Xalq Banki
82.4K subscribers
2.16K photos
494 videos
3 files
2.27K links
Murojaatlar markazi: @xbcallsupport

📞 1106
☎️ +998 71 210 20 02

🌐 www.xb.uz
🌐 instagram.com/xalqbankinfo/
📩 info@xb.uz
Download Telegram
🤔Qanday qilib pul jamg’arish mumkin? Jamg’armani qaysi shaklda saqlash afzal? kabi savollarga javob topish hammamiz uchun juda qiziq.

🏦Markaziy bank tomonidan aholining turli qatlamlari orasida ularning jamg'arish kayfiyatini o'rganish maqsadida so’rovnoma o’tkazilmoqda.

Siz ham ushbu so’rovnomada faol ishtirok etib, o’z pozitsiyangizni bildiring.
Bayram kunlarida ham xizmatingizdamiz!

Muborak Ramazon hayiti munosabati bilan belgilangan dam olish kunlarida aholiga qulaylik yaratish maqsadida Xalq bankining valyuta ayirboshlash shoxobchalari ish tartibi asosida xizmatlarini amalga oshiradi! 

21-24 aprel kunlari faoliyat ko‘rsatadigan valyuta ayirboshlash shoxobchalari hamda xalqaro pul o‘tkazmalari punktlarining to‘liq ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin: 👉 xb.uz

Shuningdek, Xalq banki kartalariga Rossiyadan pul o‘tkazmalarini "Sberbank Online" ilovasi orqali bankka tashrif buyurmasdan 24/7 tartibda qabul qilib olish imkoniyati mavjud.
🌙 Xalq banki barcha yurtdoshlarimizni butun musulmon ahli uchun ulug' va muqaddas sanalgan Ramazon Hayiti bayrami bilan samimiy muborakbod etadi. 

🙏 Ushbu oyda qilgan ibodatlarimiz, xayrli amallarimiz, go'zal niyat va duolarimiz qabul bo'lsin. Yurtimiz tinch, iqtisodiyotimiz farovon, xalqimiz omon bo'lsin!

Ramazon Hayiti muborak!
Kafillikdan chiqish mumkinmi? 

Kredit olish uchun sizdan kafil bo‘lishingizni so'rashganda yo'q deya olmay rozi bo‘ldingiz. Ammo vaziyat biroz o‘zgarib, kafil bo‘lishdan bosh tortmoqchisiz. 

Kafil bo‘lishni rejalashtirganlar shuni bilishlari kerakki, bank bilan shartnomani faqatgina qarz oluvchi va kreditorning roziligi bilan bekor qilish mumkin, biroq bank va qarz oluvchi ko‘p hollarda bunga rozi bo‘lmaydi.

Kafillik qachon bekor qilinishi mumkin?

kreditor oldidagi majburiyat to‘liq bajarilganligida;
majburiyat kafilning roziligisiz o‘zgartirilganda (foiz stavkasi yoki kredit miqdori oshirilsa);
kafillik shartnomasining amal qilish muddati tugaganda;
bank kafilning roziligisiz qarzni boshqa shaxsga o‘tkazganda.

Agar yaqin kelajakda kafil bo‘lishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, kredit olgan shaxs bilan birdek mas’ul va javobgar ekanligingizni unutmang!
O‘zingni ehtiyot qil, qo‘shningni o‘g‘ri tutma.

🌐 Raqamli texnologiyalar asrida bank kartalari bilan bog‘liq firibgarlikning bir necha usullari mavjud bo‘lib, shulardan fishing tanlov va meros firibgarligidir.

Fishing tanlovlar - bu ijtimoiy tarmoqlarda soxta tanlov va yutuqli sovg‘alar o‘yinini tashkil qilish. "Qurbonlar" e'tiborini tortish uchun yutuqqa avtotransport vositasi yoki so‘nggi rusumli mobil aloqasi qo‘yiladi. So‘ngra ishtirokchilarni “Siz g‘olib bo‘ldingiz" deya tabriklab, ularning maxfiy ma'lumotlari (bank kartasi, shaxsiy hisob raqamining login va parollari) ni olishga harakat qilinadi.

💰 Meros firibgarligida esa jabrlanuvchi nomiga chet eldagi "qarindosh"idan katta miqdordagi meros qoldirilganligi xabar beriladi. Shundan so‘ng, rasmiylashtirish hamda dastlabki to‘lovlarni amalga oshirish uchun bank kartasiga oid maʼlumotlar so‘raladi.

❗️ Fuqarolardan bunday nayranglarga ishonib qolmasliklarini va virtual firibgarlardan ogoh bo‘lishlarini so‘raymiz!

