Xalq Banki
69.8K subscribers
2.15K photos
479 videos
3 files
2.25K links
Murojaatlar markazi: @xbcallsupport

📞 1106
☎️ +998 71 210 20 02

🌐 www.xb.uz
🌐 instagram.com/xalqbankinfo/
📩 info@xb.uz
Download Telegram
​​Xalq bankida plastik karta ochishga onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi

Xalq banki “Fuqarolarning AT Xalq banki jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti”da ro‘yxatga olingani to‘g‘risida onlayn ma’lumotnoma olish hamda onlayn ravishda plastik karta ochish uchun ariza berishning avtomatlashtirilgan tizimini ishga tushirdi.

Bugungi kunda ushbu tizim orqali:

Fuqarolarning AT Xalq banki jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minotida ro‘yxatdan o‘tgani to‘g‘risida ma’lumotnoma olish;

Uzcard to‘lov tizimi kartasini ochish uchun onlayn ariza jo‘natish mumkin.

Ushbu xizmatlardan foydalanish uchun jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti ishtirokchisi bo‘lgan jismoniy shaxs pasport seriyasi, raqami va PNFL ma’lumotlarini avtomatlashgan tizimga kiritgan holda ro‘yxatdan o‘tishi va plastik karta turini tanlashi, oferta shartnomasi bilan tanishgan holda uni tasdiqlashi lozim bo‘ladi.

Karta uchun onlayn ariza bank tomonidan ko‘rib chiqilib, ijobiy qaror qabul qilingandan so‘ng murojaat qilgan fuqaro nomiga plastik karta ochilib, karta ochilgani to‘g‘risida SMS-xabar jo‘natiladi. Murojaatchi plastik kartani olish uchun onlayn ariza berish vaqtida o‘zi tanlagan Xalq banki filialiga borishi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatni (pasport, harbiy guvohnoma) taqdim qilgan holda plastik karta uchun belgilangan to‘lovni amalga oshirib, plastik kartani olishi mumkin.

Jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minotida ro‘yxatga olingani to‘g‘risida onlayn ma’lumotnoma olish va onlayn ravishda plastik karta ochish uchun ariza berishning avtomatlashtirilgan tizimiga ushbu havola orqali o‘tiladi.

Tez kunlarda Rejali to‘lov kobrending va Kredit kartalarni ham onlayn ochish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Rasmiy kanal: @xalqbankinfo
Xalq bankida valyutalar kursi – 07.08.2019 dan

06.08.2019 dagi valyutalar kursi bu yerda

Rasmiy kanal: @xalqbankinfo
Hisobraqam ochish va unga xizmat ko‘rsatish

AT Xalq banki filiallarida hisobraqam ochish va unga xizmat ko‘rsatish jarayoni haqida qisqacha ma’lumot beramiz.

✔️ Bank hisobraqamini ochish va yopish— bepul
✔️ Hisobraqamni qaytadan rasmiylashtirish — bepul
✔️ Hisobraqamni boshqa bankka ko‘chirish — bepul

Bank hisobraqamini ochish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar:

ariza;
mijoz pasporti;
imzolar varaqasi.

✔️ Hisobraqamdagi mablag‘larni ko‘chirish (debet aylanmasi) — bepul
✔️SMS banking xizmati — EKOIH 10 % (oyiga)
✔️ Korporativ mobil banking xizmati — bepul
✔️ Internet banking (bank mijoz) xizmati — bepul
✔️ Akkreditiv hisobraqam ochish — EKOIH 1 baravari miqdorida
✔️ Mijozlarga ko‘chirma, dublikat, tasdiqnoma va ma’lumotlar berish — bepul
✔️Bankdan naqd pul olish — 1 % (ish haqidan tashqari)

-----------------------------------------------------------

Открытие и обслуживание счетов

Краткое руководство о процедуре открытия и обслуживания счетов в филиалах Народного банка.

✔️ Открытие и закрытие банковских счетов-бесплатное
✔️ Переоформление cчета - бесплатно
✔️ Перемещение счета в другой банк - бесплатно

Документы, необходимые для открытия банковского счета:

заявление;
паспорт клиента;
подписной лист.

✔️ Перевод средств на счет (дебетовый оборот) — бесплатно
✔️ СМС-банкингсервис - 10 % от МРЗП (ежемесячно)
✔️ Корпоративный мобильный банкинг - бесплатно
✔️ Интернет-банкинг (банковский клиент) — бесплатно
✔️ Открытие аккредитивного счета -1 МРЗП
✔️ Выдача выписок, дубликатов, удостоверений и данных клиентам - бесплатно
✔️ Снятие наличных с касс банка — 1 % от снимаемой суммы (кроме заработной платы)

Rasmiy kanal: @xalqbankinfo
Bir hisobraqamdan boshqasiga pul o‘tkazishda undiriladigan xizmat haqi bekor qilindi

Xalq banki filiallari miqyosida yuridik shaxs o‘zining hisob varag‘idan boshqa boshqa hisob varag‘iga mablag‘lar o‘tkazganda summaning kamida 0,3 % miqdorida bank xizmat haqi undirilgan.

Hozirgi kunda mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida ushbu xizmat turidan xizmat haqi undirilishi bekor qilingan.

Hisobraqam ochish haqida mana bu yerda to‘liq ma’lumot olishingiz mumkin.

----------------------------------------

Оплата услуг, взимаемая при переводе денег с одного счета на другой, отменена

При перечислении средств юридическим лицом в рамках филиалов Народного банка с лицевого счета клиента на другой счет ранее взыскивалась плата за банковские услуги в размере не менее 0,3% от суммы.

В настоящее время, в целях удобства клиентов, оплата услуг, взимаемая при переводе денег с одного счета на другой, отменена.

Здесь вы можете получить полную информацию о процедуре открытия счета.

Rasmiy kanal: @xalqbankinfo
Andijon va Toshkent viloyati aholisi diqqatiga!

AT Xalq banki rahbariyati boshchiligida “Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash va ularga amaliy koʻmak berish maqsadida” bankning Andijon va Toshkent viloyati mijozlari bilan uchrashuvlar oʻtkazish rejalashtirilgan.

Uchrashuvda sizni qiynab kelayotgan muammolaringiz yoki qiziqtirgan masalalar yuzasidan bank Boshqaruv Raisi oʻrinbosari bilan shaxsan muloqot qilishingiz mumkin boʻladi.

Uchrashuv 2019-yilning 8-avgust kuni Andijon viloyatida soat 17:00 da, Toshkent viloyatida soat 16:00 da boʻlib oʻtadi.

Manzil: Andijon viloyati, Andijon tumani, Kuyganyor shaharchasi, U.Yusupov koʻchasi, 12-musiqa maktabi

Manzil: Toshkent viloyati, Olmaliq shahri, Amir Temur koʻchasi, 30-uy

Rasmiy kanal: @xalqbankinfo
Xalq banki Boshqaruvi raisi birinchi o‘rinbosari Olmaliqda sayyor qabul o‘tkazdi

Avval xabar qilganimizdek, 8-avgust kuni AT Xalq banki Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Tohirjon Rahmonov Olmaliq shahrida sayyor qabul o‘tkazdi, bank mijozlari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda o‘z bizneslarini yuritish maqsadida kredit olishni rejalashtirgan mijozlar bilan jonli muloqot qilinib, ularning ishlash sharoiti bilan yaqindan tanishildi.

Bank mijozlari bilan ochiq muloqotda yechimini kutayotgan masalalar joyida hal etildi. Kredit olishda muammoga uchragan qizga imtiyozli kredit ajratishga ko‘rsatma berildi.

Sayyor qabullar joylarda davom etmoqda.

Rasmiy kanal: @xalqbankinfo
Xalq banki tizimida sayyor qabullar davom etadi

AT Xalq banki Boshqaruvi raisi o‘rinbosari “Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash va ularga amaliy koʻmak berish maqsadida” bankning Andijon viloyati mijozlari bilan uchrashuvlar oʻtkazish rejalashtirilgan.

Uchrashuvda sizni qiynab kelayotgan muammolaringiz yoki qiziqtirgan masalalar yuzasidan bank Boshqaruv Raisi oʻrinbosari bilan shaxsan muloqot qilishingiz mumkin boʻladi.

Uchrashuv 2019-yilning 9-avgust kuni soat 15:00 da boʻlib oʻtadi.

Manzil: Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumani, Istiqlol MFY, Fidoyi koʻchasi, Pedagogika kolleji binosi

Rasmiy kanal: @xalqbankinfo
Xalq bankida valyutalar kursi

Rasmiy kanal: @xalqbankinfo
To‘lov terminallari qanday olinadi?

To‘lov terminali
– tovar (ishlar, xizmatlar) uchun to‘lovlarni bank plastik kartochkasi orqali naqd pulsiz hisob-kitob qilish imkoniyatini beruvchi va bajarilgan operatsiyalar bo‘yicha sliplarni shakllantiruvchi qurilmadir.

