#quotes
Dostoyevskiyni Telbasida Ippolit nima derdi.?
“- Men shunchaki daraxtlarni ko’rgani keldim” dermidi.
Ippolitni sog’indim!
Ippolit:
-Bilasizmi bu yerga daraxtlarni ko’raman deb kelgan edim
-o’liklar hamma narsani aytishlari mumkin.
- men xammani tashlab ketmoqchi edim, lekin hechkim topilmadi.
- O, yaxshiyamki o’lib ketyapman!
- bas kunim bitdi. Men xotira qoldirmadim! Na ovoz , na iz, na bir ish na etiqod tarqatoldim! Agarda sil bo’lib qolmaganimda o’zimni o’ldirgan bo’lardim….

😢33
Ular yosh qizaloqni bolaligidan boshlab go'yo u faqat tana va qomatdan iboratdek tarbiya qilishdi. Natijada, u butun umrini faqat tashqi ko'rinishi haqida qayg'urish bilan o’tkazdi va o'zida parvarishga muhtoj bo’lgan aql ham borligini hech qachon anglab yetmadi.
❤77
Scarlet Letter
Patriarxatni eng yuqori cho’qqisi nima bilasizmi? Bu bir jamiyatki unda endi xatto ayollar ayollardan nafratlanadi, bir ayol boshqa bir ayolni yanchib tashlagisi keladi, o’ldirgisi keladi.
Scarlet letterni ikkinchi marta o’qishim. Bu safar menga bu asar yanada yoqmoqda. Yaxshi kitob sen katta bo’lganing sari kattaradigan kitob. Men endi ko’proq yashab qoydim, yaxshiroq o’qirman bo’ldim, va jo’yali ko’p va ho’p savol beruvchi bo’ldim balki shunga ham qiymati oshgandir bu asarni.
Sahnaga 3 oylik Perl ismli qizalog’ini ko’tarib qamoqhonadan Hester chiqib kelishi bilan asar boshlanadi. Va omma oldida bedarak ketgan erli ayolning farzandli bo’lishi Puritan(din ikkiga Puritan va Katolikga bo’lingan davr) jamoasi tomonidan gunoh deb topilib unga Qizil yaltiroq, tilla rangli ipda belgilangan “A” (Adultry) harfini kiyimining ko’krak qismiga tamg’alangan bo’ladi.
Hester adabiyotdagi Fallen Women(adashgan ayollar) tipiga kiruvchi lekin ulardan Misol uchun Anna Karenina va Bovary Honimdan ancha farq qiluvchi ayol.
Huddi jallodni qatl qilishini tomosha qilgani kelgan halq arosidan bir ayol: - Hech bo’lmaganda issiq temirda tamgani Hesterni peshonasiga bosish kerak edi” deb baqiradi. Bu harfni hohlagan vaqt biron narsa bilan to’sib olishini aytadi. Boshqa bir ayol: Bizi nima ishimiz bor tamg’ani ko’ksiga taqadimi, miyasida olib yuradimi, bu ayol hammamizni sharmanda qildi va u o’limga mahkum. Bunaqa qonun yo’qmi hali? Bor shunaqasi, muqaddas kitobda ham bor qonunda ham bor….. g’iybatni to’xtating buzuqi Prynneni o’zi kelyapti” va hakazo va hakazo.
Frankenshteynni ilk bor o’qiganimda shunday tasir qilganki, umuman shu asar haqida taqriz yozmaganman, Scarlet letter(Qirmizi Harf) haqida ham taqriz yozishga qo’rqaman. Chunki bu asar shunaqangi haqiqatlarni ochib tashlaganki yuzizga oyna tutgandek bo’ladi. Men yozgan ilk varoqlardagi ayollar holati tasodif emas. Hawthorne ataylab eng qattiq hukmni erkaklardan emas, ayollardan chiqargandek ko‘rsatadi.Go‘yo patriarxal tizim shu qadar ichkariga kirib ketganki, ayollar ham boshqa ayolning jazolanishini talab qiladi. “Peshonasiga bosish kerak edi” degan gap uyatning tanadan ham chuqurroq, identitetga aylanishini istash edi. Yoshligimda Hester faqat “gunoh qilgan ayol”dek ko‘ringan. Keyinroq esa men Hesterning chidamliligini, jamoaning shafqatsizligini, va eng qizig‘i erkak va ayol gunohiga boshqacha qaralishini ko‘ra boshladim. Chunki Hesterning ko‘ksiga “A” harfi tikiladi, lekin Pearlning otasi (ruhoniy) uzoq vaqt yashirin qoladi(Dimmersdale gunohning yashirin holatida inson qay holga tushishini ko’rsatgan adabiyotdagi yagona obraz). Jamiyatning butun g‘azabi ayol tanasiga yoziladi.
Meni hozir hayolimdan bir narsa o’tayapti. Men bazan o’zimni simpatligim qarg’ishday tuyulardi, hozir Allohga cheksiz shukur qilaman sympath, empat qilib yaratganiga, mahallamni kuchuklarigacha yetadigan mehr berganiga, qattiq qalb qilmaganiga va qush uchsa cho’chiydigan qilib qo’yganiga ming shukur.

❤29
Haliyam eski hikoyalarga (narrative) ishonasizmi? Asar doim boshlangich qisim, o’rta , va murod maqsadiga yetibdi bilan tugaydi. Yani bir yigit keyin qiz topadi keyin turmush quradi va farzandli bo’ladi. Aynan shu narrative “bahtli oila” hikoyasi hisoblanadi. Aslida hikoya to’y bilan boshlanishi kerak edi. Ana to’ydan keyin ikkita juft qanday yashashi, qanday bir biri bilan munosabat o’rnatishi haqida bo’lishi kerak edi. Ana o’shanda balki o’rgangan bo’lardik asli turmush birhillikni topish emas har hilliklarimiz haqida suhbat(conversation is important) qurishdan iborat. Hechnarsani hal qilishingiz shart emas, shunchaki suhbat quring…..
🔥24
Life of Pi
Insoniyatni eng katta hatosi “birinchi raqamli”(Number 1) man deb o’ylashi bo’ladi. Life of Pi yani Pining hayoti asari asli siz o’ylagandek inson va tabiatning tengligi haqida emas, yana o’sha hato, yana o’sha inson birinchi o’ringa qo’yilishi, yana o’sha hayvon “hayvonli”gi yashiringan.
Asar yana inson ovozi orqali gapirgan, siz hechqachon hayvon nima deganini eshitmaysiz. Bengal yo’lbarsiga qanchalik mehr bilan qaramasin, Pi unga insoniy manolarni majburlab yopishtiradi. Asar ohirida esa shunchaki yo’lbarsni o’zining vahshiy instinkti deydi. Endi umuman hayvonning mustaqil mavjudligini ham yo’q qiladi. Shaxsiyat berdi va yana tortib oldi. Endi buyerda mustaqil subyekt emas, inson omon qolishi uchun “instrument” ro’liga tushib qoldi chiroyli mushukchamiz.
Ular ohiri sohilga yetib borganda, yo’lbars nima qiladi?
Orqasiga ham qaramasdan jungliga kirib ketadi. Piga alam qiladi, chunki u uni do’stim deb o’ylardi, yo’lbarsni wildnessga yani yovvoyilikka qaytib kirib ketishi esa “inson” va “hayvon” degan tushunchalarni yana ikki qutbga bo’lib yuboryapti. Pi “sivilizatsiyalashgan insoniyatga qaytadi, yo’lbars esa tamed yani boshqarilishi va qolga orgatilishi kerak bo’lgan yovvoyilikka. Gapirsa gap ko’p karl, sen ko’rayotgan narsa asli sen ko’rayotganing kabi emas)

💯19
Agar sizdan hamma narsani (irqingiz, millatingiz, ism, oila, farzand, din, kasbingiz) shilvolinsa sizda nima qoladi?
❤30
“Ona, sen bergan hurmo ko’chatini ekish uchun kovlagan chuqurchamga betimni ko’mishim kerak”
Onamni asra by Shin Kyong Suk
Onamni asra by Shin Kyong Suk
❤30
Yoshim hali oyoq kiyimim razmeridan katta emas, lekin juda ko’p haqiqatlarni anglab yetdim.
Hayotizda bazida shunday insonlar bo’ladi siz aslida chiroylisiz, mehribonsiz aslida yaxshi insonsiz, muvaffaqiyatlisiz lekin ular sizi “yaxshi” masligizga ishontirib qo’yadi. Va siz o’zizdan nafratlanishni boshlaysiz. Aslida muammo sizda emas…
Muammo sizni doim sindirishga urinadigan nigohlarda, sevgini nazorat bilan adashtiradigan odamlarda bo‘ladi. Ba’zi insonlar o‘zidagi qorong‘ilikni boshqalarning qalbiga ko‘chirishga urinadi. Ular sizning xatolaringizni kattalashtirib, yaxshiliklaringizni kichraytiradi. Vaqt o‘tib esa siz ularning ovozini o‘zingizning ichki ovozingizdanda balandlatib qo’yasiz, va oyoq kiyim razmeringizdan yoshingiz o’tib tushganda sizni sevmaganlar uchun qanchalik qayg’urganiz uchun afsus chekasiz.
Men shartsiz sevgiga ishonaman. Manfaatlarsiz sevgiga ishonaman. Mani sevmagan “s” ni to’g’ri talaffuz qilmas ekansan demaguncha shu “kamchiligim”ni sezmagan ekanman. Meni sevar oldiga yugurib bordim,
—men “s” ni talaffuz qilolmaymanmi?
—Ha
—nega shu paytgacha aytmagansiz? Lagapetga boraymi endi ) ?
— yo’q seni eng yoqimtoy payting shu “s” ni tallaffuz qilganingda chiqadi
Doim sizni shartsiz sevganlar bilan bo’ling☺️❤️

❤67
The_Prince_Machiavelli_Nicolo_PennState_7bf17af32f554bfd8bbcb1057eea2f35.pdf
442.2 KB
Robert Greenning “Hokimiyatning 40 qoidasi” shu kitob tasiri ostida yozilgan. Makievelli haqida gapirishdan oldin, hechyoq shu “Hukmdor” (Humkdor mulohazalari” nomi bilan tarjimasi bor ekan uzbda) nomli kitobini o’qib ko’rish kerak. Makievelli o’zi aytgan manipulatsiyasiga o’zi amal qilmagan faylasuf va siyosatshunos bo’lgan. Aslida butun dunyo hukmdorlari va har bir individ manupipulatsiyadan foydalanadi, shunchaki buni o’ziz bilmaysiz. Sher va tulki analogiyasi haqida o’qing, MAkivelli balki sizga tulkilarni aniqlashni o’rgatar, tulki bo’lishni emas. It totally depens on you.
Ko’p taqiqlangan(banned) kitoblarni Abror domla reklama qiladilar buniyam o’qish kerakmas manosida reklama qilibdilar. Interesting
Aytgancha bu kitob ancha dense(zich) va faylasufona yozilgan. Robert Greenni kitobi osonroq tilda yozilgan. Makievelli nima degan bo’lsa shuni summary qilib umumiylashtirib, yangiliklar kiritib yozgan Robert, qiynalsez Robertni o’qing

🔥9
Hokimiyatning 40 qoidasida Ahmoqni tutish uchun, o’zingizni ahmoq sifatida tuting qabilidagi bob bor edi. Hozir kitob yonimda emas O’zbekistondaligi uchun aniq bob nima haqidaligini eslolmayapman lekin tahminan sherigingni o’zingdan aqlli qilib ko’rsatish yoki ozing honadagi eng ahmoq ro’liga tushvolish haqida edi. Men bundan unconsciously foydalanganman o’qimasimdan oldin hatto lekin ahmoqni tutish uchunmas, shunchaki aqlli korsatmaslik uchun. Farishtalik “farishtalarga” yarashadi.
Hozir aynan Jew of Malta asarini Professorim jon berib gapiryapti, asarda Xristian ham, yaxudiy ham musulmon ham makiavellian harakterlari borligini ochib bergan. Lekin baribir ohiri oliyjanoblik yutib chiqadi. Yo’qsa Barabasga o’xshab o’ziz qaynatgan yog’ga o’ziz qovrulasiz.

❤17
"This is America, Don't catch you slippin' up"
Childish Gambino
Gʻarbning va xususan Amerikaning Falastin masalasidagi bugungi pozitsiyasi shunchaki navbatdagi geosiyosiy xatolik emas. Bu ularning asrlar davomida oʻzgarmay kelayotgan, oʻsha oʻzlari daʼvo qiladigan "inson huquqlari" va "qonun ustuvorligi" niqobi ostiga yashiringan varvarlarga hos tabiatining navbatdagi ko’rinishi.
Gʻarb Sen hech qachon oʻzgarmaysan
Sen oʻsha tub joy amerikaliklarni (indeyslarni) qirgʻin qilgan, afrikaliklarni qul qilib, odam oʻrnida koʻrmagan, Xiroshima va Nagasakida soniyalar ichida yuz minglab tinch aholini kulga aylantirgan va Vyetnamda odamlar ustidan napalm yogʻdirgan qonxoʻr tizim bo’lgansan. Bugun Netanyaxu kabi psixopatlar Falastinga qarshi "yakuniy yechim" (final solution) eʼlon qilayotganda uni qurol-yarogʻ va daxlsizlik bilan taʼminlayotganing tarixingdagi vahshiyliklarning bevosita davomidir. Bu oʻtmish uchun na pushaymonlik, na tavbang bor. Sen dunyoni boshqarishga, Global Janubga maʼnaviyat darsi oʻtishga zarracha loyiqmassan.
Gʻarb siyosatshunoslari buni shunchaki "vaqtinchalik inqiroz" yoki "strategik ittifoqchilik" deb oqlashga urinishmasin. Amalda biz guvohi boʻlayotgan narsa rasmiy dekolonizatsiyadan (mustamlakalar ozod boʻlgandan) keyin ham dunyoni boshqarishda davom etayotgan yashirin global iyerarxiyaning ishidir. Quijano aytganidek, mustamlaka maʼmurlari ketgan boʻlsa-da, ularning irqiy tasniflash (racial classification) va dunyoni "oq tanli/madaniyatli" hamda "rangli/yovvoyi"ga ajratish tizimi zarracha oʻzgargani yoʻq.
Gʻarb uchun Falastinliklarning hayoti va oʻlimi gumanitar fojia emas, kapitalistik va ontologik (mavjudlik) iyerarxiyaning quyi pogʻonasidagi "sub-human" (chala inson)lar hayotidek koriladi. AQSH va uning ittifoqchilari inson huquqlari haqida gapirganda, faqatgina "yevrosentrik" (Evropaga xos) insonni, yaʼni oʻzlarini koʻzda tutishadi. Global Janub esa ularning nazdida hamon ekspluatatsiya qilinishi, nazorat qilinishi va kerak boʻlsa, tizim barqarorligi uchun qurbon bolishi kerak boʻlgan "geografik hudud va tana"lardir. Neft bo’yicha chiqayotgan “tabiatni asraylik” shoiri ostidagi yurishlar o’zi boy bo’lib olgandan keyin, qo’shnisiga suvni tejab ishlat deydigan meshqorin multfilmlarni eslatadi.
Iyunda Ghayat Almadhounning “Men senga yaralangan qo’l olib keldim” va boshqa bir necha massacre, genotsid va quvg’inlik haqidagi sherlari haqida prezentatsiyam bor. yuqoridagi gaplarni, sal qog’ozga o’rab yetkazish ustida ishlayapman))

👌12
Seni baxting menga sanalar uyat ...
Meni tushunmasang indamayapman,
Seni tushunmasam xafa bo'lma xo'p?
Sening ishing menga xatodir, xato,
Kulgingga sababchi men tushungan g'am.
Yo'llarimiz tersdir shu qadar hatto,
Kesishib qolmaydi ro'yolarda ham.
Poyingga tillodan sochishsa zarlar,
Ishga tushmas hatto ko'z qirim mening.
Ongimda uchragan sof mo’jizalar, Hatto tushlaringga kirmaydi sening.
Butkul bo'lak olam shunaqamiz biz,
Taassufki dilda o'zgacha niyat.
Sen mening bahtimni etolmassan his,
Sening bahting menga sanalar uyat!!
Sening bahting menga sanalar UYAT
XAYRULLO HAMIDOV.
InshaAllah I will invite Ghayath Almadhoun to Seoul💌
Ghayat Almadhounni Seulga inshaAllah taklif qilaman💌
Ilk marta Professor Disneyga (shoir)mani postimni Ghayath reshare qildi desam, skreen qivoldingmi degan yo’q desam, nega bunaqa narsalani skreen qilish kerak maqtanish kerak, sen uni kimligini bilasanmi, prezentatsiyangga kiritishing kerak edi osha skrinni degan😁. O’shandan beri to’xtamay maqtanaman 😁

🔥35
Qora mushuk: -nima biz lanatlanganlardanmizmi?
Qora qarg’a: -ha, faqatgina ularning hikoyalarida

🔥36
Avval pastdagi rasmni o’qing.
O’tgan oy “ortiga kitob ortgan eshshaklar” haqida gapirgandim, qishda intelektual narcissist haqida gapirgandim. Muddao nima edi? Muddao uyida katta kutubhonasi bo’lsada, oyiga 20 ta kitob o’qivorsada tanqidiy yondashish kerak bir kishiga, “avliyo deb atrofida olov yoqib o’ynamang” bunaqalani deyish edi.
Dam olaman degandim, dam ogani qo’ymaydi bunaqa postlar meni miyamni qizitib tashlaydi. Mingta kitob o’qigan bo’lsa mingtadan yarimi ayollar haqida(birinchi postida Jane Eyre turibdi)), qani simpatiya, qani ayolga hurmat, yaxshiyam ayol tuqqan silani, tuqqandayam joni qinidan chiqib ketay deb tuqqan.
Disclaimer ga osaymi o’zimni, hazilmush, turgan bitgani fitnaku. arzon hazil! Odam gavjum bo‘ladigan sport tadbirlarida xavfsizlikni va shaxsiy daxlsizlikni ta’minlash uchun tekshiruv paytida erkaklar va ayollarga alohida yo‘laklar ajratish butun dunyoda keng tarqalgan amaliyot( crowd control). Qolaversa, (qo‘l bilan) tekshiruvda ayollarni ayol xodimlar tekshirishi (samalyotda uchish shartmi buni bilish uchun))ham daxlsizlik, ham etika talabidir. Buni "ayollarni yakkalash" deb talqin qilish uchun odamda minimal mantiqiy fikrlash qobiliyati ham bo‘lmasligi kerak. Da minimal!
Oddiy xavfsizlik chorasini erkak va ayol tengligi haqidagi falsafiy bahsga aylantirishga urinish hatto bu "hazil" bo‘lgan taqdirda ham shunchaki ijtimoiy tarmoqlarda odamlarning reaksiyasi (layk, komment) yig‘ish uchun qilingan professional "trolling" .
What a straw man !
"Xalqaro darajadagi feministlarimiz qayoqqa qarashmoqda?" deb masalani sun’iy ravishda siyosiylashtirgan. Bu "Straw Man" (Somon odam) deyiladi. Ya’ni, raqibning (bu o‘rinda feministlarning) haqiqiy pozitsiyasini emas, balki o‘zidan to‘qib chiqarilgan absurd (bema’ni) bir holatni o‘rtaga tashlab, keyin uning ustidan kulyapti.
Qisqacha aytganda, bu post hech qanday intellektual qiymati yo’q, auditoriyani jahlini chiqarish orqali o‘z sahifasiga odam jalb qilmoqchi bo‘lgan. Kommentlar ichida ayollarni “femka” deb so’kkan, qanday kulishni bilmadim, o’zini lichkasiga yozdim javob yo’q. “Femka”ni menga tushintirib bersin aytinglar! Aytgancha faqat “o’qigan” deyilishlik uchun o’qiydiku qaydanam bilsin feminizm nimaligini. Din bilan o’nashishni qachon to’xtatadi bu xalq bilmadim.
Ko‘pchilik blogerlar uchun eng oson va ishonchli usul auditoriyaning diniy g‘ururi va hissiyotlariga teginish. feminizmni shunchaki "ayollar huquqlari" yoki "teng imkoniyatlar" deb qaramaydi, balki "an’anaviy qadriyatlarimizga, dinimizga qarshi qaratilgan g‘arbcha buzg‘unchi g‘oya" deb taqdim etishadi. Natijada odamlarda "Agar men feministni qo‘llasam, dinimga qarshi chiqqan bo‘laman" degan sun’iy va xato qo‘rquv paydo bo‘ladi. Chalasavodlar feminizm deyilganda masalaning mohiyatini xotin-qizlarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlikni kamaytirish, ta’lim olish imkoniyatini berish, majburiy nikohlarga chek qo‘yish yoki mehnat bozorida haq-huquqlarini himoya qilishni umuman tilga olishmaydi. Buning o‘rniga, radikal g‘arb madaniyatining ayrim chekka unsurlarini olib kelib, din qonun-qoidalariga urishtirishadi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi arzon "hype" ortidan quvib, jamiyatdagi jiddiy muammolarni sayoz hazillar bilan o‘yinchoq qilishni to‘xtatish kerak. (Nechta ayol o’lib bersin yana) Din ham, ayollar huquqlari ham bir-ikki sahifaga odam yig‘ish uchun ishlatiladigan instrument emas.
Kelinglar do’st inoq bo’lib yashaylik, har bir narsaga o‘z nomi bilan, kontekstini tushunib baho beraylik. O’qiylik, chinakamiga o’qing, nazariya ham o’qing badiiy asarni kallachangiz chaqa olmasa.

🔥26
If you think that you are clever, come to my graduate school department, they will show you hundred proofs that you are the most stupid person in the world)
🔥35
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Письмо к женщине” Yesenin sheri, Sergey Bezrukov o’qidi💌
❤14
Why_We_Sleep_Unlocking_the_Power_of_Sleep_and_Dreams_Matthew_Walker.pdf
3.7 MB
As I promised in instagram, here you are “Nega Uhlaymiz” by Matthew Walker.
Sog’ligizga ehtiyot bo’ling va albatta uhlang, men ham bir paytlar o’lsam to’yib uhlayman deydiganlar turidan bo’lganman, kallam devorga urulmaguncha. Turdiyev Davronbek gapirgandan keyin yurib ketayotgan yolimdan toxtab shu odam larga aytib qoyay menga o'xshab yotib qolmasin uhlamay yursa deb video qoysam boshlandi "aqlli kommentlar" . "6 soat yetadi "hamma harhil". Davronbekkayam shunaqa kommentlar kop kelgandan keyin yana video qoydi "o'lib ketlaring deganday. o'sha gap.NECH MARTA AYTAMAN TAJRIBA FACTMAS, MANA FAKT DESANG, YOOOOQ DEYDI. Asabim ko'tarmayapti, kommentlarni yopib turaman. Kuningiz go'zal otsin❤️

👍32
Four years ago, I watched a friend tell her four-year-old child that there was a baby in her belly. At the time, I warned her against saying that, pointing out that kids are naturally curious and might eventually ask how the baby got into her tummy in the first place.
Well, just this morning, karma caught up with me. Out of nowhere, Madina (5) hit me with the toughest question yet:
Madina: "How do people get a baby into their belly?"
Me: "I don't know..."
Madina: "You shouldknow. You’re a grown-up!"
Me:😁 "Let me think about it..." (panicking slightly) "Well, the doctors put the baby in by making a small cut in the tummy. Then, after nine months, they take the baby out the same way."
Madina: (eyes wide)"Oh, that sounds scary!"
Me: "Yeah, it is. So... do you want a little brother or a sister?"
Madina: "I’d rather just buy a dog if having a baby hurts that much."
It is just wild and terrifying. 😶🌫️How fast kids seem to process the world now compared to how we remember growing up.

😁33