---
Facebook | Instagram | Telegram
Pensiya va nafaqalaringizni olishning qulay usuli bu bank kartasi orqali olishdir! Uyda o'tirganingizda pensiya pulingiz bank kartasiga kelib tushsa qanday yaxshi, shunday emasmi?!

Pensiya va nafaqa pullarini bank kartasi orqali olishning bir qator qulayliklari, shuningdek, mablag'ni naqdlashtirish jarayonida davlat tomonidan qo'shib beriladigan 1% hisobiga konpensatsiya qilinishi haqida Uzreport telekanalida efirga uzatilgan "Fayzli tong" dasturining "Moliyaviy savodxonlik" ruknidan javob olishingiz mumkin.

Efirning ushbu sonida Xalq banki mutaxassisi bank kartasini mobil ilovasiga ulagan holda amalga oshirish mumkin bo‘lgan to‘lovlar va boshqa bir qator imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumot bergan.

🎥 Efirning to‘liq sonini quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.
💰Qishloq xo‘jaligi sohasidagi tadbirkorlik uchun imtiyozli kredit!

Xalq banki Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlarida paxta va g‘alla yetishtirishdan tashqari barcha qishloq xo‘jaligi sohasidagi investitsiyalar hamda aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun moliyaviy ko‘mak kerak bo‘lgan fermerlarimizga xorijiy investitsion liniyalar (XQXTJ) hisobidan kredit taklif qiladi. 

🔹 Kreditning maksimal miqdori:
 – Fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun - $500 000 (yoki milliy valyuta(so‘m)dagi ekvivalentda);
 – Yosh tadbirkorlik subyektlari uchun - $50 000 (yoki milliy valyuta(so‘m)dagi ekvivalentda).

🔹 Muddati: 10 yilgacha;
🔹 Imtiyozli davri: 3 yilgacha;
🔹 Yillik foiz stavkasi: 19% (AQSH dollarida - 6,5%).
🔹 Kreditni to‘lash davri - har 6 oyda bir.


Aloqa markazi:
📞 1106 | @xbcallsupport

👉 Batafsil ma'lumot uchun: 
🌐 xb.uz
 ☎️ +998 78 120-1700 (ichki raqam 1126)
🔑 Kredit — uy-joy sotib olish uchun yaxshi imkoniyat!

Birlamchi bozordan uy-joy xaridi uchun mablag‘ kerak bo‘lsa, biz Sizga "Farovon" ipoteka kreditini taklif etamiz. 

Kredit nafaqat xonadon sotib olish uchun, balki yer uchastkasida yangi uy-joy qurish hamda rekonstruksiya qilish uchun ham ajratiladi. 

Shartlari:
muddati – 20 yil;
imtiyozli davri – 6 oy;
boshlang‘ich to’lov – 15 %;
yillik foiz stavkasi – 18 %.

💰 Kreditning maksimal miqdori:
🔹 Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun – 327,2 mln. so‘m;
🔹 Toshkent shahrida (faqat uy-joy xarid qilish uchun) – 416,5 mln. so‘m.

❗️ Muhim afzallik, ko‘p qavatli uydan xonadonni Xalq bankining ipoteka krediti orqali olsangiz, uy-joy garov sug'urtasi uchun xarajat qilishingiz talab etilmaydi!

Batafsil: xb.uz

 📞1106
✍🏻 @xbcallsupport
✒️ Jahon matbuoti erkinligi kuni bilan tabriklaymiz!

Bugun dunyo bo‘ylab "3-may–Jahon matbuoti erkinligi kuni" keng nishonlanmoqda.
Erkin va haqqoniy so‘z har qaysi demokratik jamiyat rivojining muhim shartlaridan hisoblanadi. 

🥳 Xalq banki barcha qalam ahlini bugungi sana munosabati bilan samimiy tabriklaydi. Mamlakat taraqqiyoti yo‘lidagi so‘zingiz dadil va baralla bo‘lsin!

----
Facebook | Instagram | Telegram
Subsidiya asosida ipoteka kreditini rasmiylashtirish tartibi qanday?

Siz ham subsidiyaga uy olmoqchimisiz? Unday bo'lsa, "Fayzli tong" dasturida efirga uzatilgan "Moliyaviy savodxonlik" ruknini tomosha qiling.

Efirning ushbu sonida Xalq banki mutaxassisi subsidiya nima va u qanday tartibda beriladi, shuningdek, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan oilalar subsidiyadan foydalanishi mumkinligi haqida batafsil ma'lumot bergan.

🎥 Efirning to‘liq sonini quyidagi havola orqali ko'rishingiz mumkin.
Kredit ta’minoti nima va u nega kerak?

Ta'minot - berilgan kredit bo'yicha bank manfaatlarini himoya qilish mexanizmlaridan biri. U asosan mijoz katta miqdordagi kredit olishni xohlasa yoki uning kredit tarixi salbiy bo'lsa so‘raladi.

Agar kredit ta'minotini taqdim etolsangiz, sizning oldingizda quyidagi "imkoniyatlar eshigi" ochilishi mumkin:
kattaroq miqdorda kredit olish;
kredit shartnomasini uzoqroq muddatga rasmiylashtirish;
so’ralgan kredit miqdori tasdiqlanishi ehtimoli yuqoriroq bo’lishi.

Ta'minotga nimalar kiradi?
Ta’minotning barcha shakllarini ikki turga bo'lish mumkin:
🔹 asosiy shakllar: garovga qo'yiladigan mol-mulk, jismoniy yoki yuridik shaxsning kafilligi, sug'urta;
🔹 qo'shimcha shakllar: bank kafolati, bank depoziti.

Kelgusida moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmaslik uchun barcha majburiyatlarni bajara olishga ishonchingiz komil bo'lsagina, garov bilan ta'minlangan kreditlardan foydalanishni tavsiya qilamiz. 😉
⚡️ Xalq banki birinchilardan bo‘lib Humo va Uzcard bankomatlarini integratsiyalashni amalga oshirdi!

Xalq bankining integratsiyalashgan Humo va Uzcard bankomatlari test rejimida ishlashni boshladi.
 
Endilikda Humo va Uzcard tizimida ishlovchi bank kartalaridagi pullaringizni bitta bankomatda naqdlashtirishingiz mumkin. 

Ma’lumot uchun, Xalq banki bankomatlari soni Respublikamizdagi jami bankomatlarning 35 foizini tashkil etadi.
Xotira va qadrlash kuni muborak bo'lsin!

🇺🇿 Xalq banki II jahon urushi qatnashchilari, mehnat faxriylari va barcha yurtdoshlarimizni 9-may – Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy tabriklaydi.

🙏🏻Bugungi osoyishta kunlarimiz sababchisi bo‘lgan faxriylarimizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr tilaymiz.

💥Vatan ozodligi, yurt tinchligi yo‘lida mardonovor kurashgan ajdodlarimizning yorqin xotirasi qalblarda mangu yashaydi.
🎉 Xalq banki faoliyatiga 148 yil to‘ldi!

1875-yil 10-may
— aksiyadorlik tijorat Xalq banki faoliyatiga tamal toshi qo‘yilgan kun. Bugun bankimiz tashkil topganiga 148 yil to‘ldi.

🙏 Bizga bildirgan ishonchingiz va tanlovingiz uchun rahmat! 

📌 Sana munosabati bilan tarixiy hujjatlarda Xalq banki faoliyatiga doir muhim sanalar solnomasi bilan quyida batafsil tanishishingiz mumkin.

1869-yil — Davlat banki(Gosbank)ning Toshkentdagi filialini ochish bo‘yicha Moliya vazirligining maxsus komissiyasiga taklif kiritildi.

1874-yil 12-dekabr — Turkistonning birinchi general-gubernatori Toshkentdagi filialni ochish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

1875-yil 8-may — Davlat bankining Toshkentdagi filial rahbari filialning rasman ochilish kuni va aholiga ko‘rsatiladigan 8 turdagi bank xizmatlarini ma’lum qilib, Sirdaryo okrugi general-gubernatoriga maktub jo‘natdi.

1875-yil 9-may — Sirdaryo okrugi general-gubernatorligi Davlat bankining filialini tashkil etish uchun bank boshqaruvchisiga Toshkentdan joy ajratilganligini ma’lum qildi.

1875-yil 10-may — Davlat bankining Toshkent filiali (birlamchi jamg‘arma kassalari) rasman ochildi hamda o‘z faoliyatini boshladi.

1993-yil 27-avgust
— O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 430-sonli qarori bilan “O‘zjamg‘armabank”ning Ustavi tasdiqlanib, uning asosiy vazifa va funksiyalari belgilab berildi.

1995-yil 4-oktabr — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zjamg‘armabank”ni O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankiga aylantirish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

2015-yil 24-aprel — O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining PF-4720-sonli Farmoniga muvofiq, Davlat-tijorat Xalq banki nomi “Aksiyadorlik tijorat Xalq banki”ga o‘zgartirildi.

Xalq banki — O‘zbekistonning birinchi banki.
Moliyaviy xavfsizligingiz eng birinchi o‘zingizga bog‘liq.

