Munosabatlarda bitta jins “arazlaydi” uyam ayol kishi. Agar U(he) arazlayotgan bo’lsa “dugona” bo’volinglar yaxshisi…
3👌322
It is a long road, girl. Choose a calmer one!
Yo’l uzoq,qizaloq. Vazminrog’ini tanla..

9👏313
Nega aksariyat o’zbek ayollari o’ziga bo’lgan ishonchi past?
“How bold one gets when one is sure of being loved”
“Inson o‘zini sevishlariga amin bo‘lsa, naqadar boshqalardan ajralib turadigan bo‘lib qoladi.”
Yuqoridagi gaplarni Sigmund Freud (u qadar hushlamayman nazariyalarini) 1882-yil 27-iyunda unashtirilgani Martha Bernaysga yozgan maktubida shu gaplarni yozgan edi.
Sevib qolgan yoki sevilgan insonga etibor berganmisiz? Dunyoda nima bo’layotgani bilan ishi bo’lmay qoladi. Bironta ham qo’rquvi qolmaydi. Tavakkalchi, o’z hislarini ochiq bayon qilivchi, shart o’rnidan turib o’yinga ham tushib beradi agar. Siz uni maqullashingiz ham shartmas, sen rasvosan desangiz basharangizga qarab gaping bir tiyin menga “u sen zorsan” degan pozitsiyasida yuradi. Shuning uchun dunyoning qolgan qismi birdaniga ekspertlar kengashidan oddiy tomoshabinga aylanib qoladi u uchun. Kecha o‘zining ovozidan uyalib yurgan odam bugun ko‘chaning o‘rtasida she’r o‘qishi mumkin. Oldin “odamlar nima deb o‘ylaydi?” deb o‘n marta o‘ylagan odam endi “odam bo’lgandan keyin o’ylaydida” deydigan holatga keladi.
Endi o’rta yashar amakingizni hotinini yo yangangizni ko’z oldingizga keltiring. U qiz “qizligida” unaqa bo’lmagan. Yongan, porlagan, shaddod, begubor, birov gapirsa bir yig’lab yana yengiga artib ketaveradigan 50-60 kg vazn o’rtasidagi qiz bo’lgan. Endi suv ichsayam semiradgan bo’lib garmonlari kachela bo’lib ketgan. Bir yilda bir marta balki eshitar “Seni sevaman” degan gapni. Hecham hozir unaqamas degan elita qatlam bo’lishi mumkin ichimizda, humchangizdan chiqib sal o’zingizdan uzoqroq joydagi ayollarni turmush tarzini borib ko’ring. Ular maqtalish uyoqda tursin har kuni tanqid eshitadi. Ovqat nega tuzi kam, ahmoqsan, tovuq miyya, shuniyam bilmaysan, turishingni qara……. Bir odamni bog’lab qo’yib boshini tepasidagi o’rta miyaga bitta nuqtasiga to’xtamay tomchi tomchi qilib suv tomizsangiz inson aqldan ozadi.
Bu holat shunchaki ayollarning "o'z ustida ishlamasligi" deyishingiz mumkin, juda ko’p “o’z ustuda ishlaydigan bahtsiz ayollar bor, urushqoq, chaqvoladigan, birovni ko’rolmaydigan, hasadchi, tanqidchi umuman hotirjamligi yo’q. Ishonch va o'zlikni yo'qotish bazida ayolning aybi emas, balki u yashayotgan va nafas olayotgan emotsional muhitning aks-sadosi bo’lishi mumkin.
Agar ayol chinakam sevilsa atrofdagilarni "oddiy tomoshabin" deb biladi, “falonchini eshitdizmi” kabi suhbatlar ham unga afzal bo’lmaydi, to’lacha bo’lsada o’zini sevadi, chunki uning ichki tayanchi va asosiy "baho beruvchisi" bor. Lekin hayoti davomida biror marotaba "Sen borliging uchun qadrlisan, hech qanday shartsiz seni sevaman” degan tuyg'uni his qilmagan ayol uchun butun dunyo umrbod shafqatsiz "ekspertlar kengashi" bo'lib qolaveradi.

