3 subscribers
4.37K photos
222 videos
27 files
1.42K links
-LifeHacks
Download Telegram
🎮 “Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025” musobaqasi
🤩 TATU Nurafshon filialida oliygoh bosqichi bo‘lib o‘tdi!

➡️ Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Farg‘ona viloyati hokimligi hamkorligida, “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tashkil etilgan “Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025” chempionatining OTM (oliy ta’lim muassasasi) bosqichi 2025-yil 11-iyun kuni filialimizda yuqori saviyada o‘tkazildi.

🎯 Musobaqa quyidagi kibersport yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etildi:

* CS 1.6 (Counter-Strike)
* E-Football 2025 (FC25)

🧩 Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bellashuvlar yakunida quyidagi talabalar va jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi:

💥 CS 1.6 yo‘nalishi bo‘yicha:
🥇 1-o‘rin — “Everest” jamoasi
🥈 2-o‘rin — “Keberchilar” jamoasi

⚽️ E-Football 2025 yo‘nalishi bo‘yicha:
🥇 1-o‘rin — Mamajonov Akmal
🥈 2-o‘rin — Hasanov Abrorbek
🥉 3-o‘rin — To‘xtasinov Alyorbek

🏆 G‘oliblar hududiy bosqichga yo‘llanma oldilar va u yerdan muvaffaqiyatli o‘tganlar esa 23–25-iyun kunlari Farg‘ona viloyatida bo‘lib o‘tadigan Respublika final bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

🎉 Barcha ishtirokchilarni samimiy tabriklaymiz!
Ularga kelgusi bosqichlarda omad va g‘alaba tilaymiz!

🚀 Kibersport – bu nafaqat o‘yin, balki bilim, strategiya va tezkor fikrlash maktabi!

👩‍💻 nbtuit.uz |✈️ Telegram  |📷 Instagram | 📒Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU_Nurafshon
#Dolzarb_90_kun
#Kitobxon_yoz_2025

📚 “Kitobxon yoz – 2025” loyihasi doirasida navbatdagi tadbir!

➡️ 2025-yil yoz fasli davomida yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, mutolaa madaniyatini mustahkamlash va ijodiy tafakkurni rivojlantirish maqsadida “Kitobxon yoz – 2025” respublika loyihasi davom etmoqda.

🤩 Shu munosabat bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nurafshon filialida kutubxona bo‘limi tomonidan kitobxonlikka oid turli tadbirlar, tanlovlar va ochiq suhbatlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

📖Har bir o‘qilgan kitob – yangi ufq” shiori ostida tashkil etilayotgan ushbu loyiha orqali talabalar o‘z dunyoqarashini kengaytirish, til boyligini oshirish va mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

📝 Barcha kitobsevar talabalarni loyihada ishtirok etishga chorlaymiz! Tafsilotlar uchun kutubxona bo‘limiga murojaat qiling.

👩‍💻 nbtuit.uz |✈️ Telegram  |📷 Instagram | 📒Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU_Nurafshon
#Tabrik

📆 Bugun Filial Devonxona mudiri Sholbayeva Dilrabo Abdijabarovnaning tug'ilgan kunlari!

🎁 Shu munosabat bilan Filial nomidan sizga avvalo sog'lik, oilaviy baxt-saodat, mehnat faoliyatingizda esa ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

👩‍💻 nbtuit.uz |✈️ Telegram  |📷 Instagram | 📒Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU_Nurafshon

👫 "Oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish kuni" doirasida tashkillashtirilgan sayohat

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2025-yil 9-aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda har oyda bir marta, shanba-yakshanba kunlari “Oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish kuni” deb e’lon qilindi.

🤩 Mazkur tashabbus doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali jamoasi Bo‘stonliq tumanidagi “Oq tosh” dam olish maskaniga tashrif buyurdi.

🔔 Sayohatdan ko‘zlangan asosiy maqsad – filial jamoasining turizmga bo‘lgan qiziqishini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, dam olish madaniyatini yuksaltirish hamda o‘zaro hamjihatlikni yanada mustahkamlashdan iboratdir.

🌿 Tabiat bag‘rida o‘tkazilgan dam olish xodimlarning salomatligi, ruhiy xotirjamligi va ijobiy kayfiyatiga xizmat qildi.

👩‍💻 nbtuit.uz |✈️ Telegram  |📷 Instagram | 📒Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM