchisining bu fandan dars berishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
"O‘qituvchilarni hammasi «premiya» olyapti, bittadan obuna qilishga majbursizlar” — hokim o‘rinbosari

Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanidagi pedagogika kollejining zimmasiga bu yil gazeta va jurnallar uchun qariyb 24 mln so‘mlik obuna rejasi qo‘yilgan. Bu rejani bajarolmagan kollej direktori esa yig‘ilishda tuman hokimi o‘rinbosari tomonidan kaltaklangan. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.

Kollej direktorining maʼlum qilishicha, ular yiliga 3 oy uchun obuna pulini to‘lab kelishgan, bu 5–5,5 mln so‘mni tashkil qilgan. Lekin bu safar 24 mln so‘mlik "plan" qo‘yilgan. Shundan so‘ng direktor o‘qituvchilarga obuna qildira olmasligini aytib, hokim o‘rinbosariga eʼtiroz bildirgan.

Bu eʼtirozdan so‘ng hokim o‘rinbosari: “O‘qituvchilarga nega qildirmayapsiz, ular ham bittadan to‘lashsa, urinib qolishmaydi, hammasi "premiya" oladi, man "premiya"larini ham tekshirtiraman, bittadan qilishga majbursizlar” degan va so‘zida qatʼiy turib olgan direktorini kaltaklagan.

Ayni vaqtda kollej direktori shifoxonada davolanmoqda. Shifokorlarga ko‘ra, direktorning miyasida chayqalish va o‘ng jag‘ qismida shikastlanish bo‘lgan. Kun.uz manbalariga ko‘ra, hokim o‘rinbosarining bu xatti-harakatlari yuzasidan jinoyat ishi ochilishi kutilmoqda, ammo mansabdorlar ishni yopdi-yopdi qilish jarayonida bo‘lishi ham mumkin.

***
Menimcha bu vaziyatda nafaqat hokim o'rinbosarini balki, maqolada tilga olingan gazeta tahririyatlari ham javobgarlikka tortilishi kerak. Chunki, bu ishning eng boshida mana shu gazeta tahririyatlari turibdi deb o'ylayman.

Hokim o'rinbosari javobgarlikka tortilar, ishdan ham olinar, ammo mahalliy hokimiyat ortiga berkinib olib, o'qituvchilarni majburiy obunaga jalb qilishga urinayotgan gazeta tahririyatlarichi? Ular suvdan quruq chiqib ketaveradimi?

Agar gazeta tahririyatlariga ham chora ko'rilmasa, bu ishlar tinchigach, ular yana shu qiliqlarini davom ettirishga urinishadi. Aslida o'shalar bilan jiddiy shug'illanish kerak. Kecha ta'kidlaganimdek, byudjet xodimlariga yuk bo‘layotgan gazeta va jurnallar faoliyatiga butunlay chek qo'yishimiz kerak.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oddiy davlat maktablari "karvonsaroy"

O'quvchilarga nisbatan pedagoglar tomonidan jismoniy kuch ishlatilishiga biz e'tiborga olmaydigan boshqa kichik omillar ham sabab bo'ladi. Ushbu videoda oddiy maktablarga ham e'tibor qaratish, u yerda ham qo'riqlash xizmati faoliyatini yo'lga qo'yish lozimligi haqidagi fikrlar ilgari surilgan.

📹 To'liq video: https://youtu.be/5ND5uoJUnBA

👉@xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Psixologlar ham tinim bilmay ishlaydi, ammo ularning mehnati ko‘rinmasligi mumkin

Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida 18 368 nafar pedagog-psixologlar faoliyat yuritar ekan. Ular bolalar ruhiyatidagi salbiy o‘zgarishlarni aniqlab ularni bartaraf etib kelishadi. Turli xil tipdagi bolalar tahsil oladigan maktab o‘quvchilari bilan ishlash oson emas albatta.

Baʼzan bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq shunday holatlar bo‘ladiki, ularni ommaga oshkor qilib bo‘lmaydi. Shu sababli psixologlarning mehnati baʼzan ko‘rinmasligi mumkin. Aslida ular juda ko'p ishlaydilar. Oylik maoshi kam, lekin ishi ko‘p, boshqa rahbarlar kabi ishlaydi, ammo imkoniyati oz.

