Avval pastdagi rasmni o’qing.
O’tgan oy “ortiga kitob ortgan eshshaklar” haqida gapirgandim, qishda intelektual narcissist haqida gapirgandim. Muddao nima edi? Muddao uyida katta kutubhonasi bo’lsada, oyiga 20 ta kitob o’qivorsada tanqidiy yondashish kerak bir kishiga, “avliyo deb atrofida olov yoqib o’ynamang” bunaqalani deyish edi.
Dam olaman degandim, dam ogani qo’ymaydi bunaqa postlar meni miyamni qizitib tashlaydi. Mingta kitob o’qigan bo’lsa mingtadan yarimi ayollar haqida(birinchi postida Jane Eyre turibdi)), qani simpatiya, qani ayolga hurmat, yaxshiyam ayol tuqqan silani, tuqqandayam joni qinidan chiqib ketay deb tuqqan.
Disclaimer ga osaymi o’zimni, hazilmush, turgan bitgani fitnaku. arzon hazil! Odam gavjum bo‘ladigan sport tadbirlarida xavfsizlikni va shaxsiy daxlsizlikni ta’minlash uchun tekshiruv paytida erkaklar va ayollarga alohida yo‘laklar ajratish butun dunyoda keng tarqalgan amaliyot( crowd control). Qolaversa, (qo‘l bilan) tekshiruvda ayollarni ayol xodimlar tekshirishi (samalyotda uchish shartmi buni bilish uchun))ham daxlsizlik, ham etika talabidir. Buni "ayollarni yakkalash" deb talqin qilish uchun odamda minimal mantiqiy fikrlash qobiliyati ham bo‘lmasligi kerak. Da minimal!
Oddiy xavfsizlik chorasini erkak va ayol tengligi haqidagi falsafiy bahsga aylantirishga urinish hatto bu "hazil" bo‘lgan taqdirda ham shunchaki ijtimoiy tarmoqlarda odamlarning reaksiyasi (layk, komment) yig‘ish uchun qilingan professional "trolling" .
What a straw man !
"Xalqaro darajadagi feministlarimiz qayoqqa qarashmoqda?" deb masalani sun’iy ravishda siyosiylashtirgan. Bu "Straw Man" (Somon odam) deyiladi. Ya’ni, raqibning (bu o‘rinda feministlarning) haqiqiy pozitsiyasini emas, balki o‘zidan to‘qib chiqarilgan absurd (bema’ni) bir holatni o‘rtaga tashlab, keyin uning ustidan kulyapti.
Qisqacha aytganda, bu post hech qanday intellektual qiymati yo’q, auditoriyani jahlini chiqarish orqali o‘z sahifasiga odam jalb qilmoqchi bo‘lgan. Kommentlar ichida ayollarni “femka” deb so’kkan, qanday kulishni bilmadim, o’zini lichkasiga yozdim javob yo’q. “Femka”ni menga tushintirib bersin aytinglar! Aytgancha faqat “o’qigan” deyilishlik uchun o’qiydiku qaydanam bilsin feminizm nimaligini. Din bilan o’nashishni qachon to’xtatadi bu xalq bilmadim.
Ko‘pchilik blogerlar uchun eng oson va ishonchli usul auditoriyaning diniy g‘ururi va hissiyotlariga teginish. feminizmni shunchaki "ayollar huquqlari" yoki "teng imkoniyatlar" deb qaramaydi, balki "an’anaviy qadriyatlarimizga, dinimizga qarshi qaratilgan g‘arbcha buzg‘unchi g‘oya" deb taqdim etishadi. Natijada odamlarda "Agar men feministni qo‘llasam, dinimga qarshi chiqqan bo‘laman" degan sun’iy va xato qo‘rquv paydo bo‘ladi. Chalasavodlar feminizm deyilganda masalaning mohiyatini xotin-qizlarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlikni kamaytirish, ta’lim olish imkoniyatini berish, majburiy nikohlarga chek qo‘yish yoki mehnat bozorida haq-huquqlarini himoya qilishni umuman tilga olishmaydi. Buning o‘rniga, radikal g‘arb madaniyatining ayrim chekka unsurlarini olib kelib, din qonun-qoidalariga urishtirishadi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi arzon "hype" ortidan quvib, jamiyatdagi jiddiy muammolarni sayoz hazillar bilan o‘yinchoq qilishni to‘xtatish kerak. (Nechta ayol o’lib bersin yana) Din ham, ayollar huquqlari ham bir-ikki sahifaga odam yig‘ish uchun ishlatiladigan instrument emas.
