Writer_minds
3.47K subscribers
111 photos
11 videos
20 files
33 links
Book reviews📚
Fikrlar💭
Triggers for living your every second @writer_minds
Shaxsiy: @abdusattarovanafisa
Download Telegram
​Beowulf ilk adabiyotlardan biri, Inglizlarni “Alpomish”i hisoblanadi. 600-700 yillarda og’zaki ijodda kuylanib, 10 asrda qog’ozga tushurilgan. Qog’ozga ham emas pergament charmga. Bu paytda esa Samarqandda dunyodagi eng sifatli qog’ozlar ishlab chiqarila boshlagan edi. Asar og’zaki kuylanayotgan davrda Anglo-saxonlar Angliyada hali kichik-kichik qirolliklarga bo’linib, vikinglar bosqinidan qo’rqib, yog’och uylarda yashab yurgan bir paytda, O’rta Osiyoda ulkan o’zgarishlar ketayotgan edi.Qutayba ibn Muslim boshchiligidagi arab qo’shinlari Movarounnahrni (Samarqand, Buxoro, Xorazm) zabt etayotgan edi. Bu davr mintaqada eski Zardushtiylik va Buddiylik an’analari o’rniga Islom madaniyati kirib kelayotgan o’tish davri edi.

Beowulfni yozma shakli davrida esa O’zbekiston hududida “Birinchi Renessans” bo’lgan. Buxoro va Samarqandda Abu Rayhon Beruniy va Ibn Sino kabi daholar yashab ijod qilgan. Beowulf sahifalaridagi voqealar botqoqlikdagi maxluqlar, tumanli dengizlar va yog'ochdan yasalgan mead-hall (bazm zallari) sodir bo'layotgan yani yozilayotgan vaqtda, O'rta Osiyo hududi dunyodagi eng rivojlangan, boy va ilmiy salohiyatli joy bo'lgan. Ibn Sino “Tib Qonunlarini yozayotgan edi. Beruniy esa yerning aylanasini hisoblab chiqayotgan edi. Qisqa qilib aytganda Anglo-saxonlar (hozirgi Buyuk Britaniya) endigina o'z tilida birinchi dostonlarini yozishni boshlaganida, bizning bobolarimiz sayyoralarning harakatini hisoblab, zamonaviy tibbiyotga asos solishayotgan edi.
Hozirgi kunda Xitoy Buyuk ipak yo’lini temir yo’l variantini tuzib chiqmoqda va 2026 yil birinchi reysni Azarbayjongacha yetishini reja qilgan. Dengizdan ko’ra quruqlikdagi bu “Iron Silk Road” 14 kunda yetib borishini hisobga olsak dengizdagi vaqtdan(30-40kun) ancha tez va bu O’rta Osiyo yana Savdo yo’liga tushishiga umid bermoqda.
O’zbekistonni yuqorilashayotgan aholisi, qazilma boyliklari(agar elitani qo’lida qolib ketmasa albatta), boshqa kapitalistik davlatlardagi tug’ulish soniga qaraganda tug’ilishni barqarorligi O’zbekistonni 2050-2060 larini meni ko’zimga juda muvaffaqiyatli ko’rsatyapti. Agar dunyo tinch turib tursa yoki geomintaqaviy yana kimnidir mustamlakasiga aylanib qolmasak, bachalarni rivojlangan kelajak kutyapti.

Beowulf haqida alohida yoziladigan asar. Deyarli barcha zamonaviy "fantaziya" janridagi asarlar (masalan, Tolkein Uzuklar hukmdori, Taxtlar o'yini) o'z ildizini Beowulfdan olgan

Nimaga O’zbekiston tarixiga ulavorganimni Hozir unconscious miyamdan so’rab ko’rsam,O’zbekistonlikman degani uyalasan shunga qachon faxr bilan Xuddi “men Londonda yashayman” degan dugonangdaqa o’ziga ishonch bilan aytarkinsan deb o’ylab eski sug’d tili keldi hayolingga. Eski sugd tili huddi ingliz tilidek savdogarlar uchun majburiy til bo’lgan. Sen ham ingliz tili emas o’zbek tili global til bo’lganda, uzbda tug’ulganing kamchilik emas “privilege” bo’lardi” kabi hayollar unconsciously and unapologetically miyyangdan o’tdi.
31
Sir Gawain and Green Knight

Doston tugadi. Youtubedagi harbitta bu asar haqidagi sharhlarni ham tugatdim va birdan Britaniyani Staffordshire Moorlands ga borgim kelib qoldi. Tabiatni men qadar sevadigan odam bo’lmasa kerak,Ser Gaveyn(siz bilgan qirol Arturni jiyani) va Yashil ritsar" dostonida Yashil cherkov (Green Chapel) haqida so'z boradi. Lud's Church doston tasvirlariga juda mos kelarkan. Dostonda bu joy "dahshatli, ichi bo'sh va o't-o'lan bilan qoplangan g'or" deb ta'riflangan.Lud's Church chuqurligi 18 metr, uzunligi esa 100 metrdan oshiq bo'lib, xuddi yer yorilib ketganga o'xshaydi.Devorlarning tepasidan pastigacha quyuq yashil yo'sinlar (Moss ) va paportniklar (fern) bilan qoplangan. Ular toshlarning yuzasini butkul yashirib turadi, shuning uchun siz o'zingizni toshlar orasida emas, balki yashil devorlar orasida turgandek his qilasiz. Bu joy meni boradigan joylarim ro’yhatiga kiritildi!
22
​Siz sevib eshitadigan Odam ato va Momo havo haqidagi sevimli hikoyangiz, qaydakim “momo havo shaytonni qayta qayta bolasini olib qoladigan va nihoyasida shayton inson qoniga kirib oladigan” asli uydirma va g’irt misogynistic hikoya. Yani ayol kishini “ahmoq” qilib ko’rsatish va shaytonni inson ichiga tushishiga sababchi” qilib ko’rsatilgan.

Misogyny bu ayollardan nafratlanish va ularni pastga urish. Ikkita gap bilan bu atamani tushuntirolmayman kutubxonaga kirsangiz 8 qator kitob topasiz bu atama haqida, o’qing kirib!!!!

Keyin Qissasi Rabg’uziyda Nosiriddin Rabg’uziyniki, “Moma havo Odam atoga yo’l ko’rsatib jannatdan quvilishimizga sababchi bo’lgan va shu uchun ayollarga jazo sifatida har oy hayz ko’rish berilgan” kabi uydirmalar bor. Rabg’uziy ham toza misogynist bo’lgan.
Kecha misogyny haqida qo’ygan videoga hatto “kitob o’qiydigan” yig’itlar ham meni kalaka qilganday komment qoldiribdi, to’g’risini aytsam ich ichimdan o’ksindim. Erkaklarni ayollarni yoqtirmasligiga yoki past sanashiga ananamiz shu qadar olib kelib qo’yganki huddi qoniga singib ketgan po’panakka o’xshab qolibdi. Yetuk ilm sohibi bo’lish faqat 4 ta kitob bilan emasligini hatto butun boshli kutubxona bilan emasligini yana bir bor amini bo’ldim. Morallari yo’q insonlarga achinaman va ulardan nihoyatda qo’rqaman hoh u dinsiz bo’lsin hoh dindor.
🔥42
Natsizmning Autshwitzdagi zulmni eng yuqori darajasini ko’rganlar Testimony, Memory, Travma nazariyasida hatto faylasuf Agambenda ham “Muselmann” atamasi bilan yoziladi. Yani concentration camp( konsentratsionniy lager)dagi o’limtik Yahudiylarni laqabi ”musulmon” (Muslim-man) bo’lgan. Ular nutqdan qolgan, o’lim va hayotni qizig’i qolmagan “nutritive” likka tushurilgan “zoe”(hayvon) ga aylantiriladi.
Intellectual racism shunaqangi kuchliki hatto sanoqli olimlar bu atamani so’roq ostiga qo’ygan ekan. Izlanib bitta Yale universitetidan maqola topdim.
Musulmonlarda Fatalism (fatalizmda ayblanishimiz o’zimizni aybimiz) ga ulagan mayda maqolalar va shuncha oyoqda turolmasdan nomoz o’qiganday tizzalab qolgan “skeletlar” ga alyangan “walking dead” bo’lgani uchun qabilidagi maqolalar (taniqsiz) ham bor ekan.
Ilm nimaga odamni ezadi bilasizmi? Ko’p haqiqatni bilib qo’yasiz…yani bu 2 milliard yer yuzidagi musulmonni tahqirlash, oddiy tahqirlash emas, akademik tahqirlash(slur)!!!!
Onasini emsin qaysi biriga siqilay
🔥23
Falastin va Suriyalik lekin hozir Berlin va Stokgolm oralig’ida yashovchi Ghayat Almadhounning “How I become” sherini tarjima qildim.
She’r boshida ayolning qayg‘usi "balkondan tushib sinishi"(suitsid), bu tinch hayotning, eski tartiblarning bir lahzada chil-chil bo‘lishidir. Urush boshlanganda, insonning eski muammolari, shaxsiy qayg‘ulari, o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Endi unga "yangi qayg‘u", ya’ni bosqin va qirg‘in keltirgan ulkan bir dard “kerak bo‘ladi” agar sherni ohirigacha so’zma so’z tahlil qilib ko’rsangiz nega bu shoirni ko’p va ho’p maqtashimni tushinib yetasiz!

Qanday qilib shoir bo‘ldim...
Uning qayg‘usi balkondan tushib ketdi-yu, chil-chil bo‘ldi. Endi unga yangi bir dard kerak. Men u bilan bozor aylanganimda, narx-navo aqlga sig’mas qadar baland ekanini ko‘rib, ishlatilganidan olishni maslahat berdim. Biz holati g‘oyat yaxshi, ammo biroz katta bir qayg‘uni topdik. Sotuvchining aytishicha, u o‘tgan yozda o‘z joniga qasd qilgan yoshgina shoirdan qolgan ekan. Unga bu dard ma’qul keldi, uni olishga ahd qildik. Narx ustida tortishayotganimizda, sotuvchi agar qayg‘uni olsak, oltmishinchi yillardan qolgan, garchand eskirgan bo‘lsa-da, bir ruhiy tushkunlikni tekinga berishini aytdi. Biz rozi bo‘ldik. Kutilmagan bu hadyadan ko‘nglim yorishganini sezgan hamrohim: ", Bu seniki bo‘la qolsin", dedi. Men uni sumkamga soldim-u, yo‘limizda davom etdik.
Oqshom tushgach, o‘sha tushkunlik esimga tushdi, sumkamdan chiqardim va sinchiklab ko‘zdan kechirdim. Yarim asrlik iste’molda bo‘lishiga qaramay, u hamon yuqori sifatli va yaxshi saqlangan edi. Chamasi, sotuvchi uning asl qadrini bilmagan, yo‘qsa, yosh shoirning xom-xatala qayg‘usi evaziga uni shunchaki qo‘shib bermasdi. Meni eng hayratga solgani, bu iztirobning ekzistensial mohiyati edi; u shunday mo‘jizakor va nozik detallar bilan yo‘g‘rilgan ediki, uning sohibi yo keng qomusiy bilimga ega ziyoli, yo sobiq mahbus bo‘lgani aniq edi.
Men bu iztirob bilan yashay boshladim va uyqusizlik mangu hamrohimga aylandi. Tinchlik bitimlarining ashaddiy xayrixohi bo‘lib qoldim, qarindosh-urug‘ni ziyorat qilmay qo’ydim. Javonlarim xotira kitoblari bilan to‘lib-toshdi, juda kam hollarda bo‘lmasa, deyarli gapirmaydigan, fikr bildirmaydigan bo‘ldim. Inson zoti men uchun millat va chegaralardan ulug‘vorroq tuyula boshladi. Butun borlig‘imni mahzun bir zerikish egallab oldi, ammo eng muhimi, men o‘zimning shoirga aylanganimni sezib qoldim.
24
Biz
G'o'shtlari yomg'ir tomchilari kabi havoda uchib, bo'laklarga bo'linib sochilib ketgan, biz, ushbu sivilizatsiyalashgan dunyoning barcha erkaklari ayollari va bolalaridan chin dildan uzr so'raymiz. Zero, biz ularning tinch va osuda xonodonlarida, ruxsatsiz, kutilmaganda paydo bo'lib qoldik. Kutilmaganda ularning qordek oppoq xotiralariga o'zimizning uzilib ketgan tana a'zolarimiz bilan muhrlanib qolganimiz uchun uzr so'raymiz. Ularning ko'z o'ngida "butun va normal inson" qiyofasini buzganimiz uchun, qonimiz va tana qoldiqlarimizdan bo'lak yalang'och holda axborotnomalar, internet sahifalari va matbuot nashrlariga odobsizlarcha to'satdan sakrab chiqganimiz uchun uzr so'raymiz.

Daxshatga tushishdan qo'rqib, jarohatlarimizga tik qarashga jurati yetmaganlardan va televizorda bizning yangi chiqib kelgan suratlarimizni ko'rib qolib , kechki ovqatini ohirigacha yeyolmay qolganlardan uzr so'raymiz.

Bizni ekranlarda ko'rsatishdan avval bo'laklarimizni yig'ib, qayta tiklashga urinishmagani, bizni bor holimizcha, hechqanday bezaklarsiz ko'rishga majbur bo'lganingiz va bu sababdan chekgan iztiroblaringiz uchun uzr so'raymiz. Shuningdek bizni parcha-parcha qilishga majbur bo'lib samalyot va tanklardagi tugmalarni bosib zahmat chekib qolgan Isroil askarlaridan ham uzr so'raymiz. Ular snaryad va bo'mbalarini bizning yumshoq boshlarimizga to'g'ri yo'naltirganlaridan so'ng naqadar hunuk ko’rinishga kelganimiz uchun uzr so‘raymiz. Jirkanch tana bo‘laklariga aylanganimiz tufayli va endi ular har gal uxlashga uringanlarida ta’qib qilayotganimiz uchun, ularning qaytadan avvalgidek inson bo‘lish ilinjida psixiatriya klinikalarida o‘tkazadigan soatlari uchun ham uzr so’raymiz.

Biz,siz ekranlarda va matbuotda ko‘rgan "narsalar"miz. Agar siz bu bo‘laklarni xuddi jumboq kabi birlashtirishga urinsangiz, ko‘z o‘ngingizda shunday aniq-ravshan manzara paydo bo‘ladiki, siz endi hech narsa qila olmay qolasiz.
By Ghayath Almadhoun.
🔥29
Bunisi Booom 💥

Lug‘aviy jihatdan “qasida” so‘zi arabchadan olingan bo‘lib, biror shaxsni, voqeani yoki g‘oyani maqtash uchun yozilgan yirik she’riy asarni anglatadi.
Lekin Ghayath Almadhoun quyidagi sherda "Qasida" (Ode) so‘zini ironiya yani kesatiq va istehzo maqsadida ishlatgan. Buni adabiyotda "teskari madh" deb ham atash mumkin. Ohirini kulminatsiyaga olib chiqgan yani Qasida so‘ngida biror talab yoki xulosa bo‘ladi. Shoirning talabi juda keskin, kutilmagan va falsafiy bir yakun!

Mahzunlik Qasidasi

Ey ko‘hna qit’a, Yevropa, Biz seni sevamiz. Nega seni ko‘hna deb atashlariga aqlim yetmaydi, axir Misr va Mesopotamiya bilan qiyoslaganda sen hali yoshsan-ku.
Seni sevamiz, Yevropa. Oq tanlilar kabi senga soliq to‘laymiz, sening ob-havoingdek o‘zgaruvchan kayfiyatingga va rutubatli qishlaring sabab bo‘lgan D vitamini tanqisligiga chidaymiz. Biz seni sevamiz va uzun qishlaringdagi bu g‘amgin zulmatga hech qachon ko‘nika olmasligimizdan mahzun bo‘lamiz. Zero, sening sovuq Shimolingda, Oriy onalar va otalardan tug‘ilgan "asl" yevropalik do‘stlarimiz ham xuddi biz kabi tushkunlik va D vitamini yetishmasligidan azob chekadilar. Chunki evolyutsiya nazariyasiga ko‘ra, ular ham Afrikadan kelgan "homo sapiens"lardir. Sening haqiqiy tub aholing, muzlik davrida sovuqlaringga bardosh berishga moslashgan Neandertallar esa allaqachon qirilib bitgan.
Biz seni sevamiz, Yevropa. Sen "qoloq uchinchi dunyo" deb ataydigan mamlakatlardan bag‘ringga kelganimizni inkor qilmaymiz. Men o‘zim Damashqdan keldim va sening yozuvchi-yu shoirlaringning qoliplari, stereotiplari va asossiz taxminlariga ko‘p duch keldim. O‘zimni feminist deb hisoblasam-da, Yaqin Sharqdagi ayollar ahvoli haqidagi doimiy, yuzaki savollaringdan bezib ketdim, to‘yib ketdim. Tan olaman, Suriyada ayollar saylov huquqini 1949-yilda qo‘lga kiritgan, ammo sening puling va bizning diktatorlarimizning maxfiy bank hisob raqamlari poytaxti bo‘lmish Shveytsariyada ovoz berish huquqini ayollar faqat 1971-yilga kelibgina olgan. Albatta, bu ham hamma kantonlarda emas: Appenzell Innerrhoden kantoni ayollarga to‘liq saylov huquqini 1991-yildagina berdi, Xudo xayringni bersin!

Biz seni sevamiz, Yevropa. Sening quchog‘ingga qochib kelganimizda bizga bergan erkinligingni sevamiz va sen mehmonxonani tozalayotganingda gilam ostiga supurib yashirmoqchi bo‘lgan irqchiligingni ko‘rmaslikka olamiz.
Biz seni sevamiz, Yevropa, mustamlakachilik o‘tmishining sohibasi, tub aholining qotili, Hindistondan Kongogacha, Braziliyadan Yangi Zelandiyagacha bo‘lgan xalqlarning qonini so‘ruvchisi. Inkvizitsiya bekasi, ayollarni jodugarlikda ayblab olovda yoqqan zolim, qora tanlilarni Yangi Dunyoga tashigan qul savdosining xonimi, Janubiy Afrikadagi aparteidning yaratuvchisi, fashizm va natsizmning asoschisi, Yahudiylarni qirish uchun "yakuniy yechim"ni o‘ylab topgan ixtirochi! Aynan o‘sha "yakuniy yechim" mening Damashqdagi Yarmuk lagerida qochqin bo‘lib tug‘ilishimga sabab bo‘lgan. Chunki sening Oriy irqi sofligiga ishonuvchi oq tanli aholing amalga oshirgan Holokost uchun to‘lov, tovon va "yechim" sifatida mening vatanim Falastinni tortiq qilishga jur’at etding.
Seni sevamiz, Yevropa. Sening pasportlaringni cho‘ntakda olib yuramiz, ular biz uchun eshiklarni xuddi sening o‘qlaring Fransuz inqilobi chorlagan erkinlikdan bahramand bo‘lishni istagan millionlab Jazoirliklar tanasini teshib o‘tganidek oson ochadi.
Biz seni sevamiz, Yevropa.
🔥20
Sening san’atingni sevamiz va mustamlakachilik tarixingdan nafratlanamiz; teatringni sevamiz va konsentratsion lagerlaringdan nafratlanamiz; musiqangni sevamiz va bombalaring ovozidan nafratlanamiz; falsafangni sevamiz va Martin Xaydeggerdan nafratlanamiz; adabiyotingni sevamiz va orientalizmdan nafratlanamiz; she’riyatingni sevamiz va Ezra Paunddan nafratlanamiz; o‘z chegaralaring ichidagi so‘z erkinligini sevamiz va Islomofobiyangdan nafratlanamiz; sening yuksak sivilizatsiyangni, dunyoviyligingni, odil qonunlaring va o‘z hududingdagi inson huquqlarini sevamiz va sening irqchiligingdan, ikkiyuzlamachiligingdan, kibrli qarashlaring hamda qonli tarixingdan nafratlanamiz.

Natsizmingni olda, bizga Immanuel Kantni ber.
"Qora ko‘ylaklilar"ingni olda, bizga Italyan vinosini ber.
Jazoirdagi genotsidingni olda, bizga Bodlerni ber.
Leopold II ni olda, bizga Rene Magrittni ber.
Adolf Gitlerni olda, bizga Xanna Arendtni ber.
Frankoni olda, bizga Servantesni ber.
Narsalaringni yig‘ishtirda, bizga o‘zimiznikini qaytarib ber.
🔥29
🇺🇸"I have led a toothless life," he thought. "A toothless life. I have never bitten into anything. I was waiting. I was reserving myself for later on— and I have just noticed that my teeth have gone." Jean-Paul Sartre

🇺🇿”Men tishsiz hayot kechirdim," deb o'yladi u. "Tishsiz hayot. Men hech narsani tishlab ham ko'rmadim. Men kutayotgan edim. O'zimni keyinroqqa asrab yurgan edim — va endi payqadimki, tishlarim to'kilib bo'libdi.
33
Bir choy bo’lsa…
Bir dolchin xidi urib turgan olmali pirog….
… va sen….
48
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qoyil! Endi meni tarjimam o’zbekcha ilk tarjima sifatida Ghayath Almadhounning rasmiy saytidan joy oldi. Habaringiz bor ushbu Falastin-Suriyalik shoirni 2 ta she’ri va bir qasidasini tarjima qilgan edim.

Sizdan nima so’rayman. She’rni o’qib bergan reelsimdagi kommentlar portlab ketdi, hamma Falastin uchun qo’lidan hechnarsa kelmasligi haqida yozgan. Qo’lingizdan ko’p narsa keladi. Qo’llab quvvatlang. Ghayath Almadhounga follow bo’ling, sherlarini o’qing, tarjima qiling, o’z sahifalaringizda joylang. Agar o’sha vaqtda faqat Mubashshir Ahmad emas butun xalq Falastinni qo’llab quvvatlash uchun “stand up” qilganda Mubashshir Ahmad qamalmasdi. Meni qo’limdan kelgani tarjima va yoyish, bu sizni ham qo’lizdan keladi! Jim turish bu intelectual narsistlik. Kitobni o’qib yig’lab yengizga artib ketaversangizu atrofingizdagi nohaqliklarga ko’zingizni chirt yumib jim yursangiz bu narsistlik bo’ladi, o’qiganingizu, ilmingiz befoyda!

googledagi official cite: https://www.ghayathalmadhoun.com/

@ghayathalmadhoun insta
41
​As I lay Dying by William Foulkner

Otamning
so‘nggi nafasiga guvoh bo‘lish bu ruhiyatimni butunlay o‘zgartirib yuborgan, hayot va o‘lim o‘rtasidagi parda naqadar yupqaligini ko‘rsatgan juda og‘ir tajriba bo’lgan.
Bunday voqeadan keyin Faulknerning “As I lay dying”( O’lim to’shagida) asarini qayta o‘qish mutlaqo boshqacha va ancha og‘riqliroq ta’sir qilsa kerak deb bu asarni qayta boshlamoqchiman. (Kamdan kam asarni 2 marta o’qiyman)

Asar Addi Bandren ismli ayolning vafoti va uning vasiyatini bajarish uchun oilasining qilgan mashaqqatli safari haqida. Addi o‘limidan oldin o‘zini tug‘ilib o‘sgan joyi Jefferson shahriga dafn etishlarini so‘raydi.
Uning eri Ansi va besh farzandi (Kesh, Darl, Jewel, Dyui Dell va Vardaman) onasining tobutini aravaga ortib, jazirama issiqda, suv toshqinlari va turli ofatlar ostida Jefferson sari yo‘l oladilar.
Asar nihoyatda vahimali yozilgan. O’lim shunday muddatki yoki o’lim to’shagida yotish shunday holatki endi uyerda so’zlar tugaydi. Ong osti oqimida yozilish sababi ham shudir balki. Menga eng yoqgan ong osti oqimi Addiniki edi. Addi hayotligida so‘zlarga ishonmagan. Uning fikricha, "sevgi", "qo‘rquv", "g‘urur" “gunoh” kabi so‘zlar shunchaki bo‘shliqni to‘ldirish uchun o‘ylab topilgan. U hayotning ma’nosini so‘zlarda emas, balki og‘riqda va qonda deb bilgan. Uning Jefferson shahriga ko‘milishni vasiyat qilishi sevgidan emas, balki eri Ansidan o‘ch olish istagidan tug‘ilgan.

Eng kichik farzand Vardamanning "My mother is a fish" degan bir jumlalik bo‘limi adabiyot tarixidagi eng mashhur qismlardan biri.(bu qismni chuqur tahlil qilsangiz non ustiga saryog’ tezis bo’ladi)

Har bir bo‘lim qahramonning xarakteriga mos so‘z boyligi bilan yozilgan. Masalan, Keshning (duradgor) bo‘limlari aniq, qisqa va tartibli, Darlniki esa falsafiy va murakkab. Bu darajadagi uslubiy mahorat Nobel qo‘mitasi uchun eng yuqori mezonlardan bo’lgan.

Bu asarni spoiler qilib qo’yishni hohlamayman. Ushbu Nobel mukofotini olgan asarni o’zingiz o’qishingizni qattiq hohlardim. Menimcha 30+ ga ko’proq yoqadi.
Nimaga 30+ dedim chunki bu yoshgacha o’lim uzoqdagi tumanli ko’rinmas, hatto sizgacha yetib kelmasdek abstract narsa bo’lib ko’rinadi. ( men 30chi tug’ulgan kunimni azadek kutib oldim:)) Ikkinchidan, 30 dan keyin yolg’izlik tushunchasi insonga shu yoshdan bo’y ko’rsatadi. Uchunchidan, masulyat yuki, oila kabi tushunchalarni (bazan o’likdan ko’ra tish og’riging kuchliligi kabilarni) yaxshi tahlil qila oladi.

Quotes;
“Mening onam baliq”

“Seni yaratish uchun ikkita odam, o’lishing uchun bir o’zing yetarlisan”

“Yashashdan maqsad uzoq vaqt o’lik yotishga tayyorgarlik ko’rish”

The reason you will not say it is, when you say it, even to yourself, you will know it is true”

“O’zbek tilidagi tarjimasini topa olmadim. Nahotki shunday asar tarjima qilinmagan” Qiziq?
12
Asardagi eng falsafiy fikrlovchi Darlni ong oqimini tarjima qilib bergim keldi sizlarga, lekin qo’rqamanki hiralashtirib qo’yishim mumkin.

In a strange room you must empty yourself for sleep. And before you are emptied for sleep, what are you. And when you are emptied for sleep, you are not. And when you are filled with sleep, you never were. I don't know what I am. I don't know if I am or not. Jewel knows he is, because he does not know that he does not know whether he is or not. He cannot empty himself for sleep because he is not what he is and he is what he is not. Beyond the unlamped wall I can hear the rain shaping the wagon that is ours, the load that is no longer theirs that felled and sawed it nor yet theirs that bought it and which is not ours either, lie on our wagon though it does, since only the wind and the rain shape it only to Jewel and me, that are not asleep. And since sleep is is-not and rain and wind are was, it is not. Yet the wagon is, because when the wagon is was, Addie Bundren will not be. And Jewel is, so Addie Bundren must be. And then I must be, or I could not empty myself for sleep in a strange room. And so if I am not emptied yet, I am is.

How often have I lain beneath rain on a strange roof, thinking of home.
🔥19
100 ta it sharpaga qarab hursa sharpa haqiqiymikin deb o’ylab qolasan
❤‍🔥37
Eshigingni yopmay ketaman…….
34
​. Ko’p narsalar yozmoqchi edim “Aljernon uchun gullar” haqida, lekin hozir shunchaki devorga qarab devorqog’ozdagi shakllar bo’ylab ko’zimni yurgizib ularni sanab chiqsamda sizga tagiga chizib chiqgan misralarimni tarjimasini ulashsam


• "Qaysi biri yomonroq ekanini bilmayman: o‘zligingni anglamasdan baxtli bo‘lishmi yoki doim orzu qilgan odamingga aylanib, o‘zingni yolg‘iz his qilishmi?"

• "Men qo‘rqaman. Hayotdan, o‘limdan yoki yo‘qlikdan emas, balki hayotimni xuddi hech qachon yashamagandek besamar o‘tkazib yuborishdan qo‘rqaman."

• "Kitoblar, musiqa va men o‘ylashim mumkin bo‘lgan narsalar borligi uchun Xudoga shukur."

• "Intellekt (aql-idrok) — insonning eng buyuk tuhfalaridan biri. Ammo ko‘pincha bilimga bo‘lgan intilish mehr-muhabbatga bo‘lgan ehtiyojni siqib chiqaradi. Buni yaqinda o‘z tajribamda kashf qildim. Men buni sizga gipoteza sifatida taqdim etaman: Mehr berish va qabul qilish qobiliyatidan mahrum bo‘lgan aql-idrok aqliy va axloqiy tanazzulga, nevrozga va hatto psixozga olib keladi. O‘z-o‘ziga mahliyo bo‘lgan va insoniy munosabatlardan voz kechgan aql faqat zo‘ravonlik va azobga yetaklaydi."

• "Agar odamlarga ustingizdan kulishga ruxsat bersangiz, do‘st orttirish oson kechadi." (Izoh: Bu qahramonning aqli zaif bo‘lgan davridagi sodda qarashlari)

• "Endi tushunib yetdimki, kollejga borish va ta’lim olishning muhim sabablaridan biri — butun umr ishonib kelgan narsalaringiz aslida haqiqat emasligini va hech narsa ko‘ringandek bo‘lmasligini anglashdir."

• "Qanchalik g‘alati: o‘zini samimiy va madaniyatli hisoblaydigan, qo‘lsiz-oyoqsiz yoki ko‘zi ojiz tug‘ilgan odamni kamsitishni xayoliga ham keltirmaydigan kishilar — aqli zaif odamni haqorat qilishni hech qanday ayb deb bilishmaydi."
🥰30
Faust va Malta Yahudiysi.

Kristofer Marloning (16-asr) qahramonlarini kuzatib bir narsaga amin bo‘ldim: uning qahramonlari shunchaki yovuz qahramonlar emas, ular juda aqlli yovuzlar(Makiavellian qahramon deb ham ataladi, asar boshidagi Makiavelli alohida mavzu). Ular o‘z gunohlarini oqlash uchun dunyodagi eng qudratli narsadan yani muqaddas matnlardan foydalanishadi. Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz, Doktor Faust ham, "Malta yahudiysi"dagi Barabas ham o‘z yo‘lini oqlash uchun Injil va Tavrotni shunday ustalik bilan "qirqib" olishadiki, natijada haqiqat teskarisiga aylanib qoladi.

Faustning dastlabki monologini o‘qisak, uning naqadar katta mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yganini ko‘ramiz. U Injildan: "Gunohning evazi o‘limdir" degan gapni o’qiydi va to‘xtaydi. Keyin esa: "Agar bizda gunoh yo‘q desak, o‘zimizni aldaymiz" degan jumlani topadi. Uning xulosasi shunday: "Demak, baribir gunoh qilamiz, baribir o‘lamiz. Unda hammasiga qo‘l siltab, sehrgarlik bilan shug‘ullanganim ma’qul!" Demak shaytonni maqsadi insonga gunohni qildirishdanam ko’ra, “endi orqaga yo’l yo’q dalshe davom etamiz” deyish ekan. Bu yerda Faustning "aqlli" hiylasini ko‘rib turibmiz. U o‘zi iqtibos keltirgan jumlalarning ikkinchi yarmini qasddan tashlab ketadi. Injilning o‘sha joyida, "...lekin Xudoning inoyati abadiy hayotdir" yoki "...agar gunohlarimizga iqror bo‘lsak, U bizni kechiradi" degan davomi bor edi. Faust kechirimlilikni emas, o‘limni tanlaydi, chunki unga o‘z mutakabbirligi (mag‘rurligi) kibri uchun bahona kerak edi.

Endi Barabasga Keladigan bo’lsak: U o‘z boyliklari haqida gapirganda: "Bu yahudiylarga va’da qilingan baraka, Ibrohim alayhissalomning baxti mana shunda edi", deb maqtanadi: Men tanlanganman, men kitob egasiman, men Xristianlardan ustunman, men cho’chqa yeydiganlardan ustunman. U dengizdagi kemalarini va sandiqdagi tilla tangalarini ilohiy bir lutf sifatida talqin qilib maqtanadi. Bu yerda ham o‘sha tanish uslub: Barabas muqaddas bitiklarning faqat moddiy muvaffaqiyat haqidagi qismini oladiyu, lekin o‘sha barakaga loyiq bo‘lish uchun talab qilinadigan ma’naviy poklikni, insoniylikni, mehr muruvvat va sevgini unutadi. U "Men Xudo tanlagan bandaman, demak, nima qilsam ham boyligim mening haq ekanligimga dalil" degan mantiq bilan ish tutadi. U boylikni ma’naviy mezon qilib oladi, vaholanki, uning qilayotgan ishlari (aldov, qotillik) u da’vo qilayotgan muqaddas qadriyatlarga mutlaqo zid bo’lgan.

Sourse of attached picture: RSC SPECIAL: DIRECTOR JUSTIN AUDIBERT ON THE JEW OF MALTA
20
Eyfel minorasini ijtimoiy tarmoqlarda ko’rib qolsam Ghayath Almadhounni o’sha gapi esimga tushadi: “Men Jazoirdan o’g’irlangan temirdan qurilgan Eyfel minorasi oldida rasmga tushaman”
👏33