Lekin ular barchasiga sabr qilib, kasbini yaxshi ko‘rgani uchun ham ishlaydi. Bugun ana shu mashaqqatli kasb egalari bo‘lgan psixologlar kuni. Shu fursatdan foydalangan holda barcha psixologlarni bugun kun munosabati bilan tabriklaymiz.

Yaqin yillar ichida oylik maoshingiz 1000 dollardan ham ziyoda bo‘lishiga tilakdoshmiz. Taʼlimdagi ortiqcha yuklamalarni kamaytirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilyapti. Shunday ekan yaqin yillar ichida psixologlarning ham ish yuklamasi yanada kamayadi deb umid qilamiz.

Yana bir bor “22 noyabr — xalqaro psixologlar kuni” munosabati bilan taʼlim tizimida faoliyat olib borayotgan barcha psixologlarni samimiy tabriklaymiz.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Sõragan_edingiz

Maktab psixologiga mukofot pulini kim beradi?

#Savol
Assalomu alaykum! Maktabda 3 yildan buyon psixolog lavozimida ishlab kelaman. Maktabimizdagi barcha xodimlarga o‘qituvchilar kuni munosabati bilan mukofot pullari berildi. Ammo menga to‘lab berilmadi. Maktab direktoridan sababini so‘rasam sizni mukofotlash to‘g‘risidagi buyruqni tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi chiqaradi dedi. Shu to‘g‘rimi?

#Javob
Umumtaʼlim muassasasi psixologini mukofotlash Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta taʼlim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida"gi nizom bilan tartibga solinadi.

Nizomning 4-bob, 9-bandiga ko‘ra umumtaʼlim muassasalari psixologini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish umumtaʼlim muassasalarida tashkil etiladigan ishchi guruhlar tomonidan amalga oshiriladi.

Ishchi guruh umumtaʼlim muassasalari xodimlarini mukofotlash to‘g‘risida qarorlar qabul qilgandan so‘ng ishchi guruhning qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan maktab direktorining buyrug‘i chiqariladi.

Yaʼni maktab psixologini mukofotlash to‘g‘risidagi buyruq tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi tomonidan emas balki, ishchi guruh qarori asosida maktab direktori buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nima uchun repetitordagi o‘quvchi kaltaklansa ota-ona jim turadi, maktabda shunday qilinsa...

Yuqoridagi qiziq savolga "O‘quvchini kaltaklash eng oxirgi chorami?" mavzusida o'tkazgan suhbatimizda amaliyotchi psixolog, konsultant Akobr Abdullayev javob bergandi.

📹Javob bu yerda👉https://www.youtube.com/watch?v=5ND5uoJUnBA&t=2763s

👉@xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Magistr darajasiga ega bo'lgan pedagog kadrlarga ikkinchi malaka toifasi berishdagi tushunmovchiliklar haqida

Ayrim o‘qituvchilarning aytishicha, magistraturani tamomlagan pedagog kadrlarga ikkinchi malaka toifasi bo‘yicha haq to‘lanmayotgan ekan. O‘qituvchilarning eʼtirozi o‘rinli albatta. Hozir buni tushuntiramiz.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan amaldagi nizomning 10-bandiga ko‘ra ilgari attestatsiyadan o‘tmagan ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlarga yoki oliy taʼlim tashkilotlarini bitirib birinchi bor ishga kirgan pedagog kadrlarga ular attestatsiyaga jalb etilgunga qadar quyidagi tartibda malaka toifasi amal qilishi belgilangan:

bakalavr darajasiga ega pedagog kadrlarga — mutaxassis (oliy maʼlumotli o‘qituvchi) lavozimi;

magistr darajasiga ega mutaxassislarga — ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi).

Nizomning 4-bandiga eʼtibor qaratadigan bo‘lsak, pedagog kadrlar har besh yilda bir marta navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkaziladi. Ilgari attestatsiyadan o‘tmagan ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlarga yoki oliy taʼlim tashkilotlarini bitirib birinchi bor ishga kirgan pedagog kadrlar kasbiy faoliyatiga uch yil to‘lgandan so‘ng navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkaziladi.

Yuqoridagi qoidani tahlil qilib ko'radigan bo‘lsak, maktabda bir necha yillardan buyon ishlab kelayotgan o‘qituvchi agar magistr darajasiga ega bo‘lsa, unga ikkinchi malaka toifasi berilmasligi mumkin degan maʼno kelib chiqmoqda.

Chunki nizomning 10-bandi mazmunidan shuni anglash mumkinki, avvaldan maktabda ishlab kelayotgan pedagog xodim ish faoliyati mobaynida magistr darajasiga ega bo‘lsa unga ikkinchi malaka toifasi bo‘yicha haq to‘lanishi uchun u attestatsiyaga jalb qilinib, tegishli malaka toifasini olishi kerak bo‘lib qoladi.

Sababi nizom talablari bo‘yicha magistr darajasiga ega mutaxassislarga ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi)ni berish uchun xodim ilgari attestatsiyadan o‘tmagan, ishga yangi qabul qilingan bo‘lishi yoki oliygohni bitirib birinchi bor ishga kirayotgan bo‘lishi kerak bo‘lyapti.

Go‘yoki, nizomning ushbu bandlari orqali magistr darajasiga ega mutaxassislarga ikkinchi malaka toifasini bermaslik maqsad qilingandek. Nizomga bu kabi qoidalarning mavjudligi ko‘pchilikni o‘ylantirib qo‘ymoqda.

Fikrimizcha, magistr darajasiga ega mutaxassislarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkinchi malaka toifasi berilib, buning uchun maʼlum bir muddat belgilanmasligi kerak va u xodim ikkinchi malaka toifasi uchun attestatsiga jalb qilinmasligi kerak. (navbatdagi malaka toifalari bundan mustasno)

Magistr diplomi sertifikat emaski uning muddati tugab qolsa. Magistrlik ham bir daraja. Shuning uchun magistr darajasiga ega bo‘lgan pedagog kadrlar o‘z-o‘zidan ikkinchi malaka toifasiga ega deb tan olinishi kerak deb hisoblaymiz.

Balki biz nizomdagi bu qoidalarni noto'g'ri tahlil qilgandirmiz. Lekin shu kabi mujmal jumlalar sababli ko'pchilik moddiy zarar ko'ryapti. O‘ylaymizki, bu muammoli holatga vazirlik ishlab chiqayotgan yangi tahrirdagi pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda yechim beriladi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Samarqandlik o'quvchi O‘zbekiston tarixida qizlar o‘rtasidagi ilk jahon chempioni bo'ldi

Italiyadagi shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 14 yoshgacha bo‘lgan yosh toifasida Samarqand shahridagi 42-maktab o‘quvchisi Afruza Hamdamova muddatidan avval g‘alaba qozondi.

Bu orqali Afruza Hamdamova O‘zbekiston tarixida qizlar o‘rtasidagi ilk jahon chempioniga aylandi.

👉@xalqtaliminfo
Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
Samarqandlik o'quvchi O‘zbekiston tarixida qizlar o‘rtasidagi ilk jahon chempioni bo'ldi Italiyadagi shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 14 yoshgacha bo‘lgan yosh toifasida Samarqand shahridagi 42-maktab o‘quvchisi Afruza Hamdamova muddatidan…
O'quvchimiz Afruza Hamdamova chempionatga kechikib borgan bo'lsada g'oliblikni qo'lga kiritgan

Afruza Hamdamova shengen viza bilan bog‘liq muammolar sababli Jahon chempionatiga kechikib borgan ekan. Yaʼni u 1-turda o'ynamagan. 2-turdan ishtirokni boshlagan.

U 9 ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozonib, yana bitta tur bo‘lsa-da, muddatidan oldin chempion bo‘ldi. Boshqacharoq aytganda, raqiblari 11 ta partiya o‘ynab ham Afruzaning 9 ta partiyadagi natijasidan o'tib keta olmaydi.

Manba

👉@xalqtaliminfo
Maktabni isitish uchun oynalarni butunlay yopib yuborish shart emas

O‘zbekiston maktablarini isitish eng aktual muammolarimizdan biri sanaladi. Ko‘p maktablar tabiiy gaz bilan taʼminlanmagan. Oynalar esa juda ko‘p, lekin bu oynalar yorug‘lik tushib turishi uchun ham juda zarur. Ayniqsa, chiroq ko‘p o‘chadigan O‘zbekiston sharoitida.

