Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2015 yil bir domlamiz aytgan “Nafisa ikkimizda bitta birxil hislat bor. Sen va menga o’xshaganlar sheriklarimiz bilimda bizdan o’tib ketishidan g’ashimiz keladi, doim number 1 bo’lishni hohlaysan” degan. O’shanda aytgandim “men musoboqa o’ynashni yomon ko’raman, musobaqa o’ynamayman, shunchaki boshqalarni oldida ahmoq his qilishdan nafratlanaman” desam. “Musoba o’yna” degan o’sha ustoz.
Yillar o’tib ham fikrim o’zgarmagan. Musobaqa o’ynaydigan insonlar yoqmaydi. Misol menda bunaqa desam menda sendanam zo’r er bor, farzand bor, uy bor, qabilida gap boshlasa uzoqlashaman o’sha kishidan. Lekin…..
Bitta sohada musobaqa o’ynasa yarasharkan. Ilmda! Agar ilmda hammadan zo’ri bo’laman deb ertalab kechgacha yugursangiz, sizni hechkim yenga olmaydigan darajadagi smart monsterga aylanasiz.
Yuqoridagi video Physical Asia tele shousidan parcha, tavsiya qilaman ko’rishni, faqat bular ilm bo’yicha emas, sport bo’yicha monster. Kechasi bilan tongi 5 gacha ko’rib ham tugata olmadim. Enjoy the Show Monsters❤️🫶🫶🫶(Netflix)

Ushbu satr asli jiddiy mano yashirgan, lekin meni miyamni kuldirdi!
Aka Uka Karamazov dan parcha
Baayni shunday! Tasavvur qiling, Pyotr Aleksandrovich, axir men buni ham bilardim, bilasizmi, nima qilayotganimni oldindan bilardim, siz buni yuzimga solishingizni ham bilardim. Shu soniyalarda koʻrib turibman, hazilim yaxshi chiqmayapti, taqsiri hazratim, shuning uchun ikki lunjim pastki jagʻimga yopishib qolyapti, xuddi akashak tutganday; bolaligimdan shunday boʻlib qolganman, dvoryanlarning sigʻindisi boʻlib yurganman, sigʻindichilikda bir tishlam nonimni topganman. Men shunday masxaraboz boʻlib tugʻilganman, oliy hazratim, shu valakisalangman; balki mening ichimga shayton kirib olgandir, oʻlchami, balki, uncha katta emasdir, yaxshi boʻlardi-ku-ya oʻziga boshqa makon topsa, faqat sizning makoningizni emas, Pyotr Aleksandrovich, sizning oʻzingiz uncha durust makon emassiz. Ammo, baribir, men ishonaman, xudoga ishonaman. Men faqat keyingi vaqtlarda ishtibohga bordim, ammo mana endi bu yerda oʻtirib, ulugʻvor kalomlarni ilhaq kutyapman. Men, oliy hazratim, xuddi faylasuf Diderotga oʻxshayman. Siz, muqaddas otamiz, faylasuf Diderot imperatrisa Yekaterina zamonida mitropolit Platon huzuriga borganini eshitganmisiz? Kirib boribdi-yu, gapni choʻrt kesibdi: “Xudo yoʻq”, – debdi. Bunga buyuk taqvodor qoʻlini yuqoriga koʻtarib, shunday debdi: “Telbaning koʻngli xudoni yoʻq deydur!” Shunda anov oʻzini tappa oyogʻi tagiga tashlabdi: ………………………. Bir umr oldindan bilardim yolgʻonligini! – joʻshib-toshib xitob qildi Fyodor Pavlovich. – Ayni chogʻda, janoblar, bor haqiqatni aytaman: fayziyob qariya! Maʼzur tuting, keyingi gapim Diderotni choʻqintirishni men hozir shu yerda toʻqidim, xuddi mana shu soniya hikoya qila turib oʻylab topdim, ilgari hech qachon kallamga kelmagan. Qiziq chiqsin deb, toʻqib yubordim. Qiyshanglayotgan boʻlsam, Pyotr Aleksandrovich, suyukliroq koʻrinay deyapman-da.
Book ||. Old Buffon ( Qari Masxaraboz)

Aka Uka Karamazovdan parcha:
“Oʻzingizdan uyalmang, zero hammasi faqat mana shundan boshlanadi”, degan soʻzlaringiz, tanbehingiz bilan goʻyo yuragimni ochdingiz va ichimdagini oʻqidingiz, men odamlarning ichiga kirayotganimda, menga baayni shunday boʻlib tuyuladi, men hammadan koʻra tubanroq koʻrinaman va odamlar meni masxaraboz deb bilishadi, ana shuning uchun “kel, mayli, chini bilan masxaraboz boʻlib koʻrina qolay, sizning nima deyishingizdan qoʻrqmayman deyman, chunki siz hammangiz bitta qolmay mendan koʻra yuz chandon tubanroqdirsiz!” Mana shuning uchun ham men masxarabozman, nomusimdan masxarabozman, tabarruk ota, nomusimdan. Ich-ichimdan zil ketib, gʻavgʻo-toʻpolon chiqaraman. Axir men kirib kelayotgan chogʻimda hamma meni – ana eng aziz va oqil inson kelayotir, – deb qabul qilsalar edi, o xudoyim! Men unda qandoq yaxshi inson boʻlurdim! Padar! – u birdan tiz choʻkdi, – mangu hayotga erishmoq uchun men nima qilay? – U hazillashyaptimi yoki chindan ham shunday yaltoqlanib suyulib ketdimi, buni shu tobda aniq bilib boʻlmasdi.😢

Faylasuf bilan oddiy insonni farqi, faylasuf haybarakallachilarga ishonmaydi, xalqga ham avomga ham auditoriyaga ham ishonmaydi. Misol uchun agar G’azzoliy hozirgi zamonda yashaganda Instagramda blog yuritmasdi(menga o’xshab).
❤2
John Miltonning “Yo’qotilgan Jannati”da ikkita juda katta go’ya bor. Birinchisi Xudoni borligini isbotlash. Ikkinchisi doimiy beriladigan savolga javob berish; “Xudo xamma narsani biluvchi zot bo’lsa nega Odam (Adam) va Havvo (Eve) quvilishiga yo’l qo’yib berdi. Javob; insonda tanlov bor. Ingliz tilida bu free will deyiladi. Agar Paradise Lostni Xristian dini mavzusi o’laroq yozilgan desak, Xristianlarda shayton va Islomdagi shaytonni qiyoslamoqchiman(only based on till book2 ).
Milton qalamiga mansub Iblis shunchaki yovuzlik timsoli bo’libgina qolmay, balki u mag’rurlik va isyonning lirik qahramonidir. Uning tabiati va Islomdagi Shayton o’rtasidagi farqlardan bittasi Iroda va Kibr.
Miltonning asarida Iblis Xudoga qarshi "tenglik" da’vosi bilan chiqadi. U osmondagi iyerarxiyani qabul qilolmaydi va "Jannatda qul bo’lgandan ko’ra, Jahannamda sulton bo’lish afzal" degan falsafani ilgari suradi. Bu siyosiy va intellektual isyon.
Islomiy talqinda esa Iblisning isyoni "Odam" fitratiga, ya’ni tuproqdan yaralgan mavjudotga sajda qilishdan bosh tortishidir. Miltonda Iblis bevosita Xudoning taxtiga ko’z tikkan bo’lsa, Islomda u insonning mukammalligini tan olmaydi. Har ikki holatda ham mushtarak nuqta kibr bo’lib, u ilohiy ne’matdan mahrumlikka sabab bo’ladi.
"Free Will" (Iroda Erkinligi) va Mas’uliyat masalasiga kelsak, insoniyat o’z taqdirining "muayyan" qismida tanlovga ega emas (muhit, irq, tug’ilish). Biroq Milton Iblisni ham, Odamni ham "erkin yaratilgan, ammo og’ishga moyil" (free to fall) deb tasvirlaydi. Miltonning Iblisi: O’z tanlovi bilan jahannamni tanlaydi. Uning fojiasi shundaki, u tavba qilish imkonini o’z kibri bilan bo’g’ib tashlaydi. Islomdagi iblis esa qiyomatga qadar muhlat so’raydi va bu muhlat ichida insonlarni yo’ldan urishni o’ziga maqsad qiladi. Ya’ni, islomiy talqinda Shayton inson irodasini sinovdan o’tkazuvchi bir "vosita"ga aylanadi.
Miltonning mahorati shundaki, u 1- va 2-kitoblarda Iblisni haybatli, notiq va matonatli qiyofada chizadi. U mag’lub bo’lsa-da, ruhini cho’ktirmaydi. Bu akademik nuqtayi nazardan qaraganda, antik grek tragediyalaridagi qahramonlarni eslatadi.
Islomiy manbalarda esa Shayton hech qachon "qahramon" sifatida namoyon bo’lmaydi. U makkor (vasvasachi) va tubanlik timsolidir. Miltonning asarida biz Iblisning ichki iztiroblarini, uning boy berilgan jannatga bo'lgan hasratini ko'ramiz, islomiy matnlarda esa asosiy urg'u uning dushmanligi va adashganligiga beriladi.
Miltonning Iblisida Beelzebub
Ismli o‘ng qo‘li bo’ladi. U barcha avvalgi takliflarni rad etib(Pandemoniumda yig’ilgan iblislarni takliflari) eng makkorona yo‘lni taklif qiladi: Xudoning yangi maxluqi bo‘lmish Insonni yo‘ldan urish. U tushunib yetadiki, Xudo bilan bevosita urushib bo‘lmaydi, ammo Uning sevimli bandasi orqali Unga zarar yetkazish mumkin. Beelzebub makkorlik va strategik aqlning ko‘rinishi. Aynan shu nuqtada Islomiy va Xristianlikdagi "Insonning sinovdan o‘tishi" g‘oyasi birlashadi. Uning irodasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri dushmanlik emas, balki vasvasa orqali boshqarishga asoslangan. Bir narsani eslatib o’tishim kerak, Xristian dinida Satanga ancha obraz kiritilgan va u odatda “fallen angel” atamasi bilan ishlatiladi yani u farishtalardan bo’lgan. Islomda esa Satanga shavqat zarracha qaratilmaydi va lanatlanadi va u farishta emas jinlardan bo’ladi.
"Aql o'z o'rniga ega va u o'z ichida jahannamdan jannatni, jannatdan jahannamni yaratishi mumkin." John Milton.
Miltonning geniyligi shundaki, Shaytonning oldidagi gumashtalari yani quvilgan shaytonlarning ismlari Jannatdan o’chirilgan deb beradi. Va aynan o’sha iblislar o’zlariga boshqa nomlar qo’yadi yani Zevs, Osirus, Isida, kabi yunon xudolari endi paydo bo’ladi. Va bularning maqsadi ham bitta insoniyatni haqiqatdan uzoqlashtirib fitna yasash.
Miltonni qaytib kelishini so’rab yozilgan romantisizmga tegishli she’r bor edi. Endi tushundim nega Miltonni Britaniya dim qo’msaganini.

🔥1
Baht bu FAKE.
Kuni kecha “bahtli insonlar o’zlarini qanday aldayotganini kuzatish yoqadi” degan parchaga bir kishi izoh talab qildi.
Bu so’z 20 asrni uydirmasi. Ular bizni kecha tug’ulgan deb o’ylashadi biz bilamiz hammasini, ho’mmi!
Hemingwayni bahtli bo’lgan deb o’ylaysanmi, azizim u o’zini otib tashlagan. Sylviychi, bizni o’sha sevimli Plath boshini pechkaga tiqib gazlab o’ldirgan o’zini. Sen insonlarni to’la qonli bahtli ekanligiga haliyam ishonasanmi? Qarshingdagi inson bir marta bo’lsayam o’zini o’ldirishni o’ylamagan deb o’ylaysanmi? Baht emas asli “dardning yo’qligi” deyish kerak dardsiz insonlarni esa men tasavvur qila olmayman.
