🔴 Golem effekti
Golem effekti – bu psixologik hodisa boʻlib, biron bir insonga nisbatan pastroq va negativ baho berish, inson faoliyatining yomonlashishiga olib keladi. Koʻpincha, bu taʼsir taʼlim yoki ish jarayonida koʻp kuzatiladi.
Kelib chiqishi:
Effekt yahudiy mifologiyasida Pragalik Ravvin Lyov tomonidan hayot berilgan loy jonzot golem nomi bilan atalgan. Afsonaga koʻra, golem dastlab Praga yahudiylarini qon tuhmatining dahshatlaridan himoya qilish uchun yaratilgan; ammo, vaqt oʻtishi bilan golem tobora koʻproq ahloqi yomonlashib, nazoratdan chiqib ketadi va yoʻq qilinishi kerak edi. Effekt 1982-yilda Babad, Inbar va Rosental tomonidan golem afsonasi sharafiga nomlangan, chunki u „oʻz-oʻzini amalga oshuruvchi bashoratlarning salbiy taʼsiriga qaratilgan jamiyatdagi olimlar va oʻqituvchilarning holatini ifodalaydi.
To'liq maqolani o'qish uchun bosing
wikiTarjima - Original tarjimalar

👍6
Kanal mundarijasi:
1-qism
2-qism
3-qism
4-qism
🔹Oy va sariq chaqa
🔹Haft paykar
🔹Haft avrang
🔹Yulduzingni ber osmon
🔹Choʻl boʻrisi
🔹99 frank
🔹86 termini
🔹Kleroterion
🔹Usmon Nosir
🔹Alixontoʻra Shokirxontoʻra oʻgʻli Sogʻuniy
🔹Xoja Hofiz Sheroziy
🔹Avloniy (film)
🔹Bahira
🔹Uels malikasi Diananing oʻlimi
🔹Florence Nightingale medali
🔹Rixsi Moʻminova
🔹Nabijon Boqiy
🔹Qatlnoma
🔹Zudek sindromi
🔹Yaratganga shukur (film)
🔹Zulfiqor Musoqov
🔹Imom
🔹Strup effekti
🔹Gastings jangi
🔹Edvard Hopper
🔹Helix tumanligi
🔹Droste effekti
🔹Lebensborn
🔹Is’hoqxon Ibrat
🔹Kauchuk vasvasasi
🔹Bronza buqa
🔹Chupakabra
Do'stlaringizga ham ulashing
wikiTarjima - Original Tarjimalar

👍11
📌Lebensborn
Lebensborn — „Hayot manbai“ (nemischa: born — tugʻilish) — tashkilot 1935-yil 12-dekabrda reyxsfyurer SS Geynrix Himmlerning shaxsiy koʻrsatmasiga binoan tashkil etilgan. Tashkilot nizomida faqat SS aʼzolaridan Reyxsfyurer SS tomonidan tayinlangan ofitser uning rahbari boʻlishi mumkinligi belgilandi.
SS - Schutzstaffel, 1925-1946 yilgacha Germaniyada faoliyat olib borgan «отряды охраны» - Qo'riqchilar guruhi.
Lebensborn tashkiloti 1935-yilda Irq va aholi punktlari bosh boshqarmasi tarkibida yosh „irqiy sof“ onalarni tayyorlash va „oriy“ chaqaloqlarni (birinchi navbatda SS aʼzolarining bolalari) tarbiyalash uchun tashkil etilgan.

👍7
🔹Is’hoqxon Ibrat
Is’hoqxon Ibrat (1862-1937) — maʼrifatparvar shoir, zabardast tilshunos, tarixshunos olim, ilk oʻzbek matbuotchilaridan boʻlib, 1862-yilda Namangan yaqinidagi Toʻraqoʻrgʻon qishlogʻida tugʻilgan. Dastlabki maʼlumotni eski maktabda, soʻngra onasining qoʻlida oladi. Keyinroq Qoʻqonga borib madrasaga oʻqishga kiradi.
Otasi - Junaydulla xo'ja adabiyotga ixlos qo'ygan, ''Xodim'' tahallusida ijod qilgan.
Onasi - Huribibi - o'z davrining o'qimishli oqila ayollaridan bo'lgan.
Is’hoqxon Ibrat 1887-yilda haj safariga otlanadi. 1901-yilgacha chet malakatlarida bo'ladi bir qancha tillarni o'rganib qaytadi va o'zining Lug'ati sita al-sina asarini yozadi, asar 6 tilda va ancha murakkab, 53 bet, 2 qismdan iborat.
Ibratning soʻnggi yillardagi hayoti ancha tahlikali oʻtdi. 1935-yildan u hamma lavozimlardan olib tashlandi. 1937-yilning aprel oyida 75 yoshli keksa shoir va maʼrifatparvarni hibsga oladilar. Ibrat Andijon turmasida vafot etadi. Is’hoqxon Ibrat qabrining qayerdaligi nomaʼlum.

👍9
📌 Kauchuk vasvasasi
19-asrning ikkinchi yarmi va 20-asrning boshlarida Braziliyada kauchukning ommaviy ishlab chiqarilishi, kauchuk olish va sotish bilan bog'liq.
Brazilyada kauchuk ishlab chiqarilishi Yevropa mustamlakachilarining kengayishining tezlashishiga, immigratsiyaning o'sishiga, boylikning oshishiga, madaniy va ijtimoiy o'zgarishlarga va tub aholi o'rtasidagi tartibsizlikka sabab bo'ldi
Kauchuk vasvasasi asosan 1879-yildan 1912-yilgacha bo'lgan.
Birinchi kauchuk "vasvasasi" 1879-1912- yillar oralig'ida Amazonka havzasining Lotin Amerikasi mamlakatlarini qamrab oldi.
Lotin Amerika vasvasasi ikkinchi bosqichi:
1942-1945- yillarda fashistlar Germaniyasining ittifoqchisi bo'lgan Yaponiya Janubi-Sharqiy Osiyodagi Yevropa koloniyalarining ko'p qismini egallab oldi. Urush yillarida AQSh va Buyuk Britaniya sanoati kauchukga juda muhtoj edi. Shu sababli, past sifatli Braziliya xomashyosiga ham talab paydo bo'ldi. Bu yillarda kauchuk sotishdan tushgan daromad evaziga braziliyaliklar Beleno Grand mehmonxonasini qurdilar.

📌 Chupakabra
Chupakabra (ispancha: chupacabras, chupar soʻzidan “soʻrish” + cabra “echki”: soʻzma-soʻz “echkini so‘ruvchi, echki vampiri”) – fanga nomaʼlum mavjudot, shahar afsonasi qahramoni. Afsonaga koʻra, Chupakabra hayvonlarni (asosan echkilarni) oʻldiradi va ularning qonini soʻradi. Chupakabra koʻpincha badiiy filmlar, seriallar, kitoblar va multfilmlarning qahramoniga aylangan
Hikoya:
Chupakabra haqidagi shahar afsonasi 1950-yillarga borib taqaladi, oʻshanda Puerto-Rikoda qonini soʻrib olgan bir necha oʻlik echkilar topilgan. 1990-yillarning oʻrtalarida bu afsona, asosan, televideniya va internet tufayli keng tarqaldi. 1995-yilda, “Turlar” filmining taʼsiri ostida, Chupakabraning balandligi bir metrga yaqin ikki oyoqli, sariq tuk bilan qoplangan va yon tomonlardan chiqadigan boshoqlari bilan tasvirlangan tasvirlar mavjud edi. 2000-yillarning boshlarida chupakabra, birinchi navbatda, tishlari va choʻchqaning yuzi boʻlgan it yoki koyotga oʻxshash toʻrt oyoqli jonzot sifatida tasvirlangan edi
Chupakabraning mavjudligini tasdiqlovchi ishonchli ilmiy dalillar yoʻq. Ayrim mamlakatlarning ilmiy muassasalarida ushbu jonzot qoldirgan izlar asosida tadqiqot olib borilmoqda.

