Miracles
2 subscribers
13 photos
1 link
Mo'jizalar olami.
Ha, mo'jiza bor. Men bunga ishonaman.
Download Telegram
Bugun sirli obunachim bilan ko'rishmoqchi edim. Kimligiga rossa qiziqyapman. Meni taniydiganga o'xshaydi.
🤔🤔🤔

@withMiracles
Ha, o'sha sirli inson bilan tanishdim. Bir-birimizni pinhona taniydigan tanishim bo'lib chiqdi. Kim ekan deb juda ko'p o'ylagandim. So'ngi soniyalarda xayolimga kelgan inson bo'lib chiqdi. Ha, ko'nglim sezgan ekan. Olloh qalbimga solgan narsa doim chin bo'lib chiqadi, alhamdulillah.
Albatta, sirli do'stim bilan yaqindan tanishganimdan xursandman.

@withMiracles
Dilimni sababsiz og'ritishga, ko'nglim bilan o'ynashishga, soddaligimdan foydalanishga sizning haqqingiz yo'q!!!

@withMiracles
Ha, Shahzoda Malikasini qasrning birinchi qavatidan, kabutar orqali maktub yuborib topdi. Malika ham anoyilardan emas ekan. Kabutarning oyog‘iga gps bog‘lab, uni qasr xonasiga uchurib yuborgan ekan. Shahzoda bu: " Bu gpsda na sir bor" deb uning ortidan borib, Malika oldidan chiqib qoldi. Ko‘zlar ko‘zga to‘qnoshg‘an vaqt erdi, ushbu dam. Uylag‘on Shahzoda yerg‘a qarar, Malikaning ko‘zlariga qarolmasdi. Shu sababkim, Malikaning, go‘zalligini ko‘rishdan mahrum bo‘lg‘ay. Va hijron azobida qovirilg‘ay.

O'zimni malikadek his qilib ketdim.
🤭🤭🤭😌😌😌

#tushungan_tushundi

@withMiracles
Talaba zoti - ,,odamning eng oxirgi sorti''! U hatto avtobusda o'tirib ketishga ham haqli emas.

O'tirgan o'rnimni hech kimga bermaydigan darajada o'zimni sevardim...

@withMiracles
Qayerga bormayin Navoiy surati tushurilgan yoki nimasidir Navoiyni eslatadigan kitob e'tiborimni tortadi.
Bu zotga mehr qo'yishimga ustozimning ulkan hissasi bor. Hazratni ustozim orqali sevdim.
@withMiracles
Taksida soqolli yigitlar bilan ketyapman. Negadir ko'zimga qo'rqinchli ko'ringandi. Ozgina yurganimizdan keyin ,,gayi bor ekan, ichkaridan haydayman, litsenziyam yo'q'' dedi. Koshki men hamma narsaga ko'nib ketaverdigan aqlli qiz bo'lsam ekan. ,,to'g'ri yo'ldan haydang, litsenziyangiz bo'lmasa nega odam oldingiz?'' dedim. ,,opa, gayi emasmisiz?'' deb kulib to'g'ri yo'ldan haydadi.
Baxtimizga gayi to'xtatmadi. Meni aytganimni qilgan inson kam bo'lmaydi. O'jarligim, o'zimni gapimni o'tkazadigan fe'lim ko'p hollarda qo'l keladi.

Gayiga tushmaganiga xursand haydovchi har zamonda oynadan tirjayib qarab gapga tutyapti. Asabimni buzdingmi? Endi mendan yaxshilik kutma!
🤨🤨🤨

@withMiracles
Inson o'ziga qilgan zulmini butun boshli armiya ham qila olmaydi.

Omina Shenliko'g'li
,,Imomning maneken qizi'' asaridan.

@withMiracles
Hamonki, vijdoning yodda tutar ekan, hech qanday gunoh unutilishga mahkum emas!

Stefan Sveyg ,,Qalb besabrligi'' asaridan.

@withMiracles
Forwarded from M A R V A R I Dga💌 (Марварид)
1-dekabr. Dekabr oyi men eng yaxshi ko'rgan oy❤️. Sababini bilasizlar💃😅.

Chiroyli voqealarga, xursandchiliklarga, sarguzashtlarga boy bo'lsin🤲. Barakali kelsin.
Xuddi mening orzuimdagidek mashina va raqam.
🤩🤩🤩
Doim shu joyda turadi. Egasi kim bo'lsa? Universitet domlalaridan bo'lsa kerak. Juda havasim ketdi. Qachon shu orzuimga yetarkinman-a?
☹️☹️☹️


@withMiracles
Taksida ikkita qiz tinmay yigitini maqtab ketyapti. Ikkalasi ham bir-biridan qolay demaydi. Asror akam... Bobur akam... Boshim og'rib ketdi
😬😬😬
Shunaqangi maqtayaptiki, yer yuzida shunday aqlli yigitlar bormikan, deb o'ylab qoldim.
Hammani sevgani o'zi uchun eng zo'ri. ,,Ichmaydi, chekmaydi'' deb maqtanasiz, ichsa ham, cheksa ham ko'nasiz bir kun kelib.
😒😒😒
Hammaga maqtashni yoki yomonlashni nima keragi bor? Ha, yaxshi ekan. Yaxshi taraflarini ham, yomon taraflarini ham o'zingiz uchun bilib qo'ysangiz bo'ldi-da. Dunyoga jar solish shartmi?

Yana bir gap qizlajonlar, ko'p maqtamang ko'z tegadi!
🤫🤫👀👀😁😁

@withMiracles
Shu kunlarda ko'plarni xayotimdan chiqarib tashlayapman. Ko'nglimni qoldirgan insonlarni hech ikkilanmay ,,udalit'' qilib tashlayman. Ularsiz ham yashay olaman. Bu hech narsani o'zgartirmaydi. Ollohga shukr ota-onam, jigarlarim, yaqinlarim bor. Ularni hech qachon tark etmayman va ular ham mendan arzimagan narsalarni deb voz kechmaydilar!
Barchasi uchun behisob shukr!

@withMiracles
Begim, sizni tabiat raso qilib yaratgan!
🥰🥰❤️❤️

@withMiracles
Qishning qishligi esidan yo'q shekilli.
Ertalabdan ajoyib ob-havo bahor nafasini eslatyapti. Kayfiyatim a'lo darajada.
🤩🤩🤩
Ob-havo sizning ham kayfiyatingizga ta'sir qiladimi?

@withMiracles
Ko'nglimdan armonlar ketsin,
Umrimdan yolg'onlar ketsin,
Yo'limdan yomonlar ketsin
Faqat sen ketma, yolg'izlik!

@withMiracles
Bir gulman bog'idan adashgan,
Taqdir chiziqlari chalkashgan...
🥀🥀🥀

@withMiracles
Har doim o'tiradigan joyimdaman. Faqat yolg'iz. Bugundan boshlab yolg'izlik menga hamrox bo'ladi. Atrofimni qafasdek o'rab olaman. Hamma uchun yopildim.

@withMiracles
Eng ko'p o'zligimiz oldida aybdor bo'ldik, haddi va haqqi yo'q insonlarga o'zimizni xafa qildirib qo'yganligimiz uchun.

@withMiracles
Endi hech narsa avvalgidek bo'lmaydi! Men bunga so'z beraman.

@withMiracles