Xalq Banki
30.4K subscribers
2.15K photos
399 videos
3 files
2.19K links
Murojaatlar markazi: @xbcallsupport

📞 1106
☎️ +998 71 210 20 02

🌐 www.xb.uz
🌐 instagram.com/xalqbankinfo/
📩 info@xb.uz
Download Telegram
👩🏻‍🏫 Xalq banki kimga ishonadi?! Albatta xodimlariga! Va ularninig bilim va malakalarini oshirishni juda muhim deb hisoblaydi!

Xalq banki Bosh ofisida xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha navbatdagi o'quv mashg'ulotlari bo'lib o'tdi. 

Bu safar yaponiyalik mutaxassis Kyoko Yamazaki o'zining ko'p yillik tajribasi bilan bo'lishdi. 

Uch kunlik mashg‘ulotlarda bank vakillari "Xodimlarni ushlab qolish va liderlik" mavzusida foydali bilimlarga ega bo‘lishdi.

Seminar-treningda:
📌 xodimlar nima sababdan tashkilotni tark etishi va ularni ushlab qolish usullari;
📌 iste’dodlarni rivojlantirish metodologiyasi va hamkorlik madaniyati;
📌 tashkilot tomonidan individual martaba o‘sishini qo‘llab-quvvatlash tizimi va boshqa mavzular yoritildi. 

☝️ Ma’lumot o‘rnida: Kyoko Yamazaki xonim tashkiliy rivojlanish bo‘yicha maslahatchi, yapon inson resurslarini boshqarish jamiyati direktori bo‘lib, Reuters, General Motors, Hermes kabi yirik kompaniyalarda faoliyat olib borgan.

👉 На русском языке
🤝 Xalq banki tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi!

Buxoroda davlat muhofazasidagi minglab xotin-qizlarni qamrab olgan “Ming tadbirkor ayol” forumi bo‘lib o‘tdi. Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bandligini ta’minlashga xizmat qiladigan mazkur forum munosabati bilan bo‘lib o‘tgan anjumanda Xalq banki Boshqaruv Raisi o‘rinbosari Gulzoda Rashidova ishtirok etdi. 

Tadbir doirasida o‘z tashabbusi, biznes g‘oyasini muvaffaqiyatli amalga oshirib, qator yutuqlarga erishib kelayotgan bir guruh xotin-qizlar turli nominasiyalar bo‘yicha taqdirlandilar.

————
Facebook | Instagram | xb.uz | Youtube | Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг "Шанхай ҳамкорлик ташкилотининг Самарқанд саммити: ўзаро боғлиқликдаги дунёда мулоқот ва ҳамкорлик" сарлавҳали мақоласи

Статья Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева "Самаркандский саммит ШОС: диалог и сотрудничество во взаимосвязанном мире"

Article by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev "The SCO Samarkand Summit: Dialogue and Cooperation in an Interconnected World"

#ShHT2022
#SCO2022
#ШОС2022

Web | Telegram | Facebook | Instagram | Odnoklassniki | Youtube | Twitter | Linkedin
💳 "Humo" bank kartalarini Xalq banki filiallarida bepul ochtiring!

⚡️Eslatib o'tamiz, jismoniy shaxslar Xalq banki filiallari orqali joriy yil 31-oktabr sanasiga qadar "Humo" bank kartalarini bepul ochtirishlari mumkin. 
Bu taklif, ayniqsa, talabalarimizga ma'qul kelishi aniq!

Humo kartalari orqali, Siz:
metro va avtobuslarda chipta uchun navbatda turmasdan, bir zumda kontaktsiz ravishda pul o'tkazishingiz;
Rossiyadan yuboriladigan pullarni onlayn tarzda to'g'ridan-to'g'ri Xalq bankining kartalariga qabul qilishingiz;
kommunal to'lovlar, kartadan-kartaga pul o'tkazish va boshqa to'lovlarni bir zumda amalga oshirishingiz mumkin.

🏦 Bank kartalarini Xalq bankining istalgan filialida rasmiylashtirishingiz mumkin.

————
📞 1106 ☎️ +998 71 210-20-02
✍️ Onlayn murojaat uchun
————
Facebook | Instagram | xb.uz | Youtube | Telegram
💬 Xalq banki "Сall-center"iga Ta'lim krediti bo'yicha eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblar

1. Ta’lim krediti maksimal qancha summagacha ajratiladi?
Ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasi miqdorida ajratiladi.

2. Ta’lim krediti ayollar uchun foizsiz berilishi rostmi?
Ha, talaba xotin-qizlar uchun foizsiz shartlarda kredit taqdim etiladi, hamda foiz to'lovlari (14%) O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta'lim kreditini moliyalashtirish jamg'armasi mablag'lari hisobidan to'liq qoplab beriladi.

3. Ijtimoiy himoya yagona reestri ro‘yxatida bo‘lgan mijozlarga qanday qulayliklar bor?
"Ijtimoiy himoya yagona reestri"ga kirgan oilalar farzandlari uchun jismoniy shaxs kafilligi talab etilmaydi.

Ta'lim krediti bo‘yicha sizni qiziqtirgan barcha savollarga 15-sentabr kuni jonli efirda javob olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

————
Facebook | Instagram | xb.uz | Youtube | Telegram
Yangi tartib bo‘yicha ipoteka kreditlari maksimal 20 yil muddatga beriladi.
Anonymous Quiz
23%
Noto‘g‘ri
77%
To‘g‘ri
Xalq bankida Ta'lim krediti bo’yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn efir! 🔥

15-sentabr kuni soat 15:00 da "Ta'lim krediti" haqidagi barcha sizni qiziqtirgan savollarga Xalq bankining Telegram kanali va Facebook sahifasida jonli efirdagi suhbatda javob olishingiz mumkin.

Erkin formatdagi uchrashuvni o‘tkazib yubormang! 😉

————
Facebook | Instagram | xb.uz | Youtube | Telegram
📢 Xalq banki nomidan foydalanayotgan firibgarlarga aldanib qolmang!

Hozirgi kunda Xalq banki nomidan internet tarmog'ida soxta saytlar ochilib, past foizli kredit taklif qilayotgan moliyaviy firibgarliklar soni keskin oshgan. Biz bunga qonuniy choralar qo'llash ustida ishlayapmiz. 

❗️OGOH BO‘LING!

Xalq banki nomidan ochilgan turli norasmiy sayt va sahifalarga a’zo bo'lmang.

Xalq banki nomidan taklif qilinayotgan har qanday mahsulot haqidagi ma'lumotlarni rasmiy sahifalarimizda tekshirib ko‘ring.

Xalq bankining yagona rasmiy sayti: xb.uz

Shuningdek, bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz:
Telegram: http://t.me/xalqbankinfo
Facebook: http://fb.com/xalqbankinfo
Instagram: http://instagram.com/xalqbankinfo

Sizni qiziqtirgan barcha qoʻshimcha savollarga @xbcallsupport telegram manzili hamda ☎️ 1106, +998 71 210 20 02 raqamlari orqali aniqlik kiritishingiz mumkin!

Firibgarlardan ogoh boʻling!

————
Facebook | Instagram | xb.uz | Youtube | Telegram
💰 Xalq banki shaxsiy xarajatlaringiz uchun "Hamyon" mikroqarzini taklif etadi.

Shartlari:
🔹 muddati – 24 oy;
🔹 miqdori – 25 000 000 so‘m;
🔹 yillik foiz stavkasi – 24 %.
 
❗️ Kredit jismoniy shaxs kafilligi asosida Xalq bankining ish haqi loyihasi ishtirokchisi bo‘lgan tashkilot xodimlariga beriladi.

Batafsil: xb.uz

————
📞 1106 ☎️ +998 71 210-20-02
✍️ Onlayn murojaat uchun
————
Facebook | Instagram | xb.uz | Youtube | Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓Xalq banki talabalarning ta'lim kreditiga bo‘lgan talablarini tez va sifatli qondirish uchun bel bog'lagan.

Oʻzbekiston24 telekanali "Maxsus reportaj"ida Xalq banki mutaxassisi ta'lim krediti haqida batafsil ma'lumot berdi. Shuningdek, bu mahsulotdan foydalanishga ulgurgan talabalar o‘zlarinig fikr-mulohazalari bilan bo‘lishdi.

————
Facebook | Instagram | xb.uz | Youtube | Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bank brendi va axborot xizmati tashabbusi bilan Xalq banki rahbar-xodimlari bilan jurnalistlar va blogerlar o‘rtasida samarali kommunikasiyalar o‘rnatish maqsadida seminar-treninglar o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.

📍Ilk manzil sifatida Andijon viloyati tanlandi. Bunga sabab:
✔️aholisi ko‘p hududlardan biri
✔️so‘nggi chorakda mazkur hududdagi xizmat sifatidan shikoyatlar ko‘paygan
✔️OAVda chiqayotgan tanqidiy maqolalarning aksariyati shu hududdagi faoliyat bilan bog‘liq

Mazkur seminar-treningdan ko‘zlangan maqsad: avval faoliyatda sifatni oshirish, so’ng ochiq va shaffof kommunikasiya o’rnatishdir.

Trening haqida OAV fikri bilan bu yerda tanishishingiz mumkin:
🔹UzA
🔸Bankir kundaligi
🔹Сберкасса
🔸Toxir Burundukov blogi
🔹Otabek Axliddinov blogi
🔸NMEC.UZ
🔹Beruniy Alimov
🔸xb.info live
🔹Diydor Radio TV

Ushbu havola orqali trening to‘liq videosini tomosha qilishingiz mumkin.

————
Facebook | Instagram | xb.uz | Youtube | Telegram
⚡️Yangi uy-joy qurish, xarid qilish va ta’mirlash (rekonstruksiya) uchun imtiyozli kredit! 

“Farovon hayot” ipoteka krediti jismoniy shaxslarga birlamchi bozordan uy-joy xarid qilish, shuningdek, yakka tartibda uy-joy qurish va rekonstruksiya qilish uchun beriladi.

Ushbu kredit yordamida o‘zingizga tegishli bo‘lgan yer uchastkasida yangi uy-joy qurishingiz yoki uy-joyingizni ta’mirlash uchun xarajatlarga kredit rasmiylashtirishingiz mumkin.

Shartlari:
✔️ muddati – 20 yil;
✔️ boshlang‘ich to‘lov – 15%;
✔️ imtiyozli davri - 6 oy;
✔️ yillik foiz stavkasi – 17%.

💰 Kreditning maksimal miqdori:
▪️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda uy-joy sotib olish, qurish va rekonstruksiya qilish uchun – 327,2 mln. so‘m;
▪️ Toshkent shahrida uy-joy xarid qilish uchun – 416,5 mln. so‘m.

Batafsil: xb.uz

————
📞 1106 ☎️ +998 71 210-20-02
✍️ Onlayn murojaat uchun
————
Facebook | Instagram | xb.uz | Youtube | Telegram
⚡️Pensiya va nafaqa pullaringizni oy boshida olishni istaysizmi?

Hozirda naqd pulda pensiya va nafaqa oluvchilar, ayrim hollarda oyning 27-sanasiga qadar pensiya pullarini kutib qolishlari hamda pullarni olish jarayonida uzoq vaqt navbatda turishlari mumkin.
Bu holatda eng tog'ri yechim - pensiya va nafaqa pullarini bank kartalari orqali olishdir! 

Afzalliklari:
bank kartasi orqali pensiya va nafaqa oluvchilarga davlat tomonidan yana 1% pul mablag'lari qo'shib beriladi;
pullar har oyning 5-sanasiga qadar bank kartalariga o'tkazib beriladi;
Xalq banki tomonidan bank kartalari bepul ochib beriladi;
onlayn to'lov tizimlaridan foydalanib, bank kartasi orqali kommunal to'lovlarni bir zumda bankka tashrif buyurmasdan amalga oshirish mumkin;
bank kartasidagi pullarni istalgan bankomatlar orqali 24/7 tartibda naqdlashtirib olish mumkin.

❗️Shuningdek, Xalq banki tomonidan qo'shimcha 1800 ta yangi bankomatlar yurtimizning eng olis hududlariga o'rnatiladi.

————
📞 1106 ☎️ 71 210-2002
✍️ @xbcallsupport
💳Bank kartasi bankomatda qolib ketganda nima qilish kerak?

Bankomatdan foydalanish jarayonida, turli sabablarga ko‘ra bank kartasini qaytarmaslik holatlari yuzaga kelishi mumkin.
Misol uchun:
pin kod ketma-ket uch marta noto‘g‘ri kiritilgan;
bank kartasining amal qilish muddati tugagan yoki bloklangan;
bank kartasiga zarar yetkazilgan;
bank kartasi o‘z vaqtida qaytarib olinmagan;
bankomat texnik nosoz holatda va boshqalar.

🔧Bankomatlarda texnik xizmat ko‘rsatuvchi mas’ul bank xodimi telefon raqamlari ko‘satilgan bo‘ladi. Agar Siz bankomatdan foydalanish jarayonida yuqorida ko'rsatilgan holatlarga duch kelsangiz bank xodimi bilan bog'lanishingiz lozim.

❗️Muhim eslatma! Bank kartasini bankomatdan o‘zingiz olishga urinmang! Bankomatga zarar yetkazsangiz, bank yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.


————
Facebook | Instagram | xb.uz | Youtube | Telegram
⚡️Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun 300 mln so‘mgacha NAQD PULDA kredit!

💵Xalq banki yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun "Qulay" kreditini taqdim etadi:
🟢 imtiyozli davr – 3 oy;
🟢 muddati – 18 oy;
🟢 yillik foiz stavkasi – 26%;
🟢 miqdori – 300 mln so‘mgacha.

❗️Xalq banki mijoziga aylaning va biznesingizni ortiqcha xarajatlardan xalos eting:
✔️debet aylanmalari uchun minimal komissiya - 0,1% ;
✔️yuridik shaxslar uchun chet el valyutasini (АQSh dollari, Yevro va Rossiya rubli) 15 daqiqa ichida, eng qulay kurslarda sotib olish va sotish;
✔️ Masofaviy xizmatlar (Internet banking, SMS banking, mobile banking)ga ulanish va ular yordamida biznesingizni masofaviy tarzda boshqarish - mutlaqo BEPUL.

Xalq banki - O‘zbekiston bo‘yicha eng katta filiallar tarmog‘iga ega bank bo‘lib, biznesingiz uchun eng qulay shartlarda kreditlar taklif etadi.

📞 1106 ☎️ +998 71 210-20-02
📱 @xbcallsupport

Batafsil: xb.uz
💸 Rossiyadan pul o‘tkazmalarini bir zumda qabul qilish mumkinligini bilasizmi?

💰Aksariyat yurtdoshlarimiz chet eldan pul o'tkazmalarini an'anaviy shaklda, bevosita bank ofislarida oladilar. 
Lekin ko'plab pul o'tkazmalarini, xususan Rossiyadan jo'natiladigan pul mablag'larini onlayn tarzda bir zumda Xalq banki kartalariga o'tkazish imkoniyati mavjud.

Afzalliklari:
bankka borishingizga hojat yo‘q;
navbat kutib vaqt yo‘qotmaysiz;
pul o‘tkazmalari bir zumda bank kartangizga tushadi.

❗️Buning uchun pul yuboruvchining smartfonida maxsus mobil ilova o‘rnatilgan, pul qabul qiluvchining bank kartasi esa "SMS-xabarnoma" xizmatiga ulangan bo‘lishi lozim.

💸Pul mablag‘lari qabul qiluvchining telefon raqamiga biriktirilgan Xalq bankining Humo yoki Uzcard bank kartasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

————
📞 1106 ☎️ +998 71 210-20-02
✍️ @xbcallsupport
⚡️Xalq bankidan pensionerlar uchun ta'minotsiz kredit!

Hurmatli pensionerlarimiz uchun eslatma:
Agar Sizga qisqa muddatda va katta bo'lmagan miqdorda tezkor pul zarur bo'lsa, Xalq bankidan pensiya overdraft kreditini rasmiylashtirishingiz mumkin.

Kredit shartlari:
miqdori – pensiya miqdorining 50% gacha*
muddati – 1 yil;
imtiyozli davri – 10 oy;
yillik foiz stavkasi – 16%.

* Kredit summasi BHM (bazaviy hisoblash miqdori)ning 4 barobaridan oshmasligi lozim.

❗️Kredit Xalq banki kartasi orqali doimiy pensiya oluvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga ajratiladi. Kredit ta'minoti talab etilmaydi.

Batafsil: xb.uz
💵 Eng yaxshi investitsiya - bu farzandlaringizning kelajagi uchun qilingan sarmoyadir!

Har bir ota-ona farzandi uchun farovon va barqaror kelajak yaratishni asosiy maqsad deb hisoblaydi. Zero farzandlaringizning kelajakdagi imkoniyatlari - Siz uchun ham ertangi kunga ishonch va hotirjamlik bilan nazar solish imkonini beradi.
Agar farzandlaringiz farovon kelajagini hozirdan ta'minlamoqchi bo'lsangiz, Xalq bankining xorijiy valyutadagi "Kids capital" omonatidan foydalaning!

Omonat shartlari:
yillik daromad – 4%;
maksimal miqdori – cheklanmagan;
valyuta - AQSH dollari.

❗️Omonat muddati - bola 16 yoshga to‘lgunga qadar belgilanadi va shu davr mobaynida pullarnigiz ko'payib boradi. Undan tashqari omonat davrida istalgan miqdorda qo‘shimcha mablag‘ kiritish imkoniyati mavjud.

⚡️Omonat pullarining qaytarilishi «O’zbekiston Respublikasi banklarida fuqarolarning omonatlarini kafolatlash jamg`armasi» tomonidan kafolatlangan.

📞 1106 ☎️ +998 71 210-20-02
📱 @xbcallsupport

Batafsil: xb.uz
📌 Ayollarning ta’limini rag‘batlantirish maqsadida joriy yildan e’tiboran imtiyozli, foizsiz ta’lim kreditlari ajratish yo‘lga qo‘yildi.

📍Xalqaro press-klub
“Ta’lim krediti - xotin-qizlar uchun yangi imkoniyat” mavzusida o‘zining navbatdagi sessiyasini tashkil qilmoqda.

✏️ Tadbirda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Moliya vazirliklari, Markaziy bank va Xalq banki mutasaddilari ishtirok etishi kutilmoqda.

🎥 Efirni siz bugun, 27 sentyabr soat 11:15 da “O‘zbekiston 24”, “UzReport” va “Renessans” telekanallarii orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishingiz mumkin.

❗️Mavzu yuzasidan o‘zingizni qiziqtirgan savollarni bizga yo‘llashingiz mumkin:
👉🏻Online efir (YouTube)

📱@xbcallsupport
⚡️Yuridik shaxslar uchun qulay shartlarda avtokredit!

Xalq banki yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarga birlamchi bozordan elektromobil va yengil avtotransport vositalarini sotib olish uchun avtokredit taklif qiladi. 

Kredit shartlari:
🔹 muddati – 36 oy;
🔹 imtiyozli davr – 6 oy;
🔹 minimal boshlangʻich toʻlov – 25%;
🔹 yillik foiz stavkasi:
    ⚡️elektromobil uchun – 23%;
    🚘 avtomobil uchun – 25%.

📞 1106 ☎️ +998 71 210-20-02
📱 @xbcallsupport

Batafsil maʼlumot: xb.uz