Bu borada Angliyaning «Ardmor» maktabidagi mana bu sinf xona derazasi eʼtiborimni tortdi. Xabaringiz bo‘lsa, xorijiy tillarni o‘qitishdagi eng yaxshi maktablar o‘quvchilari hozirgi vaqtda Angliyada bo‘lib turishibdi.

Suratga eʼtibor berib qarasangiz sinf xona deraza oynalari ancha tepalikda joylashgan. Bu esa sinf xonasi issiqligini taʼminlaydi. Shuningdek, anomal sovuq uchun ehtiyot chorasi sifatida deraza oynalarini yopish uchun qo‘shimcha “eshik” ham o‘rnatishganini ham ko'rish mumkin.

Deraza oynasiga o‘rnatilgan bu qo‘shimcha “eshik” o‘qituvchi dars davomida videoproyektordan foydalanganda ham juda qo‘l keladi. Istalgan paytda derazadan tushadigan yoruqlikni to'sib qo‘yish imkoniyati mavjud.

To'g'ri, biz ko'rib turgan surat maktabning yerto'la qismi bo'lishi ham mumkin. Lekin bizni sharoitdan kelib chiqib, sinf xonalarni shunday qilsa bo'aldi. Hech bo'lmaganda deraza oynasiga qo‘shimcha “eshik” qo'yish g'oyasini o'zlashtirsak bo'ladi. Harqalay bu oynalarni butunlay yopib yuborishdan ko'ra yaxshiroq variant.

Aytmoqchimanki, maktablarimizni isitish masalasiga oddiy usul bilan ham yechim berish mumkin. Ham xona yorug' bo'lsin, ham issiq.

👉@xalqtaliminfo
#Sõragan_edingiz

O'qituvchi faqat yozda ta'tilga chiqishi shartmi O'ziga qulay vaqtda ta'tilga chiqsa bo'ladimi?

#Savol
Assalomu alaykum, 2-guruh nogironligi bo’lgan pedagog xodim ta’tilini hozir olsa bo’ladimi? Pedagoglar ta’tilni faqat yozda olishi shart degan talab bormi?

#Javob
Mehnat qonunchiligida pedagog xodimlar aynan yozda ta’tilga chiqishi shart degan talab yo’q. Ko’pchilik MK 227-moddasi 6-qismiga chalg’iydi. Mehnat kodeksi 227-moddasi 6-qismiga ko’ra, har yilgi mehnat ta’tili o‘quvchilarning yozgi ta’tili davrida beriladigan ta’lim tashkilotlarining o‘qituvchilar tarkibiga 1-ish yilidagi har yilgi mehnat ta’tili o‘quvchilarning yozgi ta’tili davrida to‘liq davomiylikda, ular ushbu ta’lim tashkilotiga ishga kirgan vaqtidan qat’i nazar, ishlab bergan vaqtiga mutanosib ravishda haq to‘langan holda beriladi.

Mazkur toifadagi xodimlarga ikki va keyingi ish yillari uchun beriladigan mehnat ta’tiliga, ushbu ta’til ish yili davomida qaysi vaqtda berilishidan qat’i nazar, to‘liq haq to‘lanadi.

Bu yerda pedagog xodim aynan yozda ta’til olsin degan shart yo’q. Demak, yozgi ta’til davrida beriladi degani jumlaga chalg’imaslik kerak. Gap bu yerda 1-ish yili haqida ketmoqda. "Qaysi vaqtda berilishidan qat’i nazar" jumlasiga e'tibor bering, agar ta'til faqat yozda berilishi shart bo'lganda bu jumla ishlatilmas edi.

Buni yanada soddaroq qilib misol bilan tushuntirib o’tamiz. Maktab o’qituvchisi 2023-yil 4-sentabr sanasida ishga qabul qilingan, iyundan hamma pedagoglar singari bir vaqtda ta’tilga chiqmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi 263-son qaroriga ko’ra pedagog xodimning ta’tili 56 kalendar kun.

56 (ta’til kunlari)/12 (oylar soni)= 4.666... 4.666...* 9 (ishlangan oylar soni sentabr-may)= 42 kalendar kun. Bu degani, masalan, sentabrda ishga kirgan o’qituvchi 1-ish yili uchun iyundan ya'ni yozgi ta'til davridan ta’tilga chiqdi. Bu xodimga ta’tilni 56 kun to’liq beramiz, ta’til pulini esa 42 kalendar kunga (ishlangan oylar soni sentabr-mayga mutanosib ravishda) to’lanadi (xodimlarga yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili uchun haq to‘lashda yakshanba va bayram kunlari inobatga olinmaydi).

MK 227-moddasi 3-qismi va 228-moddasi 4-qismiga ko’ra, har yilgi mehnat ta’tili I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlarga ularning xohishiga ko‘ra qulay vaqtda berilishi kerak.

Ya’ni I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodim qanday kasb yoki lavozimda ekanligidan qat’i nazar, agar ta’tilni o’ziga qulay vaqtda olishni so’rab ariza yozsa, ish beruvchi xodimni arizasini qanoatlantirishi shart. Bu qoida 1-ish yiliga ham, 2- va keyingi ish yillari uchun tatbiq qilinadi!

Demak, nafaqat I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodim balki, MK 227-moddasi 3-qismi va 228-moddasi 4-5-qismlarida nazarda tutilgan xodimlar ham har yilgi mehnat ta’tilini o’zlariga qulay vaqtda olishlari mumkin ekan. Ish beruvchi ularni arizasini qanoatlantirishga majbur.

Bu holatda ish beruvchi xodimga darsingni o’tasan, ta’tilingni esa yozda olasan deyishga haqli emas, pedagog ta’tilini faqat yozda olsin degan istisnolar mavjud emas.


Savolga @mehnathuquqi bo‘yicha mutaxassis, Muhammadamin Karimjonov  javob bergan.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
O'qituvchi bir vaqtning o‘zida ikkita yoki uchta maktabda ishlasa ham bo‘ladimi?

Juda ko'pchilik mana shu mazmundagi savol bilan murojaat qiladi. Shu kabi dolzarb savollarga "Yurist va kadr" NTMning instagram sahifasida yaxshi tusuntirishlar berib borilyapti.

Yuqoridagi savol javobi bu yerda👉https://www.instagram.com/reel/C0B88_tse9c/?igshid=MzRlODBiNWFlZA==

👉@xalqtaliminfo
28-30-noyabr kunlari asosiy fan olimpiadasining III (viloyat) bosqichi o‘tkaziladi

Joriy yilning 28-30-noyabr kunlari ona tili va adabiyot, o‘zbek tili, xorijiy tillar, rus tili va adabiyoti, qozoq tili, tojik tili hamda qoraqalpoq tili va adabiyoti, tarix, geografiya fanlaridan respublikamizning barcha hududlarida asosiy fan olimpiadasining III (viloyat) bosqichi o‘tkaziladi.

👉@xalqtaliminfo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘qituvchiga qanday imtiyozlar berishimiz kerak?

O‘qituvchilar obro‘sini oshirish uchun ularga qo‘shimcha imkoniyatlar berish kerakligi haqida ko‘p gapiramiz.

Ayni damda o‘zim faoliyat yuritayotgan Profi Universityʼda pedagoglar uchun juda yaxshi imtiyozlar yo'lga qo'yilgan ekan. Masalan, bulardan biri bepul tushlik. Bu kabi ma'lumotlarni boshqalarga ham ulashishni lozim topdim.

Ushbu videoda Profi University pedagog xodimlari uchun berilgan bir qancha imtiyozlar haqida to‘xtalib o‘tganman. Qani endi shunday imtiyozlar barcha pedagoglarga berilsa...

👉@xalqtaliminfo
O‘qituvchini aldash osonmi?

So‘ngi paytlarda firibgarlik yo‘li bilan ko‘pchilikni aldab pul ishlaydigan shaxslar soni tobora ortib bormoqda. Afsuski, ularning tuzog‘iga tushayotganlarning ko‘pchiligi o‘qituvchilardir.

