Writer_minds
3.36K subscribers
111 photos
11 videos
19 files
33 links
Book reviews📚
Fikrlar💭
Triggers for living your every second @writer_minds
Shaxsiy: @abdusattarovanafisa
Download Telegram
“There must be something like the opposite of suicide, where someone radically and abruptly decides to start living.” (Ryan Lynch sahifasidan olindi)

(Wwooow shunchaki woooow shu gapni ustida bitta kitob yozvorsam bo’ladi)

“O‘z joniga qasd qilishning (suitsid) teskarisi ham bo‘lishi kerak yani inson bir kun kelib keskin va kutilmagan ravishda yashashni boshlashni tanlab qolgan vaqt.”

Menga eng yoqqan joyi “radically”(keskin) va “abruptly”(kutilmagan) so’zlari. Chunki ko‘pincha odamlar o‘zgarish asta-sekin bo‘ladi deb o‘ylaydi. Ba’zan esa hammasi bir soniyada sodir bo‘lishi mumkin. bir qaror, bir uyg‘onish, bir “yetar” bo’ldi degan nuqta.

Aynan shu “radikal keladigan fikr” ustiga qurilgan asarlar eng top asarlar misol uchun Raskilnikovni “radikal qarori”ni hozir birdan hayolimga keltirdimu yuzimda tabassum paydo bo’ldi, albatta qotillik kulgili ish emas, lekin (😁) ……… lekin, bu erda kulgili narsa voqeaning o'zi emas menga balki mening ongimdagi adabiy parallel va strukturaning mukammalligini kashf etib hayratga tushdim. Raskolnikov o'zining "radikal qarori" bilan oddiy va zerikarli qonuniyatlarni buzib, o'zini o'sha "olomon" (Das Man) ichidan to'satdan sug'urib olmoqchi bo'ladi. Das Man ham juda qiziq Martin Heideggerning "O'limga qarab yashash" bo’yicha falsafasidan olingan. Xaydegger insonning kundalik hayotini ikki turga ajratadi: Haqiqiy bo'lmagan (Inauthentic) va Haqiqiy (Authentic)hayot. avtopilotda olomon bilan bir xil yashayotgan odam birdan o’z hayotini o’zi qurgisi kelib qolgan jarayonlar haqida yozgan. Raskolnikovga qaytsak, U boltaning bir zarbi bilan nafaqat kampirni, balki o'zining eski, muhtoj va passiv hayotini o'ldirmoqchi, bir soniyada "boshqa odam" bo'lib uyg'onmoqchi bo'ladi. Albatta bu radikal fikri uni manaviy o’likka aylantiradi. Balki haqiqiy qaytishi Sonya poyiga yiqilib yig'lagan soniyada sodir bo'lgandir.

Men hozir aynan sutsidni teskarisi shu birdan (abruptly)yashashni hohlab qolish haqida gapirmoqchiman, buning uchun sizga chiroq kerak. Hozir aniq eslay olmayapman lekin bir Koreys tilidagi sherda shunday jumla bor edi: “hona chirog’ining birdan yonishi ko’zimni og’ritdi” qabilida. O’sha she'rdagi personaj qorong'ulikda uzoq vaqt qolib ketgan bo’lsa, uning ko'zlari zulmatga, ya'ni o'sha men aytgan "yashashni istamaslik" va tushkunlik holatiga moslashib bo'lgan bo'ladi. To'satdan chiroq yonishi bu ong uchun shok holat. Chiroq birdan yonganida ko'zning qamashishi va og'rishi bu yorug'likning yomonligidan emas, balki yoruqlikning haddan tashqari ko'pligidan va ko'zning unga hali tayyor emasligidan dalolat beradi. Ruh uzoq vaqt och qolganidan keyin, to'satdan berilgan ulkan hayotiy energiyani bir vaqtning o'zida hamma yoqqa sochib yuboradi. Qorong'u xonada inson hamma narsani ko'ra olmaydi, lekin qorong’ulik xavfsizdek tuyuladi, chunki hech narsa o'zgarmaydi bir hil. Chiroq yonganda esa, xonadagi bor haqiqat tartibsizliklar ham, go'zalliklar ham birdan ko'rinib qoladi. Siz o'zingizni cheklab yashagan qoliplarni buzganingizda, chiroq yonadi va ichingizdagi barcha bostirilgan istaklar, hislar, hayotga bo'lgan chanqoqlik birdan yuzaga chiqadi. Hamma qanday yashashni biladi. Erta turish kerakligini lekin 2 gacha joyidan ko’tarila olmaydi, yugurish kerakligini lekin o’rnidan turib ko’chaga chiqa olmaydi, to’g’ri ovqatlanish kerakligini lekin baribir sigaret chekadi, qattiqroq harakat qilish kerakligini lekin bo’yradek bir stolda 10 yil o’tiradi, aynan shu paytda sizga chiroq kerak. Xo‘sh, insonni bir soniyada radikal uyg‘otib yuboradigan bu chiroq hayotda nimalar shaklida namoyon bo‘lishi mumkin?

The bottoming out(pichoq suyakka taqalishi) kerak. Ba’zan chiroq bu inson chidashi mumkin bo‘lgan eng so‘nggi azob nuqtasi bo’ladi. Inson ruhan shunday bir tubga tushadiki, undan pastga tushishning iloji qolmaydi. Oynaga qarab o’zidan jirkanadigan holatga keladi. Chiroq bir keskin harakat yoki bir o’lim bilan to’qnashuv yoki estetik shok, bir go’zallik bilan to'qnashuv bo’lishi mumkin. Chirog’ingizni toping.
38
“Xudoni miqlab qoqqan odamzotdan Nima kutyapsan”?

Bir kun Iso alayhissalomning yani nasroniylarning e’tiqodiga ko‘ra “Xudo” ni mixlayotgan (garchi miqlanmagan bo’lsada) miqchilarning suxbatini badiiylashtirilgan pyesa (Crucification of Jesus) o’qidik. Juda oddiy. Xuddi doimiy qiladigan ishidek miqlashgan(asliyam kasbi shunday bo’lgan), hatto o’z kundalik yumushlarini gaplashib, xuddi doyalar tepangda to’y haqida gaplashgandek, bedardgina miqlashdi.

Shu kitobni o’qiganimdan beri kimdandir hafa bo’lsam aytaman. O’zing miqchisan (kasbing) senga bu birovni og’ritish oddiy hol, xudoni miqlar qadar yovuzsan. Nima kutdim o’zi sendan hayronman…
63
“All right, I’m glad it’s a girl. And I hope she’ll be a fool—that’s the best thing a girl can be in this world, a beautiful little fool.”


“Mayli, qiz ekanidan xursandman. Va umid qilamanki, u ahmoq bo‘lib ulg‘ayadi — chunki bu dunyoda qiz bola uchun eng yaxshi narsa shu: chiroyli va sodda (ahmoq) bo‘lish.”



Buyuk Getsby asaridagi shu quotani bir minut oldin hozirgina chaqdim, necha yillardan beri endi tushundim Daisy asli nima demoqchi bo’lganini
56
Bunaqa professor bilan zerikmaysan kaneshna😂😂😂. Bir kun yig’latadi bir kun kuldiradi.

So’z ishlatishni qara

“Rehumanize” bo’lib olasan deb umid qilaman deyapti😂.

Human odam degani “-re” qayta degani. Qayta odam holatiga qaytib ol yozda dedi, Karl.

Da harakat qilyapmiz odam holatiga qaytishga😄sizni “torture” larizdan keyin deb “reply” yozvorsammikin😁

Aytgancha recuperate undanam daxshat so’z- sog’ayib ket degani🤣🤣🤣
🤣107
simulacra-and-simulation-by-jean-baudrillard.pdf
355.5 KB
Simulacra nazariyasi haqida bafurja yozaman keyinroq….
Graf Monte Cristoni ichi to’la Simulacra….
24
Rasmlardagi birinchi rasmdagi “dada” ni stadionga har kuni yugurishga chiqsam 2 kunda bir ko’raman. Bugun orqama orqa qaytib qoldik. Ko’p yurar ekan. Suv bo’lib ketgan. Demak ancha muncha kaloriya yoqyapti. Kamiga hardoim qolida kalyaska ichida chaqaloq. Odamlar vaqtim yo’q deydiyu lekin asli dangasa. Semizlik kasallik. Men ayollar haqida gapirmayapman. Silar har holatda asalsizlar:). Erkaklarga tegib ketsin. Juda hunuk ko’rinadi qorin lekin:)

Reklama⬇️:)

https://t.me/haybarakallachilar
62
Aníbal_Quijano_Foundational_Essays_on_the_Coloniality_of_Aníbal.pdf
4.4 MB
Instada vada berganim decolonializm bo’yicha nazariyalar.
Eng hot nazariyalar hozir akademiyada Quijano va Mignoloniki
💘20
Hardt and Negri (2019).pdf
525.6 KB
Empire bo’yicha Hardt and Negri lekin ko’p kalla qo’yishgan
19
Nixon (2011).pdf
1.6 MB
Ekogiya boyicha hot nazariya Nixon hozircha
19
Moore (2015).pdf
1 MB
Ekologiya bo’yicha Moore
19
Emmett and Nye (2017).pdf
4.8 MB
Environmental Humanities
18
Best (2018) (1).pdf
1.1 MB
Black studies bo’yicha qaynoq Stephen Best (tirigidan)
24
Yuqoridagilar to’liq kitob shaklida emas bazilari, kitobi kerak bo’lsa aloqaga chiqinglar topib beraman(harqanday nazariyani)
36
Aqlli odamlar skeptik bo’ladi. Yani “to’g’ri javobni” bilmasligi mumkin va buni ochiqchasiga tan oladi. Balki qayergacha bilish mumkinlik chegarasimi biladi. Overconfidence yani o’ziga nihoyatda ishonish ham “intellectual” odamlarda hira bo’ladi deylik.

Yuqoridagi kitobni do’stim maslahat berdi. Bugun kechgacha tugatib hulosa yozishga yo instagramda 2 minut “aqllilik” qilishga harakat qilaman:)
🔥104
Never Let Me Go
(Meni hechqachon qo’yib yuborma)
by Kazuo Ishiguro(2017 yil Nobel Mukofoti sovrindori)


Spoiler bor 99 foiz

Kazuo Ishiguroning Never Let Me Go (Meni Hechqachon Qo’yib Yuborma) asarini bir yil deganda tugatdim. Aslida o’tgan yil asarni boshladim va cho’ntakka sig’ar qadar kichik nashrini sotib olganim uchun men bilan 20 martacha sumkamda sayr qilib keldi, lekin har safar ochganimda Kathy( boshqa qahramon)ning tuyg’ulari va fikrlari hatto sevgisi juda quruq eshitilaverdi. Asar o’rtasiga va nihoyat o’zimni majburlab ohiriga borganimda chaqmoq chaqqanday bo’ldi. Asar haqida googlega umuman qaramagan ekanman, rabbit hole qilib kovlab asar haqida bilib qo’yishdan qo’rqib hatto “introduction” yani kirish qismlarini ham o’qimayman odatda.
Hullas asar qahramonlari klonlar ekan, ilm fan va jamiyat ulardan organlarni sotuvchi klon yaratgan.
Bu menga o’z o’zidan sevimli asarim Frankenshteyn ni eslatdi. Ota onasiz tug’ulish va katta bo’lish, “inson” bo’lishga intilish, haqiqiy inson ekanligini isbotlashga urinish bu “yaratilgan” bechorahollarni birlashtirib turuvchi mavzular edi. Bitta farq bor Frankenshteyndagi yaratiq isyon qiladi, qasos oladi, vayron qilib tashlaydi lekin Ishiguro qahramonlari isyon qilmaydilar. Yozuvchi bunga javobi meni hayron qoldirdi: uning aytishicha siz aytayotgan isyon qilish faqat kitoblarda va kinolardadir balki, haqiqiy hayotda insonlar isyon qilmaydi, tarix bo’ylab insonlar bahtsiz turmushlarda, rasvo ishlarda yashab kelishadi, millionlab odamlar konlarda ishladi, millionlabi qul bo’ldi lekin isyon qilishni bilmadi va o’lib ketdi qabilida javob berdi.
Roman nomi juda go’zal: “Meni hechqachon qo’yib yuborma” . Bu bir qo’shiqdan olingan jumla: Kathy bolaligida bu qoshiqni notogri tushunadi: bolam(baby) meni hechqachon qoyib yuborma deb iltijo qilayotgan ona deb tushunadi, chunki Kathy hechqachon ona bola olmas edi.
Keyinchalik qo’shiq manosi u uchun biroz kengayadi: asar songida Kathy oz hotiralariga mahkam yopishadi “Ruthni yoqotdim, Tommyni yoqotdim, lekin ular haqidagi hotiralarni yo’qotmayman” deydi, bittagina mulki hotirasi qoladi. O’lim muqarraligini bilib yoki ajrashish muqarrarligini bilib “meni qoyib yuborma deyish” bu inson qanchalik ojizligini, hechqachon yetishib bo’lmaydigan baxt, bir biridan ayrilmaslikka bolgan fojeali “imkonsiz iltijo”dir. Shunchaki “Meni ushlab tur” deyish mumkin edi lekin sevgida iltijo qilinadi: Meni hechqachon qoyib yuborma…
56
I confuse people. I have a happy personality and a sad soul that keeps me up at 2 am.
I'm bold but shy. I love hard, but at times I feel heartless. I love being around people, but I'd rather be alone. I'm healing and hurting at the same time.
Dedicated to growth, but I know self sabotage too well. I'm still trying to find peace/balance after a lifetime of chaos.
95