Writer_minds
3.34K subscribers
111 photos
11 videos
19 files
33 links
Book reviews📚
Fikrlar💭
Triggers for living your every second @writer_minds
Shaxsiy: @abdusattarovanafisa
Download Telegram
Writer_minds
​"This is America, Don't catch you slippin' up" Childish Gambino Gʻarbning va xususan Amerikaning Falastin masalasidagi bugungi pozitsiyasi shunchaki navbatdagi geosiyosiy xatolik emas. Bu ularning asrlar davomida oʻzgarmay kelayotgan, oʻsha oʻzlari daʼvo…
Bugun juda katta prezentatsiyamni topshirdim. Ushbu yuqorida aytgan decolonizatsiya va Gayat Almadhoun bo’yicha. Falastin mavzusini akademiya koproq va ko’proq ko’tarishga undashi bu juda katta harakat. Proffessorga yoqdi, bugun mendan bahtli inson yo’q bu dunyoda😁😁😁. Tasavvur ham qila olmaysiz bunga yetib keguncha qancha stress olganimni🫠. Bosim kuchliligidan avtobusmi yolni ortasi farqi yo’q o’qilaverindi😆
👏42
Men: Men akademiyadan tashqarida bironta hobbysi, qiziqishi bor Professor ni tanlashim kerak supervisor qilib
Professor: Gitleram rasm chizishni yaxshi ko’rgan Vienada rassom bo’lib ishlagan
😁30
Habar oldim: “Munosabatlar uzilishini yomon
koramandegan ediz. Huddi bir birini vaqtini bekor sarflagan boladi degan ediz…. “

Bu qiz meni manyak deb o’ylagan bo’lsa kerak odamlani va do’stlani hayotini faqatgina to’ldirib berish uchun ishlatadi deb. Asli vaqt deb qoyibman holosku bu ontologiya bilan bogliq.

Insonlar bilan juda yaqin bo’lib ketishdan qo’rqish tabiiy. Bu vaqt masalasi emas, ontologiya. Ontologiya bu borliq degani. "Nimalar mavjud?", "Mavjudlikning oʻzi nima?", "Borliq qanday tuzilgan?" kabi eng umumiy va tub savollarga javob beradi yo izlaydigan fan.

Endi insonni mavjudligini asosi boshqa insonlar bilan bo’lgan munosabatida shakllanadi. Yani Men va U yoki Men va Sen kabi obyekt yoki subyektlarga ozimizni yillar davomida bog’lab yashaymiz. Ya’ni men oʻzimni anglashim va bor boʻlishim uchun menga "Sen" kerak. Yaqin insoningiz siz uchun shunchaki hayotingizdagi "bitta odam"bo’lmaydi, u sizning borligʻingizni tasdiqlovchi(etibor bering tasdiqlovchi deyapman) tutib turuvchi asosiy ustun bo’ladi. Agar U ketsa, sizning borliq mantiqingiz, ontologiyangiz qulagandek tuyuladi, chunki "Men"ni aks ettiradigan koʻzguyingiz yo’qolib qoladi. Tasavvur qiling agar u “Sen” kuchli ruh bo’lsa sizni Osmonlarga chiqib ketishizga sabab bo’ladi ham metafizik tarafdan ham moddiy tarafdan.

Endi meni qo’rqitadigan tomoni o’sha “Sen” ni qanday odamligida. Agar ruhi siniq, qalbi qora bo’lsa (yani sizni sof qalbizni ko’rolmaydigan(o’zim ham oppoqmasman)) siz ham o’sha “Sen” ga aylanib borasiz. “Sen” ni ko’zgu dedik. Siz u koʻzguga qaraganingizda oʻzingizning goʻzal, toza aksingizni emas, uning qorongʻuligi orqali parchalangan aksingizni koʻrishni boshlagan joyda hammasi tugaydi. Siz oʻzingizdan nafratlana boshlaysiz,sizga gapirmay yetqazgan “haqiqati” shaxsiyatizni buzadi. "Rostdan ham men shunaqamanmi?" deb oʻz ontologiyangizni (aslingizni) soʻroqlashga oʻtasiz. Jan-Pol Sartr "Yopiq eshik ortida" pyesasida mashhur bir jumlasi bor "Doʻzax — bu boshqa odamlardir" (L'enfer, c'est les autres) yani boshqa odam oʻzining nigohi va hukmi bilan sizning borligʻingizni oʻgʻirlab qoʻyadi, sizni oʻzi xohlagan qolipga solib "predmetlashtiradi".