“Baht” so’zi shubhali: u buyum emas,ontologik jihatdan mavjud emas. Bir stol emaski urilib ketib bahtli bo’lib ketsang. Tushunyapsizmi?. Demak, u ijtimoiy-ontologik konstruksiya. Ya’ni real ta’siri bor, lekin tabiiy obyekt emas. Sharqda bilmadim, lekin G’arbda 15 asrdan oldingi asarlarda baht degan so’zni o’qimadim. Menimcha Navoiy ham baht so’zini ishlatmagan, ular uchun “holat” bo’lgan yoki “qismat” bo’lgan, baht natija bo’lmagan. Hozir esa baht butun bir check-list: mundoq qaraymiz moshinasi bormi? Bor. Uyi bormi? Bor. Sayohat qiladimi? Ha. Bolasi yog’akanu?. Hmmm…
Oldingi jamiyatda yani Modernismdan oldin markazda Xudo turgan, inson esa markazdan tashqarida tartib ichida bo’lgan. Hozir Postmodernizmda inson “Qoch meni joyimdan” deb markazga o’tirib oldi. Bugun inson 24 soatni ichida Xudodan, do’stidan, onasidan ko’ra o’zini o’ylaydi. Endi qismatga ham toqat qilmaydi. Endi bahtli bo’lishi kerak, chunki reaksiyasiz yursang, kulmasang seni tuzatmoqchi bo’lishadi. Psixologlar chiqadi, Motivator, Podcast, Marafonlar chiqadi, va hammasi bitta gapni aytadi “Bahtli bo’lishing shart”
Muammoli joyi shundaki baht asli yana osha Performativityga ulanadi. Psixologiyada Performativity of Happiness (bahtni ro’l o’ynash) tushunchasi mavjud yani baht asli hotirasiz narsa bir muddatlik boladi va unitiladi lekin odamlar uni tashqi dekaratsiya qilib o’zlarini bahtli korsatishga harakat qiladi. Musobaqa o’ynaydi. Kim kuchli?
Biz shu qadar fikrlamay qo’ydikki, bizi hayotimizda nima ketayotganini yaqinlarimiz bilan bo’lishmaymiz. Do’stimizga salom demaymiz chunki bahtli bo’lish bilan bandmiz. Yoki shu qadar qo’rqamizki endi self help booklar, manipulyatsiya, silence, narsistlik, control qilish, power haqida o’rganimiz.
Instagram sahnaga aylandi, tanish bilishlar tomoshabin, layklar hakam, bahting laykimga arziydimi yo’qmi aytaman degandek.
Insonlarni esa hotirasi past. Ular seni eski brendni olganingni unutishgan sen ularga yangi so’ngi rusumdagi moshinang, so’ngi muvaffaqiyating, so’ngi omading bilan yana qayta qayta eslatib turishing kerak “qanchalik bahtliligingni”. AND IT MAKES YOU MISERABLE!
Nafisa

🔥4
“If evolution wins, Christianity goes.” (Agar evolutsiya yutsa, Xristianlik yo’qoladi)
1925-yilda Amerika maktab o‘qituvchisi John T. Scopes Darwin evolutsiyasini o‘qitgani uchun sudga tortildi. Bu ish tarixga “Scopes Monkey Trial” , “Maymun Sudi” nomi bilan kirdi. William Jennings Bryan 3 maratoba Amerika prizedentligiga nomzodligi qo’yilgan siyosatchi, ko’pincha ushbu suddagi diniy qarashlari va kuchsiz deb topilgan asoslari sabab ustidan kulinadi. 1960-yilda suratga olingan Inherit the Wind filmi Bryan obrazini kulgi ostiga olgan va diniy qarshilikni ahmoqlik sifatida ko‘rsatgan va ilmni mutlaq g‘alaba sifatida sahnalashtirgan. Film tarixni soddalashtirgani va Bryanning fikrini karikaturaga aylantirgani va dinni murakkabligini yo’qqa chiqargani uchun ko’p joylarda taqiqga uchragan.
Aslida Bryanni ko’pchilik notog’ri tushungan. Bryan Darvinga emas, Darvinizmning mafkuraviy buzuqligiga qarshi chiqqan. Aslida sud ham spektakl bo’lganligi, ulkan tarixli sud bo’lib Amerika tarixidagi eng ko’p media, jurnalist va turistlarni jalb qilganligi 2025 yilda ham qayta qayta takrorlanyapti.
Bryan Darwinizm Xristian idealogiyalariga qarshi bo’lgani uchun hamda ota onalardan ko’plab xatlar tushishi, bolalarning 16 foizigina dindor qolganlari nigilist yoki agnostik, ateistik qarash bilan bitirishayotganidan Cherkov va Jamiyat havfsirashi oqibatida sudda prokuror maslahatchisi vazifasida qatnashishni o’z bo’yniga oladi.
Bryan aslida Darvinizm biologiya doirasidan chiqib, insonni ajdodi hayvonda tutashishi nazariyasidan ko’ra ijtimoiy ierarxiya, irqchilik, eugenika,
“kuchli yashaydi, kuchsiz yo‘qoladi” degan mafkuraga aylanayotganidan havotirda edi.
Darwin Britaniya upper classlaridan bo’lgan va Britaniya qilayotgan ishlari uchun bahona topishi kerak edi. “Natural selection” and “survival of the fittest” yani boy va kuchli insonlar yo’llarida uchragan har qanday narsani vayron qilib tashlashi tabiiy degan tushuncha Britaniyaning hamma immoral bosqinchilik imperializmini oqlab berishga hizmat qildi. Keyinchalik natsizmda, ijtimoiy darvinizmda, bozor vahshiyligida, irqiy “ilmiy” tasniflarda, eugenika yani past bloodlineni qirib tashlash kabi vahshiy g’oyalarda bu adolatsizliklar yaqqol ochiq ko‘rindi. “Men maymundan tarqamaganman” deyish bu biologiya sohasiga qarshiligi emas, balki uning kuchli xristian talimidan kelib chiqgan pozitsiyasi bo’lgan, chunki albatta u biologiya sohasida doktor emas edi. U “Inson o‘zini faqat hayvon sifatida tasavvur qilishga majbur emas” yoki bu ilm tushuntirilsin, lekin hukm chiqarmasligi kerak” degan fikrni ilgari suradi
Adabiyot nuqtai nazaridan aytsam
Darvinizm ko‘plab matnlarda insonni instinktga tushiradi,(inson xayvonday gap nima qilayotganini bilmay instink asosida yashaydi) axloqni biologiyaga almashtiradi, zo‘ravonlikni “tabiiy” qilib ko’rsatadi, kambag’al o’z aybi bilan kambag’al deydi, tili chuchukni kallasini uzib tashla deydi chunki mustamlaka xalqmi demak qoloq deydi. Endi bu ilm emas katta bir xavfli idealogiya.
Bryan esa insonni ramziy mavjudot sifatida himoya qiladi yani til, ma’no, mas’uliyat, gunoh, tanlov bular gen bilan o’lchanmaydi. Inson faqat tanadan iborat emasligini uqtiradi. U suddan 5 kun o’tib 1925 yil, 26-iyulda mehmonxona yotoqxonasida uyquda insultdan vafot etgan. Shifokorlar buni eski qantli diabeti va kuchli stressdan deb belgilagan. Ha balki u sudda yutqizganday tuyilgandir lekin tarixga qarasak u yutgan. Biologik nazariya tarafidan esa Peter Kroptkin Darwinni “survival of the fittest”iga “cooperation”i bilan chiqib qovurib tashlagan. Va bugunga kelib DNK insoniyat “evolve” bo’lmaganini tasdiqlagan.

❤1
DOSTOYEVSKIY ASARLARI
(o‘qish qiyinligi bo‘yicha, osondan qiyinligi bo’ylab)
1. Oydin tunlar
2. Kambag’allar
3. The Christmas Tree and a Wedding (Rojdestvo archasi va nikoh)
4. Mr. Prokharchin (Janob Proxarchin)
5. Another Man’s Wife and a Husband under the Bed
(Boshqa birovning xotini va karavot ostidagi er)
6. An Honest Thief (Halol o‘g‘ri)
7. A Weak Heart (Zaif yurak)
8. Xo‘rlanganlar va Xaqoratlanganlar
9. Masuma
10. Qiyofadosh
11. Qimorboz
12. The Eternal Husband (Abadiy er)
13. O‘lik uydan maktublar
14. Uncle’s Dream (Amakimning tushlari)
15. The Village of Stepanchikovo and Its Inhabitants
(Stepanchikovo qishlog‘i va uning aholisi)
16. The Dream of a Ridiculous Man (Kulgili odamning tushi)
17. Yer ostidan maktublar
18. Jinoyat va jazo
19. Telba
20. Iblislar
21. The Adolescent (O‘smirlar)
22. Aka-uka Karamazovlar

Yashil rangda belgilagan joylarimda faqat Xudo haqida gap ketgan.
Bir Xristian kursdoshim presentatsiya paytida juda noqulay vaziyatga tushib qoldi. Professor LGBTQ kishilarga qarshi ekstrim holatda cherkov taqiq qilayotgani va bu ularni “o’ldirish mumkin” degan nazariyaga olib kelayotgani haqida so’z ochib qoldi. Doskada turgan xristian qiz yig’lashdan nari beri bo’lib, “ishonchingiz komilmi siz o’sha bannerlarni aynan Katolik cherkovi olib chiqganiga dedi” va professor “ha aynan cherkovni oldida sodir bo’ldi” deb javob berdi. Gruppada ikkita gey kursdoshimizni oldida o’zini qanday tutishni bilmay qoldi va “bizning dinda buni gunoh deb qaraladi to’g’ri lekin biz insonlarni o’ldirish, ulardan nafratlanish ham gunohligini bilamiz va hammasidan ustun qo’yadigan aqidamiz bu bir birimizni sevish, bu degani kishini gunohini sevish emas, balki kishini o’zini sevish” dedi. Bu gapidan keyin men juda katta dars oldim. Dinimdan ancha yiroqdaligimni shu yerda tushunib yetdim. Rasmdagini o’qishlaringizni hohlardim❤️

Aka-Uka Karamazovlarni qachon o’qish kerak?
Slovoj Zizekni taniydiganlar ko’pdir. Ohirgi marta uni “Men hammani sevaman deb meni aldama” qabilidagi nutqini eshitgandim. Balki katta ehtimol bilan aynan qo’limdagi “Aka-uka Karamazovlar” asarini o’qigandir. Garchi Dostoyevskiy galyutsinatsiya qilib dinni nihoyatda badiiylashtirib yuborishi menga yoqmasada, uni inson qalbi haqidagi fikrlarni Islomdagi tasavvufdagi solishtirishlarimga qoq tushishi doim meni hayron qoldirgan.
Fikrga qarshi fikr deganday Ivanga qarshi Zosimani qo’yadi yozuvchi. Ivan shunday deydi:
“Insoniyatni sevish mumkin, lekin yoningdagi odamni sevish juda qiyin.
Uzoqdagi odamni sevish osonroq chunki u seni bezovta qilmaydi.”
Bu matndagi uzoqdagini sevish nimani anglatadi? Dinlarda qo’shnini sevishga tadbiq qilingan va Ivan bunga raddiya o’laroq qo’shnimni seva olmayman deydi. Bu aqlga mos emas. Sen yoningdagi kishiga chidamaysan. Agar sen yoningdagiga chiday olmasang, insoniyatni sevaman deyishing yolg‘on bo‘lishi mumkin deydi. Shu joyda ko’lankasiga Zosimani matnini tashlayman. U deydiki “Do’zah nima”? Javobi esa daxshatli darajada sokin : Do’zah bu sevishga qodir bo’la olmay qolishdir. (Menincha bu qalbni qattiqligi haqida). Inson hayoti davomida unga bir marta imkon beriladi: sevish, yonish, fidokorlik qilish, yordam berish. Zosima aytadiki, agar inson o‘zida bor nurni boshqalarga tutganida, u nur nafaqat o‘zini, balki boshqalarning yo‘lini ham yoritgan bo‘lardi:
“If you had shone then with your light, you would have illuminated the path of others.”
Demak yoningdagi insonning gunohi sen sababli bo’lishi ham mumkin. Balki sen o’zing yetarlicha nurli emasdirsan yoningdagiga senga havas qilib nuringdan bir chimdim ber deyishi uchun.
Yoki er bilan hotin qanchalik bir biriga singib ketishini va yo uyoqlik yo bu yoqlik yo’lga o’girib yuborishini o’zimizning Furqonda ham ko’rishimiz mumkin. Misol uchun Ummu Jamil huddiki zulmga o’tin tashlab turgan misoli.
Shu nuqtada yozuvchi Boy odam va Lazarus hikoyasiga to’xtalibdi. Bilishimcha Boy odam Abraham(Ibrohim alayhissalom) dan bir qultum suv so’raydi. “Barmog‘ini suvga botirib, tilimni ho‘llasin” deydi. Lekin javob keladi: o‘rtada “great gulf fixed” katta jarlik bor. Bu jarlik endi kech degani. Endi sevishni hohlasang ham sevolmaysan, yordam qilolmaysan va qaytolmaysan degani.
Bu birgina betlik sahifa nega meni etiborimni tortdi. Menimcha bugungi kundagi barcha betoqatlik, kimdir kimdirni so’yib qo’yishi, kimdir kimdir hayvon deyishi, vaholanki hayvon gunohsizdir sizdan ko’ra, yoki arzimas narsalar ustida bir biri bilan dahanaki jangga kirishib ketishi bu o’zbek halqidan sevgi rahm shavqatning ko’tarilganidir. Butun bir o’zbekning deyishga ham haqqim yo’q. Lekin so’ngi paytda o’ldir o’ldirlar ko’payib ketganday.
20 yoshda “Aka-Uka Karamazovlar” kabi og‘ir, falsafiy va axloqiy masalalar bilan to‘la asarni o‘qish, ruhiy jihatdan biroz og‘ir bo‘lishi mumkin. Hozir esa ingliz tili, tarix, va muhabbat haqida o‘qish yoshligingizni to‘liq foydalangan holda dunyoqarashingizni shakllantirishga ko’proq yordam beradi. Bu katta, murakkab axloqiy asarlarni o‘qish o’z “vaqti bilan” foydali bo‘ladi. 25 yoshdan oshganingizda hayotiy tajriba va mantiqiy chidamlilik bilan buni qabul qilishingiz osonroq. Erta qarimaysiz va ezilmaysiz, aksincha, haqiqiy tushuncha beradi. Kamiga balki sizda o’zingizni etiqodingiz mustahkam bo’lishi kerak,(balki xristian dini haqida hamin qadar ilmingiz yo’qdir)asar boshdan oyoq etiqod masalasini o’rtaga qo’yadi.

Gibli movies 🍿 felt like a therapy session ❤️
Nimanidir neto qilyapmanda degan hayol keganmi silagayam. Yashashingiz kerak nu yashamayapsizde. Misol kredit to’laydiganlar bormi oramizda? 20 yilga bo’lib o’zi yashaydigan uy uchun 20 yil ishlash. Hozir Conspiracy theories sarqitga chiqdi, endi Empire degan nazariya muhokamada akademiyada. Mishel Fokoltni oldin ham tanishtirgandim, power boyicha. Qarang sodda tushuntiraman. Hullas qullik qilyapmiz. O’zimizni o’zimiz torture qilyapmizakanda. Ekplutatsiya haqida eshitgansizlar. Zavodda ishchilar tongdan kechgacha ekpulatatsiyaga uchragan. Endi biz o’zimizni o’zimiz ekplutatsiya qilyapmiz. Bunga Imperia sababchi. Siz bilgan Rim imperiyasidagi imperiya so’zimas. Bu boshqa nazariya.
Misol uchun siz internalized discipline ( o’z o’zini nazorat qilish) bilan bandsiz. Eski zamonlarda odamlar ho’jayinini ko’rmasa ishlamas edi. Hozir tepamizda hechkim turmasa ham ichingizda bir ovoz tur o’rningdan “dangasa” deydi. Dam olayotganingizda ham huddi hammadan siz orqada qolayotgandek bezovta bo’lasiz. Mana shu Biopower. Tizim sizning ongingizga shunday kirib olganki, endi sizga nazoratchi shart emas, siz o‘zingizni o‘zingiz "ekspluatatsiya" qilasiz.
Yoki instagramdagi reelslarni o’zim tanlayapman deb o’ylaysiz, lekin tizim tanlab beradi. “Muvaffaqiyatli” insonlarni kuzatasiz, o’zingizni kam his qilasiz, ko’proq ishlaysiz, ko’proq sotib olasiz, va “raspakovka cheeeeck” qilib tarmoqlarda ulashasiz. O’zingizni erkin deb o’ylaysiz, lekin endi metroda bir insonga tik qarashga haqqingiz yo’q. Shaxsiy chegara deysiz lekin qadamda kamera qadamingizni yozib boradi. Aptekaga kirsangiz sizga abort uchun dori beradi. Bu degani “bola tug’maysan” degani, Qatarda sotmasdi bunday dori, hullas tug’ish tugmasligingni biz belgilaymiz deydi. Sizga qanday emlash, qancha vaznga ega bo’lish kerakligingiz shkalaga solib qo’yilgan chunki imperiyaga sog’lom va ishga yaroqli tana kerak. Savdo markazlari esa sizni psixalogiyangizni boshqarib hatto hid bilan koproq sotib olishga undaydi. Talim esa endi diplom ol va sur emas, yetmaydi qancha o’qisang shuncha kam Lifelong Learning. Eng asosiysi samarador bo’ling, o’tirishga haqqingiz yo’q oyiga 20 ta kitob o’qing, har kuni zal, oyiga 20 ming topsangiz kam, o’zingizga qarang, plastik aperatsiya, kreativ, sog’lom, va asosiysi onlayn bo’ling o’shanda “xomashyo” ga aylanasiz qolasiz. Siz qaysi "kontent"ni iste'mol qilsangiz, o'sha tizimning bir qismiga aylanasiz. Mana ish va hayotingiz bir bo’lib ketdi. Endi uyda ham dam yo’q sizga mazza qilib uhlaydigan vaqtingiz telegramdan habar keladi va sizni bezovta qiladi. Yoki tayyor hechkim majburlamasada kontent yaratasiz, yoki kontentga like bosib doimiy tizim nazorati ichida turasiz. Quyida sizga ushbu nazariya ostida o’qiladigan asarlar ketma ketligi:
1) 1984 by Orwell
2) Evrilish
3) Yangi dunyo by Huxley
4) Neuromancer by Gibson
5) Frankenshteyn (biopolitika)
6) Newer Let me Go by Ishiguro
7) Truman Show (kino)

100 Spoiler Alert🚨
Jack Londonning Martin Eden romani Janubiy dengizlarga qilgan safari davomida yozilgan va ramziy jihatdan ham aynan dengizda yakun topadi: Martin o‘zini suvga dengizga uloqtiradi. London Martin Idenning o’limi sababi u individualist ekanligidaligini aytadi va Londonga o’xshab sotsialist bo’lganda tirik qolardi deydi. Vaholanki London ham o’zini o’ldirgan faqat dengizda emas alkagol bilan(men kuzatgan alkagolga o’zini urganlarda Thanos kuchli edi)
Freyd nazariyasiga murojaat qilsak, bu o‘limni Thanatos(o’lim instinkti) orqali tushuntirish mumkin. Freydga ko‘ra, inson psixikasida ikki asosiy kuch mavjud: libido (Eros) yashash, bog‘lanish, yaratish instinkti va Thanatos yo‘q bo‘lishga, sukunatga, nollik holatiga, ona bachadoniga qaytish istagi.
Martin boshida kuchli libido bilan yashaydi: o’zini hammaga isbotlamoqchi bo’ladi ayniqsa Rufga.
Lekin roman davomida Martin asta-sekin anglaydiki jamiyat uni asari uchun emas, muvaffaqiyati uchun, nomi uchun sevadi. Bu anglash libidoni yemirib tashlaydi.
Men bu asarda men qo’rqgan eng kuchli his tuyg’uni ko’rganman: anhedoniya. Bu hech narsadan zavq ololmaslik,
ilgari qiziq bo‘lgan narsalarning mutlaqo ma’nosiz bo‘lib qolishi. Bazan tong otishiga ishtiyoq yo’qligini o’zimda sezib hayron qolaman. Martinning Dengizdagi so‘nggi sahna aynan shu psixik bo‘linishni ko‘rsatib bergan. Tana biologik jihatdan hali ham yashashni xohlaydi, qo‘l-oyoqlar suvni bilan kurashadi, yuqoriga chiqmoqchi bo‘ladi, ong esa allaqachon voz kechgan istak yo‘q, tirik qolishdan ma’no yo‘q, xohish yo‘q holatda teatr kuzatgandek o’z holatini taftish qilib chetdan tanadan chiqqan holda o’zini o’zi kuzatadi.
Insonni kurashadigan narsasi bo’lishi kerak ekan. Ayniqsa ishchi sinfini. Martin Eden tirik bo‘lgan paytda uni tirik tutgan yagona narsa kurash edi: kambag‘allikdan chiqish uchun kurash,bilim uchun kurash, sevgi uchun kurash, o‘zini isbotlash uchun kurash. Kurashishga hechnarsa qolmagandan keyin birdan orolga ketgisi keldi keyin u fikrdan ham qaytib suvga ona qorniga qaytdi.

Behalovat Avlod menga yuzga yuz dadamni tarbiya tizimini eslatdi. Meni paxtaga(dala) majburlab qaytarib jo’natvorganlariyu, qizim yiqilib tushmasin deb yugurib borib tutib qolganimda “tegma yiqilsin” deb so’kkanlariyu hamma hamma tarbiyalarini eslatdi. Kitobda qoyil qoldiradigan yangi argument yo’q(men uchun) lekin cohesion taraflama kitob nihoyatda kuchli yozilgan muammoga yechim bor. Balki bu kitobni men Negrining Empire nazariyasidan keyin o’qiganim uchun yangilik topolmagandurman, tag’in bilmadim.