‼️ So‘nggi vaqtlarda virtual firibgarlar ijtimoiy tarmoqlar orqali moliyaviy savodxonligi yetarli bo‘lmagan fuqarolarning ishonchiga kirib ularning bank kartasidagi mablag‘larni “ov”lash holatlari tez-tez kuzatilyapti. 

Unutmang, bank xodimi bank kartangiz bilan bog‘liq ma’lumotlarni so‘ramaydi. 

Agar begonalar sizga bank nomidan xabar yuborsa, ma’lumotlarni bankning rasmiy manbalaridan tekshirib aniqlik kiriting. Firibgarlar aldoviga ishonib peshona teri bilan topgan pulingizni o‘z qo‘lingiz bilan berib yubormang! 

Firibgarlik holatiga duch kelgan bo‘lsangiz:
muammo haqida Xalq bankining 1106 yoki (71) 210 20 02 ishonch raqamlariga murojaat qiling; 
zudlik bilan bank kartangizni bloklang;
huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bering.
  
Bank kartasidan foydalanishdagi xavfsizlik qoidalari bilan shu havola orqali tanishishingiz mumkin.

📌 Yodda tuting, sizning moliyaviy xavfsizligingiz eng birinchi o‘zingizga bog‘liq.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xalq banki do'stlar davrasida 148 yoshini nishonladi!

🎊 10-may kuni Xalq banki tashkil etilganligining 148 yillik tadbiri hurmatli mehmonlar, jurnalistlar va jamaotchilik vakillari, bank xodimlari davrasida keng nishonlandi. 

Tadbirda bank rahbariyati barchani ushbu sana bilan tabriklab, moliya muassasasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

📝 Tadbir qatnashchilari hamda tashrif buyurgan mehmonlar o‘zlarining dil so‘zlarini maxsus tayyorlangan tabriklar va tilaklar doskasiga muhrladilar.

🙏 Bizga bildirgan ishonchingiz va tanlovingiz uchun rahmat!

Qariyb bir yarim asrdan beri xalq xizmatida bo'lgan Xalq banki.
🏘 Ikkilamchi bozordan uy-joy xaridi uchun "Qulay" ipoteka krediti!

Birlamchi yoki ikkilamchi bozordan uy-joy (hovli yoki kvartira) xaridi uchun mablag‘ingiz kamlik qilayotgan bo‘lsa, biz Sizga “Qulay” ipoteka kreditini taklif etamiz. 

Kredit shartlari:
muddati – 15 yilgacha;
imtiyozli davri – 6 oy;
boshlang‘ich to’lov – 26% dan boshlab.

⚡️Boshlang‘ich to'lov miqdori 40% dan yuqori bo‘lsa - mijozdan rasmiy daromad manbai talab etilmaydi!

💰 Kreditning maksimal miqdori:
Yakka tartibdagi uy-joy uchun — 1 155 000 000 so‘m;
Ko‘p qavatli uylardan xonadon sotib olish uchun — 990 000 000 so‘m.

❗️Shuningdek, ko‘p qavatli uydan xonadonni Xalq bankining ipoteka krediti orqali olsangiz, uy-joy garov sug'urtasi uchun xarajat qilishingiz talab etilmaydi!

Batafsil: xb.uz

————
📞 1106
✍️ Onlayn murojaat uchun
🌱 “Yashil texnologiya” biznes uchun foydali taklif

☀️ Hisob-kitoblarga ko'ra, Oʻzbekistonda quyosh nurlanishi davomiyligi yiliga 2850-3050 soatni tashkil etadi.

🏦 Mamlakatimizda elektr energiyasi uzluksizligini ta'minlash, quyosh batareyalaridan foydalanish istagini bildirgan aholi hamda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida banklar tomonidan imtiyozli shartlarda kreditlar ajratilmoqda.

Mazkur lavhada respublikamizning chekka hududlari Surxondaryo va Jizzax viloyatlaridagi aholi hamda tadbirkorlar Xalq bankining moliyaviy ko‘magida muqobil energiya manbalaridan foydalanuvchilar safiga qo'shilgani haqida so‘z boradi.

Yashil tabiat tarafdorlari uchun Xalq banki imtiyozli kreditlar taklif qiladi.
🔹 yuridik shaxslar uchun
🔹 jismoniy shaxslar uchun
📣 Hurmatli mijozlar! 

Bank dasturiy tizimida texnik profilaktika ishlari olib borilayotganligini ma'lum qilamiz. Shu sababli, bugun bank xizmatlari va aloqa markazi faoliyatida vaqtincha uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz. 

Aloqa markazi bilan online tarzda @xbcallsupport murojaatlar markazi yoki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali bog‘lanishingiz mumkin.

————
Facebook | Instagram | Telegram