Terminal olish tartibi

Virtual (indoor) yoki to‘lov terminali tashkilotga uning xatiga asosan beriladi va bank bilan shartnoma tuziladi.

Afzalliklari va qulayliklari:

hisob-kitoblarning xavfsizligi ta’minlanadi;

mablag‘lar onlayn inkassatsiya qilinadi;

terminaldan qabul qilingan to‘lovlar haqida batafsil ma’lumot olish mumkin.

Bank xizmat haqi

Terminal hisobraqamiga xizmat ko‘rsatish:

yuridik shaxslar uchun – 35 000 so‘m;

xususiy tadbirkorlar uchun – 35 000 so‘m.

Virtual (indoor) terminalga xizmat ko‘rsatish:

To‘lov summasining 1,0 foizi miqdorida.

Rasmiy kanal: @xalqbankinfo
​​Ish sifatini qanday oshirish kerak? Mijozlarga qanday sifatli xizmat ko‘rsatish mumkin?

7-8-avgust kunlari Xalq banki xodimlarining malakasini oshirish maqsadida germaniyalik mutaxassis Matias Vangler ikki kunlik seminar-trening o‘tkazdi.

Treningda bugungi zamon talablariga to‘liq javob beruvchi boshqaruvni tashkil etish, xodimlarning nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari va kasbiy mahoratlarini oshirishga asosiy e’tibor qaratildi. Shuningdek, mijozlarga qay darajada sifatli xizmat ko‘rsatish, jamg‘arma pullarni saqlash va uni maqsadli yo‘naltirish kabi masalalar “Jamg‘arma o‘yinida” o‘z aksini topdi.

--------------------------------

Как повысить качество работ? Как обеспечить качественное обслуживание клиентов?

7-8 августа в целях повышения квалификации сотрудников Народного банка немецкий коуч-тренер Матиас Ванглер провел двухдневный семинар-тренинг.

На тренинге основное внимание было уделено организации управления, отвечающего современным требованиям, повышению теоретических знаний, практических и профессиональных навыков участников. Кроме того, в “Сберегательных играх” нашли свое практическое отражение такие вопросы, как повышение качества обслуживания клиентов, сохранение сбережений и их целевое назначение.

Rasmiy kanal: @xalqbankinfo
AT Xalq banki jamoasi O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabriklaydi! Oilangizga tinchlik, dasturxoningizga qut-baraka tilaydi!

——————

Коллектив Халқ банки искренне поздравляет всех вас со священным праздником Курбан Хайит, символа доброты, щедрости и благородства! Пусть мир и процветание будут в вашем доме, дорогие соотечественники!

Rasmiy kanal: @xalqbankinfo
Valyutalar kursi 12.08.2019 dan

------------------

Курсы валют с 12.08.2019

Rasmiy kanal | Официальный канал
👇

@xalqbankinfo
​​Xalq bankida valyuta ayirboshlash

Xalq bankining valyuta ayirboshlash shoxobchalari quyidagi valyutalarni xarid qiladi:

dollar;
yevro;
funt sterling;
iyena;
rubl;
tenge;
Shveysariya franki.

Shoxobchalarda quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi:

jismoniy shaxslardan naqd xorijiy valyutani naqd milliy valyutaga sotib olish;

jismoniy shaxslarning xalqaro to‘lov kartalaridan naqd pul mablag‘larini mijozning xohishiga ko‘ra milliy yoki chet el valyutasida yechib berish;

jismoniy shaxslarga bir xorijiy davlatning naqd valyutasini boshqa xorijiy davlatning naqd valyutasiga almashtirib berish.

Shoxobchalar haftada 6 kun faoliyat olib boradi.

————————————————--

Обмен валюты в Народном банке

В обменных пунктах валют осуществляются следующие операции:

Доллар;
Евро;
фунт стерлинг;
иена;
рубль;
тенге;
Швейцарский франк.

В отделениях предоставляются следующие услуги:

Покупка наличной иностранной валюты от физических лиц - резидентов и нерезидентов за наличную национальную валюту;

обмен иностранной валюты с международных платежных карт физических лиц резидентов и нерезидентов на наличную национальную валюту;

конверсия наличной валюты одного государства в наличную иностранную валюту другого иностранного государства;

Обратите внимание, что отделы работают 6 дней в неделю.

Rasmiy kanal | Официальный канал 👇 @xalqbankinfo
Aksiyadorlik tijorat Xalq banki rahbariyati Andijon viloyatining Kuyganyor shaharchasi hamda Qo‘rg‘ontepa tumanida sayyor qabul o‘tkazdi. Unda hudud aholisi va tadbirkorlarning bir qator muammoli masalalari, taklif va mulohazalari tinglandi hamda fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal qilindi.

Ayni paytda Xalq bankining Andijon viloyatidagi filiallari tomonidan ushbu sayyor qabullar davomida tushgan murojaatlarini ijobiy hal etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Batafsil: http://xb.uz/uz/info/murojaatlar-joyida-hal-etilmoqda

Rasmiy kanal: @xalqbankinfo
Valyutalar kursi 13.08.2019 dan

------------------

Курсы валют с 13.08.2019

Rasmiy kanal | Официальный канал
👇

@xalqbankinfo
Fitch Ratings: Xalq banki reytingi yana ko‘tarildi!

Joriy yilning 12-avgustida Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi Xalq banki reytingini “B+”dan “BB-” darajasiga ko‘tardi. Bu esa bankning xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish hamda mijozlar ishonchini orttirishga xizmat qiladi.

Batafsil: http://xb.uz/uz/info/fitch-ratings-xalq-banki-reytingi-yana-kotarildi

--------------------------

Fitch Ratings: рейтинг Народного банка снова поднялся!

12 августа Международное рейтинговое агентство Fitch Ratings повысило рейтинг АК Народного банка с "B+" на "BB-", что в свою очередь, поспособствует дальнейшему расширению перспективных партнерских отношений с международными финансовыми институтами и повысит доверие клиентов.

Подробнее: http://xb.uz/ru/info/fitch-ratings-reyting-narodnogo-banka-snova-podnyalsya

Rasmiy kanal | Официальный канал 👇

@xalqbankinfo
Pensionerlar uchun ajoyib imkoniyat

Pensiyani oyning 27-sanasigacha kutib o‘tirmaysiz. Pul kartaga oy boshidayoq tushadi va siz Xalq bankining istalgan filiali yoki bankomati orqali foizsiz naqdlashtirib olishingiz mumkin.

Agar plastik kartada pul jamg‘arib borishni istasangiz, Xalq banki jamg‘arilgan summaga yiliga 4 foiz mablag‘ qo‘shib beradi.

Batafsil: http://xb.uz/uz/info/pensionerlar-uchun-ajoyib-imkoniyat

--------------------------

Oтличная возможность для пенсионеров

Не нужно ждать пенсию до 27-го числа месяца. Деньги зачисляются на карту с начала месяца и вы можете получить беспроцентные наличные через любой филиал или банкомат Народного банка.

Если вы хотите накопить деньги на пластиковой карте, Народный банк добавляет 4 процента в год к накопительной сумме.

Подробнее: http://xb.uz/ru/info/otlichnaya-vozmozhnost-dlya-pensionerov

Rasmiy kanal | Официальный канал 👇

@xalqbankinfo
​​Oilaviy tadbirkorlikni Xalq banki moliyalashtiradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-avgust kuni imzolagan yangi qarorga ko‘ra, “oilaviy tadbirkorlik”ni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish loyihalarini moliyalashtiruvchi banklar etib AT Xalq banki va “Mikrokreditbank” ATB belgilandi.

“Oilaviy tadbirkorlik”ni rivojlantirish va, umuman, aholining tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash davlat dasturlari doirasida avval ajratilgan kreditlar hisobiga bo‘shaydigan mablag‘lar AT Xalq banki va “Mikrokreditbank” ATBga yo‘naltiriladi.

Batafsil: http://xb.uz/uz/info/oilaviy-tadbirkorlikni-xalq-banki-moliyalashtiradi

-------------------

Народный банк финансирует семейное предпринимательство

13 августа президент Шавкат Мирзиеев подписал новое постановление. Согласно постановлению, определении АКБ «Микрокредитбанк» и АКБ «Халк банки» в качестве банков, осуществляющих финансирование проектов по развитию малого бизнеса и предпринимательства в рамках государственных программ развития семейного предпринимательства.

O направлении в АКБ «Микрокредитбанк» и АКБ «Халк банки» средств, высвобождаемых за счет ранее выделенных кредитов в рамках государственных программ развития семейного предпринимательства и в целом финансовой поддержки предпринимательской деятельности населения.

Подробнее: http://xb.uz/ru/info/narodnyy-bank-finansiruet-semeynoe-predprinimatelstvo

Rasmiy kanal | Официальный канал 👇

@xalqbankinfo