WORLD WAVE
194 subscribers
3.58K photos
2.33K videos
1 file
353 links
Motivatsiya. Sarkazm va gap tagidagi gap. Umuman hayot haqida qisqa satrlarda.

Eslatma: hamma o‘qishi shart emas😁

@world_wave kanal manzili. 😃😉
Download Telegram
Forwarded from 𝐹𝐹𝐹
​​HALI...

Majnuntol boshini gullarga egur,
Gullar sado berib koʻz yoshin toʻkur.
Bulbul charh aylabon hirgoyi boshlar:
“Hali nazokat bor, Xudoga shukr!”

Sabolar qoʻynida tutgancha malham,
Zamin oʻz oxirin sayr etur begʻam.
Yerning burqsib yotgan joylarida ham
Hali latofat bor, Xudoga shukr!

Bir goʻdak adashib qolsa gar oʻynab,
Zotlar bor uyiga eltur avaylab.
Odamlar juda ham ketmagan aynab,
Hali omonat bor, Xudoga shukr!

Sezaman, har banda qolganda tanho,
Samoga koʻklanar unsiz iltijo.
Oʻgʻri ham koridan yigʻlaydi goho,
Hali diyonat bor, Xudoga shukr!

Hali tugamagan ilohiy koʻrik,
Hali moʻjizotlar qalb bilan sherik.
Suvni ters oqizgan valiylar tirik,
Hali karomat bor, Xudoga shukr!

Hamon oramizda yurur xor iblis,
Sherik tutmoq uchun ming tayyor iblis.
Shukr, tosh otmoqqa imkon bor, iblis,
Hali Arofat bor, Xudoga shukr!

Dillar bor intilar dilga oʻxshashga,
Koʻkdagi yor uchun jonin toʻshashga.
Bashar zoti hali haqli yashashga –
Hali sadoqat bor, Xudoga shukr!

Ixlos jajji dilda boʻlsa salomat,
Hech kimdan aylamas inson malomat.
Qoʻpmoqqa shoshilma buncha, qiyomat,
Hali muhabbat bor, Xudoga shukr!

©Xayrulla Hamidov

@FarosatdaFiltrlanganFikrlar
Haqiqat aslida bari
Yolg'onlar girdobidan nari,
Tuhmatdir asl balosi.
Insonning yetmas nolasi


@world_wave
NIMA UCHUN?

Ko'pchilik obunachilarimiz hozirgi kundagi aktual mavzu bo'lmish LGBT haqida yozmayapsizku deyishmoqda. Eng avvalo men LGBTga ham, geylikka ham, radikalizmga ham, zo'ravonlikka ham qarshiman. O'zi bizning yurtimizda LGBT va geylik to'g'risida gapirayotganimiz bu haqiqiy fojeamizdir. O'ylashimcha, bunday zalolatdan faqat va faqat MA'RIFATIMIZ VA ILMIMIZ qutqaradi, xolos. Boshqa najot yo'li yo'q.


@world_wave
#Haqiqatga_yaqin

Insonlarga haqiqatni yuziga aytsang, kundan kunga seni yomon ko'rishni boshlashadi...


@world_wave
🙌🙆

@world_wave
#Haqiqatga_yaqin

Ikkiyuzlamachilar -- dunyodagi eng kuchli nafratga duchor bo'ladi...


@world_wave
Eron. Garmsar tuz konlari.

@world_wave
#Shunchaki

Umid -- eng oxirida o'ladi...😰😲


@world_wave
#Haqiqatga_yaqin

Oxirini o'ylagan qahramon bo'lmaydi...

P/S: " Qashqirlar makoni" serialidan

@world_wave
#Shunchaki

Baxtli bo'lish uchun million kerak emas, chiroyli tabassumning o'zi yetarli...😊


@world_wave
Roraima tog'i. Uchta mamlakat chegarasida joylashgan: Venesuela, Braziliya va Gayana.


@world_wave
#Shunchaki

Xatolar ketidan xato qilish insonning agressiyasini oshiradi...

@world_wave
#Shunchaki

Ba'zi ahmoqlarni tarbiyalash juda qiyin...

@world_wave
#Haqiqatga_yaqin

Hayot shu qadar bevafoki, sal faol bo'lmasang seni tark etishadi. Xuddi kanal obunachilaridek.😂😂😃

@world_wave
Forwarded from Bahodir Ahmedov
Олимлар аниқлашича, дангасалик юқори интеллектнинг белгиларидан бири экан.

Жисмоний ҳаракатларга мойил инсонлар энергияни дангасароқ инсонлардек фикрлаш фаолиятига сарф этмаслиги интеллект пасайишига сабаб бўлиши мумкин. Фикрловчилар энергиясининг катта қисмини эса мияга беришади.

Расмда дам олиш куни туришни хоҳламаётган, юқори интеллектли мен😉

Каналга уланинг
👉 @bahodirahmedoff 👈
#Haqiqatga_yaqin

Oltinga teng fikrlarni doimo yodda saqlang va amal qiling...

@world_wave
Tabiatni asrash uchun ijtimoiy reklama.

@world_wave
#Shunchaki

Hech qachon qo'ldan ketganlarga achinmang. Achinib o'tirishdan foyda yo'q...

@world_wave