5🔥278
Orientalism_Said,_Edward_W_1st_ed_,_New_York,_New_York_State,_1978.pdf
23.7 MB
1978 yilda chop qilingan asar bugungi kunga kelibgina o’zbek tililga tarjima qilindi va bu qadar kech tarjima qilish juda biz uchun sharmandali holat.
Chunki Said postcolonial nazariyani tamal toshi hisoblanadi

1❤117
Writer_minds
Orientalism_Said,_Edward_W_1st_ed_,_New_York,_New_York_State,_1978.pdf
Kecha Orientalizm haqida gapirib Falastinlik Edward Saidni qanchalik hurmat qilishimni aytib 2 minutdan oshiqroq videoni qo’yganimdan keyin ham kommentda “shunda hulosangiz nima” shunda g’arb tarafdamisiz sharq tarafda” kabi kommentlarni ko’rib instagramni qaytib ochgim kelmay qoldi. Ular bog’chada yuradimi yo maktabda. Nimaga qo’llaridagi telefonda google ilovasi borligini ham bilmaydimi agar nima haqida va kim haqida gapirayotganimni tushunmasa. 4 soat uhlaganman menimcha shunga asabiylashyapman
1❤165
Avvaliga sof bo’lasan, ishonuvchan, soddagina, telefoningni birovni qo’liga ushlatib qo’yar qadar tozasan, keyin palid odamlar keladi hayotingga osongina yashayotgan va yolg’onlar bilan to’la, chap o’ng chap o’ng chap o’ng. Google hotirangga qarasang, “loneliness ni etimalogiyasi nima?” “Persapolis nechinchi yil chiqqan?”
Birdan hayolimga google “search hotirasini” skrin qilib Professorimizga tashlagan qiz hayolimga keldi hozir. AI ishlatganlikda ayblangandi. Umrida bir martagina rasm yasash uchun AI ishlatganini aytib hatto ilovasi yo’qligini tushuntirib bir enlik email yozgan. Bitta beg'ubor xato uchun ham butun borlig'i bilan oqlanishga urinadigan, ichida g'arazi yo'q insonlar haqiqatan ham noyob. Shunda hayolimdan bir narsa o’tgandi, ishqilib bu “toza” qizni atrofidagilar ham “toza” bo’lsin.
O’zi insonlarni agar ikki toifasi bo’lganda bitta tarafda go’llar ikkinchi tarafda “shustriylar” turardi. Sariq tarelka. Breaking Bad…..
Jesse Pinkman'ning yerto'lasida zanjirlab qo'yilgan Krazy-8'ga ovqat olib tushayotganda, Walter White sendvich solingan sariq keramik tarelkani tushirib yuboradi. Tarelka chil-chil bo'ladi.
Keyinchalik, o'z oshxonasida yig'ishtirayotganida, Volt axlat qutisiga qaraydi va stol ustida singan bo'laklarni qaytadan bir-biriga yopishtirib chiqishga qaror qiladi.
U o'rtadagi pichoqdek o'tkir, o'tkir bo'lak yo'qligini payqab qoladi.
Volt Krazy-8 o'sha yo'qolgan keramik parchani o'ziga qarshi qurol sifatida ishlatish uchun olib qo'yganini tushunadi.
Ushbu kashfiyot Voltni Krazy-8'ni o'ldirish borasidagi ikkilanishlaridan voz kechishga majbur qiladi va uni umrbodga o'zgartiradi.
Hamma bazan siz kabi laqma emas, hamma siz kabi ochil dastirxon emas, yashirin qurollari bor bazilarni, yashirin sirlari bor, sizni sirlaringizni ham yashirib olib qo’yishgan, bir kun kelib o’zlarini himoya qilish uchun yo kekirdagingizga to’rtish uchun.
Hayotda toza ko'ngilli bo'lish juda go'zal narsa, lekin boshqalarning qo'lidagi yoki ortidagi "sariq tarelka parchasini" ko'ra olish va sezish juda muhim, tirik qolish muhim

3❤200
Plainwater_Anne_Carson_2020_Knopf_Doubleday_Publishing_Group_91.epub
948.8 KB
Hurrrreeeey Anne Carsooooon Nobel 2026 .
Material uchun rahmat aytmoqchi bo’lsangiz instagramda qo’llab turing. Yaqin orada You Tubeda ko’rishamiz❤️🔥❤️🔥❤️🔥

4😍163
Hayotingizda ishlatgan eng hato gaplardan bittasi “ men seni tushunib turibman” . ….. hechqachon! Siz hechqachon boshqa tanani, boshqa ongni, boshqa tajribani, og’rigini, boshqa tanada va boshqa ongda bo’la turib “tushuna” olmaysiz.
Empatiya bu hechnarsani bilmaslik. Empatiya bu savol berish va ESHITISH
Leslie Jamison

1❤245
Writer_minds
Boshqa ijodkorlarning asarlarida o’z tuyg’ularim aksini ko’rib, “o’z yolg’izligimda sharmandali tarzda yakka emasligimni” angladim… Olivia Laing
O’ylanadigan narsamas😁. Bitta men sharmandalarcha yolg’iz emas ekanman o’sha mashhur Wojnarowick ham yolg’iz ekan, bundan yengil tortdim deyapti Olivia. Yolg’izlik bu faqat jismonan bitta o’zi qolish emas balki aynan olomon, odamlar ichida yoki ro’parangda 180 metr odam o’tirgan taqdirda ham kerakli darajadagi yaqinlik, muloqot va hamnafaslikni yetishmasligi paytida eng yuqori nuqtaga yetishi haqida gap ketyapti
2❤114
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kecha commentda Anne Carsonga (Nobel awarded) o’xsharkansiz deyishganida naaah… qo’ysangchi deyotgandim ichimda bugun she’rlarini tarjima qilib asosiy karuselga qo’yish uchun bitta rasmini saqlab gallereyamga qarasam huddi 1996 yil tuqqanu O’zbekistonga tashlab ketganday o’xsharkanmiz😁
Bugun hudohohlasa she’rlaridan misralar yuklayman

2🐳171
Aytaymi nima…
Men hamma tuyg’ularni grandiozini yaxshi ko’rar ekanman. Bazida ro’paramdagiga qarab aytgim keladi:
You do not even know how to love with all your soul, whole being, with a mind-altering emotion that no one else has ever felt, with a dizzying passion no one else could ever feel. One must love not merely in passing, not just for the sake of loving, not just ordinarily, but with a fathomless, almost miraculous force. Let it be a love this sublime, or nothing at all.
Ichki tuyg’ularni bazan ingliz tilida aytish menga oson, o’zbek tilida gapirsam yalang’och his qilaman o’zimni

3❤268
Tushunadigan odam gapirmasang ham tushunaverarkan. Tushunmagani 8 soat tushuntirmaysanmi…. Bir tiyin.
Qachon shakllantirganman bilmayman lekin tushunmasligingizni sezgan zahotim stoldan turib ketaman va bundan hechqachon afsuslanmaganman.

1🔥213
Adabiyot qiziq fan. Lekin bitta g’alati tarafi bor. Hamma burnini tiqa oladi va ayanchlisi 4 ta kitob o’qib butun adabiyot falsafa va nazariyani tushunadigandek tortishadi. Bu huddiki ko’chadan kelib operatsiya honasiga kirib doktorga qarab “noto’g’ri kesyapsan bemorni” deganday gap.
Vaholanki adabiyotshunoslar hechqachon meditsinani bilaman deb davo qilmaydi, pichoqni ber men kesaman demaydi, matematikga (qaysiki aniq bo’lgan) qarab “bekorni aytibsan” deyolmaydi. Professorimni honasida tahminan milliontacha kitob bor lekin “Nafisa meni bilimim chegaralangan(limited) iltimos o’zing men bergan bilan chegaralanmay ko’proq materiallar o’qib chiq” deydi.
Biz oddiy odamlarmiz. Hechnarsani bilmasligimizni bilamiz.

4❤260
After losing so many people I love and adore, I no longer have a passion for close attachments.
5❤197
Hamma odamlarning hayotda sabr-toqati tugaydigan bir limiti bor. Biz taniydigan barcha yaxshi va mehribon insonlar... Dunyodagi bu ulkan tashvishlar girdobida bir stakan choy ichib o‘tirganingizda, ularning yagona tashvishi tilingiz kuyib qolishigina bo‘lgan o‘sha insonlar...
Doimo sizni o‘ylab yuradiganlar... Siz dunyodagi hech bir narsaga e’tibor bermay qolganingizdagina sizga tikilib qaraydiganlar... Yomg‘irli havoda soyaboningiz, jazirama quyoshda panohingiz bo‘ladiganlar...
O‘shanda tushundimki, har qanday odam ham qachondir va qayerdadir joniga tegish chegarasiga yetib keladi, charchoq ustun keladi, toqati toq bo‘ladi-yu, bir kuni hech qanday ortiqcha harakatsiz, hech qanday gina-kudurat va shikoyatsiz, hech qanday qovoq-tumshuq yoki tahdid qilishlarsiz shunchaki ketib qoladi. Aynan mana shunday oson va soddagina tarzda. Bilasizmi, o‘ylashimcha, hayotdagi barcha ketishlarni “umid” degan so‘z tufayli qachondir qaytib kelishiga, qachondir hammasi boshqatdan iziga tushishiga yo‘yish mumkin.
Barcha ketishlarni... Charchoqdan kelib chiqqan ketishdan tashqari.. Joniga tekkanidan ketishdan tashqari.. Nochorlikdan kelib chiqqan ketishdan tashqari..
Tamom...
✍ Po‘yon Uhadi

5🔥190
Istagan pulim evaziga bir soatlik sessiya so’rashdi. Lekin bir soatlik meetingda maslahatim unchalik ham muhim emasligi va asosan uni eshitishim muhimligini sezdim, va bundanam qizig’i haqiqiy muammoni hammasi aytilmadi.
O’ylab qoldim, o’zim, hayotimda belim sinib ketgan jabhalarni kim bilan bo’lishganman.
Hechkim bilan…
“Qaytib ko’rmaydigan” odamga ichini to’kib solish yaxshi. Ko’zlaringni ko’zlariga tikib 50 santimetr masofada hamma gunohingu, kimni o’ldirganing, kimni ko’ziga qum tortganing, hamma hammasini gaplashib bo’lgandan keyin sendan 1000 kilometrga uzoqlashadigan odamga aytish yaxshi. o‘z uyining to‘rida, qimmatbaho ofisda, yaltiroq kostyumda o‘tirgan, diplomlari devorni bezab turgan professional psixolog yoki terapevtga bularni ayta olmaysiz.
Menga begona odam xavfsiz. Unga sirlaringni to‘kib solib, ortga tisarilsang ham, u ertaga ko‘zlaringga o‘ziga xos aybdorlik yoki rahmdillik bilan boqmaydi. U seni qoralashga ham haqli emas, chunki sening kimligingni oxirigacha bilomaydi. U seni maqtashga ham majbur emas, chunki sening g‘alabalaring unga aloqador emas.
Havfsizlik. Havfsizlik yo’q joyda insonlar hikoyalarini yashiradi. Bu o’sha ikki inson o’rtasida 1000 kilometr masofa degani…..

3❤169
Odamlar yozganlaridek jiddiy va qovog’idan qor yog‘ib turuvchi emas, hazillashganlaridek shod-xurram ham emaslar, yozuvlarda bir-birining jon-u jahoniga aylanib ketganlari bilan dildan bog‘lanib qolishgan emas, shikoyat qilganchalik norozi ham emaslar. Odamlar "Ey vatan" deb madhiya kuylaganlarichalik vatanparvar emaslar,Yo Alloh deb ko’ksilariga urganchalik dindor emaslar, shunchalik ko‘p kitob sotib olganlari bilan kitobxon emaslar, pardani yirtgandek (uyatsizlik qilgandek) ko‘ringanlari bilan bexayo emaslar. Odamlar og‘izlariga kelganini valaqlagani bilan ahmoq emaslar, chiroyli gapirganlari bilan pokiza va begunoh emaslar, dushmanlari aytgandek tuban emaslar, do‘stlari maqtagandek yoqimli ham emaslar. Odamlarni tanish qiyin ish, bunchalik oson emas.
5🔥216