Ronal`d Layng ismli psixiatr va faylasuf Ontological security degan tushunchani kiritgan. Inson oʻz borligining mustahkamligiga, dunyoning xavfsizligiga va o’zini qadriga ishonsa u ontologik xavfsizlikka kira oladi.
Demak hozir boshqalar bilan yaqin boʻlishdan qoʻrqib qolgan bo’lsangiz ontologik xavfsizlik devoriz darz ketgan. Shunchaki u odamga yutilib ketishdan qo’rqasiz. Chunki hali o’z “Men”ingiz ham yo’q.

Oʻzligingizni tasdiqlash uchun tashqi "Sen"larga ehtiyoj sezmaydigan darajada ichki ustuningizni tiklashingiz kerak. Shunda qarshingizdan chiqqan har qanday ruhi siniq odam sizning aslingizni oʻzgartira olmaydi, social butterfly ga aylanasiz. Social butterfly bo’lish yaxshimi yomonmi bu alohida mavzu.

Menimcha Kichkina Shagzoda asaridagidek sof tuyg’ularga (kattalar orasida) qirg’in kelgan yo ko’rsatmayapmiz.

#Avtobusdagiqaydlar
37
Human Acts by Hang Kang

Etibor bersam ko’p kitobxonlar bir asarga taqriz yozsa faqat maqtab yozarkan yoki syujeti “shunaqa” deb yozib qo’yadi, hayronman yo ular shunchaki “o’qildi” deyish uchun o’qiydi yo umuman yuzaki o’qiydi, chunki sizda har doim “if” degan tanqidiy yondashish bo’lishi kerak garchi asar Nobel olgan bo’lsada.

Human Acts haqida maqtasa olqishlasa bo’ladigan detallar nixoyatda ko’p. Lekin meni savolim shundan iboratki, oddiy havaskor o’qirman bu 1980 yil Koreaning Gwangju shahrida bo’lgan massacre yani qirg’in haqida o’qiganda etik tomondan nima qila oladi, rostan ham visceral tana qismlari, qon, tana, qalab tashlangan o’lik tanalarni tasvirini his qilib o’qiy oladimi, his qilgandan keyinchi?
Birinchidan textda vizual tasvir nihoyatda saturated yani visual og‘irlik bor. Misol uchun Hogarth nashrining 110 sahifasida victimni jinsiy o’latini askarlar majburlab chumolilarga 3 soat majburlab yedirgan tasviri bor. Bunga o’xshash tasvir Tushda Kechgan Umrlar“  asarida ham mavjud faqat chumoli emas kalamush tasvirlangan. Muammo genital(jinsiy) qismda emas asli genital qismga hujum bu juda katta tahdid shaxsga (as it is the most vulnerable and private part). Muammo shundaki butun asar bo’ylab yozuvchining "sovuqqonligi" ufurib turadi. (O’tkir Hoshimov umuman qovun tushurgan bu borada, u bu manzarani tarixiy fakt edi deb yozib ketgan, garchi tarixiy fakt bo’lsada muallif o‘ziga xos tarzda masofa saqlab qo’ygan, bu esa o‘quvchiga kitobni "tarixiy hujjat" sifatida yopib qo‘yish imkonini berib qo’yadi.

Hang Kangga kelsak asardagi bir nechta hikoyachilar va turli vaqt qatlamlari orqali qurilgani o’quvchini adashtirib tashlashi yoki siyosiy va tarixiy kontekstdagi subyektivlik yoki o‘limni, tananing parchalanishini va jasadlarni juda poetik va batafsil tasvirlashini tanqid qilsam kun kech bo’ladi. Men hozir faqat kitobni “quruq” ligi haqida shikoyat qilmoqchiman.

Hang Kang o’quvchini o’z holiga tashlab qo’ygan. Aslida Asarni ichida Hang Kang ham qahramonlar ichiga tushadi chunki yozuvchining bu qoʻzgʻolon bilan shaxsiy bogʻliqligi bor: u tugʻilib oʻsgan oila ilgari aynan Dong-xoning ota-onasiga sotilgan "xanok"da (anʼanaviy koreys uyi) yashagan boʻladi.
Yozuvchi qoʻzgʻolon boshlanishidan bir necha oy oldin Seulga koʻchib ketgan boʻlsa-da, uning otasi Gvangjudagi koʻplab doʻstlari bilan aloqani uzmagan edi. Lekin Kang hechqanday shaxsiy hulosalarini kiritmagan asarga, personajlarni ichki dunyosini ham juda minimal tasvirlagan. Hozirgi kunda Falastinda genotsit ketoyatgan bir vaqtda insonlar qonli maydon tasvirlariyu uzilib ketgan tana bo’laklariga “to’yingan”. Bu vaziyatda o’qirman “boshqa yurt dardi” deb hatto qonli tasvirlarini instagramda reelsni o’tkazganday o’tib ketishi ham mumkin. Balki bu subyektiv fikrini aralashtirmagani Hang Kangni yutug’idir chunki fikr qo’shish endi propogandaga aylanib ketishi mumkin. Yoki yozuvchini kuchli “men”i asardagi, o’qirmanni o’zini fikrini shakllantirishini to’sib qo’yishi mumkin. Menimcha Kang mana haqiqat ko’r deb o’zimizni vijdonimizga tashlab qo’ygan lekin bizda vijdon bormikin?

Savol nega bizda shu paytgacha Andijon 2005 voqealari, massacre haqida bironta asar yo’q?
🔥19
Ulug’bek Hamdamning “To’rtko’cha” asarida Andijon 2005 voqealari aks etgan ekan. 2024 nashrdan chiqqan. Qoyil🔥
26
Insondagi qobiliyatlar bir biriga qor parchalari kabi o'xshamaydigan xarhil. hamma xarxil sevadi, xarxil mehr beradi, har hil qayg'uradi, lekin yagona umumiy jihat bor. Shu jihat odamlarni biralshtirib turadi. Bu ularning bir-birlariga nisbatan xuddi „yirtqich hayvonlar“ kabi shafqatsiz va qo’pol boʻla olish qobiliyatidir."
🔥53
“There must be something like the opposite of suicide, where someone radically and abruptly decides to start living.” (Ryan Lynch sahifasidan olindi)

(Wwooow shunchaki woooow shu gapni ustida bitta kitob yozvorsam bo’ladi)

“O‘z joniga qasd qilishning (suitsid) teskarisi ham bo‘lishi kerak yani inson bir kun kelib keskin va kutilmagan ravishda yashashni boshlashni tanlab qolgan vaqt.”

Menga eng yoqqan joyi “radically”(keskin) va “abruptly”(kutilmagan) so’zlari. Chunki ko‘pincha odamlar o‘zgarish asta-sekin bo‘ladi deb o‘ylaydi. Ba’zan esa hammasi bir soniyada sodir bo‘lishi mumkin. bir qaror, bir uyg‘onish, bir “yetar” bo’ldi degan nuqta.

