Writer_minds
4.51K subscribers
118 photos
11 videos
22 files
35 links
Book reviews📚
Fikrlar💭
Triggers for living your every second @writer_minds
Shaxsiy: @abdusattarovanafisa
Download Telegram
Ah bu sher meni davoladi…
4🕊158
After losing so many people I love and adore, I no longer have a passion for close attachments.
5❤197
Hamma odamlarning hayotda sabr-toqati tugaydigan bir limiti bor. Biz taniydigan barcha yaxshi va mehribon insonlar... Dunyodagi bu ulkan tashvishlar girdobida bir stakan choy ichib o‘tirganingizda, ularning yagona tashvishi tilingiz kuyib qolishigina bo‘lgan o‘sha insonlar...
Doimo sizni o‘ylab yuradiganlar... Siz dunyodagi hech bir narsaga e’tibor bermay qolganingizdagina sizga tikilib qaraydiganlar... Yomg‘irli havoda soyaboningiz, jazirama quyoshda panohingiz bo‘ladiganlar...
O‘shanda tushundimki, har qanday odam ham qachondir va qayerdadir joniga tegish chegarasiga yetib keladi, charchoq ustun keladi, toqati toq bo‘ladi-yu, bir kuni hech qanday ortiqcha harakatsiz, hech qanday gina-kudurat va shikoyatsiz, hech qanday qovoq-tumshuq yoki tahdid qilishlarsiz shunchaki ketib qoladi. Aynan mana shunday oson va soddagina tarzda. Bilasizmi, o‘ylashimcha, hayotdagi barcha ketishlarni “umid” degan so‘z tufayli qachondir qaytib kelishiga, qachondir hammasi boshqatdan iziga tushishiga yo‘yish mumkin.
Barcha ketishlarni... Charchoqdan kelib chiqqan ketishdan tashqari.. Joniga tekkanidan ketishdan tashqari.. Nochorlikdan kelib chiqqan ketishdan tashqari..
Tamom...
✍ Po‘yon Uhadi
5🔥190
Istagan pulim evaziga bir soatlik sessiya so’rashdi. Lekin bir soatlik meetingda maslahatim unchalik ham muhim emasligi va asosan uni eshitishim muhimligini sezdim, va bundanam qizig’i haqiqiy muammoni hammasi aytilmadi.

O’ylab qoldim, o’zim, hayotimda belim sinib ketgan jabhalarni kim bilan bo’lishganman.

Hechkim bilan…

“Qaytib ko’rmaydigan” odamga ichini to’kib solish yaxshi. Ko’zlaringni ko’zlariga tikib 50 santimetr masofada hamma gunohingu, kimni o’ldirganing, kimni ko’ziga qum tortganing, hamma hammasini gaplashib bo’lgandan keyin sendan 1000 kilometrga uzoqlashadigan odamga aytish yaxshi. o‘z uyining to‘rida, qimmatbaho ofisda, yaltiroq kostyumda o‘tirgan, diplomlari devorni bezab turgan professional psixolog yoki terapevtga bularni ayta olmaysiz.
Menga begona odam xavfsiz. Unga sirlaringni to‘kib solib, ortga tisarilsang ham, u ertaga ko‘zlaringga o‘ziga xos aybdorlik yoki rahmdillik bilan boqmaydi. U seni qoralashga ham haqli emas, chunki sening kimligingni oxirigacha bilomaydi. U seni maqtashga ham majbur emas, chunki sening g‘alabalaring unga aloqador emas.

