WORLD WAVE
170 subscribers
3.56K photos
2.31K videos
1 file
353 links
Motivatsiya. Sarkazm va gap tagidagi gap. Umuman hayot haqida qisqa satrlarda.

Eslatma: hamma o‘qishi shart emas😁

@world_wave kanal manzili. 😃😉
Download Telegram
Forwarded from Janob Satirik
Ютубга кирасан, бизнес бошлаш ҳақидаги мотивацион видеоларни қидириб кўрасан. Эртаси кундан бошлаб, ютуб алгоритми санга тавсия қиладиган видеолар:

Biznes boshlashdagi 3 xato

Biznes boshlashdagi 5 xato

Biznes boshlashdagi 7 xato

Biznes boshlashdagi 10 xato

Biznes boshlashdagi 20 xato

Biznes boshlashdagi cheksiz xatolar

Biznes boshlashdagi xatoni bartaraf etishdagi xatolar

Biznes boshlashdagi xatolarni sanashdagi xatolar

@janobsatirik
#Haqiqatga_yaqin

Liderlar tug‘ilmaydi va boshqalar tomonidan yaratilmaydi, balki o‘zlarini o‘zlari kashf etadilar.

Stiven Kovi


Kanalga ulanish ixtiyoriy
👉 @world_wave
#Haqiqatga_yaqin

Hamma ham mard bo‘lib tug‘ilmaydi...

👉 @world_wave
Forwarded from SAFAR
Шундай замонлар бўлганки

Куни кеча Миллий телеканалда эфирга берилган Обид Асомов ҳақидаги “Инсон қадри”кўрсатувни кўриб шу постни ёзишга қарор қилдим.
Дарҳақиқат Шерали Жўраев, Юлдуз Усмонова, Ортиқ Отажонов, Бобомурод Ҳамдамов, Обид Асомов, Озода Нурсаидова каби йиллар давомида «запрет»да бўлган элимиз суйган санъаткорларни Шавкат Мирзиёев ҳокимиятга келганидан кейин яна катта саҳнада, телевидение кўришни бошладик, радиода уларни эшитяпмиз.

Уларнинг баъзилари тақиққа тушиши сабабларининг ўзи антиқа бўлса, яна бирлари ҳатто ўша сабабини ҳам билишмаган. Хусусан, 2000-йилларнинг ўрталарида хит қўшиқлари билан машҳурликка эришган хонанда Анвар Санаев журналист Феруз Муҳаммадга берган интервьюсида Бухорога «каттакон» амалдорнинг хизматига текинга бормагани учун беш йил давомида «запрет»га тушганини айтиб ўтган.

Актёр Алишер Узоқов ҳам интервьюсида уч ярим йил «запрет»га тушиши сабабини билмаслигини, ўша пайтда ҳам моддий, ҳам руҳий оғир аҳволга тушиб қолганини айтиб ўтди.

Қизиқ томони, бунақа норасмий тақиқ нафақат санъаткорлар, балки журналистлар, олимлар, экспертлар ва фаолларга ҳам қўйилганди.
Ҳозирда Ўзбекистон Профессионал футбол лигаси бош директори вазифасини бажараётган Диёр Имомхўжаев Лазиз Ҳамидовнинг «Ular» лойиҳасига берган интервьюсида муаллифлигидаги «Соккер клуб» лойиҳасида футболимиз тўғрисида билдирган фикрлари учун ЎзМТРКдан ишдан кетгани ва телевиденияда «запрет»га тушганини, бунинг ортидан амакиси Зафар Имомхўжаев ҳам ишдан олинганини маълум қилган. Орадан бир ой ўтиб буваси – ўзбек спорти журналистикаси фахрийси Ахбор Имомхўжаев ҳам «Ёшлар» телеканалидаги кўрсатувга аввал чақирилиб, кейинчалик норасмий тақиқда эканлиги маълум қилиниб чиқариб юборилганини, бу ҳолат унга қаттиқ алам қилганини ҳикоя қилган.

Шундай қурбонликлар қилинадиган вақтлар ортда қолгани рост бўлсин.
#Haqiqatga_yaqin

O‘z sohangizda eng zo‘ri bo‘lmasangiz bu hayotda rohatlanib yasholmaysiz...


Kanalga ulanish ixtiyoriy
👉 @world_wave
#Shunchaki

Nafrat bilan yashash juda og‘ir...

👉 @world_wave
Fikret Kizilok-Bir Harmanim Bu Aksam
www.tac.az
#music_time

Sokin taronalar bilan yorqin xotiralar va shirin damlarni yodga olamiz.😉

👉 @world_wave
Forwarded from SOQQACHI BOLLA
Olimpiada chempionlari taqdirlanishi kerak lekin….
 
Olimpiada sovrindorlariga 200(bronza uchun 50) ming dollar qo‘shimchasiga qimmat baho avtomashinalar hamda uylar taqdim qilindi. Albatta, olimpia chempionlari(yoki sovrindorlari) munosib taqdirlanishi kerak. Lekin boshqa davlatlar bilan taqqoslaganda, ya’ni daromad darajamizni hisobga olganda, mamlakatimiz taqdim qilayotgan sovg‘alarning hajmi judayam katta. 

Agar berilgan sovg‘alarni pul shakliga aylantirsak unda  birinchi o‘rinni olganlar uchun  taxminan(jami) 350 ming dollar mukofot taqdim qilingan(uchinchi o‘rin uchun esa 150 ming atrofida). Ya’ni sovrindorlar uchun qilingan jami xarajat  taxminan 1.4 mln dollarni tashkil etgan(faqat sovrindorlarni taqdirlash uchun). 

O‘rtacha o‘zbekistonlik(YAIM bo‘yicha daromadi yiliga 1 700 dollar bo‘lgan odam) birinchi o‘ringa berilgan mukofot pulini(uy va mashina birgalikda) ishlab topishi uchun taxminan 206 yil talab etiladi(uchinchi o‘ringa berilgan sovg‘alarni ishlab topishi uchun esa 88 yil). Ya’ni boshqacha qilib aytganda, o‘rtacha o‘zbekistonlik hech qachon buncha pulni ishlab topolmaydi. Ko‘pchilik o‘ylaydiki, Xaqlaro Olimpiyada Qo‘mitasi, o‘rin olgan sportchilar uchun ma’lum miqdordagi pul mablag‘i taqdim  etadi. Lekin aslida unday emas, ya’ni Xalqaro Olimpiada Qo‘mitasi sovrindor sportchilar uchun hech qanday pul ko‘rinishidagi mukofot taqdim qilmaydi. Boshqacha aytganda, sportchilarga berilayotgan pullar byudjetdan beriladi. 

Boshqa davlatlar bilan taqqoslab ko‘rsak, masalan AQSHda oltin medal olgan sportchiga beriladigan pul mukofoti(37.5 ming dollar) o‘rtacha AQSHlikning taxminan yarim yillik maoshi hisoblanadi(taqqoslash uchun bizda bu ko‘rsatgich 206 yil). Italiyada  olimpiadada birinchi o‘rinni olgan sportchilarga beriladigan pul mukofoti(213 ming dollar) o‘rtacha italiyalikning 6.4 yillik maoshi hisoblanadi.  Yaqin qo‘shnimiz Qozog‘istonda olimpiada g‘oliblariga(ma’lumot uchun, bu yil bironta oltin olmagan) 250 ming dollar miqdorida mukofot puli vada qilingan va o‘rtacha Qozog‘istonlik bu pulni ishlab topishi uchun 26 yilga yaqin muddat talab qilinadi(aslida bu ham juda ko‘p). 

Sportchilarga beriladigan mukofotlarning hajmi jihatidan olimpiada sovrindorlariga eng ko‘p mukofot taqdim qiluvchi 10 ta mamlakat qatoriga kiramiz. Lekin daromad darajasi bo‘yicha qaraganda eng kambag‘al 40 davlat qatoridamiz. Sport biz uchun judayam qimmat soha. 

Yana bir qiziq ma’lumot, sovrindor sportchilarni taqdirlash uchun ajratilgan jami mablag‘lar hajmi bo‘yicha sovrindor sportchilarga eng ko‘p xarajat qilgan davlatlar orasida kuchli 11 davlatdan biri hisoblanamiz.  Ya’ni sportchilarni taqdirlash uchun, jami 1.4 mln dollar ishlatilgan, faqatgina 10 davlat sovrindorlarini taqdirlash uchun bundan ko‘proq mablag‘ sarflyagan. Lekin bu davlatlarning deyarli barchasida medallar soni bizga nisbatan karrasiga ko‘proq.

Shunchaki tahlil xalos
#Jek
@Islom_Shermatov
#Haqiqatga_yaqin

Yerdagi jannati insonlar -- qiz farzandni voyaga yetkazgan otalardir...

👉 @world_wave
#Shunchaki

Uzoq safardagi har bir qadrdonlarimizga oq yo‘l tilaymiz...

👉 @world_wave
Kechiring ona (Jonli) | www.Moqina.net
Ozoda Nursaidova
#music_time

Bu taronani oldin ham eshitgandim. Juda ma'noli va qalbni o‘rtaydigan ajoyib asar. Ammo oxirgi ikki kundan beri bu navo menga yanada qattiq ta‘sir qilmoqda...

👉 @world_wave
Forwarded from Barcashunos
Yangi O'zbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan, 30-raqamni tanladim.

©️Leo Messi

@Gr8BeK_talqini
#Haqiqatga_yaqin

Siz o‘zingiz ishonadigan narsaga aylanib borasiz.

Opra Unfri

👉 @world_wave
#Haqiqatga_yaqin

Qalb amri bilan amalga oshirilgan ishlar go‘zaldir...

👉 @world_wave
#Haqiqatga_yaqin

Eng buyuk haj bir ko‘ngilga yo‘l topib kirmoqdir.

Jaloliddin Rumiy

👉 @world_wave
#Haqiqatga_yaqin

Ollohni ko‘p eslang! Uni eslash shifodir...

Umar roziyallohu anhu


Kanalga ulanish ixtiyoriy
👉 @world_wave
Amal qilinishi kerak bo‘lgan eslatma...

👉 @world_wave
Torres del Peyn, Pantagoniya. Chili.

👉 @world_wave
#Haqiqatga_yaqin

Meni Olloh yaratganidek qabul qiling. Men undan ortig‘iga qodir emasman.

👉 @world_wave
Bali. Indoneziya.

👉 @world_wave