👍8
📌 Bronza buqa
Bronza buqa, Sitsiliya buqasi yoki Falaris buqasi sifatida ham tanilgan bronzadan yasalgan qiynoq buqasi, qadimgi Yunonistonda ishlab chiqilgan qiynoq va qatl qurilmasi edi.
Diodor Sikulus, Bibliotheca historica da hikoya qilib, Afinalik Perilaus (yoki Perillus) jinoyatchilarni qatl qilishning yangi vositasi sifatida Sitsiliyadagi Akragas zolim Phalarisga uni ixtiro va taklif qilganini yozib qoldirgan
Aytishlaricha, buqa ichi bo'sh bo'lib, butunlay bronzadan yasalgan va bir tomonida eshik bor. Afsonalarga ko'ra, qiynoq buqasi haqiqiy buqaning shakli va o'lchamida yaratilgan va hayqiriqni ho'kiz ovoziga aylantiradigan akustik qurilmaga ega edi. Mahkumlar qurilma ichida qulflangan va uning ostiga o't qo'yilgan, ichidagi odam qovurilib, o'lguncha metall isitilgan. Bir asrdan kamroq vaqt o'tgach , Pindar bu qiynoq asbobini zolim Falaris nomi bilan aniq bog'laydi.
Falarisning o'zi Teronning ajdodlari Telemachus tomonidan ag'darilganida, qiynoq buqasida o'ldirilgan deb da'vo qilinadi
Afsonaga ko'ra, jasad kuyib ketganidan keyin buqa qayta ochilganda, qurbonning kuygan suyaklari "taqinchoqlar kabi porlagan va ulardan bilaguzuklar yasalgan"

📌 Kembrij beshligi
Kembrij beshligi (inglizcha: Cambridge Five') — 1930-yillarda Kembrij universitetida sovet razvedka zobiti Arnold Deych tomonidan yollangan Buyuk Britaniyadagi sovet agentlari tarmogʻining umumiy nomi.
Kembrij beshligi haqidagi maʼlumotlar Sovet Ittifoqiga 1941-yilda atom loyihasi ustida ishlashni boshlashga va 1943-yilda Kurskdagi hal qiluvchi jangga tayyorgarlik koʻrishga yordam berdi
Tarkibi:
▪️Kim Filbi (1912-1988) maxfiy nomi „Stenli“, SIS (MI6) va MI5 da yuqori lavozimlarni egallagan.
▪️Donald Maklin (1913-1983) maxfiy nomi „Gomer“, Tashqi ishlar vazirligida ishlagan
▪️Entoni Blant (1907-1983) maxfiy nomi „Jonson“, kontrrazvedkachi, qirol Jorj VI ning maslahatchisi.
▪️Gay Burgess (1911-1963) maxfiy nomlari „Xiks“, „Medchen“, „Pol“: kontrrazvedkachi, Tashqi ishlar vazirligida ishlagan.
▪️Jon Cairncross (1913-1995)„Leaf“ taxallusi (musiqaga muhabbat uchun berilgan): Tashqi ishlar vazirligi, harbiy razvedkachi.

📌 Garrota (ispancha "garrote", "dar garrote" — «buramoq, tortmoq, siqmoq») — odamni bo'g'ish uchun o'ylab topilgan predmet. Undan qatl va qiynoq quroli sifatida, shuningdek sovuq qurol sifatida foydalanishgan.
Ushbu quroldan Ispaniyada bog'ish orqali qatl qilishda foydalanilgan. Qatldan oldin mahkum stulga yoki ustunga bog'langan va boshiga xalta kiydirilgan. Keyin u garrota orqali bo'g'ib o'ldirilgan. Shundan keyin yig'ilganlar marhumning yuzini ko'rishi uchun xalta olib tashlangan.
1828-yildan boshlab Ispaniyada jinoyatchilar faqat garrota yordamida qatl qilingan.
Garrota sifatida bir qancha materiallardan foydalansa bo'ladi masalan arqon, mato, zanjir, kabel simlari, telefon simi, gitara simlari va shunga o'xshash materiallar.
Garrotadan foydalanshni oxirgi bo'lib 1990-yil Andorra yakunlagan.

⚫️ Dark horse (qora ot)
Dark horse (yoki qora ot) — bu vaziyatda, ayniqsa, bir nechta raqiblar ishtirok etgan musobaqada koʻzga tashlanadigan, ilgari mashxur boʻlmagan shaxs yoki narsa. Uning hatto hujjatlarda muvaffaqiyat qozonishi dargumon, ammo hali ham gʻoliblikka erishishi mumkin va odatda ular yakunda muvaffaqiyatga erishadilar.
Atama kelib chiqishi:
Bu atama qimor shinavandalariga aniq boʻlmagan va shuning uchun pul tikish koeffitsientini belgilash qiyin boʻlgan poyga otining ot poygasida qatnashishi ortidan kelib chiqqan.
Kontseptsiya haqidagi birinchi eslatma Benjamin Disraelining „Yosh gertsog“ (1831) romanida uchraydi. Disraelining bosh qahramoni Avliyo Jeyms gersogi ot poygasida kutilmagan natija bilan gʻolib boʻladi va quyidagi soʻzlarni aytadi: „Hech qachon xayoliga ham kelmagan, beparvo Sent Jeymsning ro‘yxatda ham ko‘rmagan qora oti, tribuna oldidan yugurib o‘tdi va gʻalaba qozondi“
Bundan tashqari, Oscar mukofoti (Kinematografiya sanʼati va fanlari akademiyasi tomonidan beriladi) kabi mukofotlarga ajablantiradigan yoki yutish ehtimol boʻlmagan holda gʻoliblikka erishgan nominatsiyalar sohiblari ham qora otlar deb ataladi.
Do'stlarga ham ulashamiz.

📌 „Polkovniku nikto ne pishet“
Полковнику никто не пишет, yaʼni „Pokovnikka hech kim yozmaydi“) — „Bi-2“ rus va belarus rok musiqiy guruhi ijro etgan . Qoʻshiq 2000-yilda „Zolotoy grammofon“ mukofoti bilan taqdirlangan. 2001-yil „Fuzz“ jurnali tuzgan yilning eng yaxshi qoʻshiqlari orasida eng yuqori beshtalikka kirgan.
„Polkovniku nikto ne pishet“ „Brat-2“ rus filmi saundtrekiga kiritilgan.
Kolumbiyalik yozuvchi Gabriel Garsiya Markez qalamiga mansub „Yolg'izlikning yuz yili“ hamda „Polkovnikka hech kim yozmaydi“ asarlari qoʻshiq uchun asos boʻlgan.

#tabrik
Navro'z bayrami muborak bo'lsin)
Oilangizni hech qachon fayz, baraka va quvonch tark etmasin.
wikiTarjima

👍10
🔹 Vasiliy Vyacheslavovich Utkin
Василий Вячеславович Уткин; 6-mart 1972-yil – 19-mart 2024-yil) rossiyalik sport muxbiri, muallif, „Futbol klubi“ telekoʻrsatuvining boshlovchisi, tele va radio boshlovchisi, koʻngilochar, aktyor va Rossiyaning Sports.ru sport veb-saytining egasi boʻlgan.
2017-yilda Vasiliy Utkin Moskva havaskor futbol ligasining (HFL) shimoli-sharqiy hududidagi 3-divizionida oʻynaydigan „Egrisi“ (qadimgi Gruziya qirolligining nomi) havaskorlar jamoasining egasiga aylanadi.
Aktyorlik
Utkin Kvartet I ning „Saylov kuni“ spektaklida va „Saylov kuni“ (2007) va „Saylov kuni 2“ (2016) filmlarida gubernatorlikka nomzod Igor Saplin rolini ijro etgan.
To'liq maqola bu yerda

📌 Zogist
Zogist salomi (albancha: Përshëndetja zogiste) yoki Albaniyada harbiycha salom hisoblanadi, asosan boshqa mamlakatlardagi tinch aholi tomonidan qoʻllanilgan.
Ushbu salom — imo-ishoradan iborat boʻlib, oʻng qoʻlni koʻkrak ustiga qoʻyib, kaftni pastga qaratadi.
Qisqacha tarixi:
Oʻziga xos imo-ishora albanlar qiroli Zog I tomonidan salomlashish sifatida oʻrnatildi. U birinchi marta qirol Zogning shaxsiy politsiyasi tomonidan keng qoʻllanilgan va keyinchalik Albaniya armiyasi tomonidan qabul qilingan. Leo Freundlich, fashistlarning „Xayl Gitler“ salomiga duch kelganida, „Heil Zogu“ salomini berib, nemis diplomatlarini bu alban tilining standart salomlashuvi ekanligiga ishontirardi.
Shunga oʻxshash salom Hindistonda Rashtriya Swayamsevak Sangh tashkiloti tomonidan ham qoʻllaniladi. Bu salom Sangh pranaam deb ataladi.

👍11👎1
🇯🇵 Ikamesi
Ikamesi (yaponcha: 烏賊飯 - kalmar ichidagi guruch) — yapon taomi, guruch bilan toʻldirilgan kalmar. Osima viloyati, Xokkaydoning milliy taomi.
Tarixi:
1941-yilda Ikkinchi Jahon urushi paytida odamlar taomnomasida guruch taqchilligi yuzaga kelgan va Ikamesi Abesyoten kompaniyasi guruch kam sarf etiladigan taom tayytorlash uchun oʻsha vaqtlarda faol ovlangan Tinch okeani kalmaridan foydalanishqa qaror qilgan
Urush tugagandan soʻng 1966-yilda „Keio Department Store“ univermagi birinchi marta „Milliy tansiq taomlar va mashxur bentolar pishirish boʻyicha tanlov o'tkazadi. Unda Abesyoten oʻzining ikamesisini tayyorladi. Ikkinchi tanlov vaqtida ikamesi sotuvi misli koʻrilmagan darajada oshib ketdi va keyingi yillarda muntazamlik paydo boʻldi.
Ikamesini tayyorlash uchun boʻlaklangan kalmarning paypaslagichlari olib tashlanadi, keyin esa ichiga suvda yuvilgan guruch toʻldiriladi va anʼanaviy dasi bulyonida pishiriladi. Guruchning sochilib ketmasligi uchun kalmarni tishchoʻp yoki shunga mos keladigan boshqa biror narsa bilan mahkamlash mumkin. Ovqat pishirish uchun odatda yopishqoq va glyutensiz guruch aralashmasi ishlatiladi.

🔹 Roʻzi Nazar
Roʻzi Nazar 1917-yilda Fargʻona vodiysida joylashgan, Margʻilon shahrida tugʻilgan, asli oʻzbek boʻlgan AQSh fuqarosi, Markaziy razvedka boshqarmasi agenti. U Markaziy razvedka boshqarmasi agenti sifatida umrining katta qismini SSSRga qarshi kurashga bagʻishladi.
Roʻzi Nazar Rossiya inqilobi davrida Sovet oʻrta Osiyosida tugʻilgan. U umrining koʻp qismini tugʻilgan joyidan uzoqda oʻtkazdi. Ikkinchi jahon urushi yillari davomida fashistlar Germaniyasida, keyinroq AQSh va Turkiyada yashagan. 1950-yillarning boshidan Markaziy razvedka boshqarmasi xodimi boʻlib ishlagan. Faoliyatining 11 yilini AQShning Anqaradagi elchixonasida, keyingi 10 yilini esa Bonnda oʻtkazgan. 1979-yilda Tehronda, 1980-yillar boshida esa Afgʻonistonda AQSh nomidan yashirin ishlagan.
Roʻzi Nazarning Focha mahallasidagi „Alaviy qabristoni“ deb nomlanuvchi qabristonga yashirincha dafn etilganini, dafn qilingani haqida hech qanday rasmiy qayd etilmagan