Pedagoglarimizda media savodxonlik bilimlar yetishmaganidan yoki boshqa sabablar tufayli internet orqali yutuqli o‘yinlar yoki "menga ovoz bering" kabi yolg'on takliflar tuzog‘iga tushib qolyapti.

Achinarli tomoni shundaki, mana shunaqa yutuqli o‘yinlar borligiga ishonib, ijtimoiy tarmoqlar orqali yolg'on xabarlarni yuborayotgan shaxslarning ko‘pchiligi o‘qituvchilar bo‘lib chiqyapti. Bizga ham shunday virusli xabarlarni juda ko'p yuborishmoqda.

Shuning uchun tanish yoki notanish shaxslardan sizga qandaydir noodatiy xabar kelsa uni ochishga aslo shoshilmang, chunki bu tuzoq bo‘lishi mumkin.

Xabarni ochib ko‘rganingizda esa kech bo‘lgan bo‘ladi. Shundan so‘ng bu virusli xabar sizning nomingizdan tanishlaringiz yoki guruhlarga tarqatib yuboriladi. Shu sababli pedagog xodimlardan bunday narsalarga ishonmaslik va targ‘ib qilmaslikni so‘rab qolamiz.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Eslatma

O'quvchilar uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi

Maktab o‘quvchilari uchun II chorakning so‘nggi kuni 27-dekabrga to‘g‘ri kelib, 28-dekabr qishki ta’tilning ilk kuni sanaladi. Ta’til 14 kalendar kun, ya’ni 10 yanvargacha davom etadi. III chorak esa 11 yanvardan boshlanadi.

1-sinf o‘quvchilari uchun esa fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi.

Ma’lumot uchun: Ta’tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to‘g‘ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg‘ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.

Bayram (ishlanmaydigan) kunlariga to‘g‘ri kelib qolgan dars mashg‘ulotlarining mavzulari o‘quv dasturlarini ixchamlashtirgan holda keyingi dars mashg‘ulotlarida o‘tkaziladi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Endi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish va boshqa bir qancha imtihonlar Internet tarmog‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatiladi

Prezidentning tegishli farmoniga asosan, quyidagi imtihonlar Internet tarmog‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatiladi:

falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy kengash tomonidan o‘tkaziladigan dissertatsiya himoyasi (yopiq ilmiy ishlar bundan mustasno);

o‘rta-maxsus va professional ta’lim muassasalarining, (shu jumladan, “Temurbeklar maktablari” harbiy-akademik litseylarining) test sinovlari hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari;

oliy ta’lim muassasalari bazasidagi harbiy ta’lim fakultetlariga (harbiy kafedra) qabul qilishdagi saralash tanlovlarining quyidagi bosqichlari:

umumjismoniy tayyorgarlikni baholash;

chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik dasturi bo‘yicha bilim darajasini baholash.

© O‘zA

👉https://t.me/xalqtaliminfo
❗️Malaka toifa berishning yangi tartibi tajriba-sinovdan o‘tkaziladi

Tajriba-sinov jarayonlari 2022-yilgi attestatsiyada nisbatan past ko‘rsatkichlarni qayd etgan tuman va shaharlarda o‘tkazilishi belgilagan.

Umumtaʼlim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglar uchun toifa berishning yangi tartibi asosida o‘tkaziladigan tajriba-sinov jarayonlari 5-7-dekabr kunlari quyidagi tuman va shaharlarda o‘tkaziladi:

1. Xorazm viloyati - Hazorasp tumani;
2. Buxoro viloyati - Olot tumani;
3. Navoiy viloyati - Konimex tumani;
4. Farg‘ona viloyati - Oltiariq tumani;
5. Namangan viloyati - Yangi Namangan tumani;
6. Toshkent shahri - Yangihayot tumani;
7. Samarqand viloyati - Urgut tumani;
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi -Qorauzak tumani;
9. Andijon viloyati - Andijon shahri va Paxtaobod tumani;
10. Surxondaryo viloyati - Boysun va Sherobod tumanlari;
11. Sirdaryo viloyati - Sayxunobod va Sirdaryo tumanlari;
12. Jizzax viloyati - Baxmal va G‘allaorol tumanlari;
13. Toshkent viloyati - Bo‘ka va Ohangaron tumanlari;
14. Qashqadaryo viloyati - Qamashi va Chiroqchi tumanlari.

