Miracles
2 subscribers
13 photos
1 link
Mo'jizalar olami.
Ha, mo'jiza bor. Men bunga ishonaman.
Download Telegram
Channel created
Miracles, senga muhtojman.

@withMiracles
Forwarded from 🕊 DREAMS COME TRUE 🕊 (Lobar) via @like
Iqtibos

O'sha kundan beri sen mening uchun bir begonadan, dushmandan boshqa narsa emasding, Komron. Hech mahal yuz kòrishmasligimizni, to òlguncha kòzimiz kòzimizga tushmasligini, bir-birimizning ovozimizni bir umr eshitmasligimizni bilardim. Shunday bòlsa ham, sening nishonling ekanim hissini hamisha kònglimda saqlab kelardim. Nima demay, nima qilmayin men òzimni hamma vaqt sening mulking deb kelaman va bu tushunchadan hech vaqt qutula olmayman!

Rashod Nuri Guntekin
#Choliqushi

@ishqimsheriyataudio
Loyqa dardni ko'z gavhari
Chiqararkan tindirib...


@withMiracles
Sensizlikning uchinchi kuni ham o'tyapti. Ha, o'tadi, o'tmay qolmaydi. Kamayib qolmadim-ku voz kechib. Inson ba'zan o'ziga ham toqat qila olmaydi.
Muboraklar bo'lsin, ey yor, endi senga mensizlik.

@withMiracles
Nohaq ayblandim, nohaq jazolanyapman. Sudya janoblari meni tinglamadi.
Menga zo'o'rr advokat kerak.
Kim yordam bera oladi?
☹️☹️☹️

@withMiracles
Taqdir va tasodif
Bugun bir yigit menga ,,tasodif bu - taqdir'' degan gapni aytdi. Bu fikr qanchalik to'g'ri? Masalan, mening hayotim tasodiflarga boy. Tasodifan tanishib qoldik, tasodifan ko'rishib qoldik, lekin keyinchalik ayrim sabablarga ko'ra yo'llarimiz ayrildi. Men ham bularning shunchaki emasligiga ishonardim. Olloh bizni bekorga uchrashtirmagan, demak, taqdirimiz bir ekan, deb o'ylardim.
Bugun shu gapni eshitib bunga ishonmay qo'yganimni angladim. Balki yana qachonlardir fikrim o'zgarar. Balki haqiqatdan ham bu taqdirdir?
Tasodiflar bilan taqdirlari tutashishi faqat kino yoki kitoblarda bo'ladi, menimcha.
-hayotni hech narsa tasodifchalik o'zgatirolmaydi. Men bunga ishonaman.
-men esa hech narsaga ishonmayman.

@withMiracles
Ha aytgancha, o'sha yigit men bilan yana ko'rishishni Xudodan iltijo qilarkan. Yana qayta ko'rishsak o'sha fikrini menga isbotlar ekan. Keyin undan qochib qutulolmas ekanman.
🙄🙄🙄


@withMiracles
Umrimda samolyotga chiqmaganman. Xorijga bo'lmasa ham O'zbekistonning boshqa joylariga olib borasiz-a?
😌😌😌

@withMiracles
Kamron hamon albom ichidan menga kulib qarab turardi.
Sekingina ,,qalbsiz!''- dedim.

@withMiracles
Baxtli kunlaring qanoti bor deyishadi. Birpasda qushdek uchib ketadi. Baxtsiz kunlarning esa xuddi oyog'iga tosh bog'lagandek joyidan jilgisi kelmaydi.

#iqtibos
Voris ,,Senga ishonaman'' asaridan.
📚📚📚

@withMiracles
Do'stimning ham do'sti bor. Men buni tushunaman.

@withMiracles
Na sen deding, na men dedim ,,ul so'z''ni...

@withMiracles
Parim bo'lsa uchib qochsam, ulusdan to qanotim bor,
Qanotim kuysa uchmoqdin, yugursam to hayotim bor.
🕊🕊🕊

@withMiracles
Qo'lingdagi narsaning qadrini yo'qotganingdan so'ng anglar ekansan. Ba'zi narsalar bitta bo'ladi. Takrorlanmaydi. Ketsa faqat u bilan bog'liq xotiralarni
qoldirib ketadi.
Biroz bo'lsa ham qo'limizdagi narsalarni borida qadriga yetaylik.

@withMiracles
Bugun menga ,,seni yuraging katta, hech narsadan qo'rqmaysan''- deyishdi. Ha, to'g'ri uncha-muncha narsadan qo'rqmayman. Faqatgina Ollohdan qo'rqaman, bandasidan emas.
Ammo ba'zi narsalar meni juda xavotirga soladi. Yo'qotishdan qo'rqaman. Rostdan qo'rqaman. Yuragim katta bo'lsa ham qo'rqaman. ,,Qo'rqma'' deb aytib turing menga.

@withMiracles