wie bitte 🍵
70 subscribers
399 photos
110 videos
47 files
123 links
🍵 @marifah

𝑆𝑜𝑓𝑡𝑤𝑎𝑟𝑒 𝐸𝑛𝑔𝑖𝑛𝑒𝑒𝑟.
𝐵𝐴 (𝐻𝑜𝑛𝑠) 𝑃𝑟𝑜𝑗𝑒𝑐𝑡 𝑀𝑎𝑛𝑎𝑔𝑚𝑒𝑛𝑡
𝑇𝑒𝑒𝑠𝑠𝑖𝑑𝑒 𝑈𝑛𝑖𝑣𝑒𝑟𝑠𝑖𝑡𝑦 𝑎𝑡 𝑀𝐷𝐼𝑆𝑇 '26

B2: 🇺🇲 🇩🇪 🇷🇺
Download Telegram
color a
curl ascii.live/forrest
Ko‘pchilik tan olmasa-da, bu savol bugungi yoshlar orasida juda ko‘p botinib o‘ylanishga sabab bo‘layotgan mavzu. Ayniqsa, IT yoki dasturlash sohasida yurmoqchi bo‘lganlar orasida. Men ham mashhur bir Dasturchidan maslahat so'raganimda aytgan edi: "Universitet — bu Waste of Time and Waste of Money, va eng asosiysi – bu joy odamni chalg‘itadigan muhit bilan to‘la" deb. O‘shanda rosti, ichimdan to‘la qo‘shilganman.

Lekin ota-onamning gapini inobatga olib, Universitetga kirdim. Hozir qarasam, mashhur dasturchining aytgan gaplarida jon bor ekan. Universitet kutilganidek intellektual markaz emas, balki ko‘proq moda ko‘rgazmasi, tanish-bilish shousi, vaqtdan yutganlar uchun dam olish maskaniga o‘xshab qolgan.

Shunchaki darsga kirib o‘tirish odamni rivojlantirmaydi. Aksincha, odam qaysi muhitda yurishi va o‘sha muhit uni qanday yo‘nalishga undashi – bu eng muhim narsa. Ko‘pchilik o‘z ustida ishlamaydi, faqat diplom olishni maqsad qiladi, vaqt esa prezentatsiyalar, "selfie"lar, "fashion" va yuzaki munosabatlarga ketadi. Bu haqiqat, garchi achchiq bo‘lsa ham.

Universitet – bu faqat vosita. Kimdir undan foydalanadi, kimdir yo‘q. Ammo o‘z ustida ishlash — bu yagona qattiy yo‘l. Til o‘rganing, kod yozing, xatolardan qo‘rqmang, mustaqil fikr yuriting. Qiyinchilikdan cho‘chimang, chunki bu sizni ezmasdan, kuchaytiradi.

Haqiqiy o‘sish – noqulay zonadan boshlanadi.
Guys, believe it or not — it's your choice. But this is my honest opinion and real experience.

Ko‘proq til o‘rganing. Har bir davlatda o‘ziga xos imkoniyatlar bor — biz hali bilmagan, hatto ongimiz yetmagan darajada.

Til — bu shunchaki so‘z emas, bu yangi dunyo, yangi imkoniyat, yangi hayot eshigi.

Bir til = bitta yangi dunyo.
Forwarded from Deutschbekistan ♻️ (Косимов ш)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Deutsch und Eglisch

Wer hat dieses Problem ? 😂
Nemis tilini o'qiyotgan paytlarim nemis tili ustozlarim Islombek Ismoiljonov va Dilshoda Abdurimova bu sizga ingliz tili emas to'g'ri talafuz qiling deyishardi, ammo hozir Universitetda

Ingliz tili ustozlarim bu sizga nemis tili emas to'g'ri talafuz qiling deyishyapti.
Chet elda o‘qish — qiz bola uchun halokat sari qadam

Qiz bola — Alloh bergan eng nozik va muqaddas omonat. Uni asrash ota-onaning zimmasidagi farzdir.

Qur’onda:
“O‘zlaringizni va ahli ayolingizni do‘zaxdan saqlangiz” (Tahrim, 6) — deb buyurilgan.