Kelinglar do’st inoq bo’lib yashaylik, har bir narsaga o‘z nomi bilan, kontekstini tushunib baho beraylik. O’qiylik, chinakamiga o’qing, nazariya ham o’qing badiiy asarni kallachangiz chaqa olmasa.

🔥26
If you think that you are clever, come to my graduate school department, they will show you hundred proofs that you are the most stupid person in the world)
🔥35
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Письмо к женщине” Yesenin sheri, Sergey Bezrukov o’qidi💌
❤14
Why_We_Sleep_Unlocking_the_Power_of_Sleep_and_Dreams_Matthew_Walker.pdf
3.7 MB
As I promised in instagram, here you are “Nega Uhlaymiz” by Matthew Walker.
Sog’ligizga ehtiyot bo’ling va albatta uhlang, men ham bir paytlar o’lsam to’yib uhlayman deydiganlar turidan bo’lganman, kallam devorga urulmaguncha. Turdiyev Davronbek gapirgandan keyin yurib ketayotgan yolimdan toxtab shu odam larga aytib qoyay menga o'xshab yotib qolmasin uhlamay yursa deb video qoysam boshlandi "aqlli kommentlar" . "6 soat yetadi "hamma harhil". Davronbekkayam shunaqa kommentlar kop kelgandan keyin yana video qoydi "o'lib ketlaring deganday. o'sha gap.NECH MARTA AYTAMAN TAJRIBA FACTMAS, MANA FAKT DESANG, YOOOOQ DEYDI. Asabim ko'tarmayapti, kommentlarni yopib turaman. Kuningiz go'zal otsin❤️

👍32
Four years ago, I watched a friend tell her four-year-old child that there was a baby in her belly. At the time, I warned her against saying that, pointing out that kids are naturally curious and might eventually ask how the baby got into her tummy in the first place.
Well, just this morning, karma caught up with me. Out of nowhere, Madina (5) hit me with the toughest question yet:
Madina: "How do people get a baby into their belly?"
Me: "I don't know..."
Madina: "You shouldknow. You’re a grown-up!"
Me:😁 "Let me think about it..." (panicking slightly) "Well, the doctors put the baby in by making a small cut in the tummy. Then, after nine months, they take the baby out the same way."
Madina: (eyes wide)"Oh, that sounds scary!"
Me: "Yeah, it is. So... do you want a little brother or a sister?"
Madina: "I’d rather just buy a dog if having a baby hurts that much."
It is just wild and terrifying. 😶🌫️How fast kids seem to process the world now compared to how we remember growing up.

😁33
Bir insonni sizdan qanday ketishi sizga ko’p narsani aytadi. Ko’p insonlarni hayotda yoqotamiz, lekin hammasini ketishi harhil, o’lib ketganniku vaziyati boshqa lekin ya’ni insonning hayotingizdan, ishdan yoki munosabatlardan chiqib ketishi uning ichki dunyosi haqida juda ko'p narsani aytib beradi.
Ularni qanday ketishi juda qiziq menga. Inson munosabatda bo'lgan paytda o'zini yaxshi ko'rsatishga, odobli bo'lishga harakat qiladi. Ammo ketish payti yani "shartnoma" tugaydigan va hech qanday manfaat qolmaydigan paytda inson o'zining asl qiyofasini ko'rsatadi. Kimdir rahmat bilan kimdir g'azab bilan.
Bir insonni ketishiga qarab munosabatlaringizni asl qiymatini tushunishingiz mumkin.

⚡46
Kitob yozadiganlar bormi oramizda?
T. S Eliotni nazariyasidan obyektiv correlative tushunchasini aytib beraman. “Emotsiyani ifodalashni yagona yo’li obyektiv correlativeni topish” so’zi dumaloqqa oldim. Bu menga juda qiziq. Insonlar bilan biroz gaplashsam ularni lug’at boyligi ko’pligi yo ozliga 20 minutdan keyinoq ko’rinadi.
Bazida suhbatlar shunchaki qisqa bo’ladi, uncha lug’at ham ishlatishingiz shart emas. Bazi yurakka yaqin suhbatlar esa chuqur falsafona bo’ladi, lekin shundayam bazan kishilar o’z tuygularini emotsiyalarini yetarlicha sherigiga yetkazib bera olmaydi.
Muddaoga o’taman. Nega asarlarni o’qiganingizda “meni aytyapti” deyishizni sababi ham aynan shu obyektiv korrelativedan kelib chiqadi. Yozuvchi o'z qahramonining "qayg'uli" yoki "qo'rquvda" ekanligini shunchaki matnda yozib qo’ymaydi, bu o'quvchiga unchalik ta'sir qilmaydi. Eliotning fikricha, o'quvchini his-tuyg'uga ishontirish uchun yozuvchi quyidagilarni yaratishi kerak: Muayyan buyumlar; Aniq vaziyatlar; Voqealar zanjiri. Bu "formula" o'quvchining ongida aynan o'sha tuyg'uni avtomatik tarzda uyg'otishi kerak. Qisqa qilib aytganda obyektiv korrelyativ his-tuyg'uni "ichkaridan" tashqariga, ya'ni sezgilar orqali anglashiladigan fizik dunyoga ko'chirish san'atidir. Yoki “show, don’t tell” degan termin bor sheriyatda, bu ham bir hil narsa yani gapirma, ko’rsat degani. Misol keltiraman “showing” bilan “telling”ga.
Abstrakt ifoda yani telling: Men uning o’limidan juda ham qayg’uda edim.
Obyektiv korrelativ ifoda: "Men otam vafot etganda ko’zimdan yosh chiqmayotganidan uyalib yuzimni u 7 yil kiygan qon yuqi tekkan yo’l yo’l ko’ylagiga yashirdim va yoniga yonboshlab cho’zilib yotib oldim.
Telling: I love you
Showing: ?

❤22
https://t.me/haybarakallachilar
Biz runners club ochganmiz yuguruvchilar uchun. Bir kishi menga yugurish yoqmaydi deb yozdi kecha. Yugurish kimga yoqadi deb o’ylaysiz. Yugurish qiyin, yuragiz to’xtab qolay deb 6 km yugurishni hamma o’zini sozlash uchun qiladi. Yangi maqsadlar uchun qiladi. Hammani sababi har hil. Kimdir depressiyadan chiqish uchun qiladi. Agar siz shunchaki yugurishga ham stoldan ko’tarilmayotgan bo’lsangiz, demakki balki miyangiz ham o’tirib qolgandir.

Telegram
Haybarakallachilar🫸
@runners kanal yuguruvchilar (runners) uchun ochilgan. Rutinani ushlash, tashlab yubormaslik, sog’liq va Runner so’zini shaxsiyatgan yopishtirish uchun. Yes we are RUNNERS !
🔥19
Writer_minds
"This is America, Don't catch you slippin' up" Childish Gambino Gʻarbning va xususan Amerikaning Falastin masalasidagi bugungi pozitsiyasi shunchaki navbatdagi geosiyosiy xatolik emas. Bu ularning asrlar davomida oʻzgarmay kelayotgan, oʻsha oʻzlari daʼvo…
Bugun juda katta prezentatsiyamni topshirdim. Ushbu yuqorida aytgan decolonizatsiya va Gayat Almadhoun bo’yicha. Falastin mavzusini akademiya koproq va ko’proq ko’tarishga undashi bu juda katta harakat. Proffessorga yoqdi, bugun mendan bahtli inson yo’q bu dunyoda😁😁😁. Tasavvur ham qila olmaysiz bunga yetib keguncha qancha stress olganimni🫠. Bosim kuchliligidan avtobusmi yolni ortasi farqi yo’q o’qilaverindi😆
👏42
Men: Men akademiyadan tashqarida bironta hobbysi, qiziqishi bor Professor ni tanlashim kerak supervisor qilib
Professor: Gitleram rasm chizishni yaxshi ko’rgan Vienada rassom bo’lib ishlagan

😁30
Habar oldim: “Munosabatlar uzilishini yomon
koramandegan ediz. Huddi bir birini vaqtini bekor sarflagan boladi degan ediz…. “
Bu qiz meni manyak deb o’ylagan bo’lsa kerak odamlani va do’stlani hayotini faqatgina to’ldirib berish uchun ishlatadi deb. Asli vaqt deb qoyibman holosku bu ontologiya bilan bogliq.
Insonlar bilan juda yaqin bo’lib ketishdan qo’rqish tabiiy. Bu vaqt masalasi emas, ontologiya. Ontologiya bu borliq degani. "Nimalar mavjud?", "Mavjudlikning oʻzi nima?", "Borliq qanday tuzilgan?" kabi eng umumiy va tub savollarga javob beradi yo izlaydigan fan.
Endi insonni mavjudligini asosi boshqa insonlar bilan bo’lgan munosabatida shakllanadi. Yani Men va U yoki Men va Sen kabi obyekt yoki subyektlarga ozimizni yillar davomida bog’lab yashaymiz. Ya’ni men oʻzimni anglashim va bor boʻlishim uchun menga "Sen" kerak. Yaqin insoningiz siz uchun shunchaki hayotingizdagi "bitta odam"bo’lmaydi, u sizning borligʻingizni tasdiqlovchi(etibor bering tasdiqlovchi deyapman) tutib turuvchi asosiy ustun bo’ladi. Agar U ketsa, sizning borliq mantiqingiz, ontologiyangiz qulagandek tuyuladi, chunki "Men"ni aks ettiradigan koʻzguyingiz yo’qolib qoladi. Tasavvur qiling agar u “Sen” kuchli ruh bo’lsa sizni Osmonlarga chiqib ketishizga sabab bo’ladi ham metafizik tarafdan ham moddiy tarafdan.
Endi meni qo’rqitadigan tomoni o’sha “Sen” ni qanday odamligida. Agar ruhi siniq, qalbi qora bo’lsa (yani sizni sof qalbizni ko’rolmaydigan(o’zim ham oppoqmasman)) siz ham o’sha “Sen” ga aylanib borasiz. “Sen” ni ko’zgu dedik. Siz u koʻzguga qaraganingizda oʻzingizning goʻzal, toza aksingizni emas, uning qorongʻuligi orqali parchalangan aksingizni koʻrishni boshlagan joyda hammasi tugaydi. Siz oʻzingizdan nafratlana boshlaysiz,sizga gapirmay yetqazgan “haqiqati” shaxsiyatizni buzadi. "Rostdan ham men shunaqamanmi?" deb oʻz ontologiyangizni (aslingizni) soʻroqlashga oʻtasiz. Jan-Pol Sartr "Yopiq eshik ortida" pyesasida mashhur bir jumlasi bor "Doʻzax — bu boshqa odamlardir" (L'enfer, c'est les autres) yani boshqa odam oʻzining nigohi va hukmi bilan sizning borligʻingizni oʻgʻirlab qoʻyadi, sizni oʻzi xohlagan qolipga solib "predmetlashtiradi".