🔹Sylvia Nasar
Sylvia (Zulfiya) Nasar (talaffuzi: Silviya Nazar; 17-avgust, 1947-yilda tugʻilgan) — oʻzbek millatiga mansub, nemis iqtisodchisi, koʻproq John Forbes Nashning tarjimai holi boʻlgan Ajoyib zehn asarining muallifi sifatida mashhur.
Nazarning otasi — oʻzbek Ruzi Nazar, onasi — nemis. U oilasi bilan 1951-yilda AQSHga, soʻng 1960-yilda Turkiyaning Anqara shahriga koʻchib oʻtadi. U 1970-yilda kollejni bitiradi, 1976-yilda Nyu York universitetini magistr sifatida tamomlaydi. Toʻrt yil davomida u Nobel mukofotining sovrindori Vasiliy Leontyev bilan hamkorlikda izlanishlar olib boradi. U hozirda Kolumbiya universitetining jurnalistika boʻyicha professori. Uning turmush oʻrtogʻi — eʼtiborga loyiq iqtisodchi Darryl McLeod. Ularning uch nafar farzandi bor va hozirda ular Territaun, Nyu Yorkda istiqomat qilishmoqda.
Asarlari:
Ajoyib zehn - Iqtisod boʻyicha Nobel mukofotining sohibi John Forbes Nashning tarjimai holi Simon & Schuster, 1994

📌 Turkiston legioni
Turkiston legioni — Markaziy Osiyoda tug'ilgan turkiylardan tashkil topgan Vermaxt ning bo'linmasi. Sovet propagandasi bo'linmaning tashkil topishida Mustafo Choʻqayni ayblagan, lekin bunday bo'linmani tashkil qilishni olmonlar 1933-yilda o'ylab qo'ygan edilar. Axir, Turkiston legioni faqatgina ulkan Sharqiy legionning bir qismi edi. Cho'qayga antisovet muhojiri sifatida 1941-yili buni taklif qilishgan edi. Lekin, u rozi bo'lmaydi va Turkiston legionining birinchi boshlig'i deb oʻzbek millatiga mansub bo'lgan Vali Qayumni tayinlashadi.
Turkistonni rus zulmidan ozod qilish edi. Bo'linmadagilar turkiy millatiga mansub ko'ngillilar, Qizil armiya tarafida kurashgan va asirga tushgan askarlar hamda Yevropa va Turkiyada yashaydigan muhojirlar edi.
Maqsadlari
Turkiston legionining askarlariga Buyuk Turksiton davlati tuzilishi vada qilingan edi.Shu ,bilan birga Buyuk Turkiston tarkibiga O'rta Osiyo, Boshqirdiston, Volgabo'yi, Ozarbayjon, Shimoliy Kavkaz va Sintzyan ham qo'shilishi kerak edi.
Qiziq fakt - Turkiston legionining bayrog'i Qo'qon xonligi bayrog'i asosida yaratilgan

🔹 Viktor Lyustig (nemischa: Victor Lustig; 4-yanvar 1890-yil, Hostinne, Bogemiya, (hozirgi Kralovegradets oʻlkasi) – 11-mart 1947-yil, Springfild, Missuri) — firibgar va qallob. Qalloblik yoʻli bilan ikki marta Eyfel minorasini sotishga muvaffaq boʻgan.
1920-yilda Viktor Lyustig Qoʻshma Shtatlarga sayohat qiladi va u yerda oʻzini graf Viktor Lyustig deb tanishtiradi. Umri davomida u ismini 10 martalab o'zgaritiradi. Birgina Qoʻshma Shtatlarda u 50 marta hibsga olingan va har bir hibsga olishdan keyin dalil yoʻqligi sababli qoʻyib yuborilgan.
1925-yilda Lyustig Eyfel minorasini parijlik tadbirkor Andre Puassonga yopiq kimoshdi savdosida sotishga muvaffaq boʻladi.
Lyustig qalbaki pul ishlab chiqargani va suddan 1 kun oldin qochib ketganligi uchun Lyustig 20 yillik qamoq jazosiga hukm qilinadi va Alkatrazga qamaqxonasida hukmni oʻtaydi. 1947-yil 11-martda Lyustig pnevmoniyadan vafot etadi.
Viktor Lyustig haqida 2009 yil film ham sur'atga olingan
„Ajoyib firibgarning halokatli xatosi“: rejissyor Marina Kolbeshkina,

🔹 Charles Perrault
Charles Perrault (talaffuzi: Sharl Perro; 12-yanvar 1628-yil — 16-may 1703-yil) — fransuz shoiri va tanqidchisi. Fransiya akademiyasi aʼzosi (1671).
19-asr fransuz adabiyotida avj olgan „qadimgilar va yangilar bahsi“da ishtirok etib, zamondosh yozuvchilarning qad. yozuvchilardan afzalligini yoqlab chiqqan va shu bilan shuhrat qozongan.
Ilk parodiyali dostoni — „Troya devori“ (1653). Shundan keyin uning „Buyuk Lyudovik asri“ (1687)
Fransuz adabiyotidagi antik madaniyat anʼanalariga qarshi kurashgan Perrault xalq ertaklariga xos „qissadan hissa“ chiqarish tamoy-ilini samarali, deb hisoblagan. U ertakka hazil-mutoyibalar yordamida chinakam xalq ijodiga xos lato-fat va jozibani olib kirdi.
Perraultning „Zolushka“, „Etik kiygan mushuk“, „Koʻk soqol“ singari ertaklari asosida opera va balet spektakllari, multfilmlar yaratilgan. Perraultning ayrim ertaklari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

📌 Kuloyim
Kuloyim ― (inglizcha: Cinderella, fransuzcha: Cendrillon, nemischa: Aschenputtel, ruscha: Золушка) Gʻarbiy Yevropa ertagi boʻlib, Charles Perrault, aka-uka Grimmlar va Giambattista Basile nashrlari bilan mashhur,
Ertakning eng qadimgi talqini Misr papiruslaridan topilgan. Ertakning bosh qahramoni — Gretsiyada tugʻilgan Rhodophis ismli qiz. Uni qaroqchilar oʻgʻirlab ketishadi va Misrga olib kelishib, qul sifatida sotishadi. Egasi Rodophisga tilla bilan qoplangan nafis charm sandal sotib oladi. Rhodophis daryoda choʻmilayotganda, bir lochin (bu lochin Horus xudosi edi) uning sandalini oʻgʻirlab, Firʼavnga olib boradi. Sandal shunchalik kichkina va nafis ediki, Firʼavn darhol uning egasini topish maqsadida qidiruv eʼlon qiladi. U Rhodophis (Kuloyim) ni topgach, darhol unga uylanadi.
Charles Perrault talqini (1697)
Aka-uka Grimmlar talqini.
1817-yildan boshlab Fransuz ertaklari asosida 20 dan ortiq badiiy va animatsion filmlar chiqarilgan.

Wikipedia
Kuloyim
Kuloyim ― (inglizcha: Cinderella, fransuzcha: Cendrillon, olmoncha: Aschenputtel , ruscha: Золушка) Gʻarbiy Yevropa ertagi boʻlib, Charles Perrault, aka-uka Grimmlar va Giambattista Basile nashrlari bilan mashhur[1].
👍11