Writer_minds
3.47K subscribers
112 photos
11 videos
20 files
33 links
Book reviews📚
Fikrlar💭
Triggers for living your every second @writer_minds
Shaxsiy: @abdusattarovanafisa
Download Telegram
​ John Miltonning “Yo’qotilgan Jannati”da ikkita juda katta go’ya bor. Birinchisi Xudoni borligini isbotlash. Ikkinchisi doimiy beriladigan savolga javob berish; “Xudo xamma narsani biluvchi zot bo’lsa nega Odam (Adam) va Havvo (Eve) quvilishiga yo’l qo’yib berdi. Javob; insonda tanlov bor. Ingliz tilida bu free will deyiladi. Agar Paradise Lostni Xristian dini mavzusi o’laroq yozilgan desak, Xristianlarda  shayton va Islomdagi shaytonni qiyoslamoqchiman(only based on till book2 ).

Milton qalamiga mansub Iblis shunchaki yovuzlik timsoli bo’libgina qolmay, balki u mag’rurlik va isyonning lirik qahramonidir. Uning tabiati va Islomdagi Shayton o’rtasidagi farqlardan bittasi Iroda va Kibr.
Miltonning asarida Iblis Xudoga qarshi "tenglik" da’vosi bilan chiqadi. U osmondagi iyerarxiyani qabul qilolmaydi va "Jannatda qul bo’lgandan ko’ra, Jahannamda sulton bo’lish afzal" degan falsafani ilgari suradi. Bu siyosiy va intellektual isyon.
Islomiy talqinda esa Iblisning isyoni "Odam" fitratiga, ya’ni tuproqdan yaralgan mavjudotga sajda qilishdan bosh tortishidir. Miltonda Iblis bevosita Xudoning taxtiga ko’z tikkan bo’lsa, Islomda u insonning mukammalligini tan olmaydi. Har ikki holatda ham mushtarak nuqta kibr bo’lib, u ilohiy ne’matdan mahrumlikka sabab bo’ladi.

"Free Will" (Iroda Erkinligi) va Mas’uliyat masalasiga kelsak, insoniyat o’z taqdirining "muayyan" qismida tanlovga ega emas (muhit, irq, tug’ilish). Biroq Milton Iblisni ham, Odamni ham "erkin yaratilgan, ammo og’ishga moyil" (free to fall) deb tasvirlaydi. Miltonning Iblisi: O’z tanlovi bilan jahannamni tanlaydi. Uning fojiasi shundaki, u tavba qilish imkonini o’z kibri bilan bo’g’ib tashlaydi. Islomdagi iblis esa qiyomatga qadar muhlat so’raydi va bu muhlat ichida insonlarni yo’ldan urishni o’ziga maqsad qiladi. Ya’ni, islomiy talqinda Shayton inson irodasini sinovdan o’tkazuvchi bir "vosita"ga aylanadi.
Miltonning mahorati shundaki, u 1- va 2-kitoblarda Iblisni haybatli, notiq va matonatli qiyofada chizadi. U mag’lub bo’lsa-da, ruhini cho’ktirmaydi. Bu akademik nuqtayi nazardan qaraganda, antik grek tragediyalaridagi qahramonlarni eslatadi.
Islomiy manbalarda esa Shayton hech qachon "qahramon" sifatida namoyon bo’lmaydi. U makkor (vasvasachi) va tubanlik timsolidir. Miltonning asarida biz Iblisning ichki iztiroblarini, uning boy berilgan jannatga bo'lgan hasratini ko'ramiz, islomiy matnlarda esa asosiy urg'u uning dushmanligi va adashganligiga beriladi.

Miltonning Iblisida Beelzebub
Ismli o‘ng qo‘li bo’ladi. U barcha avvalgi takliflarni rad etib(Pandemoniumda yig’ilgan iblislarni takliflari) eng makkorona yo‘lni taklif qiladi: Xudoning yangi maxluqi bo‘lmish Insonni yo‘ldan urish. U tushunib yetadiki, Xudo bilan bevosita urushib bo‘lmaydi, ammo Uning sevimli bandasi orqali Unga zarar yetkazish mumkin. Beelzebub makkorlik va strategik aqlning ko‘rinishi. Aynan shu nuqtada Islomiy va Xristianlikdagi "Insonning sinovdan o‘tishi" g‘oyasi birlashadi. Uning irodasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri dushmanlik emas, balki vasvasa orqali boshqarishga asoslangan. Bir narsani eslatib o’tishim kerak, Xristian dinida Satanga ancha obraz kiritilgan va u odatda “fallen angel” atamasi bilan ishlatiladi yani u farishtalardan bo’lgan. Islomda esa Satanga shavqat zarracha qaratilmaydi va lanatlanadi va u farishta emas jinlardan bo’ladi.

"Aql o'z o'rniga ega va u o'z ichida jahannamdan jannatni, jannatdan jahannamni yaratishi mumkin." John Milton.

Miltonning geniyligi shundaki, Shaytonning oldidagi gumashtalari yani quvilgan shaytonlarning ismlari Jannatdan o’chirilgan deb beradi. Va aynan o’sha iblislar o’zlariga boshqa nomlar qo’yadi yani Zevs, Osirus, Isida, kabi yunon xudolari endi paydo bo’ladi. Va bularning maqsadi ham bitta insoniyatni haqiqatdan uzoqlashtirib fitna yasash.

Miltonni qaytib kelishini so’rab yozilgan romantisizmga tegishli she’r bor edi. Endi tushundim nega Miltonni Britaniya dim qo’msaganini.
🔥1
Baht bu FAKE.
Kuni kecha “bahtli insonlar o’zlarini qanday aldayotganini kuzatish yoqadi” degan parchaga bir kishi izoh talab qildi.
Bu so’z 20 asrni uydirmasi. Ular bizni kecha tug’ulgan deb o’ylashadi biz bilamiz hammasini, ho’mmi!
Hemingwayni bahtli bo’lgan deb o’ylaysanmi, azizim u o’zini otib tashlagan. Sylviychi, bizni o’sha sevimli Plath boshini pechkaga tiqib gazlab o’ldirgan o’zini. Sen insonlarni to’la qonli bahtli ekanligiga haliyam ishonasanmi? Qarshingdagi inson bir marta bo’lsayam o’zini o’ldirishni o’ylamagan deb o’ylaysanmi? Baht emas asli “dardning yo’qligi” deyish kerak dardsiz insonlarni esa men tasavvur qila olmayman.
“Baht” so’zi shubhali: u buyum emas,ontologik jihatdan mavjud emas. Bir stol emaski urilib ketib bahtli bo’lib ketsang. Tushunyapsizmi?. Demak, u ijtimoiy-ontologik konstruksiya. Ya’ni real ta’siri bor, lekin tabiiy obyekt emas. Sharqda bilmadim, lekin G’arbda 15 asrdan oldingi asarlarda baht degan so’zni o’qimadim. Menimcha Navoiy ham baht so’zini ishlatmagan, ular uchun “holat” bo’lgan yoki “qismat” bo’lgan, baht natija bo’lmagan. Hozir esa baht butun bir check-list: mundoq qaraymiz moshinasi bormi? Bor. Uyi bormi? Bor. Sayohat qiladimi? Ha. Bolasi yog’akanu?. Hmmm…
Oldingi jamiyatda yani Modernismdan oldin markazda Xudo turgan, inson esa markazdan tashqarida tartib ichida bo’lgan. Hozir Postmodernizmda inson “Qoch meni joyimdan” deb markazga o’tirib oldi. Bugun inson 24 soatni ichida Xudodan, do’stidan, onasidan ko’ra o’zini o’ylaydi. Endi qismatga ham toqat qilmaydi. Endi bahtli bo’lishi kerak, chunki reaksiyasiz yursang, kulmasang seni tuzatmoqchi bo’lishadi. Psixologlar chiqadi, Motivator, Podcast, Marafonlar chiqadi, va hammasi bitta gapni aytadi “Bahtli bo’lishing shart”
Muammoli joyi shundaki baht asli yana osha Performativityga ulanadi. Psixologiyada Performativity of Happiness (bahtni ro’l o’ynash) tushunchasi mavjud yani baht asli hotirasiz narsa bir muddatlik boladi va unitiladi lekin odamlar uni tashqi dekaratsiya qilib o’zlarini bahtli korsatishga harakat qiladi. Musobaqa o’ynaydi. Kim kuchli?
Biz shu qadar fikrlamay qo’ydikki, bizi hayotimizda nima ketayotganini yaqinlarimiz bilan bo’lishmaymiz. Do’stimizga salom demaymiz chunki bahtli bo’lish bilan bandmiz. Yoki shu qadar qo’rqamizki endi self help booklar, manipulyatsiya, silence, narsistlik, control qilish, power haqida o’rganimiz.

Instagram sahnaga aylandi, tanish bilishlar tomoshabin, layklar hakam, bahting laykimga arziydimi yo’qmi aytaman degandek.
Insonlarni esa hotirasi past. Ular seni eski brendni olganingni unutishgan sen ularga yangi so’ngi rusumdagi moshinang, so’ngi muvaffaqiyating, so’ngi omading bilan yana qayta qayta eslatib turishing kerak “qanchalik bahtliligingni”. AND IT MAKES YOU MISERABLE!

Nafisa
🔥4
“If evolution wins, Christianity goes.” (Agar evolutsiya yutsa, Xristianlik yo’qoladi)


1925-yilda Amerika maktab o‘qituvchisi John T. Scopes Darwin evolutsiyasini o‘qitgani uchun sudga tortildi. Bu ish tarixga Scopes Monkey Trial” , “Maymun Sudi” nomi bilan kirdi. William Jennings Bryan 3 maratoba Amerika prizedentligiga nomzodligi qo’yilgan siyosatchi, ko’pincha ushbu suddagi diniy qarashlari va kuchsiz deb topilgan asoslari sabab ustidan kulinadi. 1960-yilda suratga olingan Inherit the Wind filmi Bryan obrazini kulgi ostiga olgan va diniy qarshilikni ahmoqlik sifatida ko‘rsatgan va ilmni mutlaq g‘alaba sifatida sahnalashtirgan. Film tarixni soddalashtirgani va Bryanning fikrini karikaturaga aylantirgani va dinni murakkabligini yo’qqa chiqargani uchun ko’p joylarda taqiqga uchragan.

Aslida Bryanni ko’pchilik notog’ri tushungan. Bryan Darvinga emas, Darvinizmning mafkuraviy buzuqligiga qarshi chiqqan. Aslida sud ham spektakl bo’lganligi, ulkan tarixli sud bo’lib Amerika tarixidagi eng ko’p media, jurnalist va turistlarni jalb qilganligi 2025 yilda ham qayta qayta takrorlanyapti.
Bryan Darwinizm Xristian idealogiyalariga qarshi bo’lgani uchun hamda ota onalardan ko’plab xatlar tushishi, bolalarning 16 foizigina dindor qolganlari nigilist yoki agnostik, ateistik qarash bilan bitirishayotganidan Cherkov va Jamiyat havfsirashi oqibatida sudda prokuror maslahatchisi vazifasida qatnashishni o’z bo’yniga oladi.

Bryan aslida Darvinizm biologiya doirasidan chiqib, insonni ajdodi hayvonda tutashishi nazariyasidan ko’ra ijtimoiy ierarxiya, irqchilik, eugenika,
“kuchli yashaydi, kuchsiz yo‘qoladi” degan mafkuraga aylanayotganidan havotirda edi.
Darwin Britaniya upper classlaridan bo’lgan va Britaniya qilayotgan ishlari uchun bahona topishi kerak edi. “Natural selection” and “survival of the fittest” yani boy va kuchli insonlar yo’llarida uchragan har qanday narsani vayron qilib tashlashi tabiiy degan tushuncha Britaniyaning hamma immoral bosqinchilik imperializmini oqlab berishga hizmat qildi. Keyinchalik natsizmda, ijtimoiy darvinizmda, bozor vahshiyligida, irqiy “ilmiy” tasniflarda, eugenika yani past bloodlineni qirib tashlash kabi vahshiy g’oyalarda bu adolatsizliklar yaqqol ochiq ko‘rindi. “Men maymundan tarqamaganman” deyish bu biologiya sohasiga qarshiligi emas, balki uning kuchli xristian talimidan kelib chiqgan pozitsiyasi bo’lgan, chunki albatta u biologiya sohasida doktor emas edi. U “Inson o‘zini faqat hayvon sifatida tasavvur qilishga majbur emas” yoki bu ilm tushuntirilsin, lekin hukm chiqarmasligi kerak” degan fikrni ilgari suradi
Adabiyot nuqtai nazaridan aytsam
Darvinizm ko‘plab matnlarda insonni instinktga tushiradi,(inson xayvonday gap nima qilayotganini bilmay instink asosida yashaydi) axloqni biologiyaga almashtiradi, zo‘ravonlikni “tabiiy” qilib ko’rsatadi, kambag’al o’z aybi bilan kambag’al deydi, tili chuchukni kallasini uzib tashla deydi chunki mustamlaka xalqmi demak qoloq deydi. Endi bu ilm emas katta bir xavfli idealogiya.

Bryan esa insonni ramziy mavjudot sifatida himoya qiladi yani til, ma’no, mas’uliyat, gunoh, tanlov bular gen bilan o’lchanmaydi. Inson faqat tanadan iborat emasligini uqtiradi. U suddan 5 kun o’tib 1925 yil, 26-iyulda mehmonxona yotoqxonasida uyquda insultdan vafot etgan. Shifokorlar buni eski qantli diabeti va kuchli stressdan deb belgilagan. Ha balki u sudda yutqizganday tuyilgandir lekin tarixga qarasak u yutgan. Biologik nazariya tarafidan esa Peter Kroptkin Darwinni “survival of the fittest”iga “cooperation”i bilan chiqib qovurib tashlagan. Va bugunga kelib DNK insoniyat “evolve” bo’lmaganini tasdiqlagan.
1
DOSTOYEVSKIY ASARLARI
(o‘qish qiyinligi bo‘yicha, osondan qiyinligi bo’ylab)
1. Oydin tunlar
2. Kambag’allar
3. The Christmas Tree and a Wedding (Rojdestvo archasi va nikoh)
4. Mr. Prokharchin (Janob Proxarchin)
5. Another Man’s Wife and a Husband under the Bed
(Boshqa birovning xotini va karavot ostidagi er)
6. An Honest Thief (Halol o‘g‘ri)
7. A Weak Heart (Zaif yurak)
8. Xo‘rlanganlar va Xaqoratlanganlar
9. Masuma
10. Qiyofadosh
11. Qimorboz
12. The Eternal Husband (Abadiy er)
13. O‘lik uydan maktublar
14. Uncle’s Dream (Amakimning tushlari)
15. The Village of Stepanchikovo and Its Inhabitants
(Stepanchikovo qishlog‘i va uning aholisi)
16. The Dream of a Ridiculous Man (Kulgili odamning tushi)
17. Yer ostidan maktublar
18. Jinoyat va jazo
19. Telba
20. Iblislar
21. The Adolescent (O‘smirlar)
22. Aka-uka Karamazovlar
Boshlaymizmi?
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
Master and Margarita
Writer_minds
2x da eshiting achchiq ichakday cho’zildim)
1
To really live you must nearly die
Yashil rangda belgilagan joylarimda faqat Xudo haqida gap ketgan.
Bir Xristian kursdoshim presentatsiya paytida juda noqulay vaziyatga tushib qoldi. Professor LGBTQ kishilarga qarshi ekstrim holatda cherkov taqiq qilayotgani va bu ularni “o’ldirish mumkin” degan nazariyaga olib kelayotgani haqida so’z ochib qoldi. Doskada turgan xristian qiz yig’lashdan nari beri bo’lib, “ishonchingiz komilmi siz o’sha bannerlarni aynan Katolik cherkovi olib chiqganiga dedi” va professor “ha aynan cherkovni oldida sodir bo’ldi” deb javob berdi. Gruppada ikkita gey kursdoshimizni oldida o’zini qanday tutishni bilmay qoldi va “bizning dinda buni gunoh deb qaraladi to’g’ri lekin biz insonlarni o’ldirish, ulardan nafratlanish ham gunohligini bilamiz va hammasidan ustun qo’yadigan aqidamiz bu bir birimizni sevish, bu degani kishini gunohini sevish emas, balki kishini o’zini sevish” dedi. Bu gapidan keyin men juda katta dars oldim. Dinimdan ancha yiroqdaligimni shu yerda tushunib yetdim. Rasmdagini o’qishlaringizni hohlardim❤️
​​Aka-Uka Karamazovlarni qachon o’qish kerak?

Slovoj Zizekni taniydiganlar ko’pdir. Ohirgi marta uni “Men hammani sevaman deb meni aldama” qabilidagi nutqini eshitgandim. Balki katta ehtimol bilan aynan qo’limdagi “Aka-uka Karamazovlar” asarini o’qigandir. Garchi Dostoyevskiy galyutsinatsiya qilib dinni nihoyatda badiiylashtirib yuborishi menga yoqmasada, uni inson qalbi haqidagi fikrlarni Islomdagi tasavvufdagi solishtirishlarimga qoq tushishi doim meni hayron qoldirgan.
Fikrga qarshi fikr deganday Ivanga qarshi Zosimani qo’yadi yozuvchi. Ivan shunday deydi:

Insoniyatni sevish mumkin, lekin yoningdagi odamni sevish juda qiyin.
Uzoqdagi odamni sevish osonroq chunki u seni bezovta qilmaydi.”

Bu matndagi uzoqdagini sevish nimani anglatadi? Dinlarda qo’shnini sevishga tadbiq qilingan va Ivan bunga raddiya o’laroq qo’shnimni seva olmayman deydi. Bu aqlga mos emas. Sen yoningdagi kishiga chidamaysan. Agar sen yoningdagiga chiday olmasang, insoniyatni sevaman deyishing yolg‘on bo‘lishi mumkin deydi. Shu joyda ko’lankasiga Zosimani matnini tashlayman. U deydiki “Do’zah nima”? Javobi esa daxshatli darajada sokin : Do’zah bu sevishga qodir bo’la olmay qolishdir. (Menincha bu qalbni qattiqligi haqida). Inson hayoti davomida unga bir marta imkon beriladi: sevish, yonish, fidokorlik qilish, yordam berish. Zosima aytadiki, agar inson o‘zida bor nurni boshqalarga tutganida, u nur nafaqat o‘zini, balki boshqalarning yo‘lini ham yoritgan bo‘lardi:

“If you had shone then with your light, you would have illuminated the path of others.”

Demak yoningdagi insonning gunohi sen sababli bo’lishi ham mumkin. Balki sen o’zing yetarlicha nurli emasdirsan yoningdagiga senga havas qilib nuringdan bir chimdim ber deyishi uchun.

Yoki er bilan hotin qanchalik bir biriga singib ketishini va yo uyoqlik yo bu yoqlik yo’lga o’girib yuborishini o’zimizning Furqonda ham ko’rishimiz mumkin. Misol uchun Ummu Jamil huddiki zulmga o’tin tashlab turgan misoli.

Shu nuqtada yozuvchi Boy odam va Lazarus hikoyasiga to’xtalibdi. Bilishimcha Boy odam Abraham(Ibrohim alayhissalom) dan bir qultum suv so’raydi. “Barmog‘ini suvga botirib, tilimni ho‘llasin” deydi. Lekin javob keladi: o‘rtada great gulf fixed” katta jarlik bor. Bu jarlik endi kech degani. Endi sevishni hohlasang ham sevolmaysan, yordam qilolmaysan va qaytolmaysan degani.

Bu birgina betlik sahifa nega meni etiborimni tortdi. Menimcha bugungi kundagi barcha betoqatlik, kimdir kimdirni so’yib qo’yishi, kimdir kimdir hayvon deyishi, vaholanki hayvon gunohsizdir sizdan ko’ra, yoki arzimas narsalar ustida bir biri bilan dahanaki jangga kirishib ketishi bu o’zbek halqidan sevgi rahm shavqatning ko’tarilganidir. Butun bir o’zbekning deyishga ham haqqim yo’q. Lekin so’ngi paytda o’ldir o’ldirlar ko’payib ketganday.


20 yoshda “Aka-Uka Karamazovlar” kabi og‘ir, falsafiy va axloqiy masalalar bilan to‘la asarni o‘qish, ruhiy jihatdan biroz og‘ir bo‘lishi mumkin. Hozir esa ingliz tili, tarix, va muhabbat haqida o‘qish yoshligingizni to‘liq foydalangan holda dunyoqarashingizni shakllantirishga ko’proq yordam beradi. Bu katta, murakkab axloqiy asarlarni o‘qish o’z “vaqti bilan” foydali bo‘ladi. 25 yoshdan oshganingizda hayotiy tajriba va mantiqiy chidamlilik bilan buni qabul qilishingiz osonroq. Erta qarimaysiz va ezilmaysiz, aksincha, haqiqiy tushuncha beradi. Kamiga balki sizda o’zingizni etiqodingiz mustahkam bo’lishi kerak,(balki xristian dini haqida hamin qadar ilmingiz yo’qdir)asar boshdan oyoq etiqod masalasini o’rtaga qo’yadi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Gibli movies 🍿 felt like a therapy session ❤️
​Nimanidir neto qilyapmanda degan hayol keganmi silagayam. Yashashingiz kerak nu yashamayapsizde. Misol kredit to’laydiganlar bormi oramizda? 20 yilga bo’lib o’zi yashaydigan uy uchun 20 yil ishlash. Hozir Conspiracy theories sarqitga chiqdi, endi Empire degan nazariya muhokamada akademiyada. Mishel Fokoltni oldin ham tanishtirgandim, power boyicha. Qarang sodda tushuntiraman. Hullas qullik qilyapmiz. O’zimizni o’zimiz torture qilyapmizakanda. Ekplutatsiya haqida eshitgansizlar. Zavodda ishchilar tongdan kechgacha ekpulatatsiyaga uchragan. Endi biz o’zimizni o’zimiz ekplutatsiya qilyapmiz. Bunga Imperia sababchi. Siz bilgan Rim imperiyasidagi imperiya so’zimas. Bu boshqa nazariya.
Misol uchun siz internalized discipline ( o’z o’zini nazorat qilish) bilan bandsiz. Eski zamonlarda odamlar ho’jayinini ko’rmasa ishlamas edi. Hozir tepamizda hechkim turmasa ham ichingizda bir ovoz tur o’rningdan “dangasa” deydi. Dam olayotganingizda ham huddi hammadan siz orqada qolayotgandek bezovta bo’lasiz. Mana shu Biopower. Tizim sizning ongingizga shunday kirib olganki, endi sizga nazoratchi shart emas, siz o‘zingizni o‘zingiz "ekspluatatsiya" qilasiz.
Yoki instagramdagi reelslarni o’zim tanlayapman deb o’ylaysiz, lekin tizim tanlab beradi. “Muvaffaqiyatli” insonlarni kuzatasiz, o’zingizni kam his qilasiz, ko’proq ishlaysiz, ko’proq sotib olasiz, va “raspakovka cheeeeck” qilib tarmoqlarda ulashasiz. O’zingizni erkin deb o’ylaysiz, lekin endi metroda bir insonga tik qarashga haqqingiz yo’q. Shaxsiy chegara deysiz lekin qadamda kamera qadamingizni yozib boradi. Aptekaga kirsangiz sizga abort uchun dori beradi. Bu degani “bola tug’maysan” degani, Qatarda sotmasdi bunday dori, hullas tug’ish tugmasligingni biz belgilaymiz deydi. Sizga qanday emlash, qancha vaznga ega bo’lish kerakligingiz shkalaga solib qo’yilgan chunki imperiyaga sog’lom va ishga yaroqli tana kerak. Savdo markazlari esa sizni psixalogiyangizni boshqarib hatto hid bilan koproq sotib olishga undaydi. Talim esa endi diplom ol va sur emas, yetmaydi qancha o’qisang shuncha kam Lifelong Learning. Eng asosiysi samarador bo’ling, o’tirishga haqqingiz yo’q oyiga 20 ta kitob o’qing, har kuni zal, oyiga 20 ming topsangiz kam, o’zingizga qarang, plastik aperatsiya, kreativ, sog’lom, va asosiysi onlayn bo’ling o’shanda “xomashyo” ga aylanasiz qolasiz. Siz qaysi "kontent"ni iste'mol qilsangiz, o'sha tizimning bir qismiga aylanasiz. Mana ish va hayotingiz bir bo’lib ketdi. Endi uyda ham dam yo’q sizga mazza qilib uhlaydigan vaqtingiz telegramdan habar keladi va sizni bezovta qiladi. Yoki tayyor hechkim majburlamasada kontent yaratasiz, yoki kontentga like bosib doimiy tizim nazorati ichida turasiz. Quyida sizga ushbu nazariya ostida o’qiladigan asarlar ketma ketligi:
1) 1984 by Orwell
2) Evrilish
3) Yangi dunyo by Huxley
4) Neuromancer by Gibson
5) Frankenshteyn (biopolitika)
6) Newer Let me Go by Ishiguro
7) Truman Show (kino)
1
​100 Spoiler Alert🚨

Jack Londonning Martin Eden romani Janubiy dengizlarga qilgan safari davomida yozilgan va ramziy jihatdan ham aynan dengizda yakun topadi: Martin o‘zini suvga dengizga uloqtiradi. London Martin Idenning o’limi sababi u individualist ekanligidaligini aytadi va Londonga o’xshab sotsialist bo’lganda tirik qolardi deydi. Vaholanki London ham o’zini o’ldirgan faqat dengizda emas alkagol bilan(men kuzatgan alkagolga o’zini urganlarda Thanos kuchli edi)

Freyd nazariyasiga murojaat qilsak, bu o‘limni Thanatos(o’lim instinkti) orqali tushuntirish mumkin. Freydga ko‘ra, inson psixikasida ikki asosiy kuch mavjud: libido (Eros) yashash, bog‘lanish, yaratish instinkti va Thanatos yo‘q bo‘lishga, sukunatga, nollik holatiga, ona bachadoniga qaytish istagi.
Martin boshida kuchli libido bilan yashaydi: o’zini hammaga isbotlamoqchi bo’ladi ayniqsa Rufga.
Lekin roman davomida Martin asta-sekin anglaydiki jamiyat uni asari uchun emas, muvaffaqiyati uchun, nomi uchun sevadi. Bu anglash libidoni yemirib tashlaydi.

Men bu asarda men qo’rqgan eng kuchli his tuyg’uni ko’rganman: anhedoniya. Bu hech narsadan zavq ololmaslik,
ilgari qiziq bo‘lgan narsalarning mutlaqo ma’nosiz bo‘lib qolishi. Bazan tong otishiga ishtiyoq yo’qligini o’zimda sezib hayron qolaman. Martinning Dengizdagi so‘nggi sahna aynan shu psixik bo‘linishni ko‘rsatib bergan. Tana biologik jihatdan hali ham yashashni xohlaydi, qo‘l-oyoqlar suvni bilan kurashadi, yuqoriga chiqmoqchi bo‘ladi, ong esa allaqachon voz kechgan istak yo‘q, tirik qolishdan ma’no yo‘q, xohish yo‘q holatda teatr kuzatgandek o’z holatini taftish qilib chetdan tanadan chiqqan holda o’zini o’zi kuzatadi.

Insonni kurashadigan narsasi bo’lishi kerak ekan. Ayniqsa ishchi sinfini. Martin Eden tirik bo‘lgan paytda uni tirik tutgan yagona narsa kurash edi: kambag‘allikdan chiqish uchun kurash,bilim uchun kurash, sevgi uchun kurash, o‘zini isbotlash uchun kurash. Kurashishga hechnarsa qolmagandan keyin birdan orolga ketgisi keldi keyin u fikrdan ham qaytib suvga ona qorniga qaytdi.
Behalovat Avlod menga yuzga yuz dadamni tarbiya tizimini eslatdi. Meni paxtaga(dala) majburlab qaytarib jo’natvorganlariyu, qizim yiqilib tushmasin deb yugurib borib tutib qolganimda “tegma yiqilsin” deb so’kkanlariyu hamma hamma tarbiyalarini eslatdi. Kitobda qoyil qoldiradigan yangi argument yo’q(men uchun) lekin cohesion taraflama kitob nihoyatda kuchli yozilgan muammoga yechim bor. Balki bu kitobni men Negrining Empire nazariyasidan keyin o’qiganim uchun yangilik topolmagandurman, tag’in bilmadim.
Balzakdaqa yozuvchi ko’rmadim. Eng sevimli yozuvchilarimni ham qaysidir asari “atala”ga o’xshaydi lekin Balzakni har bir asarini tugatganimdan keyin shiftga uzoq qarab qolaman. Ilk bor Yevgeniya Grandeni o’qigandim, keyin Gorio Otasi eng sevimli asarimga aylandi, ohirgi o’qiganim Gobsek bo’ldi. Gobsek menga ochko’z bo’lib qarigan qariyalarni eslatadi. Nega bu qadar “yig’ishga” saqlashga ishtiyoqmand ekan bular derdim. Gobsek ham umrini ohirigacha mol mulk yig’adi, sutho’rlik qiladi, o’limidan keyin ombor ombor achigan ovqatlaru donlar, guruchlar topiladi. Buni adabiyotshunoslar Freydning “maniyni ushlab turish” nazariyasiga yoyishgan, yani pul bu najas va u chiqib ketsa baht tugaydi qabilida. Yoki kapitalizmdagi yakka hukmronlik kabi o’nlab qolibga solishgan bu asarni.
Menga hammasidan ham qiziq tuyilgani Gobsekni psixalogiyasi. U oltingina yashashga arzirligini va hatto ayollarni tuyg’usini u bilan sotib olishini aytadi. Eng qizig’i falsafa ichidagilar kitob o’qiydiganlar, ilm o’rganadiganlarni so’taklar deydi. Ilmni zaiflik deb o’ylaydi chunki aynan ilm egasi uni oldiga qarz so’rab boradi. Aynan. Men hayotimda ko’rgan jamiki “Gobsek”lar, ochko’zlar kitoblarni yoqtirmagan, ilmni ustidan kulgan, bataniklarni mashara qilgan. Insonda yashashdan maqsad har hil bo’lar ekan, kimdir hammadan ustin bo’lishni va tillani ustuda o’tirishni baht deb bilsa kimdir moralityni ustun qo’yarkan. Lekin asarlar siz o’ylaganchalik faqat syujet va dialoglardan iborat emas. Bir gapgina hayotda kim yutganini aytib qoygan. Narrator “men o’zim haqimda emas, bahtsiz inson haqida hikoya qilaman, chunki bahtlilar hikoyasi zerikarli bo’ladi” deydi.
2
​Hello Geniuses

O’tgan safar aytgan Empire nazariyasidagi tizimdagi qullikdan chiqishni misollar orqali o’rgataman. Bu ilmiy tilda Exodus deyiladi.
Ijtimoiy tarmoqni o’chiring, ishdan bo’shang, toqqa chiqib keting. Albatta bunday qila olmaysiz. Mayli Instagram ishlating lekin hamma qo’yayotgan postlarni qo’ymang, hohlasangiz yerni rasmga olib yerni qo’ymaysizmi, algaritm hohlagan narsani emas, o’zingiz hohlagan narsani ulashing. Va doim bahtingizni emas(masxaraboz emassizku) muammolaringizni ham ulashing, haqiqatni nega yashirasiz ahir, faqat sizni bahtli ko’rishlari uchunmi? Va hasad qilishlari uchunmi?
Keyingisi, Global citizens bo’lish yani millatchilik va chegaralarni rad qilib dunyoni istalgan hududida yashash
Keyingisi ikki soat yoki 3 soat tabiat qo’ynida vaqt o’tqazing. O’z o’zidan inperiyadan tizimdan tashqarida bo’lasiz.
Keyingisi urban gardening yani bog’dorchilik. Do’konda ovqat tugasa och qolamiz deysiz asli oldin do’konlar bo’lmagan. Yevropada hozir ko’p qavatli uylarda ham hatto jamoaviy bog’lar yaratilyapti hoh u tomda bo’lsin hoh uy ichida kichik parniklarda bo’lsin pamidordan tortib kashnichgacha o’zlari yetishtiradigan insonlar ko’p.
Keyingisi slow movement yani sekinroq yashash, tizim sizdan hamma bilan musoboqa o’ynashingizni hohlaydi siz o’ynaman. Siz ko’chadan ovqat olishni o’rniga yani fast foodlar o’rniga uyda ovqat tayorlaysiz kunlab balki haftalab ijtimoiy tarmoqlaringizni o’chirasiz va oilangiz va sevganlaringiz bilan maroqli vaqt o’tkazishga intilasiz bu bilan kapitalizmga vaqtni sotmaslikni o’rganasiz.
Va eng asosiysi keraksiz narsalarni sotib olmang. Reklama qilinayotgan har bir narsa ishlatilishi shart degani emas, misol uchun Dyson soch qurutgichi.
List may go on……
3
Biz "o'z millatimiz" uchun qayg'urayotganimizda, aslida bizni boshqarayotgan va ekspluatatsiya qilayotgan tizimni mustahkamlayotgan bo'lishimiz mumkin. Millatchilik (misol uchun “o’zbek” )— bu erkin subyektlarni (Multitude) jilovlash uchun o'ylab topilgan eng "mukammal" tuzoqdir.

Hardt va Negri (aynan shunday demagan, hulosam shu, agar nazariyani o’zini yozib qoysam tushunarsiz bo’lib qoladi)

Meni qo’limdan telni olib qo’yinglar😂
Empire kitobidan (bazi boblardan) olgan notelarim:

Davlatni Mualliflar modernizm inqiroziga berilgan birinchi siyosiy yechim deb atashadi. Bu yechim inson erkinligini tartib va xavfsizlik evaziga "sotib yubordi".

Xalq (People): Bu — Gobbs va keyingi davlatlar tushunchasi. Xalq — bu bitta irodaga (suverenga) bo‘ysundirilgan, endi o‘zining alohida fikri bo‘lmagan yagona "massa".

Davlatda Tarixiylik: Davlat o'zining kelib chiqishi va tuzilishini o'zi, tarixiy jarayonlar (urushlar, boshqaruv) orqali quradi.

Davlat — bu tartibni saqlash uchun o'ylab topilgan zo'ravonlik mashinasi. Biz buni anglaganimizdagina, tizimning "hayoliy" birligidan chiqib, o'z erkinligimizni (Multitude) qidira boshlaymiz.

Millat tushunchasi — bu go'yoki hamma narsani birlashtiruvchi "sehrli tayoqcha". Lekin aslida u insonlarning bir-biri bilan erkin (millatsiz, chegarasiz) bog'lanishiga to'sqinlik qiluvchi burjuacha mexanizm.

Subaltern xarakter. Mustamlakaga qarshi turish uchun o’zbek atamasi muhim edi. Lekin… Biz bir millatimiz, hamma bir xil bo'lishi kerak" degan g'oya tashqi bosimga qarshi tursa-da, ichkarida shaxsiy erkinlikni o'ldiradi.

Natsional suverenlikni yoki millat atamasini qanchalik vahshiy yo’lga olib kelinganligini Germaniya Natsizmida va Stalin Rassiyasida ko’rdik. Yani Milliy davlat o'zining cho'qqisiga chiqqanda (totalitarizm), u o'z xalqidan mutloq itoatkorlikni talab qiladi va "bizdan bo'lmaganlarni" yo'q qilishga kirishadi. Mualliflar bu jarayonni modernizmning (zamonaviylikning) fojiasi va sharmandasi deb atashadi.

Mustamlakachi o'zini "sivilizatsiyalashgan" deb hisoblashi uchun, u qarshisidagi insonni (mustamlakadagi shaxsni) o'zining mutloq teskarisi deb tasvirlashi kerak. Ya'ni, mustamlakachi o'zini "normal" deb ko'rsatish uchun "Boshqa"ni (Other) g'ayritabiiy qilib ko'rsatadi. Misol qora tanli-oq tanli. Qora soch, sariq( meni rijiy deb kulishardi ustimdan)

Yevropalik o'zining "yaxshi", "odobli" va "madaniyatli" ekanligini bilishi uchun unga doim o'sha "yomon", "vaxshiy" va "axloqsiz" deb tamg'alangan qul kerak.

Hardt va Negrining fikricha, bugungi kunda hokimiyat (dushman) o'z qiyofasini butunlay o'zgartirgan. Agar siz eski dushmanga (masalan, klassik milliy mustamlakachilikka) qarshi kurashaversangiz, ko'z oldingizda shakllanayotgan yangi global nazorat tizimini sezmay qolasiz.
💊1