Miracles
2 subscribers
13 photos
1 link
Mo'jizalar olami.
Ha, mo'jiza bor. Men bunga ishonaman.
Download Telegram
Taqdir va tasodif
Bugun bir yigit menga ,,tasodif bu - taqdir'' degan gapni aytdi. Bu fikr qanchalik to'g'ri? Masalan, mening hayotim tasodiflarga boy. Tasodifan tanishib qoldik, tasodifan ko'rishib qoldik, lekin keyinchalik ayrim sabablarga ko'ra yo'llarimiz ayrildi. Men ham bularning shunchaki emasligiga ishonardim. Olloh bizni bekorga uchrashtirmagan, demak, taqdirimiz bir ekan, deb o'ylardim.
Bugun shu gapni eshitib bunga ishonmay qo'yganimni angladim. Balki yana qachonlardir fikrim o'zgarar. Balki haqiqatdan ham bu taqdirdir?
Tasodiflar bilan taqdirlari tutashishi faqat kino yoki kitoblarda bo'ladi, menimcha.
-hayotni hech narsa tasodifchalik o'zgatirolmaydi. Men bunga ishonaman.
-men esa hech narsaga ishonmayman.

@withMiracles
Ha aytgancha, o'sha yigit men bilan yana ko'rishishni Xudodan iltijo qilarkan. Yana qayta ko'rishsak o'sha fikrini menga isbotlar ekan. Keyin undan qochib qutulolmas ekanman.
🙄🙄🙄


@withMiracles
Umrimda samolyotga chiqmaganman. Xorijga bo'lmasa ham O'zbekistonning boshqa joylariga olib borasiz-a?
😌😌😌

@withMiracles
Kamron hamon albom ichidan menga kulib qarab turardi.
Sekingina ,,qalbsiz!''- dedim.

@withMiracles
Baxtli kunlaring qanoti bor deyishadi. Birpasda qushdek uchib ketadi. Baxtsiz kunlarning esa xuddi oyog'iga tosh bog'lagandek joyidan jilgisi kelmaydi.

#iqtibos
Voris ,,Senga ishonaman'' asaridan.
📚📚📚

@withMiracles
Do'stimning ham do'sti bor. Men buni tushunaman.

@withMiracles
Na sen deding, na men dedim ,,ul so'z''ni...

@withMiracles
Parim bo'lsa uchib qochsam, ulusdan to qanotim bor,
Qanotim kuysa uchmoqdin, yugursam to hayotim bor.
🕊🕊🕊

@withMiracles
Qo'lingdagi narsaning qadrini yo'qotganingdan so'ng anglar ekansan. Ba'zi narsalar bitta bo'ladi. Takrorlanmaydi. Ketsa faqat u bilan bog'liq xotiralarni
qoldirib ketadi.
Biroz bo'lsa ham qo'limizdagi narsalarni borida qadriga yetaylik.

@withMiracles
Bugun menga ,,seni yuraging katta, hech narsadan qo'rqmaysan''- deyishdi. Ha, to'g'ri uncha-muncha narsadan qo'rqmayman. Faqatgina Ollohdan qo'rqaman, bandasidan emas.
Ammo ba'zi narsalar meni juda xavotirga soladi. Yo'qotishdan qo'rqaman. Rostdan qo'rqaman. Yuragim katta bo'lsa ham qo'rqaman. ,,Qo'rqma'' deb aytib turing menga.

@withMiracles
Kitob o'qib o'tirganingda ichidan kutilmagan narsa chiqib qolsa...
yoqadi-dee.
🤩🤩🤩

Albatta, yoqyapti, ilkbaharim! Qadrli insoningni sovg'asi ham qadrli bo'ladi. Bu men uchun oddiy kitob bo'lib qolmaydi. Yillar o'tib ham shirin xotiralarni yodga soluvchi esdalik va eng sevimli kitoblarimdan bo'lib qoladi.
(O'ylab qarasam, anchadan beri bir gapni senga aytmay qo'yibman. Noyobsan-da!)
🥰🥰🥰

@withMiracles
Ichingga yutaverasan, yutaverasan ,,ha, mayli'' deb. Bir kuni o'pkangga yo tiqilib qoladi, yo sig'may qoladi...

@withMiracles
Bugun sirli obunachim bilan ko'rishmoqchi edim. Kimligiga rossa qiziqyapman. Meni taniydiganga o'xshaydi.
🤔🤔🤔

@withMiracles
Ha, o'sha sirli inson bilan tanishdim. Bir-birimizni pinhona taniydigan tanishim bo'lib chiqdi. Kim ekan deb juda ko'p o'ylagandim. So'ngi soniyalarda xayolimga kelgan inson bo'lib chiqdi. Ha, ko'nglim sezgan ekan. Olloh qalbimga solgan narsa doim chin bo'lib chiqadi, alhamdulillah.
Albatta, sirli do'stim bilan yaqindan tanishganimdan xursandman.

@withMiracles
Dilimni sababsiz og'ritishga, ko'nglim bilan o'ynashishga, soddaligimdan foydalanishga sizning haqqingiz yo'q!!!

@withMiracles