Aynan shu “radikal keladigan fikr” ustiga qurilgan asarlar eng top asarlar misol uchun Raskilnikovni “radikal qarori”ni hozir birdan hayolimga keltirdimu yuzimda tabassum paydo bo’ldi, albatta qotillik kulgili ish emas, lekin (😁) ……… lekin, bu erda kulgili narsa voqeaning o'zi emas menga balki mening ongimdagi adabiy parallel va strukturaning mukammalligini kashf etib hayratga tushdim. Raskolnikov o'zining "radikal qarori" bilan oddiy va zerikarli qonuniyatlarni buzib, o'zini o'sha "olomon" (Das Man) ichidan to'satdan sug'urib olmoqchi bo'ladi. Das Man ham juda qiziq Martin Heideggerning "O'limga qarab yashash" bo’yicha falsafasidan olingan. Xaydegger insonning kundalik hayotini ikki turga ajratadi: Haqiqiy bo'lmagan (Inauthentic) va Haqiqiy (Authentic)hayot. avtopilotda olomon bilan bir xil yashayotgan odam birdan o’z hayotini o’zi qurgisi kelib qolgan jarayonlar haqida yozgan. Raskolnikovga qaytsak, U boltaning bir zarbi bilan nafaqat kampirni, balki o'zining eski, muhtoj va passiv hayotini o'ldirmoqchi, bir soniyada "boshqa odam" bo'lib uyg'onmoqchi bo'ladi. Albatta bu radikal fikri uni manaviy o’likka aylantiradi. Balki haqiqiy qaytishi Sonya poyiga yiqilib yig'lagan soniyada sodir bo'lgandir.

Men hozir aynan sutsidni teskarisi shu birdan (abruptly)yashashni hohlab qolish haqida gapirmoqchiman, buning uchun sizga chiroq kerak. Hozir aniq eslay olmayapman lekin bir Koreys tilidagi sherda shunday jumla bor edi: “hona chirog’ining birdan yonishi ko’zimni og’ritdi” qabilida. O’sha she'rdagi personaj qorong'ulikda uzoq vaqt qolib ketgan bo’lsa, uning ko'zlari zulmatga, ya'ni o'sha men aytgan "yashashni istamaslik" va tushkunlik holatiga moslashib bo'lgan bo'ladi. To'satdan chiroq yonishi bu ong uchun shok holat. Chiroq birdan yonganida ko'zning qamashishi va og'rishi bu yorug'likning yomonligidan emas, balki yoruqlikning haddan tashqari ko'pligidan va ko'zning unga hali tayyor emasligidan dalolat beradi. Ruh uzoq vaqt och qolganidan keyin, to'satdan berilgan ulkan hayotiy energiyani bir vaqtning o'zida hamma yoqqa sochib yuboradi. Qorong'u xonada inson hamma narsani ko'ra olmaydi, lekin qorong’ulik xavfsizdek tuyuladi, chunki hech narsa o'zgarmaydi bir hil. Chiroq yonganda esa, xonadagi bor haqiqat tartibsizliklar ham, go'zalliklar ham birdan ko'rinib qoladi. Siz o'zingizni cheklab yashagan qoliplarni buzganingizda, chiroq yonadi va ichingizdagi barcha bostirilgan istaklar, hislar, hayotga bo'lgan chanqoqlik birdan yuzaga chiqadi. Hamma qanday yashashni biladi. Erta turish kerakligini lekin 2 gacha joyidan ko’tarila olmaydi, yugurish kerakligini lekin o’rnidan turib ko’chaga chiqa olmaydi, to’g’ri ovqatlanish kerakligini lekin baribir sigaret chekadi, qattiqroq harakat qilish kerakligini lekin bo’yradek bir stolda 10 yil o’tiradi, aynan shu paytda sizga chiroq kerak. Xo‘sh, insonni bir soniyada radikal uyg‘otib yuboradigan bu chiroq hayotda nimalar shaklida namoyon bo‘lishi mumkin?

