Writer_minds
4.52K subscribers
118 photos
11 videos
22 files
35 links
Book reviews📚
Fikrlar💭
Triggers for living your every second @writer_minds
Shaxsiy: @abdusattarovanafisa
Download Telegram
Audio
Kanon?
Etika yoki estetika?
Decolonizatsiya?
Siyosiz pozitsiya?
Muallifning o’limi?
Metafizik osoyishtalik?

-Nima deyaaaaptiiiiii
-otamni uylantiraman deydi
4❤63
Unpopular opinion: Qandaydir sochi uzun qizlarni, beg’am, dunyoni suv bossa to’pig’iga chiqmaydigan, uncha muncha narsani yelkasidan oshirvoradigan odam deb o’ylayman.
Xuddiki: “sochimni uzunligini qara meni depressiyaga tushadi deb o’ylaysanmi” deyotganga o’xshaydi.
3❤135
-Nimasiga qarab tanlagansiz erizni?
-pulga uchdikdee Sadi


Shu er tanlash haqida bitta post yozgim kelyaptiyu, hatega qobketmasmikinman deb o’ylayapman 🤔
1😁199
Hullas qizlar, har qanday holatda ham er tanlashda risk bor.

Erkaklarni turi ko’p. Kelinglar hozir ikkita qutb haqida gaplashamiz.

Good guy(yaxshi bola) va bad guylar (yomon bola).

Good guy yani “yaxshi erkak” ichmaydi, chekmaydi, baqirmaydi, abyuzerlik qilmaydi,renta to’laydi, ro’zgor qiladi. Perfect …..lekin qog’ozda! Hatto bu erdan noligani ham qo’rqasan, chunki atrofingdagilar uni senga qo’ngan humo qushi deyishadi. “Yaxshi er” bilan ham baxtli bolmasliging mumkinmi? Ha mumkin. Yani savol qo’ying chekmaslik ichmaslik qumor o’ynamaslik bir erkakni perfektligini bildiradimi? Yo’q. Juda ko’p ayollar emotsional yillab quruq yashaydi. “Yaxshi erkak” shunchaki “yoningda turadi” holos. U bilan birga yashayotganingni his qilmaysan. Sen dushda yig’lab o’tirganingda u telivizor korib yonboshlab yotishi mumkin. U sen bilan birga nomoz oqishi mumkin lekin ko’zlaringga ohirgi marotaba qachon tikilganini eslolmay qolasan 10 yildan keyin. “Tushlikka nima ovqat qilding” deydi lekin kuning qanday o’tdi, bugun nimalar yeding, kimlar bilan gaplashding demasligi mumkin. Yaxshigina kommunikatsiya qilaman desang “ha” va “yoq” dan boshqa lug’at boyligi bolmasligi, bir hazil aytsang “hey hozir kuladgan joyti edi” demaguningcha g’ishtdek go’layib o’tirishi mumkin. Yillab “seni sevaman, jonim” degan gapni ham eshitmasliging mumkin . Agar endi bu chekmaydigan erdan nolisang atrofingdagilar noshukur hotin ekansan deydi. Bazan hotini urmaslik yoki unga hiyonat qilmaslik bir erkakni olmosga tenglashtrib qo’yiladi aslida esa bu bare minimum va shunchaki “kartoshka” bo’lishi ham mumkin. Ular hechqachon hiyonat qilmaydi yani ochiqchasiga (ko’z bilan qilishi mumkin), lekin seni ham hech ortingdan quvlamaydi. Hollywood kinolaridek oshhonada ortingdan kelib quchmaydi ham, “dirty text”lar ham jonatmaydi. Yig’lasang shunchaki turib ketvoradi yoningdan. Gapirasan, gapirasan devorga gapirganday his qilib gapirishdan ham to’xtaysan endi turmush qurushdan point qayerga ketdi. Hafa ham qilmaydi tuzatmaydi ham jimligi bilan o’ldirib yuboradi. Yani turmush shunchaki bir birini urib qoymaslikdan iborat emas. Ishdagi katta jang jadallardan keyin uyga kelib “manu shallaqi menga shunaqa qildi desang”, “hmmm …buyoqqa kelchi, davom et, keyinchi, voy megaaajiiin” deb sen bilan gumashtachilik ham qilmaydi. They are too good to do that. Ha sodiq, chekmaydi lekin emotsia no’l , dangasa va zerikarli.