Ronal`d Layng ismli psixiatr va faylasuf Ontological security degan tushunchani kiritgan. Inson oʻz borligining mustahkamligiga, dunyoning xavfsizligiga va o’zini qadriga ishonsa u ontologik xavfsizlikka kira oladi.
Demak hozir boshqalar bilan yaqin boʻlishdan qoʻrqib qolgan bo’lsangiz ontologik xavfsizlik devoriz darz ketgan. Shunchaki u odamga yutilib ketishdan qo’rqasiz. Chunki hali o’z “Men”ingiz ham yo’q.
Oʻzligingizni tasdiqlash uchun tashqi "Sen"larga ehtiyoj sezmaydigan darajada ichki ustuningizni tiklashingiz kerak. Shunda qarshingizdan chiqqan har qanday ruhi siniq odam sizning aslingizni oʻzgartira olmaydi, social butterfly ga aylanasiz. Social butterfly bo’lish yaxshimi yomonmi bu alohida mavzu.
Menimcha Kichkina Shagzoda asaridagidek sof tuyg’ularga (kattalar orasida) qirg’in kelgan yo ko’rsatmayapmiz.
#Avtobusdagiqaydlar

❤37
Human Acts by Hang Kang
Etibor bersam ko’p kitobxonlar bir asarga taqriz yozsa faqat maqtab yozarkan yoki syujeti “shunaqa” deb yozib qo’yadi, hayronman yo ular shunchaki “o’qildi” deyish uchun o’qiydi yo umuman yuzaki o’qiydi, chunki sizda har doim “if” degan tanqidiy yondashish bo’lishi kerak garchi asar Nobel olgan bo’lsada.
Human Acts haqida maqtasa olqishlasa bo’ladigan detallar nixoyatda ko’p. Lekin meni savolim shundan iboratki, oddiy havaskor o’qirman bu 1980 yil Koreaning Gwangju shahrida bo’lgan massacre yani qirg’in haqida o’qiganda etik tomondan nima qila oladi, rostan ham visceral tana qismlari, qon, tana, qalab tashlangan o’lik tanalarni tasvirini his qilib o’qiy oladimi, his qilgandan keyinchi?
Birinchidan textda vizual tasvir nihoyatda saturated yani visual og‘irlik bor. Misol uchun Hogarth nashrining 110 sahifasida victimni jinsiy o’latini askarlar majburlab chumolilarga 3 soat majburlab yedirgan tasviri bor. Bunga o’xshash tasvir „Tushda Kechgan Umrlar“ asarida ham mavjud faqat chumoli emas kalamush tasvirlangan. Muammo genital(jinsiy) qismda emas asli genital qismga hujum bu juda katta tahdid shaxsga (as it is the most vulnerable and private part). Muammo shundaki butun asar bo’ylab yozuvchining "sovuqqonligi" ufurib turadi. (O’tkir Hoshimov umuman qovun tushurgan bu borada, u bu manzarani tarixiy fakt edi deb yozib ketgan, garchi tarixiy fakt bo’lsada muallif o‘ziga xos tarzda masofa saqlab qo’ygan, bu esa o‘quvchiga kitobni "tarixiy hujjat" sifatida yopib qo‘yish imkonini berib qo’yadi.
Hang Kangga kelsak asardagi bir nechta hikoyachilar va turli vaqt qatlamlari orqali qurilgani o’quvchini adashtirib tashlashi yoki siyosiy va tarixiy kontekstdagi subyektivlik yoki o‘limni, tananing parchalanishini va jasadlarni juda poetik va batafsil tasvirlashini tanqid qilsam kun kech bo’ladi. Men hozir faqat kitobni “quruq” ligi haqida shikoyat qilmoqchiman.