Shariatda aytilgan:
“Ayol kishi mahramsiz safarga chiqmasin” (Buxoriy, Muslim).


Chet elga o‘qishga ketish esa nafaqat safar, balki yillar davomida nazoratsiz, fitna ichida qolish degani.

Siz ming iffatingizni saqlang, ming hayo bilan yuring, hatto hilvat joylarda yurmasangiz ham, odamlarning niyatini hech qachon bilib bo‘lmaydi. Ko‘p kishilar tashqaridan madaniyatli ko‘rinadi, ammo niyati buzuq, qarashi zino va shaxvatli bo‘lishi mumkin. Bu esa qiz bolaning sha’ni va imoni uchun eng katta xavfdir.

Rasululloh ﷺ ogohlantirdilar:
“Men dunyoda orqamdan eng katta fitna sifatida ayollarni qoldirdim”.


Qizni chet elga yuborish — uni ochiq fitna ichiga tashlashdir. Bu ota-onaning mas’uliyatdan qochishi, Allohning ogohlantirishiga ko‘z yumishidir. Ilm bahona qilib nomusni, imonni xatar ostiga qo‘yish — foyda emas, halokatdir.

Shunday ekan, qiz bolaning eng to‘g‘ri yo‘li — ilmni o‘z yurtida, oila va jamiyat himoyasida olishdir. Begona yurtda esa uni xavf, gunoh va fitna kutadi.
faqat menga yoqadimi bu🌟
btw I can jumpe 15 minutes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Harom bilan boshlangan munosabatning oxiri hech qachon yaxshi bo‘lmaydi. U faqat kesik, barakasiz va hayirli bo'lmaydi.

To‘ydan oldingi harom yaqinlik – bu muhabbat emas, balki yolg‘on va nafsning o‘yini. Bu yo‘l insonni halol nikohdan, poklikdan, nozik xilqatdan, hayodan uzoqlashtirib, shaxvatga va zinoga boshlaydi.

Harom yo‘lda boshlangan sevgi – oxiri kesik, xilvat joylarda pinxona uchrashuv hayosiz niyat demakdir. Alloh taolo:
Qur’onda ogohlantiradi: “Zinoga yaqinlashmanglar! Albatta u buzuqlik va yomon yo‘ldir.” (Isro surasi, 32-oyat)


Shirin gaplar, va’dalar, yolg‘on muhabbat – barchasi nafsni aldaydigan tuzoq. Kim bu yo‘lga kirsa, oxirida izzatini ham, hayosini ham, barakasini ham yo‘qotadi.

Harom munosabatlar bilan Halol nikohga kirish huddi kir hidlanib unga atir misk sepib kiyib ketishga o'xshaydi
Halol nikoh esa bu oxiri sakiynat, halovat. mexr shavqat va hayirdir.

Biz tushunchamiz Harom deganda faqat Qimor, Ichkilik tushunamiz - agar Dunyodagi jamiyki barcha Harom ishlarni Ichkilikga qiyoslasak edi dunyoda barcha insonlar qanchalik Mayxo'r bo'lib borayotganiga guvox bo'lar edingiz
.
📱 Linkedln: @fotima-nishonova

📱 GitHub: @fotimaDev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Benefits of 15 Minutes of Jumping

1.Cardio workout – Improves heart health and increases stamina
🫀

2.Calorie burning – Helps burn fat quickly in a short time
🫀

3.Full-body training – Engages legs, arms, and core muscles
🫀

4.Bone strength – Strengthens bones and prevents osteoporosis
🫀

5.Coordination – Improves balance and motor skills
🫀

6.Stress relief – Releases endorphins and reduces stress
🫀

7.Time-efficient – Only 15 minutes can be as effective as longer workouts
🫀

8.Portable & cheap – Requires no expensive equipment, can be done anywhere
🫀
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
me and me
👩‍💻👩‍💻👩‍💻👩‍💻👩‍💻👩‍💻👩‍💻
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qachonki sen yolg'iz qolish uchun tunni emas, tongni tanlaganingda...
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
lol tutvosami shu odamni o'zim bilardim nima deyishni😂
Forwarded from Kremniy Olami
Senyorlar kompaniyani yemiryapti, juniorlar esa uni qutqaryapti — AQSh’dagi IT chatlarda tarqalayotgan maqolaning asosiy g‘oyasi shu.

