Writer_minds
3.29K subscribers
111 photos
11 videos
18 files
33 links
Book reviews📚
Fikrlar💭
Triggers for living your every second @writer_minds
Shaxsiy: @abdusattarovanafisa
Download Telegram
Best (2018) (1).pdf
1.1 MB
Black studies bo’yicha qaynoq Stephen Best (tirigidan)
24
Yuqoridagilar to’liq kitob shaklida emas bazilari, kitobi kerak bo’lsa aloqaga chiqinglar topib beraman(harqanday nazariyani)
36
Aqlli odamlar skeptik bo’ladi. Yani “to’g’ri javobni” bilmasligi mumkin va buni ochiqchasiga tan oladi. Balki qayergacha bilish mumkinlik chegarasimi biladi. Overconfidence yani o’ziga nihoyatda ishonish ham “intellectual” odamlarda hira bo’ladi deylik.

Yuqoridagi kitobni do’stim maslahat berdi. Bugun kechgacha tugatib hulosa yozishga yo instagramda 2 minut “aqllilik” qilishga harakat qilaman:)
🔥104
Never Let Me Go
(Meni hechqachon qo’yib yuborma)
by Kazuo Ishiguro(2017 yil Nobel Mukofoti sovrindori)


Spoiler bor 99 foiz

Kazuo Ishiguroning Never Let Me Go (Meni Hechqachon Qo’yib Yuborma) asarini bir yil deganda tugatdim. Aslida o’tgan yil asarni boshladim va cho’ntakka sig’ar qadar kichik nashrini sotib olganim uchun men bilan 20 martacha sumkamda sayr qilib keldi, lekin har safar ochganimda Kathy( boshqa qahramon)ning tuyg’ulari va fikrlari hatto sevgisi juda quruq eshitilaverdi. Asar o’rtasiga va nihoyat o’zimni majburlab ohiriga borganimda chaqmoq chaqqanday bo’ldi. Asar haqida googlega umuman qaramagan ekanman, rabbit hole qilib kovlab asar haqida bilib qo’yishdan qo’rqib hatto “introduction” yani kirish qismlarini ham o’qimayman odatda.
Hullas asar qahramonlari klonlar ekan, ilm fan va jamiyat ulardan organlarni sotuvchi klon yaratgan.
Bu menga o’z o’zidan sevimli asarim Frankenshteyn ni eslatdi. Ota onasiz tug’ulish va katta bo’lish, “inson” bo’lishga intilish, haqiqiy inson ekanligini isbotlashga urinish bu “yaratilgan” bechorahollarni birlashtirib turuvchi mavzular edi. Bitta farq bor Frankenshteyndagi yaratiq isyon qiladi, qasos oladi, vayron qilib tashlaydi lekin Ishiguro qahramonlari isyon qilmaydilar. Yozuvchi bunga javobi meni hayron qoldirdi: uning aytishicha siz aytayotgan isyon qilish faqat kitoblarda va kinolardadir balki, haqiqiy hayotda insonlar isyon qilmaydi, tarix bo’ylab insonlar bahtsiz turmushlarda, rasvo ishlarda yashab kelishadi, millionlab odamlar konlarda ishladi, millionlabi qul bo’ldi lekin isyon qilishni bilmadi va o’lib ketdi qabilida javob berdi.
Roman nomi juda go’zal: “Meni hechqachon qo’yib yuborma” . Bu bir qo’shiqdan olingan jumla: Kathy bolaligida bu qoshiqni notogri tushunadi: bolam(baby) meni hechqachon qoyib yuborma deb iltijo qilayotgan ona deb tushunadi, chunki Kathy hechqachon ona bola olmas edi.
Keyinchalik qo’shiq manosi u uchun biroz kengayadi: asar songida Kathy oz hotiralariga mahkam yopishadi “Ruthni yoqotdim, Tommyni yoqotdim, lekin ular haqidagi hotiralarni yo’qotmayman” deydi, bittagina mulki hotirasi qoladi. O’lim muqarraligini bilib yoki ajrashish muqarrarligini bilib “meni qoyib yuborma deyish” bu inson qanchalik ojizligini, hechqachon yetishib bo’lmaydigan baxt, bir biridan ayrilmaslikka bolgan fojeali “imkonsiz iltijo”dir. Shunchaki “Meni ushlab tur” deyish mumkin edi lekin sevgida iltijo qilinadi: Meni hechqachon qoyib yuborma…
55
I confuse people. I have a happy personality and a sad soul that keeps me up at 2 am.
I'm bold but shy. I love hard, but at times I feel heartless. I love being around people, but I'd rather be alone. I'm healing and hurting at the same time.
Dedicated to growth, but I know self sabotage too well. I'm still trying to find peace/balance after a lifetime of chaos.
94
Eng sevimli asarlarimdan biri shunday boshlanadi: Maryam ilk bor haromi so’zini eshitganda 5 yosh edi.

O’zbeklarni bir gapidan nafratlanaman(asli juda ko’p) : “asli naslini surishtirdingmi?”

“Alkashni bolasi”, “foxishani qizi”,”shallaqi holasi bor”, “ammasiga tortadi baribir” bu tamg’alar bari manaviy tubanlik. Ota ona qilgan qilmishi uchun hechqachon bola javob bermaydi. Bola qanday oilada tug’ulishini o’zi tanlamaydi. “Alkashni bolasi” degan “farishtadan” bolgan tili tanglayiga yopishib qolmasligigada hayron qolaman. Farzand ota-onaning shaxsiy mulki yoki davomi emas, u mustaqil shaxs.
Ota-onasining yo'lidan yurmay, jamiyatga ulkan nafi tekkan, o'z mehnat va aqli bilan buyuk natijalarga erishgan minglab insonlar bor.
Aksincha ziyolilar oilasida tug'ilib, teskari yo'lga kirib ketganlar ham oz emas.

Maryam atigi 5 yoshida, hali dunyoni gunoh yoki ayb nimaligini tushunmaydigan yoshda "haromi" degan og'ir so'zni eshitishi va kattalarning xatosi natijasida dunyoga kelgani uchun butun umri davomida jamiyatning va hatto o'z otasining kamsitishlariga, sovuq munosabatiga chidashga majbur bo'lishi yangilikmas. Chaqaloq toza varoqdek dunyoga keladi deydida keyin “nasli nasabini surishtir” deydi, xristianmisan “original sin” ni “gunoh”ni halitdan yopishtirasan bolaga desang yo’q musulmonman deydi. Qayerda bor dinimizda insonning axloqi gendan o’tadi degan tushuncha?

Bu shunchalik tubanlik va mantiqiy fikrlash qobiliyati qanchalik pastligini ko’rsatadi, yani ota onasi kim naslini surishtirdingmi deyish bu xuddiki so’rachi kechagi yomg’irni shu yog’diriptimi deyishdek gap. Xudomidi U? Kechagi yomg’irni u yog’dirmagan ekan, ota onasini ham u tanlamagan!
🔥80
Absurd teatr bo’yicha Samuel Beckettning “Waiting for Godot” (Godotni kutib) pyesasini sevaman❤️❤️❤️❤️

Bu asar o’zbekchada bor va “mutolaa” da ham ko’rdim. Absurdismga tushunadiganla va qiziqadiganlar bu asarni o’qishingiz shart. Mukkamdan ketganman bu asarga chunki men ham siz kabi doim nimanidir kutaman va nimani kutayotganimni bilmayman…..
68
-Restoranga borishni hohlaysanmi?
-Sen bilan butun umr birga yashashni hohlayman, senga o’xshagan o'gil, o'zimga o’xshagan qiz tugib berishni, butun dunyoni sen bilan kezishni, sen bilan bir kunda o'lishni hohlayman. Restoranmi? Yoq restoranga borishni hohlamayman!
@writerminds
😁167
Behazil, intellektli odamlar bilan sevishing. Uchrashuvga chiqqanda faqat tashqi ko’rinishiga qarayvermang.

Ko’rinish o’zgaradi, pul qadrsizlanadi. Intellekt esa muloqotni doim jonli saqlab turadi. Har bir suhbatda sizga yangi dunyolarni ochadi, fikrlashga undaydi, o’stiradi. Hamma mavzuda suhbat qura oladigan kimdir tanlang.

60 yoshda Uni xarakteri va aqli bilan yashaysiz, qomati yoki chiroyi bilan emas(agar 60 ga kirgizsa)
6274
“Oh, Nastenka! You know, we thank some people for merely living at the same time as we do. I thank you for the fact that I met you, that I will remember you for all my life.”
1🔥121
Fooled_by_Randomness_Nassim_Nicholas_Taleb_Penguin_0eab0a7ece88.pdf
26.1 MB
Kecha instagramda vada bergan kitobim
Fooled by Randomness.

Menda kitobga stamina kuchliligi uchun 150 betga bordim siz 15 chi betidayoq otvorgingiz kelmasa bo’ldi:)

(Tili qiyin, g’oya ham qiyin(Nassimga hos) bazi faktlar aylantirilgan kasetadek)
40
The_Highly_Sensitive_Person_How_to_Thrive_When_the_World_Elaine.epub
335.8 KB
Highly sensitive Person(yuqori darajadagi tasirchan inson) haqida bugun gaplashamiz❤️
646
Assalomu alaykum hammaga.

Shu joydan eson omon chiqib olsam, Yeonnam-dongs Smiley Laundromat va Can’t Hurt Me haqida gaplashamiz hudohohlasa😊❤️
11106
​Samuyel Bekketning fikrlash tarzi sizni shiftga uzoq muddat termultirib qo’yadi. Uning iboralarida ortiqcha balandparvozlik yoki soxta tasalli yoʻq, minimalizmni boplaydi. Bir minutlik teatri bor “Nafas”(Breath) nomli, shu asarni o’zigina uni daholigini ochib bergan.
Quyidagi satrlariga etibor bering:
Poyon (ohir) bu toʻsatdan keladigan narsa emas; u allaqachon yetib kelgan, shunchaki hali toʻliq tugagani yoʻq..." (o’zbekcha tarjima meni ongimdagi tarjimaday kuchli chiqmadi)
(The end is not something that comes suddenly;
it has arrived for a while now,
it just hasn't finished yet...")


Tugashni insonlar ko’pincha bir lahzalik deb tushunadi, to’satdan sodir bo’ladi deb o’ylaydi. Misol uchun o’limni, munosabatlar tugashini, loyihalar sinishi va hakazo. Lekin Bekketga ko’ra haqiqiy tugash ancha oldin boshlangan bo’ladi: mano tugashi, ishtiyoq tugashi, tuyg’ular tugashi. Siz “do’stim bilan otgan hafta urishib qoldim” deysiz, aslida urush bu shunchaki bahona. Doʻstlik aslida bir yil oldin, suhbatlarda samimiyat yoʻqolib, shunchaki rasmiyatchilikka aylanganda tugagan. Siz u bilan uchrashishni paysalga solganingizda, qoʻngʻiroqlarga javob bermaganingizda tugagan.Yani do’stlik allaqachon tugagandi, lekin uni tan olish va amalda toʻxtatish bir yilga cho’zilib ketgandi.

Munosabatlarda ham shunday yakun birdan kelmaydi, allaqachon tugab bo’lgan bo’ladi faqat rasmiy tugamagan. Buni men oshqozondagi zardobga o’xshataman. Yani aytilmagan ginalar, ichga yutib ketilgan e'tirozlar va mayda hurmatsizliklar bir qarashda oddiy tuyuladigan "tomchilar" munosabatning ichki muhitini zardobday (kislotaning qiziloʻngachga tomchilab, kuydirishi) zaharlaydi. Zardob tomchisi teggan joyini achishtirib kuydiradi.Birinchi tomchiga koʻnikasiz, ikkinchisiga ham...Oshqozon devori oʻzini kislotadan himoya qiluvchi qatlamga ega. Zardob uzluksiz chakillasa, shu himoya qatlami yemirilib, yaraga (yazvaga) aylanadi. Bekket aytgan “tugash” shu. Allaqachon tugagan bo’lsada rasmiy tugashni kutish.
159
Bir odamni maqsadlarini aniqlash qiyin emas “kumir”ini “role model” “havas qiladiga kishisi” kimligini so’rang. Va o’sha “ideal kishisiga” ga qarang, qanday fikrlaydi, ro’parangizdagini fikrlash chegarasi o’sha joyga qadar, qanday o’zini tutadi, shu tutish eng yuqori shkalada u uchun, oilasi qanday, shunday oilani havas qiladi va hakazo
1👍68
Men sizni KATTAligingizni “nimani his qilishingiz va “nimani boshqalarga his qildira olishingiz” bilan o’lchayman. Bir kimdir keladida do’st asli bunaqa bo’ladi deydi, yana kimdir qara sevgi mana asli deydi kimdir qara onalik bu, qara otalik bunaqa bo’ladi deydi yani doʻstlik, sevgi va ota-onalikning haqiqiy mezonlari o’zgartirib tashlaydi. Endi sen bu tuygularni eng “top”ini bera oladigan insonni yoki shu tuygularga to’la insonni ko’rganingdan keyin boshqalar senga “ilimiliq” bo’lib qoladi. Naqadar ajoyib o’zing ko’ra olmagan taraflarni boshqalar ko’rishi va buni ayta olishi aytsam “pasayib” “kamayib” qolaman deyish yo’qligi, bu zo’r bo’lib ketadi deyish yo’qligi. Qanchalar katta yurak bilan yashaydi bu odamlar. Ular tanadangina emas yuraklardan iborat. Ularda et emas venalar, ularda go’sht emas qalblar bor. Yani bir do’stim bor men bilan kulib men bilan yig’laydigan, do’stimda men dostlikni cho’qqisini ko’raman boshqa do’stlarimni ham qadrlayman albatta lekin ularni ustidan soya solib tashlaydi bu qiz katta yuragi bilan. Sevgida ham shunday bizni sevganlar kop lekin bittasi bor hammasiga soya solib qoyadi. Onalik shu ekanda deb katta bo’lasan daxshatli koinotdek onalarni ko’rasan otalik shu ekanda deysan asli akvariumdagi baliqcha bulasan va Iso masixdek otalarni ko’rasan.
Bu saxiylik bu bag’rikenglik ham sadaqaga o’xshaydi, ularda ham bergan sari mehri ko’payib, go’zalligi ortib boraveradi.
Bitta xavf bor ushbu “mezonlashda”, yani quyoshni ko’rding, tik qarading, endi chiroqlar xira ko’rina boshlaydi.
1🔥98
In my shoes, just to see
What it's like, to be me
I'll be you, let's trade shoes
Just to see what it'd be like

To feel your pain, you feel mine
Go inside each others' minds
Just to see what we'd find
Look at shit through each others' eyes
Eminem

🇺🇿Men boʻlish qandayligini bilish uchun
Mening oyoq kiyimimni kiyib ko’r,
shunchaki koʻrish uchun,
Men seni o’rningda bo’lib ko’raman, kel,
Shunchaki qanday boʻlishini koʻraylik,
Poyabzallarimizni almashtirib ko’raylikchi.

Bir-birimizning fikrlarimiz va xayollarimizga kirib ko’raylik,
Men seni azobingni his qilishim uchun, sen esa mening azobimni,
Atrofdagi narsalarga bir-birimizning koʻzlarimiz bilan qarab ko’raylik,
U yerdan nimani toparkinmiz



Hell, we don't gotta trade our shoes
And you ain't gotta walk no thousand miles. (Ee shartmas almashtirish oyoq kiyim, ming km ham yura olmaysan yani bedapoyadan ham o’ta olmaysan:)
1🔥72
Mini_Philosophy_A_Small_Book_of_Big_Ideas_Jonny_Thomson_2021_Headline.pdf
2.8 MB
Instagramda vada bergan kitobim.
Yozuvchi oddiy odam emas Oxfordda professor va top thinker.
Kitob super yangi tandirdan chiqqan 2021 yil.

Ingliz tilini bilmayman deydiganlarga, hozir hammayoq AI hohlagan narsangizni tarjima qilib beradi. Tilni bahona qilib o’qimaslik uyat.
297