Miracles
2 subscribers
13 photos
1 link
Mo'jizalar olami.
Ha, mo'jiza bor. Men bunga ishonaman.
Download Telegram
Do'stimning ham do'sti bor. Men buni tushunaman.

@withMiracles
Na sen deding, na men dedim ,,ul so'z''ni...

@withMiracles
Parim bo'lsa uchib qochsam, ulusdan to qanotim bor,
Qanotim kuysa uchmoqdin, yugursam to hayotim bor.
🕊🕊🕊

@withMiracles
Qo'lingdagi narsaning qadrini yo'qotganingdan so'ng anglar ekansan. Ba'zi narsalar bitta bo'ladi. Takrorlanmaydi. Ketsa faqat u bilan bog'liq xotiralarni
qoldirib ketadi.
Biroz bo'lsa ham qo'limizdagi narsalarni borida qadriga yetaylik.

@withMiracles
Bugun menga ,,seni yuraging katta, hech narsadan qo'rqmaysan''- deyishdi. Ha, to'g'ri uncha-muncha narsadan qo'rqmayman. Faqatgina Ollohdan qo'rqaman, bandasidan emas.
Ammo ba'zi narsalar meni juda xavotirga soladi. Yo'qotishdan qo'rqaman. Rostdan qo'rqaman. Yuragim katta bo'lsa ham qo'rqaman. ,,Qo'rqma'' deb aytib turing menga.

@withMiracles
Kitob o'qib o'tirganingda ichidan kutilmagan narsa chiqib qolsa...
yoqadi-dee.
🤩🤩🤩

Albatta, yoqyapti, ilkbaharim! Qadrli insoningni sovg'asi ham qadrli bo'ladi. Bu men uchun oddiy kitob bo'lib qolmaydi. Yillar o'tib ham shirin xotiralarni yodga soluvchi esdalik va eng sevimli kitoblarimdan bo'lib qoladi.
(O'ylab qarasam, anchadan beri bir gapni senga aytmay qo'yibman. Noyobsan-da!)
🥰🥰🥰

@withMiracles
Ichingga yutaverasan, yutaverasan ,,ha, mayli'' deb. Bir kuni o'pkangga yo tiqilib qoladi, yo sig'may qoladi...

@withMiracles
Bugun sirli obunachim bilan ko'rishmoqchi edim. Kimligiga rossa qiziqyapman. Meni taniydiganga o'xshaydi.
🤔🤔🤔

@withMiracles
Ha, o'sha sirli inson bilan tanishdim. Bir-birimizni pinhona taniydigan tanishim bo'lib chiqdi. Kim ekan deb juda ko'p o'ylagandim. So'ngi soniyalarda xayolimga kelgan inson bo'lib chiqdi. Ha, ko'nglim sezgan ekan. Olloh qalbimga solgan narsa doim chin bo'lib chiqadi, alhamdulillah.
Albatta, sirli do'stim bilan yaqindan tanishganimdan xursandman.

@withMiracles
Dilimni sababsiz og'ritishga, ko'nglim bilan o'ynashishga, soddaligimdan foydalanishga sizning haqqingiz yo'q!!!

@withMiracles
Ha, Shahzoda Malikasini qasrning birinchi qavatidan, kabutar orqali maktub yuborib topdi. Malika ham anoyilardan emas ekan. Kabutarning oyog‘iga gps bog‘lab, uni qasr xonasiga uchurib yuborgan ekan. Shahzoda bu: " Bu gpsda na sir bor" deb uning ortidan borib, Malika oldidan chiqib qoldi. Ko‘zlar ko‘zga to‘qnoshg‘an vaqt erdi, ushbu dam. Uylag‘on Shahzoda yerg‘a qarar, Malikaning ko‘zlariga qarolmasdi. Shu sababkim, Malikaning, go‘zalligini ko‘rishdan mahrum bo‘lg‘ay. Va hijron azobida qovirilg‘ay.

O'zimni malikadek his qilib ketdim.
🤭🤭🤭😌😌😌

#tushungan_tushundi

@withMiracles
Talaba zoti - ,,odamning eng oxirgi sorti''! U hatto avtobusda o'tirib ketishga ham haqli emas.

O'tirgan o'rnimni hech kimga bermaydigan darajada o'zimni sevardim...

@withMiracles
Qayerga bormayin Navoiy surati tushurilgan yoki nimasidir Navoiyni eslatadigan kitob e'tiborimni tortadi.
Bu zotga mehr qo'yishimga ustozimning ulkan hissasi bor. Hazratni ustozim orqali sevdim.
@withMiracles
Taksida soqolli yigitlar bilan ketyapman. Negadir ko'zimga qo'rqinchli ko'ringandi. Ozgina yurganimizdan keyin ,,gayi bor ekan, ichkaridan haydayman, litsenziyam yo'q'' dedi. Koshki men hamma narsaga ko'nib ketaverdigan aqlli qiz bo'lsam ekan. ,,to'g'ri yo'ldan haydang, litsenziyangiz bo'lmasa nega odam oldingiz?'' dedim. ,,opa, gayi emasmisiz?'' deb kulib to'g'ri yo'ldan haydadi.
Baxtimizga gayi to'xtatmadi. Meni aytganimni qilgan inson kam bo'lmaydi. O'jarligim, o'zimni gapimni o'tkazadigan fe'lim ko'p hollarda qo'l keladi.

Gayiga tushmaganiga xursand haydovchi har zamonda oynadan tirjayib qarab gapga tutyapti. Asabimni buzdingmi? Endi mendan yaxshilik kutma!
🤨🤨🤨

@withMiracles
Inson o'ziga qilgan zulmini butun boshli armiya ham qila olmaydi.

Omina Shenliko'g'li
,,Imomning maneken qizi'' asaridan.

@withMiracles
Hamonki, vijdoning yodda tutar ekan, hech qanday gunoh unutilishga mahkum emas!

Stefan Sveyg ,,Qalb besabrligi'' asaridan.

@withMiracles