Gap shundaki, bozor qimmat senyorlarni quvlayotganda yutqazyapti — ular ko‘pincha haddan tashqari “hafsalasiz”, qimmat va doimiy bir xil qolipda fikrlashadi: “har doim shunday qilganmiz”.


Zoomer-juniorlar esa — yangi boshlovchilar — arzonroq va moslashuvchanroq. Ular tez o‘rganishadi, kompaniyaga energiya olib kirishadi va yangilikdan qo‘rqishmaydi. Ular ichkarida o‘sib, senyorlardan besh baravar arzon turadi.

Masalan, Shopify mingta juniorni ishga olayapti va ochiq aytyapti: “junlar butun jamoaga yuqumli energiya va drive olib keladi”.

Xullas, agar siz junior bo‘lsangiz — siz bozorda ustunlikka egasiz.

@kremniyolam
👨‍💻2🏆1
Bildungsgewerkschaft für bundesweiten islamischen Religionsunterricht

Yaqinda Germaniyada o‘rta maktab ta’lim tizimiga Islomshunoslik fanlarini qo‘shish haqida tashabbus ko‘tarildi. Bu g‘oyani Verband Bildung und Erziehung (Ta’lim va tarbiya assotsiatsiyasi) ilgari surmoqda. Ularning ta’kidlashicha, agar o‘quvchilarga maktabda to‘g‘ri va ilmiy asoslangan diniy bilim berilsa, ular fanatizm yoki ekstremizm yo‘liga ketmaydi. Aksincha, yoshlar dinni faqat tashqi ko‘rinishlardan emas, balki asl manbalardan, mutaxassis o‘qituvchilardan o‘rganadi.

Assotsiatsiya rahbari Gerhard Brandning fikricha, odamlar o‘zi ishonadigan dinni chuqur bilishi kerak. Shunda u o‘z e’tiqodini himoya qila oladi va noto‘g‘ri yo‘llarga og‘maydi. Bu qaror Germaniya ta’lim siyosatida katta qadam bo‘lib, din va jamiyat o‘rtasidagi muvozanatni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Germaniyada ta’lim tizimi diniy bilimni xavf emas, balki jamiyatni barqarorlashtiruvchi omil deb ko‘rayotgan bir paytda, O‘zbekistonda esa buning aksi — diniy bilimlar chetga surilmoqda. Natijada o‘z dinini bilmaydigan, ammo diniy mavzularda qiziqadigan avlod shakllanmoqda.

Shunday qilib, Germaniya tajribasi shuni ko‘rsatadiki, maktablarda to‘g‘ri Islomshunoslik darslari berish fanatizmga qarshi eng yaxshi vosita bo‘lishi mumkin. O‘zbekistonda esa bu imkoniyat e’tiborsiz qolmoqda va ta’lim tizimi tobora dindan ajralgan, quruq nazariyaga asoslangan shaklga aylanmoqda.
🏆2👨‍💻1
🪄 Ajoyib kitob
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻3🏆1
Forwarded from Kremniy Olami
Ertaga Xitoy IT mutaxassislari va texniklar uchun yangi K vizani ochadi — ish taklifi (offer) bo‘lmasa ham berilishi mumkin, faqat IT, kimyo, arxitektura, muhandislik, biologiya yoki fizika diplomini taqdim etsa bo'ldi.

@kremniyolam
👨‍💻3🏆1
Forwarded from Kremniy Olami
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bunday ketishda, yaqin orada oramizda odamdan farqlab bo‘lmaydigan darajadagi gumanoid robotlar yurishi mumkin.

Xitoyning AheadForm kompaniyasi inson mimikalarini mukammal qaytaradigan robot ishlab chiqdi. Eng hayratlanarlisi – uning sintetik terisi deyarli inson terisidan farq qilmaydi.

@kremniyolam
👨‍💻4🏆2