Endi “bad guy”lar haqida gaplashamiz. Ular odatda overromantik, sarguzashtsevar, ichidagini tashqariga chiqaradgan ko’p gapiradgan qiziqarli odamlar. U sizni etiborga ko’mib tashlaydi “sogindim sevaman”ni ham kanda qilmaydi. Baland sevadi, onasini oldida ham jamoat joyda ham “asalim” deyishdan uyalmaydiganlar tipi haqida gapiryapman. Lekin unda “side chick” (boshqa ayol) bolishi ham mumkin. Yani bunday insonlarga bazan bitta ayol kamlik qiladi ular ko’p ayollarni himoya qilgisi kelishi mumkin . Agar hiyonat qilmagan taqdirda u atrofidagi ayollarga flirting (ko’z suzishi) qilishi ehtimoli katta. Because he has a big mouth. (Kattagina og’zi bor, gapirishi kerak.
Demak good guy bilan sevilganingni ham his qilmaysan bad guy bilan sevilasan lekin yolgiz sen emas sevilayotgan.

Umuman oganda bitta kategoriyaga ham solib bo’lmaydi bularni. 3 tasi birdani esa topish qiyin. Sodiq bo’lsa zerikarli. Sodiq va qiziqarli bo’lsa puli yoq. Puli bor va sodiq bo’lsa hunuk. Ham chiroyli, sodiq, puli ham bo’lsa katta ehtimol bilan gey bo’lishi ham mumkin. Shunaqa gapla…
3❤260
Ayolingiz sochini kessa ehtiyot bo’lib qo’yaverasiz) (hamma ayol demadim debatechilar😁)
😁169
Ibi, Ed Sheeran nima debdi : “ Isroildagi 7 oktyabr musiqa festival mudhish edi…..[..] Gazada bo’layotgan ishlar catastrophic”
My good friend, yo ikqatman de yo ikqatmasman de “sal ikqatlik” “salkam ikqatlik” “chala ikqat” bo’lmaydi odam. Yo Falastin tarafdaman de yo Isroil tarafdaman de, o’rta yo’q, betaraf turish kuchli tarafda turish degani, eh bachaginaaa battar reputatsiyang o’ldi
8😁222
Oy 🌕

Va besh yosh men nuqta qo’shtirnoq Nahotki rostan ham shunday so’roq qo’shtirnoq Bor kuchim bilan mahallani ohirigacha yugurdim vergul to’xtadim vergul to’xtadi nuqta qo’shtirnoq Nega ortimdan qolmayapti qo’shtirnoq yangi paragraf Yana bitta sinab ko’ramiz qo’shtirnoq Haaa vergul haqiqatdan ham meni yaxshi ko’rib qolibdi vergul orqamdan yugurishini qara qo’shtirnoq
1❤122
2💯124
​Ichki Panoptikonni buzish

O’zbekistonda bazi milleniallar hali to’liq “katta” bo’lmadi. Balki zoomerlar ham(bilmadim). Hozir anchadan beri o’ylab yurgan, yuqori intelektuallarning issiq nazariyalari bilan o’zimni kuzatuvlarimdagi “aha momentni” aralashmasi haqida yozmoqchiman.

Ko’p insonlarni kuzataman, jumladan o’zimniham. Anchadan beri o’ylab kelaman umuman Dekolonizatsiya mavzusini o’rganishni boshlaganimdan beri. O’zbekiston va boshqa davlatlar to‘liq dekolonizatsiya bo‘ldimi?
Dekolonial nazariyada (masalan, Walter Mignolo, Aníbal Quijano kabi mutafakkirlar qarashlarida) bitta muhim farqlash bor: Dekolonizatsiya (mustaqillikka erishish): Bu rasmiy, siyosiy jarayon. Siyosiy mustaqillik, o‘z bayrog‘i va hukumatiga ega bo‘lish (O‘zbekistonda 1991-yil…)
Ikkinchisi: Mustamlakachilik asoratlari (Coloniality): Bu imperiya ketganidan keyin ham Ong, Til, Madaniyat va Jamiyat tuzilmasida saqlanib qoladigan chuqur "asorat-kodlar". O’zbekiston Siyosiy jihatdan mustaqil bo‘lsada, ongimizda, ta’lim tizimida, davlat boshqaruvi strukturalarida, tilga va "markaz/sivilizatsiya"ga bo‘lgan qarashda sovet/chor imperiyasi loyihalarining chuqur izlari saqlanib qolgan. Lekin keling “zoom in” qilib ko’ramiz. Ongingizda Sovet ittifoqini mafkurasi kuchli deb o’ylaysizmi? Yoki undanam oldingi bostirib kirgan mustamlakachalar jumladan Mogullar, Arablar, Samoniylarning va boshqalarni siyosiy va madaniy ta'siri yoki imperiyaviy asoratlari tasiri ko’proqmi? Yoki….. ilk tug’ulganingizda tepangizda turgan ikkita “power” kuchni yani ota onangizni tasiri kuchlimi?

Lupani yanayam yaqinlashtiramiz. Fuko aytadiki, inson diskurs ichida tug'iladi. Biz dunyoga kelganimizda, tildan tortib nima "to'g'ri", nima "nojo'ya", nima "aqlli", nima "ahmoqona" ekani haqidagi intellektual va ijtimoiy qoidalar tayyor singdiriladi.
Ota-ona esa bu tayyor diskurslarni va bilim shakllarini bizga yetkazib beruvchi birinchi vositachi (subyekt) hisoblanadi. Endi savol: kimdan ongingizni tozalashingiz kerak sovetlardanmi yoki ota onangizdan?

Endi paradoks tug’uladi: “SSSR odamlari” bo’lgan bizni ota onamiz ongi ham aynan sovet mafkurasida katta bo’lgan, demak yana aylana borib katta kartinaga/suratga borib taqalyapti yani millatni dekolonizatsiya qilish.

G’ijimlangan yelkangizni qarang … g’ijimlangan ongingizchi? nega bu qadar qisinib yurasiz? Ota onangiz kattalarga tik qarama degani uchunmi? Uyat bo’ladimi? Odamlar nima deydimi? Sharmandami? Qiz bola o’qishi shartmasmi? Erkakka yarashaveradimi? Qiz bola palahmon toshimi? Siyosatga aralashmami?

Bir ona sifatida aytaman, men qizim bilan birga katta bo’lyapman. Sizni ota onangiz ham siz bilan birga katta bo’lgan. Ularga jamiyat nimani bergan bo’lsa ular sizga shuni bergan. O'rganilganini qayta ko'rib chiqing. Ota-ona bergan barcha tushunchalardan voz kechish shart emas, balki "Bu bilim va qo'rquvlarning qaysi biri haqiqatan ham menga tegishli va qaysi biri imperiya/jamiyat bosimidan o'tgan?" degan savolni berish kifoya.

Fukoni Panoptikonini eshitganmisiz?

Suratdagi minorada (qamoqhona) soqchi doim ham o'tirishi shart emas. Asosiysi mahbus har daqiqada kuzatuv ostida ekaniga ishonishi va o'zini o'zi nazorat qilishi kerak. Sizning ichingizda ham o'sha minora allaqachon qurib bo'lingan. Ota-onangiz yoningizda emas, Sovet Ittifoqi xaritalardan o'chib ketganiga o'ttiz yildan oshdi, lekin ichingizdagi Soqchi o'sha "Odamlar nima deydi?", "Kattalarga tik qarama", "Ovozingni o’chir" “siyosatga aralashma” degan imperiyaviy va maishiy tsenzura hali ham o'tiribdi. Siz hali ham kimdir (ota-ona, jamiyat, davlat yoki o'tmish imperiyasi) minoradan qarab turibdi degan illyuziya bilan yashayapsiz. Siz o'zingizni o'zingiz tsenzuraga solasiz, o'zingizni o'zingiz gijimlab o'tiribsiz. Aslida sizni hechkim kuzatyotgani yo’q. Aslida birovni siz bilan bir tiyinlik ishi yo’q.

Subyektivlik qani sizda? Shaxsiyat qani? Identity qani? Nega bu qadar bir hilsiz?


(ikki marta o’qing, tushunmasangiz, 4 tacha nazariya bor ichida)
3❤108
Yopiq kanal ochaman tez orada bu kabi hot topiklar diskussiya qilinishi kerak lekin bunaqa katta kanalda kommentni ochishga qo’rqib qoldim.
Have a great evening !
1🐳187
Qaysi 4 ta ungrateful potato 🥔 (noshukur kartoshka) chiqib ketdi kanaldan
1😁301
Munosabatlarda bitta jins “arazlaydi” uyam ayol kishi. Agar U(he) arazlayotgan bo’lsa “dugona” bo’volinglar yaxshisi…
3👌322
It is a long road, girl. Choose a calmer one!

Yo’l uzoq,qizaloq. Vazminrog’ini tanla..
9👏313
Nega aksariyat o’zbek ayollari o’ziga bo’lgan ishonchi past?

“How bold one gets when one is sure of being loved”

“Inson o‘zini sevishlariga amin bo‘lsa, naqadar boshqalardan ajralib turadigan bo‘lib qoladi.”

Yuqoridagi gaplarni Sigmund Freud (u qadar hushlamayman nazariyalarini) 1882-yil 27-iyunda unashtirilgani Martha Bernaysga yozgan maktubida shu gaplarni yozgan edi.

Sevib qolgan yoki sevilgan insonga etibor berganmisiz? Dunyoda nima bo’layotgani bilan ishi bo’lmay qoladi. Bironta ham qo’rquvi qolmaydi. Tavakkalchi, o’z hislarini ochiq bayon qilivchi, shart o’rnidan turib o’yinga ham tushib beradi agar. Siz uni maqullashingiz ham shartmas, sen rasvosan desangiz basharangizga qarab gaping bir tiyin menga “u sen zorsan” degan pozitsiyasida yuradi. Shuning uchun dunyoning qolgan qismi birdaniga ekspertlar kengashidan oddiy tomoshabinga aylanib qoladi u uchun. Kecha o‘zining ovozidan uyalib yurgan odam bugun ko‘chaning o‘rtasida she’r o‘qishi mumkin. Oldin “odamlar nima deb o‘ylaydi?” deb o‘n marta o‘ylagan odam endi “odam bo’lgandan keyin o’ylaydida” deydigan holatga keladi.

Endi o’rta yashar amakingizni hotinini yo yangangizni ko’z oldingizga keltiring. U qiz “qizligida” unaqa bo’lmagan. Yongan, porlagan, shaddod, begubor, birov gapirsa bir yig’lab yana yengiga artib ketaveradigan 50-60 kg vazn o’rtasidagi qiz bo’lgan. Endi suv ichsayam semiradgan bo’lib garmonlari kachela bo’lib ketgan. Bir yilda bir marta balki eshitar “Seni sevaman” degan gapni. Hecham hozir unaqamas degan elita qatlam bo’lishi mumkin ichimizda, humchangizdan chiqib sal o’zingizdan uzoqroq joydagi ayollarni turmush tarzini borib ko’ring. Ular maqtalish uyoqda tursin har kuni tanqid eshitadi. Ovqat nega tuzi kam, ahmoqsan, tovuq miyya, shuniyam bilmaysan, turishingni qara……. Bir odamni bog’lab qo’yib boshini tepasidagi o’rta miyaga bitta nuqtasiga to’xtamay tomchi tomchi qilib suv tomizsangiz inson aqldan ozadi.

Bu holat shunchaki ayollarning "o'z ustida ishlamasligi" deyishingiz mumkin, juda ko’p “o’z ustuda ishlaydigan bahtsiz ayollar bor, urushqoq, chaqvoladigan, birovni ko’rolmaydigan, hasadchi, tanqidchi umuman hotirjamligi yo’q. Ishonch va o'zlikni yo'qotish bazida ayolning aybi emas, balki u yashayotgan va nafas olayotgan emotsional muhitning aks-sadosi bo’lishi mumkin.

Agar ayol chinakam sevilsa atrofdagilarni "oddiy tomoshabin" deb biladi, “falonchini eshitdizmi” kabi suhbatlar ham unga afzal bo’lmaydi, to’lacha bo’lsada o’zini sevadi, chunki uning ichki tayanchi va asosiy "baho beruvchisi" bor. Lekin hayoti davomida biror marotaba "Sen borliging uchun qadrlisan, hech qanday shartsiz seni sevaman” degan tuyg'uni his qilmagan ayol uchun butun dunyo umrbod shafqatsiz "ekspertlar kengashi" bo'lib qolaveradi.
5🔥278
Orientalism_Said,_Edward_W_1st_ed_,_New_York,_New_York_State,_1978.pdf
23.7 MB
1978 yilda chop qilingan asar bugungi kunga kelibgina o’zbek tililga tarjima qilindi va bu qadar kech tarjima qilish juda biz uchun sharmandali holat.

Chunki Said postcolonial nazariyani tamal toshi hisoblanadi
1❤117
Writer_minds
Orientalism_Said,_Edward_W_1st_ed_,_New_York,_New_York_State,_1978.pdf
Kecha Orientalizm haqida gapirib Falastinlik Edward Saidni qanchalik hurmat qilishimni aytib 2 minutdan oshiqroq videoni qo’yganimdan keyin ham kommentda “shunda hulosangiz nima” shunda g’arb tarafdamisiz sharq tarafda” kabi kommentlarni ko’rib instagramni qaytib ochgim kelmay qoldi. Ular bog’chada yuradimi yo maktabda. Nimaga qo’llaridagi telefonda google ilovasi borligini ham bilmaydimi agar nima haqida va kim haqida gapirayotganimni tushunmasa. 4 soat uhlaganman menimcha shunga asabiylashyapman
1❤165
​Avvaliga sof bo’lasan, ishonuvchan, soddagina, telefoningni birovni qo’liga ushlatib qo’yar qadar tozasan, keyin palid odamlar keladi hayotingga osongina yashayotgan va yolg’onlar bilan to’la, chap o’ng chap o’ng chap o’ng. Google hotirangga qarasang, “loneliness ni etimalogiyasi nima?” “Persapolis nechinchi yil chiqqan?”

Birdan hayolimga google “search hotirasini” skrin qilib Professorimizga tashlagan qiz hayolimga keldi hozir. AI ishlatganlikda ayblangandi. Umrida bir martagina rasm yasash uchun AI ishlatganini aytib hatto ilovasi yo’qligini tushuntirib bir enlik email yozgan. Bitta beg'ubor xato uchun ham butun borlig'i bilan oqlanishga urinadigan, ichida g'arazi yo'q insonlar haqiqatan ham noyob. Shunda hayolimdan bir narsa o’tgandi, ishqilib bu “toza” qizni atrofidagilar ham “toza” bo’lsin.

O’zi insonlarni agar ikki toifasi bo’lganda bitta tarafda go’llar ikkinchi tarafda “shustriylar” turardi. Sariq tarelka. Breaking Bad…..

Jesse Pinkman'ning yerto'lasida zanjirlab qo'yilgan Krazy-8'ga ovqat olib tushayotganda, Walter White sendvich solingan sariq keramik tarelkani tushirib yuboradi. Tarelka chil-chil bo'ladi.
Keyinchalik, o'z oshxonasida yig'ishtirayotganida, Volt axlat qutisiga qaraydi va stol ustida singan bo'laklarni qaytadan bir-biriga yopishtirib chiqishga qaror qiladi.
U o'rtadagi pichoqdek o'tkir, o'tkir bo'lak yo'qligini payqab qoladi.
Volt Krazy-8 o'sha yo'qolgan keramik parchani o'ziga qarshi qurol sifatida ishlatish uchun olib qo'yganini tushunadi.
Ushbu kashfiyot Voltni Krazy-8'ni o'ldirish borasidagi ikkilanishlaridan voz kechishga majbur qiladi va uni umrbodga o'zgartiradi.
Hamma bazan siz kabi laqma emas, hamma siz kabi ochil dastirxon emas, yashirin qurollari bor bazilarni, yashirin sirlari bor, sizni sirlaringizni ham yashirib olib qo’yishgan, bir kun kelib o’zlarini himoya qilish uchun yo kekirdagingizga to’rtish uchun.

Hayotda toza ko'ngilli bo'lish juda go'zal narsa, lekin boshqalarning qo'lidagi yoki ortidagi "sariq tarelka parchasini" ko'ra olish va sezish juda muhim, tirik qolish muhim
3❤200
Yevropa va AQShning global miqyosidagi iqtosodiy ustunligi tasodif emas, uning markazida qullik va mustamlakachilik turadi.”

Thomas Piketty “A Brief History of Equality” The Belknap Press of Harward University Press
Cambridge, Massachutes London, England 2022
❤110
Plainwater_Anne_Carson_2020_Knopf_Doubleday_Publishing_Group_91.epub
948.8 KB
Hurrrreeeey Anne Carsooooon Nobel 2026 .
Material uchun rahmat aytmoqchi bo’lsangiz instagramda qo’llab turing. Yaqin orada You Tubeda ko’rishamiz❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥
4😍163
Hayotingizda ishlatgan eng hato gaplardan bittasi “ men seni tushunib turibman” . ….. hechqachon! Siz hechqachon boshqa tanani, boshqa ongni, boshqa tajribani, og’rigini, boshqa tanada va boshqa ongda bo’la turib “tushuna” olmaysiz.
Empatiya bu hechnarsani bilmaslik. Empatiya bu savol berish va ESHITISH
Leslie Jamison
1❤245