Writer_minds
3.64K subscribers
113 photos
11 videos
20 files
33 links
Book reviews📚
Fikrlar💭
Triggers for living your every second @writer_minds
Shaxsiy: @abdusattarovanafisa
Download Telegram
The_Body_Keeps_the_Score_Brain,_Mind,_and_Body_in_the_Bessel_van.pdf
5.8 MB
Travmaga qiziqadiganlar bormi? Shu kitob haqida gapirishim kerak.
2👍92
Allen Tate haqida adabiyotshunoslar eshitgandir.
Nimaga ilm kerak chunki ilmsiz norm shoiram bo’lolmaysan, Tatedek kalla qo’yib tashlaysan. Shunchaki tasavvur qiling, o’qing “Blue Girl” (Ransom) she’rini. Endi tasavvur qiling tepadan oynadan o’rta yoshli erkak yosh qizlarni kuzatib ular haqida sher yozyapti. (Bizda siyna haqida yozuvchi “fetish” larimiz ham bor). “Suzuvchilar” (Tate) sheriga qarang “N” so’zini befarosatlarcha ishlatyapti.

Auditoryamga bitta narsani bilishlarini so’rardim, eshitayotgan o’qiyotgan hamma narsangizga tanqidiy ko’z bilan qarang: bizdan chiqayotgan shoirlarni ham sherlarini yaxshilab o’qisangiz bazilari yo pedofil bo’lib chiqadi yo misogynist, yo irqchi, yo Gitlerni malayi bo’ladi (hammasi emas)
1❤89
Kun ohirida menda savol tug’iladi: men o’zimni hayotim bilan nima qilyapman?

Hop atrof muhitni saqlash, ayollar huquqlari antropologiya Gayath Almadhoun Falastin dekolonizatsiya postructuralizm tur kofe damla qayt qil o’qishga ishga dars global southdansan fikring kichik nafisa fikring kichik stress ovqat qildingmi o’yla televizorni o’chir qizim dars kichik mitti cheksiz koinot intelektual investitsiya yaxshi bo’ladi hammasi rasmni qalay chizibman qara nega qaramayapsan uhla ertaroq Chakrabarty ontologiya good old days g’arbiy frontda o’zgarish yo’q 12:43……12:52….. 12:53….
❤140
Communication(muloqot)ni ham bekorga skill (mahorat) deyilmas ekan. Birdan kimdir hayotingga suqulib kelib buni to’g’ri qilding buni noto’g’ri qilding yo to’g’ri shaxsiyatingdagi uni so’zi bilan aytganda “muammolarga” kirib borsa 30 yoshda endi basharasiga eshikni qarsillatib yopib qoya qoladgan bo’lib qolarkansan. Buni bittasi kibr deydi nargisi travma. My good friend, men senga oyoq kiyimingni yechib kir dedim, a sen EQ(emotional intelekt) past to’g’ri shaxsiyatimga bostirib kiryapsan. Odatda o’z hayoti qiziqarsiz, voqealarga boy bo‘lmagan yoki muammolarga to‘la odamlar boshqalarning hayotiga ko‘proq qiziqish bildiradi.

Mobododa, bitta email tayyorlab qo’ydim(copy paste qilishga ruhsat)


Subject: Shaxsni titkilash arizangiz qabul qilinmadi.

Qadrsiz fejdifyebdkdy,

Shaxsiy hayotim, qarorlarim va ruhiy holatimga bo‘lgan bunday beqiyos, cheksiz va eng muhimi mutlaqo so‘ralmagan bezbetlarcha qiziqishingiz uchun samimiy minnatdorchilik bildiraman.

Sizning qimmatli maslahatlaringiz va o‘ta shaxsiy savollaringiz juda o’rinli (o’sha o’rnida o’tirgani yaxshi edi). Biroq, afsuski, mening 24 soatlik kunlik jadvalim va cheklangan asab tizimim hozirda o‘z hayotim bilan band bo‘lishni talab qilyapti.

Shu sababli sizning bu beminnat e’tiboringizni qabul qila olmasligimdan afsusdaman. O‘zingizdagi ushbu ulkan tadqiqotchilik va tahlilchilik energiyasini o‘zingizning shaxsiy hayotingizni tartibga solishga yo‘naltirishingizni chin dildan tilab qolaman. Basharangizdan va turishingizdan ko’rinib turibdiki u yerda ham kashfiyotlar va ishlash kerak bo‘lgan joylar yetarlicha.

