Writer_minds
3.47K subscribers
111 photos
11 videos
20 files
33 links
Book reviews📚
Fikrlar💭
Triggers for living your every second @writer_minds
Shaxsiy: @abdusattarovanafisa
Download Telegram
​Hello Geniuses

O’tgan safar aytgan Empire nazariyasidagi tizimdagi qullikdan chiqishni misollar orqali o’rgataman. Bu ilmiy tilda Exodus deyiladi.
Ijtimoiy tarmoqni o’chiring, ishdan bo’shang, toqqa chiqib keting. Albatta bunday qila olmaysiz. Mayli Instagram ishlating lekin hamma qo’yayotgan postlarni qo’ymang, hohlasangiz yerni rasmga olib yerni qo’ymaysizmi, algaritm hohlagan narsani emas, o’zingiz hohlagan narsani ulashing. Va doim bahtingizni emas(masxaraboz emassizku) muammolaringizni ham ulashing, haqiqatni nega yashirasiz ahir, faqat sizni bahtli ko’rishlari uchunmi? Va hasad qilishlari uchunmi?
Keyingisi, Global citizens bo’lish yani millatchilik va chegaralarni rad qilib dunyoni istalgan hududida yashash
Keyingisi ikki soat yoki 3 soat tabiat qo’ynida vaqt o’tqazing. O’z o’zidan inperiyadan tizimdan tashqarida bo’lasiz.
Keyingisi urban gardening yani bog’dorchilik. Do’konda ovqat tugasa och qolamiz deysiz asli oldin do’konlar bo’lmagan. Yevropada hozir ko’p qavatli uylarda ham hatto jamoaviy bog’lar yaratilyapti hoh u tomda bo’lsin hoh uy ichida kichik parniklarda bo’lsin pamidordan tortib kashnichgacha o’zlari yetishtiradigan insonlar ko’p.
Keyingisi slow movement yani sekinroq yashash, tizim sizdan hamma bilan musoboqa o’ynashingizni hohlaydi siz o’ynaman. Siz ko’chadan ovqat olishni o’rniga yani fast foodlar o’rniga uyda ovqat tayorlaysiz kunlab balki haftalab ijtimoiy tarmoqlaringizni o’chirasiz va oilangiz va sevganlaringiz bilan maroqli vaqt o’tkazishga intilasiz bu bilan kapitalizmga vaqtni sotmaslikni o’rganasiz.
Va eng asosiysi keraksiz narsalarni sotib olmang. Reklama qilinayotgan har bir narsa ishlatilishi shart degani emas, misol uchun Dyson soch qurutgichi.
List may go on……
3
Biz "o'z millatimiz" uchun qayg'urayotganimizda, aslida bizni boshqarayotgan va ekspluatatsiya qilayotgan tizimni mustahkamlayotgan bo'lishimiz mumkin. Millatchilik (misol uchun “o’zbek” )— bu erkin subyektlarni (Multitude) jilovlash uchun o'ylab topilgan eng "mukammal" tuzoqdir.

Hardt va Negri (aynan shunday demagan, hulosam shu, agar nazariyani o’zini yozib qoysam tushunarsiz bo’lib qoladi)

Meni qo’limdan telni olib qo’yinglar😂
Empire kitobidan (bazi boblardan) olgan notelarim:

Davlatni Mualliflar modernizm inqiroziga berilgan birinchi siyosiy yechim deb atashadi. Bu yechim inson erkinligini tartib va xavfsizlik evaziga "sotib yubordi".

Xalq (People): Bu — Gobbs va keyingi davlatlar tushunchasi. Xalq — bu bitta irodaga (suverenga) bo‘ysundirilgan, endi o‘zining alohida fikri bo‘lmagan yagona "massa".

Davlatda Tarixiylik: Davlat o'zining kelib chiqishi va tuzilishini o'zi, tarixiy jarayonlar (urushlar, boshqaruv) orqali quradi.

Davlat — bu tartibni saqlash uchun o'ylab topilgan zo'ravonlik mashinasi. Biz buni anglaganimizdagina, tizimning "hayoliy" birligidan chiqib, o'z erkinligimizni (Multitude) qidira boshlaymiz.

Millat tushunchasi — bu go'yoki hamma narsani birlashtiruvchi "sehrli tayoqcha". Lekin aslida u insonlarning bir-biri bilan erkin (millatsiz, chegarasiz) bog'lanishiga to'sqinlik qiluvchi burjuacha mexanizm.

Subaltern xarakter. Mustamlakaga qarshi turish uchun o’zbek atamasi muhim edi. Lekin… Biz bir millatimiz, hamma bir xil bo'lishi kerak" degan g'oya tashqi bosimga qarshi tursa-da, ichkarida shaxsiy erkinlikni o'ldiradi.

Natsional suverenlikni yoki millat atamasini qanchalik vahshiy yo’lga olib kelinganligini Germaniya Natsizmida va Stalin Rassiyasida ko’rdik. Yani Milliy davlat o'zining cho'qqisiga chiqqanda (totalitarizm), u o'z xalqidan mutloq itoatkorlikni talab qiladi va "bizdan bo'lmaganlarni" yo'q qilishga kirishadi. Mualliflar bu jarayonni modernizmning (zamonaviylikning) fojiasi va sharmandasi deb atashadi.

Mustamlakachi o'zini "sivilizatsiyalashgan" deb hisoblashi uchun, u qarshisidagi insonni (mustamlakadagi shaxsni) o'zining mutloq teskarisi deb tasvirlashi kerak. Ya'ni, mustamlakachi o'zini "normal" deb ko'rsatish uchun "Boshqa"ni (Other) g'ayritabiiy qilib ko'rsatadi. Misol qora tanli-oq tanli. Qora soch, sariq( meni rijiy deb kulishardi ustimdan)

Yevropalik o'zining "yaxshi", "odobli" va "madaniyatli" ekanligini bilishi uchun unga doim o'sha "yomon", "vaxshiy" va "axloqsiz" deb tamg'alangan qul kerak.

Hardt va Negrining fikricha, bugungi kunda hokimiyat (dushman) o'z qiyofasini butunlay o'zgartirgan. Agar siz eski dushmanga (masalan, klassik milliy mustamlakachilikka) qarshi kurashaversangiz, ko'z oldingizda shakllanayotgan yangi global nazorat tizimini sezmay qolasiz.
💊1
Rasmdagi bitta finjon kofe emas, Hot Chocolate. Atnasheniyam tugadi kofe bilan😄

Hmm meham kitob bosaman Abdusattarova Nafisa, PhD title bilan)
5
Audio
1
Agar hechqachon yozmasangiz, yozib ko’rmasangiz, qachalik rasvo fikrlashingizni yoki qanchalik chiroyli fikrlashingizni bila olmaysiz. Va siz buni bilib olishingiz kerak, hatto nimani yozganingizni hechkim ko’rmasada.
6
Current read💌
1. Michel Foucault. Society Must Be Defended
(Lectures at the Collège de France, 1975–1976)
2. Chakrabarty, Dipesh. “The Climate of History: Four Theses.” Critical Inquiry, Vol. 35, No. 2, 2009, pp.
197-222.
3. Eric Hayot. The Elements of Academic Style
4. The Routledge Companion to Literature and Trauma. 2020
5. Writing History, Writing Trauma By Lacan
6. Research Methods for English Studies
7. Human Acts by Hang Kang
8. We Do Not Part by Hang Kang
1
Yelkasiga kitob ortgan eshshaklar

Gajakdor so’zlarni bilish, so’zga usta bo’lish, ko’plab kitoblar o’qish sanatga oshno bo’lish, sher yozish insonni boshqalardan ko’ra ahloqiy ustunligini isbotlaydimi. Qisqa javobim: Yo’q!

Tarixda Poststrukturalizmning “buyuk” namoyondasi De Man Germaniya Natsizm hukumati uchun maqolalar yozib berganligi ommaga keyinchalik namoyon bo’ladi va qat qat sharmanda bo’ladi. Tasavvur qiling yaxshilik va moral axloq haqida bot bot maqolar yozib buyog’dan fashizmni qo’llab quvvatlash bir olim kishining ishimi?

Aesthetic appreciation yani yaxshi o’qirman bo’lish bilan ethical action yani yaxshi inson bo’lish bu boshqa boshqa tushunchalar. Juda ko’p insonlar devil’s advocate yani ataylab qarshi tomonni nohaq, ishonchi komil bo’lmasada himoya qiluvchi kishilar bo’ladi bular orasida ko’p kitob o’quvchilar ham bor. Bazi o’qirmanlar shunchaki texnik tilni yaxshi tushunadi, metaforalarni analiz qila oladi, yaxshigina nazariy ilmi bor, Kant deysizmi, Nitshe deysizmi hohlagan olimingiz haqida gapirib berishi mumkin lekin siz Xalokost( yaxudiylar qirg’ini) haqida yaxshi sher yozganingiz sizni qo’shningizga har kuni yordam beradigan inson ekanligingizni bildirmaydi. Qulay stolda o’tirib kimnidir dardi uchun kitobga ko’z yoshlaringizni oqizishingiz ham sizni axloqiy ustunligingizni, chuqur, aqlliligingizni ko’rsatmaydi.
Balki bazi kishilar kitobni o’zlarini intelektual narsistliklarini yana bir bor o’zlariga isbotlash uchun qilishlari mumkin. Yani “men buni o’qib yig’layapman men juda yaxshi va empat insonman” degan tuyg’u ichingizdan o’tsa va lekin kitob ichidagi travma survivorni holati bilan ishingiz bo’lmasa bu muammoni yig’labgina “yechib qo’ysangiz” va atrofingizdagi insonlarga munosabatingiz yomonligicha qolsa siz intelektual narsistsiz. Ro’parangizdagi inson yig’lab tursa, siz kulib tursangiz yoki “qo’y yig’lama” “aytmay qo’ya qol”, “kuchli bo’l” “hammani boshida bor” “seni travmangni yuz foiz tushunaman” desa bir kishi demak befarosatdir, kitob o’qish uyoqda tursin.

Yaxshi inson, moral, decent , ahloqiy ustun inson bo’lish uchun o’qish yetarli emas, o’qish boshlang’ich nuqta, lekin buniyam qilish qiyin hozir, o’qilsa ham “aqlli” inson bo’lish uchun o’qiladi va qarabsizki siz olim deb o’ylagan ro’parangizdagi kimsa, bir insonni olovda yoqsalar qarsak chalib turadi.

Kitob: The Routledge Companion to Literature and Trauma.2020
1🔥3
Bog’ingni gullab yashnamayotganini sababi, har safar bir gul unganda, uni kesib birovlarga tutqazyapsan va bog’bonligingni shu bilan isbotlamoqchi bo’lyapsan.
🔥14
​Professional yozish bo’yicha Eric Hayotdan Uneven U strukturasiga Jinoyat va Jazoni bir paragrafga solib ko’ramiz:

Jinoyat va jazo" bo‘yicha "Notekis U" namunasi:

(Level 4) Raskolnikovning jinoyati shunchaki moddiy ehtiyojdan tug‘ilgan harakat deb emas balki inson irodasining chegaralarini sinab ko‘rishga bo‘lgan metafizik urunish deb qarash to’g’riroq bo’ladi. (Level 3) Bu urinish muallif tomonidan "oddiy odamlar" va "o‘zgacha insonlar" o‘rtasidagi farq haqidagi Nitshening va boshqalarning sovuq nazariyasiga asoslanadi. (Level 2) Masalan, Rodion kampirni o‘ldirishdan oldin o‘zining "Napoleon" kabi buyuk shaxslarga o‘xshash-o‘xshamasligini tinimsiz tahlil qiladi. (Level 1) U o‘ziga: "Men bir qaltiraydigan jonzotmanmi yoki biron huquqqa egamanmi?" degan savolni qo’yadi. (Level 3) Bu savol jinoyatning asosi pulsizlik emas, balki ma'naviy kibr ekanligini tasdiqlaydi. (Level 4) Dalillar shuni ko‘rsatadiki, qotillik sodir etilganidan so‘ng boshlangan ruhiy azoblar nazariyaning amaliyotda mag‘lub bo‘lganini anglatadi. (Level 5) Oxir-oqibat, Dostoyevskiy bu orqali har qanday g‘oyaviy kibr insoniy tabiat , ahloqiylik(morality) va vijdon qonunlari oldida ojiz ekanligini isbotlagan
8
Freydni ushbusida “traumatic neuroses” atamasi bor bu atama hozirgi kunda PTSD(Post traumatic stress disorder) deb ataladi. Compulsion to repetition atamasini tushuntirgan boshida yani inson hamma o’tmishdagi, muammolarini qaytarishi. Yana oddiyroq qilib aytganda misol “ota onasi tashlab ketgan kishi o’zini shunday tutadiki uni hamma tashlab ketadi”, yoki bir ayol 3 marta turmush quradi uchala eri ham kasal bo’lib to’shakka mihlanadi.

Lekin hozir traumatic neurosis haqida gapirmoqchiman. Bostirilgan travma tush yoki flashback bilan qaytishi mumkin. Tushlar Tabiri asarida Freyd; “Har bir tush amalga oshmagan istakning qondirilishi” hattoki u nightmare (daxshatli tush) bo’lsada”.

Ko’p bor vafot etgan kishilarimni “qabrdan kovlab olishimni” tush ko’raman. Tushinishimcha menda bir katta istak bor, tugallanmagan suhbatlar istagi; qabrdan ular kuylagan qo’shiqlar esa meni ular bilan qanchalik manaviy bog’liqligimni va o’lim, aza travmasini nazorat qilishga urinayotgan ongni naqadar kuchli ekanligini ko’rsatadi
32
​Beowulf ilk adabiyotlardan biri, Inglizlarni “Alpomish”i hisoblanadi. 600-700 yillarda og’zaki ijodda kuylanib, 10 asrda qog’ozga tushurilgan. Qog’ozga ham emas pergament charmga. Bu paytda esa Samarqandda dunyodagi eng sifatli qog’ozlar ishlab chiqarila boshlagan edi. Asar og’zaki kuylanayotgan davrda Anglo-saxonlar Angliyada hali kichik-kichik qirolliklarga bo’linib, vikinglar bosqinidan qo’rqib, yog’och uylarda yashab yurgan bir paytda, O’rta Osiyoda ulkan o’zgarishlar ketayotgan edi.Qutayba ibn Muslim boshchiligidagi arab qo’shinlari Movarounnahrni (Samarqand, Buxoro, Xorazm) zabt etayotgan edi. Bu davr mintaqada eski Zardushtiylik va Buddiylik an’analari o’rniga Islom madaniyati kirib kelayotgan o’tish davri edi.

Beowulfni yozma shakli davrida esa O’zbekiston hududida “Birinchi Renessans” bo’lgan. Buxoro va Samarqandda Abu Rayhon Beruniy va Ibn Sino kabi daholar yashab ijod qilgan. Beowulf sahifalaridagi voqealar botqoqlikdagi maxluqlar, tumanli dengizlar va yog'ochdan yasalgan mead-hall (bazm zallari) sodir bo'layotgan yani yozilayotgan vaqtda, O'rta Osiyo hududi dunyodagi eng rivojlangan, boy va ilmiy salohiyatli joy bo'lgan. Ibn Sino “Tib Qonunlarini yozayotgan edi. Beruniy esa yerning aylanasini hisoblab chiqayotgan edi. Qisqa qilib aytganda Anglo-saxonlar (hozirgi Buyuk Britaniya) endigina o'z tilida birinchi dostonlarini yozishni boshlaganida, bizning bobolarimiz sayyoralarning harakatini hisoblab, zamonaviy tibbiyotga asos solishayotgan edi.
Hozirgi kunda Xitoy Buyuk ipak yo’lini temir yo’l variantini tuzib chiqmoqda va 2026 yil birinchi reysni Azarbayjongacha yetishini reja qilgan. Dengizdan ko’ra quruqlikdagi bu “Iron Silk Road” 14 kunda yetib borishini hisobga olsak dengizdagi vaqtdan(30-40kun) ancha tez va bu O’rta Osiyo yana Savdo yo’liga tushishiga umid bermoqda.
O’zbekistonni yuqorilashayotgan aholisi, qazilma boyliklari(agar elitani qo’lida qolib ketmasa albatta), boshqa kapitalistik davlatlardagi tug’ulish soniga qaraganda tug’ilishni barqarorligi O’zbekistonni 2050-2060 larini meni ko’zimga juda muvaffaqiyatli ko’rsatyapti. Agar dunyo tinch turib tursa yoki geomintaqaviy yana kimnidir mustamlakasiga aylanib qolmasak, bachalarni rivojlangan kelajak kutyapti.

Beowulf haqida alohida yoziladigan asar. Deyarli barcha zamonaviy "fantaziya" janridagi asarlar (masalan, Tolkein Uzuklar hukmdori, Taxtlar o'yini) o'z ildizini Beowulfdan olgan

Nimaga O’zbekiston tarixiga ulavorganimni Hozir unconscious miyamdan so’rab ko’rsam,O’zbekistonlikman degani uyalasan shunga qachon faxr bilan Xuddi “men Londonda yashayman” degan dugonangdaqa o’ziga ishonch bilan aytarkinsan deb o’ylab eski sug’d tili keldi hayolingga. Eski sugd tili huddi ingliz tilidek savdogarlar uchun majburiy til bo’lgan. Sen ham ingliz tili emas o’zbek tili global til bo’lganda, uzbda tug’ulganing kamchilik emas “privilege” bo’lardi” kabi hayollar unconsciously and unapologetically miyyangdan o’tdi.
31
Sir Gawain and Green Knight

Doston tugadi. Youtubedagi harbitta bu asar haqidagi sharhlarni ham tugatdim va birdan Britaniyani Staffordshire Moorlands ga borgim kelib qoldi. Tabiatni men qadar sevadigan odam bo’lmasa kerak,Ser Gaveyn(siz bilgan qirol Arturni jiyani) va Yashil ritsar" dostonida Yashil cherkov (Green Chapel) haqida so'z boradi. Lud's Church doston tasvirlariga juda mos kelarkan. Dostonda bu joy "dahshatli, ichi bo'sh va o't-o'lan bilan qoplangan g'or" deb ta'riflangan.Lud's Church chuqurligi 18 metr, uzunligi esa 100 metrdan oshiq bo'lib, xuddi yer yorilib ketganga o'xshaydi.Devorlarning tepasidan pastigacha quyuq yashil yo'sinlar (Moss ) va paportniklar (fern) bilan qoplangan. Ular toshlarning yuzasini butkul yashirib turadi, shuning uchun siz o'zingizni toshlar orasida emas, balki yashil devorlar orasida turgandek his qilasiz. Bu joy meni boradigan joylarim ro’yhatiga kiritildi!
22
​Siz sevib eshitadigan Odam ato va Momo havo haqidagi sevimli hikoyangiz, qaydakim “momo havo shaytonni qayta qayta bolasini olib qoladigan va nihoyasida shayton inson qoniga kirib oladigan” asli uydirma va g’irt misogynistic hikoya. Yani ayol kishini “ahmoq” qilib ko’rsatish va shaytonni inson ichiga tushishiga sababchi” qilib ko’rsatilgan.

Misogyny bu ayollardan nafratlanish va ularni pastga urish. Ikkita gap bilan bu atamani tushuntirolmayman kutubxonaga kirsangiz 8 qator kitob topasiz bu atama haqida, o’qing kirib!!!!

Keyin Qissasi Rabg’uziyda Nosiriddin Rabg’uziyniki, “Moma havo Odam atoga yo’l ko’rsatib jannatdan quvilishimizga sababchi bo’lgan va shu uchun ayollarga jazo sifatida har oy hayz ko’rish berilgan” kabi uydirmalar bor. Rabg’uziy ham toza misogynist bo’lgan.
Kecha misogyny haqida qo’ygan videoga hatto “kitob o’qiydigan” yig’itlar ham meni kalaka qilganday komment qoldiribdi, to’g’risini aytsam ich ichimdan o’ksindim. Erkaklarni ayollarni yoqtirmasligiga yoki past sanashiga ananamiz shu qadar olib kelib qo’yganki huddi qoniga singib ketgan po’panakka o’xshab qolibdi. Yetuk ilm sohibi bo’lish faqat 4 ta kitob bilan emasligini hatto butun boshli kutubxona bilan emasligini yana bir bor amini bo’ldim. Morallari yo’q insonlarga achinaman va ulardan nihoyatda qo’rqaman hoh u dinsiz bo’lsin hoh dindor.
🔥42
Natsizmning Autshwitzdagi zulmni eng yuqori darajasini ko’rganlar Testimony, Memory, Travma nazariyasida hatto faylasuf Agambenda ham “Muselmann” atamasi bilan yoziladi. Yani concentration camp( konsentratsionniy lager)dagi o’limtik Yahudiylarni laqabi ”musulmon” (Muslim-man) bo’lgan. Ular nutqdan qolgan, o’lim va hayotni qizig’i qolmagan “nutritive” likka tushurilgan “zoe”(hayvon) ga aylantiriladi.
Intellectual racism shunaqangi kuchliki hatto sanoqli olimlar bu atamani so’roq ostiga qo’ygan ekan. Izlanib bitta Yale universitetidan maqola topdim.
Musulmonlarda Fatalism (fatalizmda ayblanishimiz o’zimizni aybimiz) ga ulagan mayda maqolalar va shuncha oyoqda turolmasdan nomoz o’qiganday tizzalab qolgan “skeletlar” ga alyangan “walking dead” bo’lgani uchun qabilidagi maqolalar (taniqsiz) ham bor ekan.
Ilm nimaga odamni ezadi bilasizmi? Ko’p haqiqatni bilib qo’yasiz…yani bu 2 milliard yer yuzidagi musulmonni tahqirlash, oddiy tahqirlash emas, akademik tahqirlash(slur)!!!!
Onasini emsin qaysi biriga siqilay
🔥23