3 subscribers
4.37K photos
222 videos
27 files
1.42K links
-LifeHacks
Download Telegram
🎮 “Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025” musobaqasi
🤩 TATU Nurafshon filialida oliygoh bosqichi bo‘lib o‘tdi!

➡️ Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Farg‘ona viloyati hokimligi hamkorligida, “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tashkil etilgan “Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025” chempionatining OTM (oliy ta’lim muassasasi) bosqichi 2025-yil 11-iyun kuni filialimizda yuqori saviyada o‘tkazildi.

🎯 Musobaqa quyidagi kibersport yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etildi:

* CS 1.6 (Counter-Strike)
* E-Football 2025 (FC25)

🧩 Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bellashuvlar yakunida quyidagi talabalar va jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi:

💥 CS 1.6 yo‘nalishi bo‘yicha:
🥇 1-o‘rin — “Everest” jamoasi
🥈 2-o‘rin — “Keberchilar” jamoasi

⚽️ E-Football 2025 yo‘nalishi bo‘yicha:
🥇 1-o‘rin — Mamajonov Akmal
🥈 2-o‘rin — Hasanov Abrorbek
🥉 3-o‘rin — To‘xtasinov Alyorbek

🏆 G‘oliblar hududiy bosqichga yo‘llanma oldilar va u yerdan muvaffaqiyatli o‘tganlar esa 23–25-iyun kunlari Farg‘ona viloyatida bo‘lib o‘tadigan Respublika final bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

🎉 Barcha ishtirokchilarni samimiy tabriklaymiz!
Ularga kelgusi bosqichlarda omad va g‘alaba tilaymiz!

🚀 Kibersport – bu nafaqat o‘yin, balki bilim, strategiya va tezkor fikrlash maktabi!

👩‍💻 nbtuit.uz |✈️ Telegram  |📷 Instagram | 📒Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU_Nurafshon
#Dolzarb_90_kun
#Kitobxon_yoz_2025

📚 “Kitobxon yoz – 2025” loyihasi doirasida navbatdagi tadbir!

➡️ 2025-yil yoz fasli davomida yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, mutolaa madaniyatini mustahkamlash va ijodiy tafakkurni rivojlantirish maqsadida “Kitobxon yoz – 2025” respublika loyihasi davom etmoqda.

🤩 Shu munosabat bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nurafshon filialida kutubxona bo‘limi tomonidan kitobxonlikka oid turli tadbirlar, tanlovlar va ochiq suhbatlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

📖Har bir o‘qilgan kitob – yangi ufq” shiori ostida tashkil etilayotgan ushbu loyiha orqali talabalar o‘z dunyoqarashini kengaytirish, til boyligini oshirish va mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

📝 Barcha kitobsevar talabalarni loyihada ishtirok etishga chorlaymiz! Tafsilotlar uchun kutubxona bo‘limiga murojaat qiling.

👩‍💻 nbtuit.uz |✈️ Telegram  |📷 Instagram | 📒Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU_Nurafshon
#Tabrik

📆 Bugun Filial Devonxona mudiri Sholbayeva Dilrabo Abdijabarovnaning tug'ilgan kunlari!

🎁 Shu munosabat bilan Filial nomidan sizga avvalo sog'lik, oilaviy baxt-saodat, mehnat faoliyatingizda esa ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

👩‍💻 nbtuit.uz |✈️ Telegram  |📷 Instagram | 📒Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU_Nurafshon

👫 "Oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish kuni" doirasida tashkillashtirilgan sayohat

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2025-yil 9-aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda har oyda bir marta, shanba-yakshanba kunlari “Oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish kuni” deb e’lon qilindi.

🤩 Mazkur tashabbus doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali jamoasi Bo‘stonliq tumanidagi “Oq tosh” dam olish maskaniga tashrif buyurdi.

🔔 Sayohatdan ko‘zlangan asosiy maqsad – filial jamoasining turizmga bo‘lgan qiziqishini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, dam olish madaniyatini yuksaltirish hamda o‘zaro hamjihatlikni yanada mustahkamlashdan iboratdir.

🌿 Tabiat bag‘rida o‘tkazilgan dam olish xodimlarning salomatligi, ruhiy xotirjamligi va ijobiy kayfiyatiga xizmat qildi.

👩‍💻 nbtuit.uz |✈️ Telegram  |📷 Instagram | 📒Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖥 Davlat va nodavlat MTM faoliyati o‘rganildi

🤩 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nurafshon filiali direktori, 14-saylov okrugi deputati N.Nasrullayev tomonidan Kuchlik MFY hududidagi maktabgacha ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlar, ta’lim-tarbiya sifati va bolalar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

🏫 Tashrif davomida 9-sonli Davlat MTM hamda "Angel Kids" nodavlat MTM faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

➡️ Har ikki muassasada: tarbiyalanuvchilarning xavfsizligi va qulayligi uchun yaratilgan zamonaviy o‘quv xonalari, to‘liq ta’mirlangan oshxona va sog‘lom ovqatlanish uchun zaruriy sharoitlar, gigiyena va sanitariya talablariga javob beradigan yotoq va hojatxona xonalari, bolalarning intellektual, jismoniy va ijtimoiy rivojlanishiga xizmat qiluvchi didaktik vositalar va o‘yin maydonchalari e’tiborni tortdi.

📝 Tashrifdan ko‘zlangan maqsad – ilg‘or tajribalarni o‘rganish, ta’lim sifatini yanada yaxshilash va davlat-nodavlat MTMlar o‘rtasidagi mavjud infratuzilma va sharoitlarni o‘rganish, tizimda yo‘lga qo‘yilgan tartib va sifat ko‘rsatkichlarini tahlil qilishdan iborat bo‘ldi.

👩‍💻 nbtuit.uz |✈️ Telegram  |📷 Instagram | 📒Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM