Webster University | Admissions
13K subscribers
25 photos
5 links
Toshkent shahridagi Vebster universitetining rasmiy qabul sahifasiga xush kelibsiz!

💻 Bizning veb-saytimiz: webster.uz
📞 Call markaz: +998 55 503 00 66
Download Telegram
💙 💙💙💙💙

Toshkent shahridagi Vebster universitetining qabul bo‘yicha rasmiy axborot sahifasiga xush kelibsiz.

📢 Bu sahifada siz universitetining qabul jarayonlari bo‘yicha eng muhim ma’lumotlarni o‘zbek tilida o‘qib borishingiz mumkin. Biz universitetimizda mavjud dasturlar, qabul talablari, hujjatlar, kontrakt to‘lovlari, chegirmalar, muhim sanalar va shu kabi boshqa zaruriy ma’lumotlarni bosqichma-bosqich joylab boramiz.

🎯 Quyida siz uchun asosiy bo‘limlarni jamladik:
1. Toshkent shahridagi Vebster universitet haqida
2. Nega aynan Vebster?
3. Universitetda mavjud dasturlar

🔍 Sahifani doimiy kuzatib boring, barcha muhim ma’lumotlar shu yerda jamlanadi.

Qo‘shimcha savol va murojaatlar yuzasidan:
📞 Aloqa: +998 55 503 00 66
📨 Email: uzadmissions@webster.edu

🇺🇸 Vebster bilan kelajagingni o’zgartir!

@wutadmissions
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍1
💙 🔵🔵🔵🔵🔵

Universitetimiz haqida bilishingiz zarur bo‘lgan eng muhim ma'lumotlar


🇺🇿 Toshkent shahridagi Vebster universiteti 2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4245-son qarori asosida tashkil etilgan bo‘lib, Sent-Luis, Missuri shahridagi Vebster universitetining rasmiy filiali hisoblanadi. Universitet O‘zbekistonda qonuniy faoliyat yuritadi va uning diplomlari, transkriptlari hamda boshqa akademik hujjatlari O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim hujjatlari sifatida tan olinadi.

🤩 Markaziy Osiyodagi yetakchi Amerika universitetlaridan biri sifatida Vebster talabalarni global fuqarolik, akademik sifat va shaxsiy rivojlanishga undaydigan ta’limni taqdim etadi.

🎓 Vebster universiteti AQShdagi Higher Learning Commission (HLC) tomonidan institutsional akkreditatsiyaga ega bo‘lib, ushbu akkreditatsiya universitetning butun dunyo bo‘ylab faoliyat yuritayotgan barcha kampuslariga tatbiq etiladi. Shu sababli Toshkentdagi talabalar ham AQShdagi tengdoshlari bilan bir xil Vebster diplomini qo‘lga kiritadilar. Universitet bu akkreditatsiyani 1925-yildan beri saqlab keladi.

📚 Bundan tashqari, Vebsterning George Herbert Walker School of Business & Technology biznes va menejment yo‘nalishlari bo‘yicha ACBSP ixtisoslashgan akkreditatsiyasiga ega. Bunday akkreditatsiyaga dunyo biznes maktablarining atigi 5 foizi ega. Bu esa biznes ta’limi sifati, o‘qitish darajasi va talaba natijalariga qo‘yiladigan yuqori xalqaro standartlarni anglatadi.

🌍 Vebsterda ta’lim olish orqali talabalar nafaqat AQSh diplomi, balki global fikrlash, professional muloqot, mustaqil tahlil va zamonaviy mehnat bozori uchun zarur kompetensiyalarni ham egallaydi.

🇺🇸 Vebster bilan kelajagingni o’zgartir!

@wutadmissions
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
💙 💙💙💙💙

🎓 Toshkent shahridagi Vebster universiteti abituriyentlar uchun sifatli Amerika ta’limi, xalqaro akademik muhit va kelajak kasbiga yo‘naltirilgan aniq yo‘nalishlarni birlashtirgan maskan.

🎯 Universitetimizning asosiy afzalliklari:

🟡 AQSh institutsional akkreditatsiyasiga ega ta’lim;
🟡 O‘zbekistonda rasman tan olingan diplom;
🟡 Bir vaqtning o‘zida ikki yo‘nalishda tahsil olish imkoniyati;
🟡 To‘liq ingliz tilida o‘qitiladigan dasturlar;
🟡 Xalqaro kampuslarda almashinuv va Study Abroad imkoniyatlari;
🟡 Zamonaviy kampus va faol kampus hayoti;
🟡 Haqiqiy xalqaro akademik muhit.

🌍 Webster’da o‘qish bu shunchaki diplom olish emas. Bu dunyoqarashni kengaytirish, mustaqil fikrlashni rivojlantirish, professional muhitga tayyorlanish va o‘z kelajagini ishonch bilan qurish demak.

🇺🇸 Vebster bilan kelajagingni o’zgartir!

@wutadmissions
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍4🔥4
💙 💙💙💙💙

💫 Sahifamizga yangi qoʻshilganlarga xush kelibsiz deymiz!

🎓 Bu yerda Toshkent shahridagi Vebster universiteti haqida bilishingiz lozim boʻlgan barcha ma’lumotlar jamlanadi.

🎯 Bugun mavjud bakalavr va magistr dasturlarimiz haqida gaplashamiz.

@wutadmissions
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🤩5🔥42
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥106👍3
🎓 Toshkent shahridagi Vebster universitetida bakalavriat va magistratura bosqichlari bo‘yicha umumiy 17 ta zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan yo’nalishlarni taklif etadi.

📚 Quyida ular bilan tanishishingiz mumkin:

Bakalavr dasturlari:
Biznes boshqaruvi (BS Business Administration);
Xalqaro munosabatlar (BA International Relations);
Xalqaro huquq (LLB in International Law)
Iqtisodiyot (BA Economics);
Media tadqiqotlari (BA Media Studies);
Axborot tizimlari boshqaruvi (BS Management Information Systems);
Pedagogika (BEd Education);
Kompyuter ilmlari (BS Computer Science).

Qo‘shma dasturlar:
Hamshiralik ishi (BS Nursing);
Biologiya (BA Biology);
Kimyo (BS Chemistry);
Psixologiya (BA Psychology).

Magistratura dasturlari:
Biznes boshqaruvi (MBA Master of Business Administration);
Sog‘liqni saqlash boshqaruvi (MHA Master of Health Administration);
Ta’lim va innovatsiya (MA EDIN Education and Innovation);
Strategik kommunikatsiyalar (MA in Strategic Communications);
Boshqa tillarda so‘zlashuvchilarga ingliz tilini o‘rgatish (MA TESOL Teaching English to Speakers of Other Languages).

🚀 Har bir dastur talabaning akademik, professional va shaxsiy rivojlanishiga xizmat qiladigan tarzda ishlab chiqilgan.

🔗 Dasturlarning nomlari ustidagi havola orqali yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

@wutadmissions
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍6🔥5
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👏4🔥1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🔥4👏2
🔔 💙💙💙💙💙 🔔

Michigan English Placement Test (M-EPT) Samarqand va Buxoroda

🤔 Vebsterga topshirishni xohlaysiz, lekin hali ingliz tili sertifikatiningiz yoʻqmi?

📢 Universitetimizga topshirishni xohlagan, biroq hali sertifikat olishga ulgurmaganlar diqqatiga. Biz Samarqand va Buxoro shaharlariga M-EPT imtihonini o‘tkazish uchun bormoqdamiz. Quyida sana va manzillar bilan tanishing:

Samarqand
📆 16-aprel
📍 Samarqand davlat chet tillar instituti (Gagarin kampusi)

Buxoro

📆 18-aprel
📍 Buxoro davlat universiteti (Test markazi)

🔗 Ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻting.

💫 Bu yil Vebster talabasi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

@wutadmissions
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🔥32
💙 Yangi akademik dasturlar taqdimoti

🎓 Toshkent shahridagi Vebster universiteti ikki yangi akademik dasturlar Xalqaro huquq (LLB) va Strategik kommunikatsiyalar (MA) yoʻnalishlarini tantanali tarzda ochilish marosimini tashkil etdi.

🚀 Maxsus tashkil etilgan ushbu tadbir universitetning hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashda va ta’lim sohasida yangi imkoniyatlarni kengaytirishda muhim rol oʻynadi.

🎯 Bu yil ikki yangi dastur uchun birinchi qaldirgʻochlar qabul qilinmoqda. Hoziroq ariza topshiring va Vebster bilan o‘z yo‘lingizni boshlang!

@wutadmissions
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥2
💙 💙💙💙💙


💫 Safimizga yangi qoʻshilayotganlarga xush kelibsiz deymiz!

🎓 Toshkent shahridagi Vebster universiteti har biringizni talabalar safida koʻrishdan mamnun boʻladi.

ℹ️ Universitetimiz haqida batafsil ma’lumot olishingiz uchun ushbu kanalda faol boʻlishga harakat qilamiz va sizlardan ham qayta aloqa kutib qolamiz.

@wutadmissions
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👏2🔥1