Qayd etish joizki, malaka, sinov aprobatsiyasi natijalaridan test topshiriqlari va tajriba jarayonlari tahlili uchun foydalaniladi.

Pedagoglarni tajriba-sinovda qatnashganlik natijalari ularga malaka toifalarini belgilashda yoki lavozimiga loyiqlik masalalarini ko‘rib chiqishga taʼsir qilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni pedagog kadrlarga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinishi 2024-yildan boshlab o‘tkazilishi belgilangan.

Malaka toifasi berishning yangi tartibi joriy qilinguniga qadar malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlarni o‘tkazishga moratoriy joriy etilgan bo‘lib, moratoriy davomida pedagog kadrlar navbatdagi malaka toifasini olish sinovlariga jalb etilmasligi hamda ularning malaka toifasini tasdiqlovchi sertifikatning amal qilish muddati navbatdagi sinovlarga jalb qilinguniga qadar avtomatik ravishda uzaytirilishi belgilab qo‘yilgan.

© MMTV

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Oldin imtihon keyin oliygoh tizmi joriy qilinadi

2024-2025 o‘quv yilidan boshlab abituriyentlar oldin imtihon topshirishadi va undan keyin oliygoh tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Bu jarayon qanday bo‘ladi?

Rivojlangan davlatlarda oldin imtihon keyin oliygoh tizimi ancha yillardan beri ishlaydi, ya’ni har bir universitet o‘zi uchun minimum o‘tish balini yoki ko‘rsatkichlarni belgilaydi, barcha abituriyentlar oldin imtihon topshiradi, keyin universitet tanlaydi.

Bu juda ham zo‘r usul, abituriyent o‘z bilimiga yarasha oliygohda o‘qiydi. Endi shunday tartib 2024-2025 oʻquv yilidan boshlab O‘zbekiston oliygohlarida ham joriy qilinishi rejalashtirilmoqda.

© Bektosh Xatamov

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Bilasizmi

Asosiy fan olimpiadasining III bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar qanday taqdirlanadi?


Bugundan asosiy fan olimpiadasining III (viloyat) bosqichiga start berildi. 29-30-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan olimpiadada 10-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etadi. Mazkur bosqichda 1-2-3-o‘rinni qo‘lga kiritgan 11-sinf o‘quvchilari olimpiadaning Respublika bosqichida ishtirok etish imkonini qo‘lga kiritadi.

Amaldagi tartib bo‘yicha asosiy olimpiadaning III bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar quyidagi miqdordagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi:

🥇1-o‘rin uchun — 1 980 000 so‘m;

🥈2-o‘rin uchun — 1 320 000 so‘m;

🥉3-o‘rin uchun — 990 000 so‘m.

Joriy yilda asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichi g‘oliblarini rag‘batlantirish uchun Respublika byudjetidan qariyb 5,12 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Maktab o‘quvchisi tok urishi oqibatida vafot etdi

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 99-maktabning 8-sinf o‘quvchisi sport maydonchasidagi ochiq turgan elektr toki simiga tegib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Qalampir.uz nashri xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, o'quvchi maktabni yorituvchi chiroq ustunidagi ochiq bo‘lgan elektr simiga tegib ketgan va tok urishi oqibatida voqea joyida vafot etgan. Ma'lum bo'lishicha, tok urish holati birinchi marotaba sodir bo‘lmagan. Bundan avval ham huddi shu maktabda tok urishidan zarar ko‘rgan o‘quvchilar bo‘lgan.

Ayni vaqtda mazkur ta'lim muassasasida Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi tomonidan tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

***
Shu o'rinda ta'lim muassasasi direktorlarini ogohlikka chaqirgan holda, o'zi rahbarlik qilayotgan maktabda texkina xavfsizlik qoidalariga amal qilishlarini, ta'lim muassasasida ochiq turgan elektr toki simlari yo'qligini yana bir bor ko'zdan kechirib qo'yishlarini so'rab qolamiz.

👉https://t.me/xalqtaliminfo