Vaqtingiz va sabringiz uchun rahmat (qayta murojat qilmang deb o’qilsin).

Behurmatlik bilan(va maksimal masofa saqlagan holda),

Nihoyatda o’zini hayoti bilan band bo‘lgan inson,

Nafisa


Mndeeeey o’ylab qarasam atrofimda “kuchugam” qomadi😁. Juda yomon qarisam kerak
2❤184
Audio
Boshimga tushgan hamma ko’rguliklarni so’roq qilib charchab turgan vaqtim zinadan juda qattiq yiqilib tushdim va bu meni operatsiya stoligacha olib bordi. Bu jarayon meni savollarim ustiga savol tahladi. Nimaga? Nimaga yana men? Nima xato qildim? Xatto qanday yiqilganingni eslolmaysanmi? O’lay agar eslolmayman.

Mana javobi!
Embodiment! Embodiment! Embodiment!

“Men shunday xudbin odamman; men boʻlmasam azob, muhabbat va goʻzallik tashqi shaklga ega boʻlmasdi” Fahim Attor
3❤100
Empire_Hardt,_Michael,_1960_,_Negri,_Antonio,_1933_First_Harvard.pdf
29 MB
Instada aytgan kitobim shu so’raganlar uchun
1❤67
“Men sen uchun hamma narsadan voz kechgandim”

-Hechqachon hechkim uchun hechnarsadan voz kechmang.


Bu gap bilan 60ga kirib hohlagan ishlaringizni qilmasdan, o’sha ishlarni bolangiz qilishini kutmang, bolangizni betiga urmang “sen uchun nimalar qimadim deb”, u sizdan tug’ishingizni ham so’ramagan.


Bu gap bilan yillab yashab hohlagan ishlaringizni qilmay, yo ortga surib, o’zligingizni yo’qotib, turmush o’rtog’ingizni betiga urmang. “Sog’lom munosabat” so’zini rutinaga aylantiring.

Shunchaki yashang, nimani uddalamoqchi bo’lsangiz falonchi uchun bundan kechdim deb jabrdiyda bo’lib yashamang
2🔥259
Nimaga bir o’zim yig’lashim kerak. Gitler (general killerlarni) boplagan degan tupoylarga jonatib qo’yasizlar. War is war!
Svetlana Alekseyvich “The Unwomanly Face of War”
Nobel mukofoti sovrindori(2015)


— Ertalab jazolovchi otryadlar qishlog‘imizga o‘t qo‘yishdi... Faqat o‘rmonga qochib ulgurganlargina tirik qoldi. Ular qip-yalang‘och, quruq qo‘l bilan qochishdi, hatto bir burda non ham olishmadi. Tuxum ham, yog‘ ham yo‘q edi. Kechasi qo‘shnimiz Nastya xola qizini to‘xtamay yig‘lagani uchun urdi. Nastya xolaning beshta farzandi bor edi, Yulechka, mening do‘stim, ularning eng zaifi edi. U har doim kasal bo‘lardi... Uning to‘rtta o‘g‘li ham — hammasi kichkina edi — doimo yeyishga narsa so‘rashardi. Nastya xola esa aqldan ozayotgan edi: "Ooo... Ooo..." Tunda esa men Yulechkaning yalinayotganini eshitdim: "Oyi, meni cho‘ktirmang. Boshqa so‘ramayman... Boshqa yeyishga narsa so‘ramayman..."

Ertalab Yulechka hech qayerda ko‘rinmasdi...

Nastya xola... Biz qishloqning kultepasiga qaytdik... Qishloq butunlay yonib ketgan edi. Ko‘p o‘tmay Nastya xola o‘z bog‘idagi kuymagan olma daraxtiga o’zini osib qo‘ydi. U juda, juda pastga osilgan edi. Bolalari esa uning atrofida turib, yeyishga narsa so‘rashardi...
1😢132
ALEXIEVICH.pdf
3.4 MB
Testimoniya. Urushdagi ayollarning real hikoyalari asosida yozilgan Nobel mukofoti sovrindori Svetlana!
1❤59
Green is beautiful
1❤105
There is something intimate at seeing one’s handwriting

Kishining qo‘l yozuvini tomosha qilishda o‘zgacha bir ichki intim yaqinlik bor.

Sizni yozuvingizni ham “share” qilingchi
❤60
Commentlarni ochib qo’ydim men bilan debate qilishga harakat qilmang, I am not here to debate with you. Har qanday fikrimga qarshi fikrni qabul qilaman shaxsiyatimga o’tmaguningizcha. Svetaforda ham qizil chiroq bor, kunimni buzvoradigan komment yozmang, o’zi buzuq har kunim😁

Rustilidagi “человек” so’zi yoqadi

Inson

We are all human after all.
If only one feeling should exist. It should be LOVE
😁146
Canonga kiritilgan yozuvchilar umuman olganda sanat ahli va ziyolilar bitta sababdan “bad bad” yoki “bad good” kabi saralanadi.

Siyosatda qaysi o’rinda turgani bilan!

Tarafkashsizlik ham siyosiy tanlov!

Agar O’zbekistondagi Contemporary literature (zamonaviy adabiyoti) dagi kishilarni “good” “bad” ga ajratadigan bo’lsak juda ko’pchiligi “unethical” bo’lib chiqadi.

Misol uchun men T.S Eliotga Natsizm haqida umuman gapirmagani uchun tupuraman! (Ezra Poundga qo’shib).

T.S Eliotni fanatlari kechirib qo’yasiz meni)
1👎21
Audio
Kanon?
Etika yoki estetika?
Decolonizatsiya?
Siyosiz pozitsiya?
Muallifning o’limi?
Metafizik osoyishtalik?

-Nima deyaaaaptiiiiii
-otamni uylantiraman deydi
4❤53
Unpopular opinion: Qandaydir sochi uzun qizlarni, beg’am, dunyoni suv bossa to’pig’iga chiqmaydigan, uncha muncha narsani yelkasidan oshirvoradigan odam deb o’ylayman.
Xuddiki: “sochimni uzunligini qara meni depressiyaga tushadi deb o’ylaysanmi” deyotganga o’xshaydi.
3❤115
-Nimasiga qarab tanlagansiz erizni?
-pulga uchdikdee Sadi


Shu er tanlash haqida bitta post yozgim kelyaptiyu, hatega qobketmasmikinman deb o’ylayapman 🤔
1😁185
Hullas qizlar, har qanday holatda ham er tanlashda risk bor.

Erkaklarni turi ko’p. Kelinglar hozir ikkita qutb haqida gaplashamiz.

Good guy(yaxshi bola) va bad guylar (yomon bola).

