WORLD WAVE
170 subscribers
3.56K photos
2.31K videos
1 file
353 links
Motivatsiya. Sarkazm va gap tagidagi gap. Umuman hayot haqida qisqa satrlarda.

Eslatma: hamma o‘qishi shart emas😁

@world_wave kanal manzili. 😃😉
Download Telegram
#Haqiqatga_yaqin

O‘zgaga taqlid qilma, o‘zligingni top...


Kanalga ulanish ixtiyoriy 👇
@world_wave
#Haqiqatga_yaqin

Odamlar shu qadar yuzsizlashib ketishiyaptiki, bir kuni yiqilgan chog‘ingda urib-tepib ketishdan orlanishmayapti...


Kanalga ulanish ixtiyoriy 👇
@world_wave
Kommentga umuman e'tibor qilmang. Axir nechinchi asrda ro‘y berishi aytilmaganku.😮

👉 @world_wave
Forwarded from Tomchidagi nur (Tolibjon Baxtiyorovich)
ФАҚАТГИНА ЎЗБЕКЛАР...

— Фақатгина Ўзбеклар иссиқ кунда, иссиқ чой билан чанқоғини босади.

— Фақатгина Ўзбеклар шамоллаш ва "кўз теккандан" оғришади.

— Фақатгина Ўзбеклар "стаканимиз тўқнашса ҳам, бошимиз тўқнашмасин" деб тилак айтади.

— Фақатгина Ўзбеклар шифокорнинг "нега эртароқ келмадингиз" деган саволига: "эътибор бермай юраверибман, ўзбекчилик" деб жавоб беради.

— Фақатгина Ўзбеклар 10 000 сўмлик нарсани, 5 000 сўмга тушириб олишади.

— Фақатгина Ўзбеклар элим юртим тинч бўлсин деб дуо қилишади.

— Фақатгина Ўзбеклар боласига катта уйлар солиб, ўзлари кичкина "времянкада" ўтиради.

— Фақатгина Ўзбеклар оғриб қолса, ўз-ўзларига диагноз қўяверишади.

— Фақатгина Ўзбеклар "қишлоқнинг хавоси тоза" дейишадида ўзлари Тошкентга ошиқишади.

— Фақатгина Ўзбеклар болалари меҳмон келганда оч қолади, чунки меҳмон кетгандан кейин ейишади.

— Фақатгина Ўзбеклар, олдин машина кейин хайдовчилик гувоҳнома олишади.

— Фақатгина ЎЗБЕКЛАР жуда ажойиб халқ
👏👏👏👏👏

Хайрли Тун

@tomchidagi_nur
Bizda 30 yil davomida faqat maddohlik gurkirab rivojlandi. Qolgani bekor...😲😞

👉 @world_wave
#Shunchaki

Bariga bir kuni qo‘l siltashing alam qiladi...

👉 @world_wave
#Haqiqatga_yaqin

Biz tushunarsiz olamning tushunarsiz odamlarimiz...

👉 @world_wave
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Maldiv orollari. Cheksiz ummon sohillari👍

👉 @world_wave
#Haqiqatga_yaqin

Hech qachon yangi narsani sinab ko‘rmaydiganlar hech qachon xato qilmaydilar.

Albert Eynshteyn

👉 @world_wave
Barnogul opa gapni nuqtasiga uribdilar. Ha, bunaqa haqqini talab qilolmaydigan xalq uchun bu ham kam...

👉 @world_wave
#Dialog

-- Nimaga faol emassiz?
-- Hozir juda bandman.
-- Nima uchun?
-- Kitob o‘qiyapman. Auuff..Auff.😉😉😉

👉 @world_wave
#Lirik_chekinish

TAVBA QILDIM

Ko‘rdim zalolatni, lek sukunatdir dunyo.
Cheksiz rohatdir zinokorlar uchun zino,
Nafsga botganlarni ko‘rib ming bora fikr qildim.
Ollohim o‘zingga tavba qildim, tavba qildim.

Qora niyatga to‘lgandir bu ko‘ngillar,
Samimiyat yo‘q, sotilgandir bu ko‘zlar
Ey robbim, gunohlarim ko‘pligini bildim
Ollohim o‘zingga tavba qildim, tavba qildim.

Ota-onasin xor qilgan farzandlar bor,
Jigarlariga ozor bergan dilbandlar bor.
Xiyonatning olovli azobin angladim,
Ollohim o‘zingga tavba qildim, tavba qildim.

Ey voh, xomsut emgan bandangman,
Dunyo dengizida oddiy to‘lqinman.
Dil qasamim ila so‘rayman kechirim,
Ollohim o‘zingga tavba qildim, tavba qildim.

Ey birodarlarim, siz ham qiling tavba,
Savob yo‘lida bo‘lsin har banda.
Endi haq yo‘lga birga qaytaylik,
Ollohimga tavba qilaylik, tavba qilaylik.


To‘lqinjon Farmonov

👉 @world_wave
Bizda "pardozlash" ishlarini oliy darajada "amalga oshirishadi"...😠

👉 @world_wave
Kulaveraganimdan dumalab tushdim... 😴

👉 @world_wave
#Shunchaki

Tugagan eski xotiralar bilan kelajak qurib bo‘lmaydi...

👉 @world_wave
Forwarded from Tomchidagi nur (Tolibjon Baxtiyorovich)
Ўн саккиз минг олам маҳлуқот ичида фақат инсон пул топади...
Бирор жонзот оч қолмайди, инсон эса асло туймайди...

@tomchidagi_nur
Eslab qol [T.me/@Cover_MusicUz]
Muhammad Duschanov
#music_time

E‘tiborlisi cover qilingan "Ummon"ning qo‘shig‘ida solosini nay orqali amalga oshirilgani juda chiroyli chiqqan. O‘zbek televideniyasi tarixidagi eng zo‘r ko‘rsatuvlardan "The cover up" loyihasi deb o‘ylayman. Har safar shedevr asarlar yaratishmoqda.

👉 @world_wave
2019 йил, ФИФА ўзининг энг зўр ишқибоз фанатларига бериладиган совринини Бразилиялик футбол фанати Сильвия Грекога топширганди.

Бу аёл ҳар бир ўйинга ўзининг 11 ёшли кўзи ожиз ўғли Николасни олиб келаркан ва ўғлига ўйиннинг ҳар бир дақиқасини шарҳлаб бораркан.

Онаизор совринни олиш маросимида ўз ҳайратини яшира олмаган эди.

Бахтимизга барча оналар соғ бўлсинлар!

🔘 t.me/historyfactsuz
"ADOLATLI VA KUCHLI" TIZIM

Bugungi "dilso‘zlarim" Davlat Test Markazi(DTM) va Oliy Ta'lim Muassasalari(OTM) haqida. Bizda so‘nggi yillarda ta‘lim tizimini yaxshigina pul ishlaydigan sistemani o‘rnatishdi va buni nomini "yoshlarga imkoniyat" deb chiroyli qilib suvashmoqda. Eng qizig'i, DTM ham ajoyib pul ishlaydigan apparatga aylandi. Har holda imtihonga kirish uchun to‘lovlar hisobidan o‘tgan yili 84 mlrdni qurtday sanab olishgan, lekin amalda hech narsani qoyillatishmadi. Xususan, qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yishdi. Keling birma-bir sanab o‘tamiz.
BIRINCHIDAN, shuncha pulni sanab olgan DTM bitta onlayn hujjatlarni qabul qiladigan elektron saytni sifatli ishlaydigan tayyor holga keltirishmadi. Ming afsuski, saytda doimiy va davomiy ravishda uzulishlar bilan abituriyеntlar va ularning ota-onalarini asab tolalarini egovlashdi.
IKKINCHIDAN,bizning DTM yil boshidagi o‘zi belgilagan nizomdan chetga chiqib, hujjatlar qabuli tugagachdan so‘ng kirish imtihonlarida testlar 105 ta savoldan birdaniga 70 taga tushirildi. Axir butun yil davomida 105 ta savolga tayyorlangan va shunga qarab bilim darajasini hisobga olib hujjat topshirgan yoshlar, albatta, norizo bo‘lishdi. UCHINCHIDAN, kirish testlari 1-avgustdan boshlanadi deb bir necha bora aytishdi, ammo doimgidek yana onlayn sayt ruxsatnomalarni berish muammosi sabab 5-avgustdan boshlanadigan bo‘ldi. Shu joyda qiziq va kulguli holatni aytib o‘tsam, OTM larining birida ijodiy imtihonlar bo‘lishi to‘g‘risida OTM ning rasmiy saytida 30-iyul kunidan boshlab bo‘lishini e‘lon qilmoqda, biroq e‘lon qilingan xabar vaqti 29-iyul soat 19:00 edi. Naqadar kulguli, axir shu OTM ga 300 km uzoqlikda yashaydigan abituriyеntlar ijodiy imtihoni 30-iyul sanasida bo‘lsa, kechquruni bilan yo‘l bosishga to‘g‘ri kelardida.

DTM dagi yuqorida ta'kidlangan kamchiliklar uchun faqat bitta sabab keltirishi mumkin. Bu ham bo‘lsa pandemiya. Shaxsan men bunaqa bahonani umuman qabul qilmagan bo‘lar edim. Sababi o‘tgan yili ham pandemiya sharoitda testlar o‘tkazildi va bu katta tajriba bo‘lishi, kelasi yil uchun yaxshi tayyorgarlik ko‘rishiga to‘liq bir yil vaqt bor edi. Endi savol tug‘liadi bir yil davomida DTM nima bilan mashg'ul bo‘ldi???
Har holda yaxshi ishlaydigan saytni yaratish mumkin edi, yil boshida pandemiyani hisobga olib 105 ta savol emas, 70 ta savol bo‘ladi deb xulosa berilsa ham bo‘lar edi.

Endi masalaning ikkinchi qismi bizning OTMl ar to‘g‘risida "ballada". Bu yil bir qator do‘stlarim bilan magisraturaga o‘qishni niyat qilgandik. Bu yerda ham juda katta mavhumlik va tushunarsiz holatlar juda ko‘p. Birinchidan, magisraturaga kirish imtihonlarini o‘tgan yilgidek DTM emas, yana OTM larning o‘zi olishi kishini taajjubga solib qo‘ydi. Har holda davlat nazoratida olingan imtihon bilan bir guruh insonlarning "nazoratida" bo‘lgan imtihondan farqi bor. Yana bir holat DTM kelasi yildan boshlab o‘zi magisraturaga imtihon olishini rasman e'lon qildi. Mantiqni qarang. Bu yilchi degan savol tug‘iladi. Ikkinchidan, OTM larning o‘zi imtihonlarni yozma ish yoki test bo‘lishini hal qildi. Biz juda uzoq kutdik qaysi oliygoh, qay tartibda imtihonni olishini har holda shunga qarab hujjat topshirmoqchi edik. Doimgidek yana maxinizatsiya ishlatishdi. Ya'ni barcha hujjatlarni topshirgach(30-iyul magisraturaga hujjat topshirishning oxirgi kuni edi), ayrim oliygohlar imtihonlarni test ko‘rinishida olishni e‘lon qilgan bo‘lsa, juda ko‘p OTM lar avvalgidek yozma ish ko‘rinishida olishini e‘lon qildi. Har holda OTM lar hujjat topshirishdan oldin imtihonlarni qanday tartibda bo‘lishini e‘lon qilganda edi. Shunga qarab hujjatlarni topshirar edik. Endi yaxshi va yomon gumondamiz. O‘zi yozma ish ko‘rinishidagi imtihonlar hech qachon adolatli va real bahonlamagan. Bu to‘g‘risida gaprisa gap ko‘p. Ha aytgancha, magisraturadagi bu yilgi chet tili imtihonlarni DTM olishini aytib o‘tishgandi. Qizig‘i men topshirgan oliygohda chet tili imtihonlari ham yozma ko‘rinishda bo‘larkan. Shu joyida miyam ishlamay qoldi. DTM bizdan endi chet tili imtihoni uchun yozma ish oladimi shunda???