Hang Kang o’quvchini o’z holiga tashlab qo’ygan. Aslida Asarni ichida Hang Kang ham qahramonlar ichiga tushadi chunki yozuvchining bu qoʻzgʻolon bilan shaxsiy bogʻliqligi bor: u tugʻilib oʻsgan oila ilgari aynan Dong-xoning ota-onasiga sotilgan "xanok"da (anʼanaviy koreys uyi) yashagan boʻladi.
Yozuvchi qoʻzgʻolon boshlanishidan bir necha oy oldin Seulga koʻchib ketgan boʻlsa-da, uning otasi Gvangjudagi koʻplab doʻstlari bilan aloqani uzmagan edi. Lekin Kang hechqanday shaxsiy hulosalarini kiritmagan asarga, personajlarni ichki dunyosini ham juda minimal tasvirlagan. Hozirgi kunda Falastinda genotsit ketoyatgan bir vaqtda insonlar qonli maydon tasvirlariyu uzilib ketgan tana bo’laklariga “to’yingan”. Bu vaziyatda o’qirman “boshqa yurt dardi” deb hatto qonli tasvirlarini instagramda reelsni o’tkazganday o’tib ketishi ham mumkin. Balki bu subyektiv fikrini aralashtirmagani Hang Kangni yutug’idir chunki fikr qo’shish endi propogandaga aylanib ketishi mumkin. Yoki yozuvchini kuchli “men”i asardagi, o’qirmanni o’zini fikrini shakllantirishini to’sib qo’yishi mumkin. Menimcha Kang mana haqiqat ko’r deb o’zimizni vijdonimizga tashlab qo’ygan lekin bizda vijdon bormikin?
Savol nega bizda shu paytgacha Andijon 2005 voqealari, massacre haqida bironta asar yo’q?

Ulug’bek Hamdamning “To’rtko’cha” asarida Andijon 2005 voqealari aks etgan ekan. 2024 nashrdan chiqqan. Qoyil🔥
⚡26
Insondagi qobiliyatlar bir biriga qor parchalari kabi o'xshamaydigan xarhil. hamma xarxil sevadi, xarxil mehr beradi, har hil qayg'uradi, lekin yagona umumiy jihat bor. Shu jihat odamlarni biralshtirib turadi. Bu ularning bir-birlariga nisbatan xuddi „yirtqich hayvonlar“ kabi shafqatsiz va qo’pol boʻla olish qobiliyatidir."
🔥53
“There must be something like the opposite of suicide, where someone radically and abruptly decides to start living.” (Ryan Lynch sahifasidan olindi)
(Wwooow shunchaki woooow shu gapni ustida bitta kitob yozvorsam bo’ladi)
“O‘z joniga qasd qilishning (suitsid) teskarisi ham bo‘lishi kerak yani inson bir kun kelib keskin va kutilmagan ravishda yashashni boshlashni tanlab qolgan vaqt.”
Menga eng yoqqan joyi “radically”(keskin) va “abruptly”(kutilmagan) so’zlari. Chunki ko‘pincha odamlar o‘zgarish asta-sekin bo‘ladi deb o‘ylaydi. Ba’zan esa hammasi bir soniyada sodir bo‘lishi mumkin. bir qaror, bir uyg‘onish, bir “yetar” bo’ldi degan nuqta.
Aynan shu “radikal keladigan fikr” ustiga qurilgan asarlar eng top asarlar misol uchun Raskilnikovni “radikal qarori”ni hozir birdan hayolimga keltirdimu yuzimda tabassum paydo bo’ldi, albatta qotillik kulgili ish emas, lekin (😁) ……… lekin, bu erda kulgili narsa voqeaning o'zi emas menga balki mening ongimdagi adabiy parallel va strukturaning mukammalligini kashf etib hayratga tushdim. Raskolnikov o'zining "radikal qarori" bilan oddiy va zerikarli qonuniyatlarni buzib, o'zini o'sha "olomon" (Das Man) ichidan to'satdan sug'urib olmoqchi bo'ladi. Das Man ham juda qiziq Martin Heideggerning "O'limga qarab yashash" bo’yicha falsafasidan olingan. Xaydegger insonning kundalik hayotini ikki turga ajratadi: Haqiqiy bo'lmagan (Inauthentic) va Haqiqiy (Authentic)hayot. avtopilotda olomon bilan bir xil yashayotgan odam birdan o’z hayotini o’zi qurgisi kelib qolgan jarayonlar haqida yozgan. Raskolnikovga qaytsak, U boltaning bir zarbi bilan nafaqat kampirni, balki o'zining eski, muhtoj va passiv hayotini o'ldirmoqchi, bir soniyada "boshqa odam" bo'lib uyg'onmoqchi bo'ladi. Albatta bu radikal fikri uni manaviy o’likka aylantiradi. Balki haqiqiy qaytishi Sonya poyiga yiqilib yig'lagan soniyada sodir bo'lgandir.
Men hozir aynan sutsidni teskarisi shu birdan (abruptly)yashashni hohlab qolish haqida gapirmoqchiman, buning uchun sizga chiroq kerak. Hozir aniq eslay olmayapman lekin bir Koreys tilidagi sherda shunday jumla bor edi: “hona chirog’ining birdan yonishi ko’zimni og’ritdi” qabilida. O’sha she'rdagi personaj qorong'ulikda uzoq vaqt qolib ketgan bo’lsa, uning ko'zlari zulmatga, ya'ni o'sha men aytgan "yashashni istamaslik" va tushkunlik holatiga moslashib bo'lgan bo'ladi. To'satdan chiroq yonishi bu ong uchun shok holat. Chiroq birdan yonganida ko'zning qamashishi va og'rishi bu yorug'likning yomonligidan emas, balki yoruqlikning haddan tashqari ko'pligidan va ko'zning unga hali tayyor emasligidan dalolat beradi. Ruh uzoq vaqt och qolganidan keyin, to'satdan berilgan ulkan hayotiy energiyani bir vaqtning o'zida hamma yoqqa sochib yuboradi. Qorong'u xonada inson hamma narsani ko'ra olmaydi, lekin qorong’ulik xavfsizdek tuyuladi, chunki hech narsa o'zgarmaydi bir hil. Chiroq yonganda esa, xonadagi bor haqiqat tartibsizliklar ham, go'zalliklar ham birdan ko'rinib qoladi. Siz o'zingizni cheklab yashagan qoliplarni buzganingizda, chiroq yonadi va ichingizdagi barcha bostirilgan istaklar, hislar, hayotga bo'lgan chanqoqlik birdan yuzaga chiqadi. Hamma qanday yashashni biladi. Erta turish kerakligini lekin 2 gacha joyidan ko’tarila olmaydi, yugurish kerakligini lekin o’rnidan turib ko’chaga chiqa olmaydi, to’g’ri ovqatlanish kerakligini lekin baribir sigaret chekadi, qattiqroq harakat qilish kerakligini lekin bo’yradek bir stolda 10 yil o’tiradi, aynan shu paytda sizga chiroq kerak. Xo‘sh, insonni bir soniyada radikal uyg‘otib yuboradigan bu chiroq hayotda nimalar shaklida namoyon bo‘lishi mumkin?
The bottoming out(pichoq suyakka taqalishi) kerak. Ba’zan chiroq bu inson chidashi mumkin bo‘lgan eng so‘nggi azob nuqtasi bo’ladi. Inson ruhan shunday bir tubga tushadiki, undan pastga tushishning iloji qolmaydi. Oynaga qarab o’zidan jirkanadigan holatga keladi. Chiroq bir keskin harakat yoki bir o’lim bilan to’qnashuv yoki estetik shok, bir go’zallik bilan to'qnashuv bo’lishi mumkin. Chirog’ingizni toping.

⚡38