Miracles
2 subscribers
13 photos
1 link
Mo'jizalar olami.
Ha, mo'jiza bor. Men bunga ishonaman.
Download Telegram
Ko'nglimdan armonlar ketsin,
Umrimdan yolg'onlar ketsin,
Yo'limdan yomonlar ketsin
Faqat sen ketma, yolg'izlik!

@withMiracles
Bir gulman bog'idan adashgan,
Taqdir chiziqlari chalkashgan...
🥀🥀🥀

@withMiracles
Har doim o'tiradigan joyimdaman. Faqat yolg'iz. Bugundan boshlab yolg'izlik menga hamrox bo'ladi. Atrofimni qafasdek o'rab olaman. Hamma uchun yopildim.

@withMiracles
Eng ko'p o'zligimiz oldida aybdor bo'ldik, haddi va haqqi yo'q insonlarga o'zimizni xafa qildirib qo'yganligimiz uchun.

@withMiracles
Endi hech narsa avvalgidek bo'lmaydi! Men bunga so'z beraman.

@withMiracles
Yig'lasa ko'z qaro bo'lur, demagil,
Ko'zlarimni o'zi qaro yig'latmagil!
🙂🙂🙂

@withMiracles
Forwarded from Yoqadi_de🖇💜
Oddiygina tasodif butun umrlik muhabbatni sovg'a qilishi mumkin

@yoqadi_de
Forwarded from Yoqadi_de🖇💜
Nimaga uchrashib qolganmiz bilmadim-u, lekin yaxshiyam uchrashganmiz. Shuni bilaman!

@yoqadi_de
Forwarded from Yoqadi_de🖇💜
"Qayda bo'lsang ham, sog'-omon bo'lgin, o'zingni asra men uchun"

@yoqadi_
🥳🥳🥳

@withMiracles
Forwarded from Yoqadi_de🖇💜
Tug'ilgan kuningga sanoqli kunlar qolgani💜

@yoqadi_de
2 days left

@withMiracles
Aslida ajoyib kun uchun edi. Bu sana hayotimni o'zgartirib yuborishi mumkin. Hammasini barbod qiladigan, baxtsiz kun bo'lib qolishidan qo'rqyapman.
1 days left

@withMiracles
Hammasi tamom. Nafas olyapmanmi, yo'qmi? Bilmayman.
Koshki meni tushuna olsayding. Menga qanchalar qiyinligini bilsang edi. Men his qilganlarimni zarrasini ham his qila olmading. Buning uchun o'zimni kechirolmayman. Koshki hammasi boshqacha tugasa edi. Koshki boshlanmasdan tugasa edi. Qalbim bunchalar og'rimas edi. Bunchalar nafratni his qilmas edim. Endi men oldingi menimga havas qilyapman. Afsuski uni topa olmayman.
Meni yulduzim so'ndi. Men uchun dunyoda boshqa yulduz yo'q.
Yulduzini yo'qotgan Parizod.

@withMiracles
Today.
🥳🥳🥳

@withMiracles
Bugun bir yaqin insonimning, do'stimning tug'ilgan kuni. Afsuski, shaxsiyida tabriklash nasib qilmagan ekan.
U doim mening tug'ilgan kunimda yaxshi tilaklar bildirgan. Men esa o'tgan yili ham uning shukrona kunida tabriklay olmaganman.
U bilan eslashga arzigulik yaxshi kunlarimiz ham, unutishga loyiq yomon kunlarimiz ham bo'lgan. Nima bo'lganda ham u mening yaqin do'stim. Qalbimda uning alohida o'rni bor. Men u uchun shunchaki tanish bo'lishim mumkin. Balki hech kimdirman. Buning ahamiyati yo'q. Muhimi uning bu hayotda borligi. Menga shunday insonni uchratgani uchun Ollohimga behisob shukur!

Balandparvoz so'zlardan yiroq bo'lgan holda shunchaki qutlamoqchiman. Qayerda bo'lsangiz ham sog'-omon bo'ling. Yaxshi insonlarga hamrox bo'ling. Hayotda doim qalbingiz buyurgan ishni qiling. Boshqalar sizning hayotingizni hal qilishiga, sizning o'rningizga qaror qabul qilishiga yo'l qo'ymang. O'z bilganingizcha yashang. Seving va seviling. Sevgan yoringizning suyukli umr yo'ldoshi bo'ling.

Tug'ilgan kuningizni so'raganimdan so'ng ,,bu ham bir omadda'' degandiz. Albatta, omad. Muhim sanalarda tug'ilish omad va baxt. Doimo mana shunday eng omadli va eng baxtli insonlar qatorida bo'ling.
O'zingizni ehtiyot qiling. Uzoqlarda bo'lsangiz ham doim yodimdasiz. Meni unutib qo'ymang. Men sizni aslo unutmayman. Ollohga omonatimsiz.

Aslida yigit va qizning orasida do'stlik bo'lishi mumkin emas, faqat bizning holatda emas. ChUNKI BU BIZ.👫
🤗🤗🤗🥳🥳🥳


@withMiracles