WORLD WAVE
170 subscribers
3.56K photos
2.31K videos
1 file
353 links
Motivatsiya. Sarkazm va gap tagidagi gap. Umuman hayot haqida qisqa satrlarda.

Eslatma: hamma o‘qishi shart emas😁

@world_wave kanal manzili. 😃😉
Download Telegram
Hozirgi og‘riqli muammo mavhumlikdir. OTM lardagi magisratura imtihonlari qachon bo‘lishiyu, ruxsatnomalar qay vaqtda saytga joylashishi barcha barchasi noma'lum. Men va mening do‘stlarimga alam qilayotgani imtihonlar yozma ish shaklida bo‘layotganligi. Demak har yilgi va har doimgi biz bilgan va eshitgan "o‘yinlar" bo‘lishi uchun keng imkoniyatlar eshigi vazifasini bajarishidan xavotirdamiz.

IMHO( bu inglizchada "mening fikri ojizimcha" degan so‘zning qisqartmasi) bizda ta‘lim tizimi haqiqatdan ham og‘riqli nuqta. So‘nggi yillarda esa OTM larni yaxshigina soqqa ishlaydigan joyga aylantirishdi. Ming afsus. O‘zi shundoq ham sifatsiz ta‘limni yanada sifatsizlashtirishdi. O‘zlaricha kredit-modul tizimi o‘rnatib yangilik qildik deb yurishibdi. Axir kredit-modul tizimida ham o‘sha biz bilgan eski ayrim "jonkuyar" o‘qituvchilar, zamon bilan hamnafas bo‘lmagan dekanlar, yoshlarni tushunmaydigan rahbarlar juda ko‘p OTM larda hali ham ishlashmoqdaku. Hozirgi OTM larimiz usti bo‘yalgan, lekin ichi to‘kilgan binoga o‘xshamoqda...

👉 @world_wave
SHIRIN XOTIRA

Bugun 1-avgust bundan 4 yil avval oliygohga kirish imtihonlari bo‘lgandi. Bu damlar hayajonli va yorqin xotiralarga boy. Har holda birinchi urinishdayoq o‘qishga kirgandim. Ollohimga behisob shukur. Keyingi 4 yillik umrda qator voqealar, ajoyib kursdosh do‘stlar, g‘aroyib va eslashga arzigulik sarguzashtlar bo‘ldi. Eng qizig'i 2017-yil oxirgi marta faqat 1-avgustda imtihon bo‘lgandi. Bizdan keyingi imtihonlar 10-15 kunlab bo‘lishni boshladi. Shuning uchun men va mening qadrli kursdosh do‘stlarimga 1-avgust sanasi o‘zgacha kundir. Shirin xotiralarni hech qachon esdan chiqarib bo‘lmaydi.

👉 @world_wave
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bir vaqtlar Mirishkor (Pomuq)da ko‘plarni zir titratgan Himmatova Ozoda ijtimoiy tarmoqlarda o‘z onasiga nisbatan qo‘pol harakatlar qilgan videosi bilan barchani e'tiboriga tushib qoldi.

Ma'lum bo‘lishicha unga nisbatan huquq tartibot xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari boshlanibdi.

♻️ Doʻstlarga ham ulashing

👇👇Kanalga ulanish ↙️↙️↙️
@Yazdurdiyev
Yazdurdiyev | #МарсликОвчи
⚡️Bir vaqtlar Mirishkor (Pomuq)da ko‘plarni zir titratgan Himmatova Ozoda ijtimoiy tarmoqlarda o‘z onasiga nisbatan qo‘pol harakatlar qilgan videosi bilan barchani e'tiboriga tushib qoldi. Ma'lum bo‘lishicha unga nisbatan huquq tartibot xodimlari tomonidan…
Naqadar ayanchli manzara. Odamzot o‘zini dunyoga keltirgan volidasiga shunaqa munosabatda bo‘ladimi?...😢
Hayvonlarda ko‘rmaysiz bunday voqeani. Chunki ularda aql va ong yo‘q. Lekin aqli va ongi bor odamzotning ahvolini qarang.

P/S: Yana bir nimalar yozmoqchi edim. Lekin videodagi noqobil farzand uchun hayf. Faqatgina volidalarimiz qadriga yetaylik.

👉 @world_wave
Forwarded from Tomchidagi nur (Tolibjon Baxtiyorovich)
АСЛ БОЙЛИК

Бир камбағал одам Жаноби Ҳаққа нолий бошлабди:
– Эй Яратган Эгам, нега мени бошқа бандаларингдан кам кўрдинг, ризқимни тор қилдинг?!
Бир йўловчи унинг гапини эшитиб қолиб сўрабди:
– Биродар, тинчликми? Нимадан норозисан?! – Аллоҳ менга кўп ризқ ато этмади, тинмай меҳнат қиламан, бироқ ночорликдан чиқиб кетолмаяпман! Йўловчи бир оз ўйланиб тургач дебди: – Майли, сенга беш минг тилла бераман. Эвазига битта кўзингдан воз кечасан! Фақир қаттиқ қўрқиб кетиб, икки қадам орқага чекинибди: – Эсинг жойидами? Қандай қилиб беш минг эвазига кўзимдан воз кечишим мумкин?! Йўловчи савдолашишда давом этибди: – Унда битта қўлингдан воз кеча қол. Ўн минг танга бераман? – Бўлмайди, – жаҳли чиқа бошлабди фақирнинг, – юз минг берсанг ҳам қўлимни бермайман! – Майли, ундай бўлса, шу ўн мингга битта бармоғингни бер! – Нега бармоғимни сотарканман?! Бутун дунѐнинг молига алмашмайман бармоғимни! Унинг бу гапини эшитган йўловчи мақсадга ўтибди: – Эй ношукр банда, унда нега нолияпсан? Аллоҳ сенга қанча бойлик берганини кўрмаяпсанми? Тўрт мучанг соғ, ақл-хушинг жойида. Сен эса фақирликдан нолиб ўтирибсан. Бунинг ўрнига Аллоҳ берган ҳисобсиз неъматларга шукр қилсанг бўлмайдими?!дебди..

@tomchidagi_nur
#Shunchaki

Mutlaq haqiqatni gapiraman deb o‘ylamang...

👉 @world_wave
#Haqiqatga_yaqin

Sizning beg‘ubor tabassumingiz atrofdagi yaqinlaringiz uchun jannat qo‘ng‘irog‘idir...

👉 @world_wave
BUYUK "TANKALAR"

Bizning jamiyat shu qadar rang-barang va serjiloki, unda har narsani topishing, g‘aroyib voqealarga guvohi bo‘lishing mumkin.

Ikki kundan beri ijtimoiy tarmoqlarda aylanayotgan DAN xodimi va haydovchilar o‘rtasidagi muloqot va muloqot jarayonida haydovchining "ulug‘vor tanishi" uni qutqarib qolganligi yana bir bora yuqoridagi fikrimning isbotidir. Ming afsuski, bunday holatlar har qanday sohada har qadamda guvohiga aylanishingiz mumkin. Bu esa o‘sha tizimni yanada yemirilishiga sabab bo‘ladigan omildir. Bizning yosh avlod ongida hozirdanoq shunaqa tushuncha singib borayaptiki, katta tanishing bo‘lsa hamma ishing besh, hamma muammoying hal degan fikrga yetib kelishmoqda va bu holatlarni amalyotda ham ko‘rishmoqda. Bu esa fojea. Yana shu narsa urfga aylanmoqdaki, men falon tashkilotda falon tanishim bor deb maqtab, do‘stlari orasida "obro‘ olishga" urinishlar uchraydi.

Bilaman, xomsut emgan bandamiz. Hammamiz yaqinlarimizga yordam berishni xohlaymiz. Insoniylik jihatdan bo‘lsa respekt. Lekin mansabni suiste'mol qilish bo‘lsa bunisi no‘to‘g‘ri. Bunaqa holat amaldor insonlarning statusini tushiradi.
Yana bir holat faqat va faqat hozirni, amal kursisini emas. Sal bo‘lsa ham kelajak avlodni o‘ylash kerak. To‘g‘ri oxirgi gapim balandparvoz va siyqasi chiqqan sitata bo‘lishi mumkin. De fakto haqiqat. Axir kelajakda bizning yoshlar o'sha amaldorlarni yomon gaplar bilan eslamasligi uchun, tarixda qora dog‘ sifatida ko‘rmasligi uchun, insoniylik sha'ni va g‘ururi uchun ham to‘g‘ri ishlashi kerak.

IMHO vaqt o‘tgan sari ishonamanki, bu holatlar ham bartaraf bo‘ladi. To‘g‘ri yuz foiz bo‘lmasada hozirgidan ancha yaxshi, korrupsiya kamaygan, tanish-bilishchilik insoniylik nuqtai nazaridan o‘tmaydigan, "buyuk tankalar"ga hojat qolmaydigan jamiyatga aylanamiz degan umidim bor...

👉 @world_wave
Forwarded from Alimoff
Айтишларича, олимпиадада олтин медаль олган Акбарали Жўраевнинг кўчасини таъмирлашмоқда экан.

Маҳаллангда бардакми? Қўни қўшниларни болларини спортга қизиқтирориш керак😁

@nurbekalimov
#Haqiqatga_yaqin

Mag'lubiyatni yoqtirmayman. Lekin mag'lubiyat bizni yanada kuchli qiladi...


Kanalga ulanish ixtiyoriy
👉 @world_wave
Sevgi fazosi
Samandar Hamroqulov
#music_time

Tonggi yuqori kayfiyat uchun juda yaxshi tarona.

👉 @world_wave
#Shunchaki

Ba'zida insonga sukunat ham kerak...

👉 @world_wave
#Haqiqatga_yaqin

Ruhan kuchli insonlarga motivatsiya shart emas...

👉 @world_wave
Forwarded from From heart (Sᴀʀᴅᴏʀ Esʜʙᴇᴋᴏᴠ)
Qizlarga kelajagi yaxshi bollar yoqadi,
Bollarga o'tmishi yaxshi qizlar yoqadi.


#hayotiy

@HeartFrom
#Haqiqatga_yaqin

Yo'qotishni istamasangiz, qadrlashni o‘rganing...


Kanalga ulanish ixtiyoriy
👉 @world_wave
Forwarded from Janob Satirik
Ютубга кирасан, бизнес бошлаш ҳақидаги мотивацион видеоларни қидириб кўрасан. Эртаси кундан бошлаб, ютуб алгоритми санга тавсия қиладиган видеолар:

Biznes boshlashdagi 3 xato

Biznes boshlashdagi 5 xato

Biznes boshlashdagi 7 xato

Biznes boshlashdagi 10 xato

Biznes boshlashdagi 20 xato

Biznes boshlashdagi cheksiz xatolar

Biznes boshlashdagi xatoni bartaraf etishdagi xatolar

Biznes boshlashdagi xatolarni sanashdagi xatolar

@janobsatirik
#Haqiqatga_yaqin

Liderlar tug‘ilmaydi va boshqalar tomonidan yaratilmaydi, balki o‘zlarini o‘zlari kashf etadilar.

Stiven Kovi


Kanalga ulanish ixtiyoriy
👉 @world_wave
#Haqiqatga_yaqin

Hamma ham mard bo‘lib tug‘ilmaydi...

👉 @world_wave
Forwarded from SAFAR
Шундай замонлар бўлганки

Куни кеча Миллий телеканалда эфирга берилган Обид Асомов ҳақидаги “Инсон қадри”кўрсатувни кўриб шу постни ёзишга қарор қилдим.
Дарҳақиқат Шерали Жўраев, Юлдуз Усмонова, Ортиқ Отажонов, Бобомурод Ҳамдамов, Обид Асомов, Озода Нурсаидова каби йиллар давомида «запрет»да бўлган элимиз суйган санъаткорларни Шавкат Мирзиёев ҳокимиятга келганидан кейин яна катта саҳнада, телевидение кўришни бошладик, радиода уларни эшитяпмиз.

Уларнинг баъзилари тақиққа тушиши сабабларининг ўзи антиқа бўлса, яна бирлари ҳатто ўша сабабини ҳам билишмаган. Хусусан, 2000-йилларнинг ўрталарида хит қўшиқлари билан машҳурликка эришган хонанда Анвар Санаев журналист Феруз Муҳаммадга берган интервьюсида Бухорога «каттакон» амалдорнинг хизматига текинга бормагани учун беш йил давомида «запрет»га тушганини айтиб ўтган.

Актёр Алишер Узоқов ҳам интервьюсида уч ярим йил «запрет»га тушиши сабабини билмаслигини, ўша пайтда ҳам моддий, ҳам руҳий оғир аҳволга тушиб қолганини айтиб ўтди.

Қизиқ томони, бунақа норасмий тақиқ нафақат санъаткорлар, балки журналистлар, олимлар, экспертлар ва фаолларга ҳам қўйилганди.
Ҳозирда Ўзбекистон Профессионал футбол лигаси бош директори вазифасини бажараётган Диёр Имомхўжаев Лазиз Ҳамидовнинг «Ular» лойиҳасига берган интервьюсида муаллифлигидаги «Соккер клуб» лойиҳасида футболимиз тўғрисида билдирган фикрлари учун ЎзМТРКдан ишдан кетгани ва телевиденияда «запрет»га тушганини, бунинг ортидан амакиси Зафар Имомхўжаев ҳам ишдан олинганини маълум қилган. Орадан бир ой ўтиб буваси – ўзбек спорти журналистикаси фахрийси Ахбор Имомхўжаев ҳам «Ёшлар» телеканалидаги кўрсатувга аввал чақирилиб, кейинчалик норасмий тақиқда эканлиги маълум қилиниб чиқариб юборилганини, бу ҳолат унга қаттиқ алам қилганини ҳикоя қилган.

Шундай қурбонликлар қилинадиган вақтлар ортда қолгани рост бўлсин.
#Haqiqatga_yaqin

O‘z sohangizda eng zo‘ri bo‘lmasangiz bu hayotda rohatlanib yasholmaysiz...


Kanalga ulanish ixtiyoriy
👉 @world_wave