Good guy yani “yaxshi erkak” ichmaydi, chekmaydi, baqirmaydi, abyuzerlik qilmaydi,renta to’laydi, ro’zgor qiladi. Perfect …..lekin qog’ozda! Hatto bu erdan noligani ham qo’rqasan, chunki atrofingdagilar uni senga qo’ngan humo qushi deyishadi. “Yaxshi er” bilan ham baxtli bolmasliging mumkinmi? Ha mumkin. Yani savol qo’ying chekmaslik ichmaslik qumor o’ynamaslik bir erkakni perfektligini bildiradimi? Yo’q. Juda ko’p ayollar emotsional yillab quruq yashaydi. “Yaxshi erkak” shunchaki “yoningda turadi” holos. U bilan birga yashayotganingni his qilmaysan. Sen dushda yig’lab o’tirganingda u telivizor korib yonboshlab yotishi mumkin. U sen bilan birga nomoz oqishi mumkin lekin ko’zlaringga ohirgi marotaba qachon tikilganini eslolmay qolasan 10 yildan keyin. “Tushlikka nima ovqat qilding” deydi lekin kuning qanday o’tdi, bugun nimalar yeding, kimlar bilan gaplashding demasligi mumkin. Yaxshigina kommunikatsiya qilaman desang “ha” va “yoq” dan boshqa lug’at boyligi bolmasligi, bir hazil aytsang “hey hozir kuladgan joyti edi” demaguningcha g’ishtdek go’layib o’tirishi mumkin. Yillab “seni sevaman, jonim” degan gapni ham eshitmasliging mumkin . Agar endi bu chekmaydigan erdan nolisang atrofingdagilar noshukur hotin ekansan deydi. Bazan hotini urmaslik yoki unga hiyonat qilmaslik bir erkakni olmosga tenglashtrib qo’yiladi aslida esa bu bare minimum va shunchaki “kartoshka” bo’lishi ham mumkin. Ular hechqachon hiyonat qilmaydi yani ochiqchasiga (ko’z bilan qilishi mumkin), lekin seni ham hech ortingdan quvlamaydi. Hollywood kinolaridek oshhonada ortingdan kelib quchmaydi ham, “dirty text”lar ham jonatmaydi. Yig’lasang shunchaki turib ketvoradi yoningdan. Gapirasan, gapirasan devorga gapirganday his qilib gapirishdan ham to’xtaysan endi turmush qurushdan point qayerga ketdi. Hafa ham qilmaydi tuzatmaydi ham jimligi bilan o’ldirib yuboradi. Yani turmush shunchaki bir birini urib qoymaslikdan iborat emas. Ishdagi katta jang jadallardan keyin uyga kelib “manu shallaqi menga shunaqa qildi desang”, “hmmm …buyoqqa kelchi, davom et, keyinchi, voy megaaajiiin” deb sen bilan gumashtachilik ham qilmaydi. They are too good to do that. Ha sodiq, chekmaydi lekin emotsia no’l , dangasa va zerikarli.

Endi “bad guy”lar haqida gaplashamiz. Ular odatda overromantik, sarguzashtsevar, ichidagini tashqariga chiqaradgan ko’p gapiradgan qiziqarli odamlar. U sizni etiborga ko’mib tashlaydi “sogindim sevaman”ni ham kanda qilmaydi. Baland sevadi, onasini oldida ham jamoat joyda ham “asalim” deyishdan uyalmaydiganlar tipi haqida gapiryapman. Lekin unda “side chick” (boshqa ayol) bolishi ham mumkin. Yani bunday insonlarga bazan bitta ayol kamlik qiladi ular ko’p ayollarni himoya qilgisi kelishi mumkin . Agar hiyonat qilmagan taqdirda u atrofidagi ayollarga flirting (ko’z suzishi) qilishi ehtimoli katta. Because he has a big mouth. (Kattagina og’zi bor, gapirishi kerak.
Demak good guy bilan sevilganingni ham his qilmaysan bad guy bilan sevilasan lekin yolgiz sen emas sevilayotgan.

Umuman oganda bitta kategoriyaga ham solib bo’lmaydi bularni. 3 tasi birdani esa topish qiyin. Sodiq bo’lsa zerikarli. Sodiq va qiziqarli bo’lsa puli yoq. Puli bor va sodiq bo’lsa hunuk. Ham chiroyli, sodiq, puli ham bo’lsa katta ehtimol bilan gey bo’lishi ham mumkin. Shunaqa gapla…
2❤213
Hozir kommentni o’chirish haqida 1 soat unconsciously o’yladim. Asabim bazi bardak miyalardagi fikrlarni ko’tarar qadar kuchli emas. Hatto meni eng yaqin do’stim bo’lsa ham tupizm fikr bildirsa ilohi omin deb turib ketvoraman doim shunday qilganman va buning uchun ular mendan ham kechib ketgan. Ayollar haqida yozilgan jirkanch komment menimcha hammani ko’nglini aynitdi. 5839303 marta aynan ikki qutbga bo’linmaydi desam ham irony qilib post yozganlar va kanaldan badarg’a bo’ldilar.

Yana aytaman debate qilish zo’r lekin qachonki u professional bo’lsa, kalla qo’yadigan emas. Debate desayam ko’nglim ayniydigan bo’lib qolgan chunki leksiyalarda shundog’am katta debatelar bo’ladi.

Kecha kommentlani o’qib dumalab tushay dedim, silardaqa jo’jachalani eshitishni hohlayman shuning uchun commentni yopgim kelmayapti
3🎃126
Ayolingiz sochini kessa ehtiyot bo’lib qo’yaverasiz) (hamma ayol demadim debatechilar😁)
😁147