Writer_minds
3.28K subscribers
111 photos
11 videos
18 files
33 links
Book reviews📚
Fikrlar💭
Triggers for living your every second @writer_minds
Shaxsiy: @abdusattarovanafisa
Download Telegram
Behazil, intellektli odamlar bilan sevishing. Uchrashuvga chiqqanda faqat tashqi ko’rinishiga qarayvermang.

Ko’rinish o’zgaradi, pul qadrsizlanadi. Intellekt esa muloqotni doim jonli saqlab turadi. Har bir suhbatda sizga yangi dunyolarni ochadi, fikrlashga undaydi, o’stiradi. Hamma mavzuda suhbat qura oladigan kimdir tanlang.

60 yoshda Uni xarakteri va aqli bilan yashaysiz, qomati yoki chiroyi bilan emas(agar 60 ga kirgizsa)
6274
“Oh, Nastenka! You know, we thank some people for merely living at the same time as we do. I thank you for the fact that I met you, that I will remember you for all my life.”
1🔥121
Fooled_by_Randomness_Nassim_Nicholas_Taleb_Penguin_0eab0a7ece88.pdf
26.1 MB
Kecha instagramda vada bergan kitobim
Fooled by Randomness.

Menda kitobga stamina kuchliligi uchun 150 betga bordim siz 15 chi betidayoq otvorgingiz kelmasa bo’ldi:)

(Tili qiyin, g’oya ham qiyin(Nassimga hos) bazi faktlar aylantirilgan kasetadek)
40
The_Highly_Sensitive_Person_How_to_Thrive_When_the_World_Elaine.epub
335.8 KB
Highly sensitive Person(yuqori darajadagi tasirchan inson) haqida bugun gaplashamiz❤️
646
Assalomu alaykum hammaga.

Shu joydan eson omon chiqib olsam, Yeonnam-dongs Smiley Laundromat va Can’t Hurt Me haqida gaplashamiz hudohohlasa😊❤️
11107
​Samuyel Bekketning fikrlash tarzi sizni shiftga uzoq muddat termultirib qo’yadi. Uning iboralarida ortiqcha balandparvozlik yoki soxta tasalli yoʻq, minimalizmni boplaydi. Bir minutlik teatri bor “Nafas”(Breath) nomli, shu asarni o’zigina uni daholigini ochib bergan.
Quyidagi satrlariga etibor bering:
Poyon (ohir) bu toʻsatdan keladigan narsa emas; u allaqachon yetib kelgan, shunchaki hali toʻliq tugagani yoʻq..." (o’zbekcha tarjima meni ongimdagi tarjimaday kuchli chiqmadi)
(The end is not something that comes suddenly;
it has arrived for a while now,
it just hasn't finished yet...")


Tugashni insonlar ko’pincha bir lahzalik deb tushunadi, to’satdan sodir bo’ladi deb o’ylaydi. Misol uchun o’limni, munosabatlar tugashini, loyihalar sinishi va hakazo. Lekin Bekketga ko’ra haqiqiy tugash ancha oldin boshlangan bo’ladi: mano tugashi, ishtiyoq tugashi, tuyg’ular tugashi. Siz “do’stim bilan otgan hafta urishib qoldim” deysiz, aslida urush bu shunchaki bahona. Doʻstlik aslida bir yil oldin, suhbatlarda samimiyat yoʻqolib, shunchaki rasmiyatchilikka aylanganda tugagan. Siz u bilan uchrashishni paysalga solganingizda, qoʻngʻiroqlarga javob bermaganingizda tugagan.Yani do’stlik allaqachon tugagandi, lekin uni tan olish va amalda toʻxtatish bir yilga cho’zilib ketgandi.

Munosabatlarda ham shunday yakun birdan kelmaydi, allaqachon tugab bo’lgan bo’ladi faqat rasmiy tugamagan. Buni men oshqozondagi zardobga o’xshataman. Yani aytilmagan ginalar, ichga yutib ketilgan e'tirozlar va mayda hurmatsizliklar bir qarashda oddiy tuyuladigan "tomchilar" munosabatning ichki muhitini zardobday (kislotaning qiziloʻngachga tomchilab, kuydirishi) zaharlaydi. Zardob tomchisi teggan joyini achishtirib kuydiradi.Birinchi tomchiga koʻnikasiz, ikkinchisiga ham...Oshqozon devori oʻzini kislotadan himoya qiluvchi qatlamga ega. Zardob uzluksiz chakillasa, shu himoya qatlami yemirilib, yaraga (yazvaga) aylanadi. Bekket aytgan “tugash” shu. Allaqachon tugagan bo’lsada rasmiy tugashni kutish.
159
Bir odamni maqsadlarini aniqlash qiyin emas “kumir”ini “role model” “havas qiladiga kishisi” kimligini so’rang. Va o’sha “ideal kishisiga” ga qarang, qanday fikrlaydi, ro’parangizdagini fikrlash chegarasi o’sha joyga qadar, qanday o’zini tutadi, shu tutish eng yuqori shkalada u uchun, oilasi qanday, shunday oilani havas qiladi va hakazo
1👍69
Men sizni KATTAligingizni “nimani his qilishingiz va “nimani boshqalarga his qildira olishingiz” bilan o’lchayman. Bir kimdir keladida do’st asli bunaqa bo’ladi deydi, yana kimdir qara sevgi mana asli deydi kimdir qara onalik bu, qara otalik bunaqa bo’ladi deydi yani doʻstlik, sevgi va ota-onalikning haqiqiy mezonlari o’zgartirib tashlaydi. Endi sen bu tuygularni eng “top”ini bera oladigan insonni yoki shu tuygularga to’la insonni ko’rganingdan keyin boshqalar senga “ilimiliq” bo’lib qoladi. Naqadar ajoyib o’zing ko’ra olmagan taraflarni boshqalar ko’rishi va buni ayta olishi aytsam “pasayib” “kamayib” qolaman deyish yo’qligi, bu zo’r bo’lib ketadi deyish yo’qligi. Qanchalar katta yurak bilan yashaydi bu odamlar. Ular tanadangina emas yuraklardan iborat. Ularda et emas venalar, ularda go’sht emas qalblar bor. Yani bir do’stim bor men bilan kulib men bilan yig’laydigan, do’stimda men dostlikni cho’qqisini ko’raman boshqa do’stlarimni ham qadrlayman albatta lekin ularni ustidan soya solib tashlaydi bu qiz katta yuragi bilan. Sevgida ham shunday bizni sevganlar kop lekin bittasi bor hammasiga soya solib qoyadi. Onalik shu ekanda deb katta bo’lasan daxshatli koinotdek onalarni ko’rasan otalik shu ekanda deysan asli akvariumdagi baliqcha bulasan va Iso masixdek otalarni ko’rasan.
Bu saxiylik bu bag’rikenglik ham sadaqaga o’xshaydi, ularda ham bergan sari mehri ko’payib, go’zalligi ortib boraveradi.
Bitta xavf bor ushbu “mezonlashda”, yani quyoshni ko’rding, tik qarading, endi chiroqlar xira ko’rina boshlaydi.
1🔥98
In my shoes, just to see
What it's like, to be me
I'll be you, let's trade shoes
Just to see what it'd be like

To feel your pain, you feel mine
Go inside each others' minds
Just to see what we'd find
Look at shit through each others' eyes
Eminem

🇺🇿Men boʻlish qandayligini bilish uchun
Mening oyoq kiyimimni kiyib ko’r,
shunchaki koʻrish uchun,
Men seni o’rningda bo’lib ko’raman, kel,
Shunchaki qanday boʻlishini koʻraylik,
Poyabzallarimizni almashtirib ko’raylikchi.

Bir-birimizning fikrlarimiz va xayollarimizga kirib ko’raylik,
Men seni azobingni his qilishim uchun, sen esa mening azobimni,
Atrofdagi narsalarga bir-birimizning koʻzlarimiz bilan qarab ko’raylik,
U yerdan nimani toparkinmiz



Hell, we don't gotta trade our shoes
And you ain't gotta walk no thousand miles. (Ee shartmas almashtirish oyoq kiyim, ming km ham yura olmaysan yani bedapoyadan ham o’ta olmaysan:)
1🔥72
Mini_Philosophy_A_Small_Book_of_Big_Ideas_Jonny_Thomson_2021_Headline.pdf
2.8 MB
Instagramda vada bergan kitobim.
Yozuvchi oddiy odam emas Oxfordda professor va top thinker.
Kitob super yangi tandirdan chiqqan 2021 yil.

Ingliz tilini bilmayman deydiganlarga, hozir hammayoq AI hohlagan narsangizni tarjima qilib beradi. Tilni bahona qilib o’qimaslik uyat.
297
Audio
1🔥56
​Stoner asarini orqasida yozilgan tarif: “Uiliam Stonerni hayotini Ingliz tili adabiyoti seminari o’zgartirib yubordi”

Asli Qishloq xo’jaligi sohasida o’qishga kirgan Stoner sohasini adabiyotshunoslikka o’zgartirib yuboradi.

Asar Stonerning yoshlik chog’idan o’limigacha bo’lgan hayotini nixoyatda boy til bilan yoritib bergan. Aslida asar Stoner haqida ham emas, goyoki yozuvchi qara hayot doim sen hohlagandek yoki kinolardagidek rang barang burilishlardan va ekzotikadan iborat emas, sen Buyuk Getsby emassan har Yakshanbada bazmlar uyushtiradigan, balki manotonus hayot muvaffaqqiyatsiz turmush, zerikarli kasb, hudbin do’stlardan iborat bo’lishi va hatto kelishing qanday bo’lsa ketishing, o’liming ham shunday ahamiyatsiz ekanligini aytmoqchiday.

Meni qoniqtirmagan bir sahna bor. Asarning eng muhim burilish nuqtasi Uilyam Stonerning adabiyotga bo'lgan sevgisi uyg'onishi va bu orqali butun hayoti o'zgarishi epizodi.
Muallif ushbu hal qiluvchi epizodni Stonerning Archer Sloanning she'riyat darsida Shekspirning 73-sonli sonetini tushunib yetgan lahzasini yetarlicha chuqur va ta'sirli ochib bera olmagan.
“Shekspir sizga uch yuz yil uyoqdan turib gapiryapti, eshityapsizmi uni?” “U sizga nima dedi” “Sonetni manosi nima?” Kabi savollariga Stoner “Bu shuni anglatadiki…” deb so’zini davom ettira olmay qoladi. Va yozuvchi uyog’iga ham qahramonni ichki kechinmalari va sonet haqida nimani his qilganligini tariflash o’rniga “show, dont tell” yani “ko’rsat aytma” qoidasiga amal qilib uni faqat tana tilini tasvirlash bilangina cheklanadi. Qani ichki manolog, Qani “portlash”, qani “aha moment” , qani “O’lik shoirlar jamiyati”dagi singari adabiyot bu hayot mamot masalasi kabi undalma. Bu ruhiy transformatsiyadan ko'ra, shunchaki xronologik fakt kabi bayon etilgan. Mayli qahramon ichki manolog uchun lug’at boyligi yo’q deylik chunki u oddiy fermer oilasidan chiqqan va amaliy mehnatdan boshqasini bilmaydi lekin Professorimizchi ? Nima u daladagi qo’riqchimi?

Sohasini o’zgartirganini o’zi sababini anglab yetmagan Stonerga qarab professor “Siz adabiyotni sevasiz” “siz o’qituvchi bo’lasiz” deb “tashxis” qo’yadi. Lekin bu xulosa Stonerning o'z tajribasidan, iztirobli izlanishlaridan kelib chiqmaydi, balki begona odamning so'zi sifatida beriladi. Shekspirni sonetiga keladigan bo’lsak u butun Stonerni hayoti va asarga foreshadow yani oldindan ochilgan karta edi. Asarning qolgan qismida Stoner adabiyot uchun barcha narsasidan mansab, oilaviy xotirjamligidan voz kechishga tayyor inson sifatida ko'rsatiladi. Ammo uning qalbidagi bu buyuk muhabbatga asos solgan birinchi dars epizodi bu qurbonliklarning masshtabiga mos kelmaydi. Bu quruq tasvir va sovuqqonlik asar dramaturgiyasida sezilarli bo’shliq bo’lib qolgan.
Savolni ochiq qoldiraman nega Stoner adabiyotni tanlagan yoki umuman nega bir turfa insonlar gumanizm sohasini tanlaydi?
1🔥27
Aytaymi qanday insonlarga havas qilaman, unchalik ham chuqur o’ylamaydigan insonlarga, yuz va ovoz tonidagi o’zgarishni sezmaydigan insonlarga, insonlarni terisini orqasidan ichini ko’rmaydigan insonlarga, tez yo’rg’alab ketadigan unutuvchan insonlarga, yostiqqa boshi tegishi bilan uhlaydigan insonlarga, terisi qattiq insonlarga. Hamma narsani eplay olaman lekin tepadagi narsalarni yillab harakat qilib ham o’zgartira olmadim, qon bilan kirganga o’xshaydi.
2🥰118
“Laylakni yurishini qilaman deb chumchuqni puti yirtilganakan” degan gapni yaxshi ko’rardim Yulduzli Tunlar asaridagi. Lekin buni qo’lidan kemagan ishga chiranib eshib qoyganlarga nisbatan ishlatardim.


Hozir o’zimni putim yirtilib o’tiribdi, o’lay agar hechkimga o’xshamoqchimasiydim, prosta ikkita zinani bitta qilib sakramoqchiydim😁

Put*panja o’rtasidagi yupqa parda

Siqilganda sigaret chekmaydiganlar qanday tinchlanasizlar:)
1😁149
Kuz plot twistlarga boy ya’ni kutilmagan burilish. Hayotizda malum bir muddat bo’ladi nafaqat hayotda balki bir yilni o’zida. Men sizga 2026 ni plot twistini taklif qilmoqchiman, albatta talabga ko’ra.
Menga ikkita mazmundagi talablar tushdi:
1) Yozish bo’yicha kurs (IELTS writing emas, badiiy yozish)
2) Badiiy matn tahlili bo’yicha kurs

Ikkisi boyicha ham shablon tuzdim, chegaralangan auditoriyaga zoom orqali hayotimda olgan eeeeng qimmat ilmlarni ulashmoqchiman, faqat niyati jiddiylargina shaxsiyga murojat qiling.

Hozir Life Writingni shablonini tashlayman. Qisqa tavsilotini o’qib jiddi jahd qilsangizgina to’liq jadval va kitoblar sizga tashlab beriladi, agar ingliz tilini bilmasangiz havotir olmang tarjima qilinadi hamma nazariya va tushunmagan narsangiz zoomda tushuntirib beriladi.

Badiiy tahlil shabloni ertaga tashlanadi.
150
«Oʻzlik»ni qanday qurishni oʻrganamiz.
Koʻpchilik avtobiografiya yoki shaxsiy esse yozishni shunchaki xotiralarni qogʻozga tushirish deb oʻylaydi. Lekin dunyo adabiyotida “Life Writing” bu intellektual va nazariy san’at hisoblanadi.
🎓 “LIFE WRITING” Jahon standarti boʻyicha (Bakalavr qisman) Master & PhD darajasidagi intellektual kurs!
Oʻz tajribalaringiz, xotiralaringiz va shaxsiyat qirralaringizni zamonaviy adabiyot va nazariya darajasiga olib chiqishni xohlaysizmi?
Bu kurs Gʻarb universiteti magistratura (Master) va doktorantura (PhD) darajasida oʻtiladigan Life Writing fanining toʻliq dasturini qamrab oladi.
📌 Nimalarni oʻrganamiz va tahlil qilamiz?Selfhoods (Oʻzliklar): Encounter, Memory, Archive (Saidiya Hartman, Joan Didion, Svetlana Alexievich) • Beyondhoods (o’zdan tashqari oʻzlik): Empathy, Translation, Transformation (Sara Ahmed, Gloria Anzaldúa, Paul B. Preciado) • Alter-Selves (Oʻzga oʻzliklar bu eng qiziq mavzu instagramda eslasangiz Alter-ego yani ichingizdagi ikkinchi self haqida gapirgandim): Epistemology, Kinship, Collectivity (Amitav Ghosh, Donna Haraway, Alexis Pauline Gumbs)
🚀 Kursning asosiy maqsadi: Sizga faqat matn yozishni emas, balki bugungi kunda jahon adabiyoti va tanqidchiligida nima TRENDDA ekanligini, matn ortidagi nazariy freymvorklarni va konseptual fikrlashni oʻrgatish.

Yoziladigan Matn Turlari (Genres & Formats)
Oʻquvchilar oʻz hayotiy tajribasini quyidagi shakllarning birida yoki ularning aralashmasida (gibrid) shakllantirishadi:
Autotheory (Avtonazariya): Shaxsiy hayotiy voqealarni murakkab nazariyalar (biopolitika, ekologiya, arxiv nazariyalari) bilan chatishtirib yozish.
Experimental Memoir (Tajribaviy memuar/xotira): Anʼanaviy xronologik xotira emas, balki parchalangan (fragmented), shakli va vaqti oʻzgaruvchan xotira matnlari.
Speculative / Archival Narrative (Arxiv va gipoteza matnlari): Yoʻqotilgan, arxivda saqlanmagan yoki aytilmay qolgan tarixiy va shaxsiy xotiralarni badiiy qayta tiklash (Saidiya Hartman uslubida).
Testimony va Reportaj: Guvohlik berish, hujjatli va etnografik kuzatuvlarga tayangan shaxsiy hikoyalar.
Epistolary / Prose Poetry (Maktub yoki nasriy sheʼriyat shaklidagi matnlar): Insho va sheʼriyat, xat va esse oʻrtasidagi chegarasiz matnlar.
🧠 Kimlar uchun? Akademiklar, adabiyotshunoslar, yozuvchilar, tarjimonlar hamda oʻzining intellektual salohiyatini yangi bosqichga olib chiqmoqchi boʻlganlar uchun.
Jiddiy mehnat va analitik fikrlash talab qiladi.
📩 Roʻyxatdan oʻtish: @abdusattarovanafisa
181
2👏77
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun o’zlik bo’yicha Life writingga(Hayot haqida yozish) yopiq kanalga qo’shilish uchun ohirgi kun, chunki yakshanbagacha kanaldagi materiallarni o’qib tugatishingiz kutiladi. Iltimos, to’lovni o’ylab yakshanbagacha kutmang.
295
The_Body_Keeps_the_Score_Brain,_Mind,_and_Body_in_the_Bessel_van.pdf
5.8 MB
Travmaga qiziqadiganlar bormi? Shu kitob haqida gapirishim kerak.
2👍90