Havfsizlik. Havfsizlik yo’q joyda insonlar hikoyalarini yashiradi. Bu o’sha ikki inson o’rtasida 1000 kilometr masofa degani…..
3❤169
Odamlar yozganlaridek jiddiy va qovog’idan qor yog‘ib turuvchi emas, hazillashganlaridek shod-xurram ham emaslar, yozuvlarda bir-birining jon-u jahoniga aylanib ketganlari bilan dildan bog‘lanib qolishgan emas, shikoyat qilganchalik norozi ham emaslar. Odamlar "Ey vatan" deb madhiya kuylaganlarichalik vatanparvar emaslar,Yo Alloh deb ko’ksilariga urganchalik dindor emaslar, shunchalik ko‘p kitob sotib olganlari bilan kitobxon emaslar, pardani yirtgandek (uyatsizlik qilgandek) ko‘ringanlari bilan bexayo emaslar. Odamlar og‘izlariga kelganini valaqlagani bilan ahmoq emaslar, chiroyli gapirganlari bilan pokiza va begunoh emaslar, dushmanlari aytgandek tuban emaslar, do‘stlari maqtagandek yoqimli ham emaslar. Odamlarni tanish qiyin ish, bunchalik oson emas.
5🔥216
Menga tungi soat 10 dan keyin yozish taqiqlandi😁 Qorong’i tushmasdan oldin obyektiv miyyamga yozishim buyurildi. Va faqat tushkun holatimni emas bahtli kunlarimda ham yozishim talab qilindi. Sababi “Uzbek Sylvia Plath” degan laqabim bor ekan. Ijodkorlar tun odami bo’ladi lekin muammo shundaki, biz tunda kognitiv boshqaruv va emotsional tahlil uchun javobgar bo‘lgan prefrontal korteksni to’kidan uzib qo’yamiz.
Kechasi miya neytraldan ko‘ra ko‘proq salbiy senariylarni, xavotirlarni va o‘tmishdagi xatolarni bo‘rttirib ko‘rsatishga moyil bo‘ladi. Va qarabsizku bu kanalda men eng depressiyadagi yoki zerikarli bir 65 yoshli kampir bo’lib ko’rinishim mumkin. Aslida esa suitsid haqida maqola yozib, chips va kola ichib “Friends” sitcomini ko’rib o’tirgan bo’laman. I am not “Allahu Akbar BOOM!” I am like cute, I am “Allahu Akbar YES!😊
1❤225
Ba’zan o‘ylayman, ular bilan chuqur yaqinlikni his eta oladigan odamlarim juda ko‘p. Lekin afsuski, ularni tanimayman.
📕 Men chumchuq emasman
👤 Mustafo Mastur
4👍154
Va meni sev,
g‘amlarim bilan,
quvonchlarim bilan.
Men seni o‘zimga chorlayotgan bir olamman,
va xohlaymanki,
yalang‘ochligimni his etgin –
Toki senga
Parvardigor oyatlarining haqiqati
oydinlashsin.
Hech bir payg‘ambar o‘z juftini osmonga olib chiqmagan,
men osmonman,
tuproqman,
dengizman,
va sen bag‘rimda mangu qolajaksan.

Shukriya Erfoniy
4❤137
Jamiyat didining me’yoridan juda uzoqlashib ketdim shekilli.
Bu huddi kallikka o’xshaydi. Jamiyatku kalliging uchun allaqachon nafratlanadi, endi do’stlaring ham sendan soching bo’lsa mukammal inson bo’lishingni uqtirishadi. Bu huddi katta billboardga soch ekish 3 ming dollar deb yozib qo’yilganu seni na puling bor va na soch ektirishni hohlaysan.
Aslida o’sha do’stlaring ham soch ektirish klinikasidagilar ham tubandirlar!!!!!!!!!!
6👍166
-Doktor bo’lishing kerak edi, shuncha yillik diplomlar va kitoblarni agar meditsina bo’yicha o’qiganingda hozirgidek Neurologist qidirib yurmasdik o’zingni o’zing davolarding va seni hamma sevgan bo’lardi.
-to’g’ri
5🔥223
Bugun bir askarga o‘q uzishga majbur bo‘ldim... U yerga yiqilganda xotinining ismini chaqirayotgandi.
Mariya... Mariya... va ko‘z o‘ngimda jon berdi. Bo‘ynida o‘zining va yoshgina qizaloqning to‘y surati solingan tumorchasi bor edi. Mariya o‘sha bo‘lsa kerak, deb taxmin qildim. O‘zimdan ko‘nglim qoldi.
Men odatda odamlarning oyog‘ini nishonga olaman. Ularni o‘ldirmaslikka harakat qilaman. Faqat ortimizdan quvib kelmasliklari uchun yaralayman xolos. Lekin bu askarning oyog‘ini nishonga olgan paytim, to‘satdan egilib qoldi va o‘q uning ko‘ksiga tegdi.
Endi uning Mariyasi uni qancha kutishi kerak? Erkak kishisi urushdan bir kun kelib qaytishi uchun qancha sharf va issiq ko‘ylaklar to‘qishi kerak? Mariya hatto erining yomg‘ir ostida oxirgi marta faqat uning isminigina aytib jon berganini ham bilmaydi.
Urush bu insoniyatning eng yomon o‘ylagan narsasi... Bolaligimdan odamlar bir-biri bilan urushishga majburmikin, deb o‘ylardim va mana ko‘ryapmananki, ha, ba’zan majbur bo‘lishadi... Chunki urush buyrug‘ini beruvchilar yomg‘ir ostida emaslar. Loy-suv ichida emaslar va Mariyaning yashil ko‘zlarini o‘ylab jon berishmaydi.
Ular o‘zlarining issiq uylarida o‘tirishibdi. Sigaret chekish va buyruq berish... Qaniydi qurolimni o‘sha issiq uylarida o‘tirgan boshliqlarga qaratolsam. Bolalari hovuzda suzib yurgan, o‘zlari esa qimmatbaho qalam bilan minglab Mariyalarning erlari o‘limiga hukm imzolayotgan o‘shalarga... Salom ….yozishdan ham osonroq tarzda.
Urushni eng tuban odamlar boshlaydi, eng sharafli odamlar boshidan o’tqazadi.
3❤286
My good God! what a misanthropist you are 🤔

“Odamlarga qarashga majbur bo’lmaslik uchun kitoblar ko’tarib yuraman”


Hmm …bir qaraganda “wooow jumla” lekin odamlarga shuncha nafrat( misanthropy) …… I don’t think you can be my favorite, Bukowski
8🐳151
Tilla Fetishizmi

Hech oldingizdan shunday odam o’tganmi? Yuradigan Lombard. Ya’ni butun boshli jahon fondining metal birjasi. Qo’li va bo’yni to’la tilla taqqanlar haqida gapiryapman. Bundaylarini ayniqsa Qatarda har ikki qadamda uchratardim. Har bir barmoqda tilla uzuk(oyoqda ham bor, shaqqillabam qo’yadi) , bilakdagi tilla bilakuzuklarni yechib bersa ikkita g’isht zavodini sotib olishingiz mumkin.
Bir o’zbekoyimdan nega buncha tillangiz ko’p tanangizda desam, “buni sotsang pul bo’ladi” deydi. Falsafani qarang! Shunchaki fetishsiz jonginam!

…“sotsa pul bo’lish” ? ….. biz 19 asr Viktoriya davrida yashamayapmiz qayerdaki o’rta hol oilalar banklarga bora olmaydigan, “qora kunlar” da garovga buyum beradigan, oilani ochlikdan saqlab qolish uchun “pledgible item” yig’adigan asrlar o’tib ketdi. Yani ayollar hozir bankda shaxsiy hisob raqam ochish yoki mustaqil mulkga egalik qilish huquqiga ega. “Er bilan urishib qolsam yoki qora kun kelsa, buni yechib sotaman” degan mentalitet shu kungacha yashab kelmoqda. Bu achinarli. Ya’ni, endi tanadagi oltin bu moddiy mustaqillik emas.

Istemolchi madaniyatiga ko’ra( Jon Strattonni o’qing ko’proq malumot uchun) ayol kishining tanasi “erkakning boyligini namoyish qiluvchi “trophy” (ko’rgazma) bo’lib hizmat qilishi mumkin. Menimcha o’zingiz ham sezib turibsiz 8 ta uzuk u qadar ham sizni didli ko’rsatmasligini.

Undanam battari bor (sekin asta chiqib ketyapti): tishga tilla soldirish.

O’zi asli Fetishizmga aynan shu yorqin misol bo’la oladi. Toza antrapologik fetishizm. Tish o’zini funksiyasidagi ro’lini unutyapti, aslida ovqat chaynash uchun, lekin uning o’rniga sof oltin qo’yilganda tana azosi sehrli boylikka aylanyapti, ko’rinib turuvchi bo’ylik, har kulganda ko’rinadi, hammamizda menimcha bittadan shunaqa tilli tishli boy amma bor.
3❤153
4🔥123
Hozir professorim umumiy olganda 5 yilda PhD diplomingni qo’lingga olsang ham shukur qil dedi.

Yana 3 yil😭

Madina universitetga kiradiyu ungacha

Aytgandimaaa tovuq ferma ochish kerak deb
1😁251