Xalq ta'limi
2.29K subscribers
3.99K photos
2.44K videos
1.3K files
6.54K links
📌 Ta’lim to‘g‘risidagi so‘nggi yangiliklar
📌 Dars ishlanmalar
📌 Video darslar
📌 Testlar
📌 Foto lavhalar
📌 O‘qituvchi faoliyatini ommolashtirish

fotolavha joylash tartibi
@Fotolavha_joylash

Biz bilan bog‘lanish
@XT_uz_bot
Download Telegram
Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон халқини Рамазон ҳайити билан табриклади

Президент Рамазон ойида қилган дуо ва ниятларимиз, эҳсон ва амалларимизни Парвардигори олам ўз даргоҳида қабул айлашини тилади. Давлат раҳбари ўз табригида “ҳозир дунёда юзага келган ғоят мураккаб ва таҳликали вазиятда диёримиздаги тинч ва осойишта ҳаётни кўз қорачиғидек асраб, халқ манфаатини таъминлашга қаратилган ислоҳотларимизни янги босқичга кўтариш зарурлигини” таъкидлади.

👉 https://kun.uz/kr/23757945

Kun.uz расмий канали
Мактабларда давомат пасайиши нима билан боғлиқ? – МҲТИ таҳлилларини эълон қилди

Таҳлиллар Ўзбекистонда болаларнинг мактабга боришига уларнинг бетоб бўлиб қолиши, ота-онасига ёрдам бериши, репетиторга бориши каби ҳолатлар тўсқинлик қилганини кўрсатди. Вазиятни ўнглашда педагоглар малакасини ошириш, мактаб инфратузилмасини яхшилаш ҳамда ота-оналарнинг фарзанд таълимидаги иштирокини ошириш кераклиги муҳим тавсиялардан бири сифатида кўрсатилмоқда.

👉 https://kun.uz/kr/18092749

Kun.uz расмий канали
#Live

🔴 O‘qituvchilar uchun malaka toifa sinovlari faollik bilan o‘tkazilmoqda


Eslatib o‘tamiz, joriy yil 15-16-aprel kunlari informatika, qolgan fanlardan esa reja grafigiga asosan o‘tkazilishi belgilangan.
___

❗️Fotolavhalarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Sirdaryo, Andijon, Qashqadaryo, Xorazm, Namangan, Toshkent viloyatlari va poytaxtimizdagi jarayonlar aks etgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Тошкентдаги мактабда ўқитувчи бошланғич синф ўқувчиларига игна ва “саморез” санчиб жазолагани аниқланди

Сергели туманининг 277-мактаб педагоги 1-синф ўқувчиларининг қўлига игна ва “саморез” санчиб, уларни жазолагани аниқланди. Ўқитувчи шундай усулда болаларни “тарбиялашга” уринганини билдирган. Ҳолат ортидан педагог ишдан кетган, Болалар омбудсмани вазиятни назоратга олган.

👉 https://kun.uz/kr/80842895

Kun.uz расмий канали
Мактаб ўқувчиларининг хорижга вақтинча чиқиш тартиби ўзгариши мумкин

Муҳокамага қўйилган ҳужжат лойиҳасига кўра, ўқувчи хорижий давлатга чиқишидан олдин мактаб директорининг розилиги олиниши талаб этиладиган бўлади.

👉 https://kun.uz/kr/81894407

Kun.uz расмий канали
Ўзбекистон Республикаси Бош вазири Абдулла Ариповнинг топшириғи билан:

Умумтаълим муассасаларида “Табиий фан“, «Тарбия» ва «Информатика ва ахборот технологиялари» фанларини бошланғич синфларда «Бошланғич таълим» ўқитувчилари, “Табиий фан“ни 5-6-синфларда эса «География», «Биология» ва «Физика» ўқитувчилари, 5-11-синфларда «Тарбия» фанини, Тарих, Миллий истиқлол ғояси ва ҳуқуқ мутахассислигига эга фан ўқитувчилари дарс ўтишларига:

“Табиий фан“ ва «Тарбия» фанидан дарс бераётган бошланғич таълим, шунингдек, физика, география, биология, тарих, давлат ва ҳуқуқ асослари фанидан амалдаги малака тоифаларига мос равишда ҳақ тўланишига розилик берилди.


👇
Ўқитувчилар учун телеграмда махсус каналга кушилинг.👇

http://t.me/Xalq_talimi_xodimlari
Forwarded from Xushnudbek.uz
O‘qituvchilarga ustama olish uchun beriladigan milliy sertifikat yuzasidan

Shu kunlarda ko‘plab o‘qituvchilar tomonidan murojaatlar kelib tushmoqda. Unga ko‘ra, ustama olish uchun milliy sertifikat testidan o‘tib, tegishli ball to‘plagan o‘qituvchilar ayrim tushunmovchilikka duch kelishmoqda.

Ya’ni avvallari milliy sertifikat uchun test natijalari 100 ballik reytingda chiqarilardi, endilikda BMB testlar natijalarini hisoblashda Rash modeliga o‘tdi (batafsil).

Ammo o‘qituvchilarga ustama berishga oid hujjatlarda eski shkala qolib ketgani, hali hujjat yangilanmagani uchun tushunmovchilik yuzaga keldi.

Mazkur masalada Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari bilan bog‘landim va masalaga oydinlik kiritishga harakat qildim.

Vazirlik ushbu muammodan xabardor hamda yechim sifatida amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgarish kiritish haqidagi loyiha ishlab chiqilgan. Hozirda hujjat loyihasi tegishli tashkilotlar bilan kelishilib, eskpertiza uchun Adliya vazirligiga kiritilgan.

Yangi loyihaga ko‘ra, avvalgi hisoblash tizimida olingan milliy sertifikatlar uchun 80 balldan yuqori ball olganlarga ustama belgilanadi. Yangi Rash modelida esa A va A+ darajadagi sertifikat uchun ustama berish rejalashtirilmoqda.

Boshlang‘ich ta’lim (matematika va ona tili va adabiyot) yo‘nalishi uchun esa avvalgi hisoblash tizimida 60 ball olganlarga, yangi Rash modelida esa C+ yoki undan yuqori darajadagi sertifikat uchun ustama berish rejalashtirilgan.

Albatta, bu hali loyiha xolos. Hozircha tasdiqlangani yo‘q.

❗️Taklif: o‘qituvchilarga ustama berish uchun talab etiladigan darajani avvalgidan ko‘tarib qo‘yilishi (har holda bir qarashda shunday tuyilmoqda), o‘qituvchilar orasida noroziliklarni keltirib chiqaryapti. Bu bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda e’tirozlar yozilmoqda. Mas’ullar B+ daraja uchun ham ustama berish variantini ko‘rib chiqishi maqsadga muvofiq.

Savollar oson, bu test aslida abituriyentlar uchun” degan vajlar o‘tmaydi. Bunda o‘qituvchilarning aybi yo‘q. O‘qituvchiga mos imtihon tashkil qila olmayotganlarning muammosi bu aslida.


👉 @xushnudbek 👈