The bottoming out(pichoq suyakka taqalishi) kerak. Ba’zan chiroq bu inson chidashi mumkin bo‘lgan eng so‘nggi azob nuqtasi bo’ladi. Inson ruhan shunday bir tubga tushadiki, undan pastga tushishning iloji qolmaydi. Oynaga qarab o’zidan jirkanadigan holatga keladi. Chiroq bir keskin harakat yoki bir o’lim bilan to’qnashuv yoki estetik shok, bir go’zallik bilan to'qnashuv bo’lishi mumkin. Chirog’ingizni toping.
38
“Xudoni miqlab qoqqan odamzotdan Nima kutyapsan”?

Bir kun Iso alayhissalomning yani nasroniylarning e’tiqodiga ko‘ra “Xudo” ni mixlayotgan (garchi miqlanmagan bo’lsada) miqchilarning suxbatini badiiylashtirilgan pyesa (Crucification of Jesus) o’qidik. Juda oddiy. Xuddi doimiy qiladigan ishidek miqlashgan(asliyam kasbi shunday bo’lgan), hatto o’z kundalik yumushlarini gaplashib, xuddi doyalar tepangda to’y haqida gaplashgandek, bedardgina miqlashdi.

Shu kitobni o’qiganimdan beri kimdandir hafa bo’lsam aytaman. O’zing miqchisan (kasbing) senga bu birovni og’ritish oddiy hol, xudoni miqlar qadar yovuzsan. Nima kutdim o’zi sendan hayronman…
63
“All right, I’m glad it’s a girl. And I hope she’ll be a fool—that’s the best thing a girl can be in this world, a beautiful little fool.”


“Mayli, qiz ekanidan xursandman. Va umid qilamanki, u ahmoq bo‘lib ulg‘ayadi — chunki bu dunyoda qiz bola uchun eng yaxshi narsa shu: chiroyli va sodda (ahmoq) bo‘lish.”



Buyuk Getsby asaridagi shu quotani bir minut oldin hozirgina chaqdim, necha yillardan beri endi tushundim Daisy asli nima demoqchi bo’lganini
56
Bunaqa professor bilan zerikmaysan kaneshna😂😂😂. Bir kun yig’latadi bir kun kuldiradi.

So’z ishlatishni qara

“Rehumanize” bo’lib olasan deb umid qilaman deyapti😂.

Human odam degani “-re” qayta degani. Qayta odam holatiga qaytib ol yozda dedi, Karl.

Da harakat qilyapmiz odam holatiga qaytishga😄sizni “torture” larizdan keyin deb “reply” yozvorsammikin😁

Aytgancha recuperate undanam daxshat so’z- sog’ayib ket degani🤣🤣🤣
🤣107
simulacra-and-simulation-by-jean-baudrillard.pdf
355.5 KB
Simulacra nazariyasi haqida bafurja yozaman keyinroq….
Graf Monte Cristoni ichi to’la Simulacra….
24
Rasmlardagi birinchi rasmdagi “dada” ni stadionga har kuni yugurishga chiqsam 2 kunda bir ko’raman. Bugun orqama orqa qaytib qoldik. Ko’p yurar ekan. Suv bo’lib ketgan. Demak ancha muncha kaloriya yoqyapti. Kamiga hardoim qolida kalyaska ichida chaqaloq. Odamlar vaqtim yo’q deydiyu lekin asli dangasa. Semizlik kasallik. Men ayollar haqida gapirmayapman. Silar har holatda asalsizlar:). Erkaklarga tegib ketsin. Juda hunuk ko’rinadi qorin lekin:)

Reklama⬇️:)

https://t.me/haybarakallachilar
62
Aníbal_Quijano_Foundational_Essays_on_the_Coloniality_of_Aníbal.pdf
4.4 MB
Instada vada berganim decolonializm bo’yicha nazariyalar.
Eng hot nazariyalar hozir akademiyada Quijano va Mignoloniki
💘20
Hardt and Negri (2019).pdf
525.6 KB
Empire bo’yicha Hardt and Negri lekin ko’p kalla qo’yishgan
19
Nixon (2011).pdf
1.6 MB
Ekogiya boyicha hot nazariya Nixon hozircha
19
Moore (2015).pdf
1 MB
